Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


O‘TTIZ TO‘RTINCHI BOB JUM’ANING FAZILATI



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə114/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   247
O‘TTIZ TO‘RTINCHI BOB JUM’ANING FAZILATI
417. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Avs ibn Avs Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kunlaringizning afzali jum’a kunidir. U kunda Odam yaratildi va u kunda joni olindi. U kunda sur chalinadi va qattiq qichqiriq ham shu kunda

bo‘ladi. Bu kunda menga salovotni ko‘p aytinglar. Zero, sizlarning salovotingiz menga yetkaziladi", dedilar u zot. Shunda sahobalar so‘rashdi: "Bizning salovotimiz qanday qilib sizga yetkaziladi, sizning jasadingiz chiriydi-ku?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlar, jasadingiz chiriydi, deysizlarmi? Alloh taolo yerga payg‘ambarlarining (a.s.) jasadlarini yeyishni harom qilganini bilmaysizlarmi?"


418. Faqih aytadilar: Abul Ash’as Avsdan rivoyat qiladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam jum’ani zikr qilib turib aytdilar: "Kim yuvib, yuvinsa, erta turib, ertaroq jum’aga borsa va minbarga yaqin joyda o‘tirsa, xutbaga jimgina quloq tutsa va lag‘v (be’mani gap) qilmasa, bosib kelgan har bir qadamiga bir yillik ro‘za va namozning ajri yoziladi".
Muhammad ibn Fazl aytadilar: "Yazid ibn Horundan "yuvsa va yuvinsa", degan so‘zlarning ma’nosini so‘radim. "Yuvsa", deganlari tahorat joylarini yuvish, "yuvinsa", deganlari butun badanlarini yuvish, deb javob qildilar. "Erta turib, ertaroq", deganlari haqida so‘radim. Erta turib yuvinib, ertaroq jum’aga kelsa, ma’nosidadir, dedilar".
419. Abu Hurayra (r.a.) Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Quyosh hech bir kunda jum’a kunidagidan afzal bo‘lib chiqmaydi va botmaydi. Bu kundan inson va jinlardan boshqa yer yuzidagi bor jonzot qo‘rqadi. Masjidlarning eshiklari oldida ikkitadan farishta o‘tirib olib, bir-bir yozadi. Birinchi kelgan tuya qurbonlik qilgan kishi kabi, keyin qo‘y qurbonlik qilgan kishi kabi, keyin qush qurbonlik qilgan kishi kabi va keyin tuxum qurbonlik qilgan kishi kabi. Imom minbarga o‘tirsa, sahifalar yopiladi".
420. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kim jum’a kuni tahoratini chiroyli qilib, keyin jum’aga kelsa, azonni eshitsa, minbarga yaqin o‘tirib, jimgina tinglasa, ikki jum’a orasidagi gunohlari kechiriladi. Kim toshni ushlasa, u lag‘v qilibdi, kim lag‘v qilsa, uning uchun jum’a yo‘qdir".
421. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Quyosh chiqadigan kunlarning yaxshisi jum’adir. U kunda Odam yaratilgan va u kunda jannatga kiritilgan hamda u kunda jannatdan tushirilgan. U kunda qiyomat bo‘ladi va u kunda shunday bir soat borki, mo‘minning Allohdan so‘ragani shu soatga to‘g‘ri kelsa, so‘raganini unga beradi".
Abdulloh ibn Salom aytadilar: "Men o‘sha soatni bildim. U kunduzning oxiridadir. Bu soatda Odam (a.s.) yaratilgan. Alloh taolo:


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin