Tayanchso’zvaiboralar:Tabiiygeografiko’lka,tabiatmintaqasi,plato,Keyp-York,Katta Suvayirg’ichtizma,evkalipt,yassitog’,karst. Tabiiy geografik o’lkalar. Avstraliyada quyidagi tabiiy o’lkalari ajratiladi: yozda yomg’ir yog’adigan, tekislik platformali issiq Shimoliy Avstraliya; issiq namligi ancha bir tekis bo’lgan tog’li Sharqiy Avstraliya; tog’li - tekislikli nisbatan quruq subtropik Janubi – Sharq, Markaziy tekislik, subtropik Janubi - G’apb, G’arbiy Avtraliya tropik yassitog’lari va tog’lari.
ShimoliyAvstraliya. Bu tabiiy geografik o’lka shimoldagi uchta yarimorol Kimberli, Arnemlend va qisman Keyp – York yarim orollarini shuningdek materikning bu yarimorollariga tutash qismlarini o’z ichiga oladi. Uning janubiy chegarasi 180 va 20° j.k. lar oralig’idan o’tadi. O’lka deyarli butunlay platoformada joylashgan. Rel’efida platolar, pastteksliklar va past tog’lar ko’pchilikni tashkil qiladi. Shimoli-g’arbida balandligi 600-700 m bo’lgan Kimberli platosi ko’tarilgan. Sharqda Arnemlend va Keyp-York yarim orollarida yer yuzasi 300 m pasayadi. Bu yerda harorat +30°S, o’rtacha yillik harorat +200S bo’ladi. O’lkadagi daryolarning eng yiriklari Fisroy, Viktoriya, Flinders, Mitchell daryolaridir, ulariing uzunligi 600
- 800 km dir, ular doimiy oqimga ega. O’lka o’rmonlarida baland palmalar, fikuslar, margullilar va evkoliptlar o’sadi. Shimoliy Avstraliya o’simliklarining asosini - savannalar tashkil etadi. O’lka hayvonot dunyosi ancha boy. Savannalarda emu tuyaqushi, kenguru, vombatlar uchraydi. Eng quruq yerlarda yexidna yashaydi. O’rmonda koala yashaydi, lerodum va to’ti, daryolarda timsohlar ko’p.