8. “Qarshiyog‘” qo‘shma korxonasi qaysi davlat bilan hamkorlikda tashkil etilgan? A) Buyuk Britaniya; B) Singapur; C) Fransiya; D) Germaniya.
9. Quyidagi neftni qayta ishlash korxonalaridan qaysi birida yiliga 80 ming tonna neft qayta ishlanib, benzin va dizel yoqilg‘isi olinmoqda? A) Farg‘ona NQIZ; B) Qorovulbozor NQIZ;
C) Jarqo‘rg‘on NQIZ; D) Oltiariq NQIZ.
10. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining bor-yo‘g‘i 1 – 2 foizi qaysi viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi? A) Sirdaryo; B) Jizzax; C) Namangan; D) Surxondaryo.
11. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning necha foizi yaylovlardan iborat? A) 80 %; B) 90 %; C) 60 %; D) 50 %.
12. “Sahro bag‘ridagi mo‘jiza” deb nom olgan zavod nomi to‘g‘ri berilgan javobni belgilang. A) Xo‘jayli shisha zavodi; B) “Markaziy Osiyo bezak toshlari”
C) “Elteks” zavodi; D) Qo‘ng‘irot soda zavodi.
13. Quyidagi shaharlardan qaysi biri mashhur o‘zbek matematigi, astronomi va geografi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning vatanidir. A)Xiva; B) Urganch; C) Farob; D) Xo‘jayli.
14. Pillachilik Qoraqalpog‘iston Respublikasining qaysi tumanlarida rivojlangan? A) Amudaryo, Beruniy; B) Qorao‘zak, Kegeyli;
C) To‘rtko‘l, Amudaryo; D) Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq.
15. Yiliga 160 ming tonna kalsiyli soda, 150 ming tonna kaustik soda, 20 ming tonna oziq-ovqat sodasi va 400 ming tonna osh tuzi ishlab chiqara oladigan ulkan zavod Qoraqalpog‘iston Respublikasining qaysi shahrida ishga tushirildi? A) Taxtako‘pir; B) Qo‘ng‘irot; C) Mo‘ynoq; D) Chimboy.