Mustaqillik yillarida qadriyatlarimizning tiklashi Ta’lim sohasida ilk islohatlar



Yüklə 26,75 Kb.
səhifə2/6
tarix15.12.2022
ölçüsü26,75 Kb.
#121107
1   2   3   4   5   6
16 mavzu

Mustaqillik shukuhi


Men shu bugundan e’tiboran, 1-sentabrni jumhuriyatimizda Mustaqillik kuni — umumxalq bayrami sifatida e’lon qilishni taklif etaman…” (Islom Karimov, O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida yohud Sho‘ralarning so‘ngi talvasasi hujjatli filmidan, 1991) — O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning millat kelajagi yo‘lida ko‘rsatgan shijoati taqsinga sazovor. Bu kun tarix zarvaraqlariga oltin harflarda yozildi. Chunki 1991-yil 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. Binobarin, o‘zbek xalqi mustabid zanjirlaridan ozod etilgan edi. Bundan soddadil xalqimizning ko‘ksi tog‘dek ko‘tarildi.
Mustabid tuzum davrida xizmat ko‘rsatgan ko‘plab korxona va tashkilotlar sobiq sho‘ro hukumatiga qarashli bo‘lib, mustaqillik e’lon qilingach, bu korxonalar birin-ketin ko‘ch-ko‘ronlarini yig‘ishtirib ortlariga qaytib ketishgan edi. Natijada asosiy tirikchiligi dehqonchilik bo‘lgan xalqimiz, bunday texnikalarni ishlab chiqarishga qodir emas va o‘z o‘rnida bu korxona ishlarini yuritishdan bexabar edilar. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonning oldida bir qancha kechiktirib bo‘lmaydigan ustuvor vazifalar bor ediki, bularsiz xalq ongini shaklantirish mushkul vazifaga aylandi.
Avvalo, xalqimizni ongini uyg‘otish, mustabid tuzumdan batamon sug‘urib olish, ularni qalbiga yo‘l topa olish bu ulkan vazifalardan biridir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan xalq irodasi, o‘zligi, milliy qadriyatlari va eng avvalo mustaqilligi hadya etildi. Milliy bayramlarning tiklanishi, din erkinligi, buyuk ajdodlarimiz xotiralari va ularning qutlug‘ qadamjolariga birinchi galda e’tibor qaratilib, xalqimizning qon-qoniga singib ketgan eng azaliy orzu-umidlari tiklandi. Endi xalqimiz qanday yashashni, zulmatni yorug‘likdan ajratishni bildi.

Mustaqillik yillarida qadriyatlarimizning tiklashi


Xalqimizning ma’naviy merosini tiklash va uni yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochib berish — ajdodalarimizning azaliy orzusi emasmidi? Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov o‘zining “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” kitobida “O‘zbekistonning milliy-madaniy jihatdan g‘oyat rang-barangligi, milliy o‘zligini aglash va ma`naviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yanglilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo‘lib hizmat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirada”, deb ta’kidlagan edi. (Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqqiyot yo‘li. T, 1992y, 13 bet)
Mustaqillik yillarida ma`naviy poklanish haqida gap ketganda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining ahamiyati kattadir. 1989-yil 21-oktyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonun milliy ongning rivojlanishida, mamlakat mustaqilligining mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning ma’naviy yangilanishida muhim rol o‘ynadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi sessiyasida bu qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Bu ulkan natijaga erishish, o‘zbek xalqini ma’nan ulg‘ayishiga, azaliy qadriyatlarni tiklanishiga turtki bo‘ldi.
Yurt tinchlgini, mustaqilligini, jamiyat osoyishtagilini mustahkamlash uchun, avvalo, eski tuzumga moslashgan xalq ongidagi g‘oyaviy chalkashliklardan, Birinchi Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “temir parda” dan halos bo‘lib, umumbashariy qadriyatlardan bahramand bo‘lish asosiy vazifalardan biri edi. Shu maqsadda xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash, uni rivojlantirish yangi, hali to‘liq shakllanib ulgurmagan davlatimizning oldidagi ko‘ndalang vazifa edi.

Yüklə 26,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin