Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Darsning jihozi: "Maqtanchoq g'oz" masaliga ishlangan rasm.
VI. Dars turi:_________________________________________ VII. Dars usuli:_______________________________________ VIII.Darsning borishi IX.Darsning rejasi: 1. Uyushiq bo’laklarida umumlashtiruvchi bo’lak.
2. Umumlashtiruvchi so’zda tinish belgilari.
1-topshiriqqa ko’ra o’quvchilar quyidagicha gap tuzishlari mumkin: O’zbekistonda Toshkent, Farg'ona, Samarqand, Buxoro kabi yirik slutharlar bor.
2-topshiriqqa javoban esa Menga palto, telpak, jemper va qo’lqop kabi qishki kiyimlar zarur deb gap tuzishlarini tasavvur qilsa bo’ladi.
Nazariy bilimlar berilgach, o’qituvchi yana shu gaplarga qaytib, qoidalarga muvofiq ravishda ularni o’zgartiradi:
O 'zbekistonda yirik shaharlar: Toshkent, Samarqand, Buxoro bor.
gaplardagi uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi so’zga so’roq beriladi, ular bog'langan so’z aniqlanadi. Fikrlar xulosalanib, o’quvchilarga yana bir bor qoida havola qilinadi: uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi bo’lak bir xil so’roqqa javob bo’ladi hamda bitta gap bo’lagiga bog'lanadi.
167-mashqda berilgan matn o’qiladi, bir necha o’quvchiga mazmuni so’zlatiladi va unga mos sarlavha topiladi. Matnning uch yerida umumlashtiruvchi bo’lak va uyushiq bo’laklari keltirilgan, ularni topib, tinish belgilari qo’yiladi. Sarlavha «Maqtanma g'oz, hunaring oz» bo’lishi mumkin.
Keyingi mashqlarda berilgan gaplarning aksariyati milliy-diniy qadriyatlar, insoniy fazilatlar talqiniga bag'ishlangan, 169-mashqdagi diyonat, jaholat so’zlar mazmunini tushunmasligi mumkin. O’qituvchi ularning ma'nosini izohlab berishi kerak. Insof diyonat so’zining, jaholat esa nodonlik so’zining ma'nodoshi hisoblanadi.