Amaliy qism. Usulning asosi. Fermentativ usul, ureaza siydikchilni ammiak va uglerod II oksidi hosil qilib parchalaydi. Hosil bo`lgan ammiak ishqoriy gipoxlorid eritmasi bilan rangli salitsilat reaksiyasi bo`yicha aniqlanadi
ureaza
S iydikchil + 2H2O ammoniy karbonat
Ammoniy ionlari nitroprussid ishtrokida fenol va gipoxlorid bilan reaksiyaga kirishadi. Reaksiya natijasida indofenol (ko`k rangli) hosil bo`ladi, uning bo`yalishi ammoniy ionlari (va siydikchil) konsentratsiyasiga to`g`ri proportsional.
Ishni jixozlash
Asboblar
Idishlar
Reaktivlar
FEK
Sentrifuga probirkalari
Distirllangan suv
Sentrifuga
Baland probirkalar
Zardobda va siydikda siydikchilni 200 marta aniqlashda kerak bo`lgan 900 ml ishchi eritma tayyorlash uchun zarur tayyor reaktivlar jamlanmasi.
Bio–LA – Test PLIVA –
Lachema a.s.
2,0 ml li probirkalar
0,1 ml li mikropipetkalar
10 mm li kvarts kyuvetalar
Biomateriallarni olish. Shprits yordamida quruq sentrifuga probirkasiga 1,0-2,0 ml qon venadan olinadi. Qon 10 daqiqa qoldiriladi, so`ngra ehtiyotlik bilan igna yordamida probirka devorlaridan ajratiladi. 1500 ayl/min bilan 10 minut sentrifugalanadi. Qon zardobi alohida probirkaga olinadi. Zardobni muzlatilgan holda bir oy saqlash mumkin. Tashxis uchun 0,02 ml zardob ishlatiladi.
Reaktivlar: 1. Bufer ferment (1 flakon): natriy 5,5 dietilbarbiturat 1,1l mmol EDTA 31,24 mmol, ureaza 8 mkat/flakon, natriy azidi 12,5 %
2. 0,014 mol/ flakon natriy salitsilat (1 flakon)
3. 1,8 mmol / flakon natriy nitroprussid (1 flakon)
4. Natriy gidroxlorid (20 ml) 0,2 mol/l natriy gidroxlorid, 3 mol/l natriy gidroksid
5. Standart eritma 15 mmol/l (10 ml) Siydikchil