Furqatda kezib kechavu kunduz mani mahjur, - G’am dashtida doim. Faryodu fig’on birlan chekib nola bilan oh, - G’amxona bo`lubman. Tafakkurning borliqda bo`lgan o`zaro munosabatini his qilmasdan turib, falsafiy tasavvurga ega bo`lish mumkin emas. Zero, Mashrab tasavvufidagi ijtimoiy g’oya, maslak uni qalandar qiyofasida odamlar bilan birga bo`lishga undadi. Bunday kishilar moddiy olamning borligiga imon keltirganlar va undagi inson turlicha dunyoqarashining mohiyatini tushunib etgan holda insoniyat tafakkurining yalovbardorlari sifatida fikr yuritganlar. Aslida kishi, qaysi millatga mansubligidan qat`iy nazar, haqiqat va adolat oldida barobar bo`lishi kerak, ammo kimdir miskin ahvoldaligi, kimdir qul bo`lib xojasiga tobe qilib qo`yilganligi Mashrabning g’azabini keltiradi, u faqir va shoh, gado va darvesh tushunchalariga noinsoniy tushuncha deb qaraydi. SHu dunyoqarash uni na dashtu sahroga, na daryoi dunyoga sig’diradi: Ajab Majnunuman, har dashtu har sahroga sig’mamdur, Dilim daryoi nurdur, mavj urib, dunyoga sig’mamdur, Bizning fikrimizcha, Mashrab she`riyati zaminida ijtimoiy-falsafiy g’oya, ilg’or mumtoz an`ana silsilasi yotadi. Shu boisdan u inqilobiy fikr yuritsa ham, hamma narsada xudoning zuhuri borligini targ’ib etadi, borlikdagi, hayotdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, falsafiy muammolarni xudogina echa oladi deb hisoblaydi va undan najot kutadi. Shariat ham, tariqat ham, haqiqat mandadur mavjud, Chunon sultoni azmdurman, arshi a`loga sig’mamdur. Gahi uris, gahi cherkas, gahi muminduman gahi, Ne kavlaysan, miyoni lou illalloga sig’mamdur. Murodim miskindurman, lekin g’ulomi Mashrabingdurman,