O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAHSUS TA`LIMI VAZIRLIGI O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALI
“T A S D I Q L A Y M A N”
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari t.f.n, dotsent
Yuldashyev B.S._________
“____” _________2017 yil
QON ZARDOBI VA SIYDIKDA SIYDIKCHIL MIQDORINI ANIQLASH Biologik kimyo va molekulyar biologiya fanidan laboratoriya
ishlari uchun uslubiy ko`rsatma
(Tibbiyot oliy o`quv yurtlari I va II-kurs talabalari uchun)
Urganch 2017 yil
Tuzuvchi: TTA Urganch filiali Tabiiy fanlar kafedrasi katta
o`qituvchi N.N.Qurbanova
Taqrizchilar: Q. Shukurlaev - TTA Urganch filiali tibbiyotda axborot
texnologiyalari, biofizika va normal
fiziologiya kafedrasi professori
D. Dushamov - URDU oziq-ovqat texnologiyasi
kafedrasi kimyo fanlari nomzodi, dotsent
Qon zardobi va siydikda siydikchil miqdorini aniqlash Maqsad
Qon zardobi va siydikda siydikchil miqdorini aniqlashni talabalarga o‘rgatish
Davolashni diagnostika va nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan siydikchil miqdorini metabolitik o‘zgarishi bilan talabalarni tanishtirish
Nazariy qism Siydikchil – odam organizmidagi oqsillar almashinuvining asosiy oxirgi maxsulotidir. Siydik bilan ajraladigan azotning 80-90% siydikchil hisobiga to`g`ri keladi. Jigardagi siydikchil sintezining biologik roli (siydikchil hosil bo`lishining ornitin sikli) shundaki, aminokislotaning dezaminlanishidan hosil bo`ladigan ammiak nisbatan kam zaharli bo`lgan siydikchil molekulalariga aylanadi, u esa siydik bilan chiqarilib yuboriladi. Ovqat bilan kiruvchi azot miqdori va bir sutkada chiqariladigan siydikchil miqdorini bilgan holda aminokislota va oqsil almashinuvi holatining muhim ko`rsatkichi bo`lgan azot balansini topish mumkin. Azot balansi quyidagicha bo`lishi mumkin:
1. Musbat azot balansi – bolalarda, og`ir kasalikdan so`ng tuzalayotganlarda;
2. Manfiy azot balansi – og`ir kasallilarda, shuningdek o`sma kasalliklarida, och qolishda va qarilikda;
3. Azot muvozanati –sog`lom katta yoshli odamlarda (normal ovqatlanishda.)