Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"Inson shoshqaloq holda yaratilgandir"



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə115/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   247
"Inson shoshqaloq holda yaratilgandir", deb aytgan (Anbiyo, 37)".
Said ibn Musayyab aytadilar: "Jum’a namoziga hozir bo‘lishim menga nafl hajlarini qilishdan sevimliroqdir".
Ka’bul Ahbor aytadilar: "Bir qadah olov ichmog‘im men uchun bir qadah aroq ichish yaxshiroq. Bir qadah aroq ichmog‘im namozi jum’aga bormay qolishimdan yaxshiroq. Namozi jum’aga bormay qolishim odamlarning saflari ustidan hatlab o‘tishdan yaxshiroq".
422. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam minbarda bir oyatni tilovat qilar edilar. Shunda Ibn Mas’ud Ubay ibn Ka’bdan bu oyatning qachon nozil

bo‘lganini so‘radi. U ko‘zini yumdi. Tarqalganlarida Ubay u kishiga aytdi: "Bugungi namozingdan nasibangni lag‘v qilib yo‘qotding". Abdulloh Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kirdi va bo‘lib o‘tgan gap haqida so‘radi. U zot sollallohu alayhi vasallam: "Ubay to‘g‘ri aytibdi", dedilar, keyin aytdilarki: "Qaysi banda jum’a kuni yuvinsa va yaxshi kiyimlarini kiysa va xush bo‘ydan o‘ziga sepsa, keyin jum’aga kelib, hech kimga ozor bermasa va odamlarning ustidan hatlab o‘tmasa, so‘ngra Alloh buyurganidek namoz o‘qisa va imom minbarga chiqqanda jim o‘tirsa, Alloh uning ikki jum’a orasidagi gunohlarini kechiradi".


423. Abu Luboba ibn Abdulmunzir rivoyat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jum’a kuni kunlarning sayyidi va Alloh nazdida eng ulug‘idir. U Allohning huzurida Ramazon va Qur’on hayitlaridan ulug‘roqdir. Unda beshta xislat bor: Alloh Odamni shu kunda yaratdi, shu kunda Alloh taolo uni yerga tushirdi, shu kunda Odam vafot etdi, u kunda shunday bir soat borki, o‘sha soatda Allohdan nimani so‘rasa, faqat harom narsadan boshqasini, albatta, beradi, shu kunda qiyomat qoim bo‘ladi, Parvardigori huzuridagi muqarrab farishtalar, osmon va yerdagi bor farishtalar jum’a kuniga mushtoqdir".
424. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Jum’a kuni bo‘lsa, shayton o‘zining yordamchilari bilan odamlarni bozorlarida ushlab qolish uchun chiqadi. Ularning qo‘llarida bayroqlari bo‘ladi. Maloikalar masjidning eshigi oldiga o‘tirib olishib, odamlarning o‘tirgan o‘rinlariga qarab yozaveradilar, to imom minbarga chiqguncha. Kim imomga yaqinroq o‘tirib, jimlik bilan eshitsa, behuda so‘z qilmasa, unga ikki xazina ajr bo‘ladi. Kim imomga uzoqroq yerda o‘tirib, xutbaga quloq solsa, lag‘v qilmasa, unga bir xazina ajr bo‘ladi. Kim

imomga yaqin kelib, bekorchi gaplarni gapirsa va xutbani eshitmasa, unga ikki xazina gunoh bo‘ladi. Kim, jim turgin, desa ham, gapiribdi, gapirsa, lag‘v qilibdi. Kim lag‘v qilsa, jum’asidan mahrumdir".


Keyin Ali (r.a.) aytdilar: "Bu gaplarni Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman".
Faqih aytadilar: Eshitishimizcha, Solih Marriy jum’a kechasida jome’ masjidda bomdodni o‘qimoqchi bo‘lib kelayotib, qabriston oldidan o‘tdi. Tong otguncha shu yerda turib turay, deb maqbaraga kirdi va ikki rak’at namoz o‘qidi. Keyin qabrga suyanib o‘tirib, ko‘zlarini uyqu elitdi. Tushida ahli qabrlarning qabrlaridan chiqib kelayotganini ko‘rdi. Ular halqa- halqa bo‘lib olishib, o‘tirib gaplasha boshladilar. Bir payt kir kiyimda bir yigit chiqib kelib, chekkada xafa holda o‘tirdi. Ko‘p o‘tmay, haligilarga ro‘molchalar bilan o‘ralgan sovg‘alarni olib kelishdi. Har birlari o‘ziga kelgan sovg‘alarni olib, qabrlariga kirib

ketishdi. Haligi yigitga hech narsa kelmadi, xafa bo‘lib, qabrga kirmoqchi bo‘layotganida: "Senga nima bo‘lgan?" deb so‘radi. Yigit: "Ey Solih Marriy, siz tovoqlarni ko‘rdingizmi?" dedi. "Ha, ular nima edi?" deb so‘radi. "Ular tiriklarning o‘liklarga sovg‘asidir, – dedi, – ularning birodarlari jum’a kuni sadaqalar qilishadi, men sind ahlidan edim, onam bilan

haj uchun yo‘lga chiqdim, Basraga kelganimda vafot etdim va onam mendan keyin erga tegdi, eriga mening ham bir o‘g‘lim bor edi, deb aytmadi, keyinchalik onam dunyo bilan bo‘lib, meni tili bilan ham, ehsonlari bilan ham eslamadi, mening xafa bo‘lishga haqqim bor, chunki mendan keyin meni eslaydigan hech kim qolmagan".
Solih: "Onangning uyi qaerda?" deb so‘radi. So‘ng u uyining qaerdaligini aytdi. Tong ottirganidan keyin namozini o‘qib, o‘sha uyni so‘rishtira boshladi. Odamlar unga uyni

ko‘rsatib qo‘yishdi. Kelib, kirishga ruxsat so‘radi. "Men Solih Marriy bo‘laman", dedi. Ruxsat olgach, uyga kirdi va: "So‘zimizni hech kim eshitmasin", dedi. Oralarida parda bor edi. Yaqin borib: "Alloh senga rahm qilsin, o‘g‘ling bormi?" deb so‘radi. Onasi: "Yo‘q", dedi. "O‘zi o‘g‘ling bor edimi?" deb so‘radi. Onasi chuqur xo‘rsinib: "Yosh bir o‘g‘lim bor edi", dedi. So‘ng unga tushida ko‘rganlarini aytib berdi. Ayol yig‘ladi,

ko‘zlaridan yosh duvillab oqardi. Keyin: "Ey Solih, u mening o‘g‘lim, yuragim unda edi, u qornimda ko‘targan bolam edi, siynalarim bilan unga sut berganman, quchog‘im unga yostiq edi, – dedi va unga ming dirham berdi, – buni ko‘zim quvonchiga sadaqa qilgin, uni endi qolgan umrimda duo va sadaqalar bilan eslab turaman", dedi so‘ngra.
Solih Marriy aytadi: "U yerdan ketganimdan keyin ming dirhamni sadaqa qildim. Bir jum’a kuni jum’ani o‘qiyman deb, ketayotib, o‘sha qabristonga keldim va ikki rak’at namoz o‘qidim, so‘ng qabrga suyanib ozgina uxlab oldim. Shunda men oldin ko‘rgan qavm chiqdi. O‘sha yigit ham ularning orasida oppoq kiyimda xursand holda yurardi. Keyin menga yaqinlashib aytdiki: "Ey Solih Marriy, Alloh seni yaxshi ajr bilan mukofotlasin, menga ham sadaqa yetib keldi", dedi. Men undan: "Jum’ani bilasizlarmi?" deb so‘radim. "Ha, uni havodagi qushlar ham biladi va solih kunga salom bo‘lsin (ya’ni, jum’a kuniga), deb aytishadi", dedi.
425. Faqih aytadilar: Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Jabroil alayhissalom Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga qo‘llarida oq oyna bilan keldi. Uning o‘rtasida qora nuqta bor edi. U zot: "Ey Jabroil, bu nima?" deb so‘radilar. "Bu jum’a kunidir. Alloh taolo uni sizga va sizdan keyin ummatingizga bayram bo‘lmog‘i uchun berdi. Bu kunda sizlar uchun yaxshiliklar bor. Agar bu kunda kim yaxshi duo qilsa, so‘ragan narsasi uning qismati bo‘lsa, Alloh uni beradi. Agar uning qismatida bo‘lmasa, uni u uchun qiyomat kuniga zahira qilib qoldiradi. U kun bizning nazdimizda ziyoda qilingan kun va biz uni kunlarning sayyidi deb nomlaymiz", dedi Jabroil (a.s.).
Payg‘ambar alayhissalom: "Nima uchun?" deb so‘radilar. Aytdi: "Chunki Rabbingiz jannatda muattar hidli vodiy yaratdi, unda oq mushkli tepaliklar bor, jum’a kuni bo‘lsa, payg‘ambarlar kelib, javharlar bilan o‘ralgan, nurli minbarlar ustiga o‘tirishadi, so‘ng u minbarlarning orqasini nurdan bo‘lgan kursilar bilan o‘rashadi. Siddiqlar, shahidlar kelib, unga o‘tiradilar, keyin Adn jannati ahllari kelishadi. Oq mushkli tepalik ustiga o‘tirishadi. Ularga Alloh aytadi: "Men sizlarga bergan va’damning ustidan chiqdim va sizlarga ne’matimni mukammal qildim. Bu Mening karomatim mahalidir. Bas, mendan so‘ranglar". Ular aytadilar: "Ey Rabb, Sendan roziligingni va jannatingni so‘raymiz".

Alloh aytadi: "Roziligim bo‘lgan jannatga sizlarni kirgizaman va sizlarni karomatimga yetkazaman". So‘ngra ular Undan rozilik so‘raydilar, ularga rizoligini hadya qiladi va ularga rag‘batlari va orzu qilganlaridan ham ko‘proq beradi. Bu mukofot imomlaringiz jum’adan qaytguncha bo‘lgan vaqtning savobidir. Ularga odamzot xayoliga kelmagan, ko‘z ko‘rmagan ne’matlarni beradi. Keyin payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlar qaytishadi, koshona egalari ham o‘z koshonalariga qaytadi. Ular jum’a kunidan boshqa biror narsaga muhtoj emaslar. Albatta, unda karomatlar ziyoda bo‘ladi. Shuning uchun, ziyoda qilingan kun, deb nomlandi va qiyomat ham shu kunda qo‘padi".


426. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Jamoat bilan o‘qilgan namozlar va jum’a namozlari o‘rtadagi gunohlarga kafforatdir, modomiki, katta gunohlardan saqlangan bo‘lsa".


Jum’aning fazilati bobi hadislari
417-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.

418-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.

419-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.

420-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.

421-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilgan.

422-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja rivoyat qilgan.

423-hadis. Hasan. Ahmad, Ibn Mojja, Tabaroniy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.

424-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.

425-hadis. Zaif. Shofe’iy “Al-umm” va “Musnad”da, Ibn Jarir tafsirida keltirgan.

426-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.





Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin