Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Darsning jihozi: kesim mavzusi bo’yicha ramziy chizma.
VI. Dars turi:_________________________________________ VII. Dars usuli:_______________________________________ VIII.Darsning borishi IX.Darsning rejasi X.Darsning rejasi: 1. Kesim haqida ma'lumot.
2. Kesimning ifodalanishi.
Kirish topshiriqlarida berilgan so’zlar oldiga ikki-uchta so’z yozish uchun joy qoldirib, sinf taxtasiga ustma-ust yoziladi.
Topshiriqda aytilganidek, ular ishtirokida gap tuzdirib, hosil bo’lgan gapning so’zlari kesimlar oldiga yozibqo’yiladi. Taxminan quyidagicha gaplar hosil bo’lishi mumkin:
Men kitobni o 'qidim.
Kecha sen Ahmadulloni ko’rding.
Durdona bu gapni aytdi.
Men 5-sinf o 'quvchisiman va hokazo.
O’quvchilar gaplarning kesimini oson topadilar. O’qituvchi kesim barcha gaplarning oxirida kelayotganiga e'tiborni qaratishi lozim. Shuningdek, savol-javoblar orqali o’qidim, ko’rding, aytdi so’zlarining fe'l, o’quvchisiman, o’quvchisan, o’quvchidir so’zlarining ot so’z turkumiga mansubligi oydinlashtiriladi.
Qoidada kesim gapning mazmuniy va grammatik markazi deyilgan. Ikkala tushuncha alohida-alohida sharhlanishi kerak.
Mazmuniy markaz deyilishiga sabab shuki, kesim gapda asosiy ma'noni ifodalaydi. Shuning uchun kesimning o’zi ham gap bo’lishi mumkin.
Masalan: Men kitob o’qidim gapida asosiy fikr o’qiganligi haqida ketyapti. Kesimning o’zini qo’llab «O‘qidim» desa ham gap hisoblanaveradi.
Boshqa bo’laklarningbarchasi unga tobe bog'lanadi. Bu uning grammatik markaz ekanligiga ishoradir. So’z birikmasi hosil qilinganda u doimo bosh so’z bo’lib keladi. Ega ham unga grammatik jihatdan tobedir. Chizmada buni quyidagicha ko’rsatish mumkin:
Mazkur tushunchalar berilgach, mashqlarni bajarishda ularga e'tibor qaratish kerak.
121 -mashqdagi boshqotirmaning yechimi: To’g'ri o’zadi, egri to’zadi.