495-mashq. Quyida berilgan shakldosh so‘zlarning ma'nosidagi farqni tushuntiring. Namuna: gullar-gullar. Bahorda har xil gullar ochilgan.Hammadan oldin bodom daraxti gullar.
olma - olma
ko‘zlar-ko‘zlar
bog‘lar-bog‘lar
Savol va topshiriqlar 1. Shakldosh so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
2. Shakldosh so‘zlarning ko‘p ma'noli so‘zlardan farqini tushuntiring.
3. Shakldosh va ko‘p ma'noli so‘zlarga ikkitadan misol keltiring.
496-mashq.Uyga topshiriq. Awal shakldosh so‘zlar qo‘llangan gaplar juftligini, keyin ko‘p ma'noli so‘zlar ishtirok etgan gaplar juftligini ko‘chiring. 1. Hech boimaganidan ko‘ra kech bo‘lgani yaxshi. (Maqol) Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. (Ertakdan) 2. Maktabda «O‘tkir zehnlilar» musobaqasi bo‘lib o‘tdi. O‘tkir boltasi bo‘lsa-yu, shart bir daraxtni kesib yelkaga olib jo‘nasa. (Oybek) 3. Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, eng yorug‘ yulduzdan seni so‘rayman. (Cho 'Ipon) IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa. VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: _____________________ «Ona tili» 5-sinf sana:_________________ Sinf: ________________
Mavzu: 165-dars. UYADOSH SO‘ZLAR Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;