Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Darsning jihozi:jadvallar, sxemalar.mavjud texnika vositalari, jadvallar.
VI. Dars turi:_________________________________________ VII. Dars usuli:_______________________________________ VIII.Darsning borishi IX.Darsning rejasi: 1. O’tgan zamon fe'li haqida ma'lumot.
2. O’tgan zamon fe'lining hosil bo’lishi.
Mashg'ulot boshlangach, o’qituvchi o’quvchilardan o’tgan zamonni bildiruvchi fe'llarga misol keltirishlarini so’raydi. «So’zlar zanjiri» o’yini asosida ham topshiriq berish mumkin. O’quvchilar navbat bilan o’tgan zamon fe'liga misol aytadilar. So’ngra shu fe'llar ishtirokida gap tuzadilar. Gapning tarkibidagi fe'llar qanday qo’shimchalarolganini aytadilar. Kerak o’rinlarda o’qituvchi yordam berib boradi. Shu o’rinda nazariy ma'lumotlar beriladi. O’tgan zamon fe'lini hosil qiluvchi qo’shimchalar sinf taxtasiga yozib qo’yiladi: -di, -gan, -gan edi, -gan ekan, -ibdi.
272-mashqda berilgan asardan parcha o’qitiladi. O’tgan zamon fe'li aniqlanib, izohlanadi. Masalan: Bolg'achalaming tiqillashi bir soatcha davom etdi. Davom etdi- o’tgan zamon fe'li, -di qo’shimchasi orqali hosil bo’lgan. 273-mashq ham shu usulda bajartiriladi. O’sha mashqdagi savollar asosida o’quvchilar bilan munozara o’tkazish mumkin. Bu bilan ularning fikrlash doirasi kengayadi, og'zaki nutqi rivojlanadi, so’z tanlash mahorati orta boradi.
274-mashqda boshqotirma berilgan.
J a v o b i:
1.Olmalarni sanadi. 4. Sochini silliq qilib taradi.
2.Ko’ylagining tugmasini qadadi. 5. Hisobda adashgan edi.
3. Tashqariga qaradi.
Boshqotirma qobiliyatli o’quvchilar uchun mo’ljallangan.
X. Lirik chekinish. ( )