O‘sha kuni kechasi juda yomon bezovta bo‘lib chiqdim. Negadir uyqum kel- mas, alahlar, to‘rga ilingan kattakon baliq singari u yoqdan-bu yoqqa o‘zimni otar, to‘lg‘anar edim. Xayriyatki, kechalar qisqa edi. Tong yorishguncha Mujgon yonimdan jilmadi.
Ichimda bir narsa o‘zgarganday o‘zimdan-o‘zim dahshatli bir qo‘rquv, nafrat his etar-
dim. Dam-badam yosh boladay Mujgonning bo‘yniga tashlanar: “Nega bunday deding,
opajon?” deb ho‘ngrar edim.
U yana ham battarroq hujumga uchrashdan qo‘rqqani uchun na “ha”, na “yo‘q” deyar,
indamay sochlarimni silar, boshimni bag‘riga bosib, meni yupatishga tirishar edi. Tong
yorishar payt uning ham asab tori uzildi, jahli chiqib meni koyib berdi:
— Jinni, yaxshi ko‘rish aybmi? Qiyomat qo‘pgani yo‘q-ku!.. Juda bo‘lmasa uylanarsiz-
lar, shu bilan olam guliston... Uxla, bezor qilib yubording-ku! Men bunaqa odobsizlikka
toqat qilolmayman.
Mujgon opamning jahli bu safar ham bo‘ynimni egib qo‘ydi. Bundan tashqari u bilan
gap talashib o‘tirishga o‘zimda ham majol qolmagan edi. Musyo Segenning butun kecha
bo‘ri bilan olishib, saharga yaqin o‘zidan ketib qolgan echkisi* singari holdan ketgan
edim.
Ko‘zim ilingan paytda Mujgonning yana shirin til bilan:
— U ham senga beparvo qaramas, — deganini eshitgan bo‘lsam ham, bunga qarshi
isyon ko‘tarishga qurbim yetmay uxlab qoldim.
* * * Ertasiga shu yerlik boylardan birining chorbog‘iga taklif qilingan edik. Umrimda shu
bugungiday bahrim ochilgan kun bo‘lmagandir, deyman.
Oysha xolam bilan Mujgon chorbog‘ hovuzi bo‘yida kattalar bilan gaplashib o‘tirganla-
rida, bolalarni yonimga oldim-u, tevarakda o‘tni o‘tga, suvni suvga otib, to‘polon qila bo-
shladim. Hatto bir qur bitta yaydoq otga minmoqchi bo‘lib, jonimni xatarga ham
qo‘ydim. Xolam bilan Mujgon meni ko‘rib qolishib, qo‘l-bosh ishoralari bilan imo qilishar-
di.
Ularning nima demoqchi ekanliklarini juda yaxshi bilsam ham, anqovsirab o‘zimni