Mussonyomg’irlaridanto’yinibyozdatoshiboqadigandaryolar. Musson tipidagi daryolar materikning Sharqiy, Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo o’lkalari uchun xarakterli. Bu daryolar musson yomg’irlaridan to’yinib, yoz mavsumida toshib oqadi. Ayniqsa, maksimal oqim yozning ikkinchi yarmiga to’g’ri kelib, kuchli toshqinlar tez-tez takrorlanib turadi.
Bahordato’libvayozdatoshiboqadigandaryolar. Shimoli-sharqiy Sibir o’lkasidagi daryolar qishning boshlanishi bilan to’yinish manbalardan mahrum bo’ladi. Hatto bu o’lkada ko’p yillik muzloq yerlar keng tarqalganligi sababli daryolar qishda yer osti suvlaridan ham to’yina olmaydi. Kichik daryolar (Anabar, Yana, Indigirka va boshqa) qattiq sovuq tufayli o’zanining tagigacha muzlab qoladi. Bahorda qor qoplamining erishidan to’yinib daryolar to’lib oqsa, yozda muzloq yerlarning erishidan to’yinib toshib oqadi.
Yomg’irlardanto’yinibvaqti-vaqtibilanto’liboqadigandaryolar.Markaziy massiv, Karpat, Tog’li Qrim, Kavkaz ortidagidaryolarda davomli kuchli suv toshqinlari kuzatilmaydi. Lekin yil davomida vaqti-vaqti bilan yog’ib turadigan jalalar tufayli bu daryolarda qisqa muddatli toshqinlar takrorlanib turadi. Hatto qishning iliq kunlarida ham kuchli yomg’ir yog’ib, toshqinlar sodir bo’ladi.
Yomg’irlardanto’yinibyildavomidato’liboqadigandaryolar. Gidrologik rejimining ekvatorial tipidagi daryolar Malakka yarim orolining janubiy qismi va Malay arxipelagidagi orollar uchun xarakterli. Bu mintaqada oqim yil bo’yi bir tekisda taqsimlangan. Daryolar yomg’irlardan to’yinib doim to’lib oqadi. Maksimal oylik suv sarfi minimal oylik suv sarfidan 2-5 marta ko’proq. Paxang, Perak (Malakka yarim oroli), Inderagiri (Sumatra oroli), Kapuas (Kalimantan oroli) va boshqalar ekvatorial tipdagi daryolarga yaqqol misoldir.