Guliston davlat universiteti karshibayeva lolaxon klichevna, egamqulov husniddin erkaboyevich


-rasm. Sirdaryo viloyatining ma’muriy xaritasi



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə20/36
tarix11.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#132173
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
portal.guldu.uz-Geokriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarning geografik jihatlari

2.1-rasm. Sirdaryo viloyatining ma’muriy xaritasi.
1949-yilda O‘zbekiston hukumati Mirzacho‘lni o‘zlashtirish borasida navbatdagi tadbirlar to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sirdaryo GESining elektr quvvati bilan yangi o‘zlashtirilgan yerlarda barpo qilingan shaharlar Guliston, Yangiyer, Shirin, Sirdaryo gullab- yashnab bormoqda. Shaharlar rivojlanib ekologik muammolar ortib boradi ekologik jinoyatni keltirib chiqaradi daraxtlarni kesilishi kislarodni kamayishi shahardagi holatni yomonlashishiga olib keladi.
Sirdaryo viloyati hududi tabiatining o‘tmishi va buguni o‘rtasida juda keskin farq bor. Chunki inson omili tufayli Mirzacho‘lga madaniy dehqonchilik jadal sur’atlarda kirib kelgani uning tabiati bioxilma-xilligiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatdi. Bir paytlar poyonsiz kengliklarda o‘sib yotgan cho‘lning yovvoyi o‘simliklari bugun o‘z o‘rnini madaniy o‘simliklarga bo‘shatib berdi. Paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va uzumchilik, sabzavotchilikda juda katta yutuqlar qo‘lga kiritilib, endilikda Sirdaryoda etishtirilayotgan poliz mahsulotlarining dovrug‘i mamlakatimiz tashqarisida ham ma’lum va mashhurdir.
Sirdaryo viloyatining umumiy maydoni 4,3 ming gektarni tashkil etib, uning qariyb 60 foizida dehqonchilik qilinadi. Bir foizga yaqin maydoni o‘rmonzorlardan iborat bo‘lsa, Sirdaryo viloyatida o‘rmonlar kamligi ulari kesishni taqiqlaydi ularni kesish ekologik jinoyatchilikni keltirib chiqarmoqda. 5 foiz hududini yaylov tashkil qiladi.
Sirdaryo viloyati hududida qish qattiq kelmaydi. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi holatlarda harorat-34 darajagacha tushishi mumkin. Yozi esa quruq va issiq bo‘lib, harorat +42+45 darajagacha ko‘tariladi.
Suv zaxiralari cheklangan bo‘lib, viloyatning asosiy obi hayot manbai Sirdaryo va undan poyonsiz tekisliklar orqali o‘tgan sun’iy kanallar hisoblanadi. Bundan tashqari viloyat hududida bir qator ko‘llar va sun’iy suv havzalari mavjud, ularda 20 xildan ziyod baliq yetishtiriladi.
Sirdaryo viloyat hududida 10 ga yaqin zilol suvli tabiiy buloq ham ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan Xo‘jamushkent, Sag‘anoq, Sarmich, Tojikiston Respublikasi chegarasiga yaqin joydagi O‘ratepa buloqlari alohida o‘rin tutadi. Sirdaryo viloyati hududida bitta muhofaza etiladigan hudud mavjud. Alohida muhofaza etiladigan hududlarda hayvonlarni ovlash, o‘simliklarga zarar yetkazish holatlari mavjud bo‘lgan ekologik jinoyatni keltirib chiqarishi mumkin. U ham bo‘lsa, Sirdaryo bo‘yidagi to‘qayzorlarda 1995-yili tashkil etilgan va noyob yovvoyi qushlarni ko‘paytirishga ixtisoslashgan “Sayxun” xo‘jaligidir. Xo‘jalik faoliyati yovvoyi o‘rdak va g‘ozlarni ko‘paytirishdan tashqari 382 gektar maydondagi to‘qayzorlarni ham asl holatda saqlab qolishga yo‘naltirilgandir. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi”ga kiritilgan 30 xildan ortiq daraxt va buta, o‘simliklar o‘sadi, dasht qora iloni, to‘ng‘iz, shoqol, Sirdaryo qirg‘ovuli, umuman 20 xildan ziyod yovvoyi parranda qo‘nim topgan.
Sirdaryo tumanining Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida bahordagi toshqinlar davrida Sirdaryoning suvi toshib suvda suzuvchi qushlar uchun to‘xtab o‘tuvchi ajoyib maskanlarni hosil qiladi. Ana shu davrda bu erga o‘n minglab suvda suzuvchi qushlar hordiq chiqarish uchun qo‘nadilar. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob qushlardan – qoshiqburun, vishildoq oqqush, pushti saqoqush, jingalak saqoqush, olaqanot, marmar churrak bor. Sirdaryo viloyatida faqat ushbu hudud uchun xos bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi”ga kiritilgan Maligin baliqqo‘zi, qora sirttan kabi noyob o‘simliklar o‘sadi. Viloyat hududida oq sazan, Turkiston mo‘ylabdori, ko‘ndalang yo‘lli bo‘ritish, olaqanot, ilonburgut, dasht burguti, burgut kabi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan jonzotlar yashaydi. Bu hayvonlarni saqlash ularga ta’sir ko‘rsatmaslik biologic xilma-xillikni asrash ularga nisbatan sovuqqonlikda bo‘lgani uchun mamuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi Ulardan Bogdanov yirtqichi faqat ushbu hudud uchun xos hisoblanadi. Viloyat hududi qurilish ashyolarining kattagina zaxirasiga ega. Viloyatning Sirdaryo daryosi bo‘yidagi to‘qayzorlari ekoturizmni rivojlantirish uchun juda qulaydir.
Sirdaryo viloyati Seyismik zonaga yaqin joylashganligi jinoyatchilik holatini keltirib chiqarishi mumkin. Yaponiyada Yer qimirlashi yoki sunami tufayli aholisi uylarni tashlab qochsa ham o‘girlik holati kuzatilmaydi. Bunday holat tufayli Indoneziyada o‘g‘irlik holati avj oladi. Bu o‘g‘irlikning avj olishi mentalitetning rivojlanishiga ham muhim omil bo‘ladi.
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezedentining 2017 yil 7 fevraldagi farmoniga binoan, mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirish bilan bog‘liq ustuvor vazifalar ko‘zda tutilgan bo‘lib, 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da Sirdaryo viloyatda bir qator ijobiy natijalarga erishildi.
2020 yilda viloyat bo‘yicha 7 trillion 927 milliard 700 million so‘m yoki 101 foiz, shu jumladan, hududiy sanoat korxonalari tomonidan 2 trillion 275 milliard 400 million so‘myoki 114,7 foizsanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti 8 trillion 689 milliard 200 million so‘myoki 100,2 foizni tashkil etdi.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha 2020 yilda barcha toifa xo‘jaliklarida 96833 gektar don ekinlari joylashtirilib, 467173 tonna hosil olindi.
Shuningdek, barcha toifa xo‘jaliklarida 71676 gektar paxta ekinlari joylashtirilib, 190350 tonna hosil olindi yoki o‘tgan yilga nisbatan 1709 tonna ko‘p paxta xom ashyosi etishtirildi.
Viloyat bo‘yicha 2 trillion 192 milliard 100 million so‘mqurilish ishlari amalga oshirilib o‘sish sur’ati 100,3 foizga ta’minlandi.
2020 yil mobaynida viloyatga jami 7 trillion 174 milliard 500 million so‘myoki 111 foiz asosiy kapitalga investitsiyalar yo‘naltirildi. Viloyatga jalb qilingan investitsiyalarning 5 trillion 560 milliard 700 million so‘mi markazlashmagan investitsiyalar, shu jumladan 2 trillion 224 milliard 100 million so‘mi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisoblanadi. Yuqori o‘sish sur’atiga yerishining muhim omili sifatida 296,3 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar kiritilganligini ko‘rsatish mumkin.
2020 yil yanvar-dekabr oylarida viloyat bo‘yicha jami 3 trillion 587 milliard 100 million so‘mlik chakana tovar aylanmasi amalga oshirildi yoki o‘sish sur’ati 100,5 foizga ta’minlandi.
2020 yilda viloyatda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturi doirasida jami3 trillion 236 milliard 800 million so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, o‘sish sur’ati 108,5 foizga ta’minlandi.
Natijada, 2020-yil yakuni bilan viloyat yalpi hududiy mahsuloti hajmi 12 trillion 186 milliard 400 million so‘m yoki 100,1 foizni tashkil etdi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin