Materikda yer qimirlash va vulkanlar haqida ma’lumot bering?
YEVROSIYO MATERIGI REL’EFI
Tayanch so’z va iboralar: makrorel’ef tiplari, tekisliklar, pastekisliklar, yassitog’liklar,tog’liklar,tog’tizimlari,tog’oralig’ibotiqlari,Xitoyplatformasi,allyuvial yotqiziqlar.
Rel’efi. Yevrosiyoning murakkab geologik rivojlanish tarixi va tektonik tuzilishi materikning yer yuzasi tuzilishida va rel’ef shakllarida to’g’ridan-to’g’ri o’z aksini topgan. Yevrosiyo kontinenti uchun butun Yer yuzida ma’lum bo’lgan barcha tektonik strukturalar va rel’ef tiplari xarakterli. Uning dengiz sathidan o’rtacha balandligi 840 m. Materikning asosiy qismini yirik makrorel’ef tiplari - tekisliklar, pastekisliklar, yassi tog’liklar, tog’liklar, tog’ tizimlari va tog’oralig’i botiqlari tashkil etadi. Ular yoshi va genetik tipi jihatidan turli xil bo’lgan strukturalarga to’g’ri keladi. Keng tarqalgan va materikning katta-katta maydonlarini egallab yotgan makrorel’ef tiplari quyidagilar (Ilova, 15-rasm).
Tekisliklarvapastekisliklar. Yevrosiyo hududida boshqa materiklarga nisbatan bepoyon tekisliklar va pastekisliklar nihoyatda keng tarqalgan. Shimoliy Yevropa, O’rta Yevropa, Sharqiy Yevropa, G’arbiy Sibir, Shimoliy Sibir, Buyuk Xitoy, Turon, Mesopotamiya, Hind-Gang pastekisliklari shular jumlasidandir. Bu eng katta tekislik va pastekisliklar zaminini turli geologik davrlarda vujudga kelgan platforma strukturalari tashkil etadi. Shuning uchun bu regionlarda tabaqalashgan kuchsiz tebranma harakatlar ro’y berib turadi.