«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə153/371
tarix11.12.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#120811
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma

Kommunikativ kompetensiya:
– o‘rganilgan ifoda vositalari asosida o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda nutqiy muhitga moslasha olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallash .
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va ijodiy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, mustaqil qaror qabul qila olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, nutqiy me’yorlarga rioya qilish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Darsning jihozi: mavjud texnika vositasi, yordamchi so’zlar jadvali.
VI. Dars turi:_________________________________________
VII. Dars usuli:_______________________________________
VIII.Darsning borishi
IX.Darsning rejasi
1. Yordamchi so’zlar haqida ma'lumot.
2. Yordamchi so’zlarning turlari haqida.
Mashg'ulot boshlangach, o’qituvchi sinf taxtasiga quyidagi so’zlarni yozib qo’yadi: ota, ona, maktab, kitob, o’quvchi, ishladi, o’qidi, chiroyli, ozoda, bilan, kabi, o 'sha, va, ham, haqida, orqali va boshqalar. O’quvchilarga quyidagi savol va topshiriqlar beriladi:
1. Yuqoridagi so’zlarga so’roq bering.
2. So’roqqajavob bo’lmaydigan so’zlar bormi?
3. So’roqqa javob bo’lmagan so’zlar biror ma'no bildirayaptimi? O’quvchilar javob berib bo’lishgach, so’roq olmagan so’zlar ishtirokida
gaplar tuzadilarva sinf taxtasiga yozadilar. Shundan so’ng yordamchi so’zlar haqidagi nazariy ma'lumotlar beriladi.

Yordamchi so’zlar bo’yicha ishlangan jadval ham ko’rsatiladi.





288-mashqda vergul bilan berilgan so’zlar ishtirokida gaplar tuzdiriladi. Mustaqil va yordamchi so’zlarga ajratiladi.


Namuna: Dadam, dehqonchilik, shug'ullanadi, bilan, mening. Mening dadam dehqonchilik bilan shug'ullanadi. Yordamchi so’z: bilan.
290-mashq biroz murakkabroq. O’qituvchi namuna ko’rsatib, qolganini bajarish esa uyga vazifa sifatida berilishi mumkin.
Namuna: , shuning uchun .
Men uyda ko 'p dars tayyorlayman, shuning uchun fanlardan a 'lo baholar olaman.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   371




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin