Tta termiz filiali davolash fakulteti 109B-guruh talabasi islomov anvarbekning



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə1/2
tarix09.05.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#115692
  1   2
TARIX FANIDAN 7-MAVZU

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Mavzu

TTA Termiz filiali davolash

fakulteti 109B-guruh talabasi

ISLOMOV ANVARBEKNING

O’zbekistonning eng yangi tarixi

fanidan tayyorlagan taqdimoti









Tekshirdi : NILUFAR XUSANOVNA

 

Mavzu: O’ZBEKISTONDA AXBOROT SOHASINI ISLOH QILISH VA AXBOROT ERKINLIGINING TA’MINLANISHI



REJA:
  • AXBOROT SOHASINI ISLOH QILISH
  • FUQAROLARNING AXBOROT SOHASIDA HUQUQ VA ERKINLIKLARI
  • AXBOROT ERKINLIGINI PRINSPLARI VA KAFOLATLARI TO’G’RISIDAGI QONUNNING MAVMUN VA MOHIYATLARI.

  •  

XXI asr – axborot va axborot texnologiyalari asri, intellektual resurslar, yuksak texnologiya va zamonaviy bilimlar insoniyat taraqqiyotining asosiy va hal qiluvchi omiliga aylanayotgan davr. Bunday sharoitda ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari muassisligidagi davriy bosma nashrlarni chop etish, ommaga yetkazish masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda ushbu nashrlarni rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va chop etish mexanizmlari bo‘yicha huquqiy asosni takomillashtirishga ehtiyoj mavjud edi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning may oyida “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari muassisligidagi davriy bosma nashrlarni qo‘llab-quvvatlash va ular faoliyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi xalq muhokammasiga qo‘yildi. Qaror loyihasi yettita banddan iborat bo‘lib, unda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari muassisligidagi davriy bosma nashrlarlarning faoliyatini sifatli tashkil etish va rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari tahririyatlari xodimlarining shtat jadvali bo‘yicha soni va ish haqi miqdorlarini tasdiqlash va mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga mahalliy hokimiyat organlarining viloyat, tuman, shahar byudjetidan tashqari jamg‘armalari hisobidan yetarli miqdorda mablag‘ ajratish, tahririyatlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida moliyaviy yil yakunida taqsimlanadigan tahririyat sof foydasining muassisga tegishli qismini tahririyat hisobida qoldirish va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, davriy bosma nashrlarning bosh muharrirlari, xodimlari malakasini oshirish, xususan, gazeta va jurnallar elektron variantini yuritishda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish kabi muhim vazifalar belgilangan.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari, noshirlik va matbaa faoliyatini rivojlantirish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash borasida 10 dan ziyod qonun va 150 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilinib, sohada mustahkam huquqiy baza yaratildi.

Bugungi kunda yurtimizda 1991-yilga nisbatan ommaviy axborot vositalari qariyb 4-martaga, nashriyotlar 13 karra va matbaa korxonalari 12 barobarga ko‘payib, ularning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati sezilarli darajada yaxshilandi.

Ayni vaqtda ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, bu tarmoqda miqdor ko‘rsatkichlarini sifat ko‘rsatkichlariga aylantirish, mamlakatimiz milliy media maydonida sog‘lom raqobat muhiti, zamonaviy axborot xizmatlari bozorini shakllantirish, joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalari dolzarbligicha qolmoqda.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, matbuot va axborot sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va sohaga oid masalalarni hal etish vakolati berilgan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirmayotgani bois bozor munosabatlari sharoitida ommaviy axborot vositalariga uslubiy yordam ko‘rsatish, ularning ishini prinsipial jihatdan kuzatish, baholash, tahlil qilib borish, zarur hollarda qo‘llab-quvvatlash yoki iqtisodiy, huquqiy choralarni qo‘llash kabi amaliy mexanizmlarning ta’siri deyarli sezilmayapti.

AXBOROT ERKINLIGI BO’YICHA

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda matbuot va ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish hamda rivojlantirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan, demokratik talab va standartlarga to‘la javob beradigan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilinib, bu borada mustahkam huquqiy baza yaratilgan.

Hozirgi kunda yurtimizda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositalari faoliyat ko‘rsatayotgani, ularning safiga yaqinda qo‘shilgan, kechayu kunduz uzluksiz faoliyat olib borayotgan “O‘zbekiston-24” telekanali ham milliy axborot makonida o‘z munosib o‘rni va o‘z tomoshabinlarini topib borayotgani, Internet — global tarmoqda Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan oshib ketganini alohida ta’kidlash zarur.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda adabiyot, san’at, madaniyat sohasini yanada rivojlantirish, bu borada ish samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekaniga alohida e’tibor qaratib, shu yo‘nalishda qator Farmon va qarorlar loyihasi tayyorlanayotgani haqida to‘xtalib o‘tgan edi. Ana shunday muhim hujjatlardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga imzo chekilgani mazkur yig‘ilishda aytilgan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar qat’iy izchillik asosida olib borilayotganini ko‘rsatadi.

Ma’lumki, har qanday davlatda demokratik, huquqiy, insonparvar jamiyat barpo etish ko‘p jihatdan ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa faoliyatining darajasiga bog‘liq. Bu borada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, so‘z va axborot erkinligining ta’minlangani, ijodkorlarning erkin fikr yuritish imkoniyatiga ega bo‘lgani sohada islohotlarni amalga oshirishga sharoit yaratdi. O‘tgan yillar davomida sohaning moddiy-texnika asosi mustahkamlandi, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor berildi.



Shu bilan birga, keyingi paytda bu borada qator kamchilik va muammolar mavjudligi ham sezila boshladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari mamlakatimiz fuqarolari ma’naviy olamini yuksaltirish, ularda tevarak-atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarni to‘g‘ri tahlil qila olish va xolisona xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda hamma vaqt ham faollik ko‘rsata olmayapti. Ayniqsa, xususiy ommaviy axborot vositalari, nashriyotlarning faoliyati nochor ahvolda, ular xalqimizning yuksak ma’naviy-estetik ehtiyojlari darajasida ish yurita olmayapti.

Xususiy mulk shaklidagi gazetalar, radiostansiyalar orqali e’lon qilinayotgan mazmunan sayoz, ijtimoiy ahamiyati past, “ommaviy madaniyat” ruhidagi materiallar, afsuski, vaqtida malakali bahosini olmayapti va ularga nisbatan tegishli qonuniy choralar qo‘llanilmayapti. Ushbu o‘ta mas’uliyatli ishni bajarishga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni ado etishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda.

Prezident Farmoniga muvofiq, Matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalari, axborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaachilik, axborot-kutubxona faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi etib belgilandi.

Farmonda ommaviy axborot vositalari faoliyatiga doir qonunchilik ijrosini ta’minlash, so‘z va axborot erkinligini kafolatlash, noshirlik, matbaachilik va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, so‘z va matbuot erkinligi kafolatlariga rioya etilishi borasida monitoring va nazoratni amalga oshirish muhim vazifa sifatida belgilab qo‘yildi.

Ma’lumki, bugungi kunda yurtimizda kitob mahsulotlarini nashr qilish va tarqatish tizimi samaradorligini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda 118 nashriyot, 1 ming 760 matbaa korxonasi, minglab ijodiy va texnik xodimlar faoliyat olib borayotganini, ularning sa’y-harakatlari bilan har yili 7 tilda 60 million nusxadan ortiq kitob chop etilayotganini qayd etish lozim.

Ushbu Farmonda kitob targ‘iboti orqali xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik an’analarini keng targ‘ib qilish, elektron va audio kitoblar yaratish, kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan nashrlarning chop etilishi bo‘yicha maqsadli dasturlarni tayyorlash va ijrosini tashkillashtirish, shuningdek, xorijda o‘zbek tili va adabiyotini keng targ‘ib qilish, nashriyotlarga kitob mahsulotlarining xalqaro kitob bozorida o‘z mavqeyi va salmog‘iga ega bo‘lishida ko‘maklashish mazkur sohada bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Alohida e’tiborga loyiq masalalardan biri shundan iboratki, Farmonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ommaviy axborot vositalari uchun media bozorida teng sharoitlar yaratish bo‘yicha muayyan tadbirlar ishlab chiqish, noshirlik va matbaachilik yo‘nalishidagi texnik-texnologik bazani rivojlantirish, ularni zamonaviy jihatdan yangilash, standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, sohada milliy va xalqaro tanlovlar, ko‘rgazma-yarmarka va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratildi.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin