Pensiya jamg’armasining daromadlari, ularning tarkibi, shakllani-fayllar.org
2. Yagona ijtimoiy to’lov, sug’urta badali, majburiy ajratmalar va boshqa daromadlar tahlili Aholini keksalikda ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni yanada yaxshilash, pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish, fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari, Hukumat Qarorlari, tegishli vazirliklarning buyruqlari, nizomlar, yo‘riqnomalar va qoidalar qabul qilindi.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pensiya ta’minoti tizimining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan o‘z vaqtida moliyalashtirish hamda ularni to‘liq hajmda to‘lash, shuningdek, respublika fuqarolarining pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida 2009-yil 30-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4161-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga ko‘ra, 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlarni tayinlash, moliyalashtirish, ularning to‘lanishini hisobga olish va monitoringini yuritish Pensiya jamg‘armasining tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalari fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalarining butun kompleksi uchun mas’ul bo‘lgan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimiga kiruvchi funksiyalar hamda tegishli tuzilmalarni topshirish hisobiga tashkil etilishi belgilandi.
Shuningdek, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagi asosiy vazifalar va funksiyalar yuklandi: fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil qilish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlarni tayinlash, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalar hamda boshqa to‘lovlarning miqdorlari qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash; pensiyalar hamda boshqa to‘lovlarni to‘liq hajmda moliyalashtirish va to‘lanishini tashkil qilish, ular bo‘yicha hisob va hisobotni yuritish; pensiyalar tayinlanishi va qayta hisoblab chiqilishini tizimli asosda doimiy tahlil qilish va monitoringini olib borish, fuqarolarning pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan qat’iyan maqsadli foydalanilishini ta’minlash; mehnat mayibligi yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik bo‘yicha tayinlangan pensiyalarni to‘lashga mablag‘larni da’volar bo‘yicha aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil qilish.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishningbeshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida 2018-yil 29-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5468-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga muvofiq:
– barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo‘naltirish;
– fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini (8 foiz) bekor qilish;
– pensiya tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav jamg‘armasi (kapitali)ning 50 foizi va undan ko‘proq miqdori davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lovni 25 foiz miqdorida belgilash, shuningdek, boshqa yuridik shaxslar uchun ushbu to‘lov stavkasini 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirish;
– pensiyalarni hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining personallashtirilgan hisobini yuritish tartibini joriy qilish belgilandi.
Pensionerlarni ijtimoiy jihatdan yanada qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy- siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ularning salohiyati, tajribasi va bilimini to‘laqonli jalb qilish, pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda xalqaro tamoyil va standartlarni joriy etish maqsadida 2018-yil 12-dekabrda “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5597-sonli Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan boshlab:
1. Barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 118736 nafar ishlovchi pensionerlar mavjud, ularning faqat 40 ming nafari (34 foizi) o‘z pensiyalarini to‘liq olib kelgan, 78 ming nafardan ortiq (66 foiz) ishlovchi pensionerlar bunday imkoniyatdan mahrum bo‘lib, pensiyalarining 50 foizini olib kelishgan.3 2. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o‘n barobarigacha oshirildi, ya’ni fuqarolarga pensiya miqdorini belgilashda eng yuqori chegara eng kam oylikish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirildi.4 Shundan kelib chiqib, pensiyani hisoblashda qabul qilinadigan ish haqining maksimal miqdori oshirilishini hisobga olgan holda pensiyalar miqdori qaytadan hisoblab chiqilishi ta’minlandi. Jumladan, pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha ish haqining eng yuqori miqdorini eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o‘n barobariga oshirilishi hisobiga 2019-yil 1-yanvardan 519 ming nafardan ortiq fuqarolarning pensiya miqdori qayta hisoblandi47.
Ilgari yuqori miqdorda oylik ish haqi oluvchi fuqarolarga pensiyani hisoblashda faqat eng kam oylik ish haqining 8 barobarigacha bo‘lgan daromadi inobatga olinib, undan yuqori qismi hisobga olinmagan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2018-yil 12-dekabrda “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF- 5597-sonli