Maktabda darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish reja kirish I bob. Matematikadan darsdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazishning maqsad va vazifalari



Yüklə 421,5 Kb.
səhifə2/12
tarix04.05.2023
ölçüsü421,5 Kb.
#126343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Maktabda darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish reja kir

Kurs ishining maqsadi: Umumiy o’rta-ta’lim maktablarida matematika fanidan to’garaklar tashkil etish.
Kurs ishining ob’ekti: Umumiy o’rta ta’lim, o’rta-maxsus kasb hunar kollejlari hamda akademik litseylarda matematikani o’qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Matematika o’qitish metodlari.
Kurs ishining vazifalari:

  • Maktablarda darsdan tashqari mashg’ulotlar o’tish tartibi bilan tanishish;

  • Barcha o’quvchilarni matematika faniga qiziqishini shakllantirish;

  • O’quvchilar qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • Maktablarda matematika fanlarini o’qitishdan ko’zlangan maqsadlarni shakllantirish.

  • Innovatsion metodlarini o’rganish;



I BOB.
MATEMATIKADAN DARSDAN TASHQARI MASHG’ULOTLAR O’TKAZISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
1.1-§. Darsdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazishning maqsadi
“Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo’lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotda nechog’lik faol munosabatda bo’lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog’liq ekanini ham hamisha yodda tutishimiz kerak,” – degan edi mustaqil O’zbekistonimizning birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov. Xuddi shu gaplarning mantiqiy davomi sifatida prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan yosh pedagoglarga katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Shu sababli ham birinchi navbatda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, ta’lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash, o’quvchilarga egallayotgan bilimlarni mustaqil o’rganib, matematik masalalarni to’g’ri tahlil qilishga o’rgatish zarurdir.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematikani o’qitishdan ko’zlangan maqsad uning jamiyat taraqqiyoti va shaxsni shakllantirishdagi o’rni bilan aniqlanadi. Tarixdan matematikaning : amaliy-inson produktiv faoliyati uchun zarur bo’lgan vositalarni yaratish , qo’llashga ruhiy –inson tafakkuri bilan bog’liq bo’lgan olamni idrok etish, o’zgartirishga qaratilgan matematik metodlarni egallashga asoslangan qirralari shakllanib kelgan.
Matematika o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o’quv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. Matematik tafakkur obyektlari va ularni yasash haqida mantiqiy xulosalar chiqarish , mulohazalarni shakllantirish, asoslash va isbotlash ko’nikmalarini shakllantiradi va bu asosda mantiqiy tafakkur rivojlanadi. Matematikadan misol va masalalarni yechish jarayonida tafakkurning ijodiy va amaliy qirralari rivojlanadi.
Matematik isbotlardagi aniq, qisqa , ravon fikr yuritish , geometrik shakllarni tasavvur qilish , ulardagi simmetriya , qat’iy qonuniyatlar asosida go’zallikni ko’ra olishga o’rgatish orqali o’quvchilarga estetik ta’lim-tarbiya beriladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematikani o’qitishdan ko’zlangan maqsadlar:

  • o’quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o’zlashtirilishiga hamda hayotga tadbiq eta olishga intilish;

  • o’quvchilarga izchil mantiqiy fikrlashni shaklantirib borish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo’llarini topa olishlariga ko’maklashish.

  • insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishi asosida fanlarining o’qitilishiga bo’lgan talablarni xisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uyg’unlashtirish;

  • vatanparvarlik, milliy g’ururni tarkib toptirish , rivojlantirish, matematika rivojiga qomusiy olimlarimiz qo’shgan xissalaridan o’quvchilarni xabardor qilish;

  • jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to’g’risidagi tasavvurlarini shakllantirish;

  • o’quv jarayonini demokratsiyalashtirish insonparvarlashtirishga erishish;


Yüklə 421,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin