Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V. Dars turi:_________________________________________ VI. Dars usuli:_______________________________________ VII.Darsning borishi VIII.Darsning jihozi: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
IX.Darsning rejasi: 1. Qaratqich aniqlovchi haqida ma'lumot.
2. Aniqlovchi va aniqlanmish munosabati.
Oldingi darsda bo’lganidek bu darsda ham kirish topshiriqlari orqali o’quvchilar yangi mavzuga ham ruhan, ham aqlan tayyorlab olinadi. O’quvchilar 1-topshiriqda berilgan to’rtlikdagi nuqtalar o’rniga kerakli kelishik qo’shimchalarini qo’yadilar: Do’stning mehri, do’stlikning sehri, do'stlikning gashti.
Qaratqich aniqlovchining bitta qaratqich kelishigi bilan ifodalanishini tushuntirish hech qanday qiyinchilik, muammo tug'dirmaydi. Nazariy qoida o’rganilar ekan, qaratqich aniqlovchidan keyingi aniqlanmishda albatta egalik qo’shimchalaridan biri bo’lishiga o’qituvchi urg'u berishi kerak.
Shuningdek, ba'zan qaratqich aniqlovchidagi kelishik qo’shimchasi yashirin kelishi ta'kidlanishi zarur. Quyidagicha misollardan keltirish mumkin:o'z uyim, o'z uying, o'z xonasi. O’qituvchi bolalarga «o’z» so’zi bosh kelishikda emas, balki qaratqich kelishigida yashirin qo’llanganligini, buni aniqlanmishdagi egalik qo’shimchalari orqali tiklash mumkinligini tushuntiradi: o 'zimning uyim, o’zingning uying, o’zining xonasi. Shuning uchun o’z uyim birikmasidagi olmoshning qaratqich aniqlovchi ekanligi aytiladi.
Bizning maktab birikmasida esa aniqlanmishdagi egalik qo’shimchasi yashirin qo’llangan. Buni qaratqich orqali tiklash mumkinligi ko’rsatiladi.
161-mashq iqtidorli o’quvchilarga mo’ljallangan. Ular bu topshiriqni bajarishayotganda boshqa o’quvchilar o’qituvchi bergan tarqatma materiallarda ishlashlari mumkin.
Ikki darsdagi barcha mavzular o’zining ma'rifiy yo’nalishi bo’yicha konstitutsiyani o’rganish, huquqiy tushunchalarni shakllantirish, burchni mustahkamlash maqsadini o’z oldiga qo’ygan. O’rni bilan o’qituvchi Konstitutsiyaga murojaat qilishi, moddalarni sharhlab ketishi zarur.
X. Lirik chekinish.(hikoya)