Asarning boshqa fasl va boblari singari bu tanbehda markazida ham inson
kamoloti uchun qayg‘urish g‘oyasi turadi. Ulug‘ mutafakkir bu tanbehda inson
shaxsining shakllanishida u mansub bo‘lgan jamoa va e’tiqod qo‘yib payravlik
qilgan ustozlar ta’sirining beqiyos ekanligini uqtiradi. Alisher Navoiy o‘z so‘ziga
asos qilib ko‘rsatib, ibrat olishga undayotgan “As’hobul-Kahf” qissasi Qur’onning
18-surasida zikr qilingan. Tanbehning so‘nggida keltirilgan qit’ada esa “Nabiy
o‘g‘li” va “it” timsollari bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi “Jannat“ va “tomug‘”
tazodi zidlikni yanada oshiradi. Bundan ko‘zlangan maqsad esa yaxshiga
ergashish foydasi va yomonga yodoshish zararlari haqidagi ijodkorning ixcham
xulosasini obrazli tarzda keltirishdir.
“Gulistonda” asarida xuddi shu pand qit’a orqali berilib, timsol sifatida
yomonlarga ergashgan Nuhning o‘g‘li va o‘zining sadoqati tufayli, yaxshilarga
mansub bo‘lgan As’hobi Kafning iti timsollari keltiriladi:
Dostları ilə paylaş: