Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning jihozi: unli harflar va ular ishtirok etgan so’zlar aks etgan plakat.
Darsning rejasi:
1. O’zbek tilidaunli tovushlar va unli harflar.
2. "I" va "u" unlilari imlosi.
3. "E" va "o" unlilari imlosi.
4. "A" va "o" unlilari imlosi.
O’quvchilar fonetika bo’yicha boshlang'ich bilimlarni 2-,3-sinflarda olganlar. 4-sinfda esa ularga takrorlash soatlari ajratilmagan. Tabiiyki, o’quvchilar uni unutgan bo’lishlari mumkin, shuning uchun dars savol- javobdan boshlanadi. O’qituvchi bolalargayordam ko’rsatishi, ularga darsga yo’llovchi, yodlariga tushiruvchi savollarni berishi kerak. Ushbu darsda berilgan barcha mashqlar ham aynan shunga qaratilgan.
10-mashqni og'zaki bajartiriladi. «I» unlisi qaysi so’zlarda aniq, qaysi so’zlarda qisqa talaffuz qilinayotgani va ularning yozilishiga e'tibor qaratiladi.
12-mashqni sinfda hamma o’zi bajaradi. Har bir so’zni bir o’quvchi sinf laxtasiga chiqib, navbatma-navbat yozib tursa, bolalar o’zlarining to’g'ri yoki noto’g'ri yozishayotganini tekshirib borish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
13-mashqni juda qiziqarli shaklda va mazmunda o’tkazish mumkin. Sinfdagi ikki o’quvchi yoki ikki-uch guruh o’rtasida musobaqa shaklida o’tkazilsa bo’ladi.
Iqtidorli o’quvchilarga "o"' unlisini talaffuzda farqlovchi so’zlarga misol topishni qo’shimcha topshiriq qilib berish mumkin. Masalan: xo’roz-xo’tik kabi.
Bunda mashqda berilgan har bir maqol izohlanadi.
14-mashqda berilgan boshqotirmani sinf taxtasida hamma birgalikda bajarishi maqsadga muvofiqdir. Bunday usulning bolalar uchun juda qiziqarli bo’lishi tajribadako’rilgan.
To’g'ri javoblar: I. Asaka. 2. Hasan. 3. harakat. 4. dakan.
Baholashda asosiy e'tibor yozma savodxonlikka qaratiladi.
So’ng savollar ustida ishlanadi.