www.ziyouz.com kutubxonasi
160
Men ichimda “Kambag‘al bo‘lib qolgan aslzodalardan bo‘lishi kerak”, deb o‘yladim.
Bu ishchi ham uyatchan, ham dadil edi. Men bilan gaplashayotganda goho o‘zini
yo‘qotib, duduqlanib qolardi. Shu bilan birga, suhbatga aloqasi bo‘lmagan g‘alati savollar
ham berardi: “Bu yerda arzonchilikmi? Qish qattiqmi? Nok, olma bormi?..”— deydi. O‘zi
boshqa yerdan kelgan emish.
Suvni ichib turganda, men kulimsirab: “Miyasi aynibroq qolgan ko‘rinadi, bechora!”
deb o‘yladim.
Poshoning bog‘ida, uhdasiga qarag‘ayzorlikni taqlid qilish kabi haqoratli burch tushgan
bechora daraxtlar orasida ko‘rgan narsamning meni shunchalik ajablantirganini payqab
olishga yuqoridagi tafsilot kifoya qilsa kerak.
Ha, shu daraxtlar orasida yana o‘sha kambag‘al mardikorga duch keldim. Lekin bu sa-
far butunlay boshqa qiyofada edi. U qilichi, tugmalari, ordenlari, yoqasi, yuzi, tishlari,
hatto bo‘yalgan sochlariga qadar yaltirab turgan shtab kapitani edi. Xuddi suratga tu-
shayotganday, ikkita qarag‘ay orasida gavdasini g‘oz, kallasini baland tutib, getrlarini
bir-biriga yopishtirib turar, ingichka mo‘ylovlari ostida, yarim yumuq lablari ichida tishla-
ri, sho‘x ko‘zlari porillardi. Qisqasi, turishi, ko‘rinishi shunday ediki, uni ko‘rgan odam oq
qo‘lqoplari bilan hozir qilichini sug‘uradi-yu, “Saf bo‘l!” deb buyruq beradi, deb o‘ylaydi.
Lekin shu on tushundimki, ofitserga bu buyruqni boshqa odam beribdi. Poshoning
katta qizi Narima xonim:
— Voy, Ehson, sen shu yerdamiding? Qaerdan kelib qolding? — deb ajablandi.
Lekin bechora xotin rolini shu qadar xunuk o‘ynadiki, “Voy! Ehson, qaerdan kelib qol-
ding?” deb ajablanganda, ovozida: “Voy o‘lay, yolg‘on so‘zlayotganimiz ochiq-oshkor se-
zilib turibdi-ya” deguvchi ohang borligini bilib olish qiyin emasdi.
Ha, bu kulgili “hajviy opera” dekoratsiyasi ichida qiziq komediya o‘ynashimiz kerak,
ammo nima uchun? Buni keyinroq tushunib olarman. Hozir esa sir bermaslik, og‘ir va ja-
sur bo‘lish kerak.
Harholda, bu posholar mujdalar qilishni yaxshi ko‘radigan odamlarga o‘xshaydilar. Le-
kin men ham bugun bo‘sh kelmayman, nima qilishsa qilishsin, og‘zimni ochib qolmay-
man. Ular meni uyalib, qochib ketadi, deb o‘ylashgan bo‘lsalar kerak. Hech-da, uzangi-
dan tushadigan anoyi yo‘q!
— Farida xonim afandi, siz ham biz singari istambulliksiz. Bo‘lam va sut qardoshim
Ehsonni sizga taqdim etsam xafa bo‘lmassiz, shunday emasmi? — dedi Narima xonim.
Men hech tortinmay:
— Aksincha, juda xursand bo‘laman, afandim, — dedim.
So‘ngra uning so‘zlashiga imkon bermay o‘zimni tanishtirdim.
— Farida Nizomiddin, maorif armiyasining eng kichik ofitserlaridan biri.
Yosh ofitser chiroyli, jangari qiyofasini uzoq saqlab qololmadi. Ajabo, bunda uni ayb-
lab bo‘ladimi? Kichkina boshlang‘ich maktab muallimasi bir necha kun avval mardikor
qiyofasida ko‘rgan bir kishini bugun quyoshday porlab, ertaklardagi shahzodalar singari
husn to‘kib turganini ko‘rsa-yu, hayajonidan hushini yo‘qotmasa! Aqlga sig‘adigan nar-
sami shu?
Ha, aksincha bo‘ldi, men emas u shoshib qoldi! Bizga maktabda hamma fanlar asosi-
da yillar bo‘yi tirishib-tirmashib o‘rgatishgan “salom marosimi”ni bu yigit yaxshi o‘zlash-
tirmagan ko‘rinadi. U askariy salom uchun ko‘targan qo‘lini yarim yo‘ldan qaytarib tu-
shirdi. Men bilan qo‘l olishib ko‘rishmoqchi bo‘ldi shekilli, lekin qo‘lini cho‘zganda, undagi
oq qo‘lqopni ko‘rib, yana darrov tortib oldi. Nazarimda, qo‘lqop cho‘g‘ga aylangan-u,
qo‘lini kuydira boshlaganday bo‘lib ketdi...
Uch-to‘rt minutcha bamaylixotir gaplashdim. Bechora yigit mardikor kiyimida kelib
mendan suv so‘raganini eslayotgan bo‘lsa kerak, ko‘zi ko‘zimga tushganda uyalib, yerga