Hofiz Sheroziy – muhabbat kuychisi

Adabiy merosi bitta lirik sheʼrlar devonidan iborat. "Devon"ni sherozlik adabiyotshunos Muhammad Gulandom (14-asr oxiri — 15-asr boshlari) tuzgan va u 19-asrda Yevropada nashr etilgan boshqa nusxalar

Yüklə 82,24 Kb.
səhifə2/4
tarix25.11.2023
ölçüsü82,24 Kb.
#134585
1   2   3   4
Qarshiboyeva Sarvinoz

Adabiy merosi bitta lirik sheʼrlar devonidan iborat. "Devon"ni sherozlik adabiyotshunos Muhammad Gulandom (14-asr oxiri — 15-asr boshlari) tuzgan va u 19-asrda Yevropada nashr etilgan boshqa nusxalar uchun asos boʻlgan.

Sherozdagi Hofiz maqbarasi

H. bir umr Sherozda yashagan. 14-asrning 70-yillari boshida qisqa muddat Isfahon va Yazdda boʻlgan. Shoirning sheʼrlari Sherozdan tashqarida ham mashhur boʻlganligidan Ban-gola hukmdori Sulton Gʻiyosiddin, Dakan podshohi Shoh Mahmud Bahmaniylar H.ni oʻz saroylariga daʼvat qilib, sovgʻasalomlar yuborganlar. Sulton Ahmad bilan Uvays Jaloyiriy uni Bagʻdodga ham taklif qilishgan, lekin u bu taklifni rad etgan. U asosan mehnatkash va huquqsiz xalq tomonida turib, uning quvonchu tashvishlari, dardu alamlarini ota-shin misralarda kuylagani uchun yuqori tabaqalarga unchalik yoqmagan. H. komil musulmon boʻlib, ijodi Qurʼoni karim va Hadisi sharif chashmasidan suv ichgan.

H. moʻgʻullar hukmronligi inqirozga uchrab, mayda xonliklar oʻrtasidagi oʻzaro toju taxt talashlari avj olgan, bundan xalqning ahvoli xarob boʻlgan bir davrda yashab ijod etgan. Uning davrida Sheroz 5-marta ana shunday janglar girdobiga tortilib, oʻzi vayron, xalqi qatliom qilingan. Maʼrifatparvar va sheʼriyat muxlisi boʻlgan shayx Abuishoq Inju (1342—53) H.ni qoʻllab, unga homiylik qilgan. Maʼshuqa taʼrif-tavsifi, visol lazzatiyu hijron hasratini tarannum etish vositasi boʻlgan gʻazalga u ijtimoiy mavzular, fal-safiy fikrmulohazalarni omuxta qilgan. Oʻz davrining siyosiy manza-ralarini, maʼnaviy qiyofasini haqqoniy gavdalantirgan. U ishq mavzuiga olam va odam dardini, jamiyat muammolarini olib kirgan. Shoir insonning orzu-intilishlari, quvonchu qaygʻusi, dardu tashvishlari, muhabbati, fikru oʻylarini avj pardalarda kuylash bilan adabiyotning asosiy obʼyekti inson ekanligini amalda isbotlagan.

Yüklə 82,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin