Ismailova zuxra karabayevna



Yüklə 2,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/45
tarix08.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#131286
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
Pedagogika

Odobli va epli qiz
— 
oila baxti
«...Ularning harakatlari chaqqon, jo ‘shqin, biroq hech qa- 
chon bir yoqlama emas. Qiz bolaning xatti-harakati yoshlik 
chog‘idanoq kuzatib borilgan, shu sababli qizning faqat xatti- 
harakatigina emas, balki xulqi ham tabiiydek ko‘rinmas edi. U, 
masalan, tez yurishni xohlaydi, dinning siquvi ostida sekin yurish- 
ga majbur. Unga oyoqni uzatib, qo‘lini ikki tomonga harakatlan- 
tirib yurish man etilganligi uchun ham uning yurishi alohida, fa­
qat ayollarga xos xarakter kasb etgan. U oyoqlari bilan tez, lekin 
mayda qadam tashlaydi, shu bilan birga, faqat qo‘llarigina emas, 
balki yelkasi va kallasi ham deyarli qimirlamaydi. Bunday ko‘ri- 
nish va o‘zini yengillik bilan boshqara bilishi uning ma’naviy 
«man»ligini ifodalaydi.
106


Ko‘plab qizlar o‘zlarining taassurotlarini ba’zan lab va qosh 
harakatlari bilan oliy darajada ifodalaydilar. Masalan, savol 
bermoqchi bo‘lsa, u qoshini tepaga shunday chaqqonlik bilan 
biroz ko‘taradiki, natijada haqiqatan boshqa har qanday savol 
uning tomonidan ortiqcha ekanligi ayon bo‘ladi, chunki uning 
yuzi mukammal darajada o‘z-o‘zidan savol belgisiga aylanadi...»
Darhaqiqat, o‘zbek xonadonida qadim-qadimdan qizlar tarbi- 
yasiga alohida e’tibor berilgan. Ularning xulqi, odobi, tarbiyasi 
hamisha diqqat markazida bo‘lgan. «Bir qizga yetti mahalla ega», 
degan naqlning hozirgacha yashab kelayotgani esa qizlar tarbiyasi 
bilan keng jamoatchilik shug‘ullanganidan, bu masala ijtimoiy 
ruh kasb etganidan dalolatdir. O‘zbek xonadonida qizlar, birinchi 
navbatda, ota-onaga itoatda, kattalarga hurmatda bo‘lish ruhida 
tarbiyalanib, odobning nozik tomonlariga o‘rgatilgan. Shuning 
uchun ham ular har doim sernazokat bo‘lishgan, ayniqsa, meh- 
monlar oldida muloyim odob saqlashgan. Ular yoshlik chog‘lari- 
danoq belgilangan xulq-odobni o‘zlashtirishgan. Masalan, qizlar 
o‘tirgan uyga tashqaridan ota yoki katta akalari kirib kelishsa, 
ular darrov o‘rinlaridan turib, salom berishga o‘rgatilgan. Katta­
lar bilan bo‘lgan muloqotlarda o‘zlarini vazmin tutishga, berilgan 
savollarga erkak kishining yuziga deyarli qaramay, gavdani biroz 
egib, osoyishta ohangda javob berishga undalgan.
Qiz bola bir yoshga yetganda ikki qulog‘ini teshib isirg‘a ta- 
qishgan. Ulg‘aygach, sochlarini mayda o‘rib, qirq kokil qilib or- 
qasiga tashlab, boshiga do‘ppi kiyib yurishgan. Sochining ko‘pligi 
va uzunligi uning sog‘lom, odobli, go‘zalligi ramzi hisoblangan. 
Qiz bola yetti yoshdan oshgach, na otasi, na aka-ukalari o‘pib 
erkalatmaganlar. Uni akalari va ota-onalari bilan bir xonada 
yotqizilmagan va hokazo.
Tarixdan qizlar tarbiyasi bilan, asosan, onalar shug‘ullangan- 
ligini bilamiz. Onalar ijtimoiy foydali mehnatga keng jalb etilishi 
munosabati bilan o‘zbek oilalarida ota-onalarning tarbiya vazifa- 
larida qayta taqsimlanish sodir bo‘ldi. Masalan, otaning qizlar 
tarbiyasiga faol aralashuvi oqibatida qizlar dovyurak, jangovarroq, 
cho‘rtkesar, so‘zamol, epchil bo‘lib tarbiyalanayotirlar.
Qizlar xarakteridagi bu o‘zgarish jarayoni shu qadar tez va 
shu qadar shiddatli bo‘ldiki, ko‘p vaqt o‘tmay oilalarda «qizlarni 
asliga qaytarish» muammosi ko‘ndalang turdi. Ayol qudrati jami
107


xatti-harakatda erkaklar bilan tenglikda emas, nazokat va mehr- 
shafqatda ekanini yoshlarga singdirish zarur bo‘lib qoldi. Bu bo- 
rada yana sharqona, o‘zbeklarga xos odob-axloqni joriy etish, 
latofat, bosiqlik, mulohazalilik, andisha, o‘zini tuta bilishlikni 
tarbiyalash, xalq pedagogikasi durdonalaridan unumli foydalanish 
zarurligi borasida ko‘p gapirila boshlandi. Qizlar tarbiyasida 
ularning his-tuyg‘ulariga, tabiat va jamiyat oldidagi burchini teran 
tushunib yetishiga alohida ahamiyat berish kerakligi ta’kidlandi. 
Bularning hammasi oiladan boshlanadi.

Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin