Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob.Qullarga yordam berish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

97-bob.Qullarga yordam berish haqida 
190. Bir sahobiydan rivoyat qilinishiga ko’ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat 
qilgan ekanlar: "Qullaringiz sizlarning qardoshlaringizdir. Ularga yaxshilik qiling. 
Kuchingiz yetmagan ishlarda ulardan yordam oling va ularning ham kuchlari yetmagan 
ishlarda yordam bering". 
191. Abu Hurayra (r.a.): "Ishlovchi kishiga o’z ishidan (kelgan hosildan) yordam 
qilganlar, chunki Alloh uchun ishlayotgan kishi umidsiz qolmasin", dedilar. 
98-bob. Qullarga kuchi yetmaydigan ish yuklanmasligi haqida 
192. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat 
qilmishlar: "qulning yemak-ichmagi va libosi xojasining zimmasidadir. Qul esa, kuchi 
yetmaydigan ishni bajarishga majbur emas". 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
193- 194-hadislar 192-hadisning aynan takrori, 193-hadis Abu huray-radan, 194-hadis 
Murur ibn Suvayddan rivoyat qilingan. 
99-bob.Har kim oilasiga va quliga sarf qilsa, sadaqadir 
195. Miqdom ibn Ma'di Karib Kindiy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini 
eshitdi: "O’zing nima taom yesang sadaadir. Bolalaringga, xotininga va xodimingga nima 
yedirsang ham sadaqa hisoblanadi". 
196. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sadaqaning yaxshirog’i keyinida 
muhtojlikda qoldirmaydiganidir va beradigan qo’l oladigan qo’ldan yaxshiroq. Beradigan 
ehsoningni o’zingga qaram bo’lganlardan boshla: xotining ro’zg’orimni to’g’rilab ber, 
bo’lmasa meni taloq qil; quling mening nafaqamni (obi taomimni) ber, bo’lmasa meni 
sotib yubor; bola-chaqalaring bizga kim qaraydi, tirikchiligimizdan kim xabar oladi, deb 
yuradigan bo’lib qolmasin", dedilar". 
197. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) sadaqa qilishga da'vat qildilar. 
Shunda bir kishi kelib: "Menda bir dinor bor", dedi. Rasululloh: "O’zingga sarf qil", 
dedilar. U kishi: "Yana bir dinor bor", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Xotininga sarf qil", 
dedidar. U kishi: "Yana bir dinor bor", dedi. "Xodimingga sarf qil! Shundan keyin uni 
kimlarga sarflash kerakligini o’zing yaxshiroq bilasan", dedilar". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin