Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Hushidan ketadigan bemorni ko'rish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

230-bob. Hushidan ketadigan bemorni ko'rish haqida 
520. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan eshitildi, u kishi: "Men bir dard bilan og'ridim. Shunda 
Rasululloh (s.a.v.) bilan Abu Bakr Siddiq (r.a.) meni ko'rgani piyoda yurib kelishdi. Shu 
paytda behush bo'lib yotgan edim. Rasululloh (s.a.v.) tahorat qilib, shu tahorat 
suvlaridan ustimga sochdilar. Shundan keyin men o'zimga kelib bunday qarasam, 
yonimda o'tirgan Rasululloh (s.a.v.)ga ko'zim tushdida: "Yo Rasulalloh, molim to'g'risida 
nima qilmog'im kerak?!" - deb so'radim. Rasululloh (s.a.v.) menga javob 
qaytarmaslaridan avval meros haqidagi oyat nozil bo'ldi". 
231-bob. Betob bolalarni ko'rish haqida 
521. Usoma ibn Zayd (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Fotima (r.a.)ning kichik bir o'g'li betob 
bo'lib, og'irlashdi. Shunda Fotima: "O'g'ilcham o'lim oldida", deb Rasululloh (s.a.v.)ga 
kishi yubordilar. Rasululloh (s.a.v.) u kishiga: "Qizimga borib ayt, Alloh taolo nimani 
bandalariga bersa va nimani ulardan olsa, hammasi o'zining mulkidir. Alloh nazdida 
hamma narsaning ma'lum vaqti bor, qizim sabr qilsin va sabr qilgani uchun Alloh taolo 
beradigan ajru savobidan umidvor bo'lsin. Shu gaplarimni qizimga yetkazgan", dedilar. 
U kishi Rasululloh (s.a.v.)ning gaplarini qizlariga borib aytdi. Qizlari qasam ichib: "Otam 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
albatta kelsinlar", deb yana odam yubordilar. Shundan keyin Rasululloh (s.a.v.) bir 
necha sahobiylari, jumladan, Sa'd ibn Abboda (r.a) bilan qizlarinikiga bordilarda, bolani 
ikki emchaklari o'rtasiga qo'ydilar. Shu paytda bolaning ko'kragidn eski meshdan 
shaddirab chiqadigan ovozga o'xshash ovoz chiqib turgan edi. Shunda Rasululloh 
(s.a.v.) ikki ko'zlaridan yosh oqdi. Bu holatlarini ko'rib Sa'd ibn Abboda: "O'zingiz 
Allohning Rasuli bo'la turib nega yig'laysiz?" - degan edilar, Rasululloh (s.a.v.): "Men 
Allohning taqdiriga norozi bo'lib jaza' qilib emas, balki bu bolaning holiga rahmim kelib 
yig'layotibman. Alloh taoloning marhamati faqat marhamatli rahmdil bandalarga 
bo'ladi", dedilar". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin