Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
tingladi-da, tasdiqlab, bosh irg‘ab qo‘ydi. — Oyingga ayt, men shu lavozimga tayinlandim... 
— Endi biz Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tamizmi? — so‘radi Jerri. 
— Albatta. 
— Dada! — ingrab yubordi Jerri. 
Quloq sol, miss Palmer, sen hech jiddiy kaltak yeganmisan? 
— Mayli, mayli, — xo‘rsindi qizcha, — men hammasini aytib qo‘yaman. Lekin bu xabar birortasini 
xursand qilarmikin? 
— Xayr, Jerri. — Palmer go‘shakni qo‘yib qo‘ydi. 
Qiziq, prezident so‘zida nechta «e» bor emish! Go‘yo bu so‘zni boshqacha yozish mumkinday! 
Palmer o‘zini yostiqqa tashladi va yuzini qo‘llari bilan berkitdi. Quloq sol, azizam, quloq sol, endi 
men, qirq to‘rt yoshimda, mamlakatning eng katta bankining lavozim bo‘yicha ikkinchi rahbari 
bo‘ldim. Quloq sol, azizam, endi Chikagoda o‘lib-tirilib ishlashimning keragi yo‘q. Xello, azizam, xayrli 
kech! 
 U o‘rnidan turib pardoz stolidagi ko‘zgu yoniga bordi. Ko‘zlari ostida paydo bo‘lgan shish-
qopchiqlar salqigan va sal qoraygan edi. Berkxardtning  uyida yomon uxlagandi. Yaxtani nozik 
boshqaruvdan so‘ng lol qoldirgan g‘alaba uni butunlay uyqudan mahrum etgandi. 
Palmer Beshinchi avenyuga ochiladigan deraza yoniga keldi va parishon bir holda o‘tgan-
ketganlarni kuzata boshladi. U nimadir yetishmayotganini his etib, og‘ir xo‘rsindi. Oradan biroz vaqt 
o‘tgach, olomonga qarab turib, o‘tkinchilar orasidan ayol kishini qidirayotganini tushundi. Biroq soat 
to‘qqizdan keyin ularning hammasi ish joylarida edilar. Palmer ulardan qaysidir biri ishga kechikib, 
uning oldidan nozu karashma bilan o‘tib qolar degan umidda ancha turib qoldi. 
Tomog‘iga allanarsa tiqilib qolganday bo‘ldi, Palmer jon holatda uni yutdi-da, derazadan o‘girildi. U 
oyog‘idagi paypog‘iga nigoh tashlab, yerda yotgan gazetaning reklama sahifasidagi cho‘mimlish 
kiyimida  o‘zini ko‘z-ko‘z qilayotgan qizni ko‘rdi. 
Telefon jiringlab qoldi. Palmer go‘shakni ko‘tardi. 
— Vudi? Biz soat o‘n birga yaqin uchrashishimiz mumkin. Xo‘pmi? — dedi Berkxardt. 
— Juda soz. 
— Demak, ko‘rishguncha. — Berkxardt go‘shakni ildi. 
Palmer javon tortmasidan ko‘ylagini olib kiymoqchi bo‘ldi-yu, missis Keyj uning yoqasida 
dazmoldan iz qoldirganini ko‘rib, hafsalasi pir bo‘ldi. U boshqa ko‘ylakni olib kiyarkan, xayolan 
Berkxardt bilan telefondagi suhbatga qaytdi. Bu uchrashuv qanday bo‘larkan, deb o‘yladi. Ehtimol, 
uchrashuv norasmiy tusda o‘tar. Balki uni tor doiradagi xizmatdoshlariga tanishtirishar. Ularning 
suhbatida qanaqa masalalar ko‘tarilishi mumkin.  
Palmerning ustunlik tomoni uning voqeani boshqalardan oldinroq payqash qobiliyati edi. Hozir  u 
buni biladi. Avvallari bu qobiliyatini o‘zi payqamasdi ham. Buni birinchi bo‘lib payqagan odam 
otasining vitse-prezidenti Garold edi. Garold iste’foga chiqib ketmoqchi edi, buni anchadan beri o‘ylab 
yurardi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng bank muayyan ko‘lamga erishdi. Biroq rahbarlikning mavjud 
tarkibi bilan bundan keyingi ravnaqini kutish amri mahol edi. Palmerning otasiga qaraganda Garold 
buni ancha aniq tasavvur qilardi. O’sha paytda u bedavo dardga chalingandi. Bu paytda Garold ham, 
Palmerning otasi ham saksonni qoralab qolishgandi. Garold o‘shanda vitse-prezident kotibi vazifasini 
bajarib turgan yosh Vuds bankning  vitse-prezidenti lavozimiga tayinlanishini qat’iy yoqlab chiqqandi. 
— Sizlarga eslatib qo‘ymoqchimanki, bu yigit endigina o‘ttiz beshdan oshdi! — deya e’tiroz bildirdi 
Vudsning otasi. 
— Shunday, lekin unda sizning boshingiz bor, — javob berdi Garold. — Buning ustiga, ikkalangiz 
bir xil fikrlaysizlar. Ikkovi Palmerning nomzodini oshkora muhokama qilardilar, go‘yo bu xonada, ular 
bilan yonma-yon Palmer yo‘qday. Aslida esa Palmer va yana bankning uchta vitse-prezidenti ham bor 
edi. Palmer otasining o‘rnini egallashga intilayotganiga hech kim shubha qilmasdi. Bu kundek ravshan 
edi. Har bir ota o‘g‘li uchun ish yaratadi, bu quyosh har kuni sharqdan chiqishidek tushunarli. Biroq, 
agar o‘g‘il otasining hadyasini qabul qilishni xohlamasa, agar u o‘z avlodining omadsiz nasli bo‘lsa va 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin