O'zbekiston respublikasi fanlar akademiyasi alisher navoiy nomidagi til va adabiyot instituti


partiyalarni birlashtirish yo'lidagi intilishi



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə2/3
tarix29.05.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#116376
1   2   3
2 5226926039036335865


partiyalarni birlashtirish yo'lidagi intilishi.
SENTRIST \ingl. centrist] Sentrizm tarafdori, izdoshi.
SENTRIFUGA [nem. Zentrifuge < lot. centrum - markaz + fuga — qochish] Katta tezlikda aylanish
paytidagi markazdan qochma kuch ta'siri bilan bir jinsli bo'lmagan birikmalarni tarkibiy
qism-larga ajratadigan apparat (kimyoviy tad-qiqotlarda, oziq-ovqat sanoati va sh.k. larda
qo'llanadi). Tuproqni mexanik analiz qilish-da sentrifugadan foydalanilmoqda. M. Ba-xrdirov,
Tuproqshunoslikdan amaliy mash-g'ulotlar.
441
SERIY [lot. Ceres, Cereris — kichik sayyora nomi; element shu sayyora bilan deyar-li bir vaqtda
kashf etilgani uchun shunday nomlangan; Serera — rim mifolotiyasida hosildorlik, onalik va
oila ma'budasi] Mendeleev davriy sistemasining III guru-higa mansub kimyoviy element; yaxshi
kesi-luvchi va yassilanuvchi metall.
SESARKA q. sesarka. Sesarka juda xa-rakatchan: uchadi va tez yuguradi. «O'zME».
SEX [nem. Zeche] 1 Zavod, fabrika kabi ulkan sanoat korxonasining muayyan mah-sulot yoki
yarim fabrikat ishlab chiqaradi-gan asosiy yoki yordamchi bo'limi. Ip yigiruv sexi. Sex boshlig'i.
sht Zavodning paxta to-zalash sexida esa chiqindini qayta ishlovchi regenerator o'rnatildi.
Gazetadan. Korxona sexlarini o'ziga xos ijodxonaga qiyos qilish mumkin. Gazetadan. O'girish
ishida kinostu-diyaning montaj, ovoz, fil`mni qayta ishlash hamda murakkab s'yomka sexlari
faoliyat ko'rsatadi. G'. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish.
2 Shunday bo'lim joylashgan bino. Sex-lar ichiga shaxdam qadam tashladik. G'ayra-tiy.
SIAN \yun. kyanos — och havorang tosh] kim. Azot bilan ugleroddan iborat o'tkir hidli, yonuvchi,
rangsiz zaharli gaz. Sianga sul`fat kislota ta'sir ettirilsa, sianat kislota hosil bo'ladi.
«UzME».
SIANLI Tarkibida sian bo'lgan. Si-anli kaliy.
SIVILIZATSIYA \fr. civilization < lot. civilis — fuqaroga xos, davlatga xoc] 1 Mod-diy va
ma'naviy madaniyatning ijtimoiy taraqqiyotida erishilgan muayyan bosqich; madaniy taraqqiyot
darajasi. Sharq sivi-lizatsiyasi. sht Bozor iqtisodiyoti — jahon sivilizatsiyasi rivojlanishi
yo'lidagi muqar-rar bosqichdir. Gazetadan.
2 ayn. madaniyat, tamaddun.
3 Madaniyatning zamon va makonda che-garalangan tarixiy tipi. Misr siviliza-siyasi.
Mesopotamiya sivilizatsiyasi.
4 Insoniyatning yovvoyilik va vaxshiy-lik davridan keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi.
SIGARA q. sigara. Baland martabali mehmon yonboshlab sigara chekar, boshqalar kamtarlik bilan
cho'kka tushib o'tirardi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
SIKL \yun. Kyklos — gardish, aylana, doira] 1 Ma'lum davr ichida takrorlanib turadigan ish,
xrdisa, jarayon va sh.k. ning \ar bir davrasi. Ishlab chiqarish sikli. O'zgaruvchan tok sikli. sht
G'o'za parvarishi-ning to'la bir siklini amalga oshirish uchun 10—12 kun vaqt sarflanadi.
Gazetadan. Ro-botning ishlash siklini o'zgartirish, uni bosh-qa operatsiya bajarishga moslashtirish
mum-kin. «Fan va turmush».
2 q. turkum 2. Bunday asarlar orasida «Vatanboshlarim» sikli, «Mangulik» singa-ri o'nlarcha
ajoyib ocherklarimiz kitobxon-larga manzur bo'lgan. N. Safarov, Jasorat-ningdavomi. Masalan,
Gomer siklidagi poe-malarni ijro etgan qadimg'i yunon makta-bi.. bizga ma'lumdir. «O'TA».
SIKLIK Sikllar bo'yicha sodir bo'la-digan, siklli, davriy. Qayta ishlab chiqa-rishning siklik
harakati.
SIKLLASHTIRMOQ ayn. turkumlamoq 1.
SIKLLI Davrali, davriy. Iiklli ja-rayon. Ishning siklli grafigi.
SIKLON I [yun. Kyklon — aylanuvchi] me-teor. Atmosferaning kuchli yog'ingarchilik, shamol va quyuq
bulutlanish bilan kechadi-gan shiddatli, uyurmaviy xarakati; radiusi bir necha ming kilometrga
yetadigan havo girdobi. Yerning bulut va qor qoplami, kun-duzgi va kechqurungi ufqi
fotosuratga olin-di, dovushar va siklonlar aniqlandi. Gaze-tadan. O'zbekistonga Atlantika
okeanidan keladigan siklonlar qishda iliq, yomg'irli, qorli ob-havo keltiradi. «UzME».
SIKLON II tex. Havo (gaz)ni muallaq qattiq zarralardan markazdan qochma kuch ta'sirida
tozalash uchun mo'ljallangan apparat.
SIKLOTRON \yun. kyklos - aylana + (elek)tron — kahrabo (bu yerda «tron» — elektronikaga
aloqador asboblar nomini hosil qiluvchi qo'shimcha)] Zaryadlangan mik-rozarralar (proton yoki
ionlar)ning hara-katini tezlashtiradigan, atom yadrosini tekshirishda ishlatiladigan moslama.
Ke-lajakda eng kuchli siklotronlardan biri bo'ladigan siklotron poydevori yoniga av-
tosamosvallar ketma-ket kelib turibdi. Gazetadan.
SILINDR [yun. kylindros — val, g'altak] 1 mat. Silindrik sirt va ikkita parallel tekislik
bilan chegaralangan jism. Agar
silindrik sirt yasovchilari silindr yasovchi-siga perpendikulyar bo'lsa, u to'g'ri silindr deb
ataladi. «O'zME».
2 tex. Shu shakldagi detal` yoki buyum. G'ildirakning har bir spitsasi o'z o'lchamini o'zgartira
oluvchi o'ziga xos pnevmatik si-lindrga ega. Gazetadan. Mis, rux va qalaydan tayyorlangan..
silindrni kimdir g'ildiratib keldi. «Mushtum».
3 ko'chma Soyaboni kichikroq, tepasi ba-land silindrsimon bosh kiyimi, erkaklar shlyapasi.
Silindr kiygan kishi.
SILINDRIK 1 Silindrga oid. Si-lindrik jism.
2 Silindr shaklidagi, silindrsimon.
SILINDRLI 1 Silindri bo'lgan, si-lindr bilan ta'minlangan. Silshdrli ma-shinalar. To'rt
shlindrli dvigatemar.
2 Boshiga silindr kiyib olgan. Si-lindrli kishi.
SINGA [qad. r. singa — panja bo'g'im-larining zirqirab og'rishi] tib. Vitamin yetishmasligi
tufayli yuz beradigan, dar-monsizlik, tish milklarining bo'shashuvi, qonashi va tishlarning
to'kilishi bilan xarakterlanadigan kasallik. «S» vshpamini raxit, vitaminoz, singa
kasalliklaridan saqlaydi. «Saodat».
SINK [nem. Zink — rux| kim. Mendeleev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy
elemeng, kumushsimon-oqish, yax-shi cho'kichlanadigan metall, rux.
SINKOGRAF Sinkografiya mutaxas-sisi. Sinkograflar ofset-bosma fabrikasi ahil jamoasining
ishchan a'zolaridir. Ga-zetadan.
SINKOGRAFIYA [iink + yun. grapho -yozaman| plgrf. 1 Tipografiyada rasm, chizma va sh.k. larni
bosish uchun fotomexanik yo'l bilan rux klishelar tayyorlash usuli. Sin-kografiya klishesi.
Chizmani sinkografiya usuli bilan bosib chiqarish.
2 Shunday klishelar tayyorlaydigan kor-xona yoki sex. Nashriyotimizning shnkografiya sexi
respublikamizdagi eng yirik illyustra-siya ustaxonasi hisoblanadi. Gazetadan.
SIRK [lot. circus — aylana, doira] 1 San'atning akrobatika, gimnastika, mas-xarabozlik,
illyuzionizm, dorbozlik, jonglyorlik, hayvonlar o'rgatish, o'ynatish va sh.k. janrlar
(tomoshalar)ni o'z ichiga ol-gan turi. [Iskandar] Olti-yetti yoshlarda otasidan yetim qolib,
ko'chmanchi sirk artistlari bilan ko'p shaharlarni kezgan. SH. Rizo, Qor yog'di, izlar bosildi.
2 San'atning shu turini tomoshabinlarga ko'rsatish bilan shug'ullanadigan muassasa va uning
binosi. Toshkent sirki. sht Ular sirk oldidan o'tib, allaqanday ariqchalardan hatlashdi. P.
Qodirov, Uch ildiz.
SIRKONIY [lot. zirconium < nem. Zir-kon < f. oj^jj ~ tillarang, oltin rangli yoki a. OJ^JJ
~ qimmatbaho tosh; surik] kim. Mendeleev davriy sistemasining IV gu-ruhiga mansub kimyoviy
element, kumush-simon yaltiroq, qiyin eruvchi qattiqmetall. Sof sirkoniy atom texnikasida
neytron-larni qaitaradigan konstruktsion material sifatida ishlatiladi. «O'zME».
SIRKUL` [lot. circulus - aylana, doira] Tush` yoki qalam bilan aylana, doira, yoylar chizishga,
chiziqlar, kesmalar uzunligini o'lchashga xizmat qiladigan chizmachilik as-bobi; pargar. Sirkul`
bilan ailana chizmoq. Sirkul` ignasi. Sirkul' oyoqchasi. Chizmachi-lik sirkuli.
SIRKULYAR \nem. Zirkular < lot. circu-laris — aylanma) esk. Yuqori rahbar organlar tomonidan
o'ziga qarashli tashkilotlarga yoki barcha tobe mansabdor shaxslarga yubo-riladigan yozma
farmoyish, buyruq; ko'r-satma. Sirkulyar olmoq. Sirkulyar tele-gramma.
SIRKCHI Sirk artisti. Chorsuning o'r- '¦! tasida ikkita taxta aravada Yupatovning 7 sirkchilari
to'xtab, jar solar edilar. G'. f G'ulom, Shum bola. Sirkchi xotin o'zining 12 «do'stlashgan»
timsohlari bilan maydonga chikib keladi. Gazetadan.
SIRROZ \yun. kirrhos - sarg'ish, malla rang| tib. Jigar, o'pka. buyrak kabi a'zo-lardagi qalin
biriktiruvchi to'qimalarning o'sib, kattalashishi oqibatida shu a'zoning chandiqlanib bujmayishi
va shaklining o'zgarishi; skleroz. Jigar sirrozi.
SISTERNA \lot. cisterna - hovuz, hav-za; suv ombori] 1 Suyuqliklar, suyuq g'az-lar,
to'kiladigan mahsulotlar saqlanadigan yoki tashiladigan ko'chma yoki statsionar re-zervuar, idish.
Dastlabki suv sisternalari Gazliga yetib keldi. Gazetadan.
2 Shunday rezervuar o'rnatilgan avto-mobil`, vagon va sh.k. Javod mashinasining bunkerini
bo'shatgani chiqqan kezda ko'chma
zapravka sisternasi kelib qoldi. I. Rahim, Javodning jadvali.
SISTERNALI Sisterna o'rnatilgan. Sisternali vagon.
SISTIT [yun. kystis — qovuq + itis — yallig'lanishni bildiruvchi qo'shimcha] tib. Qovuqning
yallig'lanishi bilan xarakter-lanuvchi kasallik. Sistit kasalligi. shsh Sistit o'z vaqtida
davolanmasa, surunka-li kasallikka aylanib ketishi mumkin. Gazetadan. Sistitning oldini
olishda shax-siy gigiena qoidalariga rioya qilish.. parhezga e'tibor berish kerak. «Salomatlik»
entsik-lopediyasi.
SITATA [lot. citatum < citare — chaqir-moq, da'vat qilmoq; nomlamoq] Biror matn-dan,
adabiy, musiqaviy va sh.k. asardan aynan ko'chirilgan parcha; iqgibos. Sitata keltirmoq. tsh -
Sitatalar o'rinli, lekin nazarimda, ular ko'payib ketgan, — talaba jur'atsizlik bilan o'z
fikrini bshdirdi. «Yoshlik».
SITATABOZLIK Sitatalar keltirish-ga berilib ketish, o'rinli-o'rinsiz ravishda sitatalar
keltiraverish. Sitatabozlik kasali. tsh Sitatabozlik va umumiy gatar bilan vaqtni olish
singari yaramas hollar xali batamom tugatilmagan. Gazetadan.
SITO- \yun. kytos — idish; ombor; hu-jayra] Baynalmilal o'zlashma qo'shma so'z-larning tarkibiy
qismi bo'lib, o'zi bi-rikib kelgan so'zning hayvon yoki o'simlik hujayralariga aloqadorligini
ko'rsatadi, mas, sitokimyo, sitologiya.
SITODIAGNOSTIKA [sito.. + diag-nostika] biol. tib. Tananing biror sirti-dan yoki uning
suyuqliklaridan olingan hujayra unsurlarini mikroskopik tadqiq etish yo'li bilan
kasalliklarni aniqlash.
SITOKIMYO [sito.. + kimyo| Hujayra tuzilmalarining kimyoviy tarkibi va o'z-garishlarini
o'rganadigan fan; sitologiya-ning bir bo'limi. Sitokimyo sohasidagi tad-qiqotlar 19-asrning
o'rtalaridan 20-asr o'rtalarigacha ayniqsa jadal rivojlangan. «O'zME».
SITOLIZ [sito.. + yun. lysis — erish; buzilish] biol. Hayvon va o'simlik hujay-rasining
odatdagi fiziologik jarayonlar hamda turli patologik holatlarda butunlay yoki qisman erishi.
SITOLOGIYA [sito.. + yun. logos - ta'-limot] Hujayralarning tuzilishi va funk-siyasini, ko'p
hujayrali va bir hujayrali organizmlardagi a'zo va to'qimalarning o'zaro bog'lanishi va
munosabatlarini o'r-ganuvchi fan. Hozir respublikamizdagi mav-jud tibbiyot institutlarida
sitologiya gistologiya bilan qo'shibo'qitiladi. «O'zME».
SITRUS \lot. citrus — limon] Limon, apel`sin, mandarin kabi o'simliklarning umumiy nomi.
Kavkaz sitruslari. Sitrus mevasi. mm Sitrus o'simliklarini iqlim-lashtirish yuzasidan olib
borilgan ajoyib ishlar o'z samarasini ko'rsatmoqda. Gaze-tadan.
SIFERBLAT [nem. Zifferblatt < Ziffer -raqam + Blatt — varaq; qavat, qatlam] St-relkali
o'lchov asboblarida raqamli bo'li-nishlarga ega bo'lgan plastinka; u bo'ylab harakatlanadigan
strelka uchi o'lchanayotgan kattalik qiymatini ko'rsatadi. Ro'paradagi yumaloq tarozi siferblati
ustidagi mil harakatga keldi. S. Anorboev, Yo'lda yo'l-dosh bo'lganlar. [Soatning]
Siferblatiham eski, raqamlariga dog' tushgan. O'. Umarbekov, Soat.
SIFERBLATLI Siferblat o'rnatil-gan, siferblati bor. Siferblatli tarozi.
SOKOL` \ital. zoccolo] 1 arxit. Bino, inshoot g'ashqi devorining, haykal va sh. k. ning
fundament ustiga qurilgan va yuqori qismig'a nisbatan oldinga bir oz turtib chiqqan pastki
qismi. Bino sokoli. Sokol` plitasi. sht Sokol` pishiq g'isht, beton yoki temir-beton bloklardan
ishlanadi. «O'zME».
2 tex. Elektron va cho'g'lanma lampalarda lampani patronga biriktirishga xizmat qiladigan
konstruktiv qism.
SUNAMI \yap. — ajal va vayronalik keltiruvchi to'lqinlar] Suv ostida yoki so-hil bo'yida kuchli
zilzila bo'lganda yoki suv-osti vulkanlari otilganda, dengiz ustida paydo bo'ladigan juda
katta, halokatli to'lqinlar. Bir necha mamlakatlarda aholini sunamidan xabardor qilish
xizmatlari tu-zilgan. «O'zME».
444
ja-sorat.
2 CHAVANDOZ 1 \f. jl-iM^ -chap qo'l bi-lan o'q (kamon) otuvchi; chapdast; mohir| Ot choptirish, uloq
chopish, otda o'ynash san'atini egallagan odam. Ikki chavandoz yonma-yon ot yo'rttirib kelardi. H.
G'ulom, Mash'al. U [Avliyoqul] eski chavandoz, necha uloqlarda qatnashib, oyog'i maymoq bo'lib
qolgan. Mirmuxsin, Tungi chaqmoqlar.
2 ko'chma Ilg'or, peshqadam. Olti yil o'tdimi shunga, mana endi Anorxon brigadir-lar chavandozi.
Y. Shamsharov, Tanlangan asarlar. Ilm-fan yo'lida mohir chavandoz bo'lavering.. kashfiyotlaringiz
shuhratu shon topaversin. Gazetadan.
CHAVANDOZLIK Otda yurish mahorati. Slavik egarga o'tirib, «mana men kimman!» degandek,
chavandozligini ko'z-ko'z qildi. I. Rahim, Chin muxabbat.
CHAVATI shv. ayn. chapati. Har kuni chol o'tinga chiqish vaqtida xotini ikkita chavati qilib berar
ekan. «Ertaklar».
CHAVGON \f. jliSj^. — uchi egri tayoq| Uchi egri qilib tayyorlangan maxsus tayoq; shu tayoq va to'p
bilan ot ustida o'ynaladigan jamoaviy sport o'yini. Darvozaxonaga yaqin-lashib, simto'r bilan
o'ralgan maydonchada chavgon o'ynayotgan yoshlarga yana ko'zi tushdi. M. M. Do'st, Lolazor.
CHAVKAR 1 sft. Ola-bula; qora xolli, xol-xol (ot tusi haqida). Chavkar otda qoq-qan qoziqdek
bo'lib o'tirgan.. yigshp: -Mana bu bo'z xo'p charchatdi meni, — dedi. SH. Xol-mirzaev, T. Usmonov,
So'nmas o't.
2 Shunday tusdagi ot. Nigora o'sha kuni peshin mahalda chavkarini qora terga boti¬rib, Oqsoyga
kirib keldi. S. Anorboev, Oq-soy.
CHAVKON ayn. chavgon. [Odashar] Op'shri-ni gijinglatib, «chavkon» o'yinidan qayta-dilar. Oybek,
Hyp qidirib.
CHAVOQ Baliqturi. Havoda bir nechamay-da chavoq yalt-yult etdi-yu, suvga tushib ketdi. Q. Kenja,
Tog' yo'lida bir oqshom.
CHAVOQLAMOQ Bir necha yeriga pichoq urmoq, pichoqurib ichak-chovog'ini ag'darmoq. Nizomiddin
chitfurush.. mast vaqtida o'zi-ni chavoqlab qo'ydi. S. Axmad, Saylanma.
CHAYON 1 zool. O'rgimchaksimonlar sinfiga mansub bo'lgan bo'g'imoyoqlilar turkumiga kiruvchi
zaharli hasharot. Rivoyatlarga qa-raganda, chayon o'zining vijir-vijir bolala-rini o'z yelkasida
olib yurarmish. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda.
2 ko'chma Tili achchiq, bamisoli chayondek chaquvchi, gazanda (odam haqida). [Sultonali:] Bu
kaltakesak yutgan chayonning yuragida siz-ga qarshi katta adovat bor. A. Qodiriy, Mexrobdan
chayon.
Chayon chaqib olganday yoki chayon chaqqan odamday Birdaniga tezlik bilan; kuchli darajada. Umar
akam bu gapni shu qadar ishonch bilan aytdiki, chayon chaqqan odamday sapchib turib, bora solib,
yoqasiga yopishgim keldi. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
CHAYONVACHCHA 1 Chayonning bolasi.
2 ko'chma Gazanda, yomon odamning bola-si. Siz bilan birga turmaga kirishga ro-ziman, dadajon,
ammo chayonvachchaga /Ne'-matga] erga tegmayman. 3. Fatxullin, Bu-lutsiz ko'lanka.
445
CHAYONO'T Poyasi va bargi zaharli qil-chalar bilan qoplangan, badanga tegsa qat-tiq qichitadigan
yovvoyi o't.
CHAIINDI Biror narsa chayilgandan keyin qolgan iflos, kir suv.
CHAYIR I 1 Tolalari mahkam birikkan, yorilishi, ishlanishi qiyin (yog'och-taxta, o'tin haqida). U
chayir to'nkalar yoriladi-gan o'tkir boltani olib.. otxona tomonga shaxdam yurib ketdi. H.
G'ulom, Mash'al.
2 ko'chma Baquvvat, pishiq. Umar ozg'in, chillakdek bo'lsa ham, juda chayir. S. Ahmad, Saylanma.
Mansur.. uning [Gavharning] no-zik, ammo chayir qo'lini mahkam qisdi. U. Hoshimov, Qalbingga
quloq sol.
CHAIIR II Quruq dashtlarga moslashgan, gullari sarg'ish, ozuqabop va shifobaxsh o'tsimon o'simlik.
Chayirning ildizlarida shira — smola, kraxmal, barglarida efir moyi bor. «UzME».
CHAIIRLIK Pishiqlik, kuchlilik. [Qo'shnilar] Otashning chayirligini eslab, Oyqiz xolaning
ko'nglini ko'tarishadi. R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa.
CHAYLA Shox-shabba, qamish va sh. k. dan odatda poliz ekinlari tepasiga vaqtincha qurilgan uycha;
kapa. Adirning qoq o'rtasiga togam qamish, shoxlardan chayla qurib olgan edi. «Sharq yulduzi».
CHAIMOQ 1 Yuvilgan narsani toza suv-ga botirib yoki ustidan toza suv quyib, chayqab toza
qilmoq. Bolakay darrov choynak-ni ariqchada chaya boshladi. R. Fayziy, Asad libosi.
Kir chaymoq Yuvilgan kirlarni toza suvda chayqab, sovun yuqini ketkazmoq. Mo'`-tabarxon hayron
bo'ldi-yu, kirlarini tez-tez chayib qo'ya qoldi. «Mushtum».
2 Yuvmoq. [Yaxshiboev] Shoshilmay vanna-xonaga kirib, yuz-qo'lini chayib, artinib, shundan
keyingina ichkariga o'tdi. M. M. Do'st, Lolazor.
3 Pok, toza tutish yoki davolash uchun suv yoki biror dorivor suyuqlik bilan yuvmoq; chayqamoq.
Og'iz chaymoq. Tomoqni soda bi-lan chaymoq. shsh Sadaf kabi oq tishlarini bir-ikki chaydi-da,
ariq bo'yini va uning suvlarini tashlabketdi. A. Krdiriy, O'tgan kunlar.
4 Ho'l, nam qilmoq (yog'in-sochin, shud-ring haqida). Kechagina yoqqan jala o't-o'lanlar bilan
giyohlarni chayib o'tibdi. N.
Fozilov, Diydor. Shudring chaygan yolg'izoyoq yo'ldan yuqoriga unsiz yurishdi. «Yoshlik».
CHAYNALGAN 1 Chaynamoq fl. sfdsh. Chaynalgan go'sht.
2 ko'chma Ko'p marta eshitilgan, siyqasi chiqqan; eski. Chaynalgan mavzu. shsh Miyalari boshqa narsa
bilan mashg'ul bo'lgan kosiblar, esnashdan o'zlarini zo'rg'a tiyib, cholning ming marta chaynalgan
gapini tinglar edilar. M. Osim, Elchilar.
CHAYNALMOQ 1 Chaynamoq fl. majh. n. Chaynalgan non.
2 ko'chma O'ng'aysiz holatga tushish natija-sida noaniq gapirmoq. Yigit gapini yo'-qotib
chaynaldi. S. Ahmad, Ufq. Chol alla-narsa deb chaynaldi-da, hisobchiga bir qarab qo'ydi. SH.
Xolmirzaev, Tog'larga qor tushdi.
3 ko'chma Gap-so'z bo'lmoq. Avvalo, odam-larning og'ziga tushma, og'izga tushganingdan keyin,
saqich bo'lib chaynsishsan. I. Rahim, Zan-gori kema kapitani.
CHAYNAM (numerativ so'zlar bilan birga qo'llanadi) Og'izda chaynashga loyiq biror narsa. ..bir
butun sigir go'shtidan bir chay-nam ham bizga nasib bo'lmadi. G'. G'ulom, Shum bola.
CHAYNAMOQ 1 Og'izdagi taomni tish-lar orasida maydalamoq, yumshatmoq. Ahmad parvoyi palak,
og'zini to'ldirib, non chaynar-di. F. Musajonov, Himmat. Otlar pishqi-rib turib, xushbo'y ho'l
bedani ishtaha bilan chaynamoqda zdilar. Oybek, O. v. shabadalar.
2 Tirikchilik uchun ishlatmoq. [Yaxshi-boev:] Mayda chaynab yesang, bu pul senga ko'p yilga yetadi.
M. M. Do'st, Lolazor.
3 s. t. ayn. g'ajimoq 5. Mashina qo'lshsh chaynab ketibdi.
4 ko'chma Birovni g'iybat qilmoq, yomon-lab gapirmoq; koyimoq. Dadasi bilan oyi-si hamon uning
opoq dadasini «chaynayotgan» edi. «Yoshlik». [Yorqinoy] Bir kuni to'yga borgan edi, xotin-xalaj
nuqul uni «chaynab» o'tirishdi. R. Rahmon, Mexr ko'zda.
5 ko'chma salb. Bir gapni hadeb qayta-ravermok,; gapni cho'zmoq; hal bo'lgan ma-salani yana
aylantirib muhokama qila-vermoq. [Bo'taboy] O'zi ham aniq-ravshan bir so'z aytolmay, gapni
chainay boshladi. A. Qahhor, Qushchinor chirokdari.
Chaynamang shiming ayn. obakidandon. /Zumradning/ Qulog'idagi shisha isirg'a xuddi bir parchagina
chaynamang shimingdek yiltil¬
446
labturar.. edi. A. Muxtor, Bo'ronlarda bor-dek halovat.
CHAINVORD [ingl. chain — zanjir, hal-qa + word — so'z] Zanjir shaklida ketma-ket joylashgan
kataklarni harflar bilan to'l-dirishdan iborat boshqotirma turi; bunda qidirilayotgan so'zlar
qatoridagi avvalgi so'zning oxirgi harfi keyin keluvchi so'z-ning birinchi xarfi bo'lib kelishi
talab qilinadi.
CHAYQALMOQ 1 Chayqamoq fl. majh. n. Chayqalgan kirlarni yoymoq.
2 U yon-bu yon tebranmoq, lapanglab ha-rakat qilmoq. Yurganda bukchayish, u yoq-bu yoqqa
chayqalish, oyoqlarni bir-biriga urib yurish yaramaydi. «Fan vaturmush». Chayqaladi dengiz
beorom.. G'ay rati y.
3 ko'chma To'lqinlanmoq, junbushga kel-moq, hayajonlanmoq Yosh qalblar hayajondan to'lqin kabi
chayqaladi. «Yoshlik». Yuragida dard to'lqini birdan kuchli chayqalib ketdi. Oybek, Tanlangan
asarlar.
4 ko'chma Notinch, bezovta bo'lmoq. Keksa dilingizga tushmasin titroq, Otalar, chay-qalib
turibdi olam. A. Oripov. [Hilol buvi:] Nima gap o'zi, nega zamon chayqalib qoldi? Oybek,
Ulug' yo'l.
CHAYQALTIRMOQ 1 Chayqalmoqfl. ort. n. To'lqin kemalarni siltab-siltab, chayqal-tirib
tashlayapti. T. Rustamov, Manguko'chma Qo'zg'atib yubormoq; ruhiyatda o'zgarishni yuzaga keltirmoq. ..hali qizaloq-qa dastlab
ko'z tashlagan paytida vuju-dida qo'zg'algan iliqlik qalbining tub-tubida berkinib yotgan boshqa
his-tuy-g'ularini ham chayqaltirib yubordi. X. To'x-taboev, Yillar va yo'llar.
CHAIQAMOQ 1 ayn. chaymoq. Kushardan birida bir to'da bandi xotinlar tog'dan anhorga kir
chayqagani tushishdi. S. Ahmad, Hukm.
2 U yon-bu yon tebratmoq. Boshini chayqa-moq. tsh Ulg'ay ena afsus bilan bosh chayqadi. «Sharq
yulduzi».
CHAYQATMOQ 1 Chayqamoq 1 fl. ort. n. Kirni ikki marta chayqatmoq.
2 Har yonga to'lqinlatmoq, tebratmoq. Suv-ni chayqatmoq. shsh Shamol o't-o'lanlarni chayqatar,
yovvoyi jiyda shoxlarini buyda-lardi. S. Ahmad, Jimjitlik.
CHAYQOV Olibsotarlik; olib-sotish, olib-sotuv. Ko'sa ertasiga kallai saharlab yetib keldi.
Avji chayqov vaqti ekan, baqi-riq-chaqiriqlar quloqni qomatga keltira-di. «Mushtum».
Chayqov bozor(i) Olibsotarlar savdo qiladigan bozor. [Ahmadjon] Katta chayqov bozorida
yurganday boshi g'uvullab ketdi. S. Karomatov, Hijron.
CHAYQOVCHI Olibsotarlik bilan shu-g'ullanuvchi shaxs, olibsotar; spekulyant.
CHAYQOVCHILIK Chayqov bilan shug'ul-lanish; spekulyatsiya. Beliga o'n-o'n beshro'mol-ni o'rab olib..
bemalol chayqovchilik qilib yurgan emish. S. Siyoev, Yorug'lik.
CHAK \f. ¦ Tarnov bo'g'otlarida osilib turgan sumalaklar oftobda yiltillardi-yu, chak etmasdi. R. Fayziy,
Hazrati inson.
CHAKAK I anat. Pastki jag'. ..rais esa tishi og'rigan kishidek, ikki kafti bilan chakagini
ushlab, asabiy o'ylab o'tirardi. N. Aminov, Qahqaha.
Chakagi ochilmoq Tinimsiz gapiraver-moq, ezmalanmoq. Hrjimatning chakagi ochi-lib, gapga tushib
ketdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar. Chakagi ochiq 1) yig'loqi (bola ha-qida); 2) sergap, ezma.
-Buncha chakagi ochiq odamsiz.. — dedi registratsiya qiluvchi xotin cholga ko'zlarini olaytirib.
«Mushtum»; 3) tinimsiz ovoz chiqaradigan hayvonlar (it, sigir, qo'y kabi) haqida. ..chakagi
ochiq it-larning vovullashi, otlarning kishnashi so-kin qishloqni g'ala-g'ovurga to'ldirdi. A.
Mu-hiddin, H. Tojiboev, Otash qalbli qiz. Chakagi tinmaydi 1) ko'p beto'xtov gapiradi; ezma.
Tarozi shayinlarini muttasil likil-latib turganlarning chakagi tinmaydi. «Mushtum». Chakagi
tushmoq Gapira-gapira charchamoq; biror gapni ko'p ta'kidlamoq. Bu haqda gapiraverib, chakagim
tushdi. Chakak urmoq ayn. chakagi tushmoq. [Oyshaxon:] O'lar holatga yetdim-ku bu qizingizga
chakak ura-verib. A. Muhiddin, Aybsiz aybdor. Chakagi chakagiga tegmaslik 1) tez va ko'p
gapirmoq; ezmalanmoq; 2) ko'p ovoz chiqarmoq. Ora-si-ra pulemyotlar chakagi chakagiga tegmagan
g'azabli laychaday akillab qo'yadi. Oybek, Quyosh qoraymas; 3) ko'p, tinimsiz yig'lamoq (bola
haqida).
447
CHAKAK II Oyoq kiyimining yuzi bilan dastagining birlashgan yeri, yoni. Qatnay-qatnay
kavushimning chakagi tushdi.
CHAKAKLI 1 Seryig'i, yig'loqi. Chakakli bola.
2 Sergap, ezma. Chakakli xotin.
3 ko'chma Yebto'ymas, ochofat. -Voy-bo'y, — dedi chol [Shum bolaga], — chakakligina mol ko'rinasan,
qirdagi kishi nega seni so'kib ketayotibdi bo'lmasa? F. G'ulom, Shum bola.
CHAKAK-CHAKAK Oriq, yuz go'shtlari kam. Dadamat akaning qotma va abjir gavdasi-ga mos chakak-
chakak qoramag'iz basharasi Ahmadga ko'proq yoqardi. F. Musajonov, Himmat.
CHAKALAK Shoxlari bir-biriga chal-kashib ketgan qalin butazor yoki daraxtzor. Hovli orqasidagi
chakalakdan sekin-sekin oy ko'tarila boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar. Bir kun chakalakka
o'tin kesgani bordik. «Zumrad va Qimmat».
Chakalakka qochmoq (yoki urmoq) O'zini biror ishdan chetga tortmoq, o'zini quruqqa olib qochmoq.
Qodirov salgina shashtidan tushib, bo'shashganday bo'ldi: -Nima uchun qilg'ilikni qilib, chakalakka
qochasan? SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
CHAKALAKZOR Chakalak bosgan joy; butazor. Chakalakzordan bir hakka «shaq-shaq»lab, uzun dumini
cho'zgancha, narigi sohilga uchib ketdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz ur-maydi.
CHAKAMUG' Yopishqoq yumaloq tikanli, yapaloq bargli yovvoyi bir yillik o'tsimon o'simlik va uning
tikanagi. Kalta dumiga darhol allaqaerdan chakamug' yopshtirib olgan eshak yutoqib, o'zini o'tga
urdi. X. Sultonov, Onamning yurti.
CHAKANA [f. *•¦<;¦ ] 1 Donalab, maydalab yoki kichik to'p bilan sotiladigan va sotib
olinadigan. Chakana savdo. sht Chakana narx-larni o'zgartirish mumkinligi, shubhasiz, hozirgi
paytda eng munozarali masaladir. Gazetadan.
2 Unchalik ahamiyatga ega bo'lmagan; ar-zimas, mayda-chuyda. Xosiyat xolaning erla-ri ham
chakana paxtakor bo'lmagan ekanlar. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi. Go'sht-yog' o'z qo'lingizda.
Daromad ham chakanamasdir? S. Anorboev, Oqsoy. Chakana gapga quloq yo'k. Ish kechikadi. H.
Nazir, So'nmas chaqmoqlar.
3 shv. Mayda chorva mollari, qo'y-echki va aholiga tegishli shunday mollarni bo-quvchi. Shu kundan
e'tiboran askar chakana cho'pon bo'ldi.. Adirda uzun kun chakana mol boqdi. T. Murod, Ot
kishnagan oqshom.
CHAKANALAB rvsh. Donalab, maydalab, chakana. Chakanalab olmoq. Chakanalab sotmoq. sht [Tojiboy]
Hatto qalampirdan tortib, saqich, qurtgacha olib chiqib qo'yar, zoriqqan-larga chakanalab sotar
edi. S. Zunnunova, Gulxan.
CHAKANACHI Chakana savdo qiluvchi, cha-kana savdo bilan shug'ullanuvchi.
CHAKANA-CHUKANA s. t. Unchalik ahami-yatga ega bo'lmagan; arzimagan, mayda-chuyda. Chakana-chukana
gap. sht G'unajin pullandi. [Nodir] Chakana-chukana qarzlardan qutuldi. J. Abdullaxonov,
To'fon.
CHAKANDA [f. UAII^] Jiydadoshlar oilasiga mansub, sariq nordon mayda me-vali, sertikan
dorivor buta va uning me-vasi. Qarshisidagi shoxi singan chakandaga tikilib turgan
Usmonovning fikri to'x-tamga kelib, xo'rsindi. N. Qobil, Unutil-gan sohillar. Chakanda
mevasidan farmatsev-tika sanoatida moy olinadi. Gazetadan.
CHAKAS Ov qushi qo'ndiriladigan sim qo'ndoq. Qora yo'rg'a bo'lsin barin mingani.. Yuzta chakas
bersin qushlar ko'ngani. «Bo'ta-ko'z».
CHAKIDA [f. * »:ko'knorining chakidasidan ichib yura-di. SH. Bo'taev, Qo'rg'onlantan oy.
CHAKIDAXO'R [f. `lL^ - chakida is-te'mol qiluvchi] Qoradori iste'mol qi-luvchi; bangi.
Chakidaxo'r mulla Sodiqoxun.. tuzoqlariga tushadigan axmoq topolmasdan, kuchala yegan itdek
tirishib qoldilar. «Mush-tum».
CHAKILLAMOQ Chak-chak tommoq, tomib turmoq. Tokning qaychi tekkan tanasidan chakillab sharbat
tomdi. «Saodat».
CHAKICH Nonni chakichlash uchun dastali yog'och kallakka bir tekisda sim qoqib yoki parranda
patlarini dastalab bog'lab yasal-gan uy-ro'zg'or asbobi. Sim chakich. Pat cha-kich. sht Tandirda
yog'liq xamir asta vijir-lab, bo'rtib, chakich o'rinlari darhol shakl-landi. H. G'ulom,
Toshkentliklar.
CHAKICHLAMOQ Nonga chakich urmoq, cha-kich bosmoq.
448
CHAKKA I Bosh suyagining yonoqpar bilan peshona oralig'idagi yon qismi. Chakka suyagi. Chakka
tomirlari. mm Valievaning bir o'zi stolga tirsagini tayab, ikki kafti bilan chakkasini qisib
o'tiribdi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
Chakkaga tegmoq Jonga, me'daga tegmoq, zeriktirib yubormoq; jondan to'ydirmoq. Janjal
chakkamga tegdi. mm Qor, yomg'ir ay-niqsa Shokir otaning chakkasiga tekkan edi. Oybek,
Tanlangan asarlar.
CHAKKA II \f. iiL^. — tomchi; tomish; oqim] 1 Tomning biror joyidan sizib o'tib, shipdan uyning
ichiga tomayotgan yomg'ir yoki erigan qor tomchisi. Kuz kelib, yog'ingarchilik boshlandi. Tomning
qamishi eskirgan bo'lsa kerak, chakka o'gpib qoldi. H. G'ulom, Mash'al.
2 (faqat bo'lishsiz shaklda) Mutlaqo, hech; bir tomchi ham, bir qatra ham. Bir chak-ka ham yog'
qolmabdi. Uyda ichishga chakka eye yo'q.
CHAKKA III \f. aJLa — tomchi; tomish] Suz-maga oshko'klar aralashtirib tayyorlanadi-gan parhez
taom. [Qurbon:] Checha, choy, ovqat kerak emas. Agar chakka bo'lsa, quduq suvidan chalob qilib
bersangiz. S. Nurov, Narvon.
CHAKKAZARB [chakka + zarb] s. t. Asabiy; jahli tez. Shundoq deysiz-u, Zokirim o'qtin-o'qtin
ichadigan odat chiqardi.. Zo'ram [ke-linim Zuhra] ham chakkazarbroq bo'b qoldi. U. Hoshimov,
Ikki eshik orasi.
CHAKKAXONA [chakka + xona] Hamma jo-yidan chakka o'tib yotgan xona, uy.
CHAKKI I 1 Yomon; qoniqarsiz. Bu yerda uning turmushi chakki bo'lmadi. S. Anorboev, Oqsoy. -
G'o'zalarimiz chakki emas, — deydi polvon. A. Qodiriy, Obid ketmon. -Basho-ratdan boshqa
hammamiz umuman chakki baho olmadik, — dedi Zaynab. «Sharq yulduzi».
2 Nojo'ya, noo'rin. Chakki yursang, dakki yersan. Maqol. mm - Chakki gap aytgan bo'lsam, uzr,
otaxon, — yigit xijolatda qolgan edi. «Guldasta».
3 Bekor, behuda. Asli bugun ham chakki ovora bo'lgansiz. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. -Bu
kishini chakki umidvor qshibsiz, mendan bir og'iz so'rasangiz, yomon bo'lmas edi, — dedi kinoya
bilan [direktor]. S. Karomatov, Hijron.
Chakki qilmoq Yomon ish qilmoq; xato qilmoq. Keksa odamning dilini ranjitib, chakki qilibsan.
Gazetadan.
CHAKKI II shv. ayn. chakka II. Chakki o'tgan eski tomga o'xshayman, Ko'zimdan yomg'irlar to'kilar
tinmay. M. Yusuf.
CHAKKI-CHUKKI s. t. Bo'lar-bo'lmas, chak-ki, nojo'ya. Chakki-chukki gap. it Mayxonada Ahmad mast
bo'p qolgan-da, Chakki-chukki Ax-Mad ko'p gap aytgan-da. «Yusuf va Ahmad».
CHAKMA aim. chatma 1.
CHAKMAZAK [f. ^z,L? - so'zak; siy-dik tutolmaslik] tib. Siydik tutolmaslik, siydik oqib
turish kasalligi.
CHAKMON Odatda jun matodan tikila-digan erkakcha uzun qishki to'n. Choyxonaning burchagida,
kunning dahshatli yonuviga qara-may, qalin, qora jun chakmonga o'ralgan qo-zoq devorga suyanib
mudrar.. edi. Oybek, Tan-langan asarlar.
CHAKMOQ I s.t. Chekmoq. Papiros chak-moq. Hoc chakmoq.
CHAKMOQ II: chakich chakmoq ayn. chakich-lamoq.
CHAKSA esk. O'zbekiston hududidagi qa-dimgi o'lchov birligi (asosan, pudning 1/3 qismiga teng
bo'lgan). Chumchuq semirsa, chaksa kelmas. Maqol. Uyida chaksa uni yo'q, Tom boshida qo'sh tandir.
Maqol.
CHAKCHAK Ugra shaklidagi xamirni yog'da qovurib. ustidan asal quyib tayyorlana-digan shirinlik.
Bunday mo'rt xamirdan pechen`e, chakchak, o'rama kabi taomlar tayyorlansa, og'izda uqalanib
turadi. K. Mahmudov, O'zbek tansiq taomlari.
CHAK-CHAK Chak s. takr. Chak-chak tommoq. tsh Go'ro'g'libekning burnidan chak-chak qon ket-di.
«Go'ro'g'lining tug'ilishi». U[Shirmonxon] xar kiprik silkitganida, yuzini yuvgan ko'z yoshlari
gazeta yuziga chak-chak tomardi. S. Zunnunova, Olov.
Burnidan (yoki yuzidan) chak-chak zahar tomadi Tili juda ham achchiq, zahar odam haqida.
CHALA 1 Maromiga yoki tamomiga yetka-zilmagan, bitkazilmagan, tamomlanmagan. Chala uy. Chala
ish. Bola — bolaning ishi chala. Maqol. mm Xali yana bir oz yashashdan umid-vorman, chala ishlarim
bor. S. Nurov, Nar-von.
2 To'liq emas, noto'la, yarim-yorti. Kam-bag'alning bir to'ygani — chala boy bo'lgani. Maqol. mm
Chalasiga biz qarzdor. A. Qahhor, Oltin yulduz.
449 dg^
3 Vaqtidan oldin, yetilmasdan tushgan, barvaqt tug'ilgan. Qandli diabet xastaligi ko'pincha
homilaning chala yoki majruh tu-g'ilishiga sabab bo'ladi. «Saodat».
4 ot Yonib bitmagan yoki kuyib tugamagan o'tin. Kullar ko'kka uchar, cho'g'lar kulga botar,
chalalar cho'qqa aylanar edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Ularning [odamlarning]yarim yumuq
ko'zlari o'choqda biqsib, qizarib yonayot-gan chalalarga tikilgan edi. P. Tursun, O'qi-tuvchi.
5 sprt. O'zbek kurashiga oid atama.
6 Qo'shma so'zlar tarkibita kiradi, mas. chalabosh, chalasavod.
CHALABOSH Sochi chala-chulpa olingan. Chalabosh bola.
CHALABUTALAR bot. Tanasining faqat pastki qismi yog'ochlanib, yuqori qismi qishda qurib
qoladigan ko'p yillik o'sim-liklar. Chalabutalar ko'p iillik o'tlardan kurtak chiqaradigai
shoxlarning yer ustidan bir necha santimetr yuqorida o'rnashganligi bilan farqlanadi. «O'zME».
CHALAJON O'lar holatiga kelgan, jo-ni chiqay deb turgan, yarim tirik. Chalajon qilib urmoq. shsh
Bir bandani chalajon qip qo'yib, qayoqqa qochmoqchisan?«Yoshlik». Namoz-shomda chalajon dadamizni
aravada eshikka keltirishdi. M. Mansurov, Yombi.
CHALAKAM-CHATTI ayn. chala-chulpa. Cho'lning cho'tir betida chalakam-chatti o'sgan yantotslar qurib,
sarg'ayib yotibdi. H. G'ulom, Zamin yulduzlari.
CHALAMA-CHATTI ain. chala-chulpa. Le-kin uning [Axmadning] chalama-chatti hara-katiga qayiq
joyidan jilmadi ham. YO. Shukurov, Qayiq chayqaladi.
CHALAMULLA 1 cm. Savodi to'liq chiq-magan kishi. - Siz chalamullasiz, G'aybarov! — dedi Haykal
G'anievich. M. M. Do'st, Galatepa-ga qaytish.
2 sft. O'z sohasini yaxshi egaldamagan, bilmaydigan; bilimsiz. [Professor:] Mur-dani ko'rsa,
labiga uchuq toshadigan chalamul-la vrachlarni ko'rgani ko'zim yo'q! O'. Hoshi-mov, Hyp borki, soya
bor.
CHALASAVOD To'liq savodga ega bo'lma-gan, chala o'qigan; savodi kam. To'g'onbek chalasavod bo'lsa
ham, ilm-fanning qadrini yaxshi biladi. Oybek, Navoiy.
CHALASAVODLIK Savodi to'liq bo'l-maslik, savodi pastlik. [Said:] Dadamning bunday pastlab
ketishlariga.. chalasavod-liklari ham sababchi. E. Raimov, Ajab qish-loq.
CHALA-CHATTI ayn. chala-chulpa. Hayto-vur, dadam yoshligida shohi to'qishni chala-chatti o'rganib
olgan ekan. Oybek, Tanlan-gan asarlar.
CHALA-CHULPA 1 Naridan-beri; chala qilingan, maromiga yetkazilmagan. Mansur ertalab chala-chulpa
nonushta qilib, Rah-monning yoniga yetib bordi. YO. Shukurov, Uch savol.
2 To'liq emas, yarim-yorti. Qiya ochiq eshik-dan ichkaridagi suhbat qulog'iga chala-chul-pa
eshitildi. Y. Shamsharov, G'urumsaroy-liklar.
CHALA-YARIM 1 ayn. chala-chulpa. Chala-yarim ish.
2 am. chala-chulpa 2. Buvimning «oh-vohi» qulog'imga chala-yarim eshitilardi. E. Raimov, Ajab
qishloq.
CHALAQURSOQ Yarim och; to'yib ovqat yemagan. Chalaqursoq bo'lib qolmoq. tsh Borni tejab yo'ndirib,
dam och, dam chalaqursoq bo'lib yashadik. Oybek, Tanlangan asarlar.
CHALDIVOR s. t. Vayrona holga kelgan hovli-joy. [Avaz] Bog'i eramga poyi piyoda borayotir edi,
nogoh yo'l ustida oldidan bir chaldivor chiqib qoldi. «Balogardon».
CHALINMOQ 1 Chalmoq fl. majh. n. Karnay xalqning qadimiy cholg'ularidan. U asosan to'ylarda
chalinadi. Gazetadan. Cha-linganda qo'ng'iroq, Sinfingda bo'l, ey chiroq! Q. Muhammadiy. Shu onda
qattiq qarsak chalindi-yu, hamma gurullabo'rnidan turdi. A. Qaxdor, Qo'shchinor chiroqlari.
2 Chalmoq II fl. o'zl. n. Uchinchi minutda Haydar raqibini surib borayotib, chalinib,
yiqshshbtushdi. I. Rahim, Ixlos.
G'apga chalinmoq Gap-so'z bo'lmoq, og'izga tushmoq. Kasalga (yoki dardga) chalinmoq Bi-ror
kasallik bilan og'rib qolmoq; kasal bo'lmoq. Hand kasaliga chalingan odamning tishlari mo'rt
bo'ladi. K. Qaxdorova, Chorak asr hamnafas. Bu vaqt uning [Umidning] dardga chalinib qolgan
payti edi.. Mir-muhsin, Umid. Ko'zga chalinmoq Ko'rinmoq; ko'zga tashlanmoq. Bir vaqt uzoqda —
oldin-da qorayinqirab sakvovulzormi, yulg'unzor-mi, ko'zga chalindi. M. Mansurov, Yombi. Qu-
loqqa chalinmoq 1) eshitilmoq. Tun sukuna-tida otlarning dupuri quloqqa baralla
29—O'zbek tilining izohli lug'ati
450
chalinardi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar; 2) boshqalardan eshitib, biror xabar, yangi-likdan
voqif bo'lmoq. [Shofyor:] Qulogingizga chalingandir — otam hajdalar. «Mushtum».
CHALISHMOQ 1 Chalmoq I fl. birg. n. Chapak chalishdi. Ovqatga zang chalishdi. ish Sozandalar bir
to'xtab, ufor chalishdi. A. Qahhor, Ko'shchinor chiroqlari.
2 Yurganda, qadam tashlaganda bir-biri-ga urilmoq, qoqilmoq, chalkashmoq (oyoq ha-qida).
Oyoqlari taqimigacha qorga botar, ba'-zan chalishib ketardi. S. Anorboev, Oqsoy.
3 esk. Harakat qilmoq, mehnat qilmoq.
4 ko'chma Suzilib, yumilib ketmoq; yumi-lib ketmoq (ko'z haqida). Usta Abdug'afur uyqusi kelib
mudrayotgan odamdek, ko'zlari chalishib, boshi qiyshaya boshladi. Mirmuhsin, Me'mor. Oftobning
shu'lasiga qaragandek, Go'ro'g'lining ikki ko'zi chalishib qoldi. «Gul-shanbog'».
CHALISHOYOQ Oyokdari bir-biriga uri-lib, tegib yuradigan, oyog'i chalishadigan. Chalishoyoq odam.
CHALISHTIRMOQ Oyoqlarini yoki qo'l-larini bir-birining ustiga qo'ymoq. Ammo Anvar.. qo'lini
chalshitirib, xotirjam tu-rardi. O'. Hoshimov, Kdlbingga quloq sol. O'rta bo'yli ofitsiantka
devorga suyanganicha qo'llarini chalishtirib, loqayd bir qiyofada turardi. M. Xayrullaev, G'urur.
CHALKASH 1 Chigallashib ketgan; ayqash-uyqash, betartib. Chalkash ip. Chalkash yog'och-lar.
2 ko'chma Anglashilishi qiyin; chigal. U [Zargarov] endi qandaydir chalkash, mavhum ruhiy
qiynoqlardan qutulgandek. tiniq o'y sura boshlagan edi. A. Muxtor, Bo'ronlarda bordek
halovat. U o'zining chalkash qismati qizining ham boshiga tushishini xoxjiajuadu. O'. Hoshimov,
Qalbingga quloq sol.
CHALKASHLIK Noaniqlik; chigallik; xato. Chalkashlikka yo'l qo'ymoq. Chalkashlik-ni bartaraf qilmoq.
shsh Furqatning o'z so'zlarida ham ba'zi chalkashliklar bor. Ga-zetadan.
CHALKASHMOQ 1 Betartib ravishda bir-biriga o'ralmoq; chigallashib ketmoq. Chal-kashgan sim. shsh
Chalkashib yotgan na'matak, yovvoyi jiydalar hissiyotlaringizni qitiq-laydi. «Sharqyulduzi».
2 Tushunib bo'lmaydigan holga kelmoq. Menimcha, bolalar bo'limidagi ishlar chal¬kashib, ayqash-
uyqash bo'lib ketganga o'xshay-di. «Mushtum».
3 kam ko'll. ayn. chalishmoq 2. Nima bo'l-di-yu, Meli polvonning ovqlari chalkashib ketib, paxta
to'ldtsrilgan qopday lapanglab yiqildi. P. Tursun, O'qituvchi.
CHALKASHTIRMOQ1 Chalkashmoq fl ort. n. Simlarni chalkashtirmoq.
2 ko'chma Chuvalashtirmoq, chigallashtir-moq. Bir-birini inkor qiluvchi gaplar Bo-burning
xayollarini chalkashtirib yubordi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
3 Adashtirmoq, yanglishtirmoq. Nega uni men bilan chalkashtirishadi, qani ayt-chi, o'xshashligimiz
bo'lmasa? A. Muxtor, Chinor.
4 kam ko'll. ayn. chalishtirmoq. Oyoqlarni chalkashtirib o'tirish yaponlar uchun beta-kalluflik
hisoblanadi. G'. Salomov, Tarji-ma nazariyasiga kirish.
CHALKASH-CHULKASH Bosh-keti yo'q, ju-da chalkash, chigal. Chalkash-chulkash ma'lumot-lar.
CHALMA I 1 Qo'y-echki oyog'i ostida to'p-lanib, qatlam hosil qilgan go'ng. Abdusamad ertalabdan
kun qiyomga yetguncha pishillab chalma chopdi. 111. Bo'taev, Qo'rg'onlangan oy.
2 Mol go'ngidan katta chambarak qolipga solib yasalgan yoqilg'i. Chalma quymoq. sht Sakkiz gektar
chiqadigan o'rikzorga qarash, bahor ayozlarida chalma tutatish Omonning bo'ynida edi. SH.
Xolmirzaev, Bodom qishda gulladi.
CHALMA II shv. ayn. salla I. [Qori] Chopo-nining ustidan chakmonini kiydi, boshini chalmasi
bilan tang'idi. III. Toshmatov, Erk qushi.
CHALMA III Do'ppi, to'n va sh.k. ning chetiga tutiladigan ensiz jiyak. Do'ppi chal-masi. To'n
chalmasi,
CHALMAK maxs. Charxning duk o'rnati-ladigan ayrisimon qismi.
CHALMASHMOQ shv. q. chalishmoq 2. Mir-vali shog'a.. ketiga tisarilib borarkan, oyog'i chalmashib
yiqildi. «Sharq yulduzi».
CHALMAQOVOQ bot. Oshqovoqning sal-lasimon bir turi.
CHALMOQ I 1 Musiqa asbobida biror kuy, ohang ijro etmoq. Nog'orachi yigit us-ta ekan! Shunday
berilib, shunday terga botib chaldiki, osmon pardasini yirtib yuborguday bo'ldi. O'. Hoshimov,
Qalbingga quloq sol.
451 d'^
2 Sado, ovoz chiqaradigan, signal bera-digan asboblarni ishga solmoq. Ko'ng'iroq chalmoq. Gudok
chalmoq. O't o'chirish mashinasi ustma-ust signal chaldi.
3 Biror a'zo vositasida tovush, sado, ovoz chiqarmoq (odam haqida). Sher chapak chalaman deb,
qo'lidan ko'kchani tushirib yubo-rishiga can qoldi. S. Anorboev, Hamsuhbat-lar. Ashur ikki
barmog'ini og'ziga tiqib, hushtak chaldi. N. Aminov, Qahqaha.
4 Sado, ovoz chiqarmoq (jonsiz narsa-lar haqida). Men boray, kurtaklar kutib qoldilar.. Men
boray, shamollar hushtak chaldilar. «Yoshlik». Yellar chalgan chapakdan Novdalar uxlar qonib.
«Yoshlik».
Chapak chalib qolmoq q. chapak. Qorni nog'ora chalyapti hazil Qorni och kishi ha-qida. Pulim yo'q,
qornim nog'ora chalyapti, deydiganlarga goh bir so'm-yarim so'm choychaqa tashlab o'tishadi. X.
To'xtaboev, Yillar va yo'llar.
CHALMOQ II 1 Birovning oyog'ini o'z oyo-g'i bilan ilib, tepib, uni yiqitmoq yoki gandiraklatmoq.
Zarina epchillik bilan Si-parangizni chalib, uni yiqitib yubordi. M. Osim, Karvon yo'llarida.
2 ko'chma Xalal bermoq; zarar yetkazmoq. Bilaman, bari ishni o'sha qilyapti, menga o'cha-kishgan,
qadamda chalmoqchi bo'ladi. «Yoshlik».
3 shv. Kesmoq, qirqmoq, yiqmoq. Hirq jallod hunarini boshladi, Kim ko'ndalang bo'lsa, chalib
tashladi. Ergash Jumanbulbul o'g'li. Indamay o'roq chalaverdim. «Yoshlik».
Gap bilan chalmoq Gap bilan uzib olmoq. Payti kelganda, Mikola ilmoqdor qilib, gap bilan
chalib tashlar edi. S. Anorboev, Do'st-lar. Jin (yoki ajina, arvoh, dev) chaldi s.t. Asab
kasalligi tufayli og'zi, yuzi qiy-shayib qolgan, dardga chalingan kishiga nisbatan aytiladigan
ibora. Ajinalar tepaga yaqinlashgan odamni chalib, ko'zini g'ilay, og'zini kiyshik, oyog'ini shol
qilib tash-lagan emish. A. Ko'chimov, Halqa. Kasal (yoki dard) chaldi Kasalga yo'liqdi, kasal
bo'ldi. O'zi o'limdan qoldi, xudo rahm qildi. Mana endi qizini dard chaldi. A. Muxtor, Opa-
singillar.
CHALMOQ III 1 shv. O'ramoq, bog'lamoq; taqmoq. O'ng qo'lini to'lg'ab olib, Boshga ro'molini chalib..
«Nurali». [Avazxon:] May-don kuni bedovimni yelayin, Olmos, po'lat kayrab, belga chalayin.
«Gulshanbog'». Go'ro'g'li shamshirin beliga chaldi. «Gulshanbog'».
2 shv. Qoplamoq, o'ramoq. Xut kirganda, tog'ni tuman chaladi. «Gulshanbog'».
3 Qormoq, aralashtirmoq. Tuxum chalmoq. mm Jannat xola shoshib, un chalib, quymoq qildi. S.
Ahmad, Ufq.
4 Naridan-beri; chala-chulpa supurmoq. U uyni supurgi bilan chalib chikdi. H. G'ulom, Mash'al.
CHALOB shv. Suzma yoki qatiqtsan tay-yorlangan chanqovbosdi ichimlik. shsh -O'ti-ring, chalob
ichasizmi? — dedi Inod. SH. Xol-mirzaev, Og'ir tosh ko'chsa. Tayyor chalob is-te'moldan oldin
sovitiladi yoki muz so-linadi. «O'zME». Shaymon chol endigina so-mondan qaytib, ayvonda chalob
ichib o'tirar-di. N. Norqobilov, Bekatdagi oquycha.
CHALOV G'alladoshlarga mansub, qir-adirlarda o'sadigan, yem-xashak bo'ladigan ko'p yillik yovvoyi
o'simlik. Sarhovuz beti-ni chalov bosgan. S. Siyoev, Otliq ayol.
CHALP taql. s. Ovqat chaynaganda, loy kechganda chiqadigan va sh.k. tovushlar haqi-da. Chalp
etibloyga tushmoq.
CHALPAK 1 shv. Xamirni yupqa yoyib, yog'-da pishiriladigan yegulik. -Esimdan chiqib-di, — deydi
kampir. — Mayliga, men o'zim o'nta chalpak pishirib, chiroq yoqaman. M. M. Do'st, Galatepa
qissalari.
2 O'rik, olcha va sh.k. ho'l mevalar shin-nisidan yoyib quritilgan shirinlik.
Chalpak bo'lmoq yoki chalpak(dek) bo'lib tushmoq Yiqilib uzala tushmoq, chalqan-chasiga yiqilmoq:;
chalqancha yotmoq. Jim bo'l-e, bir ursa, chalpak bo'lib tushasan-u, kekirdak cho'zishingni qara! 3.
Fatxullin, Obixayot. Yuzlarini oftobdan yashirib, chal-pak bo'lib yotib qoldilar. M. Mansurov,
Yom-bi. Chalpak qilmoq Ikkala qo'l va oyog'idan ushlab cho'ziltirib ko'tarmoq. Tez yur! G'iring
desang, chalpak qilimiz. Oybek, Bolalik.
CHALPIMOQ Birovni yomonlab gapir-moq, g'iybat qilmoq. Ayniqsa, frontovikning xotinini
chalpishga hech kimning haqqi yo'q. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi. Uhar kuni samovarga chiqib..
hadeb yangi raisni chalpiy-di. S. Ahmad, Hodivoy. [Shakar] Alamiga chidolmay, Zebi bechorani
kurakda turmaydi-gan so'zlar bilan chalpidi-yu, jo'nab qoldi. H. Nazir, Ko'kterak shabadasi.
JtJ^452
CHALP-CHALP Chalp s. takr. ..labini chalp-chalp qilib yalab qo'ydi Mulla Mamasolih. N. Maqsudiy,
Laylatulqadr.
CHALP-CHULP ayn. chalp-chalp. Chalp-chulp loy kechmoq.
CHALCHAIMOQYalpayib yo™oq. Birovning oldida uzala tushib, chalchayib yotish shar-mandalik-da! Q.
Kenja, Tog' yo'lida bir oqshom.
CHALCHIQ Balchiq; iflos, loyqa suv. Chal-chiq yerda tuya yursa toyadi. «Yusuf va Ahmad».
CHALQA: chalqa tushmoq Orqani yerga be-rib, cho'zilib yotmoq, chalqancha tushib yotmoq. O'lik soldat
chalqa tushib yotibdi. T. Rus-tamov, Mangu jasorat.
CHALQAIMOQ shv. Orqaga egilmoq; bosh-ni orqaga tashlamoq. Bizni ko'rdi-yu, tog'a qo'llariga suyanib
chalqaydi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom.
CHALQAMCHA s. t. Chalqancha(siga). Tursun-boy qovjirab qolgan ariqqa chalqamcha yoshib, osmonga
shikildi. S. Ahmad, Ufq.
CHALQANCHA(SIGA) rvsh. Orqani yerga berib, cho'zilib, osmonga qarab. Bobom ko'l-makda chalqancha
yoshar, ingrar edi. O'. Ho-shimov, Ikki eshik orasi. U chalqanchasiga suzdi. «Yoshlik».
CHALQIMOQ shv. Chayqalmoq, tebranmoq. Suv kelar to'lib, chalqib, Betida oyi bal-qib. «Tohir va
Zuxra».
CHALG'I Uzun dastali katta o'roq. Chol pichan g'arami oldida chalg'i charxlar edi. «Sharq yulduzi».
CHALG'IMOQ Biror narsaga alahsib, asosiy ish, mavzu va sh.k. ni unutmoq yoki ulardan chetga
chiqmoq; adashmoq. Oltmishin-chi yilning kuzida chet elda yurganida, nedir bir qiziq tomoshaga
chalg'ib, samolyotga kechikdi. M. M. Do'st, Lolazor. Yo'q, bekachim.. Men shunchaki chalg'idim
gapdan. A. Oripov.
CHALG'IT Ola-bula (ot tusi haqida).
CHALG'ITMOQ 1 Chalg'imoq fl. ort. n. [Ahmad] Ish haqida o'ylamaslik uchun o'zini boshqa narsalarga
chalg'itishga urinib ko'rdi. F. Musajonov, Himmat.
2 E'tiborini boshqa narsaga tortib aldamoq; noto'g'ri fikr paydo qilmoq. Bundaylar uncha-muncha
tergovchini chalg'iti-shi, uncha-muncha yuristni huquq bobida mot qilib qo'yishlari ham mumkin.
«Yoshlik».
Gapni chalg'itmoq Suhbat mavzusini chet-ga burmoq. Ahmad brigadir gapni ataylab
chalg'itayotganji Nusratbek sezdi. S. Nurov, Narvon.
CHALG'ICHI Chalg'i bilan o't o'ruvchi; o'roqchi.
CHAMA 1 O'lchov, me'yor. Har bir ishning chamasi bor, Har daryoning kemasi bor. Maqol.
2 Mo'ljal, taxmin. Chamamda soat uch bo'l-di. Chamangda shu qovun necha kilo keladi! mm Ularning
[odamlarning] chamalaricha, bu yer-larda ish hali uch-to'rt kunga yetib ortardi. «Sharq yulduzi».
3 mod. s. Mening fikrimcha: shekilli. Chamamda, qiz o'sha tomonga burilib o'tirish-ni istardi.
«Yoshlik». Laylo mening keli-shimdan hayron bo'ldi chamamda. M. Qoriev, Oydin kechalar.
Chama son tlsh. Chama, taxmin bildiruv-chi son. Chama son bilan aniqlash esa ilmiy
informatsiyaning xarakteriga umuman mos kelmaydi. «O'TA». Chamaga keltirmoq yoki cha-ma olmoq
Payt poylab turib amalga oshir-moq, qilmoq. Ali polvon bilan bel olishdim! Xumpar kurashning
hadisini xo'p olgan ekan. Meni bir necha vaqt aylantirib yurdi, so'ng-ra chamaga keltirib,
yonboshiga olmoqchi va yerga urmoqchi bo'ldi. P. Tursun, O'qituvchi.
CHAMADON [f. jboU. < cU - kiyim + tjb - idish ma'nosini bildiruvchi qo'-shimcha: kiyimdon, kiyim
qutisi] Odatda safarga chiqqanda kerak bo'ladigan buyumlar solinadigan quti. Latofat ertalab
shoshib qolmaslik uchun kiyim-kechaklarini, xarid qilgan sovg'alarini chamadoniga joylashtira
boshladi. L. Tojieva, Mehrim sizga, odam-lar.
CHAMALAMOQ1 Chama bilan anikdamoq, chama qilmoq, mo'ljallamoq; taxminlab ko'r-moq. U qayiqqacha
bo'lgan masofani chamalab, ikki yuz qulochdan kam emasligiga ko'zi yetdi. «Yoshlik». Dallol
quvonib, eshagiga mindi-da, soyasiga qarab, vaqtni chamaladi. «Yoshlik».
2 O'ylab, mo'ljal qilib, rejalashtirib qo'ymoq, belgilab olmoq, ko'zlamoq. [Ola-xo'ja] To'yga
katta tayyorgarlik ko'rdi.. Ka-mida ikki kun yurtga osh tortishni chamala-di. P. Tursun,
O'qituvchi. Miyada bir narsani chamalab yurgan edim, shuni qog'ozga tushirish-ga jazm qildim.
«Mushtum».
CHAMALI Chamasidagi, chamaspda bo'lgan. Zaynab Kumushning to'lib yetmagan gavdasi va o'n olti
yoshlar chamali, g'ubor tegmagan
453 dh^
husniga hayron bo'lib, mulohazasini aytish-dan qo'rqdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
CHAMAN [f. jjjL^. - o'tloq; gulzor; sa-yilgoh] Gul ko'p joy; gulzor, chamanzor, gulshan. Bulbul
chamanin sevar, odam — va-tanin. Maqol. sht Kuz shamoli kirib chaman-ga, Axtaradi gullar
atrini.. Uyg'un.
Chaman bo'lib ochilmoq Qiyg'os ochilmoq (gul haqida). Mitti chigit urug'i yer bag'ri-da nish urib,
chaman bo'lib ochilgunga qadar qanchadan-qancha mehnat va harakatni taqo-zo etadi. Gazetadan.
CHAMANDAGUL To'ttgul bo'lib ochiladi-gan, gullari oq, qizil, pushti, sariq, bi-nafsharang
o'tsimon o'simlik. Chamandagul xonadonlarda, ko'p qavatli uylar balkonida, park va xiyobonlarda
manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi. «O'zME».
Chamandagul do'ppi Do'ppining sergul qilib, gulzorga, chamandagulga o'xshatib ti-kilgan nusxasi.
Sochimni ikkita qshshbo'rib, chamandagul do'ppimni boshimga ildim. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
CHAMANZOR [f. j\jCy^ -gulzor; ko'ka-lamzor] Gulzor, gulxona; gulshan. Tongda kir-dim
chamanzorimga, Barglar bilan yel o'ynar mayin. Mirtemir..
CHAMASI 1 rvsh. Taxminan shu miqtsor-ga teng. Oradan yarim soat chamasi vaqt o't-gan edi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. Zaynab egachisi Xushro'ydan yetti yosh chamasi kichik edi. A. Qodiriy O'tgan
kunlar. Tank mendan uch-sho'rpg yuz meshr chamasi narida alanga ol-di. N. Safarov, Olovli izlar.
2 mod. s. Aftidan. Chamasi, Azizbek oson-lik bilan jon beradigan ko'rinmaydir. A. Qodiriy,
O'tgan kunlar.
CHAMASIDA rvsh. q. chamasi 1. Erkak qirq yoshlar chamasida, oq-sariqdan kelgan, xomse-miz odam
edi. F. Musajonov, Himmat.
CHAMASIDAGI q. chamasi 1. Mashinadan ellik yoshlar chamasidagi chuvakkina malla bir odam tushib
keldi. O'. Usmonov, Sirli so-hil.
CHAMBAR [f. j,: ? — doira, halqa; o'm-rov suyagi] G'ildirak, doira shaklidagi narsa, doira.
Rul` chambari. mm Dashtda bug'doy o'radi Sochi chambar qizlar-ey. «Sharq yulduzi».
CHAMBARAK [f. S.J;:? - aylanma, hal-qa; kampirak (samovarda)] 1 ot Kosa, to-voq va sh.k. ga
narsa solib osib qo'yish uchun simdan, novdadan va egiluvchan ma-teriallardan yasalgan halqa.
Kechqurun sog'il-gan sutni dokada suzib olinadi va maxsus sopol idishga quyib, chambarakka
osib, sal-qin joyga olib.. qo'yiladi. K. Mahmudov, O'zbek tansiq taomlari.
2 sft. G'ildirak, doira shaklidagi; doiraviy. Choyxonachi.. ko'kqarg'a shoyi chorsi-ni chambarak
qilib tang'igan Zulun Chayirga im qoqdi. Q. Kenja, Notanish gul.
Do'ppisi chambarak ayn. do'ppisi yarimta q. do'ppi. Panohingizda do'ppini chambarak qilib
yuribmiz, xo'jayin, sizga har qancha odamgarchilik qilsak arziydi. A. Muhiddin, Chap cho'ntak.
CHAMBARLAMOQ Chambarchas qilib, o'rab-chirmab bog'lamoq. Sigirning arqonini qoziqqa chambarlab
qo'ydim.
CHAMBARCHAS [f. ch,„.?^. - chambar bo'lib yopishgan, birikkan] 1 rvsh. Yechilib ketmaydigan qilib,
chirmab, mustahkamlab. Abdibilolni yiqitib, oldindan tayyorlab qo'yilgan arqon bilan qo'l-
oyog'ini chambarchas bog'lab tashlashdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
2 ko'chma Uzviy, mustahkam, jips (aloqa, bog'lanish haqida). Tug'ilajak bolaning sog'-ligi
homilador ayol salomatligi bilan cham-barchas bog'liq. «Saodat».
CHAN {r. chan < qad.r. dishchani - yog'och, taxtadan qilingan] Suyuklik sakdanadigan, temir
belbog'lar bilan mahkamlangan katta yog'och idish; yom. Vino solinadigan chan. Teri shilanadigan
chan.
CHANA [qad. r. sani — ilon; jag'] Qishda qor, muz qoplagan yo'lda sirpanib yuradi-gan chang'ili
aravacha. Chanada uchmoq. Chana cnopmu. mm ..devor tagidagi tepalikda bolakaylar chanada
uchishardi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
CHANG I 1 Mayda zarra, kukun holidagi tuproq yoki boshqa moddalar; gard, to'zon. Yolg'iz otning
changi chiqmas, changi chiqsa ham, dong'i chiqmas. Maqol. Podadan oldin chang chiqarma. Maqol. mm
Shoyon mehnatingnshg nishonasi bu — Krra qoshlaringga qo'ngan chang, g'ubor. A. Oripov. To'xta
xola.. yuz-ko'ziga ko'cha changi yopishayotganini ham payqamas edi. I. Rahim, Chin muhabbat.
Chang bosmoq Qalin chang bilan qop-lanmoq (uzoq vaqt ishlatilmay yotgan narsa haqida).
Telvizor, priyomnikni chang bosib
454
yotardi. T. Ashurov, Oq ot. Chang ko'tarmoq (yoki chiqarmoq) Bekorga g'alva yoki shov-shuv ko'tarmoq.
Chang qo'ndirmaslik (yoki yuqtir-maslik) 1) gard, dog' tegizmaslik, ozoda tutish. U kiyimiga
chang qo'ndirmaydi; 2) ko'chma o'ziga, nomiga dog' tushirmaslik, ran tegizmaslik. Hakimboyvachcha
ilonday to'l-g'andi.. u o'zining va oila a'zolarining usti-ga chang qo'ndirishni istamas, oilasi
bilan hech qanday oilani tenglashtirmas edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Changini chiqar-moq cm.
1) tez tamom qilmoq; pok-pokiza tushirmoq, yeb yubormoq, yeb tashlamoq. Bo-qijan butun gavdasi
bilan laganga tash-landi. Ota va o'g'il, go'yo bahslashganday, pa-lovning changini chiqarishdi.
Oybek, O. v. shabadalar; 2) to'zitib yubormoq, dabdala qilib tashlamoq. Hasratidan chang chiqadi
Hasrati ko'p, hasrati sira tugamaydi. Max-sum.. Qo'chqorning musulmoni komil banda-larga ko'p
ozor berayotganini gapirib, hasra-tidan chang chiqdi. S. Anorboev, Oqsoy.
2 sft. Chang qo'ngan; g'uborli. \Zargarov\ Xona o'rtasida sal bukchayganicha turib, chang etigi
bilan og'ir odimlab chiqib ketgan quruvchining beso'naqay gavdasini horg'in.. kuzatib qoldi. A.
Muxtor, Bo'ronlarda bordek halovat. Arava chang qishloq yo'lidan chiqib, katta tosh yo'lga tushib
oldi. I. Rahim, Chin muhabbat.
3 bot. O'simliklarning erkak jinsiy hujayralari. Ashir Haqqulov zargarlarga xos diqqat bilan
bir gulning changini mo'ychinak bilan olib, ikkinchi bir gulsh chan­otgan ekan. S. Nurov,
Narvon.
CHANG II [f. . ? — torli musiqa asbo-bi] 1 Qutisimon trapetsiya yoki yoy shaklida-gi, sim torlar
tortilgan, tirnama yoki qo'sh cho'p bilan urib chalinadigan jarang-dor cholg'u asbobi.. Chang —
o'zbek xalq cholg'u asboblari orasida eng ko'p torlisi hisob-lanadi. Gazetadan.
2 Labga qo'yib, po'lat tilini barmoq bilan turtib, nafas bilan chalinadigan kichik cholg'u
asbobi; changovuz.
3 s. t. ain. zil III.
CHANG III [f.. ? — panja, tirnoq; chan-gal; barmoqlar bukilgan kaft) Panja; changal. Qochib
qutulgan-man (qutulgan bi-lan) qayda borasan, Axiri changimda sen ham o'lasan. «Malikai
ayyor»
Chang solmoq 1) changal bilan ushlamoq, tutmoq; changal solib xujum qilmoq. -Ba-sharang qursin!
— Cauda birdan yuzimga chang soldi. «Yoshlik»; 2) ko'chma tajovuz qilmoq, qasd qilmoq.
Bilmayman, qaysi kun, qaysi damdadir Mening qismatimga chang soldi sayyod. A. Oripov.
CHANGAK \f. . <^; ? — ilmoq, ilgak] 1 Biror narsa ilish uchun yog'och, temir va sh.k. dan yasalgan
panjali ilmoq; ilgak. Changak-da osilib turgan chelakdan bir cho'mich suv olib ichdi. «Yoshlik».
\Qassob\ Changakdagi go'shtlariyu g'aladondagi pullarini yonidagi choyxonachiga tayinlab ketibdi.
Shukrullo. Javohirlar sandig'i
Changak bo'lmoq Tirishib, tomirlari tortishib qolmoq, akashak bo'lmoq. Yigit-ning qo'l-oyok^shri
changak bo'lib qotib qolgan-di. «Yoshlik».
CHANGAL I [f. / JLli^ - panja,
tirnoqlar; ilgak; panshaxa] 1 Panja, chang. Burgut changali. Ayiq changali. shsh Birdan Posh-sha
xola changalini yozib, Yigitaliga qaradi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
2 ko'chma Iskanja. U dadasini hech qachon bunchalik g'am va iztirob changalida ko'rmagan edi.
«Sharq yulduzi».
3 Siqimga sig'arli narsa, bir siqim. Yog'ochga qistirib qo'yilgan isiriqdan bir changal solib
chiqdi. SH. Xolmirzaev, Og'ir tosh ko'chsa.
Pul bo'lsa, changalda sho'rva q. sho'rva. Chan-gal solmoq 1) ayn. chang solmoq 1. Lekin To'ravoy
[dushman o'qiga] burgutdek chap berdi va bir sakrab, uning bo'g'ziga changal soldi. N. Safarov,
Olovli izlar; 2) ayn. chang sol-moq 2. Ha, leytenant, urush hammaning bax-tiga changal soldi.
H. G'ulom, Toshkentlik-lar. O'lim changali O'lim xavfi, o'lim iskan-jasi. Meni o'lim changalidan
sug'urib olgan ofitserning kim ekanligini so'rab bilib olmaganligim uchun o'zimni kechira
olmayman. N. Safarov, Olovli izlar
CHANGAL II [f. J^'.-> - o'rmon, daraxt-zor] 1 Tikanli butalar, o'simliklar. Yantoq yog' o'rnini
bosmas, Changal — bog'. Maqol. tsh Ular chapga burilib, o't bosgan katta ariq-dan yigirma-o'ttiz
qadam yurgach, to'p-to'p changal boshlandi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.
2 ayn. changalzor. [Yo'lbars] Mangu qochar, qochar tog'lardan, O'rmonlardan, changal, to'-qaydan.
SH. Rahmon.
455
CHANGALZOR [f. jijl<-r -daraxtlar ko'p joy] Changal qoplagan maydon, butazor. Bir kuni
tulkiboy changalzorda ovqat qidirib yurib, bir angishvona topib olibdi. «Ertak-lar».
CHANGALLAMOQ 1 Besh panja bilan, tirnokdarni ishga solib, siqib ushlamoq, qo'l bilan maxkam
siqimlamoq. Burgut qush-ni changalladi. tsh Bu mung shu qadar og'ir ediki, Mirvali ikki panjasi
bilan ko'k-ragini changallab turib, bir oh urdi. S. Ah-mad, Jimjitlik. Yigitalining oyog'idan
kuch ketdi. Lekin bilak tomirlari bo'rtib, sim arqonni mahkam changallab oldi. D. Nuriy,
Osmon ustuni.
2 ko'chma Kuchli xuruj bilan tutmoq, siq-moq (dard, og'riq haqida). Azimiy shu xilda
«vatanparvarlik» qilib o'tirib, birdan qor-ni changallab og'rib qoldi. «Mushtum».
Yer changallamoq Parchin bo'lib yiqil-moq, yer tishlab qolmoq. [Sultonov] Ich-ichidan xo'rligi
kelib, yer changallab koldi. M. Mansurov, Yombi.
CHANGDON bot. Gulning chang, ya'ni er-kak jinsiy hujayralari paydo bo'ladigan tepa qismi;
changchining asosiy qismi.
CHANGIMOQ 1 Chang, to'zon holida ko'-tarilmoq. Ko'cha changib ketdi. tsh Bir qiyo-mat-qoyim bo'ldi,
Hamma yoqda tuproq chan-gib. «Yusuf va Ahmad».
2 Chang bosmoq, changga to'lmoq. Azimjon.. changib ketgan etigi, ust-boshiga o'ng'aysiz-lanib
qaradi. A. Muxtor, Chinor.
CHANGITISH 1 Changitmoq fl. har. n Bu tirranchalarni o'qitib mulla qilmasangiz, ko'cha
changitishdan boshqani bilmay qola beradi. P. Tursun, O'qituvchi
2 q.x. Zararli hasharotlarni yo'qotish maqsadida o'simliklarga yoki tuproqqa chan-gitkichlar
yordamida kukunsimon zaharli moddalarni sepish.
CHANGITKICH q.x. Dala ekinlari, bog', tokzorlarda defoliatsiya qilish va chang-simon moddalar
sepish uchun mo'ljallangan, traktorga o'rnatib yoki yelkaga osib ishla-tiladigan mashina.
Changitkichning ish organ-lari traktorning quvvat olish validan harakatlanadi. «UzME».
CHANGITMOQChangimoqfl. ort. n. Chan-gitibuy supurmoq. shsh Aravakash changitib yer tepindi. X.
To'xtaboev, Yillar va yo'llar.
Mashina tuproqli yo'lni changitib, ilgari ketdi. M. Hazratqulov, Jur'at.
Changitib so'kmoq dag'l. Boloxonador qi-lib so'kmoq, qattiq qaqorat qilmoq. Cam-mop avval
xotinining avlodini changitib so'kdi, keyin.. qaynonasining go'riga ham g'isht qalab, o'rnidan
turib ketdi. A. Muxtor, Ku-mush tola.
CHANGLAGICH 1 bot. O'simliklarning chetdan changlanishiga yordam beruvchi vosi-talar (hasharotlar,
shamol va sh.k. haqida).
2 ayn. changitkich.
CHANGLAMOQ 1 ayn. changitish 2. G'o'za bitlarini yo'q qilishda ba'zan quruq dori-ni changlash usuli
qo'llanadi.
2 Gullarning erkak va urg'ochi jinsiy hujayralarini biridan ikkinchisiga o't-kazmoq.
Asalarilar guldan gulga qo'nish bi-lan o'simliklarni chetdan changlaydilar. «Zoo-logiya».
CHANGLANISH O'simliklarda: chang-larning urug'chi tumshuqchasiga yoki urug' kur-takka tushishi. Chetdan
changlanishda bir gulning changdonidagi changlar ikkinchi gul urug'chisi tumshuqchasiga, o'zidan
changlanishda changlar shu gul urug'chisi tumshuqchasiga tushadi. «O'zME».
CHANGLANMOQ 1 Changlamoq fl. maj\. n. Changlangan g'o'zalar.
2 Changlamoq2 fl. o'zl. n. O'simliklarning tabiiy va sun'iy yo'llar bilan changlanishi.
CHANGLOVCHI 1 Changlamoq fl. sfdsh.
2 ayn. changlagich 1.
CHANGOVUZ shv. ayn. chang II 2. Nuqra mwi-li changovuzni Bol og'zingga tutib yur. «Qo'-shiqlar».
CHANGSIMON Chang-to'zonga o'xshash, chang holidagi. Ushalgan oy dalani sovuk, xi-ra, qandaydir
changsimon nur bilan kopla-gan edi. Oybek, O. v. shabadalar.
CHANG-TUPROQ Tuproq aralash chang, chang va tuproq. [Qurbon] Bolaligida poda orqasidan yurib,
chang-tuproqqa belanib, supada toshdek qotib uxlarbi. S. Nurov, Narvon.
Chang-tuproq yalamoq Chant-tuproqqa bo-tib ishlamoq, mehnat qilmoq. Yo'lchi yozda yonib, chang-
tuprok yalab, butun og'irliklarga qaramasdan, jonkashlik bilan ishladi. Oy-bek, Tanlangan
asarlar.
CHANG-TO'ZON Chant va to'zon, shamol arshtash ko'tarilgan xar xil gard va zarra¬
456
lar. Kechga tomon bir zumda chang-to'zon, quyun ko'tarildi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi
CHANGCHI I Chang chaluvchi sozanda. Usta Ro'zimatxon mohir changchi ham edi. «Gulis-ton».
CHANGCHI II bot. O'simlik gulining changdon va erkak jinsiy ipdan iborat asosiy qismi.
Changchining yashash xususiyati har xil o'simlik turlarida turlicha. «O'zME».
CHANG-CHUNG Har xil chang, tuproq, gard. [Maston] Ust-boshi chang-chung.. ko'zlari hor-g'in. O.
Yoqubov, Izlayman.
CHANG-G'UBOR Chang va g'ubor, chang va to'zon. Chang-g'uborda odam ko'rmay bir-birin, Tog'ning ichi
yotar dud bo'lib tutab. Ergash Jumanbulbul o'g'li.
CHANDIMOQ1 Mahkam sirib bog'lamoq, sirib qo'ymoq. Buzoqni olmaga qapishtirib, chandib bog'ladim.
«Yoshlik».
2 shv. Chatmoq, chatib ulamoq, biriktir-moq. Ularning ishorasi bilan ikki sarboz og'zi kanop
bilan chandilgan qopni olib kelib, ha-ligi kishilarning oyog'i ostiga tashladi. S. Karomatov,
Bir tomchi qon.
3 Kimsa to'g'risida gapirmoq, g'iybat qilmoq. Sidiqjon bu odamlar ish vaqtida ham shunday
beg'am, xushchaqchaq, bir-birini chandib, kunni bilintirmasdan o'tkazadi, deb o'ylagan ekan. A.
Qahhor, Qo'shchinor chiroq-lari.
4 Bir-birini ran bilan olmoq, askiya qilmoq. -Kechqurun.. choyxonada yana gurungi-miz
cho'zildi.. Bittasi Io'ldoshjonning yal-qovligini chandib, askiya boshlasa, ikkjchisi Zulfiyaning
chechanligini maqtaydi, — dedi Po'lat. G'ayratiy, Mening yoshligim.
CHANDIR 1 Go'shtning qattiq pay qismi. Go'sht o'rnida chandir chaynashga kimning to-qati bor
deysiz. Gazetadan.
2 ko'chma Qotma, pishiq, chayir. Chandir odam. sht Bir-ikki chayqalib, gul paykali us-tiga
uzalasiga yiqilib tushdi. Chandir qo'l-lari tuproqni changalladi. «Mushtum».
CHANDISH 1 Chandimoq fl. har. n. Arqon bilan chandish.
2 Bir-birini ran bilan olish, askiya-ning bir turi. Chjdan ham chandishlarda ha-zil elementi
bor. «O'TA».
CHANDIQ1 ot Bitgan yaraning o'rni, izi. [Oshnonjg] Rangi battar zahsh tortibdi, yonog'idagi
chandiq bilinmay ketibdi — usti¬dan chuqur bir ajj tushibdi. M. M. Do'st, Lolazor.
2 sft. Chandikli, chandig'i bor. Qalandar chjdiq peshonasini silab, unga bir zum ti-kilib
qoldi. O. Yoqubov, Ko'hna dunyo.
CHANDIKDI Chandig'i bo'lgan, chandig'i bor. Temirtosh chap yuzi chandiqli, bir ko'zi ko'r, badqovoq,
kamgap bir askar hamrohligida yo'lga chiqdi. M. Osim, O'tror.
CHANDOZA shv. Yonga bog'lab olib yurila-digan hamyon. [Bolta aravakashshng] Yonida katta pichoq,
tanga, qog'oz soladigan.. chandoza K. Yashin, Hamza.
CHANDON [f. — shuncha, shunchalik;
qanchalik] rvsh. 1 Marta, karra, martaba. Bu uy «Teshikqal'a»dan o'n chandon yaxshi. J. Sha-ripov,
Xorazm. Havasi ming chandon oshib kepgdi. M. Muhamedov, Qahramon izidan.
2 rvsh. Har qancha, qanchalik. Mirzaev ra-qibining oyog'ini yerdan uzishga chandon intil-sa ham,
Rajab soldatcha chapdastlik qildi va uni azot ko'tarib qo'ydi. H. Nazir, Mayoq sari. Bechora
kamtarlik qshshshga, bosig'u ba-ma'ni gapirishga chandon urindi hamki, aslo eplay olmadi.. M. M.
Do'st, Lolazor.
3 Astoydil; yetarli darajada. Oyim sov-chilikka chandon kirishganini bildim. Kechasi non yopdi.
O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi. San'atkor Solihboy roljing tekstini chan-don o'qib, uni yodlab
olgan bo'lsa ham, qanoat hosil qilmadi. F. Jo'raev, Obid Jalilov.
4 Bo'lishsizlik shaklidagi fe'l bilan kelib, «hech ham, aslo» degan ma'nolarni ifodalaydi.
Aziza onasidan Yodgornjg «bir qoshiq suv bilan yutgulik» qizni yetaklab yurganji eshitganda,
chandon ishonmagan edi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
CHANOQ 1 Ko'sakning har bir xonasi. G'o'zalar bo'liq, har bitta chanoq piyoladek bo'lib ochilib
turibdi. S. Siyoev, Otliq ayol.
2 Bosh kosasi, ko'z kosasi va umuman kosachasimon suyaklar. Chanoq suyagi. mm U [Bashirjon]..
eshigiga kalla chanog'i hamda ilik suyagi tushirilgan temir uycha panasiga o'tdi. N. Aminov,
Qahqaha. Uning [Ahmad-oxunning] ko'z soqqalari chanog'idan chiqayoz-gandi. K. Yashin, Hamza.
3 Tegirmonning do'lidan don tushib tu-radigan tarnovsimon qismi.
4 shv. Chig'anoq.
CHANQAMOQ1 Suvga tashna bo'lmoq, suv-samoq. Yigit g'oyat chanqagan edi, choyni qu¬
457
yib, puflab-puflab ichdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 ko'chma Ehtiyoj, talab sezmoq; sog'in-moq, qo'msamoq. Chanqab kutdim seni yor, bir iltifoting
ko'rmadim. N. Safarov, Sharq tongi. O'zi ham deyman, Mirhosil xalq ishiga rosa chanqagan ekan-
da! H. G'ulom, Mash'al.
CHANQATMOQ 1 Chanqamoq 1 fl. ort. n. Qaymoq zo'rlik qilib, o'lguday chanqatdi. E. Raimov, Ajab
qishloq.
2 q. x. Suvga tashna qilib qo'ymoq; suv-siratib qo'ymoq. G'o'zani chanqatib sug'ormoq. Chanqatib
qo'yilgan g'o'za gullarini to'kib yuboradi.
CHANQOV 1 Chanqamoq fl. har. n.
2 Suvga tashnalik, suvsash. Chanqovni bo-sishga ayniqsa ko'k choy yaxshi. Gazetadan.
3 ko'chma O'ta darajada xohlash, tashna-lik. -Ishga chanqovmiz-da, — deb javob ber-di Yo'lchi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
CHANQOVBOSDI Chanqovni bosuvchi. Chanqovbosdi ichimliklar. it Chanqovbosdi qovunlarni esa
ovqatdan keyin so'yamiz. M. Mansurov, Yombi. Peshtaxtadagi chanqovbos-di ichimliklar va
sharbatlar assortimenti qashshoq. Gazetadan.
CHANQOQ 1 Suvga tashna, suvtalab, suv-sagan; suvsiragan. Sadaqaning afzali chan-qoq odamlarga
suv ulashmoqdir. «Fan va turmush».
2 ko'chma Zor, tashna, mushtoq, intizor. Qaydadir aytgandim, aytaman takror: Chanqoq
tug'ilganman haqiqatga men. A. Muxtor. Yosh, ishga chanqoq xodim uchun er-talabdan kechgacha bekor
o'tirishdan og'ir-roq, azobliroq narsa yo'q. F. Musajonov, Himmat.
CHANQOQLIK Suvga tashnalik; suvsi-rash. Ayrim hollarda chanqoqlik tepadan betinim tushib turgan
bombalar va snaryad-lardan ko'ra ko'proq tinkani quritib, jangchilarni holdan toydirib
yuborardi. T. Rustamov, Mangu jasorat.
CHANG'AROQ O'tovning ustki qismidagi tuynuk chambaragi. O'tov chang'arog'idan das-turxonga taftli
nur tushdi. T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi.
Changarog'i tushdi (yoki o'inadi) Inqirozga uchradi, sindi.
CHANG'I Qorli joylar, botqoq yerlar va suv yuzida tayanch maydonni kengaytirib, siljishni
osonlashtiruvchi, oyoklarga mah¬kamlanuvchi moslama. Suv chang'isi. Turist-lar chang'isi. mm Hozir
chang'ilarning odimlovchi va sirg'aluvchi turlari mavjud. «O'zME».
Chang'i sporti Sakrash, turli masofaga yugurish, tog' chang'isi va biatlonni o'z ichiga olgan sport
turi. 1910 yildi Xalqaro chang'i sporti komissiyasi tuzildi va chang'i spor-tining qoidalari
tasdiqlandi. «O'zME».
CHANG'ICHI Chang'ida uchuvchi, chang'i otuv-chi, chang'i sporti bilan shug'ullanuvchi odam. Bu yerda
chang'ichilarning musobaqalari tez-tez o'tkazib turiladi. Gazetadan.
CHAP I \f. - so'l; so'l tomon] 1 Gav-daning yurak joylashgan tomonidagi; so'l. Chap qo'l. Chap
yelka. shsh Taajjubki, uning chap oyog'i uvushgandek, o'ng qo'lining barmoq-lari ham dir-dir
mumpapdu. S. Siyoev, Yorug'-lik.
2 So'l tomon, o'ng tomonning qarama-qarshi tomoni. Axmad ko'chaning chap beshidan — serdaraxt va
qorong'i yo'lakdan yurdi. F. Musajonov, Himmat.
3 ko'chma O'ng kelmaydigan, teskari, no-qulay. -Yo'l garchi chaproq bo'lsa ham, bu gal uncha
qiynalmadim. Kechga yaqin Donoxonlar uyiga yetib bordim, — dedi Nafisa. G'ayra-tiy, Uzoqdagi
yor.
4 ko'chma Munosabati yaxshi emas (biror kimsa bilan). Madaminjon qizlar bilan chap bo'lib qolgan
edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Mirvali shu odam bilan anchagina chap edi. S. Ahmad,
Jimjitlik. Bu orada narigi ikkovining gapi yana chap tushib qol-di. N. Norqobilov, Bekatdagi
oquycha.
Yo'lni chap solmoq Ko'zga tashlanmaslik, chalg'itish maqsadida to'g'ri yo'ldan yurmay, egri, aylanma
yo'ldan yurmoq. Haydarali yo'lni chap solib, so'qmoqlardan yurdi. H. Nu`-mon va A. Shorahmedov,
Ota. [Ummatali] Yo'lni chap solgan edi, u [Qimmatxon] quvib yetdi. Shuhrat, Jannat
qidirganlar. Chap bermoq 1) epchillik bilan o'zini olib qoch-moq. Avazxon.. oyog'ini yerga tirab,
abjir-lik bilan chap berib, chap tomondan qilich soldi. «Malikai ayyor». Avtomat o'qiga chap
beramiz-a, ammo ofitserning cho'ntagida gra-nata bo'lsa-chi?1'. Rustamov, Mangu jasorat; 2)
tutqich bermay, o'zini olib qochib yur-moq. Ishga chiq, desam, chap beradi, qachon qarasangiz,
bozorning guli. S. Mahkamov, Dala tongi; 3) ro'baro' bo'lmasdan, biror holatdan o'zini asrashga
harakat qilmoq.
Nazarimda, Abdurazzoq ota keksalikka chap berib, yil sayin kuchiga kuch.. qo'shshshb bora-
yotganday. N. Safarov, Olovli izlar. [Yax-shiboev:] Mayli, hozircha o'limga chap berib yuribmiz,
bundan keyin ham biror o'n besh-Sshgirma yil mo'ljalimiz bor.. M. M. Do'st. Lolazor. Chap yoni
(yoki yonboshi) bilan turib-di Kimsaning omadi yurishmagan, ishi chap-pasiga ketgan yoki serzarda
bo'lib turgan kuni shunday deyiladi. Muhammad Rasul o'z ichida: «Bu kun boy chap yoni bilan
turgan shekilli», deb ancha vaqtgacha kallasini osiltirib o'tirdi. Oybek, Tanlangan asar-lar.
Chap ichakka ham yuq bo'lmaydi Juda oz, ovora bo'lib yeyishga arzimaydi (ovqat haqida). Chap ko'z
bilan qaramoq Boshqalarga nisbatan kamsitib, e'tiborsiz qaramoq. Kolxozda hamma narsa
brigadalarga baravar taqsimlansin. Rais birovga o'ng ko'z, birovga chap ko'z bilan qaramasin.
H. G'ulom, Senga intilaman. Chap qo'l ayn. chap 2. Otaqo'zi chap ko'ldagi eshikni ochdi. O. Yoqubov,
Diyonat. CHAP II ayn. chalp.
CHAPAK [f. — qarsak] Kaftlarning bir-biriga urilishi va undan chiqadigan tovush; qars, qarsak.
Gulduros chapaklar. mm Suyarqulning so'zi juda qattiq chapak va olqishlar bilan qarshi olindi.
S. Ayniy, Qullar.
Chapak chalib qolmoq Armonda qolmoq, quruq qolmoq. Elmurodning.. yuz va ko'zlari-da: «Ana,
olib ketdi. Sen bekorga o'pkangni qo'ltiqlab yuribsan-da. Chapak chalib qola-berasan», degan
ma'no o'inar edi. P. Tursun, O'qituvchi.
CHAPAKBOZLIK Chapaklar, qarsaklar bilan ifodalangan sevinch, mamnuniyat, xursandlik; zo'r
olqishlar. U.. majlislarda so'zga chiqsa bormi, odamlar «gapni qiyvorar ekanmi», deb qoyil
qolishar va chapakbozlik bo'lib ketardi. S. Anorboev, Oqsoy.
CHAPANDOZ [f. JIAJII^L^. chap qulda uq otuvchi; teskari; chapaqay] 1 O'zbek va tojik musiqasida
murakkab doira usuli; talqin usulining aksi.
2 Shu nomli doira usuli jo'rligida ij-ro etiladigan mumtoz kuy va ashulalar. «Chapandozi
navo». «Chapandozi Iroq».
CHAPAN(I) [f. — juldur, uvada
kiyingan; juldurvoqi] Bezorinamo, olif-ta, yengil-yelpi hayotga o'rgangan odam. Mul-la Nabi
chapani bir yigit bo'lib, kechasi bilan bo'zaxonalarda, choyxonalarda sankib yurar edi M.
Muhammadjonov, Turmush uri-nishlari. Arabboy qancha o'qisa ham, uning qi-liq va gapirishi,
yurish-turishi maktabda ta'shm ko'rgan kishi emas, balki chapani ara-vakashni eslatib turar edi.
P. Tursun, O'qi-tuvchi. Choyxonadan ikki chapan yigit yugurib chiqib.. cholga ta'zim qildi.
Oybek, Tanlan-gan asarlar.
CHAPANILARCHA ayn. chapanichasiga. [Xa-ritonovning] Gimnastyorkasining ko'kragi cha-panilarcha
ochilgan, ko'zlari mastona suzil-gan. O. Yoqubov, Izlayman.
CHAPANICHArvsh. Chapani odamlarga xos bo'lgan; chapani odamlarday. Ashur chapanicha xoxolab kuldi.
P. Qodirov, Uch ildiz.
CHAPANICHASIGArvsh, Chapani odamlar-ga xos ravishda, chapanilarcha. Nazar to'shi-ga gursillatib
urdi-da, chapanichasiga qiy-qirib yubordi. E. Usmonov, Yolqin.
CHAPANCHA ayn. chapanicha. Biroq, chapan-cha qilib aytganda, «badanda odamgarchilik bo'lishi
zarur»ga o'xshaydi. A. Qodiriy, Obid ketmon.
CHAPARASTA [0. ^Ij4i^ <^\j^ -chap va o'ng; chapga va o'ngga] rvsh. O'ng-so'l; o'n-gu so'lga; har
tarafga; tartibsiz. Odam to'-lib baland-pastda, jo'nayotir chaparasta. «Alpomish». Chaparasta
urayotgan kor ko'z ochirgani qo'ymas edi. N. Safarov, Olovli izlar.
Chaparasta qilmoq Ostin-ustin qilmoq, astar-paxtasini chiqarmoq. Shoir shu ke-tishda to'g'ri
boshliqning oldiga kirib bo-rib, chaparasta qilib so'kdi. T. Murod, Qo'-shiq.
CHAPATI shv. Yupqa qatirma non; lochi-ra. Ertalab Axmad Husayn bir piyola choy va bir burda
chapati bilan nahorlik qilib, o'rnidan turdi. Oybek, Hyp qidirib.
CHAPAQAI 1 Ish-harakatni asosan chap qo'l bilan qiladigan. Chapaqay odam. mm Shavkat chapaqay
edi. Q. Kenja, Tog' yo'lida bir oqshom. Chapaqaylarda bosh miyaning o'ng yarimshari funktsiyasi chap
yarimsharnikidan ustun turadi. «O'zME».
2 Chap oyoqdan chiqqan. Chapakay oshiq.
3 ko'chma O'ng kelmaydigan, noqulay, tes-kari, chap. Chapaqay yo'l.
Chapaqay jahli chiqmoq s.t. Astoydil jaxdi chiqmoq, g'azabi oshmoq, g'azabiga ol-moq. Kampirning
ham chapaqay jah>sh chiqdi.
459
S. Ahmad, Saylanma. Aka, hozir kayfim oshib, chapaqay jahlim chiqib turibdi. Uyg'un, Hurriyat.
CHAPAQAYLIK Harakatlarni baja-rishda chap qo'lning ishlatilishi; irsiyatga bog'liq holat.
CHAPDAST [f. s^il._^ — chapaqay; epchil, abjir] 1 Chaqqon, epchil, uddaburon. Tilov buva
Yaxshiboev tegirmonga tushganda ham butun chiqqan, chapdast odam. T. To'la. G'ayrat Hakimdan ko'z
uzmas, uning epchil, chapdast harakatlarini havas bilan kuzatardi. M. Hazratqulov, Jur'at.
2 Usta, mohir. Uning [G'anining] ota-bobosi novvoy o'tgani uchun o'zi non yopishga chapdast edi.
SH. Xolmirzaev, Bodom qishda gulladi.
CHAPDASTLIK Chaqqonlik, epchillik, abjirlik. ..do'konda sochlari kalta qirqil-gan bir yigitcha
chapdastlik bilan savdo qiladi. N. Aminov, Qahqaha. Nazirqul chap-dastlik bilan otning
jilovini tutdi. S. Ahmad, Ufq. [Muzaffar] Ot minganda, ot-ning beli tolgudek, Chapdastligi
uchar qush-ni olgudek. YA. Qurbon.
CHAPILLAMOQ «Chap-chap» ovoz chiqar-moq; shapillamoq. Ko'l chapillar. Qayiq bi-qiniga tegib
qochar, ko'pirib to'lqin. H. Po'-lat.
CHAPILLATMOQ1 Chapillamoq fl. ort
n. Qodir qalin lablarini chapillatib, nonni uzoq chaynadi. E. Usmonov, Yolqin.
2 Suvni kechib o'tish, suzish kabi hara-katlarda chapillagan ovoz chiqarmoq. [Bek-temir] Qiyalik
ostidan ko'lmak suvni chapil-latib kechib o'tdi-da, yuqoriga tirmashdi. Oybek, Quyosh qoraymas.
CHAPIMOQ 1 Chaplab yopishtirmoq. Ba-sharasiga bo'yoq chapib, grim qilmoq.
2 Chapiq qilmoq, qora suvoq qilmoq. Mahkam aka devorning yoriqlarini chapish bilan ovora. R.
Fayziy, Sen yetim emassan.
CHAPISHTIRMOQ Issiq suv bilan sovuq suvni aralashtirib, iliq holga kel-tirmoq. Mehrinisa ikki
chelakka suv chapish-tirib, uyga olib kirdi. R. Fayziy, Hazrati inson.
CHAPIQ Qora suvoq, dastlabki suvoq. Cha-piq qilmoq. Devor chapig'i tekis chiqibdi.
CHAPLAMOQ I 1 ayn. chapmoq 1. Onasiuni cho'miltiradigan bo'lsa, ertalabdan boshiga qatiq chaplab
qo'yardi. S. Ahmad, Saylanma.
2 Kaftiga olib urib yopishtirmoq. ..yi-git molxona devoriga loy chaplay turib, qaylig'iga
o'tli-o'tli qarab qo'yadi. «Yoshlik».
Qora bo'yoq (yoki loy, qora, qorakuya) chaplamoq O'ta yomon qilib ko'rsatmoq, sal-biy baho bermoq.
O'rtoq Parpieva jiz-zakilik qilib, avtorlarni qattiq nishonga olgan, ularga qora bo'yoqlarni
chaplab tash-laganlar. «Mushtum». Otamurod chuqur tin oldi: xudo berdi unga. Boshlandi endi.
Rosa diydiyosini aytadigan bo'ldi. Toza qora chap-laydi. M. Mansurov, Yombi. Tanqid qilishga
hammamiz ham usta. Kimyoning yuziga qorakuya chaplash ham insofdan emas. S. Nurov, Nar-von.
Tanqidni shosh otish, qora surtish, loy chaplash deb tushunmaslik kerak. Gazetadan.
CHAPLAMOQ II Chap tomonidan yoki chap berib o'tmoq. [Otabek] Ikkinchi bekatdan yo'lni chaplab,
Toshloq darvozasi orqali yana qaytib Marg'ilonga kirgan edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
CHAPLASHMOQ I 1 Chaplamoq I fl. birg. n. Oq tunukadan yasalgan bakni yero'choqqa o'rnatib,
atrofiga loy chaplashmoqda. S. Ahmad, Ufq.
2 Yopishmoq, yopishib qolmoq. Yuziga chap-lashgan loyni kir panjasi bilan artdi. Oybek, Quyosh
qoraymas. Bugungi kutilma-gan tun Hasanali otani charchatgan; uning keksa ko'zlari uyqu bilan
tamom chaplashib olgan zdshar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
3 Bir-biriga ayqashib-chalkashib no-aniqlashmoq. Xat o'chirilaverib, juda chap-lashib ketgan edi.
O. Yoqubov, Izlayman.
CHAPLASHMOQ II Qarshi bo'lib, zid-lashib qolmoq, teskari bo'lib qolmoq. [Ka-rimiyning] Pichingi
ko'nglimni battar g'ash qildi, chunki Matluba bilan chaplashib qol-gtshmiz rost edi. O. Yoqubov,
Bir fel`eton qissasi.
CHAPPA \f. o-^. — chapaqay; noto'g'ri; tes-kari, ters) rvsh. Teskari, ters. Taxmondagi
po'staklardan birini olib, chappa to'shab yot-di. «Yoshlik». Yo'q, chappa aylanmas falakning charxi.
B. Boyqobilov.
Chappa bo'lmoq (yoki ketmoq) Kutilgan holning, istalgan narsaning butunlay ak-si, teskarisi
bo'lmoq. Ishing bir chappa ket-sa, ketaverarkan. Ertalab tursak, boquvda-gi qora novvosimiz
yo'q. A. Ko'chimov, Halqa.
CHAPPAR: chappar urmoq 1 Birvaraka-yiga, yoppasiga, yalpisiga yuz bermoq. Vodiy¬
460
larni yayov kezganda. Bir ajib his bor edi manda. Chappar urib gullagan bog'in, O'paredim vatan
tuprog'in. H. Olimjon.
2 Charx urmoq, shiddat bilan harakat qilmoq; javlon urmoq. Mana bu kun bobolar arvohi chappar
urar Mening azamat yurtim -o'zbekning sahrosida. A. Oripov. Oq va qora dunyoni chappar urib
aylangum. A. Suyun.
CHAPPA-ROSTA ain. chaparasta. Chappa-rosta bo'lib aylandi dunyo. B. Boyqobilov.
CHAPPASIGA rvsh. Teskarisiga, oldi orqasiga yoki ostin-ustin. Axmadali to'ni-ning orqasini
oldiga o'girib, chappasiga kiy-di. «Yoshlik».
Chappasiga aylanmoq (yoki ketmoq) aim. chappa bo'lmoq (yoki ketmoq) q. chappa. Ish chap-pasiga
ketganiga yarasha xotinning ko'ngli-ni olish kerak. Q. Kenja, Notanish gul.
CHAP-CHAP Chap II s. takr. U [Valivoy].. do'rdaygan lablarini chap-chap yaladi. H. Na-zir, O'tlar
tutashganda.
CHAPCHAP Yupqa, shaparak nonning tu-ri. [Kampir] Sopol laganda tuxum qovurdoq bilan qozonga
yopgan ikkita chapchap non kel-tirdi. G'. G'ulom, Shum bola.
CHAPYA shv. Sut, qatiq, suyuq ovqat so-lish uchun ishlatiladigan sopol idish; xur-macha.
CHAPG'ALAT shv. Shamg'alat. Ko'zini chap-g'alat qilib qochmoq.
CHARAQLAMOQ Yaltiramoq, yarqiramoq; porlab, nurlanib turmoq. Yulduzlar yonadi, Oftob charaqlar..
A. Oripov.
2 ko'chma Shodligi yuz ifodasida aks etmoq. [Qiz] Ularning shodlikdan charaqlab ketgan
chehralariga qarab, bular ham shod-lanishlari, kulishlari mumkinligiga ajab-landi. M.
Ismoiliy, Farg'ona t. o.
CHARAQ-CHARAQ kam qo'll. ayn. jaraq-jaraq. To'g'ri, yerni pulga sotadilar, naqd pulni charaq-
charaq sanab oladilar. Oybek, Tanlangan asarlar.
CHARVI [f. <_!/ — yog', moy; yog'li; yog'lilik] Molning (yoki qo'y, echki, ot va sh.k. ning) ichaklari
atrofida bo'ladigan yog'; ichki yog'. Qo'y charvisi. mm Go'sht ezilib, qiy-masimon bo'lganda olib,
charvi yog'idan mayda to'g'rab, mijib aralashtiramiz. K. Mahmu-dov, O'zbek tansiq taomlari.
Charvi bog'lamoq 1) semirmoq; 2) ko'chma boyimoq. YO, harom-xarishga aralashib yurib, senham charvi
bog'lab qoldingmi ?Uyg'un, Hur-riyat.
CHARVOQ \f. ^bjU. - to'rt tomoni bog': katta bog'] s.t. Chorbog'. Bizlar sayr etgali bordik
charvoqqa, Odami yo'q gul ochilgan ov-loqqa. «Ravshan».
CHARLAMOQ 1 Chaqirmoq, taklif qil-moq. Kelsin, debcharlaydi buvishim sizni, El-chi qip yuborgan
oyimcha bizni. «Shirin bilan Shakar».
Charlab chaqirsang ham kelmaydi Atay-lab chaqirsang ham kelmaydi (martabasi ulug', kibrli va
sh. k. odam haqida).
2 etn. Kelin yoki kuyovni charlar marosi-miga chaqirmoq.
CHARLAR etn. Nikoh to'yidan so'ng ke-lin yoki kuyov sharafiga xar ikki qudalar uyida
o'tkaziladigan birinchi chaqiriq. Ha-vo ochilib ketib, charlar kuni kelinning keng-mo'l
hovlisida hamma ayollar.. rosa yayrab qaytishdi. L. Tojieva, Mehrim sizga, odam-lar.
Kelin charlar Kelinning o'z ota-onasi-nikiga to'ydan keyin dastlabki borishiga bag'ishlangan
chaqiriq. Kuyov charlar Kuyovning qaynata-qaynanasinikiga to'ydan keyin dastlabki kelishiga
bag'ishlangan chaqiriq. Bog' charlar Bog'da o'tkaziladigan charlar. Quda charlar Qudalarning
birinchi chaqirilishi.
CHARM [f. *jq. - ishlov berilgan teri] 1 Hayvonlar terisidan yoki sun'iy xom-ashyodan
tayyorlanadigan material; ko'n. [Chol] Teriga eye purkaydi va ko'va bilan do'q-do'q urib, charmni
shekislaydi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Yuziga (yoki betiga) charm qoplamoq Or-
nomus, vijdonni yig'ishtirib qo'yib, bez-bet bo'lib olmoq. Poshsha xola shunga ham shukur qilib,
betiga charm qoplab, istasa-istamasa, kuyovining oldida girdikapalak edi. D. Nuriy, Osmon
ustuni. Gap boshlasang unga agar tanqiddan, Betiga charm qoplab olar shu zamon. «Mushtum».
2 Oyoq kiyimining ostki qismi, tag-charm. Mahsi charmi. Tufli charmi.
3 sft. Charmdan tayyorlangan, charmdan tikilgan, charm qoplangan. Charm sumka. mm [Mulla
Fazliddin] Oyog'iga charm kavush ki-yib, obrez chetida bet-qo'lini yuvdi. P. Qo-dirov, Yulduzli
tunlar. Mening ham qutim o'chib, jon holatda.. charm suyanchiqni shartta ushlab oldim. N.
Fozilov, Diydor.
46j
Charm qo'lqop ustalari Boksyorlar. Bahs-larda toshkentlik yosh charm qo'lqop ustalari eng ko'p
g'alabaga erishib, birinchi o'rinni qo'l-ga kiritdilar. Gazetadan.
CHARMLAMOQ Poyabzalning ostki qis-miga charm qoplamoq, tagcharm qo'ymoq. Bo-tinkamni usta
yangidan charmlab berdi.
CHARMFURUSH [f. -charm so-
tuvchi] esk. Charm bilan savdo qiluvchi, charm sotuvchi odam.
CHAROS O'rtapishar, yumaloq qora uzum. Ichkari hovli keng, gulzor, baland so'riga ko'tarilgan
toklar. Charos, husayni uzumlar g'arq pishib, boshlari osilib turibdi. Y. Shamsharov, Toshqin.
Charos ko'z Go'zal, qop-qora ko'z. Yulduzxon charos ko'zlarini ohista ochdi. Gazetadan.
CHAROG' kt. q. chiroq. Bor ekan inson qo'lida Orzu yoqqan charog', Bu charog'ni, o'yla bir kun Oftob
aylar xayol. E. Vohidov.
CHAROG'BON [f. aWt1-*- ~ CHIR0K> ^R0" vuli; chiroq yoquvchi] map. 1 Ko'cha chirokla-riga qarovchi
kishi.
2 ko'chma Ilm-ma'rifat tarqatuvchi odam. Maktab bog' bo'lsa, bola nihol bo'lsa, bu bog'-ning
bog'boni, ilm charog'boni o'qituvchidir. Gazetadan.
CHAROG'ON [f. ^a. — mash'alalar, chi-roklar: juda yorug', ravshan] 1 Ravshan yori-tilgan; yorug'.
Charog'on ko'chalar. mm ..odatda yo'l va yo'lkalarni charog'on etib turadigan ko'cha chiroqlari
nursizdek ko'rinadi. M. Xay-rullaev, Tilla marjon. Atrof chiroqlardan charog'on. «Sharq
yulduzi».
2 ko'chma Yashnagan, obod. G'ayratimiz bir charog'on o'lkani qildi bino. G'. G'ulom. Rota adir
ustiga chiqqanda, uning narigi tomoni-da charog'on bir vodiy ko'rindi. A. Qahhor, Oltin yulduz.
CHARS I taql. s. Muz, oyna, chinni kabi narsalarning sinishidan chiqadigan to-vushlar haqida.
Oyna chars etib sindi. Muz chars etib yorildi.
CHARS II 1 Shartaki, to'rs, o'jar; betga-chopar. Biydi momo hamon o'sha-o'sha — chars, achchiqso'z
kampirligicha qolaberdi. «Yoshlik». Ammo uning chars fe'li qarz olmoqni yoqtir-maydi. N.
Norqobilov, Bekatdagi oq uycha.
2 Asov, yovvoyi tabiat, hurkovuch (hay-vonlar, qushlar haqida). Aytibbo'lmaydi-da, ba'zi otlar
chars, o'rgatilmagan bo'ladi, ustidan uloqtirib tashlashi mumkin. N. Aminov, Yolg'onchi
farishtalar.
CHARSILLAMOQ 1 «Chars» etgan ovoz chiqarmoq. Puflashning zo'ri bilan o'tin ni-hoyat charsillab yona
ketdi. Oybek, Quyosh qoraymas.
Charsillagan sovuq Qattiq, quruq sovuq. Azamatlar charsillagan sovuqda yalang'och bo'-lib, soyga
sho'ng'imoqda. Oybek, O. v. shabadalar.
2 ko'chma Jahli chiqib, darg'azab bo'lib, odamni yegudek bo'lib turmoq. Xolmirzaning tili qichib
keldi-yu, xotinining charsillab turganini ko'rib, o'zini og'irlikka soldi. H. Nazar, O'tlar
tutashganda.
CHARS-CHARS Chars I s. takr. Tarnovdan tushayotgan yomg'ir suvi shamolda deraza oyna-lariga chars-
chars urilyapti. R. Azizxo'jaev, Yashil chayla.
CHARS-CHURS ayn. chars-chars. Bir tomon-da chars-churs bilan gulxan yonadi. Oybek, Tan-langan
asarlar.
Chars-churs qilmoq (yokm etmoq) 1) chars-churs ovoz chiqarmoq. O'tinlar chars-churs etib.. yonib
ketdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz ur-maydi; 2) norozilik, jaxd bilan qo'pol muomala qilmoq.
Ertasiga ham Xolnisa xola chars-churs qilibyurdi. Mirmuhsin, Chiniqish.
CHARTER [ingl. charter - shartnoma < yun. chartion - varaqcha, bir parcha qog'oz] Dengiz yoki
havo orqali yo'lovchi yoki yuk tashish uchun kema, samolyot egasi bilan uni yollovchi shaxs o'rtasida
tegishli transport vositasini yoki uning bir qismini ma'lum reys yoki vaqtga ijaraga olish
haqida tuzilgan shartnoma.
Charter reys Shunday shartnoma asosida amalga oshiriladigan reys.
CHARX [f. j- j^. - g'ildirak; doira, ayla-na; chig'ir] 1 Ip yigiradigan dukli qo'l asbobi. Yaxshi
xotin erta turib, charx yi-girar, Yomon xotin erta turib, o'choq kovlar. Maqol. HI Kimdir charx
yigiryapti shekilli, g'ir-g'ir ovozham kelyapti. X. To'xtaboev, Yil-lar va yo'llar.
2 Har xil asboblarning, qurilmalar-ning aylanadigan qismi; parragi. Tegirmon charxi. ti -
Yuringlar, o'shal quduqning charxini aylantirurmiz, — dedi Alisher.. M. Osim, Karvon yo'llarida.
3 Kesuvchi asboblarning tig'ini o'tkir-laydigan, qayraydigan asbob. Charxda pichoq charxlamoq.
Charx ilonlar Qora ilonlar oilasiga mansub ilonlar urug'i (tanasini halqa qilib o'raganida,
tangachalari ishqalanib, charx toshi aylanishiga o'xshash ovoz chi-qaradi).
4 ko'chma Gardish, aylana. Davr charxi. Charxi falak. mm G'anieva gap charxini ay-lantirib yuborish
uchun: -La'lixonni xam olib kelmabsiz-da, — dedi. Oydin, Ko'ngli to'l-dimi, yaxshi yigit. Tark
epgdim charxi fa-lakni, meni tark etmadi oxjiap. «Yoshlik».
Charx urmoq 1) aylanmoq; atrofida aylanmoq. Hovuz atrofidagi qor bosgan tollar ustida
qarg'alar charx urib qag'il-laydi. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi; 2) turgan yerida oldinga
bosmay aylanmoq. Velosiped charx uryapti.
5 ko'chma poet. Falak; dunyo. Bu — charx-ning faqat bir-bir aylanishi, Hamal kuyoshi ham taxtiga
mindi. A. Isroilov. Nomexribon ko'zlardan omon asrameni, charx! K. Obidjon.
Charxi kajraftor Teskari aylanuvchi, adolatsiz dunyo. Charxi kajraftor to'nini teskari kiydi.
mm Charxi kajraftorning bir shevasidin dog'men.. Furqat.
CHARXAK [f. Lch jjy. — kichik charx; ip, kalava o'rash qurilmasi] 1 shv. ayn. chamba-rak 2.
2 Ip kalavalaydigan charxsimon mos-lama.
CHARXLAMOQ 1 Kesuvchi asboblarning tig'ini o'tkirlamoq, qayramoq. Pichoq charx-lamoq. ttsh Chol
pichan g'arami oldida chalg'i charxlar edi. «Sharq yulduzi. Hakim sovg'a qilgan qilamtaroshning
yoniga oshpichog'imiz-ni charxlab qo'shib qo'ydim. S. Siyoev, Yorug'lik.
2 ko'chma Ustirmoq, o'tkirlamoq, pesh-lamoq. Aqlni charxlamoq. mm Charxlab turish kerak ammo
Tuyg'u bilan aklni. A. Oripov. Qat-qash yillar tashvishi besaranjom kampirning sezgi quvvatini
charxlagan edi. «Yoshlik».
3 ko'chma Birovga qarshi xezlamoq. [Hop Masturaga:] Xola, meni ko'p charxlamang-u, uvrangizni
kesabering! Og'zingizga siqqani-ni uch kunda laqqa jigardek qanorangizga ilib qo'yaman. Hamza,
Paranji sirlari.
CHARXPALAK [f. + a. dlij-^ - osmon gumbazi; dunyoning, taqtsirning o'zgaruv-chanligi,
beqarorligi] 1 Suv kuchi bilan ay-lanib, katta arikdan yuqoriga suv chiqa-radigan eng qadimiy
qurilma; chig'ir. Kech yengil shabadada barglar asta shildirar, bu mayin sas. yalqovlanib
aylanayotgan charx-palakning g'irch-g'irchiga qo'shilib ketardi. Y. Shamsharov, Toshqin. Charxpalak
chuqursoy tubidan eye olib, tevarakka jon baxsh etmoqda. J. Abdullaxonov, Oriyat.
2 Madaniyat-istirohat bog'lariga, bo-lalar maydonlariga o'rnatiladigan, bir nechta kajavasi
bo'lgan, gorizontal o'q at-rofida elektr quvvati yordamida aylanuv-chi katta g'ildirak
tarzidagi ko'ngilochar inshoot. [Qiz] Qiyqirib kular, tezlikni pisand qilmas, charxpalak yana
o'n marta tezroq charx ursa ham, unga kamlik qila-digandek edi. A. Muxtor, Davr mening taq-
dirimda.
Tarix charxpalagi Tarixiy voqea-ho-disalar silsilasi; tarixning gardishi. Abul Abbos
Ma'munning fojiali o'limidan so'ng ko'hna tarixning charxpalagi tezroq aylana boshladi. M.
Osim, Karvon yo'llari-da. Charxpalak bo'lmoq Dumbaloq oshib, oyog'i osmondan bo'lib yiqilmoq.
[Otamurod] Bu ahvolda ikki qadam yurmay charxpalak bo'lib yiqiladi-ku. Emaklagani
ma'qulmikan? M. Mansurov, Yombi.
CHARXCHI I 1 Charx yasovchi usta.
2 Kesuvchi asboblarni charxlovchi odam. -Hay-hay-hay, kalima keltir, inim, olloga ming marta
shukur degin, — dedi charxchi chol ranjigan tusda. Oybek, Ulug' yo'l.
CHARXCHI II Kichik sayroqi qush.
CHARCHAMOQ Mehnat, ish-harakat, dard-alam va sh.k. natijasida horg'inlik, charchoq sezmoq;
horimoq, tolmoq. Oyoq charchasa, tayok yaramaydi. Maqol. mm Ikromjon yura-yura charchadi. S. Ahmad,
Ufq. -Asablaringiz og'ir xayollardan charchagan. Qattik charchagan, — dedi vrach. «Yoshlik». Ikki
soatlik qiziq bir bazmdan so'ng qizlar charchadilar-da, o'yinni to'xtatdilar. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
CHARCHOQ ot 1 Horiganlik, horg'inlik; toliqish, charchash. Shukurjon butun a'zoyi badanida qattiq
charchoq his etib, bir na-fas eshikka suyanib turdi. O. Yoqubov, Ota izidan.
2 sft. Charchagan, toliqqan. Tog' havosi naqadar so'lim — charchoq asablarga orom, yuraklarga
mador, tanlarga quvonch bag'ish-lar, inoqlik va shirin muloqotlarga sabab-chi bo'lardi.
Mirmuhsin, Ildizlar va yap-roqlar.
463
CHARCHOQLIK Charchaganlik, toliqqan-lik. Nigora Sherbekka boqarkan, butun vu-judini charchoqlik
ezib yuborayotganday tu-yuldi. S. Anorboev, Oqsoy.
CHASOVOY [r. chasovoy — ma'lum soat-larda almashinadigan (soqchi) < chasn — soat] q. soqchi.
CHASTOTA [r. chastota < chastmy — birin-ketin tez almashinuvchi, muayyan vaqt ora-lig'ida tez
takrorlanuvchi (harakat, holat yoki voqea-hodisa)] fiz. 1 Ma'lum vaqt ichi-da takrorlangan
harakat yoki tebranishlar soni. Tebranishlar chastotasi.
2 kino tex. Kadrlarning almashinish davriyligi yoki tezligi.
3 tlsh. Muayyan lingvistik hodisaning nutqda miqtsoran qo'llanish darajasi. Ol-mosh turkumidagi
so'zlar chastotasi.
CHASTOTALI fiz. Ma'lum mikdordagi chastotaga ega bo'lgan. Olimlarning aniqla-shicha,
ko'rshapalaklar havoda yuqori chasto-tali ul`tratovush to'lqinlari yordamida mo'ljal olisharkan.
«Fan va turmush».
Chastotali lug'at tlsh. So'zlarning (so'z shakllari, so'z birikmalarining) nutqda qo'llanish
miqdori haqida ma'lumot be-ruvchi lug'at. Chastotali lug'at tilda u yoki bu grammatik
konstruktsiya qaysi chastota bilan qo'llanganligini hisoblash imkonini beradi. «O'TA».
CHATANOQ s.t. Ikki oyoqning orasi; chot. Ola qarg'aning yurishini qilaman, deb chum-chuqning
chatanog'i yirilibdi. Maqol. shsh Shu asnoda yumaloq, xushchaqchaq mirishkor.. kat-ta tarvuzni
qorniga qo'yib, chatanog'ini atayin kerib kira qoldi. Oybek, Tanlan-gan asarlar.
CHATILMOQ Chatmoq 1 fl. majh. n. Xat sakkiz buklanib, qizil ipak bilan bir-ikki chatshgan va
Otabekka atsmgan edi. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar.
Quloqqa chatilmoq ayn. quloqqa chalin-moq q. chalinmoq.
CHATIR [f. — soyabon; gajak] bot. Yem-xashak bo'ladigan yovvoyi o't. O'tkazilgan tajribalar cho'l va
adirlarda, yaylovlarda shuvoq.. yaltirbosh, chatir singari yovvoyi o'simliklardan ekib, tabiiy
yaylovlarning hosildorligini birmuncha oshirish mumkin-ligini ko'rsatadi. «Fan va turmush».
CHATIR-CHUTUR taql. s. Quruqo'tinning yonishidan chiqadigan tovushni bildiradi. Gulxanning
chatir-chuturi.
CHATISH 1 Chatmoq fl. har. n. Oq ip bi-lan chatish. Tugma chatish.
2 Aralash, duragay. Chatish qo'y.
3 Tutash, chegaradosh. Chatish dalalar.
4 Uzoq qarindosh, bir oz qarindoshli-gi, yaqinligi bo'lgan, chatishgan. Ubizga ona tomondan
chatish.
CHATISHMOQ 1 Chatmoqfl. birg. n.
2 Duragay bo'lmoq, duragaylashmoq. Cha-tishgan mollar.
3 Uzoq qarindoshlik munosabati bilan bog'lanmoq. -Ahmad Yassaviy balki bizning pirimizga
chatishgan qarindoshdir? — so'ra-di majlis ahlidan biri. Oybek, Ulug' yo'l. Asli ular bilan
Anziratlarning chatishgan joyi bor — qarindosh. «Yoshlik».
4 Bir-biri bilan qo'shilib, birlashib ketmoq. Boboqayrag'ochning o'zaro chatishib ketgan shoxlariga
boqib, «islimiy mo''ji-za», deb o'yladi yigit. S. Siyoev, Yorug'lik. Bepoyon dalada bir botir
uxlar: Sochlari chatishib ketgan giyohga. X. Davron.
5 ko'chma O'zaro qo'shilmoq, birlashmoq. Xorazm vohasi o'zbek dostonchiliginjg o'ziga xos, epik
an'analar chatishib ketgan et-nik regionlaridan biridir. «O'TA». Avazning gapida yengil kinoya
bilan samimiy ehtirom nozik bir usulda chatishib ketgan edi. S. Siyoev, Avaz.
CHATISHTIRISH Urug'lanish jarayoni-da irsiy jihatdan bir-biriga o'xshamay-digan ikkita jinsiy
xujayraning tabiiy yoki sun'iy qo'shilishi; urug'larni qo'shish yo'li bilan yangi nav, yangi zotni
yuzaga keltirish. Chatishtirishga birin-ketin ikkitadan ortiq ota-ona shakllari jalb etilsa,
murakkab chatishtirish hisoblana-di. «O'zME». [Zayniddin]Limon daraxtlari-ni bir-biriga
chatishtirib, yangi, mazali, serhosil navlar bunyod etish uchun astoydil intildi. «Guliston».
..burnog'i yili mayin junli zotli qo'chqorlar keltirilib, o'zi-mizning jaydari qo'y va
echkilarga.. chatish-tirish boshlangan edi. S. Anorboev, Oqsoy.
CHATISHTIRMOQ Chatishmoq 2 fl. ort. n. Mayin junli qo'ylarni chatishtirib ko'-paytirish.
CHATIQ: chatiq qosh O'siq va qo'shilgan qosh. Bu qora ko'zlar mudom yig'lar chatiq qosh ostida. G'.
G'ulom, Shum bola.
CHATMA 1 ot Kashtachilikda gul ti-kishning bir usuli. Tikishi silliq emas,
464
o'girmasi chatmaga, sanamasi yo'rmaga kun-dosh bo'lib turganday. G'. G'ulom.
2 Taxta, xoda, miltiq va sh.k. narsa-larning tik holda bir-biriga yonma-yon bog'lab
matashtirilgan yoki uchlari pirami-dasimon birlashtirilgan holati, ko'rini-shi. Boshqa sarbozlar
miltiqlarni bir joy-da chatma qilib qo'yib, ko'chani suv sepib supurdilar. S. Ayniy, Doxunda.
Yangi tug'il-gan buzoqlarni xoda chatmalaridan qo'ra qi-lib qamab qo'yishibdi. E. Rahim, Hayot
amri bilan.
Chatma qosh ayn. chatiq qosh q. chatiq. De-
vor nahrasidan tandirdan non uzayotgan ayolning chatma qora qoshlari ko'rinib turar-di. S.
Nurov, Narvon.
CHATMOQ 1 U yer-bu yeridan tikib ula-moq, yopishtirmoq. Ko'ylakka tugma chatmoq. sht Shu kuni
qaynana eski bir uchburchak tu-morni chaqaloq beshigi ustiga [gavrapo'shga] chatib qo'ydi.
Mirmuhsin, Cho'ri.
Igna chatmoq Igna bilan tikmoq. Xovli-da vsh juvonlar yurishar, kimdir ovqat pi-shirar, ba'zi
birlari ayvonchaga yozilgan na-mat ustida hadeb igna chatardi. «Yoshlik».
2 ko'chma Biriktirmoq, bog'lamoq. U [in-jener] miyasidagi butun bilganlarini yi-g'ishtirib,
bir-biriga chatib ko'rdi. A. Mux-tor, Opa-singillar.
CHATNAMOQ Darz ketmoq, yorilmoq; sinmoq. U [kapitan] gishtga toyg'anib yi-qilgan ekan, to'piq
suyagi chatnabdi. A. Mux-tor, Davr mening takdirimda. Qiz mehnat-dan, izg'irindan chatnagan
qo'llarini qip-qizil cho'qqa tutib.. Oybek, O.v. shabadalar.
CHATNOQ Yorilgan. Sochlar paxmoq, yuzu qo'l chatnoq, Lekin shon-la qaytdi besh o'r-toq. Chanqoq va
chatnoq labi: Suv! — dedi — suv ber ko'proq! Mirtemir.
CHATOQ 1 Qoniqarsiz, yomon; yaxshi emas. Qarang, qanday ajoyib xislatlarim bor. Lekin siz ishga
olmaysiz meni. Chunki menga ishonmaysiz —o'tmiishm chatoq-da. «Yoshlik». [Tal'at:] Yaxshi
gapirdingiz.. Faqat mashi-na uchramagani chatoq bo'ldi-da. Aksiga yuradi o'zi. O'. Hoshimov,
Qalbingga quloq sol.
2 Mushkul, qiyin. Tantiboyvachchaning nafasi ichiga tushib ketdi, lekin bu o'ng'ay-siz, chatoq
ahvoldan qutulish uchun o'zini bilmaslikka oldi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 Xato, noto'g'ri. ..tabelchi ham xuddi jo'rttaga qilganday, uning nomini yo tu¬tshshb aytar yoki
chatoq o'qib, ikki marta takrorlar edi. A. Qahhor, Qo'shchig'yur chi-roklari. Lekin yosh bolani —
tabibning o'g'li-ni yantoq bilan savalaganim chatoq bo'lgan ekan. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
4 ko'chma Qaysar, o'jar; qitmir, ishkal qidiruvchi. Yer to'g'risida bir chatoq odam bilan sudlashib
yurgan edi, sud ishni buning zarariga hukm qshkanmikan, deb o'yladi. Oy-bek, Tanlangan
asarlar. [Umar:] Umuman, ehtiyot bo'ling, sizni ko'rolmaydiganlar ko'p. Haligi indamas Vahob
ham chatoq. Gazetadan.
Ahvol (yoki ish) chatoq Ahvol, vaziyat yaxshi emas; yomon, chigal. -Qozon qaynamay qoldi, oshna,
ahvol chatoq, — dedim. P. Tursun, Uqi-tuvchi. Ishlar chatoq, hamma narsa chappasi-ga aylanib
ketibdi. X. To'xtaboev, Shirin qovunlar mamlakati. Chatoq qilmoq yoki cha-tog'ini chiqarmoq 1)
noto'g'ri, xato ish qil-moq. Darvesh gov yana bu yerda ham tilini tiymay chatoq qildi. Barcha
beklarni yomon-lab, qarg'ab, olovga moy sepdi! P. Qodirov, Yulduzli tunlar; 2) yomon, og'ir
ahvolga sol-moq, zarar yetkazmoq. -Shodiyorga ayting, ko'-pam aylanishmasin, tutsam, chatoq
qila-man, — dedi Tog'ay. «Yoshlik».
CHATOQLASHMOQ Mushkul, yomon ah-volga kelmoq; chigallashmoq. Bir kori hol yuz berib, Hakimning
ahvoli chatoqlashadi-gan bo'lsa, u madad berish o'rniga, darhol qoralashga o'tishi aniq. J.
Abdullaxonov, To'fon. -Endi, bu yog'inihech bo'shashtirmaslik kerak. Agar ish yealgina chatoqlashsa,
birov-larga masxara bo'lib qolamiz, — dedi Elmu-rod. P. Tursun, O'qituvchi.
CHATOQLIK 1 Chalkashlik, chigallik, ishkal; xato. Hisob-kitob isharidagi cha-toqliklar tufayli
buxgalter Mayusuf ish-dan bo'shab ketdi. «Mushtum».
2 Noqulaylik; talabga mos kelmaslik. -Dom jonning rohati deiishadi-yu, shunaqa paytda [to'y-
ma'raka qilayotganda] chatoq-ligi bilinadi-da, — dedi siyrak soqolli kishi.. O'. Hoshimov,
Qalbingga quloq sol.
3 Qitmirlik; yomonlik. [Hazratovning] Laqabi o'ziga mos, fikri-yodi chatoqlik. «Mushtum».
CHATOQ-CHUTOQ Juda chatoq, chigal, ish-kal. Chatoq-chutoq ishlar.
CHAX-CHAX taql. s. ayn. chag'-chag'. Butoq-larda minglab qushlar chax-chax sayraydi. 3. Akramov,
Hindiston lavhalari. Bu yetma¬
465
gandek, hovlining huv etak tomonidan baralla bulbullar chax-chaxi eshitila boshla-di. A.
Muxtor, Buxorolik bir yigit.
CHACHVON map. Otning dumi qilidan to'qilgan, paranji ostidan yuzga tutila-digan to'r parda;
chimmat. U [Jahon otin] chachvonini ko'tarib, paranji orqasiga tash-lab kelayotgan edi. M. Osim,
Karvon yo'l-larida.
CHASHM [f. « sh ? — ko'z; buloq; ninaning ko'zi; orzu-umid] esk. poet. Ko'z. Buyuk Ulug'-bekning
chashmiga ko'zgu — Ko'kda hamon kezar o'sha to'lin oy. A. Oripov. Jannat! Menga qo'lginangni ber,
Nozik-nihol, ey chashmi ofat!M. Ali.
CHASHMA \f. 4 n in ^ - buloq; manba] 1 Yer ostidan chiqayotgan suv manbai va uning su-vi.
Mergan bag'rini yerga berib, chashma suvi-dan qonib-qonib ichdi. Uning o'tkir ko'zlari chashma
atrofidagi giyoxlarga qadaldi. «Yosh-lik».
2 ko'chma Biror narsaning manbai. Ijod chashmasi. Bilim chashmasi. Mehr chashmasi.
CHASHMBAND [f. - ko'zni to'-
suvchi] Chachvon; yuz yopinchig'i. Yasanib olgan bolalar, yangi doka chodirga o'ralib, yuziga chashmband
tashlab olgan ayollar, keksalar ham bor. H. G'ulom, Jazoirda tong.
CHASHNACHILIK, chashnagirlik [f. — ta'm; tatib, yeb ko'rish; ta'mini bilish, sinash] Uzum, vino,
oziq-ovqat mahsulot-lari yoki o'simlik xomashyosi sifatini ko'rish, hidlash, ta'm bilish, eshitish
a'zo-lari orqali anikdash. Chashnachilikning kam-chiligi — uning muayyan darajadagi sub'ek-
tivligi; afzalligi esa, eng sezgir asboblar bilan aniqlab bo'lmaydigan o'ziga xos nozik
sifat xossalarini farqlash va unga baho berishdir. «O'zME».
CHAQA 1 Asosan mis, jez singari me-tallardan yasalgan, qiymati past mayda tan-ga pul. Oq
ko'ylak ustidan olacha ipak to'n kiygan, gavdasi yo'g'on baqqol.. yosh xaridor-ning aytgan
narsalarini tortib, qo'lidan mayda chaqalarni oldi. M. Osim, Ibn Sino.
2 esk. Bir tiyin. [Otabek va Ali] Das-turxonni yig'ishtiruvchi kelinchakka o'g'il tilab duo
qilgandan keyin, qo'liga o'ttiz chaqa surma puli berdilar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
3 Umuman pul, mablag'. Temirchi yigit-ning chaqasi miyonagina to'yga yetarli bo'lib qolganida,
Xolxo'ja qo'rboshi yigitlarining xuruji boshlandi. S. Ahmad, Hukm.
Bir chaqaga (yoki sariq chaqaga) arzimay-di Hech narsaga yaramaydi, arzimaydi. -Xayol-larim bir
chaqaga ham arzimaydi, muhtaram zot, — hozirjavoblik bilan uzib oldi mohir san'atkor.
Gazetadan. Bir chaqaga (yoki sariq chaqaga) olmaslik Mensimaslik, hurmat qil-maslik. Bu
kulishdan uning mexmonni bir chaqaga olmasligi aniq bilinib turardi. A. Muxtor, Opa-
singillar. Men tirikman — bozori chaqqon, men o'lsam, uni birov sariq chaqaga olmaydi. M. M.
Do'st, Lolazor. Bir (yoki sariq) chaqalik Sira, mutlaqo. Bu Nasim degani shunaqa.. Bemavrid
yog'ayotgan qor bi-lan ham.. Abrorning tajanglanib turgani bilan ham uning bir chaqalik ishi
yo'q. O. Muxtor, Egilgan bosh. Bu chatoq ishga o'zi-ning sariq chaqalik aloqasi bo'lmasa hamki,
butun javobgarlik o'z yelkasiga ag'darilgan-day hang-mang bo'ldi. H. Nazir, So'nmas chaq-mokdar.
Sariq chaqam yo'q Sira ham pulim yo'q. [Yo'lchi:] Onam, ukalarim uchun bu yerda yuribman, Eshvoy
aka, buni yaxshi bilasiz. AM¬MO hozir yonimda sariq chaqam yo'q. Oybek, Tanlangan asarlar. Chaqa
qilmoq Sotmoq, pullamoq. Mana, Barat supurgichi! Bozordan supurgisini chaqa qilolmay, yana
orqalab qay-tayotir. Oybek, Tanlangan asarlar.
CHAQA II 1 Kichik yara, jarohat. Pulni yuz-betiga chaqa toshgan ikkita o'spirin oldi. M. M. Do'st,
Galatepa qissalari. Niyozmurod Bibigul yuzidagi qontalashgan chaqalarni ko'rdi. Mirmuhsin,
Cho'ri.
2 Biron-bir zarb, ta'sir natijasida narsalarning yuzasida hosil bo'lgan o'yiq. Mashina urilib
chaqa bo'ldi. shsh Plastmas-sadan qilingan shkaf urilib, chaqa bo'ladi yoki stulning oyog'i tez
sinib qoladi, deb sira xavotirlanmang. «Saodat».
CHAQA III shv. Bola, farzand.
CHAQALOQ Yangi tug'ilgan bola; go'dak. Dunyoga kelgan chaqaloqlar ulg'aygani sayin, ularda hissiy
a'zolar shakllana boradi. «Fan va turmush». Yettinchi kun xatmi qur'on qilinib, xalqqa osh
berildi va shu munosabat bilan chaqaloqqa «Yodgorbek» deb ism qo'yildi. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
CHAQILMOQ Chaqmoq V fl. o'zl. va majh. n. Har kim xam chaqilar, Yaxshi ot xam qoqi-lar. Maqol.
Chaqshgan tuxum. Chaqilgan gugurt cho'pi. shsh G'alvirak yong'oqning ikkitasini
30—O'zbek tilining izohli lug'ati
466
partaga ustma-ust qo'yib, bir ursangiz, ikkalasiyam chakilib ketadi. U. Hoshimov, Ikki eshik
orasi. Ana bunda chaqilgan yong'oq, bodom va danak mag'iz.. bor. N. Aminov, Qahqaha. Ot chopsa,
chaqilar tog'larning toshi. «Tohir va Zuhra».
Pistoni chaqilgan Kuchi ketgan, ishdan chiqqan (odam haqida). Bundan tashqari, sen pistoni
chakilgan odamsan, bizning qo'limiz-da uzun kosov bo'lib xizmat qshshshdan boshqa ishga yaramaysan.
A. Qahhor, Qo'shchinor chi-roqlari. Pulga chaqilmoq Puli oz qolmoq; pul yetishmasligidan
qiynalmoq. O'sha payt-larda imorat qurib, pulga chaqilib qolgan edik. Gazetadan.
CHAQIMCHI Birovning gapini birovga tashuvchi, biror kimsaning sirini ochuvchi, birovlar ustidan
maxfiy xabar yetkazib turuvchi. Bekorchidan bezib qoch, Chaqimchidan — ko'chib. Maqol. mm [Shohrux]
Har bir sovuq gap, fitnayu chaqimchilarga qulog'ini tu-tar, erkinroq fikr yurshpuvchi..
arboblarni kuvg'unga solib, e'tiborini pasaytirardi. Mirmuhsin, Me'mor.
CHAQIMCHILIK Chaqimchiga xos xatti-harakat va odatlar; ran tashuvchilik. Chakim-chilik yomon
illatdir, chunki u tufayli odam-lar o'rtasi buziladi. Gazetadan.
CHAQIN O't, o't uchquni. To'g'on tepasida elektr payvandi chakin chaqadi. S. Ahmad, Onajonlar.
Katta olov yilt etgan chaqin-dan boshlanadi. «Sharqyulduzi». Ketmoilar-ning chaqini yaltirar
edi. Oybek, O.v. shaba-dalar.
2 ayn. chaqmoq III. Bahor osmonida chaqnasa chaqin, Ko'ksingdan otilar olovli nafas. A.
Oripov. Qora bulutlar orasida qilichdek yaltirab chaqin chaqa boshladi. S. Ahmad, Jimjitlik.
CHAQIR O'tkir qirrali, qirrador. Qiya tushib turgan oftobda chaqir toshlarning aksi suvga urib,
jimir-jimir tovlanar edi. S. Anorboev, Oqsoy.
Chaqir ko'z ayn. chag'ir ko'z q. chag'ir. Va-zirning novcha, chaqir ko'z o'g'li esa, hech narsa-ni
eshitmagandek, ko'zlarini baqraytirib turardi. M. Osim, Karvon yo'llarida.
CHAQIRILUVCHI harb. Harbiy xizmat-ga chaqirilgan yoki chaqirilish yoshida bo'l-gan shaxs. Yurtdoshlar
armiyaga chaqiriluv-chilarni kuzatgani shu yerga keldilar. Gaze-tadan.
CHAQIRIM [«chaqirmoq» s. dan] Metrik o'lchov sistemasi qabul qilingunga qadar qo'llangan, 1,06
kilometrga teng qadimgi uzunlik o'lchov birligi; bir kilometr. Yod-gor qizning bir marta
kulib karashini ko'-rish orzusida sakkiz chaqirim naridan goh piyoda, goh o'rtog'ining
velosipedida kelib ketardi. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
CHAQIRIMLAMOQ Chaqirim bilan o'l-chamoq, hisoblamoq. Cho'llardan chaqirimlab emas, butun-butun
oblast` yea rayon joy-lashadigan yerlarni ochamiz. Oybek, O.v. sha-badalar.
CHAQIRIQ 1 Chaqirish maqsadida aytil-gan so'z, gaplar. G'afur akaning: -Qochadigan odam yo'q,
kelavering, — degan hazilnamo cha-qirig'i eshitildi. Shukrullo, Javohirlar sandig'i.
2 Biror xatti-harakatga undash, da'vat qilish. Demak, Boburning dunyo lazzatlari-dan
foydalanish.. to'g'risidagi nasihat va chaqiriqlari hayotdagi turli-tuman ko'n-gilsiz, baxtsiz
voqealardan.. g'am chekishning o'rniga tavsiya etilgan tadbirlardan edi. «O'TA». Komandirning
chaqiriqlari vzvod jangchilarini jasoratga chorlardi. Nazar-mat, Jo'rlar baland sayraydi.
3 Xonadonda biror munosabat bilan o'tkaziladigan mehmondorchilik, ziyofat. Yaqinda bir tanishim
kizining tug'ilgan kuni munosabati bilan mexmon chaqiriq kil-di. M. Ismoiliy, Odamiylik
qissasi.
Quda chaqiriq etn. Nikoh to'yidan keyin qudalar tarafidan kelin yoki kuyovning oilasi va
qarindosh-urug'larini chaqirib beriladigan ziyofat. Sovuqchilik quda chaki-riqdan boshlandi.
«Sharq yulduzi».
4 map. Sho'ro davrida: partiya, hukumat yoki s'ezd, qurultoy, majlis va sh.k. tomo-nidan e'lon
qilingan murojaat, da'vat yoki shiorlar. / May chaqiriqlari. mm Bo'ta-boy so'zining oxirida..
chaqiriqqa o'zining tayyor ekanini bildirdi. A. Qahxrr, Qo'shchi-nor chiroqlari.
5 Navbatdagi saylovdan keyin hamkor-likda ish olib boruvchi deputatlar tarkibi.
Chaqiriq qog'ozi Idora, muassasa va sh.k. ning rasmiy taklif qog'ozi; povestka. Qo-dirbek
bilan bo'lgan tungi mojarodan bir haftacha o'tgandan keyin militsiyadan menga chaqirik qog'ozi
kelib qoldi. M. Qoriev, Oy-din kechalar.
467
CHAQIRLAMOQ kam qo'll. ayn. shiqir-lamoq. Mahalla choyxonasida odam tiqilinch, qaerdadir choynak
qopqoqlari chaqirlaydi. «Mushtum».
CHAQIRMOQ 1 Nomini aytish, ovoz chiqarish yoki biror xatti-harakat vosita-sida muayyan joyga
kelishga undamoq, chor-lamoq. Bir vaqt Kumush xola chaqirib qoldi: -Huv Qorako'z! Munda kel,
bolam! S. Siyoev, Yorug'lik. Xon qars urib, mulozimini chaqirdi. S. Siyoev, Yorug'lik. Axmedov
imo bilan uni [Kanizakni] chaqirdi. A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari. Bo'taboy baland ovoz
bilan bri-gadirlarni chaqirdi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroklari.
2 O'ziga qaratish maqsadida nomini aytib yoki boshqa so'zlar vositasida uzoq-roq joydan turib
murojaat qilmoq. Ko'cha-ning narigi yuzidan uni kimdir chaqirdi. Hamroqul, chaqirgan kishiga
qarayman, deb gandiraklab ketdi. A. Qahhor, Asarlar.
..deb chaqirmoq Atamoq, shunday nom, so'z-ni qo'llab murojaat qilmoq. Bu kishining us-todlari..
Zokir eshon-da.. Xonuni «Zokir gov» deb chaqirar edi. K. Yashin, Hamza. Bo'lmasa sizni, amaki,
deb chaqirsam maylimi?X. To'x-taboev, Shirin qovunlar mamlakati.
3 Taklif, da'vat qilmoq. Dehqon o'zining yaqin qarindoshlarini va oshna-og'aynilarini mehmonga
chaqiribdi. «Chalpak yoqqan kun». Kuyosh tik kelganda, Cho'li bobo hammani ov-qatga chaqirdi.
Mirmuhsin, Me'mor.
Kuyov chaqirdi etn. ayn. kuyov charlar. q. charlar. Begimxonning onasi kuyov chaqirdisi-ni
o'tkazishi bilan 1939 yili Erali harbiy xizmatga ketdi. I. Rahim, Chin muhabbat.
4 Biror ish, vazifa va sh.k. ni ado etish-ga yoki unda ishtirok etishga da'vat qilmoq, undamoq.
Yordamga chaqirmoq. Musobaqaga cha-qirmoq. mm Rahbarlar Fotimaning ishini maqtab, hammani
undan o'rnak olishga cha-qirardi. T. Ashurov, Oq ot. Cholning jahli chiqib, zolim xonni urushga
chaqirdi. «Chalpak yoqqan kun». Nikoh kuni.. samovar qaynatish ishiga boyning xotini Yo'lchini
chaqirdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Majlis (yoki kengash) chaqirmoq Majlis yoki kengash bo'lishi haqida unga aloqador shaxslarga
bildirmoq, xabar bermoq; maj-lis yoki kengash o'tkazmoq. Ertoevning bax-tiga, ikkinchi
sekretar' ham kichik majlis chaqirgan ekan.. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa. Husayn Boyqaro
kengash chaqirdi. Oy-bek, Navoiy.
5 Biror narsani keltirishni so'ramoq, buyurtma bermoq (oshxona, choyxona va sh.k. larda).
[Yo'lchi] Choyxonalardan biriga kirdi. Ustunga suyanib, taxta karavotda oyog'ini uzatib o'tirdi.
Choy chaqirdi. Oybek, Tan-langan asarlar. O'zing chaqirdjg, o'zing bu-yurding. [Pulini]
To'layber!A. Qahhor, Og'ay-nilar.
6 Ollo(h), xudo, egam, parvardigor kabi so'zlar bilan birga qo'llanib, «vafot qildi, o'ldi»
degan ma'noni anglatadi. Ollo Far-ruxni o'z dargohiga chaqirib olibdi. S. Siyoev, Yorug'lik.
7 Qichqirmoq, tovush chiqarib xabar bermoq. Gudok chaqirdi. mm Bu orada yana bir xo'roz chaqirib
o'tdi. M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o.
8 ko'chma Pirovardida biror natijaga olib kelmoq; keltirib chiqarmoq. Uyqu ka-sal chaqirar.
Maqol. mm Ortiqcha kulgi yi-g'i chaqiradi. Gazetadan. Tut tepasida bir qarg'a bo'ynini cho'zib,
jon-jahdi bilan qa-g'illab, qor chaqirardi. Mirmuhsin, Qula-mas qoya.
Eshigini chaqirmoq Birovning eshigini qoqmoq, g'aqillatmoq.
CHAQIRTIKAN ayn. chaqirtikanak 2.
Do'st orttiraman desang, shirin suhbat qil, Dushman orttiraman desang, chaqirtikan bo'l. Maqol.
mm Sevishganlar — qizil gul bilan oq gul o'rtasiga tushgan chaqirtikan kim ekan? Mirmuhsin,
Umid.
CHAQIRTIKANAK 1 bot. Poyasi yer ba-g'irlab o'sadigan yovvoyi o't va uning yulduz-cha shaklli tikani.
Umid yantoq, chaqirti-kanaklar yonida cho'nqayib o'tirib, ho'ng-ho'ng iig'lardi. Mirmuhsin, Me'mor.
2 ko'chma Birovning yo'liga to'g'onoq bo'-luvchi, unga zarar yetkazuvchi. Endi qarasam, o'zim ham
chaqirtikanak ekanman, G'oziddsh Qobulov meni yulib tashlashga harakat qil-gan sayin, unjg qo'lji
qonata boshladim. O. Muxtorov, Egilgan, bosh.
CHAQIRTIRIQ Birov orqali chaqiriq. Hasanali bu chaqirtiriqdan bir narsa ham sezmagan.. edi.
A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
CHAQIRUV 1 Chaqirmoq fl. har. n.
2: chaqiruv qog'ozi aim. chaqiriq qog'ozi q. chaqiriq. Nazira Jalilovanjg o'ttiz na-far kursdoshi
imtihondan chiqiboq, chaqiruv
468
qog'ozi bilan frontga jo'nab ketishdi. «Sao-dat». Rais, sizga ruxsat, sudda xam bir-ikki
marta bezovta qilishadi. Chaqiruv qog'ozi olishingiz bilan albatta kelishingiz kerak. S. Ahmad,
Jimjitlik.
CHAQICH shv. ayn. Saqich. -Buvi, qutingiz-da bitta ham chaqich qolmadimi? — deb so'ra-di bola.
«Yoshlik.
CHAQISHMOQ 1 Chaqmoq V fl. birg. n. Mehmoshar pista chaqishib, gaplashib o'ti-rishibdi.
2 dag'l. Jipslashib, qapishib qolmoq (itlar haqida).
CHAQIQ Birovning ustidan yetkazilgan maxfiy ma'lumot, xabar; tuhmat. Boylarning chaqig'i bilan
Io'lchining ishi og'irlashdi. Oy-bek, Tanlangan asarlar.
CHAQMACHAQAR s.t. q. chaqimchi. Akamning o'rnida bo'lganimda, chaqmachaqar singlimning yuzini bir
urib, qizartirib qo'ygan bo'lar-dim. A. Ko'chimov, Halqa.
CHAQMOQ I 1 Atmosferaviy elektr za-ryadi; yashin. Osmondagi dabdabali, ammo foydasiz chaqmoq
bo'lishdan ko'ra, yerda bir tutam olov bo'lib, bir g'aribning qozonini qaynatmoq afzaldir. Uyg'un
va I. Sulton, Alisher Navoiy.
Chaqmoq chakdi Chaqmoq yalt etib ko'rindi. Mana chaqmoq chaqdi nogahon, Zimiston tun choki
so'kilar. R. Parfi. Guldur etib, bulut tarqab, Yalt-yult etib chaqmoq chaqdi. Hamza.
2 ko'chma O't, uchqun. Qizning shahlo ko'zida nafrat chaqmog'i yalt etib yondi-yu, o'chdi. «Yoshlik».
CHAQMOQ II O't oldirish asbobi. Tohir shivirlab so'radi: -Chaqmoq bilan tutan-tiriqniham
oldingmi?P. Qodirov, Yulduz-li tunlar. Papiros chekish uchun olib yurgan chaqmog'idan boshqa yorug'
beradigan bir narsa yo'q. Oydin, Mardlik — mangulik.
Chaqmoq mo'ylov Qop-qora, xushbichim mo'ylov. Chaqmoq mo'ylovini burab, do'ppisiga rayhon
qistirgan Ikromjon.. g'o'za qator oralariga kirib ketdi. Mirmuhsin, Qizil durralar.
CHAQMOQ III: chaqmoq telpak Tepasi duxobadan, jiyagi tulki, suvsar yoki qunduz mo'ynasidan
tikilgan qimmatbaho telpak. Xomtama bo'lma, sening kavushingga ular zor emas, mo'ynado'zlar
tikkan chaqmoq telpak-larni ham boshlariga urmaydilar. M. Osim, Elchilar. Shunda eshikdan
gimnastyorka, ga¬life shim va chaqmoq telpak kiygan bir yi-git engashib kirdi. «Yoshlik».
CHAQMOQ IV: chaqmoq qand To'rtburchak shaklli qandning har bir bo'lagi. Kimyogar yangi bir zarra
kashf etsa, Bu ijod boisi bo'lgan, hoynahoi, Stolning chetiga siz qo'yib ketgan Bir chaqmoq
qand bilan bir piyola choy. E. Vohidov.
CHAQMOQ V 1 s.t. Pista, bodom, yong'oq va sh.k. qattiq po'choqli mevalarni yoki ba'-zi ho'l
mevalarning danaklarini tishlab yoki biror narsa bilan urib yormoq. Abdi-shukur bodom-nucma
chaqib, achchiq choy ichib, yayrab o'tirardi. Oybek, Tanlangan asarlar. Zarar qilg'ay danakni
tishda chaqmoq. Ha-bibiy. Bola yong'oqni chaqish uchun atrofiga ko'z yugurtirib, tosh qidirdi.
«Yoshlik».
2 Qattiq narsani sindirib maydalamoq, bo'lak-bo'lak qilmoq; ushatmoq. Tosh chaqqan, sement
qorgan ham o'zim.. Mirtemir. Oppon qirrali stakan labiga tuxum urib chaqdi-da.. yaxshilab
archib, lunjiga soldi. S. Ahmad, Saylanma.
3 Bir-biriga urib, surtib, olov chi-qarmoq; yondirmoq. Gugurt chaqqandim, ko'-zim to'rdagi yog'och
sandiqqa tushdi. SH. Xol-mirzaev, Yo'llar, yo'ldoshlar. Baratov.. pa-piros olib, gugurt chaqdi.
S. Zunnunova, Yan-gi direktor.
4 ko'chma Chaqa qilmoq (q. chaqa II 1). Yalang oyoq yurib ko'rsam, shag'al barmoqlarimni cha-qib
tashladi. H. Nazir, Bir tup g'o'za.
5 ko'chma Charchatmoq, urintirmoq. -Bugun loyda ishlaysan. Qorningni to'qlamasang, loy chaqadi, —
dedi [Yigitali]. T. Malik, Ajab dunyo. Elchi Muhammadalini yo'l chaqib qo'ygan, bir necha kundan
beri o'z mehmon-xonasida dam olib yotar edi. M. Osim, Elchi-lar.
6 ko'chma Mazmun-mohiyatini anglamoq; yechimini topmoq. Iboralar ko'p, iboralarning ma'nolari
ham ko'p, har birini chaqish kerak-ki, keyin qo'lingda fonus bo'lib, yo'lingni yoritadi. M. M.
Do'st, Lolazor. [Hafiz] Alyo-xinning etyudlarini yong'oqday chaqib tash-lardi, qurg'ur. A. Muxtor,
Tug'ilish.
Mag'zini chaqmoq q. mag'iz I 3. Chakki bo'-libdi, jiyan. Yer sotgan er bo'lmaydi, er yer sotmaydi.
Mana bu gapning mag'zini chaq. Oybek, Tanlangan asarlar. Pulga chaqmoq Qiymatini pul bilan
belgilamoq, o'lchamoq. Hosilni pulga chaqib ko'rsam, katta foyda
olishim aniq bo'lib qoldi. «Yoshlik». D(alsha narsani pulga chaqib gaplashadigan savdo-garnamo
Sur'atning xatti-harakatlari doimo Umidning jinini qo'zg'ar, «nega buna-qasan?» derdi ba'zan
u. Mirmuhsin, Umid.
CHAQMOQ VI 1 Tishlab yoki nayzasini sanchib jarohatlamoq, og'ritmoq yoki zahar solmoq (ilon,
chayon, ari kabi gazandalar, chumoli, burga, chivin kabi hasharotlar ha-qida). Ma'lumki,
Hindistonda ilon cha-qishidan har yili minglab kishi halok bo'la-di. «Fan va turmush». Bir
marta chayon chaqib oluvdi, hozir o'sha esimga tushib ketdi. X. To'xtaboev, Shirin qovunlar
mamlakati. Oyog'ini chaqayotgan chumolini ushlab, ko'zdan kechirdi. «Yoshlik».
Puli chaqadi Narxi juda og'irlik, qim-matlik qiladi. O'zi yoqadi, puli chaqadi. Maqol.
2 ko'chma Achchiq gaplar aytmoq, zaxrini sochmoq. -Qanday qilay, o'lib bo'ldim, — dedi ona
ko'zidan yo'sh oqib, — otang o'lgur chaqa-man deydi. Oybek, Hyp qidirib. Vaqt o't-gan sari
onaning gumonlari asossiz ishonchga aylana bordi, u zaharli kinoyalar bilan kuevini chaqib ola
boshladi. F. Musajonov, Bahor nafasi.
3 ko'chma Chaqimchilik qilmoq, ran tashib, g'iybat qilmoq. ..u o'zi ishlamagani ishlamagan, kishilar
haqiga xiyonat qil-moqda. Yana.. bizni amirzodaga chaqadi. Mir-muhsin, Me'mor. Kim sizga
shunday deb chaqqan bo'lsa, bekor aytibdi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy.
CHAQMOQDAY, -dek 1 Chaqmoq kabi, chaqmoqqa o'xshab. U Jumaboyning turqiga, qo'lida chaqmoqday
yaraqlayotgan kamar to'-qasiga qarab turib, yuragini vahima bosdi. A. Ko'chimov, Halqa.
2 ko'chma Qop-qora; chiroyli. To'lamat chaqmoqday mo'ylovini asta silab qo'ydi. S. Anorboev,
Oqsoy.
3 ko'chma Top-toza; tartibli kiyingan; yasangan. Chaqmoqday qiz. Chaqmoqday engil-boshi o'ziga
yarashgan edi.
CHAQMOQI: chaqmoqi telpak ayn. chaq-moq telpak q. chaqmoq III. -Hammomga o't qalovchi —
go'laxlikni o'rgansang, ertayu kech o't oldidan jilmaysan, guppi bilan chaq-moqi telpakning ham
keragi bo'lmaydi, — dedi Shum bola Omonga. G'. G'ulom, Shum bola.
CHAQMOQLAMOQ 1 Sindirmoq, ushat-moq, bo'lak-bo'lak qilmoq, chaqmoq (qand, tosh va sh. k. ni).
Qandni chaqmoqlamoq.
2 Qovun-tarvuzning shirinligini, ma-zasini bilish uchun ozgina kesib olmoq. Tarvuzning yaxshi-
yomonligini ba'zilar cher-tib biladi, ba'zilar chaqmoqlab biladi. Shukrullo, Javohirlar
sandig'i.
CHAQMOQTOSH Bir-biriga yoki temir parchasiga urganda o't chiqaradigan qattiq tosh. Qoldirmish u
senga qora kun uchun Bir chimdim tuz bilan bir juft chaqmoqtosh. A. Oripov. [Zulfizar bilan
Avazxon] Ikkovi otidan tushib, dalaning xas-xashagidan yig'ib, chaqmoqtosh urib, olov chiqarib..
yon-dirib yubordi. «Zulfizar bilan Avazxon».
CHAQNAMOQ 1 Yorqin nur, olov uchqun-lari sochmoq. Zargarov sahroda yashin chaqna-gan tunlarni
yaxshi ko'rar.. edi. A. Muxtor, Bo'ronlarda bordek halovat. Quyosh dam bulut orasiga kirib, dam
keskin yaltirab chaqnar-di. Oybek, Navoiy.
2 Yarqiramoq, yalt-yalt etib tovlanmoq; yaltiramoq. ..xuddi shu payt Muqaddas ham qaradi-da,
sadaf tishlarini chaqnatib, bir kuldi. O. Yoqubov, Muqaddas. Ko'zlari xamon kulgidan chaqnab
turardi. «Saodat». Cho'qqi-larning qil uchi xuddi qilich damidek chaqnab turibdi. S. Ahmad,
Jimjitlik.
3 Yorishmoq, yop-yorug' bo'lmoq. U [Komil] to'g'ri uyga kirib.. elektrni yoqib yubordi. Yasog'liq xona
chaqnab ketdi. Oybek, O.v. shabadalar. Tuynukdan nur tushib, xonaning bir burchi chaqnab ketdi.
«Yoshlik».
4 Aks etmoq; namoyon bo'lmoq, ifoda-lanmoq, bilinmoq (nigoh, ko'z qarashga nisbatan). Nigohida
nafrat chaqnab, beix-tiyor kaftini peshonasiga bosdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina. Olazarak
ko'zlarida fa-qat tashvish va hadik chaqnardi. F. Musa-jonov, Himmat.
5 ko'chma Yashnamoq, gul-gul ochilmoq; yosh va chiroyli ko'rinishga ega bo'lmoq. ..Skameykada o'tirgan
ona hali zamon qizining chaqnab, tog' kiyigidek o'ynoqlab chiqishini kutardi. Mirmuhsin, Umid.
Chaqnab yurgan chog'i yuzlari naqsh olmaday bo'lib turar, endi.. o'zini yoshligidagiday ko'rgisi
kelar.. edi. «Yoshlik». Shu qiyofada [Qobul Komilovich] xushqad yigitlarday chaqnab ko'rinardi
ko'zga. J. Abdullaxonov, Xonadon.
6 ko'chma Jo'sh urmoq, tug'yonga kelmoq. Yuragingda chaqnasin faqat Yorug' xayol, sa-moviy o'tlar. A.
Oripov.
Oyog'idan o't chaqnamoq Shaxdam, epchil, abjir bo'lmoq. Yigit degan arg'umoqday o'y-noklab, oyog'idan
o't chaqnatib yurshii kerak. S. Siyoev, Otliq ayol. Tuyog'idan o't chaqnamoq (ot, toyga nisbatan).
Tez va yengil chopadi-gan; uchqur. Uch yoshga kirganida, [Qora Jay-ron] bulutga sakraydigan,
tuyog'idan o't chaq-naydigan ot bo'ldi. S. Ahmad, Jimjitlik.
CHAQNOQ Yarqiroq; nurli, yorqin. Go'yo chaqnoq yulduz paydo bo'ldi-yu, Fikrday yilt etib kechdi
samodan. X. Davron. Yosh do'stim, senga qarab turib havasim keladi: yuzlaring-da yoshlikka xos
tarovat, ko'zlaringda chaqnoq nur. Gazetadan.
CHAQONG'ICH shv. Chayog'go't.
CHAQUV ayn. chaqiq. Ehtimol, oraga bi-ron shubha yoki chaquv tushib, o'g'limizni hibs
qilgandirlar. Mirmuhsin, Me'mor.
CHAQCHA shv. Nosqovoq. Belida xanjar bor, chaqchada nos bor. Mirtemir.
CHAQCHAYMA Chaqchaygan, katta ochilgan (ko'z haqida). Chaqchayma ko'z.
CHAQCHAYMOQ 1 Ko'zini katta ochib, ola-kula qilib qaramoq; baqraymoq. Chaq-chayib turgan Shamsi:
-E, sizning nima ishin-giz bor, ishingiz bo'lmasin! — degan edi. Mir-muhsin, Chiniqish.
2 Katta ochilmoq (ko'z haqida). Buvimning ko'zlari chaqchayib, soqqaday dumaloq bo'lib ketdi. E.
Raimov, Ajab qishloq. Chaqchayma, Adolat! Chaqchaygan ko'zlaring erimning bo-shini yedi. I. Rahim,
Chin muhabbat.
CHAQCHAQ Xursandchilik, xushchaqchaklik bilan qilingan suhbat; hangama. Bol&shrning qizir suhbat,
chaqchaqi. Q. Muhammadiy. Su-palarga, so'rilarga to'shalgan sholcha, gi-lamlarda odamlar chaqchaqi
tinmaydi. H. Nu'-mon va A. Shorahmedov, Ota.
Chaqchaq urib 1) baland, yoqimli ovoz chiqarib. Bulbullar sayrar, kaklshlar chaq-chaq urib, har
qush bir turda sayrab turib-di. «Nurali»; 2) xushchaqchaq, xursand bo'lib. Hamisha kulib, chaqchaq
urib yuradigan dilkash odam edi u. M. Ismoiliy, Odamiylik qis-sasi.
CHAQCHAQLAMOQ Baland ovoz, ko'ta-rinki kayfiyat, xushchaqchakdik bilan ga-pirmoq, kulmoq. Tinmay
javrab, chaqchaq-lab turgan Svetlana birdan bo'shashib tush¬di, xomush bo'lib qoldi. R. Fayziy,
Hazrati inson.
CHAQCHAQLASHMOQ Xushchaqchaqlik bilan vaqt o'tkazmoq, suhbatlashmoq. Kuniga biz bilan chaqchaqlashib,
biz bilan choy icha-digan Sulton amaki bo'lsa indamay o'tirib-di. H. Nazir, Yonar daryo. Tabibiy
bilan Avaz chaqchaqlashib, to'yxonaga kirib keldilar. S. Siyoev, Avaz.
CHAQCHAQLIK kam ko'll. Xursandchilik, xushchaqchaqlik. Zamonalining chehrasidagi boyagi chakchaklik
yo'qoldi. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o.
CHAQ-CHUQ taql.s. Metall yoki metall-dan qilingan asboblarning biror narsaga urilishi
natijasida chiqadigan ovozini bidtsiradi. Temirchining «chaq-chuq» sasiga, Bir kuni deng,
ishxonasiga Kirdi o'ynab talay bolalar. S. Ochil. Tars-turs, chaq-chuq etgan tovushlar chiqib,
yuqori ko'tarilgan ket-monlarning yiltiroq sirtiga to'qingan qu-yosh nuri yalt-yult chaqnab
turardi. A. Qo-diriy, Obid ketmon.
CHAQQON 1 sft. Epchillik bilan ha-rakat qiladigan; chapdast. Burgut — ancha yirik, chaqqon va
kuchli qush. «Fan va tur-mush». Qo'shnisining chaqqon kizini ko'z os-tiga olib qo'ygan edi.
«Yoshlik».
2 rvsh. Tez, epchillik bilan. U chaqqon kiyina boshladi. «Yoshlik». Qizil chuvaklari bilan yumshok
bosib, chakqon yelib xizmat qilmasa, o'zini qayoqqa qo'yishni bilmay qo-ladi. A. Muxtor, Davr
mening taqdirimda.
Bozori chaqqon q. bozor 2. Oyoq-qo'li (yoki qo'l-oyog'i) chaqqon Juda chaqqon; epchil. Oq xalatli
yumaloq oshpazning oyoq-qo'li chaqqon. «Sharq yulduzi». Oq soti gapga chechan desam, qo'l-oyog'i ham
chaqqongina bir kishi ekai. X. To'xtaboev, Shirin qovunlar mamlakati. Tili chaqqon Yuz-xotir
qilmasdan shartta gapiradigan; shartaki. Zumradning qo'li ham, tili ham chaqqon edi. S. Siyoev,
Otliq ayol.
CHAQQONLASHMOQ Harakati tezlash-moq, jadallashmoq. Zargarning esa oyoq-qo'llari chakkonlashib,
kayfi chog' bo'lib qolganidan, To'raning unga yoqib kolganini payqash qiyin emas edi. YO. Xaimov,
M. Rah-mon, Hayot-mamot. Kampir.. borgan sari qo'l-lari qovushib, chaqqonlashib ketdi. Gazeta-
dan.
CHAQQONLIK Tez harakat qilishlik; epchillik; chapdastlik. -E, kani chiqing,
471
domla, — Ilhom chaqqonlik bilan kabina eshigini kattaroq ochvi. — Marhamat! N. Aminov,
Qahqaha. Haligi barvasta odam o'girilib, o'ziga yarashmagan chaqqonlik bilan unga intildi. M.
Mansurov, Yombi.
CHAG'ALAY Ko'llarda yashovchi yovvoyi qushlarning bir turi. Moviy ko'llar uzra suzsa chag'alay,
Adirlarda kezsa oqquv gala-lar. A. Oripov. Oqqushlarmi, chag'alaylar-mi, dengizga to'sh urib,
yana shodon ko'taril-di. M. Mansurov, Yombi.
CHAG'DAVUL, changdovul \mo'g'. chagduul] 1 esk. map. Chingiziylar, temuriylar armiya-sida
qo'shinning ort — ar`ergard qismi.
2 Qo'shinning ort qismi qo'mondoni.
CHAG'ILLAMOQ ayn. chag'irlamoq.
CHAG'IR I esk. ayn. chog'ir. El qonidan ichi-shar chag'ir, Bari birday o'g'ri, muttaham. Mirtemir.
CHAG'IR II Ola-bula, kulrang. Bashirjon chag'ir ko'zli shofyorga zimdan qarab-qarab qo'yar.. edi. N.
Aminov, Qahqaha. Sevargul jilmayibgina onasining.. chag'ir ko'zlariga tikilarkan, beixtiyor
ko'nglidan shu fikr o'tdi. N. Qilichev, Chig'iriq.
CHAG'IR III ayn. chaqir. Chagir toshlar tovonimdan tishlab olgan, Ko'llarimdan kshshkchalar ushlab
olgan. M. Yusuf. Olis, cha-g'ir toshli yo'llardan Otda yelib o'tamiz birga. X. Davron.
CHAG'IRLAMOQ «Chag'-chug'» ovoz chiqar-moq, chug'urlashmoq (zag'cha, qarga kabi qush-lar xaqida).
CHAG'IRLASHMOQ1 Chag'irlamoqfl. birg. n.
2 ko'chma Shovqin solib, biri olib-biri qo'yib gaplashmoq, chuvurlashmoq.
CHAG'IR-CHUG'UR taql. s. I Qushlarning baravar sayrashidan, chug'urlashidan chiqa-digan betartib
ovozni bildiradi. Aglaqa-yerdan uchib kelgan qushlarning chag'ir-chug'ur sayrashigina eshitiladi.
3. Fatxullin, So'n-mas yulduz.
2 ko'chma Betartib, baqirib-chaqirib so'z-lashish, olag'ovur suhbat. [Boy:] Hoy, ichkari kir,
chag'ir-chug'urdan qulog'im bitdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Ularning chag'ir-chug'ur aralash
qahqahalari hovlini yangratdi. Oy-bek, Tanlangan asarlar.
CHAG'IRQANOT O'rdaklar kenja oila-siga mansub bir turli yovvoyi o'rdak.
CHAG'RAK Turkiy etnik guruh. Taxmin qilinishicha, chag'raklar qipchoq qabilalari¬dan biri bo'lib,
11—12-asrlarda Farg'ona vodiysining tog'li hududlariga kelib o'rna-shib qolgan. «UzME».
CHAG'-CHAG' taql. s. Zag'cha, qarg'a singari qushlarning ovozini bildiradi. Ba'zan chag'-chag' etadi
birdan Zag'chalar ham topgandek visol. Gazetadan.
CHAG'CHAG'LAMOQ «Chag'-chag'» ovoz chiqar-moq, sayramoq. Yonimdan chag'chag'lab o'tgan zy to'rg'ay,
Sevinchimni kuylab uch yana baland. H. Po'lat. Butun dunyoning bulbuli shu yer-larga yig'ilib
kelganday, har shoxda chag'-chag'laydi. SH. Xolmirzaev, Saylanma.
CHAG'-CHUG' ayn. chag'-chag'. Qora qarg'alarning kuzda to'da-to'da bo'lib da^shlardan qaytish
payp`tridagi qattiq chag'-chug'lari diqqat-ni jalb etadi. Gazetadan.
CHEVAR 1 Kiyim-bosh yoki kashta ti-kishga usta ayol, moxir tikuvchi. Mana shu chevar qizlar
xaridorgir mahsulot tayyor-lashadi. «Saodat».
2 ko'chma O'z ishining mohiri, ustasi; uddaburo. Paxtalar vatanining asl chevari - Paxta
dalasining qiz-juvonlari. G'. G'u-lom.
CHEVARA Evaraning farzandi — o'g'li yoki qizi (katta boboga, buviga nisbatan). Bu yigit bir
vaqtlar uning chevarasi Temir bilan qalin o'rtoq edi. H. G'ulom, Zamin yulduzlari.
CHEVARLIK 1 Kiyim-bosh tikishga mohirlik. Qizlar chevarlikni ishtiyoq bilan o'rganmoqdalar.
Gazetadan.
2 Mohirlik, uddaburonlik. Uning /Ja-milaning] ozodaligi, husn-jamoli, pazanda, chevarligi
hammaning og'ziga tushib ketgan. Xamza, Boy ila xizmatchi.
CHEVRILMOQ Aylanmoq. Moskvadan samolyot Toshkentga yetib, Lolalar ustida chevrilar edi. G'.
G'ulom. Hammaning armoni — so/aysin qo'shiq, Zarrin qanotida chevrilsin osmon. A. Oripov.
CHEGA 1 Chinni asboblarning sinig'ini ulash uchun ishlatiladigan, ikkala uchi qay-rilgan metall
mixcha. Chega tushgan kosa. Ti-rishganning to'qmog'i toshga chega qoqadi. Ma-qol.
2 Idishlarning shunday mixchalar bilan ulangan, chegalangan yeri. Piyolaning chegasi-dan suv
sirqiyapti.
3 Yog'och mix.
472
CHEGALAMOQ Singan chinni idish-as-boblarni chega bilan ulamoq, butunlamoq. Piyolani chegalagan
bilan bari bir izi bili-nib turadi. «Sharq yulduzi». Shu lahzada Qamchinbekning ko'zi
chegalangan bir choynakka tushibqoldi. Mirmuhsin, Supurgiga sajda.
CHEGANA shv. ayn. chakana 3.
CHEGARA 1 Bir-biriga qo'shni, yondosh bo'lgan viloyat, tuman, hudud orasidagi had, bo'linish,
ajralish chizig'i. Endi Qorabuloq chegarasidagi dovondan o'tib olishsa, u yogi oson. M. Ismoiliy,
Farg'ona t. o.
2 Qo'shni davlatlarning suvdagi va qu-ruqlikdagi hududini, doirasini ko'rsatuv-chi chiziq.
Davlat chegarasi. Chegara soqchisi. mm Qalandarlar chegaradagi nazorat punk-tidan xat-
hujjatlarini ko'rsatib, Tur-kiston tuprog'iga o'tishdi. K. Yashin, Hamza.
3 Oxir, nihoya, poyon. Cho'lning chegarasi yo'qdek.. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
4 ko'chma Chek, me'yor; o'lchov; doira. Odob chegarasi. mm Ammo u sabr-bardoshning ham chegarasi
borligini allaqachon bilib olgan.. X. Sultonov, Onamning yurti. Bu gazandalar vahshiyligshing
chegarasi yo'q ekan-daP. Rus-tamov, Mangu jasorat.
Chegaradan chiqmoq Biror xatti-harakat-da me'yorga rioya qilmaslik. Hey, Nishopu-riy! Chegaradan
chiqib ketyapsiz! [dedi Badia/. Mirmuhsin, Me'mor.
CHEGARADOSH Umumiy chegaraga ega bo'l-gan, yonma-yon joylashgan; qo'shni. Chegaradosh davlatlar. mm
Kolxoz katta, bu yog'i konchi-lar shahri Kensoyga chegaradosh. S. Siyoev, Otliq ayol.
Mirzakarimboy.. odamlarning yerlarini — agar ularning yerlari o'z yerlariga chegaradosh bo'lsa —
o'zinikiga qo'shish uchun.. har qanday nomus va adolatning betiga tupurar edi. Oybek, Tanlangan
asarlar.
CHEGARALAMOQ 1 Ikki orani, chega-rani belgilamoq; chegara bilan ajratmoq. Davlatlarni
chegaralamoq.
2 ko'chma Belgili talab, o'lchov, me'yor va sh.k. bilan cheklamoq. chek qo'ymoq. Haq-hu-quqini
chegaralamoq. Ta'sir doirasini chega-ralamoq. mm Jumladan, komediyadagi ayrim orshiqcha
ko'rinishlar bshshn tashbeh, holat va elementlar chegaralab tashlangan. Gazetadan.
CHEGARALI 1 Belgili chegara bilan o'ralgan, chegarasi bo'lgan, ma'lum chegara doirasidagi.
2 ko'chma Ma'lum talab, o'lchov, me'yor va sh.k. bilan cheklangan; chekli, o'lchovli; hisobli.
Nikolinning qalbini yangi bir qo'r-qinch tatalardi: o'q-dori, oziq-ovqat unda chegarali edi.
Oybek, Quyosh qoraymas.
CHEGARASIZ 1 Belgili chegarasi yo'q, ma'lum chegara bilan ajratilmagan.
2 ko'chma Cheklanmagan, xech qanday chek, chegara qo'yilmagan yoki qo'yib bo'lmaydigan, cheki, chek-
chegarasi yo'q; cheksiz, bitmas-tuganmas, benihoya. Chegarasiz xayollar. mm Qizning orzulari
chegarasiz edi. «Yoshlik».
CHEGARACHI Davlat chegaralarini muho-faza qiluvchi harbiy xizmatchi; chegara xiz-matchisi,
soqchisi. Mening yorim chegarachi — yovga yo'l bermas. «Qo'shiklar».
CHEGACHI Singan chinni, sopol idish-larni chegalovchi, chega qiluvchi. Eski Jo'va-da hangama ko'p.
Bir tomonda siniq chinni-lar yamoqchisi — chegachilar g'uv-g'uvi avjida. Oybek, Bolalik.
CHEGIRMA Biror mikdordagi pul, mablag', narsa va sh.k. dan chegirib olingan qism, hissa.
CHEGIRMOQ Biror miqdordagi pul, mablag', narsa va sh.k. dan ma'lum qismni chiqarib tashlamoq;
ushlab, tutib qolmoq. Ish haqidan qarzini chegirmoq. Ogirligidan HUM-AUK uchun 5% chegirmoq. mm
Ish haqingizdan chegirib qolinadi, deb ogox^shntirishdi. Ga-zetadan.
CHEK I 1 Davomli narsa yoki hodisalar-ning eng so'nggi chegarasi, oxiri, nihoyasi, poyoni.
Yo'lning cheki. Cheki yo'q dasht. Chek nuqta. Chek yo'l. mm O'z yerining cheklariga bo-sib tikan.. G'.
G'ulom.
2 ko'chma Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan chegara; me'yor. Xar narsaning cheki bor. Chek-dan chiqmoq.
Donolikning cheki yo'q. Maqol. Qurollanishga tezroq chek qo'yish lozim. Ga-zetadan. U dahshatli
xayollarga chek qo'yib, darhol institutga otlana boshladi. Ga-zetadan.
CHEK II \f. 2 Zimma; majburiyat. Sizdan yashiradigan cup yo'q, to'yning noni mening chekimga tush-gan edi. N.
Safarov, Olovli izlar. Shu yillarda onaning xolidan xabar olish To-jixon opalarning chekiga
tushgan. A. Nurmu-rodov, Urush bevalari.
3 Takdir, qismat, peshona. Chekingga tush-sa, chekchayma. Maqol.
Chek tashlamoq Qur'a tashlamoq, qur'a tashlab baxt sinamoq, o'z chekiga tushganini aniqlamoq.
CHEK III \ing,1. check < f. Ma'lum yuridik shaxsning joriy hisob raqamidan muayyan mikdordagi pulni berish yoki o'tkazish
haqidagi yozma farmoyishdan iborat maxsus xujjat. Chek bilan pul olmoq.
2 Kassa tomonidan beriladigan, tovar uchun to'langan summa ko'rsatilgan talon, shuningdek,
to'lanishi lozim bo'lgan summa ko'rsatilgan va kassaga takdim etiladigan kvitantsiya.
Sotuvchining qo'li-qo'liga tegmas, chek olib, odamlarga sut, kefir berardi. Mirmuhsin,
Ildizlar va yaproklar.
CHEK IV 1 q.x. Sholi ekish uchun tekis-lanib, marzalar bilan ajratilgan yer, dala uchastkasi.
Shahardan chiqib, katta-kichik qishloqlarni, mayda-yirik cheklarni kesib o'tgan chang-tuproq
yo'lda.. Hoji xola yoshgi-na juvon bilan.. boradi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 Shaxsiy uy-joy qurish uchun aj-ratilgan yer maydoni va shu yerga qurilgan uy-joyning o'zi.
CHEKA s.t. Chet, chekka. Chekaga chiq! mm [Komandir] Bir chekadan pulemyotga chaqir-di. Shuhrat,
Shinelli yillar.
CHEKA [r. «Chrezv`taynaya komissiya» (favqulodda komissiya) birikmasi qis-qartmasi (CHK)ning
o'qilishi] map. Sho'ro davrida 1918—1922 yillarda mavjud bo'l-gan «Aksilinqilob va sabotajga
qarshi kurash bo'yicha Butunrossiya favqulodda komissiyasi»ning qisqargan nomi. [Muhar-pup.J
Axboringiz uchun Cheka o'sha vaqtlarda boqimsiz bolalar ustidan g'amxo'rlik qilish-nio'z zimmasiga
olgan edi. A. Qahhor, Sarob.
CHEKANKA [r. chekanka] q.x. G'o'zaning, uzumning yuqori shoxlarini yoki yuqori shox uchlarini
qirqish, uzish, chilpish. Hosil tugish davrida g'o'zani chekanka qilish muhim agrotexnik
talablardan hisoblanadi. Gaze-tadan. Ilgari chopiq, yaganayu chekanka ham o'quvchilarsiz bitmas
edi. M. Hazratqulov, Jur'at.
CHEKANKACHI G'o'zani chekanka qiluvchi mutaxassis dehqon.
CHEKIM Bir marta chekiladigan, bir chekishga yetarli, bir chekishli. Bir chekim HOC. mm Turdiboy
undan bir chekim nos olib, chekmoqchi bo'lib, burnining yaqiniga keltirib. Elmurodga tikildi.
P. Tursun, O'qituvchi.
CHEKIMLIK Chekiladigan narsa (ma-xorka, papiros, sigareta, nasha va sh.k.).
CHEKINDI Chekib tashlangan yoki chekib tamomlanmagan papiros, sigareta va sh.k. qoldig'i. Gugurt
cho'pi va maxorka chekindi-lariga diqqat bilin qaradi. Oybek, Quyosh qoraymas.
CHEKINISH Chekinmoqfl. har. n. Niho-yat, yarim kechaga borganda, dushman tamom holdan toyib,
chekinishga majbur bo'ldi. A. Qaxdor, Oltin yulduz.
Lirik chekinish ad. Biror maqsadda aso-siy mavzudan chetga chiqilgan, muallif his-tuyg'ulari
ifodalangan lirik parcha.
CHEKINMOQ 1 Orqaga tisarilmoq, tis-lanmoq. Direktor rangi o'chib, sal orqaga chekindi. «Sharq
yulduzi». O'sar buxgalter, tumshug'ini ari uyasiga tiqib olgan ayiqday, ortiga chekindi. A.
Ko'chimov, Xalqa. Xotin noz bilan chekindi. S. Ahmad, Hukm.
2 harb. Dushman qujumi natijasida ilgarigi pozitsiyalarni tashlab, orqaga ketishga majbur
bo'lmoq, orqaga jilmoq. Dushman tepadan jang bilan chekinarkan, muallim yana hammadan oldinda
o'tga kirib ketdi. Oybek, Quyosh qoraymas. Asirni dar-hol so'roqqa tutdik. U chekinish vaqtida
qurshovda qolgan artilleriyachilardan ekan. N. Safarov, Olovli izlar.
3 ko'chma Qaytmoq, voz kechmoq. Oyqiz ham o'z fikridan aslo chekinmay, qat'iy tura-verdi. SH.
Rashidov, Bo'rondan kuchli.
4 ko'chma O'tmoq, tugamoq. Qishning so'nggi kunlari asta-sekin chekinmoqda edi. SH. Ra-shidov,
Bo'rondan kuchli.
5 ko'chma Yo'qolmoq, yo'q bo'lmoq. Orqaga chekinar nim qorong'ilik. X. Davron. Oyning xira yog'dusi
chekindi. «Yoshlik».
6 ko'chma Chetga chiqmoq. Qoidadan chekinmoq. CHEKIST [r. chekist] Cheka xodimi, a'-
zosi. Toshkentda menga uchra. Seni shogird qilib olaman. Chekist bo'lasan. Xo'pmi? H. G'ulom,
Mash'al.
CHEKISH 1 Chekmoq II fl. har. n. U che-kishning ham mashqini olgan edi. Mirmuh-sin, Umid. U
[Dumbul G'ani] allaqanday yuto-qib, shoshib, chekishni qo'msab, gugurt chaqish¬
474
ga urinar, lekin qo'llari qaltirab, hadegan-da uddasidan chiqa olmasdi. M. Mansurov, Yombi.
2 Sigareta; iste'mol qilinuvchi nar-kotik modda. ..yigitcha ikki og'aynisi bilan muyulishda
turardi. Uyana chekish so'radi. «Yosh-lik».
CHEKKA Narsalarning, joyning o'rta qismiga, markaziga nisbatan eng cheti, chetki tomoni; yon,
yoqa, qirg'oq, chet. Aivon-ning chekkasi. Yo'lning chekkasi. Chekkadagi odam. mm Yo'lning
chekkasida qator terdk-lar saf tortgan. Gazetadan.
Bir chekkadan 1) biror tomondan, bir chetdan. Bir chekkadan kimningdir ovozi eshi-muiidu; 2)
bir boshdan, batartib. Non yasab bo'lguncha, tandir qizidi. Keyin bir chekkadan yopdim. Oybek,
Tanlangan asarlar. Bir chek-kasi 1) bir cheti, tomoni. ..tip-tiniq os-monning bir chekkasida
bo'zargan oy xomush osilib qolgan edi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol; 2) krsh. s. vzf. Bir
hisobda; shu-ningdek. Hakimboyvachcha uchun Yo'lchi sinal-gan, azamat bir malay va, bir chekkasi,
ka-rindosh edi ham. Oybek, Tanlangan asarlar.
CHEKKALIK Chekkaga, markazdan chet yer-ga mansub. Chekkalik kishi.
Bir chekkalik tur Chetga chiqib tur. Ish-lar bir chekkalik bo'ldi Ishlar bartaraf bo'ldi.
CHEKLAMOQ Belgili talab, o'lchov, me'yor va sh. k. bilan chegaralamoq; chegara, chek qo'ymoq;
chegarasini belgilamok,, qat'iy qilib qo'ymoq. Vaqtni cheklamoq. mm Buning ustiga,
tarjimonning lug'atini ham chek-lash uni butunlay zanjirband qilib qo'yar edi. «O'TA».
CHEKLANMOQ 1 Cheklamoq fl. majh. n Xarajatlar cheklandi. Vaqt cheklandi.
2 Chegaralanmoq, kifoyalanmoq. Toshkent tibbiyot instituti shifokor mutaxassis-lar
yetishtirishning o'zi bilan cheklanmay-di. «Guliston».
CHEKLI 1 Cheki, oxiri, poyoni bo'lgan. Chekli fazo. Chekli miqdor (mat).
2 Cheklab qo'yilgan, o'lchovli, hisobli. Chekli vaqt. Chekli mablag'.
CHEKMOQI esk. Tortmoq, urmoq. Tig' chek-moq. mm Armon bilan bshmaganni bildirar, Xanjar chekib,
qora bag'ring tildirar. «Kun-tug'mish».
CHEKMOQ II Boshdan kechirmoq, ruhan yoki jisman xis qilmoq. Azob chekmoq. Ma-shaqqatlar chekmoq.
mm ..foniy dunyo azob-uqubatlarini ko'p chekkan banda boqiy dunyo rohatini ko'radi. Mirmuhsin,
Memor.
Jon chekmoq Astoydil, jonini jabbor-ga berib ishlamoq, harakat qilmoq. Me'-morning dasht
oftobida sardoba qurib beraman, deb jon chekib yurganini ko'rayotgan shogirdlari ustodga
achinishardi. Mir-muhsin, Me'mor. Oh (yoki nola, faryod, yohu) chekmoq Chuqur qayg'urib, iztirob
bilan yig'lamoq; oh tortmoq. Oxlar chekib har dam kunduz, Jo'rasi yo'q o'zi yolg'iz. «Baxrom va
Gulandom». Krbil Komilovichning o'zi esa ait-eon ustuniga dam-badam boshini urib, nola
chekardi. J. Abdullaxonov, Xonadon. Yi-gitlar maktubin bitganda qondan, Kelin-lar firoqdan
chekkanda yohu, Uning ham pano-hi qaytmadi jangdan.. A. Oripov,
CHEKMOQ III 1 Iste'mol qilmoq. Si-garet chekmoq. Chilim chekmoq. mm Oramizda besh kishi maxorka
chekadi. S. Siyoev, Yorug'-lik. Men ham uni ko'tarayotganimda, shunday achimsiq hid dimog'imni yorib
yuboray degandi, nasha chekkaniga iqror bo'ldim. Gazetadan. U ayvon chekkasida sigaret chekib
turardi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2 Sanchib, kuydirib, bosib tasvir. naqsh, bezak hosil qilmoq, bezamoq. Egnida to'q ko'k
sheviotdan kostyum, yoqalariga gul chekilgan och pushti bluzka. Oydin, Suhbati jonon.
Imzo chekmok, Qo'l qo'ymoq. Safo Avezov o'ng qo'li bilan aktga imzo chekdi. «Mushtum».
CHEKSIZ 1 Chski, chegarasi, oxiri, poyo-ni yo'q; poyonsiz, bepoyon. Cheksiz fazo. Chek-siz paxta
dalalari. Cheksiz miqdor (mat.). mm Bir ozdan keyin Qumri cheksiz dashtga ishora qildi.
Mirmuhsin, Qumri va Ta-manno.
2 ko'chma Cheklanmagan, juda katta; bit-mas-tuganmas; benihoya; chuqur. Cheksiz sado-qat. Cheksiz
imkoniyatlar. mm Buzruk eshon-ning Hamzaga nisbatan adovati cheksiz edi. K. Yashin, Hamza. Men
cheksiz hayrat va diq-qat bilan Hilolaga tikildim. O. Mo'minov. Xiyobondagi uch uchrashuv.
{Ayaning/ Dardli ko'zlarida cheksiz alam, lablarida unsiz ta'-na. O. Yoqubov, Diyonat.
CHEKSIZLIK 1 Cheksizbo'lishlik, bepo-yonlik. Osmonning cheksizligi. Sadoqatning cheksizligi.
475
2 mat. Cheksiz mikdor. Cheksizlikka in-tiluvchi son.
CHEKCHAYMOQ shv. Chaqchaymoq; baqray-moq. Chekingga tushsa chekchayma. Maqol. shsh Ilgari kiyik bilan
kuchuk bir-birlaridan qo'rqar, bir-birlariga yaqin kelolmay, chek-chayib turishardi. \. Nu'mon,
Fasllar.
CHEL shv. Ekin maydonlari, yer pol (tax-ta)lari orasidagi chegara; uvat. Rezina etik-li kishi
ertalabdan buyon dala aylanib, chellarni ko'zdan kechiradi. Gazetadan.
CHELAK Asosan suyuqliklarni sakdash, tashish uchun xizmat qiladigan, silindr shaklli, yoysimon
bandli idish; paqir. Sirli chelak. Bir chelak suv. tsh Quduq bo'yida chelak to'la suv va zanjirga
bog'langan mis jom turardi. S. Ayniy, Doxunda.
CHELAKLAB rvsh. Chelak bilan, chelakda. Chelaklab suv tashimoq. ish Qurilishda esa sement bilan
qum aralashmalari chelaklab qo'lda tashilmoqda. «Mushtum».
Chelaklab quymoq 1) chelak bilan quymoq; 2) ko'chma sharros quymoq, qattiq yog'moq (kuchli yomg'ir
haqida). Bulutlarningharaka-ti bejo. Hash zamon tepamizdan chelaklab quyib bersa ham,
ehtimol. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar. Tunlari chelaklab yomg'ir quyadi, ertalab qarasang,
ekin-tikinlaringdan nom-nishon yo'q. J. Abdullaxonov, Xonadon.
CHELAKCHI Chelak yasaydigan yoki tuzata-digan usta.
CHEMODAN ayn. chamadon. Xotini — Anna issiq kiyimlarni chemodanga joyladi.. Oy-din, Hikoyalar.
CHEMPION \ing.1. champion < fr. cham¬pion — jangchi; kurashchi] Sportning biror g'uri bo'yicha
shahar, viloyat, mamlakat yoki jahon birinchiligi uchun o'tkazilgan muso-baqa g'olibi bo'lgan
sportchi yoki sport ja-moasi. Bugun hammaning og'zida bir gap: Rus-tam Qosimjonov — shaxmat
bo'yicha jahon chempioni! Gazetadan.
CHEMPIONAT \r. chempionat < ingl. championship] Chempion unvonini olish, chempionni anikdash
uchun o'tkaziladigan musobaqa, bellashuv. Shaxmat chempionati. sht Futbolchshshrimiz chempionatning
kumush medalini qo'lga kiritishdi. Gazetadan.
CHEN shv. Chama, mo'ljal; o'lchov. Kim ta-nimas Ko'kan degan kolxozchini, Tanimagan eslab ko'rsin,
yetsa cheni. G'. G'ulom.
CHENA s.t. Chana.
CHEP kt. harb. Turli narsalarni ayqash-uyqash bosib, yovga qarshi qurilgan to'siq. Chep qurmoq.
sht 1365 yilda shahar zarbdor-lari shaharni mo'g'ullardan faqat ko'chalar-ga chep bosib himoya
qilgan edilar. YA. G'ulo-mov, Ko'hna tarix izlari.
CHER fol`k. Alam, qayg'u; dog'. Ko'p chopil-sa, otingizdan ter kelar, Yomon gapga yurak-lardan
cher kelar. «Oysuluv». Yuragida cher edi, Gurkuragan er edi. «Hasanxon».
CHERVON \r. chervonets < pol. czerwony — tillarang, qirmizi] map. SobiqSSSRda: 1922-1947
yillarda muomalada bo'lgan o'n so'mlik pul; davlat kredit bileti. Kampir hayron: bundoq
chervonlarni Qur'onning ichida saqlaydigan cholga nima balo bo'ldi? Mirmuhsin, Bir xumcha
tilla.
CHERDAK \t. Qo'rg'onning to'rida ikkita oq uyning qamish bilan yopilgan cherdagi sal-pal ko'-rinadi. S.
Anorboev, Oqsoy.
CHEREPITSA \r. cherep — bosh chanog'i < sansk. korpara — po'st, qobiq] bnk. Sopol va sement-qum
qorishmasi, shunpngdek, me-tall, plastmassa kabi materiallardan tayyorlanadigan, tom yopish
uchun ishlati-ladigan novli plastinka shaklidagi quri-lish materiali. Sopol cherepitsa. Tunuka
chere-pitsa. shsh Nazarov jangchilarni cherepitsa tomli pastakkina xata oldida qoldirib, ichkariga
kirib ketdi. H. G'ulom, Toshkent-liklar.
CHERYOMUXA \qad.r. cherema — qorachadan kelgan, bug'doyrang.] Shox-shabbalari keng, gullari
xushbo'y qidli, rezavor mevali, ra'nodoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta; shumurt.
CHERIK \mo'g'. sereg - askar, jangchi; qo'shin < sansk. ksatrika — qo'shin, lashkar] map. Harbiy
yurish vaqgida oliy hukmdor tomonidan chiqarilgan farmonga muvofiq yig'iladigan muntazam
qo'shin. Cheriklar o'tadi janggohlar tomon. X. Davron. Cherik o'yushk, yuzlik, minglik va
tumanlarga taq-simlangan va ularga o'nbegi, yuzbegi, mingbe-gi va tumanbegilar sardorlik
qilgan. «O'zME».
CHERKAS q. cherkaslar. Cherkas tili. Cher-kas ayol.
CHERKASLAR Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkasiya Respublikasida yashov-
chi, kabardin-cherkas tilida so'zlashuvchi xalq (o'zlarini adige deb atashadi).
CHERKEZ Cho'llarda, qumloq yerlarda o'sadigan, yem-xashak bo'ladigan dorivor yirik buta yoki
daraxt. Cherkez nomli o'sijik mevasidan dorivor moddalar olinadi. «Fan va turmush».
CHERKOV \r. serkov` < yun. kyriake — xu-doning uyi] 1 Xristianlar ibodatxonasi. O'zbekistonda
160 ta xristian cherkovi faoliyat ko'rsatadi. «UzME».
2 Xristianlikda: o'z diniy aqidalari va marosimlari tizimiga ega bo'lgan max-sus diniy
tashkilot. Cherkovga mansub ki-shilar ruhoniylar va oddiy dindorlarga bo'-linadi. «UzME».
Cherkovlarda xudojo'ylar Sajdagohga bosh qo'yadi. E. Oxunova.
CHERTYOJ [r. chertyoj < qad.r. chersti, chertu — chizmoq] esk. ayn. chizma. Donishmand rais chertyoj
chizib, zovurlar chizig'ini bel-giladi. N. Safarov, Olovli izlar. Men do'stimning yoniga
chiqsam, Chertyojlardan yozar dasturxon. E. Vohidov.
CHERTIB-CHERTIB 1 Chertib s. takr. Stolni chertib-chertib gapirmoq.
2 ko'chma rvsh. Saralab, tanlab-tanlab. ..akademik yozuvchimiz Oybek «Navoiy» roma-nida juda
ko'p frazeologik iboralar, maqol, matal va idiomalarni chertib-chertib ish-latgan. «UTA».
3 ko'chma Har bir so'zni alohida ta'-kidlab, dona-dona qilib (so'zlashish pay-tida). -Io'q
desangiz, bir umrga xayr! ~ dedi chertib-chertib Shahzodaxon. K. Yashin, Hamza.
CHERTMAK 1 Barmoq bilan chertib be-rilgan zarb.
Chertmak olmoq Kimsaning biror yeriga chertmoq. Chertmak o'inamoq hazil Yutqizgan kishiga chertish
yo'li bilan jazo bermoq; chertmak olish sharti bilan o'ynamoq.
2 Chertib chiqarilgan ohang, ritm, kuy. Dutor yoniga childirmaning chertmagi kelib qo'shilgandan
keyin, bazm tag'in ham jon-landi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Chertmak chalmoq Biror narsa chertib, ohang chiqarmoq yoki asosiy kuyga jo'r bo'l-moq. Qo'shiqni
yoshlar aytsin, ular chalgan chertmakka Sel bo'lib, bosh irg'atib ko'ya qo-lish kifoya. G'. G'ulom.
CHERTMOQ 1 Barmoq bilan keskin zarb bermoq, barmoq bilan urib, past, keskin ovoz chiqarmoq,
taqillatmoq. Oynani chertib chaqirmoq. Tarvuzni chershib ko'rmoq. Do'ppisi-ni chertib tozalamoq.
shsh Avaz hazillashib, uning takir boshiga ikki marta chertdi. S. Siyoev, Avaz. Bo'ta idoraga
kirib, stulga o'tirdi. Nima qilishni bilmay, stolni cher-tib, xayolga toldi. S. Ahmad, Xukm.
Burniga chertsa yiqilguday Juda ham ozg'in, holdan toygan. Ixcham yelkalari yana ham kichkina
tortib ketgan, burniga chertsa yiqilguday charchagan bo'lsa ham, o'zini tetik tutishga.. tirishar
edi. Shuxrat, Shinelli yillar.
2 Chertmak bilan itqitmoq, uloqtirmoq. Zokir qo'lidagi qog'ozni ikki buklab, cho'n-tagiga soldi
va yo'l-yo'l boston pidjagining yengiga yopishgan uvoqni chertib tashladi. P. Qodirov, Uch ildiz.
[Mo'minjonning otasi} Quyuq qoshlarini chimirib, chekib turgan papirosini gullar orasiga chertib
yubordi-da, uyga kirib ketdi. Q. Maqsumov, Muhabbat qo'shig'i.
3 Barmoq yoki barmoqlar bilan zarb berib chalmoq. Top chertmoq. Do'mbira chert-moq. sht U yaxshi
chalayotganini, mop o'zining qo'lida bulbulday sayrayotganini bilar, bil-gan sari zavq bilan
chertardi. O'. Hoshimov, Bahor qaytmaydi.
Ho'kizning (yoki eshakning) qulog'iga tan-bur chertmoq q. tanbur.
CHET 1 ot Biror narsaning markazidan uzoq atrof, joy; biror narsaning eng chekkasi; chekka,
ovloq. Shahar cheti. Supa-ning cheti. Chet joy. Chet o'lka. tsh -Mana akcha, — Mirzo cho'ntagidan
tilla tangalar to'ldirilgan xaltachani chiqarib, dasturxon chetiga qo'ydi. Mirmuhsin, Me'mor.
Yo'l-larning ikki chetidagi ariqlar va chuqurlar ko'chma qum, xas-xashak bilan to'ldi. SH. Ra-
shidov, Bo'rondan kuchli. To'qqiz-o'n kunlik oy shaharning qoq ustida cheti qoraygan barkashdek
yaltirab turar edi. A. Qodiriy, Mexrobdan chayon.
2 Biror ob'ektga nisbatan boshqa tomon, taraf; tashqari. Chetga qaramoq. Chetga tort-moq. sht
Ra'no yuzini chetga o'girib, kulib turar edi. A. Qodiriy, Mexrobdan chayon. Murzin Elmurodni
ko'rib, chetga burildi. Shuhrat, Shinelli yillar.
Chetda qolmoq 1) bir chekkada, tashqari-da qolmoq; 2) bebaxra bo'lmoq; biror fao-liyatdan
tashqarida bo'lmoq. Ishdan chetda qolmoq. Nazardan chetda qolmoq. tsh Rahmat so'zdan chetda
qoldirmaslik uchun Otabekni ham oraga oldi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Biroq turkiy tillar
materiallari hozirga qadar lingvist-strukturalistlar e'tibo-ridan chetda qolib kelmoqda.
«O'TA». O'zini chetga olmoq (yoki tortmoq) 1) o'zini bir chek-kaga, panaga olmoq, bir tarafga,
tomonga chiqmoq, o'tmoq; chetlamoq. Naq shu pallada darvozadan katta qora sigir shataloq otib,
orqasida bir kishini surib kirdi. Boy cho'chib, o'zini chetga oldi. Oybek, Tanlangan asarlar; 2)
ko'chma biror ishdan o'zini olib qochmoq.
3 Qirg'oq, sohil, yoqa, lab. Daryo chetidagi daraxtlar aksi suvda chayqaladi. «Yoshlik».
4 ko'chma sft. Begona, ajnabiy, xorijiy. Chet el. Chet mamlakat. Chet tili. shsh O'nin-chi sinfda
chet tili to'garagining mashg'ulo-ti borardi. S. Zunnunova, Yangi direktor. Devorda va yerda
qimmatbaho gilamlar, a'lo sifatli chet el garnituri. F. Musajonov, Himmat.
5 ot Tashqari, sirt; chekka. Chetdan odam yollash. Chetdan tomosha qilib turmoq.
CHETAN I 1 Sochiluvchi yuklarni tashish uchun tol, tut novdalaridan to'qib yasalgan maxsus kajava,
kuzov. Qovunim pishib chirib ketdi. Jilla bo'lmasa, bitta chetanda olib tushay-da, sotib,
bolalarga kiyimlik olay, deb xayol qilgan edim. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Chetandan qilingan, chetan bilan o'ral-gan. Adolat xirmondagi paxtani chetan ara-vaga
ortgach, tepasiga o'tirib, qishloqqa jo'nadi. I. Rahim, Chin muhabbat. Ular che-tan devor bilan
o'ralgan mo''jazgina hovliga kirib borishdi. R. Fayziy, Cho'lga bahor kel-di. Keyin bilsam,
chaylaning chetan eshigi ochshshb-yopilayotgan ekan. H. Nazir, Yonar daryo.
CHETAN II Ra'nogullilar oilasiga man-sub, qizil yoki sarg'ish shoda-shoda mevali daraxt yoki buta
hamda uning mevasi.
CHETKI Chekka tomondagi, chet tarafda, chetda bo'lgan, chetda joylashgan. Chetki uy. Eng chetki
qator. tsh Mahkam yelpig'ichga o'x-shatib qo'yilgan biletlardan chetkisini tortdi. P. Qodirov, Uch
ildiz.
CHETLAMOQ Chekkaga chiqmoq, chet to-monga o'tmoq; belgili yo'ldan bormay, chet-da yurmoq, harakat
qilmoq. Kumush bo'lsa, onasining hozirgi holiga achingandek, unga yaqinlashmay, chetlab yurar. A.
Qodiriy, O't-gan kuilar.
Chetlab o'tmoq 1) aylanib, chap berib o't-moq. Rasuljonning g'azabi qaynab, akasini chetlab
o'tmoqchi edi, yana shashtidan qaytdi. J. Abdullaxonov, Xonadon; 2) ko'chma ta-qilmay, tilga
olmay o'tmoq, tashlab o'tmoq. Shu boisdan ham ekstremistlar o'z yig'inla-rida bunday qaltis
savollarni chetlab o'ti-shadi. Gazetadan.
CHETLANMOQ1 Chetlamoq fl. o'zl. n. Gul-nor bir oz chetlanib yurib, zinaga oyoq qo'ydi. Oybek,
Tanlangan asarlar. Zaynab chetlanib, uydan chiqdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Xo-tin hushini
yo'qotib, shilq etib tushdi. Birdan odamlar chetlanishdi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2 ko'chma O'zini chetga olmoq, qochmoq, chetlashmoq. Ishdan chetlandi.
CHETLATMOQ 1 Chetlamoq fl. ort. n.
2 Ishdan bo'shatmoq; biror ish qilish yoki biror ishda qatnashish xuquqidan mah-rum etmoq. Yaqinda
e'tiborli bir odam.. rahbarlik vazifasidan chetlatilgan. Ga-zetadan.
CHETLASHMOQ 1 Chetlamoq fl. birg. n. Ular katta yo'ldan chetlashdilar.
2 Bir-biridan uzoqlashmoq; yotlashmoq, begonalashmoq. Shunchalikki bir-birimizdan chetlashib,
mung'ayishib yurishimiz kishiga og'ir kelar ekan. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Birovga duch kelishdan
bezillabqoldim. Odam-lardan chetlashib, gaplashmaydigan bo'ldim. A. Muxtor, Tug'ilish.
2 ko'chma Ishtirok etmay, qatnashmay qo'ymoq, uzoqlashmoq. Ishdan chetlashdi.
CHEX q. chexlar. Chex tili. Chex ayol.
CHEXLAR Chexiya Respublikasining tub, asosiy aholisini tashkil etuvchi xalq. Chex-larning milliy
kiyimlari, an'anaviy hunar-mandchshigi saqlangan. «O'zME».
CHECHA shv. Yanga, kelinoyi. Go'ro'g'li shun-dayin tiklab qarasa, Kelayotgan — Xolju-vonday chechasi.
«Go'ro'g'lining tug'ilishi».
CHECHAK I Tabiiy ravishda o'sadigan gul-li o'simlik; gul. Dala chechaklari. Xushbo'y chechak. shsh
Rango-rang kapalaklar chechaklar-ning xushbo'y hididan mast. M. Osim, Kar-von yo'llarida.
Shamollar ichida men ham bir shamol, Chechaklar atridan men ham sarmast-man. A. Oripov.
CHECHAK II Badanga suvli pufakchalar toshirib, isitma chiqaradigan, ko'ttincha bolalarda
uchraydigan og'ir yuqumli kasal¬lik. Agarda o'zingizga xam chechak chiqqan bo'l-sa, sezarsiz:
misoli g'alvirak bodom. A. Qo-diriy, Kichik asarlar. 1980 yil Jahon Sog'-liqni saqlash
assambleyasining 33-sessiyasi-da Yer yuzida chin chechak butkul tugatilgan-ligi rasmiy ravishda
e'lon qilindi. «UzME».
Pulingga chechak chiqqanmi? Kerakli nar-sani olish uchun o'z pulini qizg'anib, bi-rovdan narsa
so'raguvchi kishiga aytiladi-gan ibora.
CHECHAKLAMOQ 1 Gullamoq, gul yozmoq.
2 ko'chma kam qo'll. Gullab-yashnamoq.
CHECHAN Chaqqon, uddaburon, usta, mohir. Gapga chechan. Chechan terimchi. Qo'li chechan odam. tsh Boqi
har qanday davrani gullatadi, gap-ga chechan. Q. Kenja, Tog' yo'lida bir oqshom. Ilg'orlar
tengdoshiman, Qirq qizlarning bo-shiman, Ildam bo'ling, jon aka, Chechanlar yo'ldoshiman. 3.
Obidov. E, sen juda chechan ekansan-ku, tullak bedanaday sayraysan-a! P. Tursun, O'qituvchi.
CHECHANLASHMOQ Tez-tez, ravon, chi-royli gapirmoq. Mabodo ko'ngli iyib, biror-bir yangi hangoma,
ertak, afsona aytgudek bo'lsa, kutilmaganda chechanlashib ketardi. Gazetadan.
CHECHANLIK Chaqqonlik, ustalik, udda-buronlik. U chopiqda chechanligini ko'rsatdi. mm Shoazim
gapga chechanlik qilib, baland kelgani Maxkamning yodiga tushdi-yu, eski og'riq go'yo yangilandi.
P. Krdirov, Uch ildiz.
CHECHEN q. chechenlar.
CHECHENLAR Asosan Rossiya Federatsiya-si tarkibidagi Checheniston va Ingushiyada yashovchi xalq;
Shimoliy Kavkazning tub aholisi. Chechenlarning an'anaviy mashg'uloti — pasttekisliklarda
dehqonchilik, tog'lar-da chorvachilik. «UzME».
CHECHMOQgav. Yechmoq. Alpomish o'zini ma'-lum etadi, Ustidan kiyimin chechib otadi. «Alpomish».
CHEHRA [f. 4^4^. - yuz, siymo] 1 Yuz, bet, aft-angor; siymo. Ular xuddi egizaklardek,
chehralari bir-biriga g'oyat o'xshar, gavdalari qariyb farqsiz, ko'rinishda yuvosh odamlar edi.
Oybek, Quyosh qoraymas. Shunda uning xayol bog'ida yana Adolatning chehrasi ko'rindi. I. Rahim,
Chin muhabbat.
2 ko'chma Kishi kayfiyati, ruhiy holati yoki xulq-atvorining yuzdagi aksi. Uning chehrasi buzuq.
Chehrasi ochiq odam. Chehrasini ochmoq. tsh Chehra degan ko'ngilning oynasidir.
Hamza. Qori uni goh «sizlab», goh «senlab», yaxshi muomalada bo'lgani uchun, ochiq chehra bilan
gaplasha ketdi. P. Tursun, O'qituvchi. Chol soqolini qirib, yangi kombinezon kiyib olgan. Uning
chehrasi ochiq, nimadandir xur-sand. I. Rahim, Chin muhabbat.
CHIBIN shv. Chivin.
CHIBIQ shv. Chiviq.
CHIBOR shv. Chipor, ola-chipor.
CHIVIN 1 Ikki qanotli, uzun mo'ylov-li qon so'ruvchi mayda hasharot. Bezgak chivi-ni. O'rmon
chivini. Ikki nor urishsa, o'rtasi-da chivin o'ladi. Maqol. shsh - Chivin ko'plashsa, filni
yiqitadi, degan gap bor, — dedi Er-gash sashoqlab. I. Rahim, Chin muhabbat. Ajal yetmay, o'lmas
Boysunning xoni, Besabab chiq-maydi chivinning joni. «Alpomish».
Chivin chaqqanday ham bo'lmadi Sira og'ritmadi, sezilmadi ham.
2 shv. Pashsha.
CHIVIQ 1 Surx novda. Tol chivig'i. Chiviq tutgan yeridan sinmaydi, egilgan yeridan sinadi.
Maqol. shsh Zaynab to'rt tarafga zir yuguradi. Tolning chiviqlaridan sindira-di. «Yoshlik».
2 tex. Ingichka va uzun metall tayoqcha. Chiviq temir. shsh Chiviqdan temir-beton tayyorlash uchun
armatura sifatida ham foydalanish mumkin. «O'zME».
3 sft. Mayda chiziq-chiziq yo'lli (gaz-lama). Yana yurib ketadi: sakkiztepki gul atlas, Chiviq
beqasamlarning olag'ovur bozo-ri. G'. G'ulom.
CHIGAL 1 Uchini topib, yozib bo'lmay-digan, chalkashib, u yer-bu yeriga tugun tu-shib qolgan (ip,
ingichka sim va sh. k. haqi-da). [Onam] Otamning bu javobidan chigal kalavaning uchini
topganday, uni yaxshilab yechishga kirishdi. S. Ayniy, Esdaliklar.
2 ko'chma Chalkashib, murakkablashib ket-gan; chalkash. Chigal bir masala. ish Men ona yurtim,
jonajon Orolim va uning chigal qismati haqida og'ir o'yga toldim. Gazeta-dan.
3 ko'chma Muammo; qiyin masala. Ulug'bek.. handasa ilmida chigallarni yechuvchi.. erdi. «Yoshlik».
Suv muammosi hal bo'ldi-yu, boshqa chigal chiqdi. E. Samandar, Daryosini yo'qot-gan qirg'oq.
Chigalini yozmoq 1) og'rig'ini, uvushig'i-ni tarqatmoq. Yigit o'rnidan turib, chigali-ni yozishuchun
kerishdi. 3. A'lam, Zarb; 2) ko'n¬gil g'ashligini tarqatmoq. \Xola:\ Bunaqa uylarda is bosib
o'tiraversa, yuragiga zar-dob to'planadi-da! Bunday to'y-po'y qilib, ko'n&shdagi chigalini yozmasa.
S. Nurov, Nar-von.
CHIGALLASHMOQ 1 Uchini topib bo'l-mayditan hrlga kelmoq; chalkashmoq. Ip chigallashib qolibdi.
2 ko'chma Chalkashmoq, murakkablashmoq, tushunib, oxiriga yetib bo'lmaydigan holga kelmoq. Masala
chigallashdi. Ish chigalla-shib boryapti. tsh Biroq shaharlik bu mayor paydo bo'ldi-yu, rejalari
chigallashib ketdi. «Sharq yulduzi».
CHIGALLIK 1 Uvushib qolishlik; chal-kashlik, chalkashib qolishlik. Tong havosi-ni dalada
simirmasa, jon rishtalaridagi chigallik yozilmay.. ruhi tushib ketayotgan-day bo'laveradi. A.
Ko'chimov, Halqa.
2 Chigal narsa, ish, masala va sh.k. Hozir qalbida paydo bo'layotgan shubha va chigal-lik uning
ishonuvchanligi va soddadilligi bilan sig'ishmasdi. P. Qodirov, Uch ildiz.
CHIGIL I ayn. chigal. Chigil arqon. Arqon-ning chigilini yozmoq. mm Oyoqning chigilini yozmoq
istab, sekin qo'zg'shdik. M. M. Do'st, Lolazor. Shu okshom Nizomjon diliga tugi-lib yotgan
chigilni yechib tashladi. S. Ahmad,
Ufq.
CHIGIL II q. chigillar.
CHIGILLAR O'zbek xalqining etnik tarkibiga kirgan turkiy qabilalar itti-foqi. 11-asrning 1-
yarmida chigillarning bir kismi Zarafshon vodiysiga ko'chib kelib, ma-halliy aholi bilan
aralashib ketgan. «O'zME».
CHIGIRTKA 1 To'g'ri qanotlilar tur-kumiga mansub, qishloq xo'jalik ekinla-riga zarar keltiruvchi
hasharot. Chigirtka-lar ekin yer, ekmay-tikmay tekin yer. Ma-qol. HI Chigirtka chirillaydi..
hammayoq suv quygandek jimjit. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi. Ularning [o't-o'lanlarning] ora-
sidan mayda sariq, qora chigirtkalar uchib chiqar, sakrab, boshqa yerga qo'nardi. «Yoshlik».
2 ko'chma nafr. Baloxo'r, bosqinchi. -Kel-dilar chigirtkalar! — dedi u tomonga qarab Haydar.
Hammalari u tomonga qaradilar. Iigirma-yigirma besh otliq yo'lni changitib kelmoqda edi. S.
Ayniy, Qullar.
CHIGIT G'o'zaning urug'i; terilgan pax-tani qayta ishlab olinadi. Yozib oling yon daftarga: G'o'za
unar chigitdan. «Mushtum». Chigit chiqindilarini qayta ishlab, ulardan sellyuloza, spirt, lok va
boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. «O'zME».
CHIGITLI: chigitli paxta Chigiti olin-magan paxta.
CHIDAM 1 Qiyinchilik, dard, alam, azob va sh.k. ga toqat qila olish qobiliyati; to'zim, toqat,
sabr-bardosh. Chidami yo'q odam. Chidam bermoq. sht Kelsa boshga har og'irlik, voh dema, Bardosh
qilib, chidam ko'rsat, oh dema. Habibiy. Bola faqir har bir og'irlik-ni chidam bilan yengishdan
boshqa chorasi yo'q. P. Tursun, O'qituvchi. Qabulga kelganlarni qunt va chidam bilan eshitish,
ular qo'ygan masalani hal etish Oyqiz uchun temir qo-nun.. edi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
2 Uzoq xizmat qilish, chidash xususiya-ti, pishik^lik, puxtalik, mustahkamlik. Chidami yo'k ip.
CHIDAMLI 1 Qiyinchilik, og'riq, dard, alam va sh.k. ga chidaydigan; toqatli, to'zim-li,
bardoshli. Chidamli ayol. Chidamli er lo-chin my map. Maqol. HI Demak, Feruza chi-damli bo'la
olmagan shaharlik yosh agronom yigit o'rniga kelibdi. H. G'ulom, Feruza.
2 Turli og'ir tabiiy sharoitlarda yashay oladigan. ..uzun tolali va har kanday ka-salliklarga
chidamli, ayniqsa, viltga chi-damli navlar yaratish ishi oqsayapti. Mir-muhsin, Umid.
3 Uzoq xizmat qiladigan, chidaydigan; pishiq, puxta, mustahkam. Chidamli poyab-zal. mm -Men
hayronmanki, — dedi so'zga chiqqan xo'jalik mudiri, — xa,sh silliq va chidamli surp, chit va
satinlarni olmay, qo'-pol va dag'al bo'z va qalami orqasidan yugura-di. S. Ayniy, Qullar.
4 Turli sharoitlarda (o't, suv va sh.k. ta'sirida) o'z xususiyatlarini yo'qotmay-digan. O'tga
chidamli g'isht.
CHIDAMLILIK Tashqi ta'sirlar na-tijasida o'zgarmaslik; ishga yaroqlilik xossasi, bardoshlilik.
Hojinova gazlama-ning chidamliligini sinaydigan maxsus as-bobning loyihasini ham tuzib
berdi. M. Jo'-ra, Quyoshdan nur emganlar.
CHIDAMOQ 1 Ruhiy yoki jismoniy qi-yinchiliklarning tugashini sabr bilan kutmoq; ularga bardosh
bermoq. Og'riqqa chi-damoq. Qiyinchilikka chidamoq. Sovuqqa chi-damoq. Tanqidga chidamoq.
Qirqiga chidagan,
480
qirq biriga ham chida. Maqol. mm Bu gap men-ga ancha og'ir botdi, lekin chidadim. «Yoshlik».
Toshning qirrasi oyog'iga yomon botdi, lekin chidadi. «Yoshlik».
2 Ko'p, uzoq muddat xizmat qilmoq. Eti-gim uzoq chidadi. Bo'zdan ko'ra satin uzoq chi-daydi.
3 Turli sharoitlarda (o't, suv, zax va sh.k. ta'siri ostida) o'z xususiyatlarini saklamoq. O'tga
chidaydigan g'isht. Kislota-ga chidaydigan material.
4 Yetmoq, kifoya qilmoq. Yotib yeganga turum tog' chidamas. Maqol. mm [Mirzaka-rimboy:] Har
nimani bozordan olaversa, Su-laymonning g'aznasi ham chidamaydi, jiyan. Oybek, Tanlangan
asarlar.
Beti (yoki yuzi) chidamadi Biror xatti-harakatni amalga oshirishdan uyaldi. Bu odamning
kutilmaganda o'rtaga tashlagan taklifiga javob berishga Is'hoq Maxsum bilan Usta Mo'minning
beti chidamadi. Ga-zetadan. ..necha marta undan gap so'rashga ham chog'landim, lekin o'zbekchilik
ekan, yuzim chi-damadi. O. Muxtor, Egilgan bosh. Chidaganga chiqargan 1) kutilmagan, xohlamagan
narsa, voqea-hodisaning ro'y berishi muqarrar, uni chidam bilan qabul qilish zarur yoki biror
narsani kuchi yetgan oladi, degan ma'nolarda ishlatiladigan ibora. -Uyla-nishni chidaganga
chiqargan, — dedi magazin-chi tog'amning suyukli xotini xoxolab. Ga-zetadan; 2) bir vaqtlarda
tanqis bo'lgan yozlik yupqa chitning nomi. Chidasang — shu, chidamasang — katta ko'cha Shu sharoitga,
mavjud xrlatga ko'nikishta majbursan, ma'-nosidagi ibora. [Nuri] Mexmonga kelgan takkabbur
kelin kabi, yalqovlanib kezdi, gi-los gullarini tomosha qildi. U shu bilan qaynanasiga:
«Chidasang — shu, chidamasang — katta ko'cha. Onam meni ish uchun tuqqan emas».. demoqchi bo'ldi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
CHIDAMSIZ 1 Og'riq, dard, qiyinchi-lik va sh.k. ga bardosh berolmaydigan, toqat qilolmaydigan;
to'zimsiz. Chidamsiz bola.
2 Turli og'ir tabiiy sharoitlarga chi-dam bera olmaydigan; nozik. Sovuqqa chi-damsiz gul.
3 Uzoq xizmat qilmaydigan, chidamay-digan; bo'sh, jonsiz. Chidamsiz ip.
4 Turli sharoitda, turli ta'sir ostida o'z xususiyatlarini saklay olmaydigan. Kis-lotaga
chidamsiz material.
CHIDASH 1 Chidamoq fl. har. n. Hamma ginasiga ham chidash mumkin-ku, ammo «bola-laringiz
tarbiyasiz», deganiga chidash qiyin. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar. Havoning o't tafti berguvchi
nafasiga chidashning ilo-ji yo'qday tuyulardi. M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o.
2 Chidamlilik darajasi, chidam. Chidash bermoq. Siquvga chidash bermoq. Utga chidash beradigan
g'isht.
CHIYOVLAMOQ «Chiyov-chiyov» degan ovoz chiqarmoq, chiyillamoq. Baliqchi qushlar chi-yovlab uchib o'tdi.
«Yoshlik».
CHIYOV-CHIYOV takl. s. Jo'jalarning yoki ba'zi qushlarning chiyillashidan chiqadigan ovozni
ifodalaydi.
CHIYON ayn. chayon.
CHIZGI 1 Chizilgan tasvir; rasm; loyi-ha. Chizgilarga uzoq tikilaman, ulardan zavq-lanaman.
«Saodat».
2 Xomaki, mashq uchun chizilgan rasm. Sizdan shu eskizni so'radim. Bu faqat chizgi bo'lgani
uchunmi yoki meni rostdan xursand qilgingiz keldimi, hadya qildingiz. «Yoshlik».
CHIZELLASH q. x. Tuproqqa ishlov be-rishning tuproqni yumshatish, aralash-tirish, begona o'tlarni
yo'qotish jarayon-laridan iborat usuli. Chizellash, ayniqsa, kartoshka va boshqa ildizmevali
ekisharda yaxshi samara beradi, ularning hosildorligi 15-20% ga oshadi. «O'zME».
CHIZG'L` [ingl. chisel — yuz, bet, yon to-mon] q.x. Yerni (tuproqni) chuqur hayday-digan,
yumshatadigan, bir necha tishli og'ir kul`tivator. Chizellash uchun tirkama va osma chizellar osma
yoki tirkama boronalar bilan birga ishlatiladi. «UzME».
CHIZI [f. - bir narsa, nimadir;
andak, sal] rvsh. kam qo'll. Bir oz, ozgina, andak. Ko'ylak chizi chog'roq keldi. Chizi vakt-dan
so'ng. mm Kimki yo'ldan chizi toysa, Po-kistonning chin o'g'li emas u. Oybek, Hyp qidirib.
Alqissa, ba'daz janoza faqirning qo'limga chizi hadya berib uzatdilar. A. Qo-diriy, Kichik
asarlar.
CHIZILISHMOQ s.t. Tizilishmoq, qa-tor tizilmoq. Bolalar bir safga chizilishdi.
CHIZIMCHA Ingichka, pishiq arqon, chilvir. Mastura chizimcha uzatib turdi, Nuriddin boyladi. E.
A'zamov, Javob. Xat-to zargar do'konlari ham chizimcha bog'lan-
481 S^K
gancha tashlab ketilgandi. 3. A'lam, Afan-dining qirq bir pashshasi.
CHIZIQ 1 Yozadigan, chizaditan yoki yuqadigan narsalar qoldirgan iz. Yo'g'on chiziq. Ingichka
chiziq. Bo'r bilan chizilgan chiziq. Hassaning uchi bilan chizilgan chiziq.
2 Shunday shakldagi yo'l, iz. Beqasam chiziqlari. Yuz chiziqlari.
3 Narsalarning chegarasini, joyla-shishini yoki borishini ko'rsatuvchi yo'-nalish. Ekvator chizig'i.
Ufq chizig'i. tsh Ham-ma daraxtlar bir chiziq ustida tekis saf tortib turadi. Oybek, Tanlangan
asarlar.
4 mat. Sirtning ikki qo'shni sohasida-gi umumiy qism; uzluksiz qator nuqtalar majmui.
Gorizontal chiziq. To'g'ri chiziq. Eg-ri chiziq. Siniq chiziq. mm To'g'ri burchakli koordinatalar
tizimida chiziq tenglama-larning turiga qarab ajraladi. «O'zME».
Ustiga chiziq tortmoq Rad etmoq; e'-tibordan chetda qoldirmoq; tan olmaslik. Uningcha, Navoiy
asarlari xalqqa kerak emas! U adabiy merosning ustiga chiziq tortadi. K. Yashin, Hamza.
(Chizgan) chizig'i-dan chiqmaslik Kimsaga to'liq itoat qilish. Meni Qamar bag'riga oldi. Umrim
bo'yi chiz-gan chizig'idan chiqmayman. «Yoshlik».
CHIZIKLI 1 Chizig'i, chizikdari bo'lgan. Bir chiziqli daftar.
2 fiz. Kdndaydir chiziq bo'ylab sodir bo'ladigan. Egri chiziqli harakat.
CHIZMA 1 Qog'oz, kal`ka, taxta, yer va sh. k. yuziga chizilgan loyiha; maxsus chizma-chilik
asboblari yordamida ma'lum qoida-larga asosan bajarilgan grafik tasvir. shsh Chizmalarga nazar
tashlasak, nozik did bi-lan yaratilgan ulkan binolar loyihasi ko'z oldimizda namoyon bo'ladi.
Gazetadan. Usta-lar o'z ishlari uchun chizma naqshlar buyurar edilar. S. Ayniy, Esdaliklar.
2 Kashtachilikda: gul tikish uchun mato-ga tushirilgan (chizilgan) naqsh, nusxa.
CHIZMAKASH 1 Chizmalar (sxemalar, xa-ritalar, grafiklar) chizish bilan shug'ul-lanuvchi
mutaxassis.
2 Kashtachilikda: matoga chizma, naqsh, nusxa chizib beruvchi usta.
CHIZMAKASHLIK Chizma chizish bilan shug'ullanish; chizmakash kasbi. Turli soha-larning muhandislari,
konstruktorlari va loyihachilari chizmakashlikni bilishlari shart. «O'zME».
CHIZMA-CHIZIQ Betartib, ayqash-uy-qash chiziqlar; shunday chiziqgtardan iborat, tushunib
bo'lmaydigan tasvir, yozuv.
CHIZMACHILIK Turli ob'ektlarning chizmasini, sxemalar, xaritalar va gra-fiklarni chizishga,
turli buyumlarning tasvirlarini yasashga doir qonun-qoidalar va usullarni o'z ichiga olgan
texnika fani. Mashinasozlik chizmachiligi. Qurilish chizma-chiligi. Proektsion chizmachilik.
CHIZMOQ 1 Chiziq tortmoq, tushirmoq. To'g'ri chiziq chizmoq. mm Bog'cha bolasi va mak-tab o'quvchisi
maktabga borish yoki qaytish-da ko'chadagi daraxtlarni sindirsa, uy de-vorlariga chizibo'tsa.. N.
Safarov, Olovli izlar. Shtab boshlig'i Yo'ldosh yasama stolga mukka tushib, nimalardir chizardi.
Shuhrat, Shinelli yillar.
2 Tushirmoq, solmoq, tasvirlamoq (rasm yoki so'z bilan). Rasm chizmoq. mm Yurtim, suratingni
entikib chizsam, Sening sura-tingni chizsam, onajon! X. Davron. Kumush-ning bu daqiqadagi
holiii qalam bilan chi-zib ko'rsatish, albatta, mumkin emas edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Bobur lirikasida ma'shuqa obrazi katta mahorat bilan chi-zilgan. «O'TA».
3 s.t. Tizmoq, qator qilmoq. Qo'shiq, dos-ton sababin Chizib ketdi bittalab. G'ay-ratiy.
[Hoji] Otabekni epaqaga olish uchun unga kulgi tuyulgan bir qancha nasihatlarni chizdi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
4 ko'chma Ko'rsatmoq, ko'rsatib bermoq (yo'l, reja va sh.k. ni). Men bir vaqt senga yo'l chizib
bergan edim-ku, shundan chiqma: Paxtani birinchi qo'ldan ol. Dehqonlarga pulni qishda tarqat.
Pul bilan oyog'iga ki-shan ur. Oybek, Tanlangan asarlar.
Yer chizib qolmoq (yoki o'tirmoq) Uyalib, yerga qarab qolmoq, o'ng'aysiz ahvolga tushib qolmoq.
Qambarali aka qizarib, yer chizib o'tirar edi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqla-ri. Yusuf yer chizib,
qilt etmasdan o'tirardi. «Yoshlik».
CHIZG'ICH Chiziq chizish uchun ishlatila-digan o'quv va idora ishlari asbobi. [Stol ustida] Fil
suyagidan o'yib ishlangan chizg'ich va qog'oz qirqadigan «pichoq». Mirmuhsin, Umid.
CHIY 1 Cho'l-adirlarda o'sadigan baland, boshoqli, yem-xashakbop o'simlik; chalovning bir turi. Siz
gaplashib o'tirganda, chiy ora-
31-O'zbek tilining izohli lug'ati
sidan qarabturdim. SH. Xolmirzaev, Bodom qishda gulladi.
2 Qamishdan yoki savag'ich poyasidan ip, sim bilan qatorlab bog'lab to'qilgan quri-lish materiali.
Chiy bilan o'ralgan hovli. Chiy bilan to'smoq. Chiy devor. mm Chiy tu-tilgan ko'chma yaslida
qarqunoq bolalarining «qig'-qig'»lashiga o'xshab chaqaloqlar yig'isi eshitilmoqda. H. Nazir,
So'nmas chaqmoqlar.
Chiy alak shv. Yo'l-yo'l to'qilgan bo'z. Oyog'iga ko'n etik, egniga chiy alakdan yaktak to'n, qalami
ishton berdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
CHIYBAXMAL ayn. chiyduxoba. Jigarrang chiybaxmal kostyum-shimiyu yaponcha ko'ylagi.. o'ziga xo'p
yarashgan yigit endi shu tomonga otildi. M. Mansurov, Yombi.
CHIYDUXOBA Duxobaning yo'l-yo'l bo'rt-ma chiziqli xili; chiybaxmal. Men yangi beli burma, sariq
chiyduxoba kostyumim bilan cholvorimning changini qoqqanimcha, birpas garangsib, alanglab
turdim. H. Nazir, Cho'l havosi.
CHIYILDOQ Intichka, o'tkir yoqimsiz ovoz chiqaradigan, chiyillab gapiradigan. Chiyildoq qush. tsh
-Suyunchi! Suyunchi! — dedi Raxim, chiyildoq tovush bilan Qudratga. H. Nazir, So'nmas chaqmokdar.
CHIYILLAMOQ 1 Ingichka, o'tkir yoqim-siz ovoz chiqarmoq. - Chiyillama! — dedi hay-qirib Yo'lchi
[Salimboyvachchaga]. Oybek, Tan-langan asarlar. Burchakdagi elektrchoynak chiyillab, choy
qaynaganidan darak beradi. «Sharq yulduzi».
2 «Chiy-chiy» ovoz chiqarmoq (qushlar yoki ayrim hayvonlar haqida). Baxtliman, deb qushlar
chiyillar. H. Olimjon. Tunlari ka-lamushlar chiyillabbezor qshshrdi. M. M. Do'st, Lolazor.
Palapon chiyillab, onasining og'zi-dagi ovqatga intiladi. «Yoshlik».
CHIIIR fol`k. Oyoq, tuyoq izi; iz, yo'l. Otga soldi arpa bilan iyirni, Qor yoqqanda, karvon
solar chiyirni. «Alpomish».
CHIILAMOQ 1 Aralashtirmoq (o'yin qartasini).
2 Qo'lda yoki maxsus yigiruv asbobi vosi-tasida ipni, ipakni pishitmoq, tovlamoq.
CHIILAMPA Chiy qoqib suvalgan ship.
CHIYRALMOQ 1 Chiyramoq fl. majh. n. Chiyralgan ip.
2 ko'chma Mustahkamlanmoq, pishiq bo'l-moq. Toleimiz yor bo'lib, oma-bobolarimiz bog'-lagan
do'stona aloqa endilikda yanada pi-shiqroq chiyraldi. H. Nazir, Maftuningman, Ozarbayjon.
CHIYRAMOQ ayn. chiylamoq.
CHIYRATMA Pishitilgan, chiylangan, toblangan. Chiyratma j. Chiyratma ipak. mm Domla.. qo'lida
bitta katta pichoq, bir bolta va bir oz chiyratma arqon bilan to'p-na-to'g'ri meg'shng oldimga
keldi. G'. G'ulom, Shum bola.
CHIY-CHIY taql. s. Jo'ja, sichqon va sh. k. ning ovoziga o'xshash ingichka, o'tkir yoqim-siz ovozni
bildiradi. Chiy-chiy qilmoq.
CHIYCHIYLAMOQ «Chiy-chiy» tovush chiqarmoq, «chiy-chiy» qilmoq. Oyna opa.. chiychiylab uchayotgan
qaldirg'ochlarni loqayd kuzatibturardi. SH. Xolmirzaev, To'lqinlar.
CHIK ayn. chikka. Tovva pukni yeydi, olchi chikni yeydi, degandek.. A. Muxtor, Opa-sin-gillar.
CHIKKA Oshiqning ichi chuqur tomoni va shu tomoni sirtga qaragan vaziyati; pukka-ning aksi.
Mendan boshqa odam bo'lsa, hozir chikkasida pukka qiladi. K. Yashin, Xamza.
Oshig'i chikka Baxti yurmagan, ishi o'n-gidan kelmagan, ishi chappa. Oshiq edi Sha-karbekka, Gohi
olchi, gohi chikka. «Shirin bilan Shakar». Chikka bel Ingichka, nozik bel, xipcha bel (xotin-
qizlarga nisbatan). Ko'rsat belingni, men ko'rayin, Chikka bel juvon, yor-yor. «Qo'shikdar».
CHIKORA 1 \f. UJL% < - nima
ish qilasan? kasb-koring nima?] Nima dar-kor; hech ran emas. Ortiqcha gap chikora, to'g'-ri
uning so'zlari! «Mushtum».
2 Kim qo'yibdi: yo'l bo'lsin. E, o'qish — to'qlarning ishi, maktabni ularga chiqargan xudoyim,
kambag'allarga chikora! Oybek, Bo-lalik. Siz bilan men bir ishni muvofiq ko'rganimizdan keyin
Zaynabga chikora! A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
CHIL I Qirg'ovulsimonlar oilasiga mansub o'troq ov qushi. ..kiyik oviga keta-yotgan bo'lsa,
yo'lida duch kelgan kaklik, chil-larni ham ayamasdi. SH. Xolmirzaev, Say-lanma.
Chil kaklik Cho'l kakligi.
CHIL II [f. < J^. - qirq, qirqta] ayn. qirq 1. Chillada sug'orilgan bog' chil bot-mon uzum
berar. Maqol.
CHILANGAR [f. - mayda metall
buyumlar yasovchi usta] Metall buyumlarni
483
qo'lda yasovchi, tuzatuvchi mutaxassis ishchi; temirchi; slesar`. Zargarning ming urgani,
chilangarning bir urgani. Maqol. mm [Temur Malik] Bozor cheshidagi chilangarlar rasta-si tomon
yurdi. Mirmuxsin, Temur Malik.
CHILANGARLIK 1 Chilangar, slesar` kasbi; temirchilik. Chilangarlik qilmoq. mm U [Muhammad] tosh
va yog'ochga naqsh solar, chilangarlik, duradgorlik.. va hokazolarni bilar edi. M. Osim, Karvon
yo'llarida.
2 Bozorda chilangarlar qatori, rastasi.
CHILBAND [f. AIJJ^. - qirqta bogli, tugunli] Qirq yeridan bog'langan, ko'p, qat-tiq bog'langan,
qirq tugun.
CHILVIR Ingichka pishiq arqon, ar-g'amchi; chizimcha. Hoji ota.. otning chilvi-ridan ushlab, piyoda
yurdi. «Yoshlik». Rayhon arabning belidagi chilviri uzilib ketdi. «Go'ro'g'lining tug'ilishi».
Chilvir soch (yoki kokil) 1) mayda o'ril-gan soch. Ko'p o'tmay [Mo'mina] chilvir sochlari-ni
chambarak qilib, traktorga mindi. H. Nuriy, Lochin bolasi — lochin. Qadab otash nigohin chilvir
kokil qo'shni qiz, Yurakka biram yaqin bir tuyg'u solib ketdi. M. Yusuf; 2) sochlari shunday
o'rilgan qiz, ayol. Bila-sanmi, kim u, o'sha qiz — Osmondagi o'sha qaldirg'och ? O'sha qo'rqmas va
o'sha lochin, Usha dilbar, o'sha chilvir soch'.'\. Olimjon.
CHILVIRLAMOQ Chilvir bilan bog'-lamoq. Qo'lini chilvirlabqo'ydi. «Yoshlik».
CHILGI shv. Chillaki. Yaqinda gilos pi-shadi, so'ngra — chilgi. I. Rahim, Hayot bu-loqlari.
O'limdan boshqa hamma narsaning chilgisi ya.xshi. Gazetadan.
CHILDIRMA Yog'och gardishga teri qop-lab yasalgan, chertib chalinadigan musiqa asbobi; doira,
chirmanda, daf. Katta chil-dirma. Childirma bazmi. Childirma chsimoq. mm To'y juda gavjum — qo'sh
childirmaning gij-bangi hammayoqni mymdu. Mirmu\sin. Jabr-diyda. Xushvaqt bo'lib, childirmalar
chalay-lik. «Yusuf va Ahmad».
CHILDIRMAKASH ayn. childirmachi.
CHILDIRMACHI Childirma chaluvchi so-zanda; doirachi. Childirmachi yigshp.. qani boshladik, degandek
ko'z qisdi. N. Aminov, Qa\qa\a.
CHILYOSIN \f. + a. J^LJJ^ - qirq yosin] Quronning Yosin surasini o'qish bi-lan bog'liq bo'lgan
diniy odat: og'ir kasal-ni tuzatish yoki yengillashtirish maqsadida kasal tepasida Yosin surasini
40 marta o'qib, dam solish. Chilyosin o'qittirmoq.
CHILIM Sarxonasiga tamaki solib, na-yi orqali chekiladigan, ko'pincha qovoqdan yasalgan chekish
asbobi. Chilim chekmoq. ttsh Rahmatli buvamning.. mis chilimlari bor edi. N. Aminov, Qahqaha.
Go'ro'g'li sulton.. chilim chekib, kayfu safo kilib yotgan edi. «Mali-kai ayyor».
Chilim solmoq Chekish, chektirish uchun sarxonasiga tamaki solib, chilimni tayyor-lamoq. Haydar
o'choqboshiga borib, yana bir chilim solib chekdi, Safarga ham chektirdi. S. Ayniy, Qullar.
CHILIMKASH 1 Chilim chekuvchi.
2 Chilim solib, odamlarga chektirib yurib tirikchilik qiluvchi odam; poyaki.
CHILIMQOVOQ Qobig'idan chilim yasa-ladigan uzun qovoq. Non o'rniga kesak tish-lab, yoz bo'yi suv
ichib ishlab.. bitta chi-limqovoqqa ega bo'lib o'tiribman. A. Qodi-riy, Kichik asarlar.
CHILLA [f. Chilla kirdi. Chilla chiqdi. ttsh Hali barvaqt bo'lishiga qaramay, chilla emasmi, quyosh yonib bosh
ko'tarmoqda edi. «Sharq yulduzi».
Yoz chillasi yoki yozgi chilla 25 iyundan 5 avgustgacha bo'lgan eng issiq qirq kun. Avgust — yoz
chillasi. Mening shahrimning o'tkir quyoshi yallig'i naq yondiryapti. H. Na-zir, Maftuningman,
Ozarbayjon. Chilla suvi Yoz chillasida ekinlarga beriladigan suv. Qish chillasi yoki qishki chilla
25 de-kabrdan 5 fevralgacha bo'lgan eng sovuq qirq kun. Qish chillasi ancha og'ir keldi. S.
Ahmad, Jimjitlik. [S. To'ychiboev] Qish chillasi.. tong saharda fermaga karab yo'l oldi.
«Mushtum».
2 etn. Bola tuqqan yoki tug'ilgandan, qiz turmushga chiqqandan, yigit uylangandan, marhum
ko'milgan kundan keyingi qirq kunlik davr: turmushdagi ba'zi hodisa-holatlarning eng og'ir,
xatarli yoki mas'u-liyatli davri. Chaqaloqning chillasi chiqqach, yangi uyga ko'chib bordilar
«Yoshlik». Xalq tabobatida chilla davri qirq kun hisobla-nib, shundan yigirma kuni kichik
chilla, yi-girma kuni katta chilla deyiladi «UzME».
Chilla yara Bolaga chilla davrida chiqa-digan yara, toshma. Shuhratning boshiga, bo'y¬
484
niga chilla yara chiqib, olti oyga cho'zildi. Q. Kenja, Tog' yo'lida bir oqshom. Chillasi chiqmagan
1) chilla davri tamom bo'lmagan. Kelar hafta tug'uruqxonadan chiqadi yangan-giz. Shunga, chillasi
chiqmasayam mayli, bir ziyofat qshshoqchi edik. SH. Xolmirzaev, Og'ir tosh ko'chsa. Qirq marta
aytdim, hov kelin, qishloqning og'zi yomonlari bor, kuladi, hech bo'lmasa, chillangiz chikkuncha
shu zormanda-ni kiyib, ishga boring, deb. «Yoshlik»; 2) ko'ch-ma tajribasiz; g'o'r, xom.
3 din. Sufiy yoki muridning yakka o'zi alohida xona (hujra)da, odamlardan yashi-rinib, qirq kun
davomida toat-ibodat qilishi.
Chilla o'tirmoq 1) sufiylik tariqati-da: qirq kun davomida uydan chiqmasdan yolg'izlikda toat-
ibodat qilmoq. Chillaga o'tirgan shunda qirq kun shayx, Daf qil, deya so'rab xudodan uni. T.
To'la. Chilla o'tirish vaqti dindor tomonidan oldindan niyat qilingan bo'ladi. «UzME»; 2) ko'chma
uzoq vaqt uydan eshikka chiqmay, qimirlamay o'tirmoq. Chilla(ga) o'tqazib ketmoq Aldab, firib
berib ketmoq. Ipak-atlas karvoniga bosh bo'lgan savdogarlar kosiblarni chillaga o'tqazib
ketardilar. N. Yusufiy, Farg'ona sho'x kuladi.
CHILLAGUZARON {f. ^jAiL. - chil-laning o'tishi| etn. Yangi farzand ko'rgan onaning chillasi
chiqqandan so'ng o'z ota-onasinikiga yoki boshqa yaqinlarinikiga mehmonga borishi va shu munosabat
bilan o'tkaziladigan marosim. Chillaguzaron qigmoq (o'tkazmoq). Chillaguzaronga bormoq.
CHILLAGURAZON s. t. Chillaguzaron.
CHILLAK \f. ,o'ynaladigan bolalar o'yini va shu o'yinda xizmat qiladigan ingichka yog'och. Ular [bolalar]
chillak o'ynayotgan bo'lsa kerak, har dam-har damda qaysisidir zuvullab yuguradi. «Yoshlik».
Chillak bola Chillak o'yinida ishlati-ladigan ikki yog'ochning kaltarog'i. Chillak ona Chillak
o'yinida ishlatiladigan ikki yog'ochning uzunrog'i; chillaksop.
2 Varrak ipi o'raladigan qisqa cho'p. Shamol turganda, qorong'i kechalarning qoq yarmisida bo'lsa
ham, chillakdagi ipning ham-masini qo'yib, ustunga bog'layman. Oybek, Bolalik.
CHILLAKDAI, -dek Ingichka, oriq. Uy-ning o'rtasida oyoqlari chillakdek bir bola chol-kampirga
qarab, tirjayib turgan emish. «Zumrad va Qimmat».
CHILLAKI [f. - «chilla» s. dan:
qirq kunda (erta) pishadigan] 1 ot Erta-pishar uzum, uzumning eng oldin pishadi-gan turi. Oq
chillaki. Chillaki chillakini ko'-rib chumak uradi. Maqol. shsh Oq kishmish, qo-ra, ok chillaki,
charos. ko'zlarni qamashtir-guday serhosil. N. Safarov, Olovli izlar.
2 sft. Ertapishar, ertagi. Chillaki shaf-toli. Chillaki qovun.
3 sft. ko'chma Yaxshi tayyorlik ko'rmagan, chala o'qigan. Chillaki olim. shti Maorif och-gan
kurslarda bir talay chillaki muallimlar o'qishayotibdi. O'rnimga o'shalardan bittasi-ni ola
beradi-da. P. Tursun, O'qituvchi.
CHILLAKIRO'ZON s.t. ayn. chillaguzaron.
CHILLAKSOP Chillak o'yinida ishlati-ladigan ikki yog'ochning uzunrog'i. Katta doira chiziladi-da,
bir bola chillaksopni olib, doiraning o'rtasida turadi. M. Hazratqulov, Jur'at. Sobir yaqinda
olgan «Ural» velosipe-di bilan o'zini to'sib, devorga qapishib tu-ribdi. Bir qo'lida
chillaksopday nasos. A. Ko'chimov, Halqa.
CHILLALI Chillasi chiqmagan. Chillali ona. shsh [Xotin:] Voy, musulmonlar, din qani, diyonat
qani, yangigina tushirgan chillali ke-linim bor. S. Ahmad, Hukm.
CHILLASHIR 1 [f. - chilla + ^ -sut: chilla davrida sut emayotgan yoki emi-zayotgan] To'xtovsiz ich
ketishi, kamqonlik, ozib ketish bilan kechadigan kasallik. Shu-nisi aniqki, otqulok..
kamqonlikda, kolit, enterokolitda, bolalarda bo'ladigan chil-lashirda dori sifatida
ishlatilgan. Gaze-tadan.
2 Juda ozg'in, oriq. Ilhomjon g'ildi-rakni o'rnatib, murvatlarni kalit bilan qotirayotganida,
bir cho'pon bola sutdan ay-rilgan, chillashir buzoqlarni haydab o'tdi. N. Aminov, Qahqaha.
CHILLIK O'yin qartasining qora rang-li, uch barg shakldagi turi. Chillikning tuzi. Yettilik
chillik.
CHILON I [r. «chlen» (a'zo) s. ning bu-zilgan shakli] s. t. Chor Rossiyasi davrida-gi
Turkistonda: biror muassasa yoki bank a'zosi. Men bankning chiloni. Hammasshing siri menga
ravshan, o'g'lim. Oybek, Tanlangan
asarlar. Yuzboshining moya-dunyosi benihoyat ko'p, kechalari uyini o'n ikkita mergan qo'-riqlar
edi. Uni «chilon» ham deyishar edi, bilmadim, o'sha vaqtda nimaga «chilon» ekan. A. Qahhor,
Qo'shchinor chirokdari.
CHILON II \f. ~ jiydaning bir
turi] ayn, chilonjiyda. [ Chilon] O'zbekiston-da qadimdan ma'lum bo'lib, nomi turlicha:
chilonjiyda, chilon, jilon, unobi deb atalib kelinmoqda. K. Mahmudov, O'zbek tansiq taomlari.
CHILONJIYDA bot. Jiydaning qiz-g'ish-jigarrang po'stli, oq, shirin etli, dumaloq yoki tuxumsimon
mevasi bo'lgan turi. Mutaxassislarning fikriga qaragan-da, xiyobonlarga, istirohat
maskanlariga.. nok, o'rik, chilonjiyda, gilos, tut o'tqa-zish mumkin. Gazetadan.
CHILOPCHIN \f. ^^Gl^. ~ qirqqa bo'lingan suvni to'plovchi] shv. Dashsha. Xo-tini chilopchin bilan
obdastada suv olib kirdi. «Sharq yulduzi».
CHILPARCHA ayn. chilparchin. Zang bosgan kishanlar chshtarcha bo'ldi. Uyg'un.
CHILPARCHIN |0. o^^J^ - qirqqa bo'lingan, parchalangan] rvsh. Parcha-parcha, mayda-mayda; chil-
chil.
Chilparchin bo'lmoq 1) parcha-parcha bo'l-moq, chil-chil bo'lmoq. Oyna chilparchin bo'ldi. sht Shavkat
hozir eng yuqori qavatda, yerdan judayam balandda ekanliklarini, bu yerdan yiqilgan odam
chilparchin bo'lishini o'yladi. Q. Kenja, Tog' yo'lida bir oqshom; 2) ko'chma mahv bo'lmoq, tilka-
pora bo'lmoq; yo'q bo'l-moq, yo'qqa chiqmoq. Yov chilparchin bo'ldi. Dushmanning qora niyatlari
chilparchin bo'ldi. sht Bo'rievning qurilishni o'pirilshidan chi-qarishga qaratilgan dadil
loyihasi.. chil-parchin bo'ldi. A. Muxtor, Tug'ilish; 3) ozor chekib, ranjib, ezilib pora-pora
bo'lmoq, sadpora bo'lmoq. Nafisaning qalbi birpas-da chilparchin bo'ldi. SH. G'ulomov, Yorqin
ufqlar. Chilparchin qilmoq 1) parcha-parcha, chil-chil qilmoq, sindirmoq. Buxoroning Sa-marqand
darvozasi ham chilparchin qilinib, yo'l chepiariga uloqtirilgan. SH. Toshmatov, Erk qushi; 2)
ko'chma mahv etmoq yo'q qil-moq. Dushman chilparchin qilinbi; 3) ko'chma ozor bermoq, qattiq
ranjitmoq. Ortiq shu bir og'iz gap bilan uning ko'nglini chshtarchin qilib tashlaganini sezdi. M.
Mansurov, Yombi; 4) ko'chma to'satdan ta'sir qilib, tar¬qatib yubormoq; yo'qqa chiqarmoq.
Nargis-xonning jarangdor ovozi xayolimni chilparchin qilib yubordi. «Sharq yulduzi».
CHILPIMOQ 1 q. x. O'simlikni bo'yiga o'sishdan to'xtatish, hosil to'plash, tezroq yetiltirish
maqsadida ularning bachki shox-larini yoki hosil novdaning uchki qismi-ni yulib yoki kesib
tashlamoq; chekanka qilmoq. G'o'zalarni chilpimoq.
2 ko'chma Umuman, biror narsaning or-tiqcha, keraksiz qismini olib tashlamoq, yo'q qilmoq.
Uning yozganlarini har kim va har bir hukumat arbobi tekshirib, ortigi bo'lsa — chilpib, kami
bo'lsa, to'ldirib bori-shi zarurdir. A. Qodiriy, Kichik asarlar.
CHILPORA [f. ojbja. — qirqqa bo'lin-gan, parchalangan] ayn. chilparchin. O'rtaga tushgan
sovuqchilik Faridaning qalbini chil-pora qildi. Mirmuhsin, Chiniqish.
CHILP-CHILP taql. s. Loygarchilikda yurganda, suv kechganda chiqadigan tovushni bildiradi. Chilp-
chilp loy kechmoq. shsh Vali aka taxtaning ustiga chiqib, ariqqa engash-di. Taxta egilib, tagi
chilp-chilp suvga teg-di. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
CHILTAN, chilton \f. ^J-a. — qirq ki-shi, qirqta ruh] Diniy tasavvurlarga ko'ra, g'ayritabiiy
kuchga ega bo'lgan, ko'zga ko'-rinmaydigan, bir-biridan ajralmaydigan afsonaviy qirq ruh.
Komil pirlar bo'lsin sizga madadkor, Qirq chiltanlar bo'lsin sizga jilovdor. «Malikai ayyor».
Chiltanlar nazar qildi shekilli, xonadonim qayta boshdan obod bo'ldi. M. Osim, Karvon
yo'llarida.
CHILTOR [f. jl^J-a. — qirqta tor; qirq torli musiqa asbobi] Ko'p torli qadimiy cholg'u asbobi.
Chiltor qillariday taralar yomg'ir. A. Oripov. Chiltor sadosi eshitilib, ayol kishi mungli tovush
bilan musiqaga jo'r bo'ldi. Gazetadan.
CHIL-CHIL \f. Ja. Ja. — qirqta-qirqta (bo'lingan, parchalangan)] 1 rvsh. Mayda-may-da, parcha-
parcha, kul-kul. Kosa chil-chil sin-di. yat Shisha, zinapoya qirrasiga tegib, chil-chil sindi.
«Yoshlik».
Chil-chil bo'lmoq 1) mayda-mayda, parcha-parcha bo'lmoq, kul-kul bo'lmoq. Hurining ba-dan-badani
jimirlab ketdi, qo'lidagi piyola yerga tushib, chil-chil bo'ldi. N. Fozilov, Oqim; 2) ko'chma ozor
chekib, ranj tortib, tilka-pora bo'lmoq. Umidi kesildigina emas, necha yillar ko'nglida
ardoqlab kelgan niyati
486
chil-chil bo'ldi. «Yoshlik». Chil-chil qilmoq
1) mayda-mayda, parcha-parcha qilmoq, sin-dirib tashlamoq. U qo'lidagi taqsimchani polga
qarsillatiburib, chil-chil qildi. Mir-muhsin, Umid; 2) ko'chma ozor, ranj berib, tilka-pora
qilmoq. Lekin uning suyib tek-kan polvoni, suyangan tog'i ko'nglini chil-chil qildi. S. Siyoev,
Otliq ayol.
CHILCHIROQ |0. H^J^ - qirqta chi-roq; qandil, lyustra] esk. Ko'p shamli chi-roq, qandil. Supalar
ustidagi chilchiroqlar nur sochib turar, bog' kunduz kundagiday yorug'edi. M. Osim, Karvon
yo'llarida.
CHILCHO'P [f. vJ^- — qirqta cho'p, nov-da| Nisholda tayyorlashda ishlatiladigan bir dasta ingichka
cho'p.
CHIM 1 ayn. ajriq. Biz uchun ko'karar do'ngliklarda chim, Biz uchun yashaydi ko'kda yulduzlar.
«Yoshlik».
2 Ajriqning ildizlari, poyalari bilan birga palaxsa-palaxsa qilib ko'chirilgan tuproq
qatlami. Suvni chim to'xtatar, so'zni — chin. Maqol. mm Yerni haydashda va mol boqilganda chim
buzilsa, tuproq eroziyasi ro'y beradi. «UzME». Yana besh chaqirimcha yurilgach, uchtacha o'tov va
chimdan yasalgan qo'ton chiqdi. N. Aminov, Qaqqaha.
Chim bosmoq 1) suv yo'lini to'sish yoki chimzor qilish uchun ko'chirib kelingan chim-ni ma'lum
tartibda yerga yotqizmoq. Egap'shr-ga chim bosmoq. Futbol maydoniga chim bos-moq. tsh Biror
joyni suv urib ketsa, ket-mon bilan o'sha joyga chim bosadi, bebosh suv-ni yana yo'lga solib
yuboradi. J. Sharipov, Saodat; 2) ko'chma g'ov solmoq, yo'lni to'sib qo'ymoq, bekitmoq. Poshshaxon
tushmagur, sek-retarlikka saylandi-yu, barchasining yo'liga chim bosdi. A. Muqimov,
Qipchoqseniki. Chim-day chiqmoq Yoppasiga, gilamday bo'lib chiq-moq (o'simliklar xaqida). Ukrop
chimday chi-qibdi.
CHIMDILAMOQ 1 shv. ain. chimchilamoq.
2 ayn. chimdimoq 1. \Ot\ Kechgacha adir-larda, soy bo'ylarida o't chimdilab keladi. S. Ahmad,
Jimjitlik.
CHIMDIM Ikki-uch barmoqbilan chim-dib olarli mikdor. Ovqatga uch-to'rt chim-dim tuz tashlamoq.
Bir chimdim 1) bir marta chimdib olish-li miqdor. [Chol] Bir chimdim nosni buru-shiq kaftiga
to'kdi-da, uni tilining tagi-ga otdi. «Yoshlik»; 2) ko'chma ozgina, jindak.
qittak. Bir piyoladan choy ichib, bir chimdim hol-ahvol so'ralgach, do'sti mehlyunni tanish-tirishga
tushdi. M. Mansurov, Yombi. Xi-tobda ham, maqtovda ham bir chimdim kesa-tiq bor edi. M. M.
Do'st, Lolazor. Bir chim-dim uuishsang, kuchga to'lib yayraysan. Oybek, O. v. shabadalar.
CHIMDIMOQ 1 Oz-ozdan yemoq, chayna-moq. Serka bo'lsa, har zamonda bir xashak chimdiganicha,
tepada turib.. kuzatarkan. N. Aminov, Qahqaha.
2 Barmokdarnint uchi bilan ushlab, chim-chib olmoq. Tikanzordan chiqqan kishi ko'zi yer chizib, ot
o'mrovidagi xasni chimdib tash-ladi. SH. Xolmirzaev, Bodom qishda gulla-di. Tojixon aya
xotirjam, keng-kovul qar-g'ashoyi ko'ylagining to'shburmasidan chimdib ushlab, yelpindi. A.
Muxtor, Kumush tola.
3 ko'chma Gap bilan uzib olmoq. -Hali bu holvasimi, Sultonov aka, — Zulxumor ham gap bshshn
chimdiboldi. M. Mansurov, Yombi.
CHIMZOR Chim bosgan yer, ajriqzor. So'ng tuyoq izlari qotib qolgan chimzordan tez o'tayotgan
izvoshda chayqalib ketarkan, gu-borli osmonga qaradi. SH. Xolmirzaev, Qa\-ramonning so'nggi
kunlari. Suyarqul terlab-pishib chimzorga yetib borganida, hali fut-bol boshlanmagan edi. A.
Ko'chimov, Halqa.
CHIMZORLIK ayn. chimzor. Har ikkovi-miz maslahatlashib, qo'ylarni chimzorlik-ka yoydik. G'.
G'ulom, Shum bola.
CHIMILDIQ ayn. go'shanga. Butun qiz-lar, butun juvoshar Chimildiqda erni ko'r-dilar. H. Olimjon.
Gul-gul yonib, muqaddas Chimildiqqa kirarsan. M. Yusuf.
CHIMIRILMOQ 1 Chimirmoq fl. o'zl. va majh. n. Qoshlari chimirildi. Quloqlari chimirildi.
2 Qosh-qovoqni, peshonani tirishtir-moq (taajjub, achchiklanish va sh. k. his-tuy-g'ularni
ifodalash uchun). -Qanaqa hikoya ekan? — chimirilib so'radi ayol. «Sharq yul-duzi». Xolisa
chimirilib, ana, aytmovdim-mi, degandek eriga qarab qo'ydi. S. Nurov, Maysalarni ayoz
urmaydi.
CHIMIRMOQ Qosh-qovoqni yig'moq, burushtirmoq (taajjub, norozilik, hadik-sirash, kibr kabi his-
tuyg'ularni ifoda-lash uchun). Dandonov siyrak qoshlarini chi-mirib, uzoq ezmalandi. N. Aminov,
Qahqaha. -Yoqmasa.. — Alimardon kinoyali jilmayib, qoshini chimirdi. — Yoqmasa.. Keta qol!O'.
\o-
shimov, Qalbingga quloq sol. Asqar Baki-rovich norozi qosh chimirdi. N. Aminov, Qah-qaha.
Quloq chimirmoq Quloqlarini orqaga burib, tik qilib, biror harakatga hozir-lanmoq
(hayvonlar haqida). Qorabayir dumi-ni silkitib, quloqlarini chimirganicha.. or-qa oyog'ini
havoga ura boshladi. SH. Toshmatov, Erk qushi.
CHIMLAMOQ Chim bosmoq, chim bosib to'smoq yoki ko'kalamzor qilmoq. Usta bu yil egat og'zini
chimlab sug'orishda ham ibrat ko'rsatishga ahd qilgan. O. Yoqubov, Larza.
CHIMMAT [«chashmband» s. ning buzil-gan shakli] 1 ayn. chachvon. Oy yuzing karo chim-mat zulmidan
qutultirgil. Hamza. Zebi chim-matini yuzidan oldi.. Cho'lpon, Kecha va kun-duz. Chimmatdagi
bekaga ko'zi tushganlar bosh egib salom berishdi. Mirmuxsin, Temur Ma-lik.
2 ko'chma Parda, to'siq. Tunning qora chim-mati jimirlab-jimirlab, yer betini qop-ladi. I.
Rahim, Taqtsir.
CHIMTOMOQ Kam ovqat yeydigan, ov-qatni tanlab, oz-oz yeydigan; chimxo'r. [Ma-lika] Chimtomoq
edi. Ammo bugun onasi qo'y-gan bir tovoq ovqatni ham pok-pokiza tu-shirdi-da, keyin toza
maqtadi. J. Abdul-laxonov, Tong yorishgan sohilda.
CHIMXO'R 1 aim. chimtomoq. Ovqitga aslo mazangiz yo'q ekan, poshsha qiz, chimxo'r ekan-siz. Oybek,
Ulug' yo'l. Shu qiliqlari ustiga bu nozik oyim biram chimxo'rlar.. «Sharq yul-duzi».
2 Ovqatni tanlab, oz-oz yeydigan, har qanday ovkdtni yeyavermaydigan (hayvonlar haqida).
Chimxo'rho'kiz ochdano'lar. Maqol.ish Shomurod xatchi [xat tashuvchi, pochtal`on/-ning sigiri
chimxo'rroq edi. M. M. Do'st, Gala-tepa qissalari.
CHIMCHALOQ shv. Jimjiloq.
CHIMCHILAMOQ 1 Tananing biror yeri-ni barmoqlar bilan qisib olmoq (ko'pincha jazolash uchun,
ba'zan hazil tariqasida). Sho'xchan koyinib, erining biqinlaridan chim-chshshb, narigi xonaga
olib chiqdi. M. M. Do'st, Lolazor. -Axir kampirlarday tishlaring tushgan! — dedi Izatulla aka
bolaning yuzi-ni qayta chimchilamoqchi bo'lib. N. Aminov, Qahqaha. Fotima kelin atlasning bir
che-tini chimchilab ko'rdi. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
2 ko'chma Achitmoq, jizillatmoq, jon-dan o'tmoq (sovuq, shamol, izg'irin va sh. k. haqida).
Izg'irin izillab, yuz-ko'zni chimchi-laydi. S. Nurov, Narvon. Sovuq quloq-bur-ningizni
chimchilabo'tadi. T. Qosimova, Ko'n-gilli tasodif. Yomg'ir tomchilari bilan yuvil-gan havoning
pokiza yellari badanini chimchi-lab o'tadi, goh seskantiradi. Shuhrat, Shi-nelli yillar.
3 ko'chma Gap bilan uzib olmoq, til te-gizmoq, kimsaning sha'niga achchiq, qattiq ran aytmoq;
koyimoq. -Hali xotinchangizni ham borib ko'rarsiz, — gap bilan chimchilab oldi u. «Yoshlik».
CHIMCHIMOQ 1 ayn. chimchilamoq. Bur-nini chimchidi.
2 Barmokdarning uchi bilan ushlab, chim-dib olmoq. Zaynabning qo'rqa-pisa «Oling, opa!»sidan
so'ng, ikki taraf ham lagandan chimchigan bo'lishdilar-da, birin-sirin qo'lni dasturxon chetiga
artishdi. A. Qrdiriy, O'tgan kunlar.
CHIMQIRQAR q. x. Plugning chimni, il-dizlarni kesib boruvchi qismi, pichog'i.
CHIN I 1 ot Haqiqiy hol, ish, ran, qo-disa va sh. k.; rost, to'g'ri. Otamning yo'qdir tayini,
Men aytay gapning chinini. «Nu-rali». Shu onda xavotiri chinga aylandi. «Sharq yulduzi».
2 sft. Haqiqiy, haqqoniy, chinakam. Chin va'da. Chin so'z — mo''tabar, Yaxshi so'z — mux-tasar.
Maqol.
3 Asl, haqiqiy, chinakam. Oh, shirin ha-yot, chin yo'ldosh.. har bir jihatdan komil, fozil inson
bo'lsa.. Hamza, Tanlangan asar-lar.
Chin ko'ngildan (yoki qalbdan, yurakdan)
Astoydil, samimiy. Ubu ayolning, tili ach-chiq bo'lishiga qaramay, chin dildan orttirib bergan
pullarini sira unutgani yo'q edi. «Yoshlik». Chin ma'nosi bilan Asl, haqiqiy ma'nosi bilan;
tom ma'nosi bilan. U chin ma'nosi bilan odam. tsh Xullas, chin ma`nosi bilan serhosil qishloq.
H. G'ulom, Mash'al. Chini bilan Hazilsiz, rostdan, \aqiqatan, darhaqiqat. Chini bilan ham
Hojining tu-sidagi boyagi hasrat va kayg'u alomatlari yo'qolib, ularning joyini sharq otaligi
vaziyati oldi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
CHIN II [f. St^] Xitoyning Sharqmam-lakatlarida qabul qilingan va o'zbek tili-da ham
uchraydigan nomi. Chin xoqoni. tsh Chin
488
chegarasidagi O'tror shahriga kelgani zamon yo'lini qor devori to'sdi. M. Osim, Utror.
Chin (yoki chinni) kaptar Xonaki ko'k kaptar.
CHINAK \f. < - «termoq,
to'plamoq; yig'ishtirmoq» fl. dan] O'tmishda: ma'lum shartlar bilan yollanib paxta te-rish tartibi
va shu tartibdagi paxta terimi.
CHINAKAM 1 Haqiqiy, asl, chin. China-kam do'st. shsh Ammo ziyofat dasturxoni chi-nakam boyvachcha
nomiga yarasha edi. «Yoshlik». Yoshlik — umrning chinakam asl davri. Gaze-tadan. Musofirdan ahvol
so'rash savob china-kam. A. Oripov.
2 ayn. chindan. Chinakam ishonmoq. tsh Ziyo-dulla chinakam qo'lga tushganiga ishondi. H. G'ulom,
Mash'al. Kishi chinakam yig'lash uchun mo'l-ko'l ko'z yoshi to'kmog'i yoki faryod ko'tar-mog'i shart emas.
P. Tursun, O'qituvchi.
CHINAKAMIGA rvsh. Chindan, haqiqa-tan; rostdan. [Univermagda] ..xalqimizning ajoyib milliy
an'analarish ifoda etishga, davr bilan uyg'unlashtirishga chinakamiga erishilgan. Gazetadan.
CHINAKCHI 1 Yollanib paxta teruvchi kishi. Nigohim kunduzning nuriga cho'mgan, Uzoqdan chinakchi
qizlar ko'rinar. U. Nosir.
2 Chanoqda qolgan paxtalarni qo'shimcha ravishda qo'lda teruvchi; terimchi. Mashina terimiga
ajratib, moslab qo'yilgan paxta-zorni bir gala chinakchi oralab yuribdi. I. Ra-xim, Zangori
kema kapitani.
CHINAKCHILIK Chinakchi bo'lib ishlash, chinak bilan shug'ullanish. Ernazar akaning xotini
kollektivlashtirishdan ilgari ham chinakchilikda dong chiqargan xotin. I. Rahim, Ixlos.
CHINBARG Paxta o'simligining shona-laydigan bargi, hosildor barg. G'o'za endi ikki-uchtadan
chinbarg chiqarganda, Mo'mi-naning birdan tobi qochib koldi. H. Nuriy, Lochin bolasi — lochin.
CHINGIL Dukkaklilar oilasiga mansub tikanli o'simlik (ildizidan sariq bo'yoq tayyorlanadi).
CHINGLING shv. Ixcham, bejirim va saranjom, shinam. Mirvali shu yo'l yoqasiga ikkita chingling
posyolka qurib qo'ydi. S. A\-mad, Jimjitlik.
CHINDAN rvsh. Chini bilan, to'g'ri; be-hazil. -Chindan so'zlayman, Anvar! — dedi Sultonali. A.
Qodiriy, Mexrobdan chayon.
2 Haqiqatan, rostdan. Shu tobda uning ginasi Iskandarga chindan xush yoqib, jil-maydi. M.
Mansurov, Yombi. Shahar chindan hamo'lat changalida ekan. «Fan va turmush».
CHINDOVUL map. Dubulg'a shaklidagi, bir tomoni teri bilan qoplangan urma cholg'u asbobi (harbiy
yurishlar va turli marosimlarda qo'llangan). Chindovul otliq askar egariga boylangan, tayoq yoki
qamchi dastasi bilan chalingan. «O'zME».
CHINIY [f. — Xitoyga mansub] esk. Xitoyda tayyorlangan. Xatni chiniy qog'ozga Muhammad
Intizomning o'zi yozdi. Mirmuh-sin, Temur Malik.
CHINIQMOQ 1 Mehnat yoki jismoniy tarbiya bilan o'z organizmining har qanday og'ir sharoitga,
kasallik va sh.k. ga bardosh berish qobiliyatini oshirmoq; toblanmoq, pishiqmoq. Mehnatda
chiniqqanning rangi toza bo'ladi. «Qo'shikdar». U ko'ylaksiz edi, oftobda chiniqib pishgan badani
ter bilan yaltirardi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
2 ko'chma Amaliy ish, tajriba jarayonida yetilmoq, toblanmoq. Do'stlik sinovda chi-niqadi. Maqol.
shsh Uning [qizning] muhab-bati ayriliqda chiniqdi. Gazetadan.
CHINIQGIRMOQ 1 Chiniqmoqfl. ort. n. Organizmni chiniqtirmoq.
2 maxs. Yangi ishlab chiqarilgan avto-mobil`, traktor, tramvay, samolyot, dastgoh va sh.k. ni
dastlab belgili tartibda ish-latib, asta-sekin ravon ishlaydigan holga keltirmoq.
CHINIQQANLIK Ishda, mehnatda yoki mashqbilan toblanganlik. Ishda chiniqqan-ligi unga
[mardikorga] qo'l keldi. «Yoshlik».
CHINK, ching (qozoqcha shing) 1 Qir va balandliklarning tik tushgan baland yon-bag'ri; jarlik.
2 Cho'qqi; tog' tepasi.
CHIN-MOCHIN [f. J^LOJ^] esk. Ja-nubiy Xitoy, Tibet va Sharqiy Turkiston hududining eski,
tarixiy manbalarda uch-raydigan nomi.
CHINNI \f. - Xitoyga mansub] 1 Turli idish-oyoq, yodgorliklar, izolyatsion ashyolar tayyorlash uchun
ishlatiladigan oq loy. Xitoy chinnisi. Toshkent chinnisi. Sopol chinni bo'lmas, begona — ini.
Maqol. sht O'rta Osiyoga chinni qadimdan Xitoy va Erondan, keyinchalik Rossiyadan keltirilgan.
«O'zME».
489 dh^
2 sft. Chinnidan yasalgan. Chinni piyola. mm Cauda chinni choynak-piyolalarni yaxshilab yuvib,
artib, tokcha tepaeiga terib qo'ydi. Gazetadan.
3 Chinni (xotin-qizlar ismi). CHINNIGUL [f. JS^^ - xitoy guli]
Chinnigullilar oilasiga mansub, qizil, pushti, oq gulli ko'p yillik o'tsimon o'sim-lik va uning
guli. Rashidning qo'lidagi chin-nigullarni ko'rib, Guli yostiqdan boshini ko'-tardi. H. Badalov,
Bobotog' bolalari.
CHINNIDAY, -dek. Chinni kabi, chin-niga o'xshab; top-toza. Umid g'arib.. ammoham-mayoq chinniday
ozoda bir uyda bo'lganidan ko'ngli ravshan tortdi. Mirmuhsin, Umid.
CHINNISOZ \f. -J^J^ ~ chinni yasov-chi] Chinni sanoati xodimi, mutaxassisi; chinni yasovchi usta.
Chinnisozlarning 1991 sh-gi rejalari hammani qiziqtirishi tabiiy. Gazetadan.
CHINNITARVUZ Ertapishar, guldor po'chokdi tarvuz navi.
CHINNITERAK Tikka o'sadigan baland oq terak.
CHINNIFURUSH |0. J^jjl^^ - chin-ni sotuvchi] esk. Chinni asboblar bilan savdo qiluvchi savdogar,
chinni sotuvchi. U Soli chinnifurush nomi bilan dong chiqar-gan. «Yoshlik».
CHINNICHI ayn. chinnisoz.
CHINOVNIK \qad. r. chin - «tartib, qoida; daraja, mansab» s. dan yasalgan ot: amaldor] Chor
Rossiyasida: amaldor, man-sabdor shaxs. Chor hukumatining chinovnik-lari. shsh U yo chinovnik, yo
katta savdogar, yoki ayni zamonda har ikkisi. Oybek, Tan-langan asarlar.
CHINOYOQ Xitoyi chinni idish, xitoy chinnisi. Olti yigit ichida oting Tursun, Chinoyoqqa suv
quydim — tinib tursin. «Qo'-shiqlar». Miryoqub kursini yaqinroq jildir-di, chiroyli bir
chinoyoqqa samovardan quyuq-qina choy quygach.. Cho'lpon, Kecha va kunduz.
CHINOR [f. jL^a.] 1 Po'sti ko'kish, pan-jasimon shapaloq bargli, uzoq umrli ser-soya katta
daraxt. Chinor chirimas, archa quri-mas. Maqol. Hammayoq ozoda, suv sepilgan, toza. Sarhovuz..
osmonga yetadigan chinorlar.. «Nurali».
2 ko'chma Turmush o'rtog'i yoki o'g'il, far-zand (ayolga nisbatan). Chiroying borida chino-ringni
top. Maqol. shsh Bo'ynimga taqqan tumorim sen eding, Oldimda o'sgan chinorim sen eding.
«Oysuluv».
3 ko'chma Suyanchiq, qo'llab-quvvatlovchi shaxs. [Turdiqulovning] Rayonda suyangan chi-norlari bor.
«Yoshlik».
CHINOQ 1 Qulog'i kesilgan yoki qulog'i kertik. Chinoq it. Chinoq qo'y. tsh -E, dom-lajon-a, siz
ko'rmadingiz, o'rtadagi devor-dan bir g'isht ko'chirganimizni bilamiz, xay-hay-hay.. — deya
bidirlay ketdi chinoq yigit unga ergashib. M. Mansurov, Yombi.
Chinoqburun 1) kemtigi bor burun; 2) chan-diq burun. Chinoq quloq Kesik quloq.
2 Qulog'i kichkina yoki chandiqli kishi-larga qo'yiladigan laqab. Yodgorxo'janing ama-kisi
Qosimxo'ja.. To'raqul chinoqning sarta-roshi bo'lgan. SH. Xolmirzaev, Qaxramonning so'nggi
kunlari. Ko'cha boshida Axmad chinoq ko'rindi. «Yoshlik».
CHINOQCHI q. x. Chorva mollarning qu-log'ini kesib yoki kertib, tamg'a, nishon so-luvchi kishi.
CHINCHALOQ shv. Jimjiloq.
CHINQIRIQ Ingichka va o'tkir ovoz, qichqiriq. Chaqaloqning chinqirig'i. Gudokning kar qshggudek
chinqirig'i. sht Uzoqdan parovoz chinqirig'i yangradi. A. Muxtor, Opa-singil-lar.
CHINQIRMOQ Ingichka va o'tkir tovush chiqarmoq, chiyillagan tovush bilan qich-qirmoq. Gulnora
chinqirgancha o'rnidan turib ketdi. X. To'xtaboev, Yillar va yo'llar. -Voy-dod, kimsiz?
Odamlar, yordam be.. — deb chin-qirdi ayol va shu zahotiyoq tinchib qoldi. «Yoshlik». Jonivor
G'irko'k ot Avazni ko'rdi, To'rt oyog'in yerga tirab chinqirdi. Ergash Ju-manbulbul o'g'li. Poezd yana
bir chinqirdi-yu, qalin daraxtzor ichiga sho'ng'ib ketdi. S. Ka-romatov, Bir tomchi qon.
CHINQIROQ Ingichka va o'tkir, quloq teshguday qattiq(tovush haqida). -Muzaffar! — oyimning
chinqiroq ovoziga Omonning yi-g'isi qo'shildi. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
CHING'IL, jangal Cho'l va adirlarda o'sa-digan tikanli buta.
CHING'ILLAMOQ 1 ayn. shang'illamoq. Qulog'im ching'illayapti.
2 ayn. jiringlamoq. Eshik qo'ng'irog'i chin-g'illadi.
CHING'IRLAMOQ ayn. ching'illamoq.
CHIP taql. s. Yalpoq narsalarning asta urilishida, yopishqoq narsalarning ko'chi¬shida chiqadigan
tovushlarni ifodalaydi. Chip etgan tovush. tsh Sariq, qizil barglar chip etib yerga sho'ng'iydi.
«Yoshlik».
Chip bitmoq aim. chippa bitmoq q. chippa.
Iskandarning quloqlari shang'illab kelib, chip bitdi-yu, hech narsa eshitilmay qo'ya qol-di.
«Yoshlik». Chip yopishmoq aim. chippa yopish-moq q. chippa. ..badaniga chip yopishgan qop-qora qondan
/ashlanib, [Javlonning/ yuragi battar siqildi. «Yoshlik».
CHIPOR Ola-bula, olachipor. Chipor to-vuq. Chipor ilon. shsh Unda [suratda] katta-kon daraxtga
o'ralib yotgan yo'g'on chipor ilon tasvir etilgan. SH. Xolmirzaev, Og'ir tosh ko'chsa. Izatulla aka
bolaning boshini chipor shapkachasi ustidan silarkan, «balli», deb qo'ydi. N. Aminov, Qahqaha.
CHIPPA: chippa bitmoq Butunlay, tom bitmoq (quloq haqida). Gulnor desam, quloq chippa
bitibdi. «Gulnorpari». Chippa yopish-moq 1) yaxshi, zich yopishmoq. Yaktagi ikki kuragining
o'rtasiga chippa yopishib, yelkasi achishadi. «Yoshlik». Paykalga kirsangiz, ztik-ka loy chippa
yopishib, oyog'ingiz bilan qo'shib sug'urib olaman, deydi. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi; 2) quyib
qo'yganday, o'lchagan-day loyiq kelmoq. Uzun sambitdek qoma-tiga, keng yag'riniga harbiy forma
chippa yopi-shib turibdi. Oydin, Sadag'ang bo'lay, ko-mandir.
CHIPPAK I s. t. Shippak, sandal.
CHIPPAK II: chippakka chiqmoq 1) yo'qqa, puchga chiqmoq. Yolg'on da'volar chippakka chiq-di. ish
O'quvchilarning ishonchlari tabiat injiqligi tufayli chippakka chiqadigan bo'l-di. O. Yoqubov,
Olov qalblar; 2) behuda, zoe ketmoq. Salimxon Obidiyning hujumi chip-pakka chiqdi.
Mirmuhsin, Umid.
CHIPPA-CHIN Shak-shubhasiz; to'g'ri, rost, chin. Chippa-chin bo'lgan ish. So'zlarim yolg'on emas,
chippa-chin. tsh Chshta-chin ishon-ding-a, tavba [dedi Iskandar]. M. Mansurov. Yombi.
CHIPTA I 1 Dag'al buyumlar to'qish uchun tayyorlangan yupqa tilim-tilim po'sg'loq va undan to'qilgan
narsa. Nariroqda atrofi chipta devor bilan o'ralgan qo'ra. SH. Xol-mirzaev, Og'ir tosh ko'chsa.
2 Odatda tokni bag'azlarga tarab bog'lash uchun ishlatiladigan po'stloqtolasi. Chipta bilan
bog'lamoq.
CHIPTA II 1 s. t. Poezd, avtobus, samo-lyot kabi transport vositalarida yurish, uchish huquqini
beruvchi bilet. Mana bu gap-ni eshiting, Andijonga borganimda, «Mak-simka» poiizga [poezdga]
chipta ololmay, nachaylikning [nachal`nik — boshliqning] oldiga kirdim. S. Ahmad, Hukm.
2 Biror tomoshaxonaga yoki turli sport musobaqalari o'tkazilayotgan joyga kirish x^quqini
beradigan rasmiy qog'oz; bilet. «Paxtakor»ning o'yiniga chipta qolmabdi.
CHIPTACHI s. t. 1 Temir yo'l bileti sotuvchisi; kassir.
2 Yo'l transporti bileti sotuvchisi; konduktor. Avtobus chiptachisi.
CHIP-CHIP Chip s. takr. Ko'ylagining ik-ki kuragi o'rtasi badaniga chip-chip yepiishr-di. Shuxrat,
Shinelli yillar.
CHIPQON Tuk xal gachasi hamda unga bog'-liq yog' bezi va to'qimalarning yiringli yallig'lanishi;
yiringli katta chiqiq; xo'p-poz. Nasim polvonga chipqon chiqqani chin ekan, budavrada olishmabi.
T. Murod, Qo'shiq.
Dard ustiga chipqon q. dard I. Dard usti-ga chipqon deganlariday, Asrorning bir dar-di ikki
bo'ldi. «Yoshlik».
CHIR: chir aylanmoq Gir-gir aylanmoq, tez aylanmoq. O'ynar bo'ron, chir aylanib qor, Tinmay
inar ko'kdan yer sari. Uyg'un. O'ngir-larda ko'tarilgan girdob xas-xashaklarni chir aylantirib,
osmoni falakka olib chiqib, qo'-yibyuborardi. S. Ahmad, Jimjitlik.
CHIRANMACHOQ s.t. Maqtanchoq, keril-machoq. ..Shunday dedi-yu, o'zini tutolmay kulib yubordi —
Oishoga ishonmadi, uni shun-chaki chiranmachoq deb o'iladi. M. M. Do'st, Lolazor.
CHIRANMOQ 1 Biror maqsadda bor kuchini ishga solib harakat qilmoq; ku-chanmoq. Buqa orqasiga
tisarilib, uvvalo chirandi. «Sharq yulduzi». Sandiq juda og'ir edi, zo'rg'a zinaga yaqinlashtirib,
chirana-chirana, tepaga olib chiqishdi. A. Kuchimov, Halqa. Arava qilt etmas. ho'shzlar harchand
chirangani bilan, arava joiidan jilmas edi. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
2 ko'chma caii6. O'z imkoniyatlarini hi-sobga olmay katta ketmoq; kerilmoq. -Chi-ranmang,
polvon, — dedi kulib O'sarjon. Oy-bek, O. v. shabadalar. O'zing joysiz /noo'rin/
chiranganingdek, meni ham o'z yoningga tort-moqchi bo'lasan. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
491 v >.-••>.
Aimpea men: -Shohi Eron bilan urushaman, deb chiranmang, — dedim. M. Osim, Karvon yo'l-larida.
CHIRGI shv. Terlik, yopiq (ot abzali). Shul zamonda soldi otning ustiga Zarliyu zar-bofdan
bo'lgan chirgini. «Alpomish». Ombor-xonadan ot abzallarini — terlik, bellik, chirgi.. yugan,
egarni qo'ltiqlab keldim. T. Murod, Ot kishnagan oqshom.
CHIRGILIK shv. 1 Chirgibop material, namat.
2 Chirgi. Chirgilik tikayotganda, kalava-ga mum yedirmasang bo'lmaydi — ertasi kuni-yoq chirib
tushadi. M. M Do'st, Galatepa qis-salari.
CHIRIK 1 Chirigan, chirib ishdan chiq-qan, yaroqsiz holga kelgan. Chirik paxta. Chirik tish. Chirik
olma. mm Iigit chirik og'ochlar tirqishidan pastga qaradi. S. Siyo-yev, Avaz. Chirik somon va
go'ng hidi [Said-ning] dimog'iga urildi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi.
2 ot Narsalarning chirigan joyi. Olma-ning chirigini olib tashlamoq.
3 ko'chma O'lib, yo'q bo'lib borayotgan, halo-katga yuz tutgan; nosog'lom; eski, buzuq. Chirik
nazariya. ttsh Drama yozganda, mavzuni tur-mushimizning nak chirik bir joyidan olmoq va uning
ila barobar adabiyot tarozisiga solib yozmoq kerakdir. A. Qodiriy, Kichik asarlar.
CHIRILDOQ 1 sft. Chirillovchi, hadeb chirillayveradigan.
2 ot Qanotlari ishqalanishi natija-sida «chir-chir» ovoz chiqaradigan, to'g'riqa-notlilar
oilasiga mansub hasharot; qora chigirtka. Chigirtkalar, chirildoqlar biri olib-biri qo'yib
xonish qiladi. S. Ahmad, Jimjitlik. Chinqirib yuborar kunning zo'-ridan Qaygadir berkinib
olgan chirildoq. A. Oripov.
CHIRILLAMOQ 1 «Chir-chir» qilmoq; chig'illamoq. Bu kecha ham bo'rilar uvlar, Chirildoqlar chirillar
bir-bir. «Yoshlik». U yer-bu yerda chigmrtka erinib chirillaydi. «Yoshlik».
2 ayn. Qattiq yig'lamoq (chaqaloq, go'dak haqida). Beshikda yotgan bolakay tinimsiz chirillardi.
«Yoshlik».
3 ko'chma Kuyinib, iztirob bilan, yig'i aralash so'zlamoq. Chirillab, akam, deb tursa boshimda,
Qaldirg'och — sho'rlik jigarim bo'lmadi. «Alpomish». Uzala tushib yotgan bolasining tepasida xola
«Onang o'lsa bo'l-masmidi, bolam!» deb chirillardi. «Sharq yul-duzi».
4 ayn. chir-chir aylanmoq q. chir-chir.
CHIRIMOQ1 Tabiiy ta'sirlar tufayli parchalanmoq; aynimoq, ishdan chiqmoq, yaroqsiz holga
kelmoq. Chirigan ip. Chinor chirimas, archa qurimas. Maqol. ttsh Tutning shoxlari tegib turgan
ayvon ustuni qorayib, chiriy boshladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi. Mayli, meni
burdalab tashlasinlar, tanim zindonda chirisin. S. Karomatov, Bir tomchi qon.
2 Irimoq, aynimoq. Chirigan qovun. Chiri-gan olma.
3 ko'chma Adoyi tamom bo'lmoq, xazon bo'l-moq. [Yo'lchi:] Andak insof kerak, uyat kerak. Cholning
mehttda chirigan ko'ksiga bigizni qadayvermang! Oybek, Tanlangan asarlar. -Nari turing, —
La'li jahl bilan erining ko'kragidan itardi. — Esiz umrim, bu g'amxo-nada chirib ketayotibdi.
\. G'ulom, Mash'al.
4 ko'chma Umri tugab, o'lib, yo'q bo'lib bormoq, halokatga yuz tutmoq. Zolimlar yoq-qan o't
yonmasin sira, Krra niyatlari chirisin dshgda. G'. G'ulom.
CHIRINDI Cho'p-xas, xazon, o'simlik va sh.k. ning chirib, tuproqning tarkibiy qis-miga
aylanayotgan qismi, chirik narsa. Yerga chirindi solmoq. ttsh Chirindining achchiq hidi dimoqni
teshguday edi. A. Ko'chimov, Halqa.
CHIRISH I 1 Chirimoq fl. har. n.
2 Mikroorganizmlar ta'siri natija-sida buzilish, aynish hodisasi, jarayoni. Hozir ilmiy
xodimlar ildiz chirish kasalini o'rganishayotgan ekan. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
CHIRISH II: chirishni buzmoq Ish, suh-bat va sh.k. ni, o'tirishni buzmoq; bitgan, bo'lib turgan
ishni yo'q qilmoq.
CHIRIQLAMOQ ayn. chirqillamoq. Chum-chuqcha kelib ketdi, Ushoqlarni yeb ketdi, Chi-riq-churuq
chiriqlab, Erta kelay, deb ketdi. U. Baxromova.
CHIRK I [f. - kir, iflos; kir-
lik, ifloslik] 1 Yog' va qurum aralash yopish-qoq massa; is. Krzonning chirki. Chirk bosib
qoraygan uy. ttsh Idish yuvadigan, ishchilar qo'l yuvadigan joy chirk bosgan. Gazetadan.
2 Qalin qatirma kir, yag'ir. Chirk bog'lab ketgan do'ppi. ttsh Chirk bosgan kepka kiyib
J^o492
yuradigan.. qop-qora, boshi so'poq, suyagi bu-zuq, rangpar yigit. A. Muxtor, Davr mening
taqdirimda.
3 Qotib qolgan arava moyi.
CHIRK II taql. s. Chirkillaydigan qush va hasharotlarning ovozini bildiradi.
CHIRKIN \f. c^j^ ~ kir, iflos| 1 Chirk bosgan, chirk bosib qoraygan; xira. Chirkin va siniq
shishalar.
2 Qatirma kir, yag'ir, isqirt, iflos. Ular gul.shrni sevadilar. Kiiimlari chirkin bo'lsa ham.
chakkalariga gul qistirib yura-dilar. Oybek, Tanlangan asarlar. Ulardan biri yengli maykada,
boshiga.. chirkin do'ppi kiygan. N. Aminov, Qa\qaha.
3 ko'chma Razil, qabih, tuban. Chirkin ha-yot. Chirkin ma`naviy qiyofa. mm Bu chirkin gamxonada
joy uchun ijara to'laysizlar-a! Oybek, Hyp qidirib. U/Sulton Husayn/ ke-cha bir daqiqalik
chirkin hisga berilib, be-ma'ni ish qilganidan pushaymon zdi. M. Osim, Karvon yo'llarida.
4 ko'chma Chirik, chirigan, o'lib borayot-gan. O'tmishning chirkin qoldiqlari jamiya-timizga isnod
keltiradi. A. Muxtor, Tu-gilish.
CHIRKINLASHMOQ Tubanlikka yuz tutmoq, tubanlashmoq, razillashmoq, qabih-lashmoq. Bo'htonchilar..
o'z galabalari na-tijasida yuzlari battarroq qorayganini, ichlari yana battarroq
chirkinlashganini sezmaydilar. Oybek, Hyp qidirib.
CHIRKINLIK Razillik, tubanlik. Chir-kinliklar to'lgan eski dunyodan Uchmoxlar undirish bizning
ishimiz. F. G'ulom.
CHIRK-CHIRK Chirk II s. takr. Ahyon-ahyon-da jimlikni chigirtkalarning chirk-chirk etgan ovozi
buzardi, xolos. SH. Toshmatov, Erk qushi.
CHIRMALMOQ 1 Chirmamoq fl. o'zl. va maj\. n. Axiri jodugar kampir katta paranjiga chirmalib
olgan qizni sudrab kiritdi. «Yoshlik». Shahar kasalxonasiniig ozoda xonalaridan biridagi
karavotda bo-shi oq doka bilan chirmalgan Abdujabbor bir necha soatdan beri hushsiz yotar..
zdi. S. Abdulla, Soyalar.
2 O'ralpb olmoq, chirmashmoq. Iyun CHIRMAMOQ 1 rvsh. Maxkam o'rab, chan-dib bog'lamoq. To'qsonta qutini ichkima-ichki bir-biriga
kiydirdi, o'rab-chirmab mah¬kamlab qo'ydi. «Malikai ayyor». Murid Avaz-ni gujumga chirmab
bog'ladi. S. Siyoev, Avaz.
2 ko'chma O'rab, qamrab, chulg'ab olmoq; ishg'ol qilmoq. Ishq o'ti [Zevarxonni] chir-mab olibdi.
«Tohir va Zuhra». Birdan Ni-zomning jismu jonini xayajon chirmab oldi. N. Qilichev, Chig'iriq.
CHIRMANDA ayn. childirma. Yigit chir-mandani qo'liga olib, zavq bilan chala ket-di. «Yoshlik».
Gumbur, gumbur, gumburlabhov-liqadi chirmanda. Gazetadan.
CHIRMANDAKASH ayn. childirmachi.
CHIRMANDACHI ayn. childirmachi.
CHIRMASHMOQ 1 Mahkam quchmoq, o'ralmoq, o'ralib, yopishib olmoq. Chirmovuq-lar — sariq, suq
chuvalchanglar Qiynar ray-honlarni chirmashib olib. «Yoshlik». Ilon uni IYusuf Asvadni] qo'yib
yubormay, mahkam chirmashgani holda, qattiq bo'g'a boshladi. Mirmuhsin, Ilon o'ynatuvchi. Qora
sochi belga chirmashib, Shaxlo ko'zlar so'rar edi jon. Mirtemir.
2 Mahkam yopishib, tirmashib, yuqoriga intilmoq, tirmashmoq. G'o'labur sariq Kras-nov oldinlashib,
binokl` bilan uzoqqa qara-di, so'ngra, harsillab-harsillab, daraxtga chirmashdi-da, tevarakni
kuzatdi. Oybek, Quyosh qoraymas. Birpasda qarasangiz, past-dagi odamlar arqonga chirmashib,
toqqa chi-qibolishdi. Oydin, Oltmish gaz arqon. Qish-loq etagidan ko'tarilgan oy olisdagi far-
zandlari — yuldugshrni ko'rmoq istab, osmonga chirmashardi. S. Nurov, Yostiq.
CHIRMASHUVCHAN Qattiq chirmasha-digan, chirmashib, o'ralib oladigan. Chirma-shuvchan ilon.
Chirmashuvchan o'simliklar.
CHIRMOV I Chirmamoq fl. har. n. Ol xa-bar gulshanda gul ahvolidan, ey bog'bon, Ut giyoh
chirmoviga chirmaldi qiynoq ichra gul. S. Abdulla.
CHIRMOV 11 ayn. chirmovuq.
CHIRMOVGUL Pechakgul, karnaygul.
CHIRMOVUQ 1 Devpechak, zarpechak, pe-chakgul singari chirmashib o'sadigan o'sim-liklarning umumiy
nomi. Iskandar o'zidan kichikroq.. bolaning qo'chqorga chirmovuq o't berayotganshi kuzatib turib,
keyin o'zi ham asta-sekin qo'y oldiga bordi. S. Nurov, May-salarni ayoz urmaydi.
2 ayn. zarpechak.
CHIROY 1 Go'zallik; husn, ko'rk. Muhab-bat chiroy tanlamas, uyqu — o'rin. Maqol.
493
mm Asror, qirqqa borgan bo'lsa-da, chiroyini, tarovatini yo'qotmagan bu ayolning kip-riklari
uzun ko'zlariga.. qarashga botinmay, yerga boqqancha, «ha, ko'rdim», dedi. «Yoshlik»
2 Ko'zga yoqadigan ko'rinish, ko'rkamlik, ko'rk, qiyofa. Shahar chiroyi. mm Bino tayyor bo'lgandan
keyin unga chiroy berish, nafislik bilan ichiyu tashiga ko'rk bag'ishlash — san'at. «Saodat». Chol
ko'zida o'zgarar har on Qish-log'ining chiroyi, tusi. H. Olimjon.
Chiroyi ochilmoq Kayfiyati yaxshilanmoq. Muhsina xonimning chiroyi ochildi: erini bun-day
jahldoru cho'rtkesar holda ko'rish unga yoqardi. M. M. Do'st, Lolazor. Oqsoqolning chiroyi
ochilib, «Barakalla, oqil yigit ekan-san», deganday miyig'ida kulumsirabdi. M. Mansurov,
Yombi.
CHIROYLI 1 sft. Husni odatdagidan ortiq; go'zal; ko'rkam. Chiroyli qiz. tsh Chol-ning kelini
chiroyli, oppoq, ko'zga yaqin ju-von edi. «Yoshlik». Shaharda shunday chiroyli qizlar bor —
ko'rsang, og'zing ochiladi. «Yosh-lik»
2 sft. Ko'rinishi, tashqi qiyofasi ko'z-ga yoqimli ko'rinadigan. Eng chiroyli qush de-ganda,
hammaning ko'z o'ngiga oqqush kelishi tabiiy. Gazetadan. Bilasizmi, dunyoda chiroy-li narsalar
shunday ko'pki! Urmon, kapalak, tong, o'tloq, tun.. A. Muxtor, Davr mening takdirimda.
3 sft. Manzarasi ko'zga yoqimli; ko'rkam. Farg'onadan yo'lga chiqqan yengil mashina chi-royli
asfal`t yo'lda uchib borardi. Mirmuh-sin, Umid. -Markaz chiroyli bo'lib ketdi-a, odam suyunadi,
— dedi Charos mamnun jil-mayib. O'. Hoshimov, Qalbingga quloqsol.
4 sft. Yaxshi; o'rinli; manzur. Chiroyli gap. Chiroyli to'y. tsh Chiroyli ma'ruzaga mahliyo bo'lib,
ruhiyatimda sustkashlik bosh-landi. X. To'xtaboev, Yillar va yo'llar. Ming afsuski, hozir
to'ylarda o'yin-kulgi, chiroy-li an'analar san'atini namoyish qilish emas, isrofgarchiliklar
me'yoridan oshib ketadi. Mirmuhsin, Umid. Har bir ota-ona orziqib ko'rgan farzandiga chiroyli
va maz-mundor ism qo'yishga harakat qiladi. Gaze-tadan.
5 rvsh. Yoqimli, jozibali, batartib; o'r-niga qo'yib. Chiroyli gapirmoq. Chiroyli qa-dam
tashlamoq. Chiroyli kiyinmoq. shsh -Voy, shunaqami? — Oftob o'spiringa qarab, chi-royli jilmaydi.
M. Mansurov, Yombi. Biror ishni puxta va chiroyli silgan odamni tang-ri do'st tutadi. «Fan va
turmush».
CHIROYSIZ Ko'rimsiz, xunuk.
CHIROQ \f. j-l^ - chiroq| 1 Xonani, joyni yoritish uchun xizmat qiladigan uy-ro'zg'or asbobi;
lampa. Jin chiroq. Neon chi-roq. Osma chiroq. shtsh Bashirjon elektr chi-roqlari porlab turgan
katta yo'ldan yurish-ga istihola qilibmi.. o'zini qorong'ilik qo'yniga urdi. N. Aminov, Qahqaha.
Uning [o'tovning] ichi issiq, lampa chiroq charog'on qilib turardi. Gazetadan.
2 Mashina, televizor, radio va sh.k. ning yonib turuvchi qismi. Mashina motori gurul-lab,
chiroqlari asfal`t yo'l, restoran devor-larini piypaslab o'tdi. S. Nurov, Maysa-larni ayoz
urmaydi.
3 ko'chma Farzand yoki yaqin odam. Chi-roqqinam, shunday yomon tush ko'rdim. «Yusuf va Ahmad». O'g'il
tugul, yo'qdir-da biror qi-zim, Chambilda chiroqsiz o'tganman o'zim. «Nu-rali».
Ichiga chiroq yoqsa yorishmaydi Juda xa-fa, tushkun kayfiyatda. Dildorning ichi chi-roq yoqsa
yorishmas, hamma narsaga befarq edi. «Saodat». Chirog'ini yoqmoq Marxumdan keyin uning uy-
joyini obod qilib, xotirasini asramoq. O'g'il yoqqan chiroqni qiz ham yoqar. Maqol. mm -Mendan
keiin chirog'imni yoqadi-gan shu nabiram, — dedi kampir. «Yoshlik».
CHIROQPOYA [f. *. - chiroq tag-ligi] Chiroq qo'yadigan taglik, chiroq o'r-natiladigan
uchoyoq. Kech bo'ldi, men qora chiroqni yoqib, cho'pdan yasalgan chiroqpoya usti-ga qo'ydim. S. Ayniy,
Esdaliklar. [Oixon:/ Hammasi bor. Beshik bilan chiroqpoyasi qoldi, xolos. Hamza, Maysaraning
ishi.
CHIROQCHI 1 Ko'cha chirokdarini yoquv-chi; chiroq tutuvchi; chirog'bon.
2 ko'chma Uy-xonadon chirog'ini yoqib, uning an'analarini davom ettiruvchi, ota-ona xotirasini
saqlovchi avlod. Nodira An-varni.. otasining uyiga chiroqchi qilmoqchi edi. A. Qodiriy,
Mexrobdan chayon.
CHIROG'BON [f. oWt1-^ ~ chiroqlarga qarovchi] ayn. chiroqchi 1. Chirog'bon ketidan yo'lakka
kirdilar. S. Abdulla, Mavlono Mu-qimiy.
CHIRPINDI Poytesha, bolta bilan chopish natijasida to'plangan mayda-chuyda o'tin, tutantiriq;
payraha.
494
CHIRPIRAK: chirpirak bo'lmoq 1) gir-gir aylanib, buralib-buralib uchmoq. Gir-dob raqqosadek
chirpirak bo'lib aylanib ke-lib, o'tib ketdi-yu, saksovulzorda olato'po-lon boshlandi. «Yoshlik»;
2) umbaloq oshib, oyog'i osmondan bo'lib yiqilmoq, charxpalak bo'lmoq. O'lmas chirpirak bo'lganicha,
ko'rpaning ustigauchibtushdi. «Yoshlik». Chirpirak qil-moq 1) gir-gir aylantirmoq. Ular
[odamlar].. bir-birlarini tabriklab quchoqlashar, chir-pirak qilib aylantirishar.. edi. M.
Man-surov, Yombi; 2) umbaloq oshirib, charxpa-lak qilib yiqitmoq. U[Zarina] bexosdan ke-lib,
yigitni belidan oldi-da, chirpirak qi-lib, uloqtirib yubordi. M. Osim, Karvon yo'llarida.
CHIRPIRAMOQ 1 Gir-gir aylanmoq, gir-gir aylanib uchmoq, chirpirak bo'lmoq. Yer uyumlari fig'on
bilan chirpirab, girdob kabi ko'kka ko'tariladi. Oybek, Quyosh qo-raymas.
2 Umbaloq oshib yiqilmoq, charxpalak bo'lmoq. Xudoyqul pastga qarab chirpirab ketdi. P.
Tursun, O'qituvchi.
CHIRPIT \r. chetvert` («chorak, to'rtdan bir») s. ning buzilgan shakli] s. t. Metrik o'lchov
sistemasi qabul qilinguncha ishla-tilgan, uch litrga yaqin hajm o'lchov birligi va shu hajmdagi
shisha idish. Peshinga yaqin Oqsoqolnikidan to'y keldi: yarim qop guruch, bir chirpit yog', bir qop
un. O'. Hoshimov, Ik-ki eshik orasi. -[Echkining] Onasi har yili ikkitadan tug'adi, — derdi
dallol shan-g'illab, — kuniga bir chirpitdan sut beradi. «Yoshlik».
CHIRS taql. s. Shisha, muz va sh.k. ning sinishidan, quruq o'tinning yonishidan chiqadigan kuchsiz
tovushlarni bildiradi. Lampa shisha chirs etib sindi. shsh Tuxum toshga tushib, chirs etib yorildi.
«Yoshlik». Qadam bosgan sari oyog'i ostidagi muz chirs etib yorilardi. Gazetadan.
CHIRSILLAMA 1 Chirsillab yorilgu-day tarang, yetilib turgan. Chirsillama qovun.
1 Chirsillab yonadigan, quruq. Chirsilla-ma o'tin.
3 ko'chma Qirchillama, achchiq, qattiq. Chir-sillama sovuq.
CHIRSILLAMOQ 1 «Chirs-chirs» ovoz chiqarmoq. Kattakon to'nkadan chirsillab olov sachrayapti. O'.
Hoshimov, Ikki eshik orasi. Magnitofonshtg lentasi tugab, chir-sillab aylana boshladi. «Yoshlik».
2 ko'chma Jaxdi chiqib ketmoq; asabiy-lashmoq. Endi Halima chirsillab ketdi: -Ha, senga hazil
qilib ham bo'lmaydimi! O'. Us-monov, Qismat.
3 ko'chma Dolzarblik kasb etmoq; keskin tus olmoq, keskinlashmoq. Paxta masalasi — hamma vaqt
chirsillab turgan masala. Mirmuhsin, Umid. Zamon chirsillab turibdi. X. To'xtaboev, Shirin
qovunlar mamlakati.
4 ko'chma Sinib ketay demoq. Mehmonxo-na. Ziyofat stoli noz-ne'matlardan chir-sillab turipti.
«Mushtum».
5 ko'chma Kuchaymoq, zo'raymoq (sovuq qa-qida). Hamma yoq ko'kish qor bilan qoplan-gan, sovuq
chirsillardi. M. Osim, Elchilar.
CHIRS-CHIRS Chirs s. takr. Kimdir chirs-chirs sindirib, burgan hidini anqitib, cho'p uzatdi. M.
Mansurov, Yombi. Piligi so'xta chiroq chirs-chirs qildi. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
CHIRT I taql. s. Ip uzilishi, cho'pning sinishi va sh. k. dan hosil bo'ladigan keskin tovushlarni
ifodalaydi. Ip chirt uzshdi. mm Ilkis bir siltovdan arqon chirt uzildi. «Sharq yulduzi». ..har
zamonda oltinrang birg chirt uzilib, pildirab uchardi. A. Mux-tor, Kumush tola. Sherbek
tishlari orasidan chiqarib, chirt etkazib tupurdi. S. Anorbo-yev, Oqsoy.
CHIRT II rvsh. Shartta, keskin. Chirto'gi-rilmoq. Chirt burilmoq. tsh Gulsumning lab-lari chirt
yumildi. P. Tursun, O'qituvchi.
Ko'zni chirt yummoq I) ko'zni qattiq yummoq. Sevargul beixtiyor chinqirib, ko'z-larini chirt yumdi.
N. Qilichev, Chig'iriq. Jamol polvon ko'zlarini chirt yumib oldi. «Sharq yulduzi»; 2) ko'chma
bo'lgancha bo'lar deb, tavakkal qilmoq. Ko'zni chirt yumib, to'yni boshlayvering.
CHIRTING-PIRTING s. t. Mayda-chuy-da, arzimas. Chirting-pirting gap. Chirting-pirting olib,
pul ham tamom bo'ldi.
CHIRT-PIRT: chirt-pirt bo'lmoq s. t. Mayda-chuydaga sarflanib tamom bo'lmoq. Ba'zi vaqtda
uncha-muncha pul ham so'rab olaman. Lekin chirt-nupm bo'lib, qo'ldan uchadi-ketadi. Oybek,
Tanlangan asarlar.
CHIRTTA kam qo'll. ayn. chirt II. Shunday paytlarda yuragim qinidan chiqib, ko'zimni
495
chirtta yumib olib, chopib o'tardim. N. Sa-farov, Olovli izlar.
CHIRT-CHIRT Chirt I s. takr. Chirt-chirt uzilmoq. sht [Mamajon] Oynani chirt-chirt chertib, sim-sim
yog'ayotgan yomg'irga, qop-qora bulutlarga xo'mrayib qarardi. S. Nurov, Narvon.
CHIR-CHIR: chir-chir aylanmoq ayn. chir aylanmoq q. chir.
CHIRQ taql. s. Qushlarning chirqilla-shi, ba'zi mayda narsalarning urilishi va sh. k. dan hosil
bo'ladigan tovushlarni ifo-dalaydi. Ko'p o'tmay bir qushcha chirq etdi. Kechagi chittakmikan? A.
Muxtor, Chinor. Rohila sumkani chirq etib berkitdi-yu, ko'chaga qarab chopdi. SH. Toshmatov,
Tongdagi ko'lanka.
CHIRQILLAMOQ 1 «Chirq-chirq» ovoz chiqarmoq. G'or oldidan o'tib ketayotsam, bir gala chumchuk
chirqillab yotipti. A. Ko'chimov, Halqa. Tik jarga in qurib, chirkillashib yogp-gan ming xil
qushlarshng uni o'chib, o'zi gurra ko'tarildi. M. Mansurov, Yombi.
2 Qattiq qichqirib, chinqirib yig'lamoq (yosh bola haqida). -Mana senga tepish! — Karim qo'lidagi
dumaloqlangan qorni kuchi-ning boricha otdi. Cauda yuzini changalla-ganicha chirqillab qoldi.
«Yoshlik».
3 ko'chma Zorlanib, iltijo qilib yoki kuyinib gapirmoq. -Yaxshi ko'rasan deb, atay manti
qshayotgan edim. Bir oz shoshma, yeb ket, — deb chirqillaganicha qoldi ona. M. Alaviya,
Sevinchlarim. Oradan ozgina vaqt o'tgach.. Jo'ravoyning o'zi va unga hamdardlikda chir-killab,
odamlarni yordamga chaqirayotgan bir xotin qoldi, xolos. «Yoshlik».
4 ko'chma Moddiy muhtoj, och holatda bo'l-moq; qaram bo'lmoq. Uyimda sakkizta bola chirqillab
turipti, qanday boqaman ularni ? X. To'xtaboev, Yillar va yo'llar.
Arvohi (yoki ruhi) chirqillamoq Arvohi bezovta yoki norozi bo'lmoq. Tushiga rahmat-li Binoqul
kiribdi: qo'llarini fotihaga ochib turgan emish. «Arvohi chirkillab yurib-dimikan?» deya ezildi
Hofiz Ko'ykiy. «Yosh-lik». Sho'rlik Adolatimning ruhi chirqillab yotgandir mening bu ishimdan?! O.
Muxtor, Egilgan bosh.
CHIRQIRAMOQ ayn. chirqillamoq 1, 2. Qarchig'ay chirqirar baland uyada. «Erali va Sherali».
Chirqirab yig'layotgan bolaning ovozini eshitib.. ichkariga otilding. A. Nur-murodov, Urush
bevalari.
CHIRQ-CHIRQ Chirq s. takr. Sokinlikda bog' to'ridan yolg'iz chigirtkaning chirq-chir-qi.. eshitildi.
S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
CHISLO [qad. r. chislo < chit-slo > chi-tat` — o'qimoq, bilib olmoq] s.t. Oy-kun, sana.
To'rtinchi chislo. Birinchi chislo. tsh -O'tgan yilning xuddi shu bugungi chislosi esingdami? —
so'radi Bahodir qizdan. «Yosh-lik».
CHISTON \f. < o1s^1(bu) nimadir?! 1 Topishmoq, jumboq.
2 Qochiriqli ran, ibora; qochiriq, qo-chirim. Ha, tilingizdan olganmi, nega in-damaysiz? —
chiston qildi yana Lobarxon. Gazetadan. Olimboy aka endi to'yu hasham-larda ilgarigidek
gapirmas, askiyaga arala-shadigan bo'lsa, yumshoqroq qilib, suyab chis-ton qilar edi. S. Ahmad,
Oydin kechalar.
3 ad. Sharq she'riyatida lirik janr-lardan biri: narsa yoki hodisaning muhim belgilarini
majoziy tavsiflab, uning nima ekanligini topishni o'quvchiga havo-la etadigan, ikki baytdan
o'n baytgacha bo'l-gan she'riy shakl. Shoiraning [Uvaysiyning] she'rlari «Devon»da jamlangan
bo'lib, u asosan chiston janrida katta shuhrat qo-zongan. S. Matjon va SH. Sariev, O'zbek
adabiyoti.
CHISTONCHI Chiston, qochirim bilan gapiruvchi, chistonga, qochirimga usta odam.
CHIT \f. < hind. ,? — gulli ip gazla-ma] 1 Paxta tolasidan to'qilgan mato, gaz-lama. Sidirg'a
chit. Gulli chit. Astarbop chit. sht [Xol Bo'taevich:] Ha, aytganday, onangiz tunov kuni bir to'p
chit so'ragan edi. A. Ko'chimov, Halqa.
2 sft. Chitdan tayyorlangan, tikilgan. Dahlizning yarmisini to'sib turgan gulli chit parda
ko'tarib qo'yilgan edi. N. Aminov, Qahqaha. Ko'p o'tmay uyidan yenglari keng va uzun chit ko'ylak
kiyib.. chayir bir ayol chiqdi. N. Aminov, Qahqaha
CHITGAR [f. — gazlamaga gul bo-
suvchi] esk. Bo'z matoga o'yma yog'och qolip yor-damida gul bosuvchi hunarmand, usta. Chit-garlar
ilgari barcha jarayon (to'qish, bo'yash va gul bosish)ni ustaxonalarda bajarishgan. «O'zME».
CHITGARLIK Matoga gul bosish; chit-gar kasbi. 90-yillar chitgarlikda o'ziga xos rivojlanish
bosqichi bo'ldi: choyshab, das¬
496
turxon kabi badiiy buyumlar bilan bir qatordi zamonaviy liboslarni ishlab chi-qarishda ham
chitgarlik san'ati keng qo'l-lanadi. «UzME».
CHITIR I taql. s. Quruq xashak yonganda chiqadigan tovushga o'xshash kuchsiz tovush-larni bildiradi.
Xashak chitir etib alanga oldi.
CHITIR II Cho'l, adirlarda o'sadigan bir yillik yovvoyi o'simlik (ipak qurti pilla o'rashi uchun
dastalab qo'yiladi). Giyohlarning nomlari ham yodimdan chiqay degan ekan: yov-shan, yantoq,
kavrak, qushqo'nmas, chitir.. M. M. Do'st, Lolazor. Gulzira rayhon hidi kelib turgan chitir
dastalarini ikkita-ikki-tadan ko'tarib, ichkariga tashib turdi. A. Muxtor, Kumush tola.
CHITIRLAMOQ «Chitir-chitir» qilmoq, «chitir-chitir» ovoz chiqarmoq. Tun oqqanda, Kumri o'rnidan
asta turib, tokchada chitir-lab yonayotgan chiroqni puflab o'chirdi. H. G'ulom, Mash'al.
CHITIR-CHITIR Chitir s. takr. Qoq cho'-kirtaklarning kerosin sepganday chitir-chitir etib yonishi
qiziq tuyuldi. H. Nazir, So'nmas chaqmokdar.
CHITMOQ fol`k. Chimirmoq. Qoshing chitib, qovog'ingni uyasan, Mendayin shunqor-ning ko'nglin
bo'lasan. «Avazxon». Qoshu qovo-g'in chitib, Aylading bizni xasta. «Qo'-shiqlar». Ernazar
polvonning yo'rig'i zsa bo'-lak — birgina qovoq chitishining o'ziyoq yurakni larzaga soladi. N.
Norqobilov, Bekatdagi oq uycha.
CHITTAK Kichkina, chaqqon, sayroqi qush. Chittak daraxt kovaklari va shox-shabbalariga uya quradi.
«O'zME». Men osmon-ni tutib turgan chittak — akang qarag'ay! Gazetadan.
Qanotsiz chittak Bir joyda muqim tu-rolmaydigan, qo'nimsiz, beqaror (yengil-tabiat odamlar
haqida). [Qodir:/ Men qa-notsiz chittakning uyiga borgan edim, ma'-lum bo'lishicha, u yerda
qanotsiz quzg'unlar ham bor ekan. A. Qahhor, Qanotsiz chittak.
CHITFURUSH \f. jLjjic^ - chit so-tuvchi] Chit savdosi bilan shug'ullanuvchi savdogar; bazzoz.
Buvaydalik Nizomiddin chitfurushning o'g'li G'iyosiddin Buxoroning Devonbegi madrasasida tahsil
ko'rib yurgan paytlarida otasi uni oq qshdi. S. Ahmad, Hukm.
CHITFURUSHLIK Chit sotish bilan shug'ullanish; chitfurush kasbi. Bizning bu atrof mahalladagi ko'p
boylar.. ba'zilari Toshkent bozorlaridagi rastalarda chit-furushlik, choyfurushlik.. qilar
edilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari.
2 Bozorda chit do'konlari qatori, rastasi.
CHIX und. s. Tuya cho'ktirishda ishlati-ladigan so'z.
CHICHANGLAMOQ shv. Dikanglamoq, o'y-nokdamoq. [Madamin] Otning yoliga yopishib, qorniga tepdi, ot
bir chichanglab, uni uchirib ketdi. P. Tursun, O'qituvchi.
CHIYA I Tog'li yerlarda o'sadigan yovvoyi olcha va uning mevasi. Toshkenp`shrga nocwi-kalar
solayin, Yor yemakka chiya, olma olayin. «Qo'shikdar». G'ir-g'ir shamol esadi, qoraqand, chiyalarning
yoqimli isi anqiydi. S. Murod-bekov, Yovshan isi.
CHIYA II: chiyasi chiqmoq fol`k. Siri ochilmoq. Farzand bo'lar kishining mehrigiyosi, Ayrilganning
chiqar ekan chiyasi. «Orzigul».
CHIYABO'RI Itsimonlar oilasiga man-sub yirtqich sutemizuvchi hayvon; shaqal. ..arslon o'zi ov
qiladi.. chiyabo'ri esa arslon-dan qolgan-qutgan mayib-majruhlarni te-ribyuradi. M. M. Do'st,
Lolazor.
CHIQ taql. s. Ba'zi qushlarning say-rashi, yengil narsalarning biror narsaga urilishidan chiqqan
va shunga o'xshash to-vushlarni ifodalaydi. Qulf chiq etib ochil-di. Chumchuq chiq etdi. mm AxG»ad
cho'chib o'rni-dan turdi, qulog'idagi qalam yerga chiq etib tushdi. H. Nazir, So'nmas chaqmokdar.
Onam, tomchining har «chiq» etgani bir kunlik umrning chiqqani, deydilar. P. Tursun, O'qi-
tuvchi.
CHIQAVERISH Biror yerdan, mas. uy, sha-har, vokzal va sh. k. dan tashqariga chiqish joyi; zid.
kiraverish. [Sidiqjon/ Qishloq-ning chiqaverishida unga yetib oldi. A. Qah-hor, Qo'shchinor
chirokdari. [Sattor] Shu xayol bilan chiqaverishga bordi-yu, kechagi du-xoba do'ppili qorovul
cholga yo'liqdi. O'. Us-monov, Qismat.
CHIQAZMOQChiqmoqfl. ort. n. Ellikbo-shi shu qizini qaroliga berib, katta yerdagi qo'rg'onga
chiqazib yubordi. S. Ahmad, \ukm.
CHIQARMOQ 1 Chiqmoq 1-4, 6, 8-10, 12, 13, 21, 24, 26, 27, 29-31, 35-37, 39-41 fl. ort. n.
Toqqa chiqarmoq. Varrakni osmonga chiqarmoq. Tramvayga chiqarib qo'ymoq. Esdan
chiqarmoq. Esini chiqarmoq. Chetga mol chi-karmok. Gazlama chiqarmoq. Zavod yiliga ming-lab
traktor chiqaradi. Qaror chiqarmoq. Qonun chiqarmoq. Hukm chiqarmoq. Pul chi-qarmoq. Shira
chiqarmoq. Kurilish uchun mab-lag' chiqarmoq. Otni aravadan chiqarmoq. tsh [Uzbek oyim:]
Toychog'imning ko'rmanasini chiqar, dadasi! A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Ammo, endi rohatini
ko'radi, endi sizlarni ro'yobga chiqaraman. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Shunday deb hisoblamoq. Birovlar uni modernist dedi, boshqalar donishmandga chi-qardi.
«Yoshlik».
3 Fe'l bilan birga qo'llanib, taxmin, chama ma'nosini bildiradi. Uning [Mirva-lining] bu
jarlikka kelmaganiga ham besh-o'n yil bo'lgan chiqarov. S. Ahmad, Jimjitlik.
Uchini chiqarmoq 1) qalamning uch tomo-nidagi yog'och qismini tarashlamoq. ..kursi-da doimo
qog'oz, uchi yaxshilab chiqarilgan besh-o'nta qalam tayyor turadi. Gazetadan; 2) maqsadga o'tmoq.
Nihoyat, Oshno gapning uchi-ni chiqardi. M. M. Do'st, Lolazor. Qiz chiqarmoq Uzatmoq, erga
bermoq. Yozda qancha tashvishim bor: qizimni chiqarishim, o'g'lim-ni uylantirishim kerak. «Yoshlik».
Qon chi-qarmoq q. qon 1. [Bekqul:] Birinchi imorat-ga qon chiqargan edingmi? «Yoshlik».
CHIQASI: chiqasi kelsa Agar chiqadigan, ketadigan, yo'qoladigan bo'lsa. Chiqasi kel-sa, egasi
sabab bo'ladi. Maqol. mm -Dard chiqasi kelsa, tabib eshikdan kelar, degan gap bor edi, — dedi
Zulfizar. «Zulfizar bilan Avazxon».
CHIQILLAMOQ «Chiq-chiq» yoki «chiqir-chiqir» ovoz chiqarmoq (soat, mexanizm, har xil narsalar,
asboblar haqida). Mashina tinmay chiqillardi. mm Devor soati chiqil-lagani qulog'imga kirib,
o'sha yokka qaradim. S. Karomatov, Bir tomchi qon.
CHIQIM 1 Sarflangan yoki sarflana-digan moddiy mablag'; xarajat, buromad. To'y chiqimlari.
Chiqim daftari. Chiqimiga qa-rab kirimi. Maqol. mm Esonboy, hozir Xuri sariq.. kamyob
mollarni chiqim kilmay olib kelish qiyinligidan hasrat qiladi, deb o'ylagan edi. «Yoshlik».
Hali buncha qarz, chi-qimlarning ustiga ikki qizni uzatish, bir o'g'ilni uylantirish, bir xatna
to'yi ham bor. Hamza, Boy ila xizmatchi.
2 Tez va yaxshi dam yeyish xususiyati, ta-tim (asosan choy haqida). Chiqimi yaxshi choy.
CHIQIMDOR 1 Ko'p sarf-xarajat, chi-qim qilgan yoki qiladigan odam. Chiqimdor bo'lmoq. mm Behuda
narssishr uchun qudasini chiqimdor qilavershi ko'ngilni qoldirmas-mikin?N. Safarov, Olovli
izlar.
2 Ko'p chiqim, xarajat talab qiladigan, serchiqim. Chiqimdor soha. Chiqimdor qurilish.
CHIQIMLI Moddiy mablag', chiqim, sarf-xarajat talab qiladigan; chiqimdor, serchiqim. Chiqimli
ish. Chiqimli qurshshsh.
CHIQINDI 1 Kerakli qismi ishla-tilgandan qolgan narsalar; chiqit, qoldiq. Sanoat chiqindisi.
Neft` chiqindisi. mm Tabiatni ifloslantiradigan ofatlardan yana biri chiqindilardir. «Fan va
turmush». Respublikamizdagi yog'-moy kombinati chi-qindisi yshiga 80 000 tonnadan ortib ket-di.
«Fan va turmush».
2 Axlat. Jamiki axlat shu suvga tusha-di. Ayniqsa yog'ingarchilik, sel paytlarida
yonbag'irlardagi jami xonadonlarning chi-qindilari o'rlardan toshib, shu soyga tusha-di. S.
Ahmad, Jimjitlik.
3 ko'chma salb. Tuban, past (odam haqida). Sabr kosasi to'lgan Qo'ziboy aka umrida birinchi
marta dag'al gap qildi: -E, sizdaqa chiqindi.. E, hatto o'g'itga ham yaramaydi. F. Musajonov,
Chiqindi.
CHIQIR taql. s. Mayda tosh, chinni yoki kichik metall buyumlarning bir-biriga urilishi va sh. k.
ga o'xshash tovushlarni ifodalaydi. Choynak qopqog'ining chiqir-chiqiri.
CHIQIRLAMOQ ayn. chiqillamoq.
CHIQIR-CHIQIR Chiqir s. takr. Mashi-naning chiqir-chiqiri. mm Qo'shni xonadan mashinkaning chiqir-
chiqiri eshitilardi. Gazetadan.
CHIQIT 1 Chiqindi, qoldiq. Bosmaxona chiqitlari. mm Har tarafga tarqab yurgan tovuqlardan
ikkita-uchtasi sigir oxuri tagidagi yuzaroq po'choqlarni, shunga o'xshash sabzavot chiqitlarini
titish bilan mash-g'ul. «Yoshlik».
2 Yaroqsiz narsa; brak. Kecha akt bilan chiqitga chiqarilgan restoranning nimdosh choynak-
piyolalaridan bir dastasini uyga yuborsak bo'lardi-yu.. N. Aminov, Yolg'onchi farishtalar.
3 ko'chma Chiqindiga chiqarilgan, past nazar bilan qaraladigan (odam haqida). U vaqtlarda
xo'jayinlar kambag'alni odam
32-O'zbek tilining izohli lug'ati
^498
qatoridan chiqit hisoblashgan. Oybek, Tan-langan asarlar.
4 Asosiy ishdan chetda qolgan. Brigadada ko'p odam «chiqitga» chiqib ketadi. Brigadir-larning
o'zi, oshpaz, tabelchi, aravakash, yasli xodimi, shiypon qorovuli. S. Nurov, Parvoz.
CHIQISH 1 Chiqmoq fl. har. n. Uydan chiqish. Dalaga chiqish. Avtobusga chiqish. mm Havo ayniyapti.
Bunaqa havoda cho'qqiga chiqish xavfli. H. Nazir, So'nmas chaqmokdar.
2 Quyoshning, oyning ufqtsan ko'tarilish payti, ko'rinishi. O'rdaning kun chiqish to-monidagi ixcham
g'ishtin xona — xazina, uning so'l tomonidagi xonalarda to'plarning o'q-dorisi, ba'zi qurol-
yarog'lar saqlanadi. Mir-muhsin, Qaxramonnoma.
3 Nutq, maqola, asar, so'z va sh.k. bilan qatnashish, ko'rinish. Katta chiqish qilish. Olimning
gazetadagi chiqishi. mm [80-yil-larda] Matbuotda chiqish qilgan amaldor borki, o'zbek xalqiga
osshgdi. «Fan va turmush».
Chiqish kelishigi tlsh. Ish-harakatning boshlanish o'rni, manbai, sababi kabi ma'-nolarni
bildiradigan, kimdan? nimadan? qaerdan? kabi so'roqlarga javob bo'ladigan kelishik.
CHIQISHMOQ1 Chiqmoq fl. birg. n. Ish-ga chiqishdi. Yo'lga chiqishdi. Uydan chiqishdi. Tomga chiqishdi.
Saylga chiqishdi. mm Oradan bir soapgcha vaqpg o'tgach, kirib ketganlar birin-sirin chiqisha
boshladi. Mirmuhsin, Umid.
2 Murosa qilmoq, ahil, ittifoq, el bo'lib yashamoq yoki ishlamoq. Uhamma bilan chiqishadi. mm Bu
afandixon bilan chiqishol-maydiganga o'xshayman. S. Ahmad, Hukm. Ay-niqsa, tog'asi Samad bilan
uncha chiqishmay-di. N. Norqobilov, To'qnashuv.
3 Yoqgirmoq. Umushuk bilan chiqishmaydi. CHIQISHOQ Hamma bilan tez chiqishib
ketadigan, tez el bo'ladigan; kirishimli. Kaminada uch kelin bor. Kelinlarim juda chi-qishoq,
har ishda hamjihat. Oybek, O. v. sha-badalar.
CHIQIQ 1 ot Yara, govmijja, chipqon singari kasalliklar. Chakanda yara-chaqa, xar xil chiqiqlarga
davo bo'ladi. Gazetadan.
2 ot Suyak chiqqan joy. Maksim ana shun-day chog'larda, ayniqsa, betoqat bolalarning sshshg'ini
ushlab, chiqig'ini solayotganda, ularni ovutib, ko'nglini topib shifolar edi. I. Ra-him, Chin
muhabbat.
3 ot Turtib chiqqan joy, do'ng, do'mboq yer. Kuymaning chiqig'i. Detalning chiqig'i. Chiqig'ini
tekislamoq.
4 sft. Turtib chiqqan; bo'rtgan. Lekin bu kulcha yuzli, yonoqlari xiyol chiqiq.. qiz Hub-bijamol
edi. SH. Xolmirzaev, Bodom qishda gulladi. Ko'rib og'zim ochilib qoldi: uning [xo'jayinning] yoshi
oltmishlardan oshgan, yelkasi chiqiq, kalta soqol chol. H. Ahmar, Yakkama-yakka.
CHIQMOQ 1 Yuqoriga, balandga yoki 6i-ror narsa ustiga ko'tarilmoq. Tepaga chiq-moq. Daraxshga
chiqmoq. Toqqa chiqmoq. mm Qorovul shepalikka chiqib, har tomonni diqqat bilan ko'zdan kechirdi.
«Yoshlik». Al`pinistlar shu cho'qqiga chiqib, uni zabt etishga ahd qildilar. Gazetadan.
2 Biror transport vositasiga tushmoq, o'tirmoq, minmoq. Avtobusga chiqmoq. mm Fosih afandi
so'riga emas, izvoshga chiqdi. M. Ismoiliy, Farg'ona, t. o.
3 Biror harakatni amalga oshirish yoki biror narsaga erishish maqsadida muayyan joyga bormoq.
Do'konga chiqdi. Suvga chiqdi. tsh U bir kuni sakkiz yuz yigit bilan ovga chiqibdi.
«Bulbuligo'yo». -Nega yana Erali bi-lan to'yga chiqding? — dedi er. N. Aminov, Qahqaha. Erining
namoz o'qish uchun masjidga chiqishi yangshik emas. «Sharq yulduzi».
4 Biror maqsadda uzoq joyga bormoq, turgan joyidan uzoqlashmoq. Bir soatdan so'nguzoq yo'lga
chiqaman. E. Samandar, Daryo-sini yo'qotgan qirg'oq. Muqbil bir qalan-dar suratiga kirib,
safarga chiqibdi. «Chal-pak yoqqan kun».
5 Tabiiy yo'nalishini o'zgartirmoq, toshmoq. Suv toshib, qirg'oqqa chiqdi. mm Faqat anhor o'z
o'zanidan chiqolmadi. O'. Ho-shimov, Qalbingga quloq sol.
6 Ko'tarilib, balandlashib, biror da-rajaga yetmoq (turli jarayonlar haqida). Issig'i qirqqa
chiqdi. Qon bosimi yuzga chiqdi.
7 Umrning ma'lum bir muddatiga, pay-tiga yetmoq. Yoshim qirqqa chiqdi. mm -Hisob-lasam, bir
kam to'qsonga chiqibman, — dedi chol. «Yoshlik».
8 Biror harakat, urinish natijasida yangi bir qolatga o'tmoq, erishmoq, yetmoq. Ozodlikka
chiqmoq. mm Oyning o'n beshi qo-rong'i bo'lsa, o'n beshi yorug' — biz ham yorug' kunlarga chiqamiz.
«Yoshlik». Susambilliklar
499 dgu^
endi tamom erkinlikka chiqib.. sal kunda semirib ketibdilar. «Chalpak yoqqan kun».
9 Ichkaridan tashqariga yo'nalmoq, ich-karidan tashqariga harakatlanib, ma'lum joyga yetmoq.
Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, Yomon gap bilan pichok qinidan chiqar. Maqol.shsh Lip etib
bir qora sharpa uydan chiqib ketdi. E. Samandar, Daryosini yo'-qotgan qirg'oq. Jo'ra qiziq
indamay, boshi egilganicha, kabinetdan chiqib ketdi. S. Ka-romatov, Bir tomchi qon. Kelin
uydan xovli-ga chiqdi. «Yoshlik».
10 Chuqur joydan yuqoriga harakatlanib, uni tark etmoq. O'radan chikmok. Jardan chikmok. mm Bu
orada Hasan akalar ham chuqurlikdan chiqib olishadi. SH. Xolmirza-yev, T. Usmonov, So'nmas o't.
11 Belgilangan yo'ldan, yo'nalishdan toymoq, chekinmoq. Mashina izdan chiqdi. O'quvchi daftar
chizig'idan chiqib ketdi.
12 Bo'shalmoq, qutulmoq, ozod bo'lmoq (hayvon va parrandalar haqida). Tulki kop-qondan chiqib,
qochib qoldi. Gazetadan. Bur-gush changalidan chiqish oson emas. M. Man-surov, Yombi. Erinmasdan
to'r to'qiyman, ilingan joyga tuzok yozaman.. toki o'lja ko'ldan chiqmasin. M. M. Do'st, Lolazor.
13 Sug'urilmoq, ajralib ketmoq. Mashi-naning g'ildiragi chiqib ketdi.
14 Qiyin sharoitdan yoki biror mav-sumdan o'tib olmoq. Qirq oltinchi yil og'ir keldi.. Urushdan
yangi chiqilgan, odamlar ezilgan. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
15 Bunyod qilinmoq, yasalmoq, ishlov be-rilmoq. [Taqinchoqning] Tilla simdan to'qil-gan ikki
juft shokilasi, xuddi kecha zargar qo'lidan chiqqandek, yarqiraydi. M. Mansurov Yombi. Shoir
qalamidan chiqqan misralar qog'ozga shiddat bilan bitilmoqda edi. Ga-zetadan.
16 Biror faoliyat doirasidan chetda qol-moq; faoliyatni to'xtatmoq. Urfdan chiqmoq. mm Hoy
Abdumajid, nima balo, xotining odamgarchilikdan chiqib qolganmi, deyman. S. Axmad, Ufq.
Hozirga kelib.. grammatika-lizatsiya asosidagi usullar iste'moldan chiq-qan. «O'TA».
17 Biror joydan, tabaqadan paydo bo'l-moq, yuzaga kelmoq, biror darajaga yetish-moq. Ishchidan
chikqan yozuvchi. Sendan yaxshi futbolist chiqadi. mm Musavvirning Sharq xalqlari orasidan chikqan
mashhur kishilar..
qiyofasini aks ettirgan asarlari ham tomoshabin e'tiborini tortadi. Gazetadan. Tamaki asli
Hindistondan chiqqan. K. Qah-horova, Chorak asr hamnafas. Sen kallava-ramdan kosmonavt
tugul, shofyor ham chiq-maydi. N. Norqobilov, To'qnashuv.
18 Biror ruhiy holatdan qutulmoq. U gazetani yoniga ko'yib, bir necha minut stol-ni chertib,
hozir o'qigan narsalari ta'siri-dan chikolmay turib qoldi. S. Ahmad, Ufq.
19 Biror narsadan bezor bo'lmoq, ze-rikmoq yoki ko'tara olmay qolmoq. U oshdan chiqib qoldi. Yosh
bolalarshng xarxashasidan juda chiqibman.
20 Tamom bo'lmoq, oxirlamoq, o'tmoq, tugamoq, kechmoq. Chilla chiqdi. mm -Ha, endi qish chiqdi, —
deyishdi ko'zli dehqonlar. R. Rahmon, Mexr ko'zda.
21 Vujudga kelmoq; paydo bo'lmoq. Ma-shinaning «Matiz» degan yangi xili chiqibdi.
22 Topilmoq. Io'qolgan narsa uyimizdan chiqdi. G'ordan chiqqan boylik. mm Uch kundan keyin ming
so'mga oluvchi xaridor chiqadi. A. Qahhor, Sarob. O'tirganlardan biri irg'ib o'rnidan turdi-yu,
dahlizning eshigini ochib, kattiq ishvirladi: -Mo'ydin, kir, arizang chiqdi. A. Qahhor,
Qo'shchinor chirokdari.
23 Yuzaga kelish e'tibori bilan biror manbaga mansub bo'lmoq. Rasmiy doiralar-dan chiqqan
xabar. mm -Bunaqa gaplar kim-dan chikadi ? — dedi Ahmedov miyig'ida kulib. A. Qaxdor,
Qo'shchinor chirokdari.
24 Nashr bo'lmoq, chop etilmoq, bosil-moq. Kitob bosmadan chiqdi. tsh -Maqola vaqtida chiqdi, —
dedi Safarov, — ayni vaqtida chiqdi. A. Qahhor, Qo'shchinor chi-roqlari.
25 Mahsul, samara, natija sifatida yuzaga kelmoq. Quruq gapdan foyda chiqmaydi. Besh
kilogramm gilosdan necha kilogramm murabbo chiqadi? So'nggi pushaymondan naf chiqmas. Maqol. mm
Har qutidan yetmish sakkiz kilodan pilla chiqsa bo'ladimi! A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari.
26 Biror ish, joy, tashkilot va sh.k. dan ajralmoq, uzilmoq, ajralib, uzilib qol-moq; tashlab
ketmoq. Tashkshotdan chikmok. Xalkka suyansang, bo'lasan, Xalqdan chiqsang, so'lasan. Maqol. mm
Musulmonqulga taraf-dorlaringiz bo'lsa, tinchlikcha ko'shindan chiq-sin!A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
soo
27 Aloqani uzmoq, axdni buzmoq, aj-ralishmoq. Urtoqchilikdan chiqmoq. Erdan chiqmoq.
28 Uchramoq, yo'liqmoq, paydo bo'lmoq. Sarvinozning qarshisidan kutilmaganda o'sha yigit chiqib
qoldi. «Yoshlik». Bog'ning bir chekkasidan chiroyli kiyik chiqib qolibdi. «Bulbuligo'yo».
29 Qazish, kovlash natijasida topil-moq, ko'rinmoq. Neft` chiqdi. Gaz chiqdi. Yer-ni qazimasang,
oltin chiqmas. Maqol. mm Tuproq qatlami tagidan tarix guvohlari — har xil ashyolar chiqdi.
Gazetadan.
30 Urnidan qo'zg'almoq (bo'g'im suyaklari haqida). Qulim chiqib ketdi. mm Lutfulla qal'a
devoridan sakrab, oyog'i chiqdi. Mir-muhsin, Qahramonnoma.
31 Ro'y bermoq, sodir bo'lmoq. To'polon chiqdi. Kelishmovchilik chiqdi. mm Azizxon bu suratni
ko'rib qolib, oynani sindirib, su-ratni yirtib tashlagan, katta janjal chiqib, zo'rg'a militsiya
qo'lidan qochib qolgan edi. S. Ahmad, Ufq.
32 Osmonda ko'rinmoq, paydo bo'lmoq (osmon jismlari haqida). Hali quyosh chiq-magan, suv yuzida
nozik tuman pardasi sil-kinib turardi. O'. Hoshimov, Qalbingga qu-loq sol. Tog'u shoshni
qoplaydi sukut, Oy bulutga o'ranib chiqar. «Yoshlik».
33 Turtib, bo'rtib turmoq. Yonoqlari chiq-qan qiz. mm Uning [Bashirjonning].. yelkalari chiqib,
qomati oldinga engashib qolgandek edi. N. Aminov, Qahqaha
34 Toshmoq, sirtga tepmoq. Yara chiqdi. So'gal chiqdi. mm [Qizning] Lablariga uchuq chiqib
ketibdi. «Sharq yulduzi».
35 Sirtga tepmoq, ajralib namoyon bo'l-moq, ko'rinmoq. Isitmasi chiqdi. mm [Ka-rimning]
Peshonasiga ter chiqdi. «Sharq yul-duzi». Ko'zlaridan yosh chiqib ketdi. A. Ko'chi-mov, Halqa.
36 Tepaga ko'tarilib, atrofga yoyilmoq; to'zg'imoq (chang haqida). Yor yurgan ko'chalarni supuray
sochim bilan, Changi chiqsa, suv sepay ko'zdagi yoshim bilan. «Qo'shikdar».
37 Muayyan tarzda eshitilmoq (tovush, ovoz haqida). Torning ovozi jaranglab chiq-di. n -Bas
qil, hoy! — Mahmudanjg ovozi bashtar xirillab chiqdi. «Yoshlik». Ovozi yig'i aralash qaltirab
chiqdi. «Sharq yulduzi».
38 Natija sifatida yuzaga kelmoq. Chiz-gan suratim noto'g'ri chiqdi. «Yoshlik». Dal-varzintepadan
topilgan.. qurollar ham an-tiqa chiqib qoldi. «Fan va turmush». Direk-torning gapi aks bo'lib
chiqdi. «Yoshlik». Ammo uning taxmini noto'g'ri chiqdi. «Yoshlik».
39 Biror belgi-xususiyati yuqori da-rajaga yetmoq. Uvadasi chiqqan to'n. mm ..bar-xanlar
orasida yag'iri chiqqan to'rtta o'tov qadrostlagan. Gazetadan.
40 Tarqalmoq, taralmoq (hid haqida). Mansur chemodanni ochgan edi, uyga handa-lakning hidi
chiqib ketdi. «Yoshlik».
41 sprt. Mot bo'lish vaziyatini o'zgar-tirib, undan qutulmoq (shaxmat o'yiniga nisbatan). Oqlar
yurishni o'zgartirib, vazi-yatdan chiqib ketdi. Gazetadan.
42 Televizor yoki radio orqali so'zlamoq, biror harakatni bajarmoq. Televizorda ashula aytib
chiqdi. Radioda chiqdi.
43 Chekiga, nomeriga va sh.k. ga to'g'ri kelmoq. Lotereyaga mashina chiqdi. Chiptasiga jek-nom
chiqdi.
44 Unmoq, ko'karmoq (o'simliklar ha-qida). Boychechak chiqibdi, navro'z ekan.. «Qo'-shiqlar».
45 Tabiiy ta'sir natijasida matodan ajralib, uning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoq
(gazlamaning rangi haqida). Rangi chiqadigan chit. Ko'ylagini yuvgan edi, rangi chiqib, ola-
bula bo'lib qoldi.
46 Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmalari tarkibidagi -i(b) qo'shimchali ravishdosh-lar bilan kelib,
ish-harakatning to'liq bajarilganligi va tugallanganligini bil-diradi (mas, qarab chiqmoq,
ko'rib chiqmoq, sanab chiqmoq). mm Ertalabgacha mijja qoqmay, o'ylab chiqdim. «Sharq yulduzi».
[Qora qoplon] Xonaning u yoq-bu yog'iga ko'z tashlab chiqib, karavot ustida yotgan kitobni ko'-
ribqoldi. K. Yashin, Hamza.
47 Qo'shma fe'llar tarkibida keladi. Mac, so'zga chiqdi, olib chiqdi, qarshi chiqdi.
Abjag'i chiqmoq q. abjaq. Fashistni ur, abjag'ini chiqar, u yog'i bilan ishing bo'lmasin. Oybek,
Tanlangan asarlar. Avj(i)ga chiqmoq q. avj 2. Qiy-chuv qilishib, kulgilar avjga chiqdi. «Sharq
yulduzi». Boshiga chiqmoq q. bosh. Boshingiz to'ydan chiqmasin «Xar doim xur-sand bo'lib yuring»
ma'nosida aytiladigan tilak. «Boshingiz to'ydan chiqmasin», deb ti-lar ekanlar-u, ammo bu
tilak hamma vaqt ham amalga oshavermas ekan. N. Safarov, Olov-li izlar. Gapdan ran chiqib q.
ran. Gapdan
501 YA'^
gap chiqib: -Abdullajon, — dedilar Izzat Otaxonovich, — Namangandan Sanjar Tilla kelgan. K.
Qahhorova, Chorak asr hamnafas. Daragi chiqli Topildi, topilgani haqida xabar keldi. Uch kun
deganda opasining dara-gi chiqdi. «Sharqyulduzi». Joyi chiqmoq Mu-nosib, ko'ngildagidek kuyov
(yigit) uchra-moq. Yangang ham [qizlarning] joyi chiqsa, uzatmoqchi birin-ketin. S. Nurov,
Narvon. Jon(i) chiqmoq q. jon. Chiqmagan jondan — umid. Maqol. mm ..bo'ridan bir qo'zini
ajra-tibolgan edi. Joni chiqmagan ekan. S. Anor-boev, Oqsoy. Menga nasihat qilaverib, jo-
nimni chiqarmang\ Oydin, Ko'ngli to'ldimi, yaxshi yigit? Izdan chiqmoq q. iz. Mehnat intizomi
izdan chiqdi. «Sharq yulduzi». Ish-dan chiqmoq q. ish. Agar mashina va uskuna-lardagi tebranishlar
oldi olinmasa, bora-bora ular ishdan chiqishi.. mumkin. «Fan va turmush». Io'ldan chiqmoq
Aynimoq, yomon odatga o'rganmoq. To'g'ri yo'ldan chiqma, zinhor adashma. Habibiy. Misi chiqdi q.
mis. Narxi osmonga chiqdi Narxi juda qimmat bo'lib ketdi. Kartoshkaning narxi dehqon bozorida
osmonga chiqib ketdi. Gazetadan. Og'zining bir chekkasidan chiqib ketaveradi Mulohaza qil-may
aytaveradi. Pulingga chechak chiqqanmi? q. chechak II. So'z(i)ning ustidan chiqmoq Va'-da qilgan
ishini amalga oshirmoq. Oshno so'ziningustidan chiqdi. M. M. Do'st, Lolazor. Tili chiqmoq q. til
II 2. [Bola/ Tili chiqib, chuldirab qoldi. «Sharq yulduzi». Turmushga chiqmoq q. turmush. Qizimiz
turmushga chiqib ketdi. Mirmuhsin, Umid. Uddasidan chiq-moq q. udda. Eplamoq; bajara olmoq.
Odil-bekdan boshqa kishi bu ishning uddasidan chi-qolmaydi. «Bulbuligo'yo». Umidi puchga chiqmoq
Orzusi amalga oshmay qolmoq. Yo'q, Qizgul-ning bu umidi ham puchga chiqdi. «Sharq yul-duzi».
Fig'oni falakka chiqmoq q. falak. Ho-jining fig'oni falakka chiqdi. «Fan va tur-mush». Chuvi
chiqmoq q. chuv II. Yuz joyiga pi-choq ursang, bir joyidan qon chiqmaydi. Har qancha gapirsang
\am, ta'sir qilmaydi. Enka-tenkasi chikdi 1) qiynalib ketdi. ..otni to'xtatib, kayirib
olguncha, Qudrat-ning enka-tenkasi chiqdi. H. Nazir, Ko'korol chiroklari; 2) to'satdan
qattiqqo'rqmoq. Ja-milaning o'z yonidan g'oyib bo'lganini payqa-may qolibdi. Birdan enka-
tenkasi chiqib, o'rnidan turgan edi.. yiqilib tushdi. Mir-muhsin, Jamila. Yuzaga chiqmoq q.
yuza. Yura¬gi qinidan chiqmoq q. yurak. Yuragi qinidan chiqib, qotib qoldi. «Sharq yulduzi».
Quyush-qondan chiqmoq q. quyushqon. -Quyushqondan chiqmang-da bunday, jo'rajon! — dedi Zarif
Sayfining yelkasiga qo'l tashlab. Gazetadan. Hasratidan chang chiqadi q. chang I.
CHIQON shv. Dugona, o'rtoq. Yaxshi ko'rgan chiqonim qo'shnimizga tushibdi. «Qo'shiqlar». «Juda qiyin
sharoitda ishlayapman, chiqon», deb yozgan edi u.. «Yoshlik».
CHIQ-CHIQ Chiq s. takr. Soatim chiq-chiq etar, Qo'limda har ish bitar. «Qo'shiqlar». Shitirlab
yog'ayotgan yomg'irning tomchilari deraza oynalariga urilardi: u ba'zan nari-gi xonadagi yozuv
mashinkasining chiq-chiqini ham bosib ketardi. Mirmuhsin, Umid.
CHIG' taql. s. Ba'zi qushlarning ovozini bildiradi. Qarqunoq chig' etib, og'zini ochdi.
CHIG'ANOQ 1 ayn. shilliq qurt q. shil-liq II.
2 Ba'zi umurtqasiz jonivorlarning, mas, mollyuskalarning turli shaklda bo'-ladigan kosasi;
ularning tanasini qoplab, himoya vazifasini bajaruvchi skelet tuzil-masi. Chig'anoq marjon.
Chig'anoq kuldon. mm Daryoning tagidan bir hovuch asl Chig'anoq toshlardan chiqarib berdim. H.
Olimjon.
3 anat. Tirsak; tirsak suyagi. CHIG'ATOY 1 O'zbek uruglaridan biri-
ning nomi. O'ziyam chig'atoylardan ekan, yaxshi ayol.. [ular] vaqtida dovrug'i ketgan el. SH.
Xolmirzaev, Og'ir tosh ko'chsa.
2 Eski o'zbek tili va adabiyotining g'arb ilmiy adabiyotida noto'g'ri qo'llanib kelgan nomi.
Chig'atoy mwm. Chig'atoy adabayoti. mm Navoiy chig'atoy, ya'ni turkiy tilda kalam tebratgan
birinchi shoir bo'lgan. «Fan va turmush».
Chig'atoy gurungi map. Abdurauf Fitrat boshchiligida Turkiston jadidlari tomo-nidan tashkil
etilgan madaniy-ma'rifiy va ilmiy-adabiy tashkilot (1919—1921 yil-lar). Tuzuk, «Chig'atoy
gurungi» siyosat bi-lan mashg'ul bo'lmoqni istamadi, yolg'iz til, imlo, adabiyot bilan
shug'ullandi. Fitrat, Yopishmagan gajaklar.
3 Chig'atoy (Chingizxonning to'rt o'g'li-dan ikkinchisining nomi).
Chig'atoy ulusi map. Chingiziylar impe-riyasida Chig'atoy qo'l ostida bo'lgan, Qash-qar, Yettisuv,
Movarounnaxr yerlarini qam-rab olgan hudud.
CHIG'ILLAMOQ «Chig'-chig'» ovoz chiqar-moq, «chig'-chig'» qilmoq (qushlar haqida). Kakliklar birdan
vahimali chig'shlab, tom osha uchib ketishdi. SH. Xolmirzaev, Say-lanma.
CHIG'IR 1 Yuklarni ko'tarish yoki sil-jitish uchun mo'ljallangan mashina. Hump-dan ko'tarish-tashish
mashinasi yoki murak-kab kranlarning ko'tarish mexanizmi sifa-tida foydalanish mumkin. «O'zME».
2 Odam, uy hayvonlari yoki oqar suv kuchi bilan harakatga keltirilib, suvni yuqoriga ko'tarib
beradigan qadimgi eng oddiy gidravlik moslama. Tarixiy ma'lu-mogplarga ko'ra, oqar suv kuchi
bilan hara-katlantiriladigan chig'ir O'rta Osiyoda (ayniqsa, Xorazmda) 9-11-asrlarda keng
tar-qalgan. «O'zME»
CHIG'IRIQ 1 Paxtani chigitidan aj-ratish uchun ishlatiladigan qadimgi qo'l asbobi. Chig'iriqda
paxta tozalamoq.
Chig'iriqdan o'tkazmoq 1) chig'iriq orqa-li o'tkazib, paxtani tozalamoq; 2) ko'chma obdan
tekshirmoq, hamma sinovlardan o't-kazib tekshirmoq. Ming bir chig'iriqdan o't-gan Ravshan
polvonning o'zi ham hozir ko'p narsalarga fahmi yetmay qoldi. O. Yoqubov, Larza; 3) o'ylab
mulohaza qilmoq. [Asror] Trenerning gaplarini bir-bir aql chig'irig'i-dano'tkazdi. «Yoshlik».
2 Dorning eng tepasida dorbozlar o'yin ko'rsatadigan, narvonga o'xshash pog'onali qurilma.
Hakimjon aka, o'g'illari va jiyan-lari bilan musobaqa qilganday, dorda va chig'irda o'ynab
qo'yadi. M. Qodirov, Keksa dorbozlar. Hammaning nigohi chig'iriq us-tida chirpirak bo'lib
aylanayotgan dorboz Barchinoyga qadalgan edi. N. Qilichev, Chi-g'iriq.
3 ayn. chig'ir. [Al-Xorazmiy] Mexanikani richag yordamida og'irliklarni ko'tarish, gid-ravlik
mashinalarni esa chig'iriq, tegirmon bilan shug'ullanish deb o'yladi. «Fan va turmush».
CHIG'IRLAMOQI ayn. chig'illamoq. Chum-chuqlar zo'r berib chig'irlar.. edi. A. Qahhor, Qo'shchinor
chiroqlari.
CHIG'IRLAMOQ II tex. Chig'irdan o'tka-zib yoymoq, yupqalamoq. Po'latni chig'irlamoq.
CHIG'-CHIG' Chig' s. takr. Qushlarning chig'-chig'i.
CHOBUKSUVOR [f. J j-.ei.U. - tez cho-puvchi; mohir chavandoz] Mohir, epchil cha-vandoz. Izlaram
sizdan shafoat, Chobuksu-vorim, yo Ali. «Malikai ayyor».
CHOV I anat. Qorinning pastki qismi bilan son oralig'i; but. Otning chovi. Chov bezlari. shsh -
Qassoblarning qo'li tarozi bo'-lib qolgan, qo'yning choviga qo'l yugurtirib turib, qancha yog',
qancha go'sht qilishini ay-tib beradigan odamlar, — deb o'yladi Sho-kirjon aka. S. Abdulla,
Soyalar. Uchovi qi-rov bosgan horg'in otini anhor bo'yida to'x-tatib, egardan tushdi. «Yoshlik».
CHOV II shv. Eshkak.
CHOVGUM ayn. chovgun. O'choqdagi chovgum qaynab, to'kila boshladi. «Yoshlik».
CHOVGUN O'tda choy qaynatish uchun mos-langan idish, choydish, qumg'on. Mis chovgun. Cho'yan chovgun.
Chovgunda choy qaynatmoq. mm [Sevargul] Ro'molchani suvga tutib, obdan ishqaladi, so'ng ko'hna
mis chovgunni to'latib, jo'mrakni mahkamladi. N. Qilichev, Chig'iriq.
CHOVLI Novda yoki simdan to'qilgan, ugra, shilpildoq va sh.k. xamir ovqatlarni suzib olish uchun
ishlatiladigan cho'mich-simon ro'zg'or asbobi. Cho'p chovli. Sim chovli:
Chovli solmoq (yoki urmoq) 1) xamir ov-qatni yoki biror narsani chovli bilan suzib olmoq; 2)
ko'chma birovning ishiga aralashmoq; har narsaga suqilavermoq, bu-run suqmoq. Vrachning ishi —
kasallarni da-volash. Nigoraga hayronman, xar narsaga o'z chovlisini solavermay, tinchgina
yursa nima qilarkin? S. Anorboev, Oqsoy.
CHOVUT: chovut solmoq (yoki urmoq, qil-moq) 1) ayn. chang solmoq q. chang III. Burgut qo'zichoqqa
chovut soldi. mm -Kim nokas? — Mirzaqul unga [Anziratga] chovut soldi. «Yoshlik». Qoraboy
Ko'ktoyning bo'iniga cho-vut soldi-ku. SH. Xolmirzaev, Og'ir tosh ko'chsa; 2) ko'chma tajovuz
qilmoq, hamla qilmoq, bostirib kelmoq. -Chingizxoi Mash-riqdagi barcha katta-kichik o'lkalarni
olib bo'lgach, bari bir bizga chovut soladi! — dedi Inolchiq. M. Osim, O'tror.
CHOGAN Sho'rxok yerlarda o'sadigan kam-bargli yovvoyi o'simlik.
CHODIR [f. — kapa, bostirma; yopin-chiq] 1 Matodan qurilgan kapa; palatka. Cho-dir tikmoq.
Chodir qurmoq. mm Qutaybaning chodiri, taomilga ko'ra, baland tepalikka joylashgandi. 3.
A'lam, Zarb. Azizxon o'sha kuni kechasi chodirda yotmay, Orzixon ayaniki-ga kvtdi. S. Ahmad,
Ufq.
2 etn. Go'shanga, chimildiq. Xushro'y, cho-dirdan chiqmasdanoq, choy tashib, xizmat qshib yurgan
kundoshiga kesatiq bilan hu-jum boshlaydir. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
3 etn. Ayollar paranji o'rnida yopina-digan maxsus yopinchiq; chodra. Bir vaqt kaerdan xam
ustiga qora chodir yopingan Yosu-man paydo bo'larmish. M. Ismoiliy, Farg'o-na t. o. Qara, uning
ko'ksida yulduz — Meh-natidan bo'lmish qahramon. Sen-chi, nechun chodir ichida Qolib ketding,
azizim, hamon? Zulfiya.
4 ko'chma Parda, yopinchiq; urtuk. Yuksak daraxtlarning uchlari quchoqlashib, muazzam yashil chodir
yasagan. Oybek, Quyosh qoraymas. Hamma yoqni oppoq qor qoplagan, havoni kulrang bulut chodiri
to'sib olgan bir kun edi. P. Tursun, O'qituvchi.
5 Meva qoqqanda tagiga tutiladigan kat-ta mato. To'rttasi chodir tutadi, bittasi tovoqqa
chopadi. «Qo'shiqlar». Habiba buvi qirq yamoq bo'lib ketgan chodirni olib chiqadi. Kamida o'ttizta
bola qaldirg'ochdek tizi-lib, chodirning to'rt tarafidan ushlab tu-radi. «Yoshlik».
CHODIRJAMOL esk. O'zbek an'anaviy qo'g'irchoq teatrining qo'g'irchoqlar qo'lga kiyib o'ynatiladigan
turi.
CHODIRXAYOL esk. O'zbek an'anaviy qo'-g'irchoq teatri turi: qo'g'irchoqning barcha qismlari
(a'zolari) iplar bilan bog'lanib, bir dastcho'pga ulanadi va chodir (parda) ortidagi
qo'g'irchoqboz iplarni tortish orqali ko'g'irchoqni harakatlantiradi. Il-gari xayit kunlari
ko'mirsaroyda qo'g'ir-choqbozlik bo'lar edi, «chodirxayol» bo'lar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Matpano chodir-xayoldagi yigitning qshshqlariga maxliyo bo'-lib, tikilib turibdi. S. Siyoyov,
Avaz.
CHOD(I)RA \f. 4JJU. — yopinchiq; hijob] ayn. chodir 3. Bir ozdan keyin chodraga o'ral-gan bir
juvon yosh tabibning oldiga kelib, bir nima dedi. M. Osim, Karvon yo'llarida. [Nigina] Yana
qora chodrasiga o'ralib, hovli-dan chiqibketdi. Mirmuhsin, Temur Malik.
CHOY [t.f. < xit. cha] 1 Bargi dam-lab ichiladigan, janubiy o'lkalarda o'suvchi doimiy yashil buta
daraxti, buta. Choy plan-tatsiyalari. mm Choy o'simligi 2-3 yoshlik bo'l¬ganda, tuplarga shakl
beriladi, yon shoxlar kesiladi. «O'zME».
2 Shu o'simlikning quritib maxsus ish-langan, maydalangan, damlab ichiladigan barglari. Ko'k
choy. Hind choyi. Seylon choyi. Gruzin choyi. Bir damlam choy. Choy quti. mm Ko'kragimda voyim
qoldi, uch yumaloq choyim qoldi. Ergash Jumanbulbul o'g'li. Ko'k choyni ko'k choynakka damlab, ko'k
ko'zli, ko'ylagi ko'k Karimga berdimi? Tez aytish.
3 Shu o'simlikning maxsus ishlangan, maydalangan barglaridan damlangan xushbo'y ichimlik. Bir
piyola choy. Achchiq choy. Issiq choy. Yaxna choy. mm Hindining ichgani asl choy bo'lar.
«Gulnorpari».
4 Shu ichimlik bilan birga ovqatlanish. Ertalabki choy. Tushki choy. mm Sidiqjon choyni kutmay,
ishga ketdi. A. Qaxdor, Qo'sh-chinor chiroqlari. [Anzirat xola] Choy ma-halida goh kulib, goh
yig'lamsirab, o'zi, bo-lalari to'g'risida gapirdi. A. Qahhor, Qo'sh-chinor chiroqlari.
Olma choy q. olma. Sut choy Sutli choy. Choy puln ain. choychaqa. Choy qoshiq Osh qoshiqdan kichikroq
metall qoshiq. Murabbo ola tu-rib, choy qoshiqni tushirib yubordim — kuyov buniyam sezdi. M. M.
Do'st, Lolazor. Qora choy 1) qurug'i qora tusda, damlaganda, to'q qiz-g'ish rang chiqaradigan
choy; 2) sutsiz choy.
CHOYGUM s.t. Choydish. [Suyarqulning ] Onasi choy damlab, choygumga yana suv to'ldi-rayotgan ekan.
A. Ko'chimov, Halqa.
CHOYDISH Suv, choy qaynatiladigan metall idish, qumg'on. Bir choydish choy. Choydish shaqillab
qaynadi. mm Lang'illab yonayotgan ko'mir tepasiga qo'yilgan choydish hamma vaqt vaqirlab qaynab
turadi. S. Ahmad, Jimjitlik. Chol qo'rdagi qora qum-g'on yonida turgan choydishni olib,
mexmonning oldiga qo'ydi. A. Muxtor, Bo'ronlarda bordek halovat. O'choqda zarang bodom cho'g'i
lovul-laydi, bir chekkasida choydish sekin shig'il-laydi. A. Suyun, Olis janglar.
CHOYDON [xit. + f. uljyM Choy ntsh, choy quti.
CHOIJUSH [xit. + f. (jij^^La. choy qaynatuvchi] shv. Choydish, chovgun. Nu'mon-jon choyjo'shni
qaynatish uchun o't yoqdi. O. Husanov, Nay.
CHOYKOR [xit. + f. jt^L^ - choy yetish-tiruvchi] Choy yetishtiruvchi dehqon yoki xo'¬jalik. Gruziya
choykorlari. Choykor jamoa xo'jaligi.
CHOYLASHMOQ Birga choyxo'rlik qil-moq, choy ichishib o'tirib suhbat qilmoq. Biz Ma'murjon bilan
choylashib o'tirdik. «Yosh-lik». ..huzur qilib ovqatlanishdi, choyla-shishdi. N. Norqobilov,
Bekatdagi oq uycha.
CHOYNAK [r. chaynik — choy idish] Choy damlab ichiladigan, jo'mrakli va dastali idish, uy-ro'zg'or
asbobi. Chinni choynak. Mis choynak. Bir choynak choy. mm Nusratbek ustiga sochiq yopilgan
choynakdagi choyni qaytarib, bir piyolaga quydi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi. Bo'ta..
choynakning qopqog'ini teskari yopib, ikkita besh tiyinlikni tashlab, o'rnidan turdi. S. Ahmad,
Qissalar.
CHOYPOYA [choy + poya] Dala-dashtda suv, choy qaynatish uchun yasalgan qurilma; uchoyoq.
CHOYFURUSH \xit. + f. J^JJ^^- ~ choy sotuvchi] Choy savdosi bilan shug'ullanuvchi tijoratchi.
Timning ikki tomonidagi qa-tor do'kon-rastalarda choyfurush eroniylar,. ulgurji savdoni
kutardshshr. SH. Toshmatov, Erk qushi.
CHOYFURUSHLIK 1 Choy savdosi bilan shug'ullanishlik. [Boylarning] Ba'zilari Toshkent
bozorlaridagi rastalarda chit-furushlik, choyfurushlik.. do'konlari ochib, savdo qilar edi. M.
Muhammadjonov, Tur-mush urinishlari.
2 Bozorda choy do'konlari qatori, ras-tasi.
CHOYXONA [choy + xona] Choy ichib, ta-maddi qilib, hordiq chiqariladigan jamo-at joyi; samovar,
samovarxona. Mahalla choyxonasi. Otalar choyxonasi. Choyxonada uch-to'rt chol chaq-chaq suhbat
qiladi. HI Bo-zordagi choyxonalarning hammasi sershovqin va to'polon bo'ladi. F. Musajonov,
Himmat.
Choyxona palov q. palov. Choyxona palov-larda oshning sabzisini albatta Elchiev to'g'raydi. E.
A'zamov, Javob.
CHOYXONACHI Choyxonada xizmat qi-luvchi, choyxonada choy sotuvchi yoki choy tashib beruvchi kishi.
Choyxo'rlar ko'pligi-dan choyxonachining qo'li-qo'liga tegmaydi. Gazetadan.
CHOYXO'R [xit. + f. jj^-jLa. — choy ichuv-chi] 1 Choyni yaxshi ko'radigan, ko'p choy ichadigan.
[Anvar] So'rilarda choyxo'rlar chordana qurib o'tirgan choyxona oldidan yuguribo'tdi. O'. Hoshimov,
Qalbingga quloq sol. Hozirda yer kurrasida yashaydigan aholi-ning bir yarim milliarddan ziyodi
choyxo'r hisoblanadi. Gazetadan.
2 Choyxonada choy ichuvchi, mijoz. Kuz havosining suyaklarni zirqiratuvchi sovug'i-ga qaramay,
guzarda choyxo'r ko'p edi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o.
CHOYXO'RLIK Choy ichib, suhbatlashib o'tirish. Mehmonlar choyxo'rlik qilayotib, futbol, shaxmatdan
gap boshlashdi. S. Nurov, Narvon. Uch-to'rtta qariyalar esa o'rik ta-gidagi kattakon supada
choyxo'rlik qilishar-di. «Sharqyulduzi».
CHOYCHAQA 1 Ko'cha-ko'ydagi mayda xa-rajatlar uchun mo'ljallangan oz mikdorda-gi pul; choy puli.
Ota choychaqaga muhtoj bo'lib, bozor kunlari Qo'yliqda hammollik qildi. H. G'ulom, Mash'al.
2 Uncha-muncha xizmat uchun beriladigan haq, xizmat haqi. Agar Shoqosim ish bilan o'zini
yoqtirsa, xo'jayin o'z bilgicha «choycha-qa» ham berib turadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 Taqchil molni topib bergani uchun do'konchiga beriladigan ustama haq, pul. O'g'-li qancha
ovora-sargardon bo'lib, magazin-chilarga choychaqa berib olib kelgan narsasi quvonch bag'ishlash
o'rniga, ayvonda chang bosib tursa.. S. Nurov, Narvon.
CHOYCHO'P [choy + cho'p] Cho'l-qumda o'sadi-gan, xushbo'y, och binafsharang gulli ko'p yillik o'tsimon
o'simlik.
CHOYSHAB \f. ^jjLa. yoki ^^`. -tungi chodir, yopinchiq] O'rin-to'shak ustiga yoziladigan yalangqavat
to'rtburchak mato, yopinchiq. Oq choyshab. mm [Polina] Qo'lti-g'idagi choyshab va adyollarni
burchakdagi bo'sh karavot ustiga qo'yib, birin-ketin yozdi. SH. Xolmirzaev, Bodom qishda gulladi.
Bir-lashmada choyshab va yostiq jildi tikiladi. Gazetadan.
Oq choyshab 1) gulsiz, gul bosilmagan choyshab; 2) ko'chma qor. Qish kelib, yaylov va o'rmonlar
ustiga oq choyshabini yozguniga qa-dar gul-chechaklar kulib boqqani-boqqan. N. Safarov, Olovli
izlar. Surmarang choyshab ko'chma Nimqorong'ilik. Qosh qorayib, sur-marang choyshab borliqqa
taraldi. «Sharq yulduzi».
CHOK [f. - teshik, tirqish; kesik, yirtiq, qiyiq joy] 1 Chevarlikda: gazla-ma, teri va sh.k.
dan tikilgan buyumlarning
505
tikib biriktirilgan joyi. Ko'ylak choki. Mahsining choki so'kilibdi. Chokidan yirtil-di. shsh
Uning tikkan chokin ko'rsang, donaday silliq.. G'. G'ulom. Sumkalarning choklari te-kis. astari
shoyidan. «Saodat».
2 tex. Mashinasozlikda: detallarning payvandlab, parchinlab yoki boshqa biror usul bilan
ulangan joyi. Payvand chok. Uchma-uch chok. Ustma-ust chok. tsh Muhimi shundaki, lazer payvandda
hosil bo'ladigan choklar nihoyatda mustahkamdir. «Fan va turmush».
3 bnk. Terilgan g'ishtlar, bloklarning or&chig'i, panelli uylarda panellar tutash-gan joy.
4 anat. Kalla suyagi qismlarini birik-tirib turadigan asosiy tuzilma.
5 tib. Jarrohlik amaliyotida jarohat-langan, kesilgan joylarni, to'qimalarni biriktirish
usuli.
Yoqani chok qilmoq (yoki etmoq) Yirtmoq, pora-pora qilmoq. Onamni so'rayman sendan erta-kech,
Qaytar, deb so'rayman chok etibyaqo. A. Oripov. Yoqam chok-chok etib, qilarman faryod.
«Gulshanbog'». Yuragi (yoki bag'ri, di-li) chok bo'lmoq Yuragi pora-pora bo'lmoq, g'am-alam,
iztirobdan ezilmoq. Do'sp`shr sho-bu xandon, dushman bag'ri chok. G'. G'ulom.
CHOKAR \f. jSL?. — xizmatkor, malay] esk. Xizmatkor, chorakor, malay. Boyning Xolyor degan
cho'poni bo'lib, uning Ernazar degan chokari bor edi. «Oysuluv». Yaqzon bir chokari-ni Ibn
Sinoga hamroh qilib, qal`adan chi-qarib yubordi. M. Osim, Karvon yo'llarida.
CHOKLAMOQ Chokini tikmoq, chokini tikib ulamoq. Ko'rpaning astarini chokladi.
CHOKCHI 1 Faqat bichilgan narsalarni tikuvchi hunarmand.
2 Tikuvchi, kashtachi, chevar.
CHOKCHILIK Bozorda biror kiyim tu-ri bilan savdo qiluvchi odamga bichilgan kiyimni tikib tayyor
qilib berish bilan shug'ullanish. [Xosiyat buvi] Karimjon mashi-nachiga bitta to'nni o'ttiz puldan
tikib, rosa o'n sakkiz uwi chokchilik qshgan. S. Zun-nunova, Gulxan.
CHOK-CHOK: chok-chok bo'lmoq 1) chok-cho-kidan so'kilmoq. Ko'ylagi chok-chok bo'ldi; 2) ko'chma qattiq
iztirobga tushmoq; pora-pora bo'lmoq. Yuragi chok-chok bo'ldi. Chok-chok qil-moq (yoki etmoq) 1)
chok-chokidan so'kmoq; 2) ko'chma pora-pora, tilka-pora qilmoq. Yov¬voyi mo'g'ul seni oyog'osti
qilib, bag'ringni chok-chok etadi. M. Osim, Karvon yo'llarida
CHOL Qari er kishi; qariya; keksa, mo'y-safid. Nuroniy chol. Donishmand chol. tsh Go'yo ajin ketdi
qari betidan, Yashargandek bo'l-di, tetiklandi chol. H. Olimjon. Boyagi yog'och va bordonlar
orqasidan oltmish yoshlardagi bir chol arava minib chiqdi. A. Qahhor, Qo'sh-chinor chiroqlari.
Cholni ko'rib, bobom dema! Taniy olmay adashgan, yanglishgan kishiga aytiladigan ibora.
CHOLVOR [r. sharovarm — keng ishton < f. J jii — ishton, shim| Asosan uyda kiyi-ladigan, shimga
o'xshash kiyim. U[Akbar]uyda kiyadigan olachipor cholvorda, maykachan bo'-lib, mayka ostidan
yumaloq qorni ham do'p-payib turardi. J. Abdullaxonov, Xonadon.
CHOL-KAMPIR, cholu kampir 1 Keksay-gan ota-ona; keksaygan er-xotin. Chol-kam-pirim bor, nima
g'amim bor! tsh Chol-kampir bir-biriga yalt etib qaradi. A. Qaxdor, Ac-pop bobo.
2 Umuman, keksa erkak va xotin. Qish-loqning hamma chol-kampirlari yig'ildi.
CHOLG'U 1 Musiqa asbobi. O'zbek xalq cholg'ulari. Cholg'u asbobi. it Tanlovda xalq cholg'u
asboblari ham to'liq qamrab olingan. Gazetadan. Mashshoklar cholg'ularini qo'lga oldilar. M.
Ismoiliy, Farg'onat. o.
2 Musiqa asboblarida ijro etilgan kuy, ohang; musiqa. Uning asl ismi — Nabi. Uzi-ning
ashulasi, cholg'usi va qiziqchiligi bilan suhbatlarni gullatgani uchun mahalladagi ulfatlari
uni «gul» — «Nabigul» deb ataganlar. A. Qaxdor, Qanotsiz chittak.
CHOLG'ULI esk. ayn. musiqali. Cholg'uli drama. Cholguli asar.
CHOLG'UCHI Cholg'u chaluvchi sozanda; mu-siqachi. Ozodaxon cholg'uchilar bilan yangi aytiladigan qo'shiq
haqida pichirlashib turgan edi. N. Aminov, Qahqaha. Bas, yetar, cholg'uchi, bas qil sozingni,
Bas, yetar, qal-bimga urmagin xanjar. A. Oripov.
CHOP [f. ^S^. — nashr, bosib chiqarish; bosma]: chop qilmoq (yoki etmoq) Nashr et-moq, matbuotda
bosib chiqarmoq. Hayqiri-g'im, xitobim Sizga, Chop etilgan kitobim Sizga! «Yoshlik». Mashhur
adib Jyul` Vern-ning butun dunyoga dong'i ketgan «Yerdan oy sari» nomli romani chop etilganidan
buyon 110 yil o'tdi. «Fan va turmush».
506
CHOPAR map. Davlat ahamiyatiga ega va oshig'ich xabarni yetkazish uchun yuborilgan otliq, suvori.
Namozgar payti Qo'qondan chopar kelib, noma tashlab ketgandi. X. To'x-taboev, Yillar va
yo'llar. Ana, chopar, suyunchi deb, Eralixonga yetti. «Yusuf va Ahmad».
CHOPAG'ON s. t. Tez, yaxshi yuguradigan; chopqir. Chopag'on ot. mm Yashil maydon at-rofidagi yo'lkaga
chopag'onlar chiqishdi. S. Nu-rov, Chopag'on.
CHOPAG'ONLIK Tez yugura olishlik, shunday xususiyatga egalik.
CHOPISHMOQ 11 Chopmoq I fl. birg. n. Bolalar ko'chaga chopishib chiqishdi.
2 Bir-biri bilan kim o'zish o'ynamoq, yugurishdan musobaqa qilmoq. Qani, chopi-shasizmimen
bilan?Oybek, Tanlangan asar-lar.
CHOPISHMOQ II Chopmoq II fl. birg. n. Qilich bilan chopishmoq. G'o'zani ketmon bilan chopishdi.
CHOPIQ q.x. O'simliklarninttagi, yon-atroflarini chopib yumshatish. G'o'za chopig'i. Tesha chopiq. mm
Flaxma olma pishdi, shotut qizardi, Uchinchi chopiqni boshladik kecha. G'. G'ulom. Nihollar o'zini
tutib olguncha shu xilda uch marta chopiq qilish kerak. A. Ko'-chimov, Halqa.
Chopiq traktori Ekinlarning qator ora-lariga ishlov beradigan traktor.
CHOPIQCHI Chopiq qiluvchi, chopiq ish-larini bajaruvchi dehqon. Qumg'onda choy ke-lishi bilan..
chopiqchilar chu/urchuqdek qum-gonga yopishdilar. A. Qodiriy, Obid ketmon. Tog'dan esgan shabada..
qizil, ko'k, oq va sa-riq ko'ylakli chopiqchi ayollarning chekka soch-lari va boshlaridagi
ro'mollarini betinim yelpiydi. P. Tursun, O'qituvchi.
CHOPMOQ I 1 Biror yo'nalishda oyoqlar bilan juda tez harakat qilmoq, yugurmoq. Ko'pincha Azizxon
smenadan chiqardi-yu, adir yoqalab «Qirg'izovul»ga chopardi. S. Ahmad, Ufq. Katta tezlik bilan
qiyalab chopayotgan Fo-zil aka duch kelgan xarsangdan hatlayotib, qoqilib tushibdilar. M. Xidir,
Qirg'okdar.
2 Otga mingan holda uni yugurtirmoq. Buvisi buvasi bilan yonma-yon ot chopib, dushman bilan
olishgan ekan. O'. Umarbekov, Boboyong'oq.
3 Ko'pkari musobaqasida qatnashmoq, ishtirok qilmoq. Uloq chopmoq. mm Ko'pkari¬ni chopib yotir O'n
ikki mingcha boybachcha. «Gulshanbog'».
4 ko'chma Biror maqsadni amalga oshi-rish uchun tegishli joylarga bormoq, hara-kat qilmoq. -
Uyoqqa chopdim, bu yoqqa chopdim, oxiri ishimni bitirdim, — dedi xola. Gazetadan.
5 Irg'imoq, oshmoq (erkak hayvon haqida). Baxti (yoki omadi) chopmoq Baxti, omadi
kelmoq. O'ylab ko'rsam, ukam, baxting cho-pibdi. «Oysuluv». Ayollar bobida omadim chopmagan. M.
M. Do'st, Lolazor. Betga {yoki yuzga) chopmoq Ra'y-andisha qilmay, qattiq, shartta gapirmoq.
Bechora Zebi.. Qanchadan-qancha zahru zaqqum yutdi-yu, hech kimning rahmi kelmadi. Yordam qilish
o'rniga, yuziga chopdilar, noloyiq xotin, qo'shnimizning ten-gi emas, dedilar. SH. Rashidov,
Qudratli kuch. Ko'ngli chopmadi Biror xatti-harakatni amalga oshirishga yuragi betlamadi, yuragi
dov bermadi.
CHOPMOQ II 1 Tig'li asboblar bilan zarb berib parchalamoq. yormoq, kesmoq. Sevargul xayoli
chalg'ib, tashqariga quloq soldi: onasi go'shtkundada go'sht chopyapti. N. Qilichev, Chig'iriq.
[Tolibjonning qo'sh-nilaridan/ Biri xodalarning po'stlog'ini shiladi. Biri poytesha bilan to'sin
chopa-di. S. Ahmad, Jimjitlik.
2 Tig'li asboblar bilan zarb berib o'ldirmoq, kesmoq. Yurtdan ayrilganni yov chopar. Maqol. ¦¦
Odamlar g'uj bo'lib, bir-biriga nayza sanchar, qilich bilan chopar edi. M. Osim, Karvon
yo'llarida.
3 O'simlik tagi va atrofini, umuman. yerni ketmon va sh.k. bilan ishlamoq, yum-shatmoq; chopiq
qilmoq. G'o'zalarni chopmoq. mm Ketmon chopdim, ter to'kdim, Arpa, bug'doy — don ekdim. Q.
Muhammadiy. Oyim molga qaraidi.. qulupnay pushtalarini chopadi, tert qoradi. O'. Hoshimov,
Ikki eshik orasi.
CHOPOVUL 1 map. harb. 14-19-asrlarda O'rta Osiyoda dushman tomonga qo'qqisdan xujum qilib, uni
parokandaga uchratishdan iborat taktik usul.
2 map. Dushman harbiy kuchlari va ob'ektlariga to'satdan x^jum qilib, o'lja keltiruvchi suvoriy
gurux,-
3 shv. Yugurdak, xizmatkor. CHOPON Kiyim ustidan kiyiladigan,
ichiga paxta solib qavilgan uzun milliy
507
kiyim; to'n. Beqasam chopon. Paxtali chopon. Zarbof chopon. Chopon kiygizmoq. mm Ba'da-zon osh
tortilib, andin so'ng faqirga sap-pun chopon va yana jig'aliq salla keldi. A. Qodiriy, Kichik
asarlar. Ziyrak chol uyqu-dan uyg'onib sahar, Yangi choponini tashlar yelkaga. Mirtemir. Yusufbek
hoji egnida kimxob chopon bilan o'rdadan chiqdi. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar.
Bir choponi (yoki to'ni) ikki bo'lmadi Qashshoqlikda kun kechiradi; kosasi oqar-madi; yolchimadi.
O'zingiz bilasiz, to'rt urn-dan beri bu yerda ishlayman, tinim yo'q, ish-dan boshim chiqmaydi.
Lekin hali ham bir choponim ikki bo'lmadi. Oybek, Tanlangan asarlar. Choponini tsskari kiymoq
ayn. to'nini tsskari kiymoq q. to'n. Eski chopon-lar esk. Kambag'al odamlar, qashshoqpar. Es-ki
choponlardan bitta-yarimtasi soddalik bilan mabodo kelib qolsa, to'yboshilarning ko'zlari
olayadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
CHOPONFURUSH Chopon, to'n bilan sav-do qiluvchi, chopon sotuvchi. Ro'zimatning otasi..
mahallasidagi So'fichopon degan cho-ponfurushga qarollik ham kilardi. Tuyg'un, Shoir haqida
haqiqatlar.
CHOPTIRMOQ 1 Chopmoq I fl. ort. n. Cho'pon yigit otini choptirib ketdi. S. Anorboev, Mexr.
2 s. t. bol. Sharillatib siymoq (erkak-lar haqida). Anov boivachchaning ustiga chop-tiraimi!
Juda qistanib turibman. Oybek, Tanlang'an asarlar.
CHOP-CHOP Biror ishni bitirish uchun tezlik bilan harakat qilish; yugur-yugur. Atigi uch kun muhlat
berilgan esa-da, hay'-at a'zolari qariyb ikki hafta chop-chop qshib ham topshirikni uddalay
olmadi. «Yoshlik».
CHOPQI 1 Shox-shabba qirqish, go'sht, piyoz qiymalash va sh.k. ishlarda ishlati-ladigan katta va
og'ir, pichoqqa o'xshash ro'z-g'or asbobi; oshpichoq. Chopqida go'sht qiy-malamoq. mm Pichoq, o'roq,
chopqi, randa va boshqa mehnat qurollarini o'tkirlash uchun ishlatiladigan predmet «egov» deb
yuri-tiladi. «UTA». Hademay bargni novdadan ajratish uchun harakatga kelgan chopqi va
pichoqlarning chiq-chiqi avjga mindi. Ga-zetadan.
2 esk. Qilichga o'xshash jang quroli; oy-bolta. Shu olmos chopqi bilan bir urib, ki-shanni uzdi.
«Nurali».
CHOPQILAMOQ Chopqi bilan biror narsani kertmoq, qiymalamoq yoki chopmoq. Go'sht chopqilamoq.
CHOPQILLAMOQ Mayda qadamlar bi-lan tez yurmoq, yugurmoq. Gulnora «Shoshma!» dedi-yu, chopqillab
uylariga kirib ketdi. «Yoshlik». Bola ikkilanib, pulni oldi-da, eshik tomon chopqillab ketdi.
A. Ko'chimov, Halqa. E`zozxon Botiralining yonboshida hamon chopqillab yurib kelardi. H. G'ulom,
Mash'al.
CHOPQIN Tig'li qurol bilan yoppasiga chopish, kesish; qirg'in. [Alimqulbek] Umri-ning ko'pchiligi
jontalashlarda, chopkinlar-da o'tgan. Mirmuhsin, Tungi chaqmoqlar.
CHOPQIR Tez chopadigan, yelday yugu-radigan; chopag'on, uchqur, yugurik. Chopkir bola. Chopqir ot —
o'tkir pichoq. Maqol. mm Bu yerda uzoq kutib qoladigan bo'lsa, har qanday chopqir otda, shamol
izvoshda ham otasiga yetib olishi amrimahol. H. G'ulom, Zamin yulduzlari. ..muallimning ko'p
yaxshi chopqir oti bor edi. SH. Xolmirzaev, Og'ir tosh ko'chsa.
CHOPQIRLIK Chopag'onlik, uchqurlik, tez yugurishlik. Turkman ontwpu chopqirligi bilan mashhur.
CHOR I [f. jL. / jl^z. - to'rt, to'rtta] To'rt, to'rtta. Chor fasl. shsh Qochay desa, chor ashro-fi
berkildi maydon ichinda. Ergash Ju-manbulbul o'g'li.
Chor aylanmoq Gir aylanmoq. [Mahmud] Attorlik do'kon zgasi sifati bilan savdo bozirini chor
aylana boshladi. N. Safarov, Niqob yirtildi. Chor ishkal Qo'l, oyoq, ko'z va quloq. Chor ishkali
but 1) to'rt muchasi but, sog'lom; 2) ko'chma \amma ishi joyida, xotirjam. Chor ulfat yoki ulfati
chor To'rt ulfat, to'rt do'st; ulfatlar, do'stlar. Ulfati chor, anda maza bor. Matal. mm Bu
«ulfati chor» ichida katta sallali, oppoq soqolli, lekin vajohati yigitday bir keksa kishi..
diqqatni o'ziga jalb etadi. Oybek, Tan-langan asarlar.
CHOR II [r. sar` - podshoh, hukmdor] map. Rossiya podshosi. Chor hukumati. Chor Ros-siyasi. mm
Tabiiy, otam Russiya chor hukuma-tini siraham tilamaydir. A. Qodiriy, Ki-chik asarlar.
CHORA I [f. ajl^. - yordam berish yo'li; dori-darmon; pul; qutulish yo'li] 1 Biror ishni,
maqsadni amalga oshirish, ro'yobga
508
chiqarish yoki uning oldini olish uchun pux-ta o'ylab tuzilgan, ishlab chiqilgan tad-birlar
majmui; iloj, tadbir. So'nggi chora. Keskin choralar. Ehtiyot choralari. Kasal-likka qarshi
kurash choralari, sht Zavod iq-tisodini ko'tarish choralarini izlab topish eng dolzarbmasala
bo'lib turibdi. Gazetadan.
Jazo choralari Ma'muriy yoki sud yo'li bilan beriladigan jazolar. Ma'muriy choralar Ma'muriy
yo'l bilan beriladigan jazolar.
2 Biror qiyinchilikdan, murakkab va-ziyatdan qutulish yo'li; iloj. Chora izlamoq. Chora topmoq.
shshsh Qayin otangiz, ehtimol, buning biror chorasini topar! A. Qodiriy, O'tgan kunlar. U
[Temur Malik] mo'g'ullarga pand berib, ularni qirib tashlash chorasini izlardi. Mirmuhsin,
Temur Malik. Dolon o'rtasida tezak tutab turadi. Bu chivin-lardan saqlanishuchun bir chora. J.
Sharipov, Xorazm.
Chora ko'rmoq 1) tadbir ko'rmoq; biror maqsadni, ishni amalga oshirish yoki uning oldini olish
uchun zarur sharoit yaratmoq. Vrachlar mumkin bo'lgan barcha tibbiy chora-larni ko'rdilar. «Fan va
turmush»; 2) ilo-jini, yo'lini topmoq, ilojini qilmoq; 3) jazo, tanbeh bermoq. Qaerda qo'y
yo'qolsa, Aybdor — biz, bo'rilar. Yegan mudir-ku, unga Qachon chora ko'rilar? Gazetadan.
CHORA II Katta yogoch tog'ora. Dasturxon yozilib, kattakon chora tovoqda arxar go'sh-ti
keltirilganda, Maxsum mehribonlik bi-lan so'z boshladi. S. Anorboev, Oqsoy.
CHORABZAL |0. jljJljL,. - to'rt buyum, ashyo] Kerakli narsalar, asbob-uskunalar, qurol-yaroglar
va sh.k. ning jami. Ishning chorabzali but. To'yning chorabzali maxm qilindi. Safarga chiqish
uchun chorabzal shay qilindi.
CHORAK [0. I ^jU. - to'rtdan bir] 1 To'rtdan bir ulush; teng to'rt bo'lakning har biri. Chorak
asr. Chorak kam bir soat. tsh Men Abdulla Qahhor bilan chorak asr turmush kechirib, «Xotinni
xotin qiladi-gan ham er» degan xulosaga keldim. K. Qah-horova, Chorak asr hamnafas.
2 O'quv yilining to'rtdan bir qismi. Birinchi chorak. Chorak baholari. shtsh Uchinchi chorakning
oxiri edi. «Yoshlik». O'sha yili kuz-da Begimxon yettinchi sinfning birinchi choragidan ketib
qoldi. I. Rahim, Chin mu-habbat.
3 shv. Ba'zi hududlarda besh pud (87,36 kg) ga, ba'zi joylarda besh qadoqqa, ya'ni ikki
kilogrammga (kichik chorak), ba'zi joylarda esa o'n qadoqqa, ya'ni 4,1 kg ga (katta chorak)
teng og'irlik o'lchovi. /Qodir-qul:] Unday bo'lsa, meni bankaga tashlab kelasan-da.. ombordan
yarim chorak guruch olib, sekingina bog' tomondan Nurmat akangniki-ga o'tkazib qo'yasan. Hamza,
Burungi say-lovlar.
CHORAKOR \f. JLSOJU. - to'rtdan birga ishlovchi] map. Boylar yerida, olinadigan hosilning
to'rtdan uch qismini yer egasiga berish sharti bilan yollanib ishlagan, o'z yeri yoki ot-uloviga ega
bo'lmagan deqqon. [Hasan:] Ana shu men olaman deb turgan yerni Do'smatboyning chorakori olib
qo'ymadimi? Hamza, Burungi saylovlar.
CHORAKORLIK Chorakor bo'lib ishlash; yer ijarasi turlaridan biri. Butun umri chorakorlikda
yo'qchilik bilan o'tgan oilada dunyoga kelgan Toshpo'lat.. K. Yashin, Hamza.
CHORAKTA Chorak kattaligidagi, chorak qismga teng. Chorakta non.
CHORASIZ 1 Amalga oshirishning yoki oldini olishning iloji bo'lmagan; chorasi yo'q, ilojisiz.
Chorasiz dard. Chorasiz ish. sht G'ussaga botsa odam — muhabbatga suyan-gay, Chorasiz qotsa odam
— muhabbatga su-yangay. A. Oripov.
2 Mushkul, noiloj ahvolga tushib qol-gan; nochor, bechora. Chorasiz bir inson uchra-gan damda,
Unsiz savoliga qildingmi javob? A. Oripov.
CHORASIZLIK Noiloj xrlga tushib qolishlik, chorasiz ahvol. Axmadali ko'prik-ka yeta-yetguncha
chorasizlik azobidan bo'zlab o'tirgan opasining qiyofasi ko'z o'ngidan o'ch-madi. «Yoshlik».
CHORASOZ [0. jL^ojla. — chora qiluvchi, topuvchi] kam qo'll. Tadbirkor, tadbirli. ishbilarmon.
To'g'onbek kabi puxta, chorasoz odamlardan bir nechasini shaharda o'z xiz-matlariga olurlar.
Oybek, Navoiy.
CHORBOZOR [0. jl^LjU - to'rt bozor] map. Haftaning har xil kunlarida, boshqa-boshqa yaqin
qishloqlarda birin-ketin o't-kaziladigan bozorlar. Piyoz yaxshi bitgan bi-lan narxi arzon,
[Ko'kan] Sotolmasdan chor-bozorda bo'pti sarson. G'. G'ulom.
509
CHORBOZORCHI map. Chorbozorda savdo-sotiq bilan shug'ullanuvchi savdogar. Chor-bozorchi jalloblar.
mm Kecha bir chorbozorchi keldi. Xurjuni to'la kaklik. SH. Xolmirza-yev, Bodom qishda gulladi. Yoz
ham o'tdi, kuz ham keldi, qishloq chorbozorchilarshing kuni tug'di. S. Abdulla, Soyalar.
CHORBOG' [f. LjL^. — to'rtta bog': katta va ko'rkam bog'] Shahardan tashqaridagi hovli-joyli,
qo'rg'onli bog', bog'cha. Alisher Navoiy shahar tashqarisidagi chorbog'iga ko'chib chiqdi. M. Osim,
Karvon yo'llarida. Chorbog'laringda mevalar pishib, tagiga tu-shib yotibdi. S. Nurov, Narvon.
CHORBURCHAK ayn. to'rtburchak. Chorbur-chak xona. Chorburchak qog'oz. mm Haramxona hov-lisiga
chorburchak g'isht vtqizilgan. M. Osim, Karvon yo'llarida. Xayriyat.. atir solingan chorburchak
quti ham hech joyda ko'rinmadi. M. M. Do'st, Lolazor.
CHORVA \f. IJJU. / LjL. - to'rt oyoq(li)] Qishloq xo'jaligida: qo'y-qo'zi, mol. Chorva mollari.
Chorva qishlovi. mm Chorva ishi pax-ta ishidan ham nozik. SH. Xolmirzaev, Bo-dom qishda gulladi.
Chorva odam s.t. Sodda, oqko'ngil odam.
CHORVADOR \f. JIJIJJUX - yuk hayvon-larini xaydovchi; chorva egasi] Chorvachilik bilan
shug'ullanuvchi kishi. Chorvadorsan, bo-tirsan, qo'lda qo'bizing bilan. A. Oripov. Ustma-ust
yoqqan qor ikki kunda tizza bo'yi bo'ldi. Bu chorvadorlarni gangitib qo'y-di. M. Hazratqulov,
Jur'at.
CHORVADORLIK ayn. chorvachilik. Chor-vadorlik bilan shug'ullanuvchi shirkat xo'ja-ligi.
CHORVACHI ayn. chorvador. Yangi yerlarga ko'chish chorvachilar uchun bir bayramdek edi. M. Osim,
Karvon yo'llarida.
CHORVACHILIK Qishloq xo'jaligining chorva mollarini boqish va urchitish, chorva mahsulotlari
yetishtirish bilan shug'ulla-nuvchi sohasi. Chorvachilik maxsulotlari. mm -O'tgan yildan e'tiboran
chorvachilik ham foyda bera boshladi, — deydi bosh iqtisodchi Xaudapaiiu Jo'raev. «Mushtum».
Sopollitepa-liklar chorvachilik bilan ham shug'ullangan. «Fan va turmush»
CHORGOH [f. ?>lljU>. — to'rt davr, vaqt; to'rt joy, o'rin] O'zbek mumtoz kuylaridan birining
nomi. «Chorgox» necha yuz yillar-dan beri aytilib kelgan bo'lsa, yana yuz yil¬lar bo'yi aytshshshi
mumkin. S. Xo'jaev, Kur-mak.
CHORDANA: chordana qurmoq (yoki qurib o'tirmoq) Oyoklarni tizzadan bukib va tiz-zadan pastini
bir-biriga chalkashtirib bosib o'tirmoq. Shundan so'ng o'zi [Yusuf As-vad] ham savatning yoniga
kelib, chordana qurdi. Mirmuhsin, Ilon o'rgatuvchi. Oshno o'zini sal o'nglab, yerga chordana qurib
o'tir-di. M. M. Do'st, Lolazor.
CHORDARD [f. JJJJU- ~ og'ir dard: to'l-g'oq azobi] Tug'ish vaqtidagi eng kuchli va davomli dard,
to'lg'oq.
CHORDEVOR \f. JIJ^JJU -to'rt(ta)de-vor] Hamma tomoni devor bilan o'rab olingan, to'rt devor.
Yshgpar o'tdi-yu, qish-loq O'zgarmadi va biroq Yoqadagi chordevor Cho'kib qoldi bemador. \.
Olimjon. Devor-larda, chordevorlarda isiriqning bo'ylarin tuydim. A. Mahkam.
CHORDOQ \f. + a. jU=jL- - to'rt qirra-li gumbaz] Tom bilan ship oralig'Idagi bo'sh joy; cherdak.
Chekkadagi egasiz xovlining chordog'iga bikinib, qishloqni kuzatdik. N. Safarov, Olovli izlar.
CHORYOR [f. JLJL- / jbjL^ " to'rt do'st: Muhammad payg'ambarning to'rt izdoshi] din. Muhammad
payg'ambar vafotidan keyin arab xalifaligida hokimiyat tepasida turgan dastlabki to'rt xalifa
(Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali). -Oling, oldirmang.. choryor madadkoringiz bo'lg'aylar! — deb
xalifa.. uydan chiqdilar. S. Ayniy, Qullar. Musul-monni do'stim desin choryor. «Yusuf va Ah-
mad». Islom an'anasida choryorlar hukmron-lik davri islomning oltin asri deb yuri-tiladi.
«UzME».
CHORZARB [f. + a. V^JL=- / V^J^ — to'rt zarb, takt] O'zbek mumtoz kuylari-dan birining nomi.
CHORI Don mahsulotlarini g'alvirlab tozalashda, elashda hosil bo'ladigan qoldiq. Katta xirmon
qizil bo'lsa, chori chiqmas. Maqol. Bozorda xirmonning faqat chori-si qoldi. S. Ayniy,
Doxunda.
CHORIZM [r. sarizm — podshoxlik] map. Rossiya podshohining, monarxiyaning chek-lanmagan
hokimiyatga asoslangan davlat tuzumi.
CHORIKOR s.t. ayn. chorakor. Ketmon, cho'kich, o'roq, so'yil ko'targan jabrdiyda kosiblar,
dehqonlar, chorikorlar, qo'shchilar
to'dalashib, Xiva sari otlandi. S. Siyoev, Avaz.
CHORIQ Qattiq xom teridan tikilgan, asosan tog'lik hududlar xalkdari orasida rasm bo'lgan oyoq
kiyimi. Nodonni siylasang, chorig'i bilan to'rga chiqar. Maqol. Omon mergan mahsi ustidan
choriq kiyib olgan, oyo-g'i yengil, qorga botmasdi. SH. Xolmirzaev, Bodom qishda gulladi.
Choriq sudramoq Biri ikki bo'lmay, qech narsaga yolchimay kun kechirmoq. Qiyinchi-likka qiyin,
bolam. Lekin chorig'imizni sud-rabyuribmiz. Oybek, Tanlangan asarlar. Yuzi choriq Yuzi shumshuk;
yuzi xunuk. Borningyuzi yorug', yo'qning yuzi choriq. Maqol.
CHORKUNJ \f. - to'rtburchak(li)]
aim. chorburchak. Shahar chekkasibigi mop, katalak hovli. Darvoza oldidagi chorkunj, kichik
mehmonxonada otasi Zaynish ko'sa mahsi tikardi. N. Aminov, Yelvizak. Past bo'yli, yelkalari
keng, yuzi chorkunj Shaydulov.. pix-pixkuldi. SH. Xolmirzaev, Saylanma.
CHORKO'CHA \f. 4^. - to'rt ko'cha, yo'l] ayn. chorraha.
CHORLAMOQ 1 Huzuriga chaqirmoq. Ku-yovni u [Rahimov] tez-tez Toshkentga chor-lab turardi. S.
Ahmad, Jimjitlik. Tabi-biy go'yo ushbu farmonni bila turib, atayin Avazni saroyga chorlab
ketgandek xijolat chekdi. S. Siyoev, Avaz. Azon jamoatni peshin namoziga chorladi. «Sharq
yulduzi».
2 ko'chma Biror narsaga undamoq. Bu nido ketmagay qulog'imizdan, Bizni tinchlik uchun kurashga
chorlab. «Sharq yulduzi». Bahor biz-ni yana yangi mehnatga, ijodga.. chorlamoqda. «Saodat».
CHORLOV Chaqirish, undash. Marhumning tushidagi chorlovi bir necha kungacha yuragini g'ash qilib
yurdi. «Yoshlik». Bu sog'inch, bu chor-lov [qizning] yuz-ko'zlarida o'z ifodasshi to-padi. «Saodat».
CHORMIX [f. — to'rtta mix; to'rt
qirrali mix; o'tmishda jazolash vositasi va usuli] Katta mix. Otasi Afg'onistondan olib kelgan
dandon sopli ustara yarim ochiq-ligicha chormixga ilinib turardi. S. Siyoev, Avaz.
CHOR-NOCHOR \f. jL^bjU. - istar-ista-mas, noiloj] rvsh. 1 Noiloj; istar-istamas. Chor-nochor
rozi bo'lmoq. mm Said ko'ngli g'ash-lanib, o'rnidan turdi, chor-nochor galstugi-ni taqdi. X.
Sultonov, Bir oqshom ertagi.
Shavkat chor-nochor o'rtoqlari bilan xayr-lashdi. Q. Kenja, Tog' yo'lida bir oqshom.
2 Muhtojlik bilan, muhtojlikda. Chor-nochor kun kechirmoq.
CHOROYNA [f. AJ^fjU. - to'rt oyna, ko'z-gu: sovut; qurol-yarog'] fol`k. To'rt parcha yas-si
temirni biriktirib yasaladigan, zirh-li kiyim ustidan ko'krak va yelkaga taqi-ladigan himoya
moslamasi. Dubulg'a boshida, choroyna to'shida, xuddi yashin oqqanday bo'lib, beklar tizilib
kelyapti. «Yusuf va Ahmad».
CHORPALAK [f. barg chiqargan nihol. G'o'za-lar chorpalak bo'lib qoldi.
2 Shunday nihollar chiqarish davri.
CHORPAHIL [f. jbU^U. - to'rttatomon-(li); semiz, to'la] To'ladan kelgan, yag'rini keng; g'o'labur,
miqgi. Chorpahil yigit. mm [O'rtog'ining] Bo'yi Mahkamnikidan pastroq, lekin chorpahil edi. P.
Qodirov, Uch ildiz. Yigit darvozaxonaga kirib ketdi-da, chor-pahildan kelgan o'rta yoshli
kishini boshlab chiqdi. M. Osim, Karvon yo'llarida.
CHORPOYA [f. 4JLJU. - to'rtta oyoq(li); taburetka] Ochiq havoda o'tirishga, yotishga mo'ljallangan,
to'rt oyoqli va panjarali katta keng yog'och karavot, so'ri. Xola ayvondagi chorpoyaga ko'rpacha
to'shab, choy damlab keldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi. Qizlar chorpoyaga chiqib,
ko'rpachaga o'tirgach, Rajab-boy Sattorni o'choqboshiga chaqirdi. O'. Us-monov, Qismat.
CHORRAXA [f. oljjL^ / oljjL^ - to'rtta ko'cha yoki yo'l kesishgan joy] 1 Transport qatnaydigan
ko'chalarning kesishgan, serqat-nov, gavjum joyi; chorko'cha. Ahmad brigadir chorrahadagi
svetoforning sariq ko'zi yonib turganda shoshibo'tib ketdi. S. Nurov, May-salarni ayoz urmaydi.
..chorrahalardagi ola-bula to'siqlar, semafor chiroqlari juda ko'rimli edi. «Sharq yulduzi».
2 ko'chma Hayot, umr yo'li; hayotdagi tub burilishlar davri. Umr chorrahalari. jsh Ahmadjonning
hayot chorrahalaridan Adolat g'oyib bo'ldi-yu, bu chorrahalar juda-juda zerikarli, fayzsiz..
bo'lib qoldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
CHORSI, chorsu \f. >^_>1-^ / JJ-^IJU. -to'rt tomon; to'g'ri burchakli kvadrat; bozor-da rastalar
kesishgan maydon] 1 sft. map. To'rt tomoni teng to'rtburchak shaklidagi;
kvadrat. Chorsi ro'mol. Chorsi hovuz. tsh Nov-dalari qirqilaverib to'mtoq kallak bo'lib qolgan
qator tut daraxtlari chorsi kar-talarni ajratib turibdi. Mirmuhsin, Umid. U kattakon chorsi
qiyiqchaning bir uchidan tutib silkitdi. U. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
2 shv. ot Belbog', qiyiqcha. Bobur mij-jalarida yiltiragan tomchsharni ipak chor-si bilan
artishdan istihola qilmadi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi. Mulla Chori, qo'lida tuproq
solingan ko'k chorsi, G'aybarov-ning yoniga keldi. M. M. Do'st, Galatepaga qaytish.
3 shv. ot Katta ro'mol. Kampir negadir oq surp chorsisining uchini labiga qistirib ol-gan, yuzi
sirliroq ko'rinardi. M. M. Do'st, Galatepa qissalari. Qarshimda oppok chorsi-ga o'ralgan.. bor
dunyosi farishtaday ulug' siy-mo turardi. A. Nurmurodov, Urush bevalari. Yuzlarini tilim-tilim
ajin qoplagan qaynonasi doka chorsisining uchlarini kift-lariga yelvagay tashlagan ko'yi..
mushtdek kichrayib o'tirardi. N. Qilichev, Chig'iriq.
4 Tarixiy shaharlarda: usti yopiq savdo-sotiq joyi, ya'ni bozorning markaziy, rastalar
kesishgan joyi; umuman, savdo-sotiq joyi. Avazxon bunday qarasa, shahar.. chorsu bilan
registondan iborat ekan. «Gul-shanbog'». Xivada chorsu do'konlari ko'proq Ota va Polvon
darvozalar ko'chalari bo'ylab joylashgan edi. «O'zME».
CHORSUPA [f. + a. oppoq, chorsupa yuzi, supa ustidagi so'ri yog'ochlari oppoq. «Sharq yul-duzi».
CHORTANG [f.. t.ijU — to'rttomoni si-qiq, kambar, zich] Qizg'in, jo'shqin, jon-li (ran, suhbat
va sh. k. haqida). Chortang suh-bat. Chortang o'tirish. sht Shoirning odatda suxbat quradigan
xonasiga kirganida, gap chortang edi. Oybek, Navoiy.
CHORTOR [f. — to'rtta tor(li)] To'rt
torli musiqa asbobi.
CHORTOQ [f. + a. jLUjU. - to'rt qirra-li gumbaz; ayvon] Xonlarga, beklarga man-sub hashamatli
bino; saroy, qasr. Tunov kun Badiuzzamon mirzo o'z chortoqida.. bir maj-lis tartib
bermishlar. Oybek, Navoiy.
CHORXARI 1 To'rtta kesishuvchi xarisi bo'lgan, to'rt xarili.
Chorxari uy (yoki ayvon) O'rtadagi bitta ustunga tayanuvchi to'rtta xarili katta kvad-rat xona,
ayvon. Katta, chorxari uyga kir-dilar. Chol Jamshidni qo'yarda-qo'ymay to'rga o'tkazdi. «Yoshlik».
2 Mollar turadigan bostirma.
CHORCHO'P [f. ^^.jLa. - to'rtga yog'och, taxta] 1 To'rtga taxtachadan yasalgan ramka. Deraza
ko'zlari, rom chorcho'plari va g'ishtlari yana titradi. «Yoshlik». Stol ustidagi chi-royli chorcho'pga
solingan, chog'rok kattalikda-gi surat.. beixtiyor kishi ixtiyorini o'ziga jalb etardi. N.
Qilichev, Chig'iriq.
2 bnk. Imoratning to'rt devori poyde-voriga qo'yiladigan to'rt tagsinch.
CHORSHANBA \f. A^ijU. / -
shanbadan keyingi to'rtinchi (kun)] Hafta-ning yakshanbadan keyingi uchinchi kuni. Payshanbaning
kelishi chorshanbadan belgili. Maqol. Chorshanba — murodbaxsh kun, dey-dilar. Gazetadan.
CHORQIRRA1 To'rt qirrali. Shavkat ay-vonning chorqirra ustunini quchoqlab, enasi-ga zimdan
karab, jilmayib turaverardi. Q. Kenja, Tog' yo'lida bir oqshom.
2 Bug'doy navi.
CHOT Ikki son orasi; but oralig'i. G'ozga ergashaman deb, chumchuqning choti ayrilibdi. Maqol.
CHOTMOQ fol`k. Urmoq, savalamoq. Ach-chiklansam, otga qamchi chotarman.. «Alpo-mish». G'ayrat
qilib bu bekzot «Chux», deb qamchini chotdi. «Intizor».
CHOCH s.t. Soch, zulf. Turqi yaxshi bolam, sendan so'rayman, Chochi uzun qizim, qayda bo-rasan?
«Erali va Sherali».
CHOCHVOQ cm. Sochbog'. Xotinining kuchi yo'k, Chochvog'ining uchi yo'q. «Qo'shiqlar».
Chochvoq o't Poyasi sutli yovvoyi o'simlik.
CHOCHIQ I cm. Sochiq, lungi.
CHOCHIQ II 1 Sochilgan, sochilib yotgan; parishon.
2 etn. To'ylarda kuyov, yangi tug'ilgan yoki xatna qilinayotgan bola boshidan sochila-digan va
asosan, bolalar talashib-torti-shib terib oladigan mayda pul, shirinlik va sh.k.; sochqi. Kuyov
pochchangiz keldi, kochin-giz, Chochiq chochingiz, yo'lni ochingiz. G'. G'ulom.
CHOCHMOQ cm. Sochmoq; sepmoq. Erali-xon podsho arava-arava tanga-tilla chiqarib, Bo'zo'g'lon
podshoning o'z izzati bilan boshi-dan chochdi. «Yusuf va Ahmad».
512
CHOCHOQ Sochoq, popuk. Dasturxon chocho-g'i. Chochoq gulli o'simlik. mm Mingan oti to'bichoqlar,
Nayzada zarrin chochoqlar. «Go'r-o'g'lining tug'ilishi».
CHOCHOQBOSH Chochoq boshli, supurgi-simon gulli o'simlik.
CHOCHPOPUK s.t. Sochpopuk.
CHOCHQI ayn. chochiq II 2. Askarning boshi uzra chochqilar chochildi. «Yoshlik».
CHOSH 1 Tozalangan g'alla, paxta va sh.k. ning xirmondagi uyumi; uyilgan g'alla, xir-mon.
Qarindoshingni oshga chaqir, choshga cha-qirma. Maqol. mm Haydar g'alvirni olib, chosh boshiga kelib
to'ldirdi. S. Ayniy, Qullar.
2 rvsh. Limmo-lim, liqto'la. Yaxshilabosh damlab, noz-ne'matlaru bizning o'zimizdan chiqqanlarini
dasturxonga chosh etib, gurung-ni gullatib yubordik. M. M. Do'st, Lolazor. Bir oz fursat o'tib,
kampir uyga ham katta tovoqqa chosh qilib solingan go'sht ko'tarib kirib ketdi. N. Qilichev,
Chig'iriq.
Chosh g'alvir Yirik ko'zli g'alvir.
CHOSHGOH [f. ol^iU. - tushgacha bo'l-gan vaqt] Kun ancha ko'tarilib qolgan vaqt. Choshgoh vaqti
o'tib, ota, tush bo'ldi. «In-tizor». Kun choshgohga borib, tuman butun-lay ko'tarildi. «Yoshlik».
O'sha kuni choshgoh-dan to yarim kechagacha Temur behush yotdi. B. Ahmedov, Ulug'bek.
CHOSHNIGIR [f. - tatib ko'-
ruvchi] map. Xon va podshohlar saroyida: shoh oilasi oshxonasining boshlig'i (shohga
tayyorlanadigan taomlarni dastlab tatib ko'ruvchi shaxs).
CHOSH-CHOSH rvsh. To'la-to'la, limmo-lim to'ldirib, toshirib. Chosh-chosh to'rt piyola guruch.
CHOQ ayn. chog' I. O'limga kim tayyor tur-sa ushbu choq, Oldinroq o'lgan, yo tug'ilgan o'lik. X.
Davron, Qaqnus. Paydo bo'ldi ayni shu choqda Tepalikda ikkita odam. H. Olim-jon.
CHOKLAMOQ fol`k. ayn. chog'lamoq. Hal-dirg'och akasini otlantirib, ot-anjomini choqlab, yaxshi
bor, deb bul so'zni aytib tur-di. «Alpomish».
CHOQQINA Kichikroq, uncha katta bo'l-magan. Choqqina xona. Yerga qalin kigiz to'-shalgan. SH.
Xolmirzaev, Qaxramonning so'ng-gi kunlari. Mastura keksa buvisi bilan Horatoshdagi choqqina
hovlida yashardi. E. A'zamov, Javob.
CHOG' I Vaqt, davr; payt, kez, kun, on. Tong chog'i. Terim chog'i. Shu chog'. Ayni chog'da. Yosh chog'im
— oltin chog'im. Maqol. mm Yi-gitlik yillarim yodimga kelur, Zarafshon bo'ylarin o'ylagan chog'im.
G'. G'ulom. ..qarigan chog'imda bir zamonlar beomon boy berilgan vaqtimning ham hissasini
chiqarsam, yuzim yorug'bo'lsa, debo'ylayman. M. M. Do'st, Lolazor.
CHOG' II Xursand, shod, yaxshi. Qarg'a «qag'» etadi, o'z vaqtini chog' etadi. Maqol.
Dimog'i (yoki kayfi, ko'ngli) chog' Kay-fiyati juda yaxshi. Go'ro'g'li sultonning di-mog'ini chandon
chog' qshib yota berdi. «Mali-kai ayyor». Qizlar, kayfi chog', g'ug'ulashib, koridorga chiqishdi.
Mirmuhsin, Ildizlar va yaproqlar. Qassobning o'ng qavatida Samad chol, ko'ngli chog',
kelguvchilardan hol-ahvol so'rab qo'yadi. «Yoshlik».
CHOG' III O'lchovi, o'lchami mo'ljaldan ki-chik, kichkina. Qaddi chog'. mm Uning [bola-ning] jussasi
chog' bo'lsa ham, chayir edi. Gazetadan. Ko'p o'tmay, o'rtadagi chog'roq stolga dasturxon yozildi.
«Sharq yulduzi». -Marxamat, do'stlar, — deb dastyor yigit chog'roq bir barkashda stolga to'rt six
ka-bob qo'ydi. N. Qilichev, Chig'iriq.
2 Top. Sahni chog' hovli. mm [Iigitning] Etigi ham, qo'lqopi ham o'ziga chog' emas, katta. A.
Muxtor, Tug'ilish.
CHOG' IV: chog' bo'lib turmoq Tayyor, shay bo'lib turmoq.
CHOG' V Kuch-quvvat, qurb; imkoniyat; istak. Chog'im kelmadi. mm Tog'ay devorga be-hol suyanarkan,
ularni quvib yetishga chog'i kelmasligini sezdi. «Yoshlik». Endi qo'yib bersang, odamni pisand
qilmaydigan chog'i bor. N. Norqobilov, To'qnashuv.
CHOG'I 1 mod. s. Aftidan, shekilli. Bu yil qurg'oqchilik bo'ladi, chog'i. M. M. Do'st, Lolazor.
2 Taxminan; qariyb, chamasi; -ga yaqin. Ikki ming chog'i odam. mm Allanarsa deb pichirladi.
Chog'imda, o'sha ikki satrni tak-rorladi. SH. Xolmirzaev, Bodom qishda gulladi.
CHOG'IR esk. May, sharob. Firoq o'tida ovunsam chog'ir bila ne ajab.. Bobur. Uy egasi peshvoz
bo'lib.. chog'ir — qirmiz sharob tutadi. H. Olimjon.
CHOG'ISHTIRMA Solishtirma, taqqos-lama; qiyosiy. Chog'ishtirma anatomiya. Cho-g'ishtirma grammatika.
513
CHOG'ISHTIRMOQ Biror narsa, voqea-hodisa, belgi va sh.k. ni boshqasi bilan o'zaro taqqoslab
ko'rmoq; qiyoslamoq, so-lishtirmoq. O'zaro chog'ishtirmoq. Ikki va-riantni chog'ishtirmoq. shsh Nozik
Amakini xayolan o'z dadasiga chog'ishtirib ko'rdi. H. G'ulom, Toshkentliklar. Yana chog'ishtiring:
sapcha, cho'pchak, chaqaloq kabi. «UTA».
CHOG'LAMOQ I 1 Hozirlamoq, tayyorla-moq, shay qilmoq. Soqi Majnun ko'k otni chog'lab, egarlab
olib keldi. «Nurali». O'zimni yo'lga chog'lasam, Har kimdan so'roqlasam, To-parmanmi, bolam,
seni? «Oysuluv».
2 Hisoblamoq, ..deb o'ylamoq. Xurrambek! ..E-e, o'zini qariyb Ibrohimbek bilan teng
chog'laydi. SH. Xolmirzaev, Qahramonning so'nggi kunlari. Yo'l ustida bundai joyda bo'libsan,
O'zingni kim chog'lab, bobo, turib-san? «Intizor».
3 Taxmin, mo'ljal bilan anikdamoq, mo'ljallamoq, taxmin qilmoq. Qo'ining go'sh-tini qancha
chog'ladingiz? it Akbarning g'o'-laburdai bo'y-bastiga ko'z qirini tashlab, bir urishda qulatish
mumkinligish chog'ladi. N. Qilichev, Chig'iriq. Agar yoshimni nazarda tutayotgan bo'lsangiz, meni..
yigirma besh yashar chog'lang. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha.
4 Mo'ljalga olmoq, ko'zlamoq. Xotin haram darvozasini chog'lab borar edi. A. Qo-diriy,
Mehrobdan chayon. O'rlayverdi samo-lyot Olis-olisni chog'lab. Gazetadan.
CHOG'LAMOQ II O'zini yoki kimsani xursand qilmoq; vaqtini, kayfini yoki dimog'ini chog' qilmoq.
Podsho dimog'in chog'-ladi. «Gulnorpari».
CHOG'LI Taxminan, qariyb, deyarli; ..chamasidagi. Ellik chog'li askar. Bir tonna chog'li yuk. tsh
Uni [sekretarni] birdaniga yuz chog'li odam o'rab oldi. «Sharq yulduzi». O't-tiz chog'li erkak-
ayollar yig'ishtirinmoqda edilar. E. Samandar, Daryosini yo'qotgan qirg'oq.
CHOG'LIK I: vaqti (yoki kayfi, dimog'i) chog'lik Xursandlik, shodlik. Odam degan vaqti chog'likda
ham, xafagarchilikda ham posangisini yo'qotmagani tuzuk. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o. Vaqti
(yoki kayfi, dimog'i) chog'lik qilmoq Xursandchilik qil-moq, xursandlik, vaqtixushlik bilan vaqt
o'tkazib, ko'ngilni yozmoq. Davron bu bema'¬ni ta'rifdan dilg'ashlanib, kinoya bilan: -Nega,
vakti chog'lik qilish uchunmi? — dedi.
CHOG'LIK Kichiklik; torlik. Ammo Yashi-nimiz jussasi bu po'stinlar uchun chog'lik qilib qoldi. N.
Safarov, Olovli izlar.
CHOH [f. oU. - quduq; chuqur, o'ra] 1 Chu-qur o'ra. Birovga choh qazisang, o'zing yiqila-san.
Maqol. mm Zum o'tmay, pol yorilib, dah-shatli choh ko'rindi. «Yoshlik».
2 ko'chma Qa'r; og'ush. Sen uni oq qshding! Nega oq qilding?! Razolat chohiga tushding yuztuban!
«Yoshlik».
(Tagiga) choh qazimoq Biror kimsaga zarar-zahmat yetkazish maqsadida zimdan \arakat qilmoq.
Aslini so'rasangiz, hammamiz bu dunyoga mehmonmiz. Lekin bandasi shuni bila-ko'ra turib, bir-
birining tagiga choh qaziydi. K. Yashin, Hamza. [Dushmanlari] So'ng mullaga qarshi choh qazishning
amaliy to-monlarini gaplashdilar. «Yoshlik».
CHU ayn. chuv I. Chu, qora toychog'im! Chu, qo-ra yo'rg'am! Murodga qasd qilib yugurgan yetur. U.
Nosir. Keyin egarga o'tirdim-u, «chu, jonivor», deya eshakka xala bosdim. A. Ko'-chimov, Halqa.
CHUBUR shv. Oddiy, xashaki ot. Bir tul-porni nodon olsa, Tuyog'idan egar solsa, Chubur kilib
minib olsa, Bedovning qadrin na bil-sin. «Go'ro'g'lining tug'ilishi».
CHUV I und. s. Otni choptirish, oldinga undash uchun ishlatiladi. -Chuv, ha! — dedi, qamchi chotdi,
Urgan qamchi simday botdi. «Shirin bilan Shakar». Chuv, deydi tulpor otni, Oti qildi g'ayratni,
Go'ro'g'li sherday haybashi. «Gulshanbog'».
CHUV II Arava o'qining g'ildirakni tutib turadigan qulog'i; chuv cho'p.
Chuvi chiqmoq Siri ochilmoq; yolg'oni fosh bo'lmoq. Yolg'on gapning chuvi chiqar. Maqol. mm Bordi-yu
Mamatovning chuvi chiqadigan bo'lsa, mening ham xolimga maymunlar yig'lashi turgan gap. J.
Abdullaxonov, Xonadon.
CHUV III Qimorda to'rt oshiqning yut-qiziq holati (bitta olchi, uchta chikka yoki bitta tovva,
uchta pukka).
Chuv tushmoq 1) qimorda tashlangan to'rt oshiq chuv holatini olgani uchun yutqizmoq. Ochiq ko'ksiga
urib, oshiq otadi. Chuv tushib nechalar, kayf tarqatadi. G'ayratiy; 2) ko'ch-ma zarar ko'rmoq,
ziyon tortmoq, firib yemoq. -Toza chuv tushdik-ku! — Ortiq chidamay, o'rnidan turib ketdi. M.
Mansurov, Yombi.
33—O'zbek tilining izo\pi lug'ati
CHUVAK I Qotmadan kelgan, oriq; kich-kina, ozg'in. Chuvak bola. shsh Bosh agronom rangpar, chuvak
yuz, bidillab gapiradigan yigit edi. S. Siyoev, Otliq ayol. Uzoq qish-loqlarimizdan birida
Usta Xushvaqt degan chuvakkina odam yashaydi. Mirmuhsin, Yasama gul.
CHUVAK II Yozlik yengil oyoq kiyimi; shippak. Nihoyat, kimningdir taq etib pol-ga tushgani, so'ng
yengil chuvak sudragan oyoq tovushi eshitildi. J. Abdullaxonov, Xo-nadon.
CHUVALANMOQ 1 ayn. chuvalmoq 1. Chuva-
langan ip. Chuvalangan bo'yra. tsh [Ayol] Poy-gakda chuvalanib yotgan ulama sochini olib,
ichkariuyga kirdi. N. Aminov, Qahqaha.
2 ayn. chuvalmoq 2. [Nurbekning] Xayoli chu-valanmoqda edi. «Yoshlik».
CHUVALASHMOQ 1 ayn. chuvalmoq 1. Ma-halla ko'chalarida.. simyog'ochlar qiyshayib, ba'zi yerlarda
elektr, telefon simlari uzi-lib, chuvalashib yotardi. Mirmuhsin, Umid.
2 ayn. chuvalmoq 2. Bahonayu sabab rish-talarining qanchalar chuvalashib borayot-ganini sezayotgan
chiqarsiz? M. M. Do'st, Lolazor. Zargarov gapirardi-yu, lekin fikri qandaydir chuvalashib
ketganini, aytadigan asosiy gapi bu emasligshsh payqab turar, asabiylashar edi. A. Muxtor,
Bo'ronlarda bordek halovat.
3 Chuvvos solib o'ralashib yurmoq (aso-san bolalar haqida). Oyoq ostida chuvalasha-vermanglar!
CHUVALMOQ1 Chuvamoq fl. o'zl. va majh. n. Qo'lida uzilgan chipor arqon, sallasi chuva-lib ketgan
Vafo attor ro'parasida hansi-rab turardi. N. Aminov, Qahqaha.
2 ko'chma Aralash-quralash bo'lmoq, qo-rishmoq. Chuvalib ketgan fikrlar. Chuvalgan xayollar. tsh
Chuvaladi o'ylarim sensiz, Xayo-limga taroq urgayman. A. Oripov. O'y-xayol-lar girdobida
onaning fikri chuvalgani-chuvalgan. «Yoshlik».
Gap (yoki so'z) chuvaldi Gap ko'paydi. Oq-soqollarga bor-bud ahvolni bildirish mumkin emas.
Ayniqsa, endi gap chuvalib ketadi. O. Muxtor, Egilgan bosh.
CHUVALCHANG Yer ostida yashovchi, yomg'ir-dan so'ng yer ustiga chiqib, sudralib yura-digan, umurtqasiz
jonivorlar guruhiga mansub uzun qoramtir-qizg'ish qurt. Bossang, chuvalchang ham qimirlaydi.
Maqol. tsh Ariq¬dan topilgan yolg'iz chuvalchang o'rmalab chiqa-yotgan ekan. SH. Xolmirzaev, Bodom
qishda gulladi.
CHUVAMOQ1 Yozmoq, bo'shatmoq (koptok-ka, g'altakka o'ralgan yoki kalavalangan ip, sim va sh.k.
ha]Kalavangning uchi chuvamasin, deb meni «Solor» restoraniga ko'chirmoqchilar. B. Rahmonov,
Xo'jayin ko'chdi.
2 To'qilgan narsani titib, sug'urib buz-moq. Bo'yrani chuvamoq.
Gap chuvamoq Gap kovlamoq, gap-so'zni ko'paytirmoq. Gap chuvaydi Gap aylanadi, gap-so'z
ko'payadi. Sekin, sekin gapir!Xotin-lar eshitsa, gap-so'z chuvaydi.. Oybek, Tan-langan asarlar.
CHUVATMOQChuvamoqfl. ort. n.
Gap chuvatmoq ayn. ran chuvamoq q. chuva-moq. Mirobid Muhabbat to'g'risida ham un-cha-muncha gap
chuvatib qo'ydi. V. G'ofurov, Vafodor.
CHUVASH q. chuvashlar. Chuvash tili. Chuvash ayol.
CHUVASHLAR Rossiya Federatsiyasining Chuvashiya (Chavash) Resgtublikasida va unga qo'shni xududlarda
yashovchi turkiy xalq-lardan biri. Chuvashiyaning shimoliy qismiga kelib o'rnashgan bulg'orlar bilan
fin-ugor aholisining aralashuvi natijasida 15-asr-ga kelib chuvash xalqi shakllandi. «UzME».
CHUVVOS Tartibsiz g'ovur-g'uvur ran, tovush; qiy-chuv. Qizlar chuvvos solib kuladi. S. Siyoev,
Otliq ayol. Bir uy xotin chuvvos ko'tardi. S. Ahmad, Xukm.
CHUVIMOQ 1 Titkilab yumshatmoq, tit-moq. Jun chuvimoq. Eski paxtani chuvimoq.
2 Paxtani chanog'idan sug'urib chiqarmoq. [Ayol] Lavlagini qozondagi quruq suvga tash-lab qo'yib,
kerosin chiroq yorug'ida sahargacha ko'sak chuvidi. S. Nurov, Narvon.
CHUVLAMOQ 1 «Chuv-chuv» deb, otni yurishga undamoq. Chuvlab ot qo'yadi ul zamon beklar. «Malikai
ayyor».
CHUVLAMOQ II shv. Chuvurlashmoq, qiy-chuv ko'tarmoq. Hammalari chuvlashdi, Boqqa tezroq yetsak,
deb. «Malikai ayyor».
CHUVOQ 1 Chuvalangan, chuvalashib, chal-kashib ketgan. Chuvoq un. shsh Uboshini quyiga engashtirdi va
chuvoq soqolini tuzatib, fikrda qoldi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
515
2 ayn. oftobchuvoq. Isindi chuvoqda qush-lar. «Sharqyulduzi».
Chuvoq oftob aim. oftobchuvoq.
CHUVRINDI 1 Eski-tuski, uvada, jul-dur (asosan, kiyim-kechak haqida). - Chuvrin-di choponchada
eding, oyoqlaringda eski ka-lish.. ko'cha chetida pista sotib o'tirarding, — dedi Yaxshiboev. M.
M. Do'st, Lolazor.
2 ko'chma Eski, juldur kiyimli odam; qashshoq. Nainki shu yetimcha chuvrindi ham eshonoyi bo'lib,
bizning qatorimizga qo'-shilsa?!S Anorboev, Mexr. Sen-ku bir chuv-rindi eding. Endi odam
bo'lib qoldingmi? «Sharq yulduzi».
CHUVULLAMOQ ayn. chuvurlamoq. Hamma chuvullab, raisning gapini ma'qulladi. S. Siyoev, Otliq
ayol. Chuvullashar shodlanib qushlar. Uyg'un.
CHUVUR I Qorishiq qiy-chuv, g'ovur-g'u-vur ran, ovoz; chug'ur. Ko'chadagi xotinlar chuvuri, bolalar
yig'isi yuragiga vahm solar-di. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
CHUVUR 11 shv. ayn. chubur. Shu yomon chuvur bilan bizdan ilgari kelibsan. «Alpomish».
CHUVURLAMOQ Tartibsiz, har yokdan so'zlamoq, g'ovur-g'uvur, qiy-chuv qilmoq. Qizlar kampirni
alaxsitish uchun birdan chuvurlab yuborishdi. S. Ahmad, Onajonlar.
CHUVUR-CHUVUR Chuvur I s. takr. Lak-lak odam. Chuvur-chuvur qilib, allanimalarni gap-lashishadi.
O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi. Chuvur-chuvur to'xtadi. H. Nazir, Yonar daryo.
CHUV-CHUV aim. chuvur-chuvur. Amaki dar-vozani ochishi bilan bolalarning chuv-chuvi eshtildi.
Gazetadan.
CHUYMOQ fol`k. Ovga qush solmoq; qush solib ov qilmoq. Shahzodasi shunqor quvib chuyib yurganda,
Xizmatkor beklari tinch bo'p yotarmi ? « Yusuf va Ahmad». Beklar chuyar ol-tin ko'lga qushini.
«Yunus pari».
CHUK bol. O'g'il bolanint tanosil a'zosi.
CHUKBURRON [chuk + f. - qirqish, kesish] etn. Xatna (o'g'il) to'yida to'yning oxirgi bosqichi,
bolaning chukini kesish marosimi. O'g'lini chukburron qildirayotgan ekan. E. A'zam, Kechikayotgan
odam.
CHUKRI shv. Rovoch. [Xurram:] Tog'dan chuk-ri opkelib sotishimni bilasizmi? «Yoshlik». Rangon
tog'ning haqiqiy cho'qqilari, chukri-lar tig'iz o'sgan ungurlar.. ha/sh oldinda edi. SH. Bo'taev,
Qo'rg'onlangan oy.
CHUK(U)RON s. t. ayn. chukburron.
CHULDIRAMOQ 1 Shaldiramoq, shil-diramoq. Bahor chog'i chuldiragan irmoqlar-dan.. Salom bo'lsin
saxovatli yil boshiga. A. Oripov. Jilg'alarda suvlar pastliklarga shitob bilan chuldirab oqa
boshladi. S. Ah-mad, Jimjitlik.
2 Chuldir-chuldir, yoqimli ovoz bilan sayramoq. Qir ustida so'fito'rg'ay nozik chuldiradi. M.
Mansurov, Yombi. ..ro'paradagi kalin bog'lar qo'ynida bijildoq qushlarning chuldirab sayragani
eshitiladi. «Yoshlik».
3 Go'dakka xos gapirmoq; bijirlamoq. Jamalaksoch qizaloq botinkasi bilan eshik-ni tepib ochib,
chuldirab, Jo'rabek aka ka-ravoti yoniga keldi. Mirmuhsin, Qulamas qoya.
Chuldirab qolmoq Kayfi oshib yoki dov-dirab, tili gapga kelmay qolmoq. Ichkilik-ka Ivanning
endi ishtahasi ochilgan payt-da Mutavalli mast bo'lib chuldirab qoldi. M. Osim, Elchilar.
Azimboyvachcha ikki piyo-ladayoq chuldirab qoldi. S. Ahmad, Hukm.
CHULDIRATMOQ1 Chuddiramoq fl. opr. n.
2 «Chuldir-chuldir» ovoz chiqarmoq (hush-tak chalganda, chilim chekkanda va b. holat-larda).
Xushtakni chuldiratib chalmoq. Chi-limni chuldiratib tortmoq.
CHULDIR-CHULDIR taql.s. Suvning oqishi, qushlarning sayrashi, hushtakning chalinishi va sh.k. da
chiqadigan ovozni ifodalaydi. Suvning chuldir-chuldiri.
CHULI-CHULI: chuli-chuli bo'lmoq 1) be-tartib, boshboshdoq bo'lib qolmoq; 2) aim. chuldirab qolmoq
q. chuldiramoq 3.
CHULKI \r. chulki, birl. — chulok < t. «chulg'ov, chulg'amoq» s. dan] Xotin-qizlarning tizzadan
yuqorigacha kiyiladigan uzun pay-pog'i. Kapron chulki.
CHULON shv. Shulon, tugun oshi. Go'r-o'g'libek aytdi: -Podsho deganning qatori-da nori bo'ladi,
Hamisha fuqarolarga berib turadigan chuloni bo'ladi. «Go'ro'g'lining tu-g'ilishi».
CHULCHIT s.t. Gapga sira ham tushun-maydigan, ran uqmaydigan odam. [Fotima:] Hech bo'lmasa
nasibangni olsang-chi! Qandoq chulchitsan! A. Qahhor, Og'riq tishlar. \Ma-lik:] Chulchitga o'xshab
nega gapga tushun-maysan?A. Ko'chimov, Halqa.
CHULG'AMOQ 1 Aylantirib, atroflab o'ramoq, atrofiga o'rab qo'ymoq, o'rab chiq-moq. Nari-beri bo'z
sallaati boshiga chulg'ab..
darvozadan ichkariga kirib bormoqda bo'lgan Safar bo'zchini maxdum to'xtatdi. A. Qo-diriy,
Mexrobdan chayon. Ikromjon ot ji-lovini egar qoshiga omonatgina chulg'ab, tol tagiga kvldi. S.
Ahmad, Ufq.
2 Qoplamoq, bosmoq, burkamoq. Xona ichini g'ira-shira qorong'ilik chulg'adi. «Yosh-lik». Nurbek
eti uvushganini, tegrasini nimharir tuman chulg'aganini payqadi. «Yosh-lik».
3 ko'chma Ruhiyatini, vujudini egalla-moq, band etmoq, qamrab olmoq. [Avazning] Ko'ksini alam,
kek, ifodasiz bir o'tli tug'-yon chulg'adi. S. Siyoev, Avaz. Sunbulaxon ayani kuni bo'yi vahimali
xayollar chulg'adi. Mir-muhsin, Umid. Shundagina birdan Nurbekning vujudini qo'rquv chulg'adi.
«Yoshlik».
CHUMAK I shv. Jo'mrak. Normat yana uyda qamalib qoldi, endi eski choriqlarni yamash, chumagi
singan choynaklarni chegalash bilan ovunar edi. «Yoshlik».
CHUMAK II: chumak urmoq Rang, tus olib, qizarib pisha boshlamoq (ertapishar uzum, chillaki
haqida). Bizning tomorqadagi chil-laki hammanikidan oldin chumak uradi. O'. Hoshimov, Ikki
eshik orasi. Chillaki chil-lakini ko'rib chumak uradi Bir-biridan ko'rib o'rnak oladi, takdid
qiladi, bir-biridan o'rganadi. Chillaki chillakini ko'rib chumak uradi, degandek Zeboning shodon
ruhi, qarashi Muharramga ko'cha boshladi. Shuxrat, Shinelli yillar.
CHUMOLI Oila, to'da bo'lib bir uyada yashaydigan kichkina hasharot; qumursqa. Qizil chumoli.
Qanotli chumoli. mm Erta kuzning iliq, mayin, tiniq tunida chumo-lining yaproqlar ustida
o'rmalagani ham eshitiladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz ur-maydi. Bir gal yarimta boshoqni sudrab
ketayotgan chumolini ko'rganman. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
Chumoli bel Xipcha, ingichka belli, nozik bel.
CHUMOLICHA rvsh. Chumoliday kichkina, zig'irday. Shu zamon ko'zingiz oldida birdan Kichik chumolicha
qolgusi Farhod. A. Oripov. [Direktor:] Tushunaman, hammamiz ham yoshlikda o'pg-olov bo'lganmiz,
ko'zimizga fil ham chumolicha ko'rinmagan. «Yoshlik».
CHUMCHUQ Ko'pincha xonadonlarga yaqin joylarda yashaydigan, hasharot va don bi-lan oziklanadigan
kichkina qush. Chumchuqdan qo'rqqan tariq ekmas. Maqol. mm Chumchuqlar chirqillaydi — Shom bo'lganga
o'xshaydi. «Qo'-shiqlar». Yomg'ir yog'ayotganda shodon shovulla-gan tarnov ham, bo'g'otdagi chumchuqlar
ham bir nimadan cho'chiganday ovozsiz qotdi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
Chumchuq pir etsa, yuragi shir etadi Salga qo'rqadigan, cho'chiydigan, qo'rqoq odam haqida.
CHUMCHUQKO'Z Mevasi jingalak tuklar bilan qoplangan, bir yillik dorivor o'simlik. Qiyma
navbahorda ilk ko'karib chiqqan otquloq, chumchuqko'z kabi dorivor giyoxlardan tayyorlanadi. K.
Mahmudov, Uz-bek tansiq taomlari. Unda mitti-mitti chumchuqko'zdan tortib qo'ng'ir qo'zigullaru
oq-sariq boychechaklar ham ochilib yotardi. SH. Xolmirzaev, Saylanma.
CHUN \f. — qanday? nimaga? aynan, xuddi; chunki] Xuddi, aynan, -dek, o'xshab. Ketib tandin
madorim, gul yuzim chun za'-faron o'ldi. Hamza. Kampir bir kun zor-zor chun abri navbahor
yig'lab.. meni bisyor tang-likka soldi. G'ayratiy, Dovdirash.
CHUNKI [f. j-a. -chunki, zeroki] sa-bab bog'l. Bosh ran bilan ergash gapning sababiy
bog'lanishini ko'rsatadi; «negaki», «sabab shuki», «zeroki» ma'nolarini bil-diradi. Chaqimchilik
yomon illatdir, chunki u tufayli odamlar o'rtasi buziladi. Ga-zetadan. Ayniqsa, strontsiy-90
xatarli, chunki u atom portlashlarida hosil bo'la-di. «Fan va turmush». Yangi so'zlar juda ko'p
chiqdi, chunki xalq og'zaki ijodi nihoyatda boy. Gazetadan.
CHUNON [f. ~ shunday; shunday
qilib, shunchalik] rvsh. Shuncha, shunday, shu qadar, rosa. Chunon harakat qildi. Chunon urinsa ham
bo'lmadi. mm Odamlar-chi to'plan-di shu on Faryodiga qilolmay toqat. Bir qa-mishni yig'latib
chunon, So'ng o'zlari qildi-lar rohat. A. Oripov. Xonadonga shodu xur-ramlik to'lib-toshgan
chunon. Habibiy.
CHUNONAM [asli chunon ham] s.t. Chunon ham, chunon. Ro'zievning chunonam jahli chiq-diki, asti
qo'yavering. «Yoshlik». [Buzoq] G'a-zab bilan mo'ragancha, dumini xoda qilib, chu-nonam yugurdi!
«Sharq yulduzi».
CHUNONCHI [f. - shundayki,
shunchalikki, zero] Ya'ni, masalan; jumla-dan. U ko'p tilsh, chunonchi, rus, ingliz, arab
tillarini o'rgangan. mm Soch kasalliklari
517
bir necha xil. Chunonchi, sochning tugunsimon kasalligi xalq orasida «suv sirkasi» deb
ataladi. «Fan va turmush».
CHURVAQA Mayda-chuyda, yosh bolalar. [Chori oma.J Yonimda yeyman, ichaman, deb ti-shini qayrab
turgan besh-o'nta churvaqam yo'q. S. Nurov, Narvon.
CHURR taql. s. Hushtak ovoziga o'xshash tovushlarni ifodalaydi. Horovul binodan yugurib chiqib,
«churr» etib hushtagini chaldi. «Yoshlik».
CHURRA Ichki a'zolardan birining yoki ular bir qismining, mas, ichaknint osi-lib, biror
bo'shliqqa ichki qorin pardasi bilan turtib chiqib qolishidan iborat kasallik; dabba. Churra
umurtqalararo disk-dan chiqadigan bo'lsa, bel va oyoqlarga og'riq beradi, harakat cheklanadi.
«O'zME».
Churrasi tushmoq I) churra kasalligiga yo'liqmoq. Orqadan qudasining «hux», «huh» deya ketmon
urib, loy ag'darishini eshitgani-da, ko'zidan yosh sirqib chiqdi: Churrasi tushib qolmasa edi. A.
Muxtor, Kumush tola; 2) kat-ta chiqim qilmoq. To'yning o'zi bo'ladimi, un-cha-munchaning
churrasini tushiradi. Shuhrat, Umr pog'onalari.
CHURRAK I O'rdakdan kichikroq, ov qi-linadigan yovvoyi qush. Kun chiqquncha ov qil-di, shunday
olg'ir qushlar aqalli bir churrak-ni olmadi. «Yusuf va Ahmad».
CHURRAK II: churrak non s.t. Kavkaz xalq-larining to'rtburchak shaklli taram-taram milliy noni.
CHURUK s.t. Eski, juldur, chirib ket-gan. Churuk to'n. Churuk mahsi. mm Churuq ko'r-pacha
tashlangan sandiq, palos — uyning bor jihozi shu. «Yoshlik». Churuk kostyum kiyib olgan kishi
ayniqsa xirillab ko'p gapirardi. «Sharq yulduzi».
CHURULLAMOQ «Churr» etgan ovoz chi-qarmoq (xushtak xaqida). Uzoqda hushtak chu-rulladi. O'.
Hoshimov, Ikki eshik orasi.
CHURQ: churq etmadi Ovoz chiqarmadi; og'iz ochib, biror narsa demadi, indamadi. Yo'l-da Yaxshiboev
anchagacha churq etmadi. M. M. Do'st, Lolazor. Amakisi uncha-munchaga churq etmaydi, kamgap.
«Yoshlik».
Churq etgan tovush yo'q Hech qanday to-vush eshitilmaydi, jimjit.
CHUCHVARA Ichiga qiyma solib tugilgan, mantidan ko'ra kichikroq xamir ovqat. Ko'k chuchvara.
Qovurma chuchvara. mm Chuchvara ja¬hon pazandaligida keng tarqalgan taom xi-soblanadi. K.
Mahmudov, O'zbek tansiq ta-omlari. Vafo attorning kelini bir lagan chuchvara chiqardi. N.
Aminov, Yolg'onchi fa-rishtalar.
Chuchvarani xom sanamoq Yo'q yoki amalga oshmaydigan narsaga ishonmoq; xom o'yla-moq, xomxayol
qilmoq. Sen chuchvarani xom sa-nab yuribsan, uka, do'st bilan dushmanni aj-ratolmaysan. I.
Rahim, Ixlos.
CHUCHVARAXONA Chuchvara pishirib, xo'randalarga xizmat qiladigan maxsus osh-xona.
CHUCHIMOQ 1 Shirin tortmoq, shirin bo'lmoq. Holva degan bilan og'iz chuchimaydi. Maqol. sht
Qisqasi, hozir shirin gapirgan bilan og'iz chuchimaydi, bu quruq gap bo'ladi. A. Muxtor, Davr
mening taqdirimda.
2 Qizib, dog' bo'lib tozalanmoq. Endi ot-ni sovitmoqqa kirishdi: tuzni suvga ivitib, otni
yuvdi.. zig'ir moyini chuchitib, ichiga ishqor solibyuvdi. «Go'ro'g'liningtug'ilishi».
CHUCHITILMOQChuchitmoq fl majh n. Chuchitilgan moy va qovurilgan go'shtning mazali hidi dimog'larga
urildi. Oybek, Na-voiy. Qo'shni hovlidan chuchitilgan juvoz moyining isi keldi. S. Ahmad,
Hukm.
Chuchitilgan suv Maxsus yo'l bilan sho'ri ketkazilgan dengiz suvi.
CHUCHKIRMOQ ayn. aksa urmoq q. aksa. Ilgari Axmadsish ustma-usta chuchkirsa, «g'o'-za gullayapti»,
deb bashorat qilar.. edi. «Yoshlik».
CHUCHMAL 1 Tuzi yoki shirasi me'yori-dan kam, maza-matrasi yo'q; badxo'r, totsiz, bemaza. Chuchmal
ovkat. mm [Nusratbek] Amu-ning qizg'ish-loyqa suvini eslatuvchi chuchmal qahvadan totib ko'rdi-
yu, ichmadi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
2 ko'chma salb. Tayinli bir ma'nosi yo'q; betayin, noaniq, dudmol. Chuchmal javob. Chuchmal gap.
mm -Shuning uchun yer yuzida chuch-mal odam ko'p-da, — dedi yigit barmoqlari-ni asabiy o'ynatib.
X. Sultonov, Bir oqshom ertagi. Ruxsat aylang, o buyuk zot, tiz cho'-kay sizga, Har xil chuchmal
tavozedan yiroq-man garchand. A. Oripov, Yillar armoni. Dastyor yigit chuchmalgina ishshayib,
arava-sini shiypon tomon surib ketdi. «Yoshlik.
CHUCHMALLASHMOQ Bachkanalashmoq, bachkana bo'lmoq; dudmollashmoq. -Bir ayol bor
518
ekan, — dedi Bashirjon chuchmallanib.. N. Aminov, Yolg'onchi farishtalar.
CHUCHMO'MA Erta bahorda ochiladigan binafsharang, chochoq gulli o'tsimon o'sim-lik va uning guli.
Yonbag'irlarda xuddi bi-rov ataylab safsar siyoh to'kib yuborgan-dek, chuchmo'malar shamolda
silkinadi. S. Ah-mad, Jimjitlik. Qizg'aldog'u chuchmo'malar bilan qoplangan ariq uvatiga behol
cho'k-dim. A. Ko'chimov, Hamza.
CHUCHUK 1 Achchiq emas, nordon emas; shirin. Chuchuk olma. Chuchuk anor. mm Chuchuk qalampir asosiy
darmondorilarning manbai bo'lib.. ayniqsa, S darmondoriga juda boy-dir. K. Mahmudov, Uzbek
tansiq taomlari. Limonli sharbatlar, chuchuk choylar.. o'zining ijobiy natijasini ko'rsatmasdan
qo'ymay-di. Gazetadan.
Chuchuk suv Ta'mi yaxshi, ichimli suv (daryo, buloq va sh. k. suvi haqida). Chuchuk suv-ni sog'inish
tuyg'usi hali menga tanish emas, lekin shu daqiqadan uni men seza boshladim. A. Muxtor, Davr
mening taqtsi-rimda.
2 ko'chma Kishiga ozor bermaydigan; yoqim-li, ko'ngilli, shirin. Bir achchiqning bir chuchugi bor.
Maqol. ¦¦ Bir og'iz chuchuk so'z odamning ko'nglini qanchalar ko'taradi! Ga-zetadan. Meni Yulduz
pari deydi, Tilim bor-dir boldan chuchuk. «Nurali».
3 ko'chma Ayrim tovushlarni (mas, «r» ni) to'la ayta olmaydigan. Tili chuchuk bola. mm -Nasimjon
Fayzullaev, — dedi chuchuk shil bilan sekrepgar` va gilam chetiga omo-natgina o'ltirib, so'zini
davom ettirdi. Oybek, O. v. shabadalar.
CHUCHUKLIK 1 Chuchuk ekanlik. Olmaning chuchukligi. Tilning chuchukligi.
2 Shirinlik, qand-qurs. Chuchuklikka o'ch odam. Chuchuklik bilan choy ichmoq.
CHUCHUKMIYA ayn. shirinmiya.
CHUCHUKTOMOQ ayn. shirintomoq.
CHUCHUT: chuchut otmoq Sayramoq (bedana haqida). Navruziy bedanalarning paydar-pay sayrashlari
ko'klam kelishiga «Xushvaqt, xushvaqt» deb chuchut otadi. F. G'ulom, Yodgor
CHUSHKIRMOQ shv. Aksa urmoq, aksir-moq. Bilinar-bilinmas chushkirdi. P. Tursun, O'qituvchi.
CHUQULAMOQ O'yib, kovlab, chuqur(cha) hosil qilmoq; chuqurlamoq. Erkindan sado chiqmas, u boshini
egib, qumni chuqulab o'ti-rar edi. Gazetadan.
Yer chuqulab o'tirmoq kam qo'll. ayn. yer chizib qolmoq (yoki o'tirmoq) q. chizmoq.
Valijon.. boshini quyi solgancha, yer chuqulab o'tirardi. O. Yoqubov, Larza.
CHUQUR 1 ot Qazilgan, o'yilgan yoki tabiiy chuqurlik, o'yiq; o'ra. Birovga chuqur qazisang, o'zing
yiqilasan. Maqol. ¦¦ Bu axlatlarni tezda shupurib, bir chuqurga to'kib, ustidan tuproq
tortib.. A. Qodi-riy, Kichik asarlar. Ko'chat keltirib, chuqur-ga qo'yaman, tanasidan tutib
turaman, Yax-shiboevo'rtasiga tuproq tortadi. M. M. Do'st, Lolazor.
2 sft. Sathdan ancha past; cho'nqir, te-ran. Chuqur daryo. Chuqur hovuz. Chuqur jarlik. tsh
Binoning rangi uniqib ketgan, ko'hna yog'och darvozasi oldidan chuqur ariq oqardi. N. Aminov,
Qahqaha.
Yelkamning chuquri ko'rsin «Biror joy-ga hech qachon qadam bosmayman» degan ma'noda aytiladigan
ibora. -Shu magazin-ni yelkamning chuquri ko'rsin, — deb jahl bilan chiqib ketdi [qiz].
«Yoshlik».
3 rvsh. Ichdan, o'pkadan to'lib-toshib chiqqan yoki o'pkani to'ldiruvchi. Qudrat «tushimmi,
o'ngimmi?!» deb chuqur xo'rsindi. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar. Nigora chuqur nafas oldi. «Sharq
yulduzi». Yaxshiboev chuqur tin oldi. M. M. Do'st, Lolazor.
4 sft. ko'chma Har tomonlama keng, asosli, atrofli, teran. Chuqur ma'no. Chuqur shmiy
tekshirishlar. mm Olimning bu yil-larda e'lon qilgan maqolalari chuqur tah-lilga ega ekanligi
bilan ajralib turadi. «O'TA».
5 sft. ko'chma Kuchli; behad katta. Chuqur qayg'u. Chuqur sukunat. mm Onaning ko'ngli-ga chuqur
g'ashlik cho'kkan. «Saodat». Tayyorla-nayotgan taomlarning sifatidan ishchilar chuqur qoniqish hosil
etishyapti. Gazetadan.
6 rvsh. Yuzadan ichkariga, ich-ichiga. Chu-qur botaverdi yurakka xanjar. X. Davron.
7 rvsh. Mustahkam, qattiq. Halima No-sirovaning beqiyos san'ati, tabiiy va be-takror ovozi
xalqimiz qalbidan chuqur joy oldi. «Saodat».
CHUQURLAMOQ Chuqur qilmoq, chuqur kovlamoq. O'rani chuqurlamoq. Zovurni chu-qurlamoq.
519
CHUQURLASHMOQ 1 Chuqur bo'lmoq, chu-qur tortmoq. [Qariyaning] Siyrak koshlari bir-ikki past-
baland bo'ldi, peshonasidagi tolim-tolim ajinlari chuqurlashdi. «Yosh-lik».
2 ko'chma Kengaymoq, teranlashmoq. Mu-habbati chuqurlashdi. Bilimi ancha chuqur-lashdi. mm
«Mashrab», «Mushtum» kulgi maj-mualarimiz hajviyada uncha chuqurlasholmay-dilar. A. Qodiriy,
Kichik asarlar.
3 ko'chma Jiddiylashmoq, zo'raymoq. Mu-ammo chuqurlashdi. mm Marhumning shaxsi aniq-lanib,
ma'lumotlar birin-ketin ko'paygan sari, masala yanada chuqurlashib, kalavaning uchi ko'rinay
demasdi. «Yoshlik».
CHUQURLIK 1 Chuqur joy; o'ra, choh. U [Sulton tandirchi] bitta-bitta qadam tashlab yuradi.
Chuqurliklar, kamarchalar oldida to'xtaydi. «Yoshlik».
2 ko'chma Chuqur ekanlik, teranlik. Uy-g'unning voqeaviy she'rlarida lirizmning, sub'ektiv
asosning chuqurligi, epik psixolo-gizmning kuchliligi ham shundandir. «O'TA».
CHUQURCHA Kichkina, pastak chuqur. Bil`-yard chuqurchasi. Yuz chuqurchasi. mm Devor osti-dagi
chuqurchada qon ko'piklanib turar.. edi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
CHUG'Z [f. AJU*. I — boyqush] esk. kt. ayn. boyqush. Ufqi xonadoningda kulsin har zamon
xurshidi baxt, Har taraf taxti ravo-ning topmasin chug'z oshyon. G'. G'ulom. Xalk ichi-da base
bo'ldum afsona, Chug'z yanglig', so'rma, jo-yim vayrona. Muqimiy.
CHUG'ULLAMOQ ayn. chug'urlamoq.
CHUG'UR 1 ayn. chuvur I. Bir zumda eshik bolalar chug'uriga to'ldi. M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o.
2 takl. s. Ba'zi qushlarning baravar sayrashidan chiqadigan qorishiq ovozlar-ni ifodalaydi.
Kushlarning chug'urini, buloq-lar jilg'asining shildiraganini eshitgandek bo'lardi. S. Ahmad,
Jimjitlik.
CHUG'URLAMOQ 1 «Chug'ur-chug'ur» ovoz chiqarmoq, «chug'ur-chug'ur» sayramoq. Qushlar oshyon qurish
tashvishida chug'urlaydi. O'. Ho-shimov, Ikki eshik orasi
2 ayn. chuldiramoq 3. Uch yashar bola nima ekanini bilasizmi?Bilmaysiz.. Ko'chadan kel-ganingda,
tizzangga o'tirsa, qo'lchasi bilan yuzingni silasa, chug'urlasa. A. Qahhor, Oltin yulduz.
CHUG'URLASHMOQ1 Chug'urlamoq fl. birg. n. Qushlar chug'urlaishoqda.
2 Baravar gapirib shovqin ko'tarmoq. Bolalar chug'urlashdi. mm -Yomon odammas bu, — ba'zishr yana
chug'urlashadi. SH. Xolmirza-yev, T. Usmonov, So'nmas o't.
CHUG'URCHUQ Qora patli, gala bo'lib yuradigan, yerda va daraxtda harakatlanishga moslashgan,
hasharot va mevalar bilan oziqlanadigan qush. Yoz bo'yi son-sanoqsiz hasharotlarning boshiga
yetadigan chug'urchuq bir kunda 1230 kilometr uchib o'tadi. «Fan va turmush». Bog'larda tong
g'ira-shirasida chug'urchuk, maynalarning nag'masi avjga mi-nadi. S. Nurov, Narvon.
CHUG'UR-CHUG'UR 1 Chug'ur 2 s. takr. Xrvli jimjit, faqat sathida nasibasini te-rib yurgan
musichalarning ququsiyu chumchuq-larning chug'ur-chug'urigina jimjitlikni buzadi. «Yoshlik».
2 Qorishiq g'ovur-g'uvur ran, ovoz; chu-vur-chuvur. Tushlikka chiqqan ayollarning chu-g'ur-chug'uri..
S. Zunnunova, Olov.
3 rvsh. O'zaro suhbat, gurung. Ona-bola chug'ur-chug'ur qilib, oshga dampgovoqni bosti-rishgach..
hovliga tushishdi. Gazetadan.
CHUH ayn. chuv I. [Yusuf] Otni «chux» deb haydab o'tib ketaverdi. «Yusuf va Ahmad».
CHUHLAMOQ «Chuh» deb otni yurishga undamoq.
CHO'BIR shv. ayn. chubur. Yaxshiboev cho'-birini to'rdagi oxurga bog'lab, tumshug'iga to'rva ildi. M.
M. Do'st, Lolazor. Og'ajon, mening yodimga plugdan chiqqan cho'bir ot tushdi. SH. Xolmirzaev,
Saylanma.
CHO'GIR 1 ayn. cho'giri.
2 ayn. cho'kirtak.
CHO'GIRI Sariq yoki mallarang yo'lli, olapo'choq, ertapishar shirin mahalliy qo-vun navi. Cho'giri
tilimidek oltinrang oy ohista suzar edi. «Yoshlik».
CHO'GIRMA Xorazm va Qoraqalpog'is-tonda rasm bo'lgan katta mo'yna qalpoq. Abu Nasr yelkasiga
yamoq tushgan bo'z choponli bolaning boshidagi qo'tir cho'girmasiga karab, o'yga toldi. M. Osim,
Karvon yo'llarida. Boshida ulkan cho'girma, pochapo'stinining etagini hilpiratib Utar bobo
keldi. S. Siyoev, Avaz. Ikkalovi xam cho'girma, to'n va choriq kiygan. E. Samandar, Tangri
qudug'i.
CHO'ZALA shv. Bor bo'yicha cho'zilib; uzala. [Buzrukxo'ja] Ostiga chala qurigan bedadan
520
to'shab, boshiga ham katta bir bog'ini qo'-yib, cho'zala tushib yotib oldi. X. To'xtaboev, Yillar va
yo'llar.
CHO'ZILMOQ Cho'zmoq fl. o'zl. va majh. n. Sinov muddati rahbariyat tomonidan yana bir oyga
cho'zildi. Yo'g'on cho'zilar, ingichka uzilar. Maqol. tsh Qo'llar oshga cho'zildi. M. M. Do'st,
Lolazor.
2 Bo'yin cho'zib, tik turgan yoki o'tirgan holda gavda bilan yuqoriga yoki biror tarafga
intilmoq. Narigi xonada shovqin eshitildi. Yaxshiboev cho'zilib qarab, kechagi «elchi»ni ko'rdi. M.
M. Do'st, Lolazor. ..pakana shofyor oyoq uchida cho'zilib, orqa bortning ilgagini ko'tarar.. dadam
bortni tut-gancha, unga ko'maklashardi. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
3 Uzunasiga katta hududni egallamoq, joylashmoq. Bir tarafi — dasht, bir tarafi — tog',
soyliklar ichida chilvirday cho'zilib yotgan qishloq ekan. M. M. Do'st. Lolazor. Tepaliklar
qishloq chegarasigacha cho'zilgan ekan. Gazetadan.
4 Bo'yiga uzaymoq, o'smoq. Intizorlik-da bo'yi cho'zilib, esi kirib, Sattor aka-sining qadriga
yetadigan bo'lib qoladi bu pichingchi puchuq. A. Muxtor, Kumush tola.
5 Uzoq davom etmoq. Behalovat kecha uning nazarida ancha cho'zildi. \. Nazir, Yonar daryo.
[Jarroh:] Oldindan aytib qo'yay.. davolanish muddati bir yilgacha cho'zilib ketishi mumkin.
«Yoshlik».
6 Uzala tushib yotmoq. Arqon cho'zilib yotibdi. mm Gulchehra noiloj uyga qaytib kelib, o'rniga
cho'zildi. «Saodat». [Abdurah-monboy:] Men jindak cho'zilmasam bo'lmay-di, isitmam bor. X.
To'xtaboev, Iillar va yo'llar.
7 Charchab, holdan toyib yiqilmoq. [Direktor:] Agar men bir kun u qilgan ish-ni qilsam,
ertasiga ishga chiqolmay, cho'zilib qolaman. «Yoshlik».
8 ko'chma Ko'p, uzoq gapirmoq. Notiq rosa cho'zildi.
CHO'ZILUVCHAN Yaxshi cho'ziladigan. Cho'ziluvchan tolalar. Cho'ziluvchan modda.
CHO'ZILUVCHANLIK Yaxshi cho'zilish xususiyatiga egalik. Moddaning cho'ziluv-chanligi. Tolaning
cho'ziluvchanligini tek-shirmoq.
CHO'ZINCHOQ Bo'yi eniga nisbatan an-cha uzun; cho'ziq, uzunchoq. Cho'zinchoq yuz. Cho'¬zinchoq hovli.
Cho'zinchoq qovoq. mm Ayoli mul-zam tortib, mung'aiib qoldi. Chiroyli cho'-zinchoq yuzida yonoqlari
yondi. S. Nurov, Narvon. Gavanadan uchgan samolyot Chilining cho'zinchoq xaritasi bo'ylab uchib,
qaysidir ko'rfazni kesib, Lanamaga tushdi. M. M. Do'st, Lolazor.
CHO'ZIQ 1 ayn. cho'zinchoq. Cho'ziq yuz. Cho'ziq stol. Cho'ziq supa. mm Katalakdekkina hov-li ekan,
ikki-uch uy, oxirida nurab yotgan cho'ziq ayvon — bor-yo'g'i shu. X. To'xtaboev, Yillar va yo'llar.
2 Uzoq davom etgan yoki etadigan, uzun, davomli (ovoz, tovush, xayqiriq va sh. k. haqida).
Cho'ziq ovoz. mm Olislab borayotgan parovoz, nola chekkandek, cho'ziq gudok chaldi. O'. Hoshimov,
Ikki eshik orasi.
3 tlsh. Uzoq, davomli talaffuz etila-digan. Cho'ziq unli. Cho'ziq bo'g'in.
CHO'ZIQLIK 1 Cho'ziq bo'lishlik.
2 tlsh. Talaffuzning uzunligi, davom-liligi. Unli tovushlarning cho'ziqligi.
CHO'ZMA Xamirni yupqa yoyib, yuziga piyoz, ba'zan qiyma solib, yog'da pishirila-digan tansiq ovqat,
yupqa. Cho'zma qshshoq. tsh Bir ohangaronlikning to'yiga kelgan non, qatlama, cho'zmaning o'ziga
to'qqizta sandiq to'libdi. M. Alaviya, To'ylarimiz haqida.
CHO'ZMA-CHALPAK Yog'da pishirilgan yupqa xamir taomlar.
CHO'ZMOQ 1 Tortib uzaytirmoq, uzayt-moq. Rezinkani cho'zmoq. Xamirni cho'zmoq. sht [Jayrona:]
Polufabrikat magazinidan muz-latilgan chuchvara, guvsmacha qilib tayyorlan-gan kotlet, yog'li
xamir, cho'zib qo'yilgan lag'monlarni opkelib, pishirib yurgan odam-man. S. Ahmad, Jimjitlik.
2 Urib, pachakdab, chig'irdan o'tkazib yoki boshqa biror yo'l bilan uzaytirmoq, yoymoq. Simni
bolg'alab cho'zmoq. mm Krratoy.. qizil cho'g' bo'lgan temir parchasini bolg'a bilan gurs-gurs urar,
yassilar, cho'zar, qayirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 ko'chma Bir gapni hadeb gapiravermoq, ran chaynamoq, ezmalik qilmoq. Otang te-mirchi bo'lsa
ham, gapni cho'zma. Maqol. mm -Gapni cho'zmang, — jerkindi Haqnazarov.. O. Muxtor, Egilgan
bosh.
4 Qo'lni, tana a'zolarini yuqoriga yoki oldinga uzatmoq, cho'ziltirmoq. [Avaz] Qalam-ga qo'l
cho'zdi. S. Siyoev, Avaz. Tojiniso begim nola bilan ko'kka cho'zgan qo'llarini yerga
521
tashlab engashdi. «Yoshlik. Kresloga o'tirib, oyog'ini oldinga cho'zdi. «Saodat».
5 Qo'l uzatib, biror narsani bermoq. Qarasa, yuzlari shaftoliqoqiday burushiq bir kampir
qandolatfurushga kumush tanga cho'zib turardi. S. Siyoev, Avaz.
6 Uzaytirmoq (muddat, vaqt va sh.k. haqida). O'quv yilini avgustgacha cho'zmoq. mm Usha joyda.,
elchixona xodimlari ozgina koyingan bo'lib, vizasini cho'zib berishdi. M. M. Do'st, Lolazor.
7 Orqaga sudramoq, kechiktirmoq, pay-salga solmoq. Ekin kampaniyasini cho'zib yubor-mang. mm
Shoshilmaslikning ikkinchi, ham kuchli sababi, mumkin qadar to'yni uzoqqa cho'zib, shu vositada
Anvarni sog'ish.. edi. A. Qodiriy, Meqrobdan chayon.
8 Iqtisod qilib, tejab-tergab, ko'pga yetkazmoq. Oz pul olsa ham, cho'zib-cho'zib, uch kunga
yetkazdi. mm Bu mablag'ni u [To'g'onbek] ancha cho'zdi. Oybek, Navoiy.
Bo'y cho'zmoq q. bo'y I 3. Kekirdak cho'zmoq q. kekirdak.
CHUZG'I tlsh. esk. Unli tovush va uning grafik belgisi (arab alifbosidan foy-dalanilgan
vaqtlarda). U[Saidakbar]harf-larning cho'zg'ilarini egri-bugri yozardi. S. Ay-niy, Esdaliklar.
CHO'ZG'ILAMOQ Cho'zib tortmoq, tort-qilamoq; cho'zib-cho'zib uzaytirmoq. [Omonni] Ko'tarib
boryapman-u, nuqul qulog'imni cho'z-g'ilab o'ynaydi. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
CHO'K: cho'k tushmoq ayn. cho'k(ka) tushmoq q. cho'k(ka). Cho'k tushib o'tirmoq. mm Vujudi quloqqa
aylanib, Yunusxon onasi sari en-gashdi, cho'k tushdi. «Yoshlik». [Amaki] Qo'qqis bandidan uzilgan
shoxdek gursillab, kigiz ustida cho'k tushdi. N. Qilichev, Chig'iriq.
CHO'KAR ayn. cho'karqand. Cho'kar qovun mag'-zi ko'm-ko'k.. Shunday sharvat-qandingiz manov yoqda
qoladi. M. Qo'shmoqov.
CHO'KARQAND Qovunning shirin bir navi.
CHO'KIK Ichiga kirgan, cho'kkan, botgan; botiq. Qobiljonning cho'kik yuzidan Qoni qochdi, sabri
qolmadi. H. Po'lat. Muallima opa.. cho'kik ko'rinadigan o'ychan ko'zlarini bolalarga tikdi.
«Yoshlik».
CHO'KINDI 1 Tingan suyuklikning ta-giga cho'kkan quyqasi, tagida to'planib qol-gan loyqa. Agar
Orol dengizining suvi qurib.
uning sathidagi cho'kindi tuzlarni quyun uchirsa, bir qancha oblastlarni metrlab qa-linlikda
tuz koplar ekan. A. Nurmurodov, Urush bevalari.
2 geol. Uzoq o'tmishda mavjud bo'lgan, suv havzalarining tagidagi qoldiklardan yuzaga kelgan
tog' jinslari. Tog' jinslarining nu-rashi natijasida, shuningdek, cho'kindi tar-zida bo'lgan
ekzogen konlarda ham oltin uchrasa-da, lekin ular ko'pincha sanoat aha-miyatiga ega bo'lmaydi.
«Fan va turmush».
CHO'KIR ayn. cho'kirtak. Oyog'imni cho'kir tilib, Davlatim sag'ana bo'lib.. «Yusuf va Ahmad».
Cho'kir tish ayn. cho'kirtak tish q. cho'kir-tak. [Kampirning] Ora-sira qolgan cho'kir tishlari
ko'rinib ketdi. «Yoshlik».
CHO'KIRLIK Tikan qoplagan yer, tikan-zor. Cho'kirlikda yalang oyoq yelganda, So'nggi pushmon naf
bermaydi, Yusufjon! «Yusuf va Ahmad».
CHO'KIRMOQ 1 Tiz cho'ktirmoq, cho'kka-latmoq (asosan tuya haqida). Tuyani cho'kirib minmoq.
2 ko'chma O'ksitmoq, cho'ktirmoq. Yarador-man, deb ko'nglingni cho'kirma. «Yusuf va Ah-mad».
Ko'nglini cho'kirma menday buvishni.. «Intizor».
CHO'KIRTAK Chaqirtikanakday o'tkir siniq-mertik shox, ildiz, poya va sh.k. [Mus-tafo] Avval
sochilib yotgan cho'kirtaklar-ni erinmay teribtashadi.. M. M. Do'st, Ga-latepa qissalari. Bir-
ikki yomg'ir ko'rgan cho'kirtaklar qo'ng'ir tus olgan. «Yoshlik».
Cho'kirtak tish Chirigan, yelikkan siniq-mertik tish.
CHO'KICH Qattiq toshloq yer, muz va sh.k. ni qazish, kovlash uchun ishlatiladigan, uchi o'tkir po'lat
asbob; metin. Cho'kich urmoq. mm Lekin faqat oyoq bilan chiqmaslar toqqa, Arqon kerak, cho'kich
kerak, kerak ot-ulov. A. Oripov. Birov cho'kich bilan zarang yerni yum-shatadi, to'p-to'p odam
yuqoriga shag'al ta-shiydi. «Yoshlik».
CHO'KICHLAMOQ 1 Cho'kich bilan urib bo'shatmoq, ushatmoq, buzmoq, qazimoq, kov-lamoq. Ko'mir
cho'kichlamoq. mm Shu vaqtda bir jing'ilni tomiri bilan cho'kichlab kov-lay berdi. «Nurali».
2 Bolg'alab ishlov bermoq. Olam bo'yi tar-kaldi shior: Qilichlarni qayta cho'kichlab,
522
Biz ularni olovda ushlab, Omoch, o'roq qilay-lik tayyor!M. Shayxzoda.
CHO'K(KA): cho'k(ka) tushmoq ayn. cho'kka-lamoq 1. Rustam bobo qiblaga qarab cho'kka tushdi-da,
pichirlab, kalima o'gira boshla-di. X. To'xtaboev, Yillar va yo'llar. Kampir uni [kiyikni] eshik
oldida qoldirib, ich-karidan paqir olib chiqdi-da, cho'kka tush-gancha, pov-pov sog'a boshlaydi.
S. Ahmad, Jimjitlik.
2 ayn. tiz cho'kmoq q. tiz I. Yuzlaringni mayliga yashir, Kerak emas nozlar, imolar.
Go'zallikning qoshida axir Cho'kka tushgan hatto xudolar. A. Oripov.
CHO'KKALAMOQ 1 Oyoqlarni tizzadan bukib, tiz va oyoq kaftlariga tayanib o'tir-moq, cho'kka tushib
o'tirmoq, cho'kka tushmoq. Sulton piyon gshamga cho'kkalab, mayin, in-gichka ovozda gap boshladi. N.
Aminov, Qahqaha. Oysara shoshilmay borib, beshik yoniga cho'kkaladi. O'. Hoshimov, Ikki eshik
orasi. Zulxumor yerda cho'kkalab o'tirganicha, atrofga alangladi. M. Mansurov, Yombi.
2 Biror narsa ta'sirida oyoqlari bu-kilib, tizzalarga tayanib qolmoq, tiz cho'kmoq. Dadam,
birov oyog'idan chalib yubor-gandek, cho'kkalab qoldi. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi. O'sha zahoti
oyimning qo'lidan kapgir uchib ketdi. Boshidagi jun ro'moli yelkasiga tushib, qorga cho'kkalab
qoldi. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
CHO'KMA ayn. cho'kindi 1. Mashinasozlikda mos keluvchi elektrolitlar yo'qligi sababli tellurning
elektrolitik cho'kmasi shu vaqt-gacha qo'llanmay kelardi. «Fan va turmush».
2 Yer sathining chuqurlashib, cho'kib qol-gan qismi. Buxoro del`tasining yuzasi te-kis bo'lsa
ham.. kichik-kichik cho'kmalar ko'p. P. G'ulomov, Zarafshon etaklarid.
CHO'KMOQ 1 Tizzalamoq, cho'kka tushmoq. Cho'k, desa, tuya ham cho'kar. Maqol. ish Uning [quduqning]
yoniga cho'kkan nortuyani esa, bo-ra-bora qum ko'mib, ulkan tuyatepaga ay-lantiribdi. M.
Mansurov, Yombi.
Tiz cho'kmoq q. tiz 1. Mard nomardga tiz cho'kmas. Maqol. ..bir peshin chog'i paykal-da [Anvar]
tiz cho'kib, Sevarguljon, men sizni sevaman, dedi. N. Qilichev, Chig'iriq.
2 Umuman, biror joyga o'tirmoq. Turdi g'ilay Malik muallimning yoniga cho'kdi. A. Ko'chimov,
Halqa. Rangi o'chgan o'rindiqqa cho'kkancha, barglari to'kilgan namchil novda¬ni tomosha qilyapman.
«Yoshlik». Nurali ito-atkorlik bilan supaga cho'kdi. «Sharq yuldu-zi». Horiganimdan noiloj
to'nkaga cho'kdim. «Yoshlik».
3 Sath, yuzadagi dastlabki vaziyatiga nisbatan pastlamoq; botmoq; ich-ichiga ki-rib ketmoq. Yer
sathining bir xil joylari cho'kib, boshqa joylari ko'tarilib turadi. «Fan va turmush».
Alimardon uning.. ichiga cho'kkan ko'zlariga bir lahza tikilib qoldi. O'. Hoshimov, Qalbingga
quloq sol.
4 Tinib, tagiga o'tirmoq, tinmoq (suyuq-likdagi aralashma, quyqa va sh.k. haqida). Loyqa
cho'kib, suv tiniqlashibdi. Namakob-ning tuzi tagiga cho'kib qolibdi.
5 G'arq bo'lmoq, botmoq; suvga botib, oqib halok bo'lmoq. Cho'kayotgan cho'pga yopishar. Maqol. shsh
[Ayol] Beixtiyor muvozanatini yo'qotib, suvga cho'kdi. «Yoshlik».
6 ko'chma Qaddi, bo'yi qisqarib, pastroq, kaltaroq bo'lib qolmoq, qisqa tortmoq. Uning
[Bashirjonning] bo'yi bir qarich cho'kkandek, yelkalari chiqib, qomati oldinga engashib qolgandek
edi. N. Aminov, Qahqaha. Erining rangi dokadek oqarib ketgan, o'zi bir zumda cho'kib, kichkina
bo'lib qolgandi. S. Zunnunova, Go'dak hidi. Devorlar jim cho'-kaveradi.. X. Davron.
7 Tepadan pastga tushib, sathni qop-lamoq. Osmon yuzini qoplagan quyuq sarg'ish chang yerga
cho'kdi. Mirmuhsin, G'urbatdagi odam. Baland toqqa cho'kar qor. «Nurali».
8 Qoplamoq, yoyilmoq. Oqshom cho'kdi. shsh Tun og'ib, qorong'ilik cho'kdi. Mirmuhsin, Temur Malik.
Hishloqqa shun cho'ka bosh-laganda, menga jiyan sanalmish Zokir urn-dan qayshdi. «Yoshlik».
9 ko'chma Egallamoq, o'rnashmoq (ruhiy holatga nisbatan). Onaning ko'ngliga chuqur g'ashlik
cho'kkan. «Saodat». [Yaxshiboev:] Mehr keyin keldi, armosharim yuragimning pgubiga cho'kdi. M. M.
Do'st, Lolazor. Xopgira — unu-tilmas, unutib bo'lmas armon. Yurak qa'riga cho'kkan xayol. «O'TA».
10 Ma'lum muddat davom qilmoq. Oraga og'ir jimlik cho'kdi. «Yoshlik». Suhbat uzi-lib, oraga
sukunat cho'kdi. «Saodat».
11 ko'chma Ruhiy tushkunlikka tushmoq. Farzandining o'limidan so'ng ona ancha cho'kib qoldi.
Gazetadan. Erining xiyonati Fazi-latni behad cho'ktirib yubordi. «Yoshlik».
523 du^
12 ko'chma Iqtisodiy jihatdan tang ahvolga tushmoq; orqada qolmoq. U [Ismoi-lova] cho'kib
qolgan bir necha kolxozni birlash-tirib, ularni ko'tarishga rahbarlik qildi. N. Safarov,
Olovli izlar.
Ko'ngli cho'kmoq q. ko'ngil 1. -Xarish demang, otimning ko'ngli cho'kadi, — deb Avazxon otining
sag'risini siladi. «Gulshanbog'». Oq tuya cho'kdi Birinchi, dastlabki qor yog'di.
CHO'L 1 Usimlik juda kam o'sadigan, doimiy quruq va issiq iqlimli, suvsiz bepoyon dasht; saxro,
biyobon. Qizilqum cho'l-lari. Qaqroq cho'l. Boysun cho'li. Toma-toma ko'l bo'lur, Hech tommasa, cho'l
bo'lur. Maqol. mm Poezd Malik cho'li bag'rini tilib borar-di. N. Aminov, Qahqaha. Men bu
cho'llar qo'y-nida tug'ilib topdim kamol. A. Oripov. Cho'l shamollari, jumladan, garmsel havoni
quruq-lashtiradi. «Fan va turmush».
2 ko'chma kam qo'll. Tashna, zor. Bolaga cho'l xotin.
CHO'LISTON Cho'l-biyobondan iborat bo'lgan yer, quruq saxro. Amuning o'ng qirg'o-g'idagi bepoyon
cho'listonda biridan-biri dah-shatli voqealar yuz bera boshladi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi.
Sening bosgan izing bo'lgan guliston, Necha dushman elin qilding cho'liston. «Malikai ayyor».
CHULIQ shv. Kichik cho'pon, cho'ponning yordamchisi. Oychinor balog'atga yetgach, uni Xoliyorning cho'lig'i
sevib qoladi. «Fan va turmush». Xolbo'ta.. o'zim ana shu cho'ponga cho'liq bo'lsam.. deb o'ylardi.
«Yoshlik».
CHO'LIQCHI ayn. cho'liq.
CHO'LLAMOQ Suvga tashna bo'lmoq; suv-samoq, chanqamoq. Cho'llab, og'zim qaqrab ket-di. Cho'llagan
yerlar. Cho'llagan g'o'zalar. mm Sahroda cho'llagan g'arib yo'lovchi Bo'tana suv-ni ham sharbat deb
totar. Uyg'un.
CHO'LLANISH Qurg'oqchil ikdimli o'l-kalarda ekologik tizimlarning buzilishi: tabiiy o'simliklar va
hayvonlar turi va miqtsorining kamayishi, tuproq unumdor-ligining pasayishi va sh.k. Dunyoda
250 million kishi cho'llanish jarayonidan aziyat chekmoqda. Gazetadan. Mintaqamizda ham cho'llanish
davom etayapti. Gazetadan.
CHO'LLIK Cho'lda yashovchi kishi, cho'l ki-shisi. Ko'pgina madaniy-maishiy ob'ektlar cho'lliklarga xizmat
qilyapti. Gazetadan.
CHO'LOQ 1 Oyog'i mayib; oqsoq. Cho'loq ki-shi. Cho'loq qush. Cho'loq bo'lsang ham, no'noq bo'lma. mm
Ibroyim cho'loqning so'zlaridan so'ng uzunquloq mahobatlar urchigani muqar-rar. M. M. Do'st,
Lolazor. [Juvonning eri] Cho'loq bo'lsa, devor oshib, o'g'irlik qilib bo'l-magandir. O'. Hoshimov,
Ikki eshik orasi.
2 Qo'li yoki oyog'i yo'q; nogiron, invalid. Qo'li cho'loq odam.
3 s. t. Oyog'i siniq, singan (stol, stul va sh.k. haqida). Cho'loq stul.
Cho'loq ketmon Dastasi kalta yoki singan ketmon.
CHO'LOQIANMOQ 1 Oqsab yurmoq, oq-sokdanmoq, oqsamoq. Tangriqul cho'loqla-nib, ko'zini ushlab,
boshqa so'qmoq bilan jarlikdan chiqib ketdi. Mirmuhsin, Il-dizlar va yaproqlar. Dadam
cho'loqlanib yugurdi. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
2 Oyoq yoki qo'ldan ajralib, nogiron, invalid bo'lib qolmoq.
CHO'LOQLIK 1 Cho'loq bo'lishlik. Oyoqning cho'loqligi. Qo'lning cho'loqligi. Stulning cho'loqligi.
2 Oqsokdanib yurish, oqsoqyaik. U cho'-loqlanar, ammo cho'loqlik va og'riqni jaxl bilan yengmoqchi
bo'lganday, to'g'ri bosishga tirishar, lekin zardasi bir necha qadamga yetar edi, xolos. Oybek,
Quyosh qoraymas.
CHO'LP taql. s. Narsalarning suvga uri-lishi, bo'sa olish va sh. k. harakatlardan hosil
bo'ladigan tovushlarni bildiradi. Hovuzda kichik baliqcha «cho'lp» sakrab, ku-mush biqinini
ko'rsatdi-da, suv yuzida halqachalar qoldirib ketdi. S. Nurov, Nar-von. [Marat qizning]
Kulog'ining ostgi-nasidan cho'lp etib o'pib qo'ydi. J. Abdul-laxonov, Xonadon.
CHO'LPI 1 Ayollarning sochga taqiladi-gan yoki ko'krakka tushirib yuriladigan, kumush yoki oltindan
yasalgan ziynat buyu-mi. Shol ro'mol o'ragan kadxudo onalarning yelkasida kumush cho'lpi
jiringlaydi. S. Siyo-yev, Avaz. Sora kampirning sochi uchidagi cho'lpilari shiqirlab, yuqoriga
ko'tarildi. «Yoshlik». ..keksa kishi bir juft kumush cho'l-pi bilan tillaqosh o'tkazib, evaziga
yarim xaltagina un oldi. S. Anorboev, Sayli.
CHO'LPI II shv. Chovlisimon savatcha. Laq-qa baliqlar shu qadar ko'pki, cho'lpi.. suvga tiqilsa
bas, to'lib chiqaveradi. E. Saman-dar, Tangri qudug'i.
CHO'LPILLAMOQ «Cho'lp-cho'lp» ovoz chi-qarmoq. Tosh suvga cho'lpillab pgushdi.
CHO'LPON 1 (CH - katta) astr. Yorug' tong yulduzi; Zuxra, Venera. Osmon elining turfa-tuman
yulduzi ko'pdir, Xo'bdir bari-si, ravshani — Cho'lpon, yozajakman. A. Oripov.
2 ko'chma Go'zal, chiroyli, shaxdo (ko'z ha-qida). O'ynatib qosh, dilni o'rtab, ko'zi cho'l-ponim
kelur. Uyg'un. Shu cho'lpon ko'zlarning buyuk hurmati, Shu aqiq lablarning rost so'zi deya,
So'ylang-chi, vafoning nadir qimmati, Siz ham kutganmisiz biror soniya?! A. Ori-pov.
3 Cho'lpon (xotin-qizlar ismi). CHO'LP-CHO'LP Cho'lp s. takr. Onam meni
bag'riga bosib, yuz-ko'zim demay, cho'lp-cho'lp o'pa boshladi. A. Ko'chimov, Halqa.
CHO'LTOQ 1 Yulingan, kesilgan, kalta, to'mtoq. Cho'ltoq dum. mm /Normat:/ Sharif otolmaydi — qo'li
cho'ltoq. «Yoshlik». Cho'pon bola yaylovda zerikib o'tirganida, urushda ko'rganlarini cho'ltoq qalam
bilan bir parcha qog'ozga tushira boshlaydi. M. M. Do'st, Lolazor.
2 ko'chma Noto'la, yumaloq-yostiq, to'mtoq. Cho'ltoq javob. Inshoni cho'ltoq qilib qo'yib-siz. Javob
cho'ltoq bo'lib qoldi.
CHO'LYALPIZ Yovvoyi yalpiz, kiyiko'tlar turkumiga mansub bir yillik o't.
CHO'LQUVAR Cho'lni o'zlashtiruvchi, qo'riq yerlarni ekib obod qiluvchi. Cho'lquvarlar-ning farzandlari
ham yaxshi maktablarda o'kishi kerak. Gazetadan.
CHO'MILMOQ 1 Chiniqish, davolanish maqsadida yoki issikdan daryo, hovuz va sh. k. suviga tushib
suzib yurmoq. Umid moshki-chirini tushirdi, undan keyin anhorga cho'mil-gani jo'nadi. Mirmuhsin,
Umid.
2 Yechinib yuvinmoq. Dushda cho'milmoq. Hammomda cho'milmoq. mm [Fotima:] Kechqu-run Rashid abzining
mo'rchasiga boramiz.. Sizam yuring. Maza qilib cho'milib kelamiz. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
3 ko'chma Ko'milmoq, cho'mmoq, botmoq. Okean ham nur qo'ynida cho'mshshrdi. «Yoshlik» Shabnamga
cho'milib, ko'z ochar dunyo. Gazetadan.
CHO'MICH Suyuq ovqatni shopirish va suzish uchun ishlatiladigan, uzun dastali ro'zg'or asbobi;
yog'log'i. Yog'och cho'mich. Sirlan-gan cho'mich. Qozonda bo'lsa, cho'michga chiqar. Ma-qol. Tuyani cho'mich
bilan sug'orib bo'lmas. Ma-qol. ¦¦ ..qozonda sush qaynagan, sut cho'michda shopirilgan, cho'michga
qasmoq hidi unnagan. M. M. Do'st, Lolazor.
Cho'michda qoqmoq Birovning haqini, tegishini qoqib, urib qolmoq. -Hatto eng oliyjanob
maqsadlar bo'lganda ham, — deydi Yusupov, — oddiy odamlarni cho'michda qoqmas-lik kerak.
Gazetadan.
2 Biror idishdan suv olish uchun ishla-tiladigan, dastasi kalta, yog'och, metall yoki
plastmassadan qilingan ro'zg'or asbobi. Said suv to'la cho'michni uzatayotganda, bir kul-tum suv
otasining soniga to'kilib ketdi. «Yoshlik».
Ekskavator cho'michi Ekskavatorning qum, tuproq oladigan qismi; kovsh.
CHO'MICHLAMOQ Cho'mich bilan suzmoq yoki o'lchamoq. Xo'randalar sotuvchining at-rofini o'rab, yerga
cho'qqayib o'tiribdilar. Oshpazlar [ovqatni] cho'michlab suzib berib turibdi. G'. G'ulom, Shum bola.
Xotin-xalaj daladan chikib, o'choqboshidagi katta flyaga-dan cho'michlab suv icha boshladi. S.
Siyoev, Otliq ayol.
CHO'MMOQ 1 Suyuqlikka, suvga yoki yumshoq narsaga botmoq, cho'kmoq, ko'milmoq. Suvga cho'mmoq. mm
Saodat.. ich ko'ylagiga bir oz atir sepib olgach, oq choyshablar orasiga kirib, paryostiqqa
cho'mdi. I. Rahim, Ixlos. Bir kun tomchi bo'lib, abadiyat Dengiziga cho'mib ketaman. Uyg'un.
2 ko'chma Berilmoq, ko'milmoq, botmoq. Xayolga cho'mmoq. mm Munchoq ko'zlaringni ti-kib turarding,
Cho'msam xayollarga goho, kak-ligim. A. Oripov. Xayolga cho'mgan kishiga oldidagi haqiqatdan
yiroqlarda bo'lgan xayoliy hur-g'ilmonlar ortiqcha lazzatlik-dir. A. Qodiriy, Kichik asarlar.
3 Yuzaga kelmoq; qaror topmoq; cho'kmoq. Yodgor jiddiy sukunat cho'mgan zalga qarab qo'ydi. O'.
Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
4 ko'chma Ko'milmoq, qoplanmoq. Qiyg'os gulga cho'mar xar bitta og'och. «Saodat». Abror oy
nurlariga cho'mgan sahrodan qaitayotib, o'zini xuddi.. oy sathida ketayotgan odamdek his etdi.
O. Muxtor, Egilgan bosh.
CHO'NG \xit.} shv. Katta, ulkan; zo'r; kuch-li. Cho'ng xarsang. Cho'ng gavdali. Cho'ngdaryo. mm
[Yaxshiboev] Sezdiki, Qo'ziboyning dardlari cho'ng. M. M. Do'st, Lolazor. Ukishi cho'ng buvam
bo'ladilar-da! H. Shayxov, Tutash olamlar. Bilagi cho'ng bahodir nochor qolgan shohni
opichlagancha, xatarsiz joyga yetkizadi. A. Dilmurodov, Fano dashtidagi qush. Naqadar
525
suluvsan, naqadar inju, Ey, sen shimol yurtin cho'ng o'rmonlari. A. Oripov.
CHO'NTAK 1 Kiyimning pul va b. zarur yen-gil narsalar olib yurish uchun tikilgan sirtqi yoki ichki
xaltachasi; kissa. Yon cho'ntak. Ustki cho'ntak. Soat cho'ntak. mm Biror joy-da topilsa nogoh
gavhar donasi, Cho'ntagi te-shik har kim da'vo qilgan xamisha. A. Oripov.
Cho'ntagidan tushib qolgan s.t. Birovlar-dan qolib ketgan; siyqasi chiqqan. Qachon-lardir
G'arbning cho'ntagidan tushib qolgan odatlarni «yangitdan» urf qilishimizga hojat yo'k.
Gazetadan. Cho'ntak daftar Yonda olib yuriladigan, zarur ma'lumotlar yozib boriladigan kichik
daftarcha; yon daftar. Elmurod Oyimxon va Gulsum to'g'risida ga-pirganda, Aleksey Ivanovich bu
nomlarni cho'ntak daftariga yozib oldi. P. Tursun, O'qituvchi.
2 ko'chma s. t. Kimsaga tegishli mablag', pul. O'z cho'ntagidan sarf qilmoq. Birovning cho'ntagiga
tushmoq. mm Soyabon degani ham qimmat matoh ekan. Cho'ntak ko'tarmadi. A. Nurmurodov, Urush
bevpari. Cho'ntak chatoq. Cho'ntakqachon Qaytaquraro'zini?O. Matjon.
CHO'NQAYMA O'zbekcha kurashda qo'lla-nadigan usullardan biri. Cho'nqayma — eng nozik san'at. mm
Bordi-yu, polvon cho'nqayma-ni eplay olmasa, o'zi mag'lub bo'ladi. T. Murod, Qo'shiq. Bo'ri polvon
O'tan polvonni cho'n-qaymaga olib urdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom.
CHO'NQAYMOQ 1 Oyoqlarni tizzadan bukib va ikki oyoq panjasiga tayanib o'tir-moq. Kumushbibi ariq
bo'yidagi bir o'rinni ko'zladi-da, sakrab, narigi yuziga o'tdi va cho'nqaydi. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
2 Orqa oyoqlarini bukib o'tirmoq (hay-vonlar haqida).
CHO'NQIR 1 s.t. Chuqur, teran. Cho'nkir hovuz.
2 Chuqurlik; o'ra. Polk yo'lga shay, sarosi-ma yo'q edi, Shunda Ali chiqib keldi cho'nqir-dan. A.
Muxtor.
CHO'P \f. v— daraxt, yog'och; xoda; has-ca] 1 Novda, shox bo'lagi; ingichka, uzun tarasha, yog'och
parchasi. Ota uzun cho'p bilan shisha tubini kovlashtira turib, savolomuz tikildi. «Yoshlik».
Davron tog'a yaktagi yoqasidan zirk daraxti cho'pidan yo'nilgan tishkovlagichni olib.. tish
kovlashga tush-di. N. Aminov, Qahqaha.
2 Biror maqsad uchun maxsus tayyorlan-gan tayoq(cha). Nog'ora cho'p. Langar cho'p. Gugurt cho'pi. mm
[Nog'orachi] Nog'ora cho'pi bilan nog'orani emas, xuddi o'ziga o'xshash bir yigitning qalbini
savalaganini bilmay qoldi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
3 Molga ovqat bo'ladigan quruq o't, xas-xashak (beda, pichan va sh. k.). Uy egasi Mu-qimiyni
yotqizib, darg'aning otiga yana picha cho'p solgach, ko'cha eshikni tambalab, oyoq uchida ichkariga
kirib ketdi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy.
4 O'simlik, giyoq. Norinda suv bor ekan, Cho'llar suvga zor ekan. Cho'p bitmagan biyobon, Suv
kelsa, gulzor ekan. «Qo'shiqlar». Men bu kun do'stlarimga afsus-nadomat bilan Yerga cho'p
qadamagan amirlardan so'ylayman. A. Ori-pov.
Arining iniga cho'p suqmoq Tinch holatni buzib, o'ziga zarar qilmoq. Oxir-oqibat, zan-g'arning
qilib yurgan ishini qarang. Arining iniga cho'p suqadi-ya. A. Ko'chimov, Halqa. Ko'-ziga cho'p
solmoq (yoki tashlamoq) q. ko'z. U yerdagi cho'pni bu yerga olib qo'ymaydi Hech ish qilmaydi;
oyimtilla. Cho'p bo'lib ketmoq (yoki qolmoq) Ozib ketmoq, orikdab, qiltiriq bo'lib qolmoq.
Fazilat opaning ahvoli og'ir-lashib boraverdi. Rangi sarg'ayib, ozib, cho'p bo'lib qoldi. M.
Hazratqulov, Jur'at. Cho'p tushdi Oraga sovuqchilik, xiralik tushdi, ish buzildi. Shirin suhbatga
cho'p tushdi. mm [Hasanali) Otabekdagi bu hollarning sirini bilgandek, muhabbati orasiga cho'p
bo'lib tushgan keyingi uylanishi alamidan, deb qaror qilib qo'ygan edi. A. Krdiriy, O'tgan
kunlar. Cho'pdan hadik olmoq Har narsadan hadik olmoq, shubha qilmoq, hadiksiramoq, qo'rqmoq.
[Salmonov] Xulosalarga qarab ish ko'rish lozimligini unutdimi, cho'pdan hadik oldimi.. har
holda, ish juda susayib ketgan edi. I. Qalandarov, Shoxidamas, bargida. Qo'y og'zidan cho'p
olmagan q. qo'y.
CHO'PILLATMOQ «Cho'lp-cho'lp» ovoz chiqarmoq. U [Nigora] onasining bo'yniga osilib, u yuzidan-bu
yuzidan cho'pillatib o'pa boshladi. S. Ahmad, Poyqadam.
CHO'PON Yaylovda mayda mol boquvchi kishi. Raimboi tayoq olib, cho'pon bo'lmoqchi emish. N. Normatov,
Ismoil tog'a tarozi-si. [Oshno] Hech kimga aytmasdan, tog'dagi cho'-pon tanishining o'tovida
yashadi. M. M. Do'st, Lolazor.
526
CHO'PONLIK Yaylovda mayda mol bo-qish bilan shug'ullanish, cho'pon kasbi. Shoirlik yodimdan chiqqan
mahali Cho'ponlik yillarim tushar esimga. A. Oripov.
CHO'PON-CHO'LIQ Cho'pon va cho'liqlar. Brezent kapa ostida besh-o'n chog'li cho'pon-cho'liq qo'ylarning
junini qirqishayotgan edi. N. Aminov, Yolg'onchi farishtalar.
CHO'PSA maxs. Tayyor ip yoki ipak tutam-lari o'raladigan, uzunligi bir metrgacha bo'lgan silliq
tayoq. Dadasi yarim chorakli qozonda pilla saynatar, yog'och cho'psa bilan ipak uchini ilintirib
olib, kalava qilayot-gan bo'lardi. S. Anorboev, Sayli. Deraza tagidagi boshqasi cho'psaga ipak
o'ramoqda. S. Anorboev, Sayli.
CHO'PXINA Yovvoyi xina; xinadoshlar-ga mansub bir yillik begona o't.
CHO'PCHAK I 1 Topishmoq, jumboq. Cho'p-chak topar o'ynamoq.
2 Xalq og'zaki ijodida: hikoya, ertak, ushuk. Nega zerikasan endi? Bir yil-yarim yil nay
chalib, cho'pchak aytib berib yuraman. H. G'ulom, Mash'al.
CHO'PCHAK II Yoqiladigan mayda quruq shox-shabba, xas-cho'p. Yunus ota shitirlat-masdangina cho'pchak
terib yuriydi. A. Qodi-riy, Obid ketmon.
CHO'PCHAKCHI 1 Topishmoq to'quvchi, to-pishmoqqa usta odam.
2 Ertak aytuvchi, xalq ertaklarini yax-shi biladigan va ta'sirli qilib aytuvchi odam; ertakchi.
CHO'RI map. 1 Qul xotin; tutqunlikdagi ayol. U qishloqlarda faqat qiz cho'rilardan qirq nafar
bo'lib, ularga egalari ko'p zulm qilar ekanlar. S. Ayniy, Esdaliklar.
2 Xizmatkor xotin; oqsoch. [Jamila:] Men sizni o'la-o'lguncha duo qilay, loyiq ko'rsan-giz,
cho'ringiz bo'lib, eshigingizni supuray. Hamza, Boy ila xizmatchi.
CHO'RILIK Cho'ri bo'lishlik; oqsochlik, qullik. [Boy:] Bu nozanin uvol! [Jamila] Cho'rilikka emas,
bekachlikka arziydi-ya! Hamza, Boy ila xizmatchi. [Fotima:] Men sizga aytsam, muhtojman, bu
yerda cho'rilik qilib, oyiga sakkiz funt olaman. Mir-muhsin, Nil ustida oy.
CHO'RT rvsh. Keskin, shart, shartta. Cho'rt o'girilmoq. Cho'rt kesib gapirmoq. Cho'rt sinib tushmoq.
Cho'rt javob. shsh Ular ko'chani cho'rt kesib, ro'baro'dagi qo'raga qarab yura bosh-ladilar. G'. G'ulom,
Shum bola. Matpanoning eti uvushib, cho'rt burildi. S. Siyoev, Avaz.
CHO'RTAN: cho'rtan baliq Daryo va ko'llar-da yashaydigan, mayda, o'tkir tishli yirt-qich baliq.
[Hovuzdagi] Zog'ora baliq, cho'rtan baliq, laqqa baliqlar goh suv yuziga chiqib.. goh bshtanglab
o'ynab, sho'ng'ib ketardi. J. Sharipov, Xorazm.
CHO'RTKESAR Shartta gapiradigan, ay-tadigan. Men tog'amning haqgo'y, talabchan, o'rni kelganda
cho'rtkesar odamligini ilgari-dan bilardim. «Sharq yulduzi».
CHO'RTTA kam qo'll. ayn. cho'rt. Go'ro'g'li Bad-kirga tarmashib turib, iyagiga bir shoxladi, tishi
tilini cho'rtta qirqib o'tdi. «Go'ro'g'-lining tug'ilishi».
CHO'T I [r. schyotn — pul xisob-kitobi; hisoblashni amalga oshirish moslamasi] 1 Buxgalteriyada,
idoralarda qo'llanadigan, to'rtburchak ramkaga mahkamlangan temir simlarga tizilgan donalarni
surib, qo'shuv va ayiruv amallari bajariladigan sodda moslama. Cho't qoqmoq. Cho'tga solmoq. tsh
Kek-sagina odam damodam shaqillatib cho't qoqa-di. Mirmuhsin, Yashiringan kuch. Buxgal-teriya
xonasidagi cho'tlarning shats-shuqi, odamlarning uzuq-yuluq gaplari endi aniqroq eshitilardi.
Gazetadan.
2 Mo'ljal, taxmin, hisob. [G'ofir:] Me-ning cho'timda hammasi bo'lib besh yuz so'mdan oshmas edi-
ku? Yoki adashdingizmi ekan-a, boy o/yaya?Hamza, Boy ila xizmatchi.
Cho't bermaydi Foyda bermaydi. -Trak-shorlarimiz yomon emas, lekin «universallar» bir oz cho'sh
bermay qo'ydi.. — dedi Ikromjon. I. Rahim, Xislat. Cho't emas Pisand emas, hech narsa, hech ran
emas. [Nurmat tog'a:] Pulni-ku, to'laysan. Senga pul cho't emas. S. Ahmad, Jimjitlik.
CHO'T II shv. Tesha. Daraxtlarni cho't bilan, bolta bilan qirqib, o'tni yoqib, famil choyni damlab,
egarini kursi qip, aslahasini yerga qo'ydi. «Yusuf va Ahmad».
CHO'TAL Qimor o'yinlarida yutgan to-mondan olinadigan pul, ulush. [Abdulqah-horning] Qorniga
yeydirgan ovqat uchun to-padirgan aqchasi qimorbozlardan cho'tal bo'lib qolgan edi. Hamza,
Tanlangan asarlar.
2 Ulush, hissa. Ko'ziboy chol ana shu ishi uchun mol egasidan cho'tal oladi. SH. Xol-mirzaev, Og'ir
tosh ko'chsa.
527 du^
CHO'TALCHI Qimorda yutuqdan cho'tal oluvchi odam. Qimorni boshqaradigan cho'tal-chi yutgan tomondan o'n
so'mga bir so'm olib turar, ba'zan cho'tal puldan yutqazganlar-ni, qarz berib, «ko'tarib» qo'yar
edi. H. Nu'-mon va A. Shorahmedov, Ota.
CHO'TIR 1 Chechak, qo'tir va sh.k. ning izi qolgan. Sohib xunuk: chechak tufayli Yuzi cho'tir, so'kir
bir ko'zi. Uyg'un, Tong qo'shig'i. Ayni suhbatda hozir bo'lgan cho'tir hisobchi masxaraomuz
tirjaydiki, Yaxshiboev bunda boshqacharoq bir sinoat borligini payqadi. M. M. Do'st, Lolazor.
2 G'adir-budur, o'nqir-cho'nqir. Cho'tir yon-g'oq. sht Cho'lning cho'tir betida chalakam-chatti o'sgan
yantoqlar qurib, sarg'ayib yotib-di. H. G'ulom, Zamin yulduzlari.
CHO'TKA [r. shyotka - cho'tka] 1 Narsalarni yuvish, tozalash uchun yassi dastaga tartibli qilib
mahkamlangan qil tolalaridan yoki simlardan iborat buyum. Qil cho'tka. Tish cho'tka(si). Kiyim
cho'tka(si).
2 Soch, qosh, kiprikni bo'yashda ishla-tiladigan, kichik dastasiga qilsimon to-lalar o'rnatilgan
pardoz buyumi. Shiftga-cha yetgan kattakon toshoyna oldida atir-upayu turli bo'yoqlar, qosh
bo'yaydigan cho'tka-dan tortib, tirnoq oladigan asboblar — hammasi betartib sochilib yotibdi.
Mir-muhsin, Umid.
3 Bo'yash, okdash uchun ko'pincha qildan yasaladigan asbob; mo'yqalam. Bo'yoqchilik cho'tkasi. mm Usta
koramoy, cho'tka va bosh-qa xil asboblari turadigan yog'och sandiq-dan qog'ozga o'rog'liq bir narsa
chiqardi. N. Aminov, Qahqaha.
CHO'TKALAMOQ Cho'tka bilan tozalamoq. Kiyimlarni cho'tkalamoq. mm Undan keyin [Nafisa] uydan
erining kostyumini olib chiqib cho'tkalaydi. Mirmuhsin, Topilgan husn.
CHO'TLAMOQ Mo'ljallamoq, chog'lamoq; mo'ljallab, chog'lab ko'rmoq. Imkoniyatlarni cho'tlab ko'rmoq. mm
Shivir-shivirga ko'ra, yigitlar Latifboyni o'lgudek do'pposlash, umuman.. o'sha qiz nomini boshqa
tutmaydi-gan qilibqo'yishni cho'tlagan edilar. «Yoshlik».
CHO'X kt. Katta; ko'p; juda. Dushman bo'lsa, cho'x savdolar solayik, Ajal yetsa, o'qqa uchib o'layik.
«Yunus pari». Yoshlik — bu umrning betakror fasli, Jo'shqin va olovli, cho'x go'-zal chog'i.
«Yoshlik».
CHO'CHANGLAMOQ shv. 1 Cho'chib, qo'rqib qochmoq, sakramoq. Sigir cho'changladi.
2 salb. Birdan asabiylashib ketmoq; asabiy holda achchiq gaplar aytmoq. Iskan-darning gapini
hech bir og'ir olmaydigan odam o'sha kuni cho'changlab ketdi. M. Mansurov, Yombi.
CHO'CHIMOQ 1 Bexos tashqi yoki ichki ta'sirdan sakrab, sapchib tushmoq, seskan-moq. Cho'chib
uyg'onmoq. ti Peshayvonda bano-goh telefon jiringlab, [Iskandar] cho'chib tushdi. M. Mansurov,
Yombi. Oriqqina bir bola mashina tovushidan cho'chib, yo'l chetiga chikdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz
urmaydi. [Yaxshiboev] Xayoliga kelgan qaltis fikrdan cho'chibtushdi. M. M. Do'st, Lolazor.
2 ko'chma Qo'rqmoq, hadiksiramoq; glubha-lanmoq. Qiyinchiliklardan cho'chimoq. ti Goho vahimalar
bag'ringni tilib, Rosa cho'chitadi, yurishmas ishing. A. Oripov. [Muhsina] O'g'li taloq aytsa,
kelin uydagi lash-lushlarni taloqqa qo'shib ko'tarib ketishidan cho'chiydi, xolos. M. M. Do'st,
Lolazor.
CHO'CHCHAYMOQ Arazlagan, xafa bo'lgan, hazillashgan, hushtak chalgan vaqtda bir oz oldinga
cho'zilmoq (lab harakati haqida). Oyisi uni [Xurshidni] zo'rg'a quvib tutarkan, qiqir-qiqir
kular, lablarini cho'chchaytirib, allaqanday ovozlar chiqarardi. N. Aminov, Qahqaha. Vazira
arazlagandek, cho'chchayib qa-radi. «Yoshlik».
CHO'CHQA 1 Go'sht va yog' olish uchun boqi-ladigan juft tuyokdi, kalta oyoqli, yirik sutemizuvchi uy
hayvoni. Yovvoyi cho'chqa. Xonaki cho'chqa. tsh /Bola] Devordan oshib qarab, xir-xir ovoz chiqarib,
po'choq titkilayotgan uch-to'rtta cho'chqani ko'rdi. «Yoshlik».
2 so'k. Ablah, hayvon. [Ishchi:] Mana, Is-mat degan yangi direktor keldi. Shu tuzukmi deb
o'ylovdik. G'irt cho'chqa ekan. «Yoshlik».
CHO'CHQABOQAR Cho'chqa boquvchi.
CHO'CHQACHILIK Chorvachilikning cho'chqa-larni urchitish va boqish, ulardan go'sht, yog', teri va b.
mahsulotlar olish bilan shug'ul-lanadigan sohasi. Bo'pti, binoning bir to-monida cho'chqachilik,
ikkinchi tarafida qora-molchilik fermasini tashkil qilamiz. Ga-zetadan.
CHO'YAN [r. chugun < t. cho'yan] Po'lat hosil qilish yoki quyma detallar tayyorlash uchun
ishlatiladigan, uglerod bilan temirdan, shuningdek, juda oz miqdordagi boshqa
528
qo'shilmalardan iborat qotishma (po'latga nisbatan mo'rtroq va kam bolg'alanuvchan bo'-ladi). Oq
cho'yan. it Cho'yandan qattiqdir bo-tir badani. «Yusuf va Ahmad».
2 sft. Cho'yandan tayyorlangan, cho'yandan qi-lingan. Jonning rohati-da bu mo'rcha. Cho'yan bandli
pechkani yoqishingiz bilan, qozonda suv isiydi. O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
CHO'QILAMOQ 1 Hadeb cho'qiyvermoq, dam-badam to'xtovsiz cho'qimoq, to'xtovsiz cho'qib yemoq. Jo'jalar
cho'qilab don yemoqda. Qizilishton cho'qilab daraxt teshmoqda.
2 ko'chma Hadeb urishavermoq, bo'lar-bo'l-masga koyiyvermoq; har yondan tinmay tan-beh bermoq;
talamoq. Kollektiv o'rtaga olib izza qildi, bo'lmadi. Keyin ko'pchilik uni cho'qilab, kavushini
to'g'rilab qo'ydi. H. Nazir, O'tlar tutashganda.
3 ayn. cho'qimoq 3. Ovqatdan bir-ikki cho'-qiladi.
CHO'QIM numerativ s. Sonlar bilan bir-ga qo'llanib, asosan ovqatning barmoklar uchi bilan
siqib olingan miqtsorini bil-diradi. Bir-ikki cho'qim osh. sht Sevargul xushlar-xushlamas
tovoqchaga bir kapgir osh suzdi, so'ng.. oshdan bir cho'qim og'ziga soldi. N. Qilichev, Chig'iriq.
CHO'QIMOQ 1 Tumshuqbilan ilib olib yemoq. Jo'jalar don cho'qishmoqda. Mulla bil-ganini o'qir, Tovuq
ko'rganini cho'qir. Maqol. mm Patnisda to'rtta kulcha, ikki bosh qizil chillaki va qush cho'qigan
qandaydir bir bosh uzum bor edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Bir cho'qib, ikki qaraydi Juda ehtiyot-kor odam haqida.
2 Tumshuq bilan zarb bermoq (qush va parrandalarga nisbatan). Qarg'a qarg'aning ko'zini
cho'qimaidi. Maqol. shsh Burgut jon-holatda unga [latta-puttalar bog'langan xodaga] tashlanib,
tirnoqlari bilan chan-gallab cho'qirdi. Bu — dastlabki ov — mashq edi, albatta. «Yoshlik».
Bir cho'qishda qochirmoq Ustun chiqmoq. Mulla Mamajon o'z davrida yalqovlik bilan «Alif laylshdagi
Abutanbalni bir cho'qishda qochiradigan kishi bo'lgan ekan. G'. G'ulom, Ti-rilgan murda.
3 ko'chma Ko'l uchi bilan chimdib, ozgina yemoq, yeb ko'rmoq, tatimoq. [Hoji va Hasa-nali]
So'zlashmasdangina, lagandan birmuncha cho'qigan bo'ldilar-da, qo'l artdilar. A. Qo-diriy, O'tgan
kunlar.
4 ko'chma s. t. Baland kelib, zo'r chiqmoq; qagtiq koyimoq, urishmoq. Oralarida zo'r-zo'r
advokatlarni cho'qib tashlaydigan rah-barlari bor emish. Oybek, Ulug' yo'l.
CHO'QINDI din. Musulmon dinidan qay-tib, xristian diniga kirgan, cho'qingan. U [Zokirjon] o'n
ikki yoshida nayrangboz Azim cho'qindi to'piga qo'shilib, jarchilik qilgan. M. Krdirov, Xanda va
qahqaxa ustalari.
CHO'QINMOQ I 1 din. Qo'l uchini pesho-nasiga va ikki yelkasiga keltirib ibodat qilmoq, xudoga
sig'inmoq (xristianlarda); xristian diniga kirmoq. -Ha, Abjal, cho'-qindingmi, shapkani
qanchaga olding?! — de-dim. A. Qodiriy, Kichik asarlar.
2 Umuman, ibodat, sajda qilmoq, si-g'inmoq, topinmoq. Butga cho'qinmoq. Olovga cho'qinmoq. tsh
Barimiz o'z tilimizda cho'qi-nib bordik, Maskovdan to Berlingacha so'ki-nib bordik. M. Yusuf.
3 ko'chma salb. Qullarcha sajda qilmoq, sig'inmoq, topinmoq. Pulga cho'qinadigan odam.
CHO'QINMOQ II Cho'qimoq 1, 3 fl. o'zl. n. -Anovi Musulmonqul bo'lmasa, boshqa Alim-qul bosh
ko'tarishi aniq! — dedi qushbegi va dasturxondan cho'qinib davom etdi. A. Kr-diriy, O'tgan
kunlar. To'rqovoq ichida tul-lak ham qoqindi, cho'qindi, sayrab bir nafas. G'. G'ulom.
CHO'QISHTIRMOQ shv. 1 Cho'qishmoq fl.
ort. n. Xo'rozlarni cho'qishtirmoq.
2 May kosalarini yoki qadahlarni bir-biriga tegizib olmoq, urishtirmoq. [Yaxshi-boev]
Cho'qishtirib o'tirmadi, dadilroq bo'lay deb, qadahni oldi-yu, shartta sipqardi. M. M. Do'st,
Lolazor.
CHO'QMOR 1 To'qmoq shaklidagi qadimiy urush quroli; gurzi, shashpar. Asroraning miyasiga birov
cho'qmor bilan urganday bo'ldi. «Yoshlik». ..bo'shroq joygao'tgan yigitchaning xuddi orqasida,
devorga tirks`shb turgan uzun, og'ir cho'qmorga uning [G'oziddinning] ko'zi tushdi. O. Muxtor,
Egilgan bosh.
2 Tosh kesadigan, parchalaydigan og'ir to'qmoq. Farhod, qo'lida tesha va cho'qmori bilan katta-
katta tog' toshlarini qo'po-rib, Sirni bo'g'a boipadi. I. Jabborov, Ko'h-na xarobalar siri.
CHO'QQAYMOQ 1 ayn. cho'nqaymoq. Uncha-muncha gapga yig'lamaydigan Umid yantoq,
chakirtikanaklar yonida cho'kqayib o'tirib, ho'ng-ho'ng yig'lardi. Mirmuhsin, Umid.
2 Dikkayib, qo'qqayib chiqib turmoq. Cho'qqaygan katta tosh.
CHO'QQARA shv. Soqqa (yong'oq o'yinida).
CHO'QQI 1 Tog'ning eng baland, yuksak joyi. Hisor cho'qqilari oqarib, shahar, qish-loqlarga
yaqinlashib kelganday tuyuldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi. Asriy cho'qqilar quyoshda
yaltirar va sukut saqlar, uning to'shidagi qorlar ko'zni qamashtirar-di. «Saodat».
2 Tik narsalarning eng yuqori qismi. Teleradiominoralar cho'qqisi. mm Navqiron bir terakning
cho'qqisida oshyon, Kech kuz tongotarin salom bilan olqishar. G'. G'ulom.
3 ko'chma Erishilgan yoki erishilishi mumkin bo'lgan eng yuksak daraja, pog'o-na, ko'rsatkich; oliy
nuqta. Kamolot cho'q-qisi. Baxt cho'qqisi. mm Fidokorona meh-natsiz ilm cho'qqilarini egallab
bo'lmay-di. Gazetadan. Shafqatsiz dunyoda she'riyat g'olibligini sezish, uning beqiyos qudrati-ni
his etishning o'zi kishi kayfiyatini yuksak cho'qqiga ko'tarib, dunyoni inson ko'zi-ga chaman qilib
ko'rsatadi. «O'TA»
Cho'qqi soqol 1) kalta qilib qo'yilgan soqol. Vafo attor cho'qqi soqolini qashladi, yo'talib
olib, bir chekkaga tupurdi. N. Ami-nov, Qahqaha; 2) shunday soqol qo'ygan kishi. Abduvahob
Shoshiy ellik besh yoshlarda, kotma, cho'qqi sokol, qarashlari o'tkir bir odam. Mirmuhsin, Tungi
chaqmoklar.
CHO'G' I 1 Yonib bo'lib, alangasi so'ngan o'tin, ko'mir va sh.k. Laxcha cho'g'. Samovarga cho'g' tashlamok.
mm Oshpaz oppok xalatining yenglarini namoyishkorona shimarib, ko'raga ko'mir cho'g'ini terdi.
«Yoshlik».
Cho'g' ustida o'tirgandek Betoqat, besaran-jom, bezovta. Suhbat vaqtida [Sulton Xu-sayn] o'zini
xuddi cho'g' ustida o'tirgandek his qildi. A. Ko'chimov, Halqa. O'zini o'tga, cho'qqa urmoq Maqsadga
erishish uchun o'zini har yoqqa urmoq, hech narsadan qo'rqmay, tap tortmay harakat qilmoq. Biz
yoshligimizda ko'rgan qattiqchilikni shu bolalarim ko'r-masin, debo'zimni o'tga ham urdim, cho'qqa
ham urdim. I. O'ktamov, Hikoyalar.
2 ko'chma Alanga, otash, taft; ishtiyoq, zavq-shavq. Ishq cho'g'i. Umid cho'g'lari. Yurak cho'g'i. mm Xalq
ko'ksiga cho'g' solib turadigan she'rlar bo'ladi. Gazetadan. Yuragiga san'at cho'g'i tushgan kiz o'z
maqsadi sari intildi. Gazetadan.
CHO'G' II Salmoq, chama. Hosilning cho'g'i yax-shi. Pulning cho'g'i. a [Nonni] Salmoqlab ko'r, cho'g'i
og'irrog'idan ol. G'. G'ulom, Shum bola.
Cho'g'i qochgan Miqdoran kamaygan, ozay-gan. Ikki atrofda paxtasining cho'g'i kochgan dalalar goh
cho'p bo'lib g'o'zapoyasi qolgan, goh paxtasi egatlarga oqib tushgan paykallar bilan almashinadi.
M. Mansurov, Yombi.
CHO'G'LANMA: cho'g'lanma lampa Elektr toki o'tganda, ichki simi (tolasi) qizib, cho'g'lanib, yorqin
nur sochadigan yorug'lik manbai. Dasp`shbki cho'g'lanma lampani 1872 yilda A.N. Lodigin ixtiro
qilgan. «O'zME».
CHO'G'LANMOQ1 Cho'g' holiga kelmoq, cho'q-qa aylanmoq; cho'g'dek qizarmoq. Gulxayrining ko'zlari
cho'g'langan ko'mirdek yashnab, kiprik-lariga tutun shashganday bo'ldi. S. Nurov, Narvon.
[Sultonov] Tinmay, bosib-bosib che-kadi, har tortganida, alamining zo'ridan papirosi
cho'g'lanib, yonib ketgudek bo'lardi. M. Mansurov, Yombi.
2 ko'chma Cho'g'dek yonmoq, yarqiramoq. [Pay-g'omovning] Yashil ko'zlari cho'g'lanib, yuzi qo-rong'ida
gugurt chaqqandek yana ham yal-yal yon-di. S. Nurov, Narvon.
CHO'G'OL 1 Baquvvat, to'ladan kelgan; g'o'-labur. [Bolalarning] Yana bir cho'g'olrog'i «Hop-Mam akam
urushga boryapti, Gitlerni o'ldi-rib keladi», deb boshqalarning gapini bo'lib qo'yadi. I. Rahim,
Chin muhabbat.
2 esk. Baquvvat, kuchli xizmatkor. Xon-ning ra'yi eye chiqarishga to'xtadi.. Barcha shahar va
qishloqlarga sarkorlar, cho'g'ollar tarqatdi. Ular xalqdan soliq yig'ishti-rishga, yordam to'plashga
buyurilgan edi. A. Qo-diriy, Mehrobdan chayon.
34—O'zbek tilining izohli lug'ati
J43^ 530
III
SHAB [f.
kam qo'll. Sutkaning qorong'i qismi; kech, tun, kecha. Uchinchi shab ul sakbachcha kechagi
besaranjomlikni battarroq qildi. A. Qo-diriy, Kichik asarlar.
Bozori shab esk. Ro'za kunlarida kechasi bo'ladigan bozor, tungi bozor. [Shayxanto-hurda]
Bolalar juda ko'p, bozori shabning har burchida tentirab yurishadi. Oybek, Bolalik. Shabi hijron
poet. Ayriliq tuni, ayri-liq kechasi.
SHABADA Yengil, mayin shamol. Subhi-dam shabadasi. Oqshom shabadasi. Bahor sha-badasi. tsh Tong
chog'i, havo ochiq, oftob hali chiqmagan. Lekin yulduzlar ko'rinmaydi, yoqimli shabada esmoqda. S.
Ayniy, Doxunda. Bir oz-dan keyin Amudaryo tomonidan esgan salqin shabada bo'g'iq havoni
tarqatib yubordi. J. Sharipov, Xorazm.
Ko'kragiga shabada tegmoq ayn. ko'kragiga shamol tegmoq q. shamol. Yuragi sog'odamlarni
ko'rsangiz, ko'kragingizga shabada tegsa, but-kul tuzalib ketsangiz ajab emas. A. Qahdor,
Ming bir jon.
SHABADALAMOQ 1 Toza, sof havoda bo'lmoq, toza havodan nafas olib yurmoq. -Birpas shabadalang,
raykom bolam, — dedi chol. Oybek, O.v. shabadalar.
2 ayn. shamollamoq 1. Nega qo'zg'aldingiz, to'ram? Shabad&shbqolmang, yana. I. Sulton, Burgutning
parvozi.
SHABADALATMOQ 1 Shabadalamoq 2 fl. ort. n. Chaqaloqni shabadalatib qo'ima.
2 Shamol (shabada) bilan g'uborini ket-kazmoq; shamollamoq. Xonalarni tez-tez shabadalatib
turish kerak. shsh Xirmonga to'¬kilgan paxtani qabul qilish, yoyib shaba-dalatish, qoplash va
jo'natish — ancha ma-shaqqatli ish. I. Rahim, Kuz lavhalari.
SHABBODA poet. ayn, shabada. Shabbo-dalar tarar sochingni. Ko'zgu tutar suvlar yuzingga. Manman
degan barno yigitlar Bosh uradi bosgan izingga. Uyg'un. Va shabboda qur-g'ur ilk sahar Olib
ketdi gulning totini. H. Olimjon. Yuzlarimga mayiyushk bilan Xush shabbodang urildi salqin. X.
Saloh.
SHABGARD [f. jjl^i. - tunda ayla-nuvchi, tungi qorovul; tungi o'g'ri] esk. map. Tungi qorovul;
mirshab. Bandilarning teva-ragini yalang'och qilich ko'targan shabgardlar o'rab olgan. S. Ayniy,
Qullar. Rastaning o'rtasida devordagi qoziqqa osilgan qora fonus xira yonmoqda, chiroq
ostidagi gulxan oldida.. shabgard [mirshab odami] yotardi. S. Ayniy, Doxunda.
SHABDOR [f. j > ¦ l.] Yo'ng'ichqaning bir turi.
SHABISTON [f. J7, -kechki yotoq-xona; qop-qorong'i kecha, qorong'ilik] 1 esk.kt. Kechki yotoqxona;
ichki haram doirasi.
2 ko'chma poet. Qorong'ilik, zulmat hukm-ron bo'lgan joy; tun. Shabistonda xayol sur-sam, Sen
osmonimda yulduzsan. Na yulduzsan, oy gulyuz, Shabistonimda kunduzsan. T. Qah-hor, Oq o'rik.
Sham'i shabiston Qorong'ilikni, mas-kanni yorituvchi nur, ravshan chiroq. Uchmagay so'ngra Muqiym
sham'i shabistonim mening. Muqimiy.
SHABIXUN [f. jj~ 1: * — tungi xujum, tungi talon-toroj]: shabixun urmoq 1) bi-ror tomonga
qarab yugurmoq, chopmoq; juf¬
531
takni rostlamoq. Oxiri, chol-kampir mas-lahatlashib.. bir kechadayoq shabixun urib, uzoq bir
qishloqqa g'oyib bo'ldik. G'ayratiy, Sababi tiriklik; 2) esk. kechasi qo'qqisdan hujum qilmoq,
bildirmay bostirib kir-moq. Yulduzlarga shabixun urgan Qahramonga qurarlar qasr. U.
Ismoilov, Saylanma.
SHABKO'R [f. — tunda ko'rmay-
digan] Kechasi, qorong'i tushganda ko'rol-maydigan. Shabko'r odam. mm [Uzoq vaqt\ Ov-qat yemaslik
natijasida kishining boshi aylanadi.. ko'zlari xiralashadi, hatto shab-ko'r bo'lib qoladi.
Gazetadan.
SHABKO'RLIK Qorong'ilikda ko'z ko'-rish qobiliyatining yomonlashuvi; shom va tunda yaxshi ko'rmaslik.
Yosh mol sut yoki yem-xashak orqali «A» vitamini olmasa.. [unda\ shabko'rlik alomatlari ro'y
beradi. Gazetadan.
SHABLON I [nem. Schablone — andoza, namuna] 1 tex. Biror narsaning qolipi; andoza. Shablon
yasamoq. sht Chigit seyalka-larini sozlash uchun.. yaratilgan «PS-56» shabloni respublika sanoati
tomonidan bir necha yuz dona ishlab chiqarildi. Gazetadan.
2 ko'chma Chaynalgan, siyqasi chiqqan narsaga ko'r-ko'rona ergashish, shunday yo'l; quruq safsata.
Yozuvchilarni xalqning boy, jonli tilidan foydalanib, ijod axllari-ni shablondan qochib,
ijodiy izlanish va intilishga chaqiradi. A. Aliev, Julqunboy sabog'i. Qisqasi, shablon yo'qligi
Oybek ti-lining asosiy xususiyatidir. «O'TA».
SHABLON II sft. Ko'r-ko'rona taqlid qilishga asoslangan; bir qolipdagi, siy-qasi chiqqan,
chaynalgan. Notiqning shablon nutqiga xos tipik elementlarni topish.. uchun, ta'sirdan
tashqari, o'ziga xos talant hssh bo'lishi kerak. «O'TA».
SHABLONLASHMOQ Shablonga ay-lanmoq, siyqalashmoq. Shablonlashgan usul. Shablonlashgan ibora. mm
Navoiyona yozilgan Niyoziy asarlari maqsadsiz taqlidchilik, shablonlashgan shaklbozlik yuzaga
keltirgan g'azallardan iborat bo'lmay.. real hayot, voqe-likning shakli, talabi bilan bunyod
etshgan badiiy asarlardir. «O'TA».
SHABLONCHILIK Ish yoki harakatda ko'r-ko'rona taqlid qilish, siyqasi chiqqan usulni qo'llash.
Shablonchilikka qarshi ku-rashmoq.
SHABNAM [f. - shudring < vJi -tun + — ho'l, nam; suv] Bahorda, yozda kechasi haroratning
pasayishi tufayli mayda tomchilar tarzida yerga inadigan havo-dagi, atmosferadagi bug',
namlik; havodan ingan musaffo tomchi; shudring. -Quduqlar-da suv kamayib qolganda, qo'ylarga
tong shab-nami qo'ngan giyox shimitib ham olib yurdim, — dedi Chatoqbobo. S. Nurov, Durdona.
Er-talabki shabnam quyosh issig'ida darhol ko'-tarilganday, xafalik ham Oyqiz dilidan darhol
ko'tarilib ketdi. SH. Rashidov, Bo'-ropdan kuchli. Otam ekkan chigitlar Bir-day tekis unadi,
Shabnam emgan g'o'zalar Hyp qo'ynida kuladi. 3. Diyor.
SHABNAMLANMOQ Shabnam bilan qoplanmoq, yuziga shabnam tushmoq. Yoqut ko'zli oltin uzuk bilan
porlasa Kelinchakning xinalangan nozik barmog'i, Chanqoq-chanqoq termulishlar — birinchi bo'sa
Shabnamlansa sebarganing toza yaprog'i. G'. G'ulom.
SHABNAMLI Shabnam tushgan; shabnam qo'ngan, shabnam bilan qoplangan. Bir ba-horning shabnamli
tongi edi, Yaproq yig'loq kipriklarday namlangan. A. Umariy.
SHABNAMSIZ Shabnam tushmagan; shab-nam qo'g'shagan. Shabnamsiz tong. Shabnamsiz quruq maysalar.
SHABOXANG [f. ^l^i] (SH - katta) astr. Katta It burjidagi eng yirik yorug' yulduz; Sirius.
SHABPARAK [f. S^JL - tunda uchuv-chi] esk. kt. ayn. ko'rshapalak. Kunduzdan so'ra-dim: -
Muxolifing kim? Dediki: Shabparak, boyo'g'li, bo'ri. M. Shayxzoda.
SHABRANG [f. - tun rangidagi]
esk. Qora rangdagi, qora.
SHABRON ayn. shevro. Tagcharm, xirom, shabron, sshirkoilarning qay xilidan so'rasan-giz,
topiladi. «Mushtum». ..egnida yangi beqa-sam to'n, oyog'ida shabron etik, hayajoni yuziga qalqqan.
J. Abdullaxonov, Toshqin.
SHAB-RUZ, shabu ro'z [f. chayu kunduz] kt. kam qo'll. Kecha-kunduz, ke-cha va kunduz, kun-tun.
Chalpak birla osh ta-shib, o'tsa shabu ro'zlari. Hamza.
SHABCHIROQ [shab + chiroq] 1 Qorong'i-likda nur sochib turadigan afsonaviy tosh; chaqnab
turadigan, rangdor, yarqirama tosh.
2 ayn. shamchiroq. Qosh-qovoq orasi to'rt yil saqlangan Umid shabchirog'i porladi g'oyat. G'. G'ulom.
SHABCHOR [f. ^ < ^ - tun + d-^j^-" o'tlamoq] q.x. Chorva mollarini tupda o'tlatish.
SHAVAQI shv. Shovqin-suron ko'taruv-chi, baqiroq; shang'i. Shavaqi odam.
SHAVVOL \a. Jlj^i — uncha katta, ko'p bo'lmagan] Qamariya yil hisobining 29 kun-dan iborat
o'ninchi oyi. Islom dini talabi-ga ko'ra, xudoning bandasi bir oy ro'za tut-gach, ramazon
oyidan so'nggi shavvol oyining uch kuni ro'za hayiti qilishi.. lozim. Gazetadan.
SHAVKAT [a. sAj_i — tikan; tig'; kuch, qudrat, quvvat] 1 El-xalq ichida qozonil-gan katta
obro', hurmat; shon-shuhrat, dov-ruq. Qizini yer-ko'kka ishonmagan onasi.. bu qizni katta shavkat
va dabdaba bilan uza-tishni orzu qilardi. Oybek, Tanlangan asar-lar. Shavkati olamga ketib,
Birovlarga qam-chi chopib.. «Oysuluv». Qaydan keldi bu shav-kat, o'zg'irlik, peshqadamlik.
Mirtemir.
2 Salobat, viqor; savlat. Saroyning o'r-taligida.. adras ko'rpachalar to'shalgan shiy-pon
ostida.. shavkat bilan paryostiqqa suyanib, karvonboshi o'tirmoqda edi. S. Ayniy, Qullar.
3 Dabdaba, tantana, hashamat. Bazm bu-tun shavkati, butun an'ana va odati.. bi-lan davom
etadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
4 Shavkat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
SHAVKATLI 1 Katta xurmat va obro'ga ega bo'lgan; dong taratgan; shonli, shuhrat-li. Mening
shavkatli kunlarim o'tdi, endi tunlarim yaqinlashmoqda.. Mirmuhsin, Me'-mor.
2 Dabdabali, hashamatli. Shavkap'sh qasr.
SHAVLA \f. pishiriladigan bo'tqasimon ovqat. Shavla pishirmoq. Shavlani yemoq. Ar-zimaydi g'alvasi,
kuydiradi shavlasi. Maqol. mm Bir qo'lida laganda shavla, bir qo'lida choynak ko'tarib kirib
kelayotgan Gulchehra eriga g'alati qarab qo'ydi. S. Zunnunova, Go'-dak hidi.
Qulog'ining tagida shavla qaynatmoq
Shapaloq bilan urmoq, tarsaki solmoq. Qo'shni zveno boshlig'iga o'g'lingizni tutib bersam, qulog'i
tagida shavla qaynatib qo'yardi. H. Nazir, So'nmas chaqmog'ugar.
SHAVQ [a. jj-i — his-tuyg'u, ehtiros; kuchli orzu, havas, istak] 1 kt. Kuchli ha-vas, intilish;
qiziqish, ishtiyoq. Bu g'azal-da.. yosh yigitning hissi, shavqi, nash'asi yangradi. Oybek, Navoiy.
Bu til-adabiyot muallimi ta'lim va tarbiya ishini sevar, yuragida tobora kuchaygan bir shavq
bilan maktabda ishlar edi. Oybek, Hyp qidirib.
2 Shunday intilish, qiziqish tufayli yuzaga kelgan ko'tarinki ru\iy qolat; zavq. Shavqqa to'lib
kuylamoq. mm [Guli:] G'azal-kim, so'zlagay ishqdin, safodin. G'azaldin bu kabi shavq olmagan
kim?U\\tui va I. Sulton, Alisher Navoiy. Garmonchi ham shavqidan be-ixtiyor o'rtaga tushib, o'yin
ayni doli-guli-ga kelganda, maydon gumburlab ketdi. Oybek, Quyosh qoraymas.
SHAVQLANMOQ Biror narsaga g'oyat mamnunlik hissi bilan berilmoq, ruhiy ko'tarinkilik bilan
qiziqmoq; zavkdanmoq. Shavqlanib kuylamoq. mm Nodirjon Nabi-jonovich yosh do'stining ichdan
to'lqinlanib borayotganidan shavqlandi. J. Abdullaxonov, Oriyat. Kaftlarish bir-biriga urib,
shavq-lanib, o'rtog'ini maqtadi Komila. Oybek, O.v. shabadalar.
SHAVQLI 1 Biror narsaga g'oyat beri-lib yoki qiziqib ketadigan; serzavq. Shavqli odam.
2 Kishiga shavq-zavq, ruhiy ko'tarin-kilik, shodlik, rohat baxsh etadigan; jo'sh-qin; jozibali,
zavqli. Yashil uvatlarda zavqli qo'shiklar, Shavqli hangamalar bo'lar ko'p shinam. G'. G'ulom. Uning
nazarida, bundan suyumliroq, bundan ham zavq va shavqliroq ish yo'q edi dunyoda. N. Fozilov,
Diydor.
SHAVQSIZ 1 Biror narsaga yurakdan berilib, qiziqib ketmaydigan; biror nar-sadan zavqiana
olmaydigan; loqayd. Shavq-siz odam.
2 Kishiga shavq-zavq, huzur bag'ishla-maydigan; zavqsiz. Shavqsiz musiqa. Shavqsiz hikoya.
SHAVXAR [f. — er] esk. Xotinning eri; er, rafiq. Inchunin o'shal xotinning.. shavhari
javobgardir. I. Akram, Adolat.
SHAGREN` \fr. chagrin - f. < t.
sag'ri] 1 Qo'y, echki, ot terilaridan tayyor-langan, g'adir-budur yumshoq teri. Shagren-dan
tikilgan mahsi.
2 maxs. Muqovaga ishlatiladigan qog'oz yoki kolenkor.
SHADDOD [a. jli^, - kuchli, qudratli; juda yomon (og'ir); qiyin; zolim, qahrli| 1 O'z xohishi,
hukmini o'tkazadigan; shafqat-siz, zolim. Bolalar baxtining yulduzlariga Zaharlar sochmoqchi
qaysi jallodlar? Dunyo-
533 dgh^
ning ravshanlik — kunduzlariga Zulmat quy-moqchimi bebosh shaddodlar? M. Shayxzoda. Ibrohim
aka, gapingiz to'g'riku-ya, lekin Isfandiyor to'rani shaddod deyishadi. J. Sharipov, Xorazm.
2 O'z fikrini o'tkazishga tirishadigan; o'jar, cho'rtkesar; o'z fikrini qat'iylik bi-lan, dadil
aytadigan, tortinmas (asosan ayollar haqida). Shaddod, gapini birovga ber-maydigan,
erkakshoda Asrora zvenoga boshlik bo'ldi. S. Ahmad, Ufq. Maynaning uddabu-ronligi.. [Ivan
Vasilichni] hayratda qol-dirdi: «Shaddod qiz. Olamga tatiydi». SH. Toshmatov, Erk qushi.
SHADDODLIK Shaddod shaxsga xos xislat, xatti-harakat. -Bunga men javob beraman, — dedi u
[Lobarxon] shaddodlik bilan. I. Rahim, Zangori kema kapitani. Tojixonni, shaddodligiga
qaramay, Mash-rabjon yonida qizlarga xos iffat chulg'ab olardi. Mirmuhsin, Yugurdak.
SHAJARA \a. »j-y it, — daraxt; daraxt shaklida tuzilgan sxema| Ma'lum bir urug' avlodlarining
kelib chiqishi va o'zaro qarindoshlik darajasini izchillik bilan ko'rsatuvchi ro'yxat, tarix;
silsila. Somo-niylar shajarasining so'nggi butog'i bo'lgan podsho Nuh binn Mansur kasalmand
odam edi. M. Osim, Kitobga ixlos. Shajaramiz bor. Unda barcha ajdodlarimizning tarixi yozil-
gan. A. Hakimov, Ilon izidan.
SHAY I Tayyor holga keltirilgan; tay-yor, taxt. Hamma narsa shay. Doim shay bo'lib turmoq.
Qurolni shay qilib qo'ymoq. mm Klubda stollar yasatib bo'lingan. O'tirishni boshlashga hamma narsa
shay. M. Xayrullaev, Ko'ngil. Asbob-uskuna shay bo'lsa, material-lar taxt bo'lsa, kalavachi pand
yemaydi. M. Jo'ra, Quyoshdan nur emganlar.
SHAI II \a. ^(j-ii narsa. buyum; nima-dir] kam qo'll. Narsa, predmet. U\Raxmon-ali] hikoya
qiladi: «Muhabbat bir balo shaydir, giriftor bo'lmagan bilmas». N. Sa-farov, Katta karvon
yo'lda.
SHAIBA \nem. Scheibe - lappak; gardish; disk] 1 tex. Gayka yoki vint kallagi ostiga
qo'yiladigan, yassi halqa ko'rinishidagi detal`. Uning orqasidan gayka, shayba.. yana allaqanday
ehtiyot qismlar chiqib kelaver-di. «Mushtum».
2 sprt. Xokkey o'yinida qo'llanadigan, qattiq qora rezinadan tayyorlanadigan yas¬si disk.
Darvozaga shayba kiritmoq. Shayba-ni urmoq. Shaybani to'sib qolmoq.
SHAYDO \f. Iju*ii — sevgidan devona bo'lgan, hadtsan tashqari giriftor, maftun] 1 Biror
kimsani g'oyat darajada sevib qol-gan, maftun bo'lgan, uning uchun hamma nar-sadan kechishga
tayyor; jo'shqin oshiq. Shay-do bo'lmoq. Shaydo qilmoq. mm -Parvo qil-ma. Omon-eson Toshkent
boraylik, birovning suki tushmaganidan topib beraman. Ko'rib-sanki, u ham shaydo, sen ham.
Meni duo ki-laverasanlar, —dedi Sunnat. Shuhrat, Shi-nelli yillar. -Shaydolaringiz ikkita
bo'-lib qolibdimi ? — dedi yana kimdir. Yana kulgi ko'tarildi. M. Qoriev, Oydin kechalar. Gul
yuzi uni [G'ulomjonni] shaydo qilgan o'sha damda, xirmonda Hayotning Madaminxo'ja qizi ekanligini
bilibmidi? M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 Biror narsaga g'oyat darajada qiziqa-digan, ashaddiy ishqivoz. Futbol shaydosi. Musiqa
shaydosi. San'at shaydosi. mm Akasi-ning har qanday yangilik shaydosi ekanligi xususida gapira
ketdi. «O'zbekiston qo'riq-lari».
SHAYDOYI \f. ^IA^ - telbalarcha oshiqiik] 1 ayn. shaydo. Bir ko'rishdayoq u qizga shaydoyi bo'ldi.
Xokkey shaydoyilari.
2 Biror kimsani g'oyat darajada sevish yoki biror narsaga nihoyatda berilish tu-fayli akl-hushini
yo'qotgan; majnunnamo, devona. O'zingiz ham biror qizni shaydoyi bo'lib sevganmisiz? Shukrullo,
Javohirlar sandig'i.
SHAYDOYILIK Shaydo ekanlik, shaydo bo'lishlik; shaydolik, maftunlik.
SHAYDOLIK Shaydo ekanlik, shaydo holat. Menshg shaydoligim bu nozparvar dil-rabodandir.
Xabibiy. Shaydoligimni, dilbar, inkor qilmasang-chi. Sho'xiy. Bilaman bahor-ning erka shamolin,
Sevaman tuprokning uy-g'onish chog'in, Bo'salar faslini, yorning ja-molin.. Hay-hay, shaydoligim
tutmasin ta-g'in!M. Shayxzoda.
SHAYIN \a. — nuqson, kam-ko'st] Ikki uchiga tarozi pallalari osib qo'yi-ladigan, unda
tortiladigan narsa og'irli-gini aniklash uchun xizmat qiladigan te-mir yoki yog'och moslama.
Xolmat akaning qorasi ko'rindi. U yelkasida tarozining shayinimi, langarmi, nimalarnidir
ko'tarib, xirmon to-mon jadal kelmoqda. I. Rahim, Kuz lavha¬
534
lari. Tarozibon bo'lmagan vaqtlarda shayin boshiga o'tib, yuk tortish ham [Hoshimning] qo'lidan
keladi. S. Ayniy, Esdaliklar.
SHAYKA [r. shayka < turk. saika — kazaklarning katta qayig'i] Bosqinchilik, yovuzlik qilish
niyatida til biriktirib ish ko'radigan kishilar to'dasi. Jinoyatchilar shaykasi. mm Qo'rqmas,
g'ayratli militsiya rahbari turli shaykalarga dahshat soldi. Gazetadan.
SHAYLAMOQ Tayyor holatga keltir-moq, tayyor qilib qo'ymoq, taxt qilmoq. Ot-aravalarni
shaylamoq. mm Traktorimni shaylab qo'yganman. Qator oralarida qo'shiq aytib shilamasam, armondan
chiqmayman. F. Nurullaev, Bo'z yitit. Odamlarni mexani-zatorlik kurslarida o'qityapmiz..
texnikani ko'klamga shaylayapmiz. Gazetadan. Xalqni.. kurashga shaylash kerak. Oybek, O.v.
shabadalar.
O'zini shaylamoq Biror ish-harakatni boshlashga tayyor bo'lib turmoq. Sizlar ham belni mahkam
boylanglar, o'zlaringni shay-langlar. «Ravshan».
SHAITANAT [a. U, l, - shaytonlik, iblislik; yaramas, shaytoniy qilikdar] 1 din. Shaytonlar;
shaytonlar makoni.
2 ko'chma Makkorlar, firibgarlar to'-dasi, razillar majmui. Bu maqsad yo'lida butun odamlar
Shaytanat taxtini yerga qildi jo. G'. G'ulom.
3 Makkorlik, firibgarlik, shaytonlik. Anvar o'zini tabrik qiluvchi ulamo va ash-raflar yuzidan
ochiq ravishda riyo, shaytanat va tama o'qir, kambag'allardan sodda sami-miyat ko'rar edi. A.
Qodiriy, Mehrobdan chayon.
SHAYTON I [a. CJ\ S. .7. - iblis; jin, ajina] 1 din. Odamlarni din yo'lidan oz-diruvchi,
ularni gunohga, jinoyatga, razo-latga boshlovchi yovuz ruh yoki yovuz ruhlar-ningboshlig'i; iblis.
Ey ulug' shoh, buyo'ldan qayt, shayton vasvasasiga uchma, keyin pu-shaymon bo'lib yurma.. «Oltin
beshik». Boyni ham shayton yo'ldan urgan. K. Yashin, Hamza. Ibodat qilmaslik umuman gunoh emas,
lekin ibodat qilmagan kishi, shaytonning gapiga kirib qilmagani uchun, gunoh hisoblanadi. A.
Qahhor, Qabrdan tovush. -Obbo, qizitaloq. Shaytonning domlasi ekan-a! Zakunchilarning ko'pi
shunaqa bo'ladi, — dedi Tantiboyvachcha papirosji tortib. Oybek, Tanlangan asar-lar.
2 ko'chma Ayyor, quv odam; addamchi. Anavi magazinchi bor-ku. O'lgudek shayton.. R. Fay-ziy,
Cho'lga bahor keldi.
3 ko'chma Sho'x, o'ynoqi. Qiz bola shayton bo'ladi-da, tavba, bo'y-basti cho'zilib, poem-dan ham,
suqsurdek qiz bo'libdi. SH. Toshma-tov, Erk qushi. -Ha, shayton qiz, — dedi O'rinboy, — shu yerda
ham qo'ymaysan-a? Oy-din, Kelin o'g'il tug'ibdi. Bizning Avazga o'x-shagan bitta shaytonrog'i
«Iigirma ol-tinchisi otilmasin!» deb qiyqiradi. S. Siyo-yev, Yorug'lik.
Noumid — shayton Inson doim umid, yaxshi niyat bilan yashashini, umidsizlan-maslikni qayd etuvchi,
shunga da'vat etuv-chi ibora. Diydor ko'rishamiz, noumid — shay-ton! I. Rahim, Chin muhabbat. -
Qo'ying, no-umid — shayton, — Oyshabonu eriga taskin bergan bo'ldi. H. G'ulom, Mash'al. Shayton
arava s.t. esk. ayn. velosiped. Yirtiq-yamoq kiyim bilan o'sgan o'g'illari shayton aravada
o'tib, atrof mahalla bolalarining ko'zlari-ni o'ynatdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Shayton
yig'isi Yolg'ondakam, yo'liga bo'la-digan yig'i. Ozgina «shayton yig'isi» qil-maguningcha, ish
o'nglanmaydi. A. Qodiriy, Uloqtsa. U buni «uzatiladigan qizlarning shayton yig'isi» deb
tushundi. Oybek, Tan-langan asarlar. Shaytonga hay bermoq Bi-ron xatti-harakatdan o'zini
tiymoq, o'zini bosmoq. [Hayitjon.] Aybmas, xo'p andisha qilgin, shaytonga hay bergin, bu
kunlar ham o'tar. Hamza, Paranji sirlari. Bir to'po-lon chiqazib, obro'sini uch pul qilay
dedim-u, yana shaytonga hay berdim. «Mushtum». Shay-toni zo'r (yoki kuchli) Sho'xligi («shayton-
ligi») tez va kuchli qo'zg'aladigan, shunday xususiyatli. Yana kim bilsin, bu qizlarni! Ularning
shaytoni zo'r bo'ladi, deyishadi. I. Rahim, Chin muhabbat. Shaytoni qo'zimoq «Shaytoni» qo'zg'amoq,
jini tutmoq. \Xoli-da\ Qo'l cho'zsa yetguday joyda bekinib yotgan akasi bilan Munavvarni
ko'rmadi. Munav-varning shaytoni qo'zib: -Etagidan tort!, — dedi Yo'ldoshga. S. Anorboev, Mehr.
SHAYTON II [a. r\ .-¦] s.t. Duradgor-lik va binokorlik ishlarida: sathning tekisligini
aniklash uchun ishlatiladigan asbob; vaterpas. Gorizont tekisligini shay-ton yordami bilan
bilish mumkin. «Astro-nomiya». Taxtaning biruchini qoziqqa qadab, ikkinchi uchini ungur tomonga
qaratib, shay¬
535 dg^
ton bilan tekislanadi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
SHAYTONBACHCHA [shayton + bach(ch)a] so'k. Shaytonning bolasi, kichkina shayton. -Uh, bir falokatdan
qutuldim, hay, shay-tonbachcha, kecha bergan puling qancha edi? — dedi Hoji bobo Shum bolaga. F.
G'ulom, Shum bola.
SHAYTONIY \a. ,J,U^ .i — shaytonga xos, oid] Ayyor, firibgarlarga xos. [Hasan-ali] Otabekni
yechintirar ekan, rizosiz bir ohangda dedi: -O'g'lim, sizga shu shaytoniy ish-ning nima zarurati
bor? A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
SHAYTONKOVUSH 1 Erta bahorda o'sib chiqadigan ko'p yillik boshoqli o't.
2 Shunday o'tdan kavush taxlitida to'qib yasaladigan bolalar o'yinchog'i.
SHAYTONKOSA Ituzumlar oilasiga mansub ikki yillik zaharli o't, mintdevo-naning bir turi,
qora mingdevona.
SHAYTONLAMOQ 1 Tutqanoq tutmoq, tutqanog'i tutib qolmoq. Bola shaytonlab qoldi. mm Uyimizda
bir bechora bemor bor, shaytonlab yotibdi, taksir, borib dam solib keling, shoyad,
nafasingizdan shifo topsa. Oy-bek, Tanlangan asarlar.
2 ko'chma Tutqanoq tutgandagiga o'xshash harakatga tushmoq, o'zini u yoq-bu yoqqa tash-lamoq;
o'ynoqilamoq. Shaytonlamay to'g'ri tur. mm Goho-goho molxonada shaytonlab, sha-taloq otishga
intilayotgan buzoqni urish-gan Rahmon otaning ovozi kelib turadi. I. Qalandarov, Shohidamas,
bargida.
SHAYTONLIK 1 ayn. iblislik.
2 Shaytonga xos xatti-harakat, ish, qi-liq (q. shayton 2); ayyorlik. Direktor mulo-yimgina
yurgan yigitdan shuncha shaytonlik kelganidan ajablandi. Shuxrat, Jannat qi-dirganlar. Lekin
kelinoyilari.. bu holni hiyla va shaytonlik ekanini yaxshi anglasa-lar ham, hovliqma, lakma-
yengil Lutfiniso bunga chindan ishonar.. ko'z yoshi qilar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
SHAITONTERI s.t. Qalin, pishiq ip gazlama. Chidaganga chiqargan deysizmi, burga chit deysizmi,
rohatbadan deysizmi.. shay-tonteri deysizmi.. kep qoling, xaridor! G'. G'ulom, Shum bola.
Mashinani moilaganda yoki texnik nazoratlar paytida shaytonteridan tikilgan fartuk yoki xalat
kiyshi foydali. Gazetadan.
SHAYX [a. — qariya, keksa; urug', qa-bila boshlig'i; diniy rahbar; olim, murab-biy] Islom dini
tarqalgan mamlakatlar-da, avvalo, bilimdon kishilarga, so'ngra ulamo va faqixdarga berilgan
nom; keyin-chalik muqaddas joylarning mutasaddilari ham shayx deb yuritilgan. Mirkarim..
darrov o'z qiyofasini o'zgartirib oldi: boshiga kat-ta salla o'radi, egniga kimxob to'n kiydi va
vaktincha avliyo shayxga aylandi. P. Tursun, O'qituvchi. Amirlar, shayxlar, ulamolar ken-gashib..
katta qo'shin bilan borishga fatvo berildi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab. Shu kuni otasining
mozoriga borib, sham yoqdi, qabristondagi shayxlarga nazr berdi Malak. Mirmuhsin, Yo'qolgan
javohir.
SHAYXLIK Shayx maqomi, lavozimi. -Shayxlik muborak, — dedi Nodirov, Bobo-mirzaga hazil qilib.
I. Rahim, Taqtsir. Mir-karim To'qsonov.. Shohimardonga qochdi —ama-kisining u yerda shayxlik
qilishini bilar edi. P. Tursun, O'qituvchi.
SHAYXULISLOM [a. ^z^L!^ - is-lom dini shayxi; diniy qonunlarni sharh-lovchi] din. Musulmon
ruhoniylari bosh-lig'ining unvoni, oliy diniy unvon hamda shu unvonga ega kishi, bosh ruhoniy.
Husayn Boykaro.. shayxulislomdan shariashga doir bir masalani so'radi. Oybek, Navoiy.
Shaixulis-lom Isomiddin hazratlari ham shaxzoda yoni-dagi chodirlardan birida. Mirmuhsin,
Me'-mor.
SHAK I [a. AJJ - shubha; ishonchsizlik, ishonmaslik] Shubha, gumon. -Menbilmadim, — dedi [usta\
nihoyat, — shak yo'q, og'ir gap. O. Yoqubov. Larza. Bu andishaning haqligida shak yo'q, Anvar! A.
Qodiriy, Mehrobdan chayon. Mening Karimovdan juda shakim bor, bu odam bizga yaxshilik
sog'inmaydigan ko'ri-nadi. H. Shams. Dushman.
Shak keltirmoq Shubha bilan qaramoq; ishonmaslik. Ilohiy qudratga shak keltir-moq. mm -
Shariatga shak keltirgan bu ab-lahni zindonga solmoq zarur, — dedi [qozi-kalon] katta
sallasini silkitib. J. Sha-ripov, Xorazm. Muqaddas avliyolar ishiga shak keltirish — ulug'
gunoh. N. Safarov, Olov-li izlar.
SHAK II [a. jLi] Ramazon (ro'za) oyi ki-rishidan oldingi kun; ro'za arafasi. Shak kuni. mm Bir
yoqdan ro'za oyi ham yurakka g'ulg'ula solib yaqinlashmoqda edi. Pashmak
536
Maxdum, so'fi, yana bir necha obro'li odamlarni chaqirib, ularni shak kuni palov bilan siylab,
ro'za kuni ularga og'iz ochtirish.. kerak! M. Osim, Tilsiz guvoh.
SHAKAR [f. jl^i < qad. hind. sakkhara — shag'al, qum; qand uni] 1 Lavlagi yoki sha-karqamish
o'simligidan sanoat yo'li bilan olinadigan oq-sarg'ish rangli qumsimon shirinlik. Shakar
sepilgan qatlama. Shi-rin so'z shakardan shirin. Maqol. mm Holva yasamoqqa shakar kerakdir.
Bezak ishlamoqqa zargar kerakdir. YO. Mirzo.
2 ko'chma Shirin, mazali, totli. Shakar qovun.
3 ko'chma Kishiga yoqadigan, yoqimli. Tili shakar qiz. mm Topolmayin yurur yorning o'zi-ni, To'tiyo
qiladi shakar so'zini. «Shirin bilan Shakar».
4 Shakar (xotin-qizlar ismi).
Til uchida shakar bermoq 1) tilidan so'r-dirmoq. Ketma, yorim, ketma, jonim bera-yin, Tilimni
(ng) uchida shakar berayin. «Qo'-shiqlar»; 2) salb. shirin so'z bilan iydir-moq; tilyog'lamalik
qilib avramoq, aldamoq. Sohib qori, o'z ta'biri bilan aytganda, ilonga ham tilining uchida
shakar beradi-gan kishi. I. Rahim, Chin muhabbat. Tiling-ga shakar Yaxshi, yoqimli so'z (ran)
eshitgan-da aytiladigan ibora. Shakar qop Mayin kanop matodan tikilgan kichikroq qop, lincha.
[Qudratning] Boshida mog'or, eski do'ppi, oldida shakar qopdan tikilgan far-tuk.. badani
qo'lidagi temirday mustah-kam. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Shakari og'zingizda Savdo
munosabatida: sotuvchining mol bahosini aytib, xaridorga xitoban «so'rang, sizga qancha bo'lsa
bo'ladi» mazmu-nida aytadigan iborasi.
SHAKARAK I \f. ?JSJU] Qovun turla-ridan biri.
SHAKARAK II [f.? JJL] O'SIMLIK biti; shira.
SHAKARANGUR \f. J^JL - shakar-day shirin uzum] Uzumning po'sti yupqa, nimrang, karsillaydigan
shirin navi. Ovqatni yeb bo'lishgach, bir barkashda kar-sillagan shakarangur, echkemar va shaftoli
chiqdi. Oybek, Ulug' yo'l. ..kampir tayyorla-gan dasturxon yoniga o'tirib, husayni, kar-
sillaydigan shakarangurdan cho'qiladi. Mir-muhsin, Umid.
SHAKARGUFTOR [f. jLu^jLi, - shi-rinso'z] kt. kam qo'll. Gapi-so'zi yoqimli; tili shirin,
shirinso'z. Sadoqat birla har mehnat uchun tayyorlardansiz, Bshshmdonu shi-rin so'zli
shakarguftorlardansiz. Habibiy.
SHAKARGUFTORLIK Ko'ngil ochadi-gan, shirin suhbat, gurung. Shakarguftor-lik qilmoq. mm
Xushchaqchaqlik, odamshavan-dalik, shakarguftorlik, sog'lom hazil kishi-ni yashartiradi. Gazetadan.
SHAKARLAMOQ Shakar aralashtirmoq, shakar sepmoq; shakar bilan qorishtirmoq. Qulupnayni
shakarlamoq. Varaqi somsani shakarlamoq. Limonni kesib, shakarlab qo'y-moq.
SHAKARLI 1 Tarkibida shakar bo'lgan. Shakarli moddalar. Shakarli o'simliklar.
2 Shakar qo'shilgan, shakar sepilgan. Shakarli choy.
SHAKARNAY \f. ^J<^L\ ayn. shakarqa-mish.
SHAKAROB \f. - shirin, sha-
karli suv] shv. Achchiq-chuchuk. Shakarobga tuz sepmoq. mm -Kelin, pomidor olib chiqing, bekor
o'tirmay, shakarob qila turaman, — dedi usta. T. Alimov, Odamsiz uylar. Sadbarxon bo'lsa,
shakarobga piyoz to'g'rayot-gan edi. S. Zunnunova, Go'dak hidi.
Shakarob soya Daraxt barglari oralab tushgan parcha-parcha soya. Tollardan to'kil-gan shakarob soya
Durra ham bo'lolmas uylar tomiga. H. Sharipov. Shakarob qilib suv sepmoq Chelakdagi suvni qo'l
bilan sachra-tib sepmoq. Jikkakkina samovarchi, kechki choyxo'rlarni kutib olish uchun, paqirdagi
suvni ayaganday, chimdim-chimdim shakarob qilib, so'rilar yoniga sepmoqda. A. Muxtor, Opa-
singillar.
SHAKARPAZ \f. - — shakar, shi-rinlik pishiruvchi| Pashmak, holva, oba-ki, novvot kabi milliy
shirinliklar pi-shiruvchi mutaxassis; qandolatchi. -Bobomu-rod shakarpaz — qo'li gul odam.
Joiing jan-natda bo'lgur, bultur qazo qildi, — pochcha qo'l ochib, shakarpazning arvohiga fotiha
o'qidi. S. Anorboev, Mehr.
SHAKARPAZLIK 1 Shakarpaz ishi, kasbi. Shakarpazlikda bobomning oldiga tushadigani bo'lmagan
ekan. Gazetadan.
2 Pashmak, novvot kabi mahalliy shi-rinliklar tayyorlanadigan bino, sex. Men shakarpazlikda
ishlayman.
SHAKARPALAK [f. + a. <^ii - pa-lagi shirin] Sirti serto'r, o'zi seret o'r-tapishar qovun navi.
Mahmud yaqindagi po-lizdan bitta shakarpalak uzib chiqib, yerga qo'ydi-da, Shirmonxonning yetib
kelishini kutib turdi. S. Zunnunova, Olov. Shakar-palak qovunlar, zilol bodringlar kuyosh
nuri-ning, tuproqning ajoyib ne`matlari emas-mi/E. Oxunova, Quyosh — oshpaz.
SHAKARPOYA \f. - poyasi um-
pire, shirin poyali! Shaqarqamish o'simli-gining poyasi; shakarqamish.
SHAKARQAMISH Qand (shakar)modda-li, o'tsimon ko'p yillik o'simliklar tur-kumi.
SHAKKOK \a. dlLi. - shubha bilan qa-raydigan, ishonmaydigan! 1 Har narsaga shubha, ishonchsizlik
bilan qaraydigan, ishonmay, ikkilanib turadigan odam. Mav-sumda 250—300 tonna paxta terib,
shak-kokning ko'ziga ko'rsatgan qahramonlar bit-ta-ikkita emas. Gazetadan.
2 Diniy aqidalarga shubha bilan -raydigan, shak keltiradigan kishi. Hoy musulmonlar!.. Bu qa
shakkok.. bedin bolshevoy-larni dumaga saylab, islomni oyogosti qi-lishdi. K. Yashin, Hamza.
SHAKKOKLIK Shakkok ishi, xatti-harakati; shak keltirish. -Sizni shakkoklik-da ayblash uchun
[beklarda] hech asos bormi? — so'radi Navoiy kulib Sultonmuroddan. Oybek, Navoiy.
Shakkoklik qilmoq Shak keltirmoq (q. shak I). Bosh tortuvchilar chiqib qolgudek bo'lsa.. dini
islom ishiga shakkoklik qshgan imonsiz sifatida boshini tanasidan judo qilasiz. N. Safarov,
Navro'z.
SHAKL [a. JS-i — ko'rinish, rasm; tarz, usul] 1 Narsaning tashqi ko'rinishi, sirt-qi qiyofasi,
ifodasi. Uchburchak shaklidagi jism. Ayiq shaklidagi qoya. Shaklini o'zgar-tirmoq. Biror shaklga
kiritmoq. mm Deraza oynalariga turli shaklda qiyiq qogozlar yopishtirshgan. Oybek, Quyosh
qoraymas. Do'-kondor ularga qalin kitob shaklida bir nimani tutqazdi. Oybek, Tanlangan
yo'sini; usul. Sen bilan ikkimiz ikki shaklda o'ylaymiz.
shsh Paxta frontidagi ijodiy mehnat xilma-xil shakllar kasb etyapti. H. G'ulom, Ishonch. ..adabiy
aloqa-larimiz yangi-yangi shakllar bilan boyidi. Gazetadan asar-lar.
2 mat. Ma'lum ko'rinish, qolipdagi narsa, figura. Geometrik shakllar.
3 fiz. Jismning holati, ko'rinishi. Muz suvning qattiq shaklidir.
4 Mazmunning ifoda tomoni, tashqi ko'rinishi, ifodalanishi. Bu ajoyib asar-obidada ming-
minglab o'zbek oilalarining jasorati umumlashma shaklida ifodalangan. Gazetadan. Yangi davr
qo'shiqlari an'anaviy shakllar.. tasvir vositalarisiz tug'ilishi hamda yoyilishi mumkin emas edi,
albatta. «O'TA».
5 ko'chma Biror narsani amalga oshirish
.
SHAKLAN \a. yS^i, — shakliga, tashqi ko'rinishiga ko'ra] Voqe bo'lish, amalga oshish yoki ifodalanish
usuliga, shakliga ko'ra. Chindan ham istiora shaklan eng siqiq formadagi o'xshatishni eslatadi.
«UTA».
SHAKLANMOQ esk. Shubha bilan qa-ramoq; shubhalanmoq. U bu holdan shaklan-di. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
SHAKLDOR [a. + f. ji p<.t, - shaklga ega] 1 ayn. shaklli.
2 Murakkab shaklga ega bo'lgan; jim-jimador, serhasham. Shakldor naqsh. Shakl-dor peshtoq.
SHAKLIY [a. *¦ - shaklga doir) Muayyan shaklga ega bo'lgan, aniq bir shaklli; shaklan.
SHAKLIK din. Shak kuni marhumlar-ning arvohlariga bag'ishlab ayollar uchun o'tkaziladigan kichik
ma'raka. Cholning yos-tig'i tagidan topilgan pul uni ko'mib ke-lishgagina yetdi. Hali bu yoqda
uchi, yettisi, yigirmasi, fotihaxonligi, shakligi, if-torligi, ikki hayiti.. va hokazolar
bor. M. Osim. Tilsiz guvoh.
SHAKLLANMOQ 1 Ma'lum bir shakl-ga kirmoq, shakl, tus olmoq. Tandirda yog'-liq xamir assha
vijirlab bo'rtib, chekich o'rinlari darhol shakllandi. H. G'ulom, Tosh-kentliklar.
2 Yuzaga kelmoq, yaralmoq. Bolada did yillar davomida shakllanadi, rivojlanadi. mm Bu
yerdagi.. odamlarning qiyofasi o'zgardi, yangi ijtimoiy munosabatlar shakllanayap-ti. Gazetadan.
Sharif Rizaev matbuotda ishlay boshlagan davrlarda jurnalistika-ning ayrim janrlari hali
shakllanmagan edi. X. Yodgorov, Hayot to'lqinlari.
538
SHAKLLI Muayyan shaklga, ko'rinishga ega bo'lgan. Unsin tumorcha shaklli hovliga namat yozib,
kursida o'tirib, mahsi tikadi. Oybek, Tanlangan asarlar. Qirqma shaxmat usulida ishlash uchun..
tekis va to'g'ri shakl-li.. uchastkalar ajratilsin! Gazetadan.
SHAKL-SHAMOYIL [shakl + shamo-yil] Tashqi ko'rinish; qiyofa, vajohat. Shakl-shamoyili devni
hurkitadigan.. bir maxluqni shonli bir kunning armug'oni qilib belgshashga kaminangizning u
qadar ko'ngli bo'lmaydi. K. Aliev, Qo'lansa hadya. Bizgacha yetib kelgan bu yodgorliklarning
ko'pchiligi hozirda ham shakl-shamoyilini, husnu chi-royini qariyb saqlab, tomoshabinlarni
hayajonga solib kelmoqda. Gazetadan.
SHAKSIZ Muqarrar ravishda; aniq, shubhasiz. -Har kim kelsa, bundan shod bo'lib ketar, Sil
bo'lsa, o'pkasin yarasi bitar, Qari kelib ko'rsa, shaksiz yosh etar, Yosh yigshpdek davron surgali
keldim. Ergash Jumanbulbul o'g'li.
SHAL [a. J-Li / — falaj; falajla-nish; shol kasali] ayn. shol II.
SHALABBO Suvda ivib ketgan, jiqqa ho'l; shilta. [Suvonjon bilan Oysuluv] O'z-larini panaga
olguncha bo'lmay, shiltayu shalabbo bo'lishdi. S. Anorboev, Oqsoy. Ust-boshi shalabbo, sovqotgan
ikki do'st sekin-sekin qirg'oq tomon siljishdi. A. Ko'chimov, Halqa. Yomg'irda shalabbo bo'lgan
dehqon bo-lalari sakrab, o'yinga tushishardi, Mirmuh-sin, Sozanda.
SHALAIIM Niqoyatda kuch-madori ket-ganholatli; majolsiz; shalviragan. Nonvoy yerga tushganidan
keyin shalayim bo'lib, o'r-nidan turolmay qoldi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari.
[Nizomjon] Ikkitiz-zasida darmon qolmay, og'ir kaltaklardan shalayim bo'lib yiqilib, o'rnidan
turganga o'xshardi. S. Ahmad, Ufq.
SHALVAYMOQ Kuch-madorsiz, holsiz holatga tushmoq; bo'shashmoq, shalviramoq. Qudrat pochtadan
negadir shalvayib kela-yotgan edi. H. Nazir, So'nmas chaqmokdar. Shaftoliqoqidek burushib, eski
mahsidek shalvayib qolibmiz-u, bizga kim qo'yipti, bolam. A. Muxtor, Opa-singillar.
SHALVAR [f. jl j_Li — ishton, shim] s.t. Cholvor. Pochasi bo'g'iq, ko'k satin shalvari ozoda va
o'ziga yarashgan. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar.
SHALVILLAMOQ ayn. shalviramoq.
Ana xolos! ..muovinim hech narsadan xabarsiz, shalvshlab yuravergan ekan-da/ «Mushtum».
SHALVIRAGAN 1 Shalviramoq fl. sfdsh. Yostiqdoshining iyagini tang'idi-da, shalvirab qolgan ikki
qo'lini yoniga cho'zib qo'yib, oyoqlarini bir-biriga jipslashtirdi. M. Osim, Tilsiz guvoh.
2 Ishni yaxshi uddalamaydigan; bo'shash-gan, uddasiz. Men bu shalviragan osiyolikni ishga qabul
qilib, o'z martabamga futur yet-kazaymi.. YO. Xaimov, M. Rahmon, Hayot-ma-mot.
SHALVIRAMOQ 1 Osilib turmoq, bo'-shashib, solqi bo'lib qolmoq. Cholning.. ko'z-lari qa'riga
tortgan, qovoqlari shalvirab osilib tushgan edi. 3. Fatxullin, So'nmas yulduz. [Mashinadan]
Tushib qaradim. -Ballon lattadek shalvirab qolibdi, — dedi Botir. O'. Hoshimov, Cho'l havosi.
Butun yuzi qu-loqlarigacha ko'karib, qo'llari yoniga shalvi-rab tushgan Pismiq o'lim tusiga kirib
bor-di. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 ko'chma Majolsizlanmoq, bo'shashmoq, lanj bo'lmoq. Issiqdan shalvirab ketayap-man. shsh U, qorong'i
kechada, yot ellarda yo'ldan adashib, qayoqqa borishini bilmay, umid-sizlikka tushgan kishiday
shalviradi. A. Qax,-hor, Sarob. Mirsalim turgan yerida shalvi-rab qola berdi. Uning
qimirlashga madori yo'q edi. Shuxrat, Oltin zanglamas.
3 ko'chma Lapashanglik qilmoq; sustkash-lik qilmoq, imillamoq, bo'shashmoq. -Ba-rakalla, hali ham
shalvirab yuribsanmi? — dedi ta'na qilib Toshpo'lat O'tbosarga. G'ay-ratiy, Epchil kuyov.
SHALDIRAMA 1 Egilganda, bukilgan-da shaldiraydigan; yangi. Shoir bir taxta shaldirama qog'oz
olib, ochiq, qalin kitob ustiga qo'ydi. Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy. O'rtada pul
xirmonday uyilgan. Oqpodshoning surati tushgan nuqul shal-dirama qog'ozlar-a.. Qarasam,
ko'zimdan olov chiqib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Shaldirab oqadigan. Tikka tog' duch kelsa o'tib, shaldirama soy to'g'ri kelganda kechib.. o'z
suruvini salobatli sarkardaday vazminlik bilan ergashtirib ketaveradi-gan bu ko'k serka..
o'zgarib qolgan edi. S. Anorboev, Oqsoy.
SHALDIRAMOQ 1 Bir-biriga yoki ba'zi narsalarga urilib, shaldir-shuldur
539 ya'^
ovoz chiqarmoq. Bolaning qo'ynidan yong'oqlar shaldirab yerga to'kildi. mm To'yxona bekasi
shaldirab turgan yengilgina bir hovuch mar-jonni uning qo'liga tutqizdi. M. Xayrul-laev, Tilla
marjon. Qamishlar shaldiray-di. Qayoqdandir gumburlagan ovoz eshitildi. J. Abdullaxonov,
Xonadon.
2 To'siklarga urilib yoki pastga shiddat bilan quyilib, shaldir-shuldur ovoz chi-qarmoq. Daryo
ulkan, unda suvlar shaldirab oqar. Ariq ixcham, uning suvi shildirab oqar. S. Karomatov,
Oltin qum.
SHALDIROQ 1 ayn. shaldirama. Asrlar guvohi — qo'lyozma ichra O'tmish hodisalar sirli, bepoyon.
Shaldiroq va sarg'ish qog'ozlar uzra Kezar nigohlaring, qadaagan mujgon. X. Rasul. Shaldiroq
qog'ozgamas, ko'k yaproqlarga Ko'z yoshlariday to'kar shoir she'rini. S. Akbariy. Unga kun, tun
barobar, Jar-qirg'oq, ota uyi. Unga naydek tuyilar Suvning shaldiroq kuyi. Q. Muhammadiy.
2 Bir-biriga urilganda, narsalarga te-ginganda shaldiraydigan; shaldir-shaldir ovozli.
Shaldiroq kishanlar hukmiga achin-may berarsan yoshliging. SH. Rahmon, Yurak qirralari.
SHALDIR-SHULDUR 1 Narsalarning bir-biriga urilishi, suvning oqishida chiqadigan tovushni
bildiradi. Shaldir-shuldur suv oqar, Qo'shig'i menga yoqar. SH. Sa'-dulla. Shunday kunlarda kechga
yaqin shahar-ning mop ko'chalaridan biriga shaldir-shuldur qilib uch arava kirib keldi.
Mirmuhsin, Me'mor.
2 ko'chma Sir sakdamaydigan, bor gapni to'kib soladigan; dali-g'uli. Shaldir-shuldur yigit. mm
Tojimat aka.. ko'nglida kiri yo'q, shaldir-shuldur odam edi. S. Anorboev, Oq-soy. Haqiqatan
ham bu shaldir-shuldur keksa kishi hormas-tolmasligi bilan barchaga ib-rat ko'rsata boshladi. J.
Abdullaxonov, To'fon. Gaping to'g'ri, qizim. Sen bir qop yon-g'oqday shaldir-shuldur eding, opang
ham sho'x, qaqildoqqina edi. Oybek, Tanlangan asar-lar.
SHALDIR-SHULDURLIK Shaldir-shuldur shaxsga xos xislat, xatti-harakat. U [Hamro Rahimov]
shaldir-shuldurligi bilan Mohidilga ma'qul tushdi. J. Abdullaxonov, To'fon.
SHALLAQI Sharm-hayoni bilmaydigan, bo'lar-bo'lmasga janjal ko'taradigan, jan-jalkash. Hanifaxon..
shallaqi saynananing zahriga bardosh berdi. SH. Toshmatov, Erk qushi. Men sizni o'g'il bola deb
yursam, shallaqi xotindan ham battar ekansiz. S. Anorboev, Oqsoy.
SHALLAQILARCHA Shallaqilarga xos, shallaqilarga o'xshab. Xadichaxon hovlini bo-shiga ko'tarib,
shallaqilarcha soniga sha-patilab, baqira boshladi. N. Fozilov, Oqim.
SHALLAQILIK Shallaqi shaxsga xos xususiyat, xatti-harakat, o'zini shallaqilar kabi tutish. Pyotr
Kuz`mich, janjalning oxirida shallaqilik yo'liga o'tgani uchun, Shavkatiyning ta'zirini berib
qo'ymoqchi bo'lgan edi. 3. Fatxullin, So'nmas yulduz.
SHLLOLA [a. 4-1}1d — shovva, sharshara] 1 Suvning yuqoridan tik pastlikka shiddat bilan quyilib
tushadigan joyi; shunday otilib tushayotgan suv; shovva. Yuqoridan jar-lik tubiga otiluvchi
shalola sherday o'kira-di. H. G'ulom, Toshkentliklar.
2 shv. Daryo, jilg'a suvlarining toshlarga urilib, shovullab oqadigan joyi. Bog', qo'r-g'onlar
orqada qolgach, Oqsoy bo'yiga chiqila-di. Kuloqni bitiruvchi shalola boshlanadi. S. Anorboev,
Oqsoy.
3 tex. Bir daryo oqimida joylashgan va suv sarfi bo'yicha o'zaro bog'liq bir necha
gidroelektrostantsiyadan biri. Beshinchi sha-lolani Abdusamat aka o'z kolxozchilari bilan
qurmoqda. Y. Shamsharov, Toshqin.
SHALOP taql. s. Katta va og'ir narsa-ning suvga, loyga to'satdan tushishidan ho-sil bo'ladigan
tovushni bildiradi.
Shalop etmoq «Shalop» degan tovush chiqarmoq. Po'lat kuch bshshn qarmoqni ko'-targan edi, nimadir
og'ir sezilib, so'ngra shalop etib, suvga tushib ketdi. SH. Rashi-dov, Qudratli to'lqin.
SHALOPLAMOQ «Shalop-shalop» etg'an ovoz chiqarmoq. Suvning shaloplagan ovozi eshitshgdi. tsh Suv
qirg'oqqa shaloplab uri-lib, osilib qolgan novdalarni tortqilab oqmoqda. S. Ahmad, Ufq.
Bir-biriga tuta-shib ketgan kichkina, tiniq ko'lchalar ko'rin-di. Suv shaloplar.. S. Siyoev,
Avaz.
SHALOQ cm. 1 Qismlari eskirib, bo'-shashib, futurdan ketgan; buzuq. Shaloq ara-va. Shaloq
mashina. mm Chiroqni topdi, uni yoqib, kichkina shaloq xontaxta ustiga qo'y-di. Oybek, Ulug' yo'l.
540
Shalog'i chiqqan aim. shaloq 1. Shalog'i chikkan etik. mm -Redaktor shalog'i chiqib ketgan eski
«Moskvich»ini beradigan, men kallayi saharlab Jarquduqqa jo'naydigan bo'ldim, — dedi Uchqun.
O. Yoqubov, Bir fel`e-ton qissasi.
2 ko'chma Holdan toygan, charchagan; ezil-gan. A'zoyi badanim go'yo birov kaltaklab tashlagandek
shalok. «Mushtum».
3 Axloqi buzuq, bezori. Shaloq odam. Shaloq xotin. mm -Xafa bo'lmang, singlim, — yupatdi
mudira. — Unaqa shaloq erning boridan yo'g'i! S. Anorboev, Mehr.
4 Axloq doirasidan tashqari; axloqsiz, uyatli, buzuq. Boqi aka eng shaloq so'zlar bi-lan
so'kingancha, Haydarga tashlandi. A. Ko'-chimov, Halqa. Bir to'da odamlar bir dasta aktsiyani
changallaganlaricha, u yoq-bu yoqqa chopishar.. bir-birlarini shalok gaplar bilan so'kishar,
ovozlari bo'g'ilguncha baqirishardi. YO. Xaimov, M. Rahmonov, Hayot-mamot. Ubola-ligidan boshlab
shaloq yurishlar haqida ko'p eshitgan.. P. Qodirov, Uch ildiz.
Og'zi shaloq Uyatli, behayo iboralarni tilga oladigan; tap tortmay so'kinavera-digan. Uning
og'zi shunaqa shaloq, bodi kirib, shodi chiqaveradi. O. Husanov, Toshga suv sepsang. Og'zini
shaloq qilmoq Shaloq so'z-larni aytmoq, uyat, behayo so'zlar bilan so'kinmoq. Lekin narigisi
kassadan kelgan-dan beri og'zini shaloq qilib so'kingani-so'kingan. A. Muxtor, Tug'ilish.
SHALOQLIK 1 Futurdan ketganlik, shaloqholatga egalik (q. shaloq 1). Aravaning shaloqligi.
2 Shaloq shaxsga xos xususiyat, xatti-harakat. -Men bir necha yil avval ota kas-bimning
hadeganda jo'niga tushib ololmay, anchagina shaloqliklar ham qilganman, — dedi domla. G'.
G'ulom, Shum bola.
SHALP taql. s. 1 Yumshoq, ho'l narsa-ning yerga yoki boshqa narsaga urilishidan hosil bo'ladigan
tovushni bildiradi. To'p uchib ketib, pisillaganicha dami chiqdi-da, yerga shalp etib tushdi. H.
Nazir, Bir tup g'o'za. Molxona tomining tarnovidan katta qor parchasi erib, shalp etib yerga
tushdi. H. Nu'mon, Fasllar.
2 ayn. shalop. Tosh shalp etib suvga tushdi.
SHALPAYMOQ1 Issiqyoki qattiqso-vuqta'sirida tarangligini, «tirik» hola-tini yo'qotmoq;
so'limoq (o'simlik haqida).
Kun issiq, daraxtlarning barglari ham shal-payib qolgan. Gazetadan.
2 ko'chma Holsizlanib bo'shashmoq, ma-jolsiz, harakatsiz holatda bo'lmoq. Erta-labki gimnastika
shalpayish va qotib qol-ganlikni yo'qotadi. Gazetadan. Tursang-chi, muncha shalpayasan. H. Shams,
Dushman.
3 ko'chma Hafsalasi pir bo'lmoq, bo'-shashmoq; xomush bo'lib qolmoq. U\rais\ min-bardan shalpayib
tushdi, boya o'tirgan qato-rigaemas, orqaroqqa, panaroqqa boribo'tirdi. «Mushtum».
4 Uddasiz, xatti-harakatsiz bo'lmoq; shalviramoq. ..bechora-yey, anavi bola muncha ammamning
buzog'iday shalpaygan ekan.. E. Raimov, Ajab qishloq.
SHALPANG Shalpaygan, osilib tushgan (quloqhaqida). «Oqtoy».. shalpang quloqlari xachirnikiday
uzun.. ohanjamasi zo'r edi. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar. Afrika fillarining kulog'i ham
katta, shalpang bo'lib osilib turadi. H. Hasanov, Ekvatordan o'tganda.
SHALPANGQULOQ Qulog'i shalpaygan; qulog'i beso'naqay katta. Shalpangquloq it. mm Elmurod.. yangi
kursantlar qabul qilar ekan, kamgo'sht, qirg'iyburun, shalpangquloq.. bir jangchi kelib, uning
qarshisida to'xta-di. Shuhrat, Shinelli yillar.
SHALTOQ 1 Siydik aralash go'ng, bal-chiq. Molxona shaltog'i. mm Ozg'in, qornidagi shaltog'i kotib
yotgan eshakka qaragan edi.. «Yoshlik».
2 Shunday narsa va loy kabilar bilan ifloslangan; iflos, isqirt. Bola tangani shaltoq qo'lida
mahkam qisganicha, ko'chani changitib.. arava orqasidan chopadi. Gazeta-dan. Mashina o'tganda,
devorlar loy, suv sach-rayverib, shaltoq bo'lib ketgan. E. Usmonov, Yolqin.
3 ko'chma Umuman, iflos, yaramas narsa, gap-so'z va sh.k. Ustma-ust yog'shayotgan shal-tok qancha
jirkanch bo'lsa ham, G'ulomjon o'zini bosdi.. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Birovning shaltog'iga
botib, juvonmarg bo'-lib ketmasam, deb qo'rqaman. S. Ahmad, Hukm.
Shaltoq otmoq Birovni ayblovchi, gu-noxkor qiluvchi, yomog'iyuvchi gap-so'z qilmoq. Sening,
ayniqsa, raisimiz Obid ketmonga shaltoq otmoq uchun payt qidirganingni ham bilaman. A.
Qodiriy, Obid ketmon. Siz bu-larga qo'y, moy keltirasiz. Bular bo'lsa, ke¬
541
tingizdan shaltoq otadi. P. Tursun, O'qi-tuvchi.
4 ko'chma Ozodalikka rioya qilmaydigan, iflos ish tutadigan; ivirsiq, isqirt. Bir shaltoqning
ishini yigirma epchil eplay ol-mas. Maqol. mm Usha chinoqboyni direktor qilib bo'larmishmi..
avval o'zini eplab olsin, yoqasining kirini ko'rganmisan ? Xotini ham o'lguday shaltoq.
Mirmuhsin, Ko'rinmas halqa.
SHALTOQXONA q.x. Shaltoq oqizib qo'yiladigan, shaltoq yig'iladigan joy; chu-qurlik.
SHALHAK 1 Go'shtdan yoki yog'dan ajra-tish qiyin bo'lgan yupqa parda. Go'sht shal-hagini ajratmoq.
2 Sifati past, oriq, yog'siz go'sht. Erta-gi dumba moydan bugungi shalhak yaxshi. Maqol.
SHAM [a. ^«1 — mum; sham; chiroq] 1 To'ng'adigan yoki quyukdashtan yog'dan o'rtasi-ga pilik qo'yib
yasalgan tayoqchasimon chiroq. Sham qoldig'i. Shamni yoqmoq. mm Qumri tok-chadagi shamni o'chirdi. Uy
qorong'ilandi. A. Kr-diriy, Mehrobdan chayon. Tanish koshonaning behisob shamlar zo'rg'a yoritgan
mop va uzun yo'laklari kimsasiz edi. O. Yoqubov, Ko'hna dunyo.
Sham puli din. Go'ristonga borib, qab-ristonda yoqiladigan shamlar uchun va xiz-mat haqi
sifatida go'rkov, shayx va sh.k. larga beriladigan pul, sadaqa. Yormat bilan Gulsumbibi
Gulnorning qabriga borishdi. Olib kelingan osh-nonni va sham pulini go'rkovga topshirib..
qaytishdi.. Oybek, Tanlangan asarlar. Shamday qotmoq 1) o'ta sovqotmoq, to'ng'moq, muzlamoq.
Masterskoy bitguncha, ochlikdan tirishib, sovuqda shamday qota-diganga o'xshaymiz. A. Muhiddin,
Hadya; 2) qo'r-quv yoki boshqa narsa ta'sirida qimirla-may qolmoq. Sohib qorining hozirgi
chim-chilashi bir ozdan keyingi katta kaltakning shabadasi edi. Shuning uchun Xolida bisot
sandig'i oldida shamdek qotib qoldi. I. Ra-him, Chin muhabbat. Shami so'nmoq (yoki o'ch-moq)
O'zidan oldin qo'llangan so'z bildir-gan narsaning nihryasiga yetganini, tugaga-nini bildiradi.
Hamid Olimjonning hayot shami kutilmagan bir paytda so'ndi. N. Sa-farov, Olovli izlar.
Umiding shami o'chib, yo'llarda tolding. G'ayratiy.
2 esk. fiz. Yorug'lik kuchining o'lchov bir-ligi. Kuchi yuz sham bo'lgan lampochka.
SHAMAI Damlab ichilgan choyning idish tagida cho'kib qolgan qismi. Choynakka shama to'lib qolibdi.
mm -Samovarchilik o'lgudek mayda ish. Suv olibkel, o'tin yo'r, og'iz-burning kulga to'lib puflab,
cho'p tiqib tur, piyola art, shamani to'k.. — dedu samovarchi. SH. Ri-zo, Qor yog'di, izlar
bosildi. Rixsi bir qo'-jiuda shamasiban suv silqib yotgan choynakni ushlaganicha, titrabypmada
mypapdu. S. Zun-nunova, Gulxan.
SHAMA II Biror narsaga ishora tarzi-dagi so'z, ran; zamirida biror ma'no bo'la-digan ran. Bu
shamalarni O'lmasoy ce3uduMu-ce3MauduMU, bilish qiyin, ammo Abbukarim aslo fahmlamaydi. R.
Raxmonov, Baxt bilan uchrashuv. Yigit shamani tushundi. Yuziga sezilar-sezilmas qizil yugurbi.
M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi.
Shama qilmoq Shama tarzidagi (tag maz-munli) ran aytmoq. OeKamdan keyin sekin shama qilib
ko'rgan ebim, «Ha 3Hdu, ot bilan tuya bo'larbimi», debqoldi. T. Alimov, Jonim xiqildog'imga
keldi. Yo'ldosh avvaliga bepar-vogina tingladi. Keyin diqkat qilsa, Mur-zin nimagadir shama
qilyapti. Shuhrat, Shi-nelli yillar.
SHAMALOQ G'uj-g'uj yoki to'p-to'p. Da-raxtlar tepasida bolalar shamaloq. Oybek, O.v. shabadalar.
Hozir choyxonada odam shama-loq bo'lsa kerak. SH. G'ulomov, Yorqin ufqlar. Ikki tomonida paxta
demaganingiz shama-loq bo'lib ochilib yotibdi. E. Raimov, Ajab qishloq.
SHAMALOQDAY, -dek ayn. shamaloq. Farhod tog'ining tagida Sirdaryoning har ikki yoqasida
shamaloqdek odam. Oydin, Shi-rin keldi. -Qizimning quvonganicha bor, ham-ma yoq shamaloqday
qurt. Xuddi sadafday tovlanib yotibdi-ya — dedi o'ziga-o'zi ishon-magan Sharofat xola. G'ayratiy,
Latofat.
SHAMAN q. shomon.
SHAMGARLIK etn. Kechayu kunduz, tun-lari ham sham yoqib ishlash. Bozor chaqqon bo'-lib qolgan
kezlarda ustakor shamgarlik e'-lon qiladi. Bunday paytlarda kosib kun-tun uxlamasdan
ishlashga majbur. I. Karimov, At-las jilvasi.
SHAMGIN: yuzi shamgin ayn. yuzi shuvut q. shuvut. Jo'rabek bir yutiniboldi-da, boshi-ni ko'tarib,
shamgin yuz bilan gap boshladi. S. Ahmad, Oydin kechalar. Uning jatiga kol-xoz katta-kichiklari
oldida Xolmirzaning
^ 542
yuzi shamgin bo'lib qoldi. H. Nazir, O'tlar tu-tashganda. Qarigan chog'imda yuzimni shamgin
qilding, yerga qaratding. K. Yashin, Hamza.
SHAMDON [a. + f. (jl.na.i, - sham idi-shi] Sham o'rnatib qo'yiladigan, metall, sopol, marmar va
sh.k. dan qilingan mosla-ma. Katta shamdondagi shamlarni o'chira boshladi. mm Tilla shamdondagi
pal-pal yonib turgan sham bilan o'ynashib turganday bo'-lib, uxlabdi. «Ertaklar».
SHAMIYON Omoch bo'yinturug'ining ik-ki chekkasiga ikkitadan o'rnatilgan, ho'-kizlar bo'ynida turishi
uchun xizmat qila-digan to'rtta qoziq. Yomon ho'kiz shamiyon sin-dirar. Maqol.
Shamiyon qaytarmoq esk. Bo'ysunmay o'jar-lik qilmoq. Qultoy Alpomishni ko'rib.. ju-da shamiyon
qaytarib, do'qlab, Alpomishga qa-rab bir so'z aytib turgan ekan. «Alpomish».
SHAMLI 1 Shami bor; sham o'rnatilgan. Shamli quti.
2 fiz. Ma'lum sham kuchiga, yorug'ligiga teng. Yuz shamli lampochka. mm To'y ko'pay-gandan beri
Yolg'izjonning bosh qashyaashga qo'-li shegmay qoldi. To'yxonalarga, hovlilarga sim tortib, besh yuz
shamli lampochkalar o'rnatib berish uning ishi. R. Rahmon, Mexr ko'zda.
SHAMOYIL [a. J^U^ - fazilatlar, yaxshi xislatlar, afzalliklar] kam qo'll. Ko'rinish, surat;
tuzilish, shakl Sumbati shamoyilini er yigitdek qilib, Aktabo'zni minib, Hasanning izidan
tushib ketdi. «Bo'-tako'z». Archa tagida gul bargiday qaltirab turgan Gulnozning shaklu
shamoyili pajmur-da tusga kirib.. T. Sulaymon, Intizor.
SHAMOL [a. JI p ,t, < J j»,7, — shimoliy shamol, sovuq shamol] Havoning yer sathi bo'ylab
(gorizontal) harakati. Yoqimli sha-mol. Sovuq shamol. Qattiq shamol turdi. Tuyani shamol uchirsa,
echkini osmonda ko'r. Maqol. Shamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. Maqol. mm Ochiq
derazadan kirgan mayin shamol qizning.. ikki tola sochini bo'yniga, tomog'ining tagiga tegizib
o'ynardi. S. Ahmad, Bosh og'rig'i.
Ko'kragiga shamol tegmoq Tang holatdan qutulib, erkin, yengil sharoitga chiqmoq, erkin nafas
oladigan bo'lmoq. Sharoitlar yaxshilanib, oddiy xalqning ham ko'kragiga shamol tegdi. Shamolga
uchmoq (yoki ketmoq) Behuda ketmoq, sarf bo'lmoq ..ozgina yang¬lishsangiz ham, hamma
qilganlaringiz sha-molga uchadir. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Sultonali.. qilgan
harakatlarining shamol-ga ketganini xotirladi. A. Qodiriy, Meh-robdan chayon. Shamolga qarshi
tupurmoq O'zi-ga zarar, yomon oqibat keltiradigan ishni qilmoq. Bu bola xonning qamchisidan
hayiq-madi.. muttasil shamolga qarshi tupuradi. S. Siyoev, Avaz. Shamolni ravo ko'rmaydi
Nihoyatda ehtiyot qiladi; ardoqlaydi, e'-zozlaydi. Otasi raxmatli, qariganimda ko'r-gan
bolam, deb shamolni ravo ko'rmagan bo-lasiga! «Sharq yulduzi». Qanday (yoki qaysi) shamol
uchirdi? Qanday sabab, nimaning sharofati bilan tashrif buyurdingiz, kel-dingiz? Darvozani
Nuriddinning xotini Halovat ochdi: -E, keling, Nabijon aka, qanday shamol uchirdi? O.
Husanov, Do'stlar. E, qadamlariga hasanot.. qaysi shamol uchir-di?! «Mushtum».
SHAMOLLAMOQ 1 Shamollash kasa-liga duchor bo'lmoq, shamollash tufayli kasal bo'lmoq; shabadalamoq.
Shamollaysiz, Safar aka, o'ranib o'ltiring. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Elmurod kechasi eshikka
ehtivtsiz chiqdi-yu, shamollab qoldi. P. Tur-sun, O'qituvchi.
2 s.t. Toza havodan nafas olib yurmoq. -Ha, yo'l bo'lsin, buvasi? -Sirojvoy bilan bir
shamollab kelaylik. H. G'ulom, Toshkent-liklar. Ancha shamollab va yengillab kirgan vaqtida
mingboshi dasturxon yoniga ag'nab, uchib qolgan edi. Cho'lpon, Kecha va kunduz.
SHAMOLLATMOQ 1 Shamollamoq fl. ort. n. Qumrioy, G'ani otaga ayting, To'lqin-ni olib kelsin,
shamollashib qo'ymasin. H. G'ulom, Mash'al.
2 Biror joyning havosini yangilamoq. Bugun ersharoq qaytdi. Kun bo'yi issiq qa-malib, dimiqib
qolgan xonani shamollatish uchun derazalarni ochib yubordi. J. Abdul-laxonov, Xonadon.
3 Toza havo, shamolda tutib, gard-g'ubor va sh.k. dan xoli qilmoq. Xafa bo'lma, har zamon
kelib, shamollatib turmasam, chirib, irib ketasan. A. Qahxrr, Asarlar. Har kuni.. ro'molni
yechib [boshimizni] ikki soat-ikki soat shamollatib yuramiz. E. Raimov, Ajab qishloq. Bahorda,
issiq kunlarda.. ularni dorga yoyib tashlar, shamollatardi. R. Fay-ziy, Hazrati inson.
543
1PAMOLLASH 1 Shamollamoq fl. har. n. Toza havoda shamollash.
2 Odam organizmiga sovuq tegishi na-tijasida paydo bo'ladigan yengil kasallik; boshqa o'tkir
kasalliklarga sabab bo'ladigan omil. Shamollash va zotiljam kasalining oldini olishda
chaqaloqni chiniqtira borish-ning ahamiyati katta. «Saodat».
SHAMOLLI Shamol bo'lgan, shamol esib turgan. Shamolli kun qichqirma, tovu-shing zoe ketadi.
Maqol.
SHAMOLPARRAK [shamol + parrak] s.t. Ventilyator.
SHAMOLSIZ Shamol bo'lmagan, esma-gan; tinch. Shamolsiz tun.
SHAMPAN s.t. ayn. shampanskiy. Stol-ga shampan vinosi, aroq, pivo, suv terib qo'yilgan edi. S.
Nurov, Narvon. Shampan tiqini paqillab otildi, dasturxonga va-shillab vino oqdi. U. Hoshimov,
Qalbingga quloq sol.
SHAMPANSKIY [fr. Champagne -Frantsiyadagi ayni vino dastlab rasm bo'lgan Shampan` viloyati
nomidan] Karbonat an-gidrid gazi bilan to'yintirilib, germetik idishda qayta achitilgan
uzumdan solingan, ko'piklanib vijillab turadigan vino. Sham-panskiy ichmoq. shtsh Sobirjon
murodi hosil bo'lib, qattiq olqishlar ostida kuyov bilan kelinga bir ryumkadan shampanskiy
tutdi. A. Qahhor, To'y.
SHAMPUN` [ingl. sampoo — boshni yuvish] Turli xil moyli va xushbo'y mod-dalar, maxsus
qo'shimchalardan foydalanib tayyorlangan, keng ko'lamda qo'llanadigan suyuq yoki xamirsimon yuvish
vositasi.
SHAMS [a. a„ p ,ch, - quyosh] 1 kt. ayn. quyosh 1. Bugun koinotda shams — podsho, qamar —
vazirdir. Oybek, Navoiy.
2 Shams (erkaklar ismi).
SHAMSA [a. d... l i, — metalldan ishlan-gan quyosh naqshi] Tarkibida quyosh tasviri bo'lgan gul
yoki naqsh. Uyning oltin rangli «shamsa»si, devorlardagi rango-rang naqshlar hislarni,
zavqlarni qanotlantirar edi. Oybek, Navoiy.
SHAMSIYA I \a. <;,n.,ti - quyoshga, quyosh yiliga oid] 1 Quyoshning yillik harakat sikliga qarab
belgilanadigan, 365 yoki 366 kundan iborat, 22 martdan boshlanadigan yil; quyosh yili (Shamsiya
yili quyidagi oylardan iborat: xug, hamal, savr, javzo, saraton, asad, sunbula, mezon,
aqrab, qavs, jady, dalv).
2 Shamsiya (xotin-qizlar ismi).
SHAMSIYA II [a. <1 —i. - quyoshga oid, aloqador] esk. kt. Quyosh nuridan, yog'in-so-chindan
saqlanish uchun tutiladigan soyabon; zont. Namchil xiyobonlarda shamsiya tutgan oshiqlar ohista
kezar edi. X. Sultonov, Onamning yurti.
SHAMCHIROQ [sham + chiroq] ayn. sham 1. Hammanikida elektr yonsa-yu, siz shamchi-roq yoqib
o'tirsangiz, yaxshimi? I. Rahim, Ixlos. Tokchada xira yonayotgan shamchiroq tashqarida esgan
shamolni sezgandek pir-piradi. A. Muxtor, Opa-singillar.
SHAMSHIR [f. j- i. - a - qilich, tig'] 1 ot, kt. ayn. qilich 1. Said Jalolxon g'ay-ratiga
chidolmay, shamshir sug'urdi va havo-da o'ynatib, askarga farmon berdi. A. Qaxdor, Bashorat.
Otryad ketidan havoda shamshirshsh yarqiratib, temirchi Abdukarim bilan.. Ab-dulla ot choptirib
ketishdi. SH. Toshmatov, Erk qushi.
2 sft. ko'chma O'tkir, yetuk. Hozir sohib-korlar davrasida zehni shamshir, xalq taj-ribasi bilan
mo'`jizakor fanni payvand etgan yoshlar ko'p. R. Musamuhamedov, Ko'chat ek, bog' qil!
SHAMSHOD [f. >1 sh - •:¦] Yog'ochi qattiq, doim yashil, tik o'sadigan janubiy daraxt yoki buta.
Shamshod ko'chati. Shamshod taroq.
Qomati (yoki qaddi) shamshod yoki sham-shod qomat (yoki qad) poet. Qaddi-qomati tik va kelishgan.
Xotin-qiz eliga dardu balo paranji, Shamshod qadlarini qildi duto paranji. G'. G'ulom.
Zuhraning shahlo ko'zlari jiqqa yoshga to'ldi, shamshod qomati tebran-di. A. Muhiddin, Chap
cho'ntak.
SHAMG'ALAT [a. Li;..*.]• ko'zini sham-g'alat qilib Ko'ziga chap berib, ko'rsatmay, bildirmay.
O'zimga bo'nakka tekkan bug'doy-dan 2—3 martaba yarim puddan-yarim puddan ko'tarib, Sattorqul
akamning ko'zini sham-g'alat qilib, shaharga — bozorga tushib sot-dim. G'. G'ulom, Tirilgan
murda. Ba'zida Miryoqub uydagilarning ko'zini shamgalat qilib, Achaobodga jo'nab qolar edi.
Mirmuh-sin, Tungi chaqmokdar.
SHANBA [f. 4, •, sh — haftaning birinchi kuni; Islom dinida juma — ibodat va dam olish kuni
deb qabul qilingach, shanba yangi haftaning boshlanish kuni bo'lib qolgan]
544
Haftaning jumadan keyingi, yakshanbadan oldingi oltanchi kuni. Juma yog'sa, shanba ti-nar; shanba
yog'sa, qachon tinar? Maqol. mm Bu so'lim maskanlarda shanba va yakshanba kunlari sayru sayohat
qilgan hamshaharla-rimiz juda ko'ngilli dam oladi.. Gazetadan.
SHANBALIK Jamoa bo'lib, ommaviy va ixtiyoriy ravishda biror ijtimoiy foy-dali ishni bajarish
(dastlab bunday ish-lar shanba kunlari bajarilgan). Shanbalik o'tkazmoq. mm Shanbalik kuni shu
teraklar-ni, huv ko'chaning narigi tomonidagi chi-norlarni ekishgandi. «O'zbekiston qo'riq-
lari». Shaharni yanada obod va ko'kalamzor qilish maqsadida ommaviy shanbaliklar o't-kazish
an'anaga aylanib qoldi. Gazetadan.
SHANTAJ [fr. chantage] O'z maqsadiga erishish, biron foyda ko'rish uchun qili-nadigan ig'vo, do'q
urish, qo'rqitish kabi yomon niyatdagi xatti-harakat, do'q, po'pisa. Unchalik ketma. Shantaj
deganing nimasi? A. Muxtor, Tug'ilish. Yo'q, bu isyon, shantaj, g'alayon.. R. Bobojon.
SHANTAJCHI Shantaj bilan shug'ul-lanuvchi. Shantajchilarning sharmandasi chiqdi.
SHANG'I 1: shang'i ovoz (yoki tovush) Baland va qo'pol ovoz, tovush. Yo'lning olis-ligini
bildirmaslik uchunmi, Abiljon shang'i ovozi bilan goh qo'shiq aytar, goh hazilomuz gap kotib
borar edi. H. Nazir, O'tlar tu-tashganda. Kimdir shang'i tovush bilan: -Mul-la Asad,
hamqishlog'ingizni chaqirib chiqing, ikkita ashula qilib bersin, — dedi. M. Is-moiliy, Farg'ona
t. o.
2 Shunday tovush bilan gapiradigan; baqiroq. Shang'i xotin. ti Sidiqjonning ko'ziga qabr
singari qop-qorong'i va mop uy, qaynanasi singari o'lgunday badjaxl va shang'i kampir..
ko'rinib ketdi. A. Qahhor, Qo'shchi-nor chiroqlari. Shang'i samovarchi jo'mragi uchiga jez qoplangan
choynakni bir piyola bilan.. do'q etib qo'yib ketdi. Oybek, Tan-langan asarlar.
SHANG'ILLAMOQ 1 Baland ovoz bi-lan, baqirib gapirmoq. Telefonda gaplasha-yotgan rayijrokom
raisi ovozining boricha shang'imar, gapni tushuntirolmay bo'g'ilardi. S. Ahmad, Hukm. Ko'p o'tmay
askiyachilarning shang'illagan ovozi hammaning diqqatini jalbqildi. M. Osim, Sehrli so'z.
2 Qattiq yoqimsiz ovoz chiqarmoq. Qo'n-g'iroq kattik shang'illadi.
Qulog'i shang'illamoq Charchash, toliqish yoki qarilik natijasida qulog'ida shovqin paydo bo'lmoq.
Xiyolning ko'zi tinib, qulog'i shang'sh`shy boshladi. I. Rahim, Taqdir. Uning [Navoiyning] beli
bukchayib, qo'llari qal-tiraydigan, kulog'i shang'illaydigan bo'lib qoldi. M. Osim, Zulmat ichra
nur.
SHANG'IMOQ s.t. Shang'illamoq. U [Hoji xola] bir yoqdan shang'ib, bir yoqdan paypaslanib, To'tiqiz
orqasidan yugurdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
SHAP 1 ayn. shalp. Bir dona olma uzi-lib, shap etib suvga tushdi. tsh Xo'jabekov gardaniga shap
etkazib urdi. S. Anorboev, Oqsoy. Dars vaqti tugay deganda.. kitobni shap etkazib yopdi.
«Mushtum».
2 To'satdan, birdan; qattiq. Mutal uni to'xtatmoqchi bo'lib, etagidan «shap» ush-lagandi..
ko'ylagi yoqasigacha iirtilib ketdi. O. Yoqubov, Larza.
SHAPALOQ 1 Qo'lning besh panja va kaftdan iborat qismi. -Ajab qilaman! — dedi Kumush va
shapalog'i bilan erining yuzi-ga sekingina urib qo'ydi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Zamon u yoq-
bu yoqqa bir jalanglab olgandan keyin, bir shapalog'ini og'zi yoniga tutdi. M. Ismoiliy,
Farg'onat. o.
2 Qo'l, besh panja bilan (betga) uril-gan zarba, tarsaki. Bir shapaloq urmoq. mm Iskandar,
xuddi shapaloq yegan kishidek, turgan yerida bir irg'ib tushdi. M. Osim, Iskandar va Spitamen.
Isfandiyor she'rning oxirini eshitishga chidamadi. Avazning betiga shapaloq tortib yubordi. S.
Siyoev, Avaz.
3 ko'chma Qarshi harakat, zarba.
4 ko'chma Shapaloqqa o'xshash, shapaloq kabi. Baqaterak shapaloq-shapaloq barglari-ni qarsillatib
sado berar.. J. Abdullaxonov, Oriyat. Uning shapaloq gulli qizil ko'ylagi lovullar.. yonib
ko'rinardi. O'. Hoshimov, Bir tomchi shudring.
SHAPALOQGUL Shapaloq bargli, ko'-pincha xonada o'stiriladigan, gulsapsarning bir turi. Mana o'sha
qizg'ish tuvakdagi sha-paloqgul. A. Muxtor, Opa-singillar.
SHAPALOQLAMOQ Shapaloq bilan urmoq, tarsaki tushirmoq. Qosimov qaytib o'rniga o'tirarkan,
tizzasiga shapaloqlab bir urib qo'ydi. H. Nu'mon, Fasllar. [Boy Gul-bahorga:] O'ynash deb, o'z
bolangni o'ldirding-
545 dgu^
mi ? Gapir, shariat urgur! (Shapaloqlab urar, Gulbahor yerga yuztuban yiqilar). Hamza, Boy ila
xizmatchi.
SHAPARAK Yupqa, puchak. Shaparak non. it Taxmonda bir eski yashik. Uning ustida uvada ko'rpa,
toshday qattiq kir, shaparak yostiq. Oybek, Tanlangan asarlar. Bir kuni u maktabdan qaytsa,
onasi shaparakkina ko'rpacha ustida o'tirib, qo'l mashinada ish tikayotgan ekan. U. Hoshimov,
Qalbingga quloq sol.
SHAPATI shv. ayn. shapaloq 1, 2. Amat-jon peshonasiga shapati urdi. S. Siyoev, Avaz. -Sen bilan
ulfatchilik qilgan odamning o'zi ahmoq, — deb «ustodi»ning quloq-chekkasiga shapati tortib
yubormoqchi bo'luvdi, kimdir qo'lidan mahkam ushladi. «Guldasta».
SHAPATILAMOQ Shapati urmoq. Vaq-qos ota.. achinib, peshonasiga shapatiladi. S. Yunusov,
Kutilmagan xazina. Xadichaxon yugurib eshikka chiqib.. shallaqilarcha soniga shapatilab, baqira
boshadi.. N. Fozilov, Diydor.
SHAPILLAMOQ «Shap-shap» etgan ovoz chiqarmoq. Motorlarning guvullashi.. qayii`yurning
shapillashi.. tindi. Gazetadan. Suvning shapillashiga vujudim talpinib, qo'raga kirdim. A.
Muxtor, Davr mening taq-dirimda.
SHAPIR-SHUPUR taql. s. Suvga nar-saning ketma-ket urilishi bilan chiqadi-gan bir-biriga yaqin
tovushni («shapir» va shunga yaqin tovushni) bildiradi. Bola sha-pir-shupur suzib borar, ogziga
eye kirar, so-vuq suyak-suyagiga o'tar edi. A. Muxtor, Tong bilan uchrashuv.
SHAPKA [r. shapka - erkaklar bosh kiyimi] 1 s.t. Peshona tomonida soyaboncha-si — koziryogi
bo'lgan bosh kiyim; furajka, kepka. Saydalim akaningo'g'li gimnaziya degan katta maktabda
o'qiydi. Maktabga ishpka kiyib boradi-ya. Tushundingizmi, shapka! Oy-bek, Tanlangan asarlar.
Normat.. shapka-sining koziryogi va xrom etigining qo'njiga-cha yarqirab turgan kapitanni
ko'rdi. I. Ra-him, Chin muhabbat.
2 ayn. telpak.
3 plgrf. s.t. Bir necha maqola uchun umu-miy bo'lgan sarlavha.
SHAPKALI Shapkasi bor, shapka kiy-gan. Shapkali bola.
SHAPOQ 1 Chiqayotgan yoki botayotgan quyoshga, yorug'likka qaray olmaydigan (ot haqida). Qorajonbek
achchiq qamchi uradi, Shapoqman baravar ketib boradi. «Alpo-mish». Shapoq ot kunga qarayolmay,
changalga oyoq bosolmay, surinib yiqildi. «Go'ro'g'li».
2 Kasallik tufayli ko'zga tushadigan xolsimon oq parda; ko'z kasalligi. Ko'ziga shapoq tushibdi.
SHAPPA Birdan, to'satdan. Asqar pol-von beso'naqay lapanglab, shappa yiqildi. Oybek, Quyosh
qoraymas. Xotin shappa og'-zimni ushladi: -Hoy, sen nima qilmoqchisan? F. G'ulom, Shum bola.
\It\ Nigoraning atrofida gir aylanib o'qrayar, qoziq tish-larini ko'rsatib irillar, shappa
yopishib, uzib olish uchun payt poylar edi. S. Anorboev, Oqsoy.
SHAPPALAMOQ s.t. Shapaloq bilan sekinroq urmoq, shappatilamoq. -Olib kelgan odamlaringiz
savodli chiqib qoldi-ku, — dedi mezbonlardan biri Mirzoning yelkasiga shappalab. A. Qaqxrr,
Mirzo.
SHAPPATI aim. shapati. Buviniso Avazning yuziga shappati urdi. Bola yig'ladi. P. Tursun,
Uqituvchi. U, Ehsonning kafti-ga shappati bilan urib so'rashdi-da, burnini jiiirib, uining u
yoq-bu yog'iga qaradi. A. Qaxdor, Sarob.
SHAPPATILAMOQ aim. shapatilamoq. Shappati urmoq, shappalamoq. -Ovozingni o'chir, badbaxt,
ovozingni! Bolalarning uiqu-sini harom qilding, — dedi [eshon] va El-murodning yuzlariga
shappatilamoqchi bo'lib, past egildi. P. Tursun, O'qituvchi.
SHAPSHAK shv. Axloq-odobni bil-maydigan, adabsiz; qech narsadan tortin-maydigan, uyalmayditan.
Mening boshimga asilzoda erii o'ldirib keldingmi ? A ? Behayo shapshak. SH. Toshmatov, Erk qushi.
[Hojar.] E, o'lim bersin, sen beyuz shapshakka! Hamza, Paranji sirlari.
SHAPSHAKLIK Shapshak ekanlik, shapshakka xos xatti-xarakat. Olim odamning otasiga shapshaklik
yarashmaydi. N. Norqo-bilov, Bekatdagi oq uycha.
SHAP-SHUP taql. s. «Shap» va shunga yaqin tovushni bildiradi. Nari-beri bo'z sallasini boshiga
chulg'ab, sarpoychan kafshi-ni shap-shup bosib, darvozadan ichkariga ki-rib bormoqda bo'lgan Safar
bo'zchini maxdum to'xtatdi. A. Qodiriy, Mexrobdan chayon.
35-O'zbek tilining izohli lug'ati
546
SHAR I [qad. r. shar — bo'yoq va undan qoladigan dumaloq dog'] 1 mat. Fazodagi berilgan nuqta
(markaz)dan muayyan uzoq-likda joylashgan nuqtalarning geometrik o'rni: yarim doiraning o'z
diametri atrofi-da aylanishidan hosil bo'lgan geometrik jism. Sharning sirtini o'lchash. Sharning
radiuslari.
2 Shunday shaklga ega bo'lgan narsa. Ularning shakli ham qiziq: biri tuxumga, biri bil`yard
shariga o'xshaydi, ba'zisi qayroq toshday uzunchoq va silliq. H. Nazir, So'n-mas chaqmoqlar. Ammo
bo'm-bo'sh koridorda to'satdan Zamira duch kelib qoldi. Ko'z ko'zga tushdi-yu, elektr sharlar chaqin
chaqqanday bo'ldi. P. Qodirov, Uch ildiz.
3 Bolalar o'ynashi uchun ichiga havo yoki havoga nisbatan yengil gaz to'ldirilgan, du-maloq
shakldagi rezinka pufak. Shar e'pwi-di. mm Avvalgi bayramlardagidek havoda rang-barang
sharlaruchibyurmayapti. I. Rahim, Chin muhabbat.
Yer shari Yer sayyorasi. Berma erkingni qo'ldan, Yashamoq chog'ing! Yerning sharidir se-ning Mulku
chorbog'ing. Hamza. Havo shari Dumaloq shakldagi aerostat.
SHAR II taql. s. 1 Gazmolning kuch bi-lan yirtilishidan hosil bo'lgan tovushni bildiradi. Surp
shar etib yirtildi.
2 Suyuklikning shiddat bilan oqi-shidan hosil bo'ladigan tovushni bildira-di. U qozonga bir
paqir suvni shar etkazib quyib yubordi.
SHARA-BARA s.t. Turli-tuman narsa-lar, qaqir-ququr. Boshimda bir tog'ora osh, bo'ynimda tasmali
termos, shara-bara solin-gan to'rva. «Mushtum».
SHARAF [a. .—ij-i — izzat, hurmat, faxr; asilzodalik, yuqori martaba; yuksak o'rin] 1
Faxrlanishga arziydigan narsa, yuksak qoniqish hissi; baxt, faxr, iftixor. Shod-lik bilan
tug'ilib, sharafu obro' bilan o't-moq — ineon uchun baxt. Mirmuhsin, Me'-mor. Katta bilim
dargohinjg talabasi bo'-lishdek sharafga muyassar bo'ldim. Gazetadan. Turkiston
musulmonlarining huquqlarini mudofaa eta biladigan to'rt-besh arbobi siyosat yetishsa, bizuchun
sharaf emasmi?Oy-bek, Tanlangan asarlar.
2 Biror ijobiy xislat, xizmat yoki talant tufayli xalq orasida taratilgan dong; shuhrat,
shon. Paxtakor qahramonlar¬ga shon va sharaflar bo'lsin! mm Yuksak oq oltin xirmoni bunyod etish
uchun kurash — sharaf, obro' uchun kurashdir. Gazetadan. Ab-duraxmonning otasi ulamo naslidan,
ammo bu sharaf nima sabab bilandir uning otasiga nasibbo'lmagan. A. Qodiriy, Mexrobdan chayon.
Sharaf bilan Yuksak iftixor bilan, shon-sharafga arzirli tarzda. Xo'jaligimiz dehqonlari o'z
zimmalariga olgan davlat topshirig'ini sharaf bilan ado etdilar. «O'z-bekiston qo'rikdari».
Sharafiga yoki shara-fi uchun Biror kimsa yoki narsaning xur-mati, e'tibori hisobga olinib,
shunga ba-g'ishlab, atab. O'shdagi qarorgohda bu oqshom sizlarning sharafingizga tantanali ziyofat
berilur. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Bu yodgorlik Markaziy Farg'onani o'zlashtirgan-lar
sharafiga Bektosh Rahimov tashabbusi bilan o'rnatilgan. «O'zbekiston qo'riqlari».
3 Sharaf (erkaklar ismi).
SHARAFA [a. *Jj_i] maxs. Binoning de-vor, ship va sh.k. joylariga odatda ganchdan quyib yoki
o'yib ishlangan naqsh, bezak. -0, azizim! — hayrat bilan gapirdi generalning xotini o'z
sherigiga, uyning shiftidagi ganch sharafalarni, tokchalarning o'ymakor ganch naqshlarini
ko'rsatib. Oybek, Ulug' yo'l. Zilzila bo'lganida, bu sharafa, girihlar yorilgan, ko'chgan, singan
edi. A. Abduqodirov, Usta Mahmud.
SHARAFLAMOQ Hurmat va iftixor bilan tilga olmoq, shon-sharafini qayd etmoq. Sevimli va ulug'
Vatanimizni sharaf-laydigan asarlar yarataylik. Oybek, Xalqqa xizmat — baxt. Mehnat insonga
faqat Mod¬em farovonlik keltiribgina qolmay, uning ma'naviy dunyosini boyitadi.. el-yurt
ichida sharaflaydi. Gazetadan.
SHARAFLI Sharafga, xurmatga ega bo'l-gan; faxrli; ulug'. O'qituvchining mashaqqat-li,
mas'uliyatli, lekin g'oyat sharafli, oliy-janob mehnatini nimaga qiyos qilsa bo'ladi? Gazetadan.
Uning sharafli umr yo'llarida jurnalistik ijodiyotning yangi sarchash-malari ochilmoqda. X.
Yodgorov, Hayot to'lqin-lari.
SHARAQ taql.s. Tosh, temir kabi qat-tiq narsalarning o'zaro yoki boshqa qattiq narsaga
urilishidan hosil bo'lgan ovozni bildiradi. Kosa sharaq etib sindi. Ko'cha eshik sharaq etib
ochildi.
547 ?^
SHARAQLAMOQ 1 «Sharaq» etmoq, «sharaq-sharaq» tovush chiqarmoq. U [Abdul-la\ hujra ichidan
zanjirning sharaqlagani-ni eshitdi, kimdir devorni timdalaganday bo'ldi. SH. Toshmatov, Erk
qushi. Avtomobil` tezlab ketgan sari asboblar bir-biriga sharaqlab uriladi. H. Nazir, Cho'l
havosi. ..o'rtada elektrga ulangan samovar sharaq-lab qaynab turardi. O. Yoqubov, Diyonat.
2 ko'chma Chaqchaqlab kulmoq, qattiq kulmoq. G'iyos, o'kituvchining og'zidan sal ha-zilnamo gap
chiqib qolgudek bo'lsa, sharaqlab kulib yuborardi. F. Musajonov, G'amxo'r. Shoir bo'lsa hamon
sharaqlab kular, chiroyli ko'zlari suzilib ketgan edi. O'. Hoshimov, Hyp borki, soya bor.
SHARAQ-SHARAQ 1 Sharaq s. takr. Ku-zovdagi metall detallar yo'l bo'yi sharaq-sharaq qilib bordi.
2 ayn. jaraq-jaraq. Uch-to'rt yil mobaynida kirmagan kovagim qolmadi.. sha-raq-sharaq pul
topdim. A. Eshonov, Bir og'iz so'z.
SHARAQ-SHURUQ takr. s. «Sharaq» va shunga yaqin tovushlarni bildiradi. Zilzila vaqtida javondagi
idishlar sharaq-shuruk bo'lib ketdi. mm Bir burchakda bittasi sharaq-shuruq cho't uradi. H. Shams,
Xarak-teristika.
SHARBAT \a. CJ^JJL — bir qultum; shi-rin ichimlik] 1 Pishib yetilgan ho'l meva-lardagi qand
moddasi, shirinlik, shira. Mevalar shirayu sharbatga to'lmoqda. Xorazm qovunlari shirinligi va
sharbati bilan mashhurdir. mm Qorovul paxta gulli kosada anor sharbati keltirdi. S. Siyoev,
Otliq ayol. ..bu yerlarga suv chiqarib, tok ko'kar-tirilsa, hamma yoqni sharbatga to'ldirish
mumkin. Mirmuhsin, Me'mor.
2 Mevalardan tayyorlangan shirin ichim-lik. Shu lahza Badia yana o'rnidan turib, aravadagi
xumchadan nim kosa sharbat olib keldi. Mirmuhsin, Me'mor. [Behlul] Yelka-siga tashlagan
dasturxonni yozib, barkashni mehmon oldiga surib qo'ydi, keyin ikki kosada sharbat keltirdi.
M. Osim, Zulmat ichra nur.
SHARBATDOR 1 Suvli, shirali, shi-rin (meva haqida). Sharbatdor uzum. mm Bu qishloqda pishgan
luchchak shaftoli shunchalik katta, shunchalik sharbatdor bo'lar ekanki.. F. G'ulom, Tirilgan murda.
2 esk. map. Xon saroyidagi katta yig'in-larda kishilarga may, sharob quyib beruv-chi shaxs. -
Xon tayyor ekan.. — dedi kulumsi-rab Qambar sharbatdor. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Sharbatdor
chodirdan ichimlik idish-larini.. olib chiqib ketdi. G'. Rasul, Adolat.
SHARJ [fr. charge < charger — oshirib (bo'rttirib) ko'rsatmoq] She'riy yoki nas-riy satirik,
yumoristik hamda tasviriy asarlarda: biror shaxsga oid hajviy xusu-siyatlar ustidan kulish; shu
usulda yaratil-gan rasm yoki tavsif. Teatr artistlari Go-gol` personajlarini talqin qilishda,
andak bo'lsa-da, sharj elementlariga yo'l qo'yma-dilar. Gazetadan.
SHARIAT [a. c^j^i — to'g'ri yo'l; islom hukmlari, qonun-qoidalari] din. Islom hu-quq tizimida:
musulmonlarning Qur'on asosida ishlab chiqilgan diniy, jinoiy va fuqarolik qonun va
qoidalari majmui. Shariat qoidalari. mm Yarashadigan bo'lsan-giz, shariat yo'l topib beradi. A.
Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari. Shariat hamma vaqt adolatni himoya qiladi. K. Yashin, Hamza. U
Buxoroda madrasada o'qib yurganda, shariat va tariqat ilmini yaxshi o'rgangan, Qur'onni yod bilar
edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
Shariat peshvolari Shariat qonun-qoidalarini mukammal biladigan, u haqda yo'l-yo'riq
ko'rsatadigan kishilar (qozi, ulamo va b). Saroyda barcha — shariat pesh-volaridan tortib to
kichkina amaldorgacha shoirlik da'vo qilardi. S. Siyoev, Yorug'lik.
SHARIATPANOH [a. + f. «So^^ -shariat himoyachisi, panohi] Shariat qonun-qoidalarini izchillik
bilan amalga oshi-ruvchi, shariatni himoya qiluvchi, ko'llab-quvvatlovchi shaxs. Men seni
shariatpanoh deb yurgan ekanman. Endi ko'zim ochildi, se-ning tulki basharangni tanidim endi.
M. O'rinxo'jaev, Unutilmas kunlar. Shariat-panoh janoblarining gaplari to'g'ri. S. Ay-niy,
Jallodlar.
SHARIK [«shar 1» s. ning kichr.] Duma-loq shaklga ega bo'lgan kichikroq narsa; soq-qa, soqqacha.
Podshipnik shariklari. Bil`yard shariklari.
SHARIKLI Sharigi bor, sharik qo'-yilgan, sharik bilan ishlaydigan. Sharik-li podshipnik. mm Navoiy
portreti aks et-gan bOming dona avtoruchka va sharikli ruchka-lar tayyorlanmoqda. Gazetadan.
548
SHARILLAB Ko'p, kuchli va tez holda (suv, yomg'ir va sh.k. ning oqishi, yog'ishi haqida).
Jilg'alardan sharillab loyqa sel keldi. S. Anorboev, Oqsoy. Mezonning o'rta-sidanyana sharillab
yomg'ir yog'di.. S. Siyoev, Avaz. Jumagulning butun vujudidan sharillab ter oqardi. J. Sharipov,
Xorazm.
SHARILLAMOQ «Shar», «shar-shar» etgan tovush chiqarmoq; shaldiramoq (suv, suyuqlik haqida). Yomg'ir
tarnovdan utapwi-lab tushyapti. mm Suvi qaytib, toshloq qir-g'oqlari shaqirlab qolgan soy bir
tekis sha-rillardi. S. Anorboev, Oqsoy.
SHARILLATMOQ 1 Sharillamoq fl. ort. n. Udarhol kiyimlarini yechib, jo'mrak-dan suvni
sharillatib, yuvindi. Mirmuhsin, Umid.
2 ko'chma Tez va tutilmay bajarmoq. U [rais] raqamlarni shu qadar yoddan sharil-latardiki,
gapiga ishonmasdan ilojingiz yo'q edi. N. Safarov, Uzoqni ko'zlagan qiz. Qa-ni endi men ham
o'rischani sharillatib o'qiy-digan bo'lsam. S. Ahmad, Hukm. Ruchkamga miya o'rnatilgan bo'lsa-yu..
masalayu misollarni sharillatib ishayversa. E. Raimov, Ajab qishloq.
SHARIF I a. asilzoda, tanikdi;
oliyjanob, vijdonli] 1 esk. yuq. usl. Mu-qaddas, aziz; tabarruk. Qur'oni sharif. mm Buxoroyi
sharifda Abu Akelgandan keyin siz-larning yordamingizda hazratimning mozori shariflariga borib turamiz-da,
— dedi dom-la. P. Tursun, O'qituvchi.
2 Sharif (erkaklar ismi).
SHARLATAN [fr. charlatan — dastlab: sayyor dori sotuvchi; keyin: firibgar < ital. ciallare —
quruq ran sotmoq | s.t. Al-dam-qaldamga nihoyatda usta; aldamchi, tov-lamachi, firibgar. Ammo
u \3ikir] sharla-tan savdo inspektorini qo'lga olib, aktlar-ni yo'q qilibulguribdi. SH.
G'ulomov, Yorqin ufqlar. Men u odamni sizdan yaxshiroq bila-man, yuz so'mlikning qirg'og'ini
ko'rmasa, ovozi xasta bo'ladigan sharlatanlardan. S. Mahka-mov, Shogird.
SHARM [f. ^— uyat; uyalish, uyatchan-lik] Nojo'ya xatti-harakatdan o'zini tiya olish, uyalish hissi;
hayo, uyat, nomus. Sharm qilmoq. it Yoki o'sha yoqalashishda biron yeri lat yedi-yu, sharm kuchlilik
qilib indamadimi?
Mirmuhsin, Umid. Yaxshi ayolning bor sharm bilan hayosi. «Gulxiromon».
SHARMANDA \f. 4l1^JJL - vijdonli, insofli; uyatchan; uyatga qolgan, izza bo'l-gan] Sharmu hayoni
yo'qotgan; hayosiz. U ax-loqsiz bir kimsa-ku! U behayo, sharmanda. K. Yashin, Hamza.
Sharmanda bo'lmoq Nihoyatda uyatga qol-moq; sharmandasi chiqmoq. Shunday qilay-likki.. pinhona
harakatlari ham fosh bo'lib, o'zlari el orasida sharmanda bo'lsinlar. Ga-zetadan. Sharmanda
qilmoq Nihoyatda uyatli qolatga qo'g'shoq. Nega meni shuncha odam oldi-da sharmanda qilasan,
jodugar/O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
SHARMANDAGARCHILIK Sharmandali hol, hodisa. O'g'il sha'niga bundan ham yomon-roq sharmandagarchilik
bo'lmasa kerak. M. Is-moiliy, Odamiylik qissasi. Bu qanday shar-mandagarchilik?
..Salimboyvachchaga bir xiz-matkor musht ko'tarsin! Oybek, Tanlangan asarlar.
SHARMANDALI Sharmandalik kel-tiruvchi. Kechirasiz, hurmatli o'quvchi.. bu sharmandali hodisa shu
kunlarda ro'y berdi. «Mushtum». Ba'zi joylarda qalin to'lash kabi sharmandali urf-odat davom
etmoqda. Gazetadan.
SHARMANDALIK 1 Sharmandali ish, xrlat, sharmandagarchilik. Zarifboyning avzoyi yomon edi. U
bulturgi sharmandalikni har eslaganda, badani o't bo'lib yonadi. S. Siyoev, Avaz. Qizining
qilgan sharmandali-gini ko'tara olmagan Zamira opa infarkt tufayli hayotdan ko'z yumdi.
Gazetadan.
SHARMANDACHILIK q. sharmandagar-chilik. El og'ziga elak tutib bo'lmas ekan, o'ylanmay bosilgan
qadam sharmandachiligi odamlar orasida ancha gap-so'zga sabab bo'ldi. M. Ismoiliy, Odamiylik
qissasi.
SHARMISOR \f. jl^j^ - kulgili holatda qolgan, izza bo'lgan, sharmanda] ayn. sharmanda.
Sharmisor bo'lmok,. mm -Sharmanda qilding, sharmisor qilding! — Tojiboy pesho-nasiga urib,
dodlaganicha uyiga kirib ketdi. S. Zunnunova, Gulxan.
SHARMISORLIK Sharmanda, sharmi-sor ish, holat. - O, hali sen iblis farzandla-ri bilan hamtovoq
bo'ldingmi? — qichqirdi Abdulvohid tupugini sachratib, — bu qanday sharmisorlik! Oybek, Hyp
qidirib.
549
SHARMLI Sharm-hayosi bor; hayoli. Sharmli qiz.
SHARMSIZ Sharm-hayosi yo'q; uyatsiz, hayosiz. Sharmsiz yigit. tsh Eshonlarning o'zlari, Sharmsizdir
yuzlari, Oshga to'ymas ko'zlari. Hamza.
SHARNIR [nem. Scharnier < fr. char-niere < lot. cardo — nimaningdir atrofida aylanuvchi
narsa] Bir-biriga biriktiril-gan ikki valnint, o'qning o'zaro burchak hosil qilib aylanishi
yoki harakat qi-lishiga imkon beradigan qo'zg'aluvchan me-xanizm.
SHARNIRLI Sharnirga ega bo'lgan, sharniri bor. Sharnirli birikma.
SHAROB \a. ^Ij-i ichimlik; sharbat; may, vino] kt. Kayf beruvchi ichimlik-larning umumiy nomi;
may; vino. [Navoiy.] Taajjub, yangicha aza, yangicha bazm.. Egni-larida qora libos, qo'llarida
qizil sharob, tushkunlikningmujassam timsoli/Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy.
Qaldirg'ochning rasmi o'yilgan Shishalar ham sharoblarga lim. E. Rahim.
SHAROBXONA [sharob + xona] kt. Sha-rob ichiladigan joy; mayxona. Mo'l, tekin ovqatni yegandan
keyin [To'g'onbek] sharobxo-naga yugurdi. Oybek, Navoiy.
SHAROBXO'R \a. + f. - sharob
ichuvchi] kt. Sharob ichishga ruju qilgan, berilgan. Sharobxo'r odam.
SHAROBXO'RLIK Sharob ichish, to'yib may ichish. Boyvachchalar sharobxo'rlik qshshb o'tiraverishdi.. S.
Siyoev, Yorug'lik.
SHAROBCHI esk.kt. Sharob sotuvchi, mayfurush. Sharobchidan katta kosada «obi angur» so'rab,
xonaning bir burchagiga cho'kdi. Oybek, Navoiy.
SHAROIT I y. J^jl^ii shartlar; tartib-qoidalar] 1 Ob'ektiv holdagi muayyan vaziyat. -Tog'
sharoitiga moslasha boshlagan qo'ylar-ning qonida o'zgarish bo'ladi. S. Anorboev, Oqsoy. Bu
xislat ota-bobosining qonidan.. cho'l sharoitida har bir boshoqni ming ma-shaqqat bilan
o'stirib, har qo'yni avaylab boqqan sharoitidan singgan. S. Nurov, May-salarni ayoz urmaydi.
2 Biror narsaning voqelanishita, bo'-lishiga ta'sir etuvchi holat, vaziyat; imko-niyat.
Samarqand obidalaridek san'at asar-larining bunyod bo'lishiga homiylik qilgan, jahonga dong'i
ketgan olimlarni to'plab, ularga sharoit yaratib bergan odam [Amir Temur] ezgulikni his
qilmasligi mumkin emas. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
SHARORA [a. t>j\JJL - uchqun, alanga] esk. kt. ayn. uchqun 3. Tim qora ohu ko'zlari-da yoshlik
va muhabbat sharorasi jo'sh urib, o'z qurbonini izlaydi. K. Yashin, Hamza. ..qa-roqlaridan
yog'shayotgan nozikkina tuyg'unlik o'zi bir alohida sharora hosil qilgandek edi. A. Dilmurod,
Fano dashtidagi qush.
SHARORAT \a. JJL — yomonlik, yara-maslik; yovuzlik] esk. kt. 1 Axloqiy buzuq-lik, fahsh,
axloqsizlik. Hamoqat darsini sharorat darsxonasida xatm qilgan menday.. K. Yashin, Hamza.
SHAROFAT [a. shon, sharaf;
izzat, obro'; oliyjanoblik] 1 Yaxshi, naf-li ta'sir; xosiyat. Yaxshinshg sharofati te-gadi,
yomonning — kasofati. Maqol. shsh Meh-natda bor ko'p xosiyat, sharofat, Bel bog'la-sa mehnatga
kim, azizdir. Habibiy. Mashi-naning sharofatini endilikda hamma yaxshi tushunib qoldi.
Gazetadan.
Sharofati bilan Biror kimsa yoki nar-sa tufayli, uning yaxshi xislati, xosiyati-ga ko'ra.
Sizning sharofatingiz bilan boshim-ni ko'tarib turibman. Yomg'ir sharofati bi-lan g'o'zalar yaxshi
o'syapti. tsh Umarqulning sharofati bilan hamma bir uyga yig'ildi. H. G'ulom, Mash'al.
2 Sharofat (xotin-qizlar ismi).
SHAROFATLI Sharofatga ega, xosi-yatli. Sharofap'sh kishi. Sharofatli davr. tsh Ilm amal bilan
sharofatlidir. G'. G'ulom.
SHAROFATSIZ Sharofati yo'q, xosi-yatsiz, fazilatsiz, baxt keltirmaydigan.
SHARPA 1 Quloqqa chalinar-chalinmas tovush. Toshpo'latov poyandoz solingan uzun koridordan
bamaylixotir kirib borar ekan, oyoq sharpasini eshitib, ichkaridan Xosiyat xola chiqib keldi. R.
Fayziy, Cho'lga bahor keldi. ..koridordan eshitilgan har bir shar-paga sergaklanib quloq
solar.. edi. P. Qodi-rov, Uch ildiz.
2 Kimsa yoki narsaning g'ira-shira, bi-linar-bilinmas qorasi, ifodasi; shunday soya. Haligi
fonarning xiragina nuri tushib turgan tosh yonida bir sharpa qimirladi. A. Muxtor, Tug'ilish.
Anhorning to'g'onlari ol-dida odamlarning xira sharpalari uymala-shar.. H. Nazir, So'nmas
chaqmoqlar. Otabek ketiga burilib, tashqari yo'lakdan kirguvchi
dadasi bilan Hasanali sharpasini oldi va o'ylanibto'xtadi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
3 ko'chma Dalolat beruvchi sezilar-se-zilmas ifoda; belgi, alomat. Shu payt yura-gim mudhish bir
narsaning sharpasini sez-ganday bo'ldi. «Guldasta». Go'zal bahorning sharpasi yer va ko'kda, gul
va yaproqda, o't-o'lanlarda kezar edi. N. Safarov, Qayta tug'ilish. O'rtada adovatning xira
sharpasi paydo bo'lgandek tuyuldi. F. Musajonov, Himmat.
4 Yaltiroq narsa (mas, ko'zgu) orqali biror joyga tushgan shu'la, nur aksi. Ship-da sharpa o'ynay
boshladi. tsh Anorxonning sariq va ko'k ro'mollarigina shom qorasida sharpaday miltillardi.
Oybek, O.v. shaba-dalar.
SHARPASIZ Ovoz chiqarmagan holda; ovozsiz, tovushsiz. Hayot sahnda ukkiday tikilib turgan
katta buvisi tomonga mayin, sharpasiz odimlar bilan shipillab.. ketdi. M. Ismoiliy,
Farg'onat.o. Shupayt darvozaning bir tabaqasi o'z-o'zidan shar-pasizgina ochildi. S. Anorboev,
Oqsoy.
SHARR I [a. j^b — yomonlik, yovuzlik; qahr-g'azab] Yomonlik, yovuzlik; kasofat. [Qulaxmad.]
Hazrati oliy hovlimda mehmon bo'lganlarida, fuqaroni bu yomonlar sharri-dan xalos qilaman,
dedilar. Mirmuhsin, Cho'ri.
SHARR II ayn. shar II. Sevgi deb atalgan bu hislar bahor yomg'iridek sharr etib o'tib
ketmasmikan? Mirmuhsin, Umid.
SHARROS 1 rvsh. Chelaklab quygandek, jadal (yomg'irning yog'ish tarzi xaqida). Mu-navvar
navbatchilikdan bo'shab, eshikdan chiqqanda, yomg'ir sharros quyayotgan edi. S. Anorboev, Mexr. Tush
bilan sharros quyib chiqqan yomg'ir tongotarga yaqin tindi. S. Abduqahhor, Ushalgan orzu. Ko'z
yumib ochgun-cha, butun koinotni bulut qoplab, sharros yomg'ir quyadi. M. Nazarov, Jilvon
jilvalari.
2 ot Shu tarzda yog'ayotgan yomg'ir; jala. Tomchilar yiltillab yo'lka toshida, Bo'la-jak sharrosdan
berardi xabar. Shuhrat.
3 rvsh. ko'chma Tutilmasdan, dudukdan-masdan va tez. Men eski jangnomalarni o'qib o'rganganim
uchun.. «Taraqqiy» gazetasini sharros o'qib ketaberdim. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari.
O'zi tengi keladigan bir o'spirinning shunday katta kitobni tutilmasdan, sharros o'qiyotganiga
hayron bo'lib, og'zi ochilib qoldi. M. Osim, Tilsiz guvoh. Mehmon esa unga qarab, fors tilida
sharros so'zlab ketdi. A. Hakimov, Ilon izidan.
SHART I [a. JUJ^L — talab; holat, vaziyat; tartib-qoida] 1 Biror ish yoki masala yuza-sidan
yozma yoki og'zaki o'zaro kelishib olish, o'zaro kelishuv. Shuning uchun Yo'lchshing il-timosiga darrov
ko'nib, shart bo'yicha, Sho-qosimga ovqat, yotish uchun juvozxona oldidan bir hujra berdi. Oybek,
Tanlangan asarlar. Bir-birimizdan cup saqlamaymiz. Xo'pmi? Shart shu. M. Ismoiliy, Farg'ona t.
o.
2 O'zaro shartlashayotgan yoki biror muno-sabatda bo'layotgan tomonlardan birining boshqa tomonga
nisbatan qo'ygan talabi. Lekin shart — bizga astoydil, ixlos bilan xizmat qilasiz.. E.
Raimov, Ajab qishloq. Pudrat usulining shartlariga muvofiq, bu mablag'ning ancha qismi pudrat
asosida ish-layotganyaarga taqsimlab beriladi. Gazetadan. Hiz, «Poygada yutib chiqqan odamga
tegaman», deb shart qo'yibdi. Shukrullo, Javohirlar sandig'i. ..ertaga shaharga tush, nima shar-
ting bo'lsa, o'sha yerda gapir. Oybek, Tanlan-gan asarlar.
3 Taqozo etuvchi narsa; talab. -Mada-niyatli bo'lishning eng birinchi sharti — soddalik,
tabiiylik, — deb yubordim. F. Musajonov, Mehmonda. Hozirjavoblik — askiyaning asosiy
shartidir. «O'TA». San'at turlarining uyg'unlashuvi uchun umumiy uslu-biy xususiyatlarning
mavjudligi zaruriy shart hisoblanadi. «Saodat».
4 kesim vzf. Qat'iy talab etuvchi; zarur. Bugun kelishingiz shart. ish Bu jang uzoqqa
bormaydi. Lekin Xuroson qo'shini shay bo'-lib turmog'i shart! Mirmuhsin, Me'mor. Bolaga oila
ham, maktab ham baravar tar-biya berishi shart. Gazetadan.
Shart mayli tlsh. Biror ish-harakatning bajarilishi uchun shart bo'lgan boshqa ish-harakat yoki
holatni anglatuvchi fe'l shak-li va shu shaklga mos ma'no. Shart ergash ran Bosh gapdan
anglashilgan voqea-
hodisa, belgi-xususiyatning ro'y berish shar-tini anglatuvchi ergash ran. Ehtiyot(i) shart Har
ehtimolga qarshi. Shuning uchun uchrash-gandayam uyda, mana shunaqa pana-pastqam yerlarda
uchrashsak, ehtiyot shart deydilar-ku, axir/S. Karomatov, Hijron.
551
SHART II: sharti ketib, parti qolgan
1) qarib, kuch-quvvati ketib qolgan, mun-killagan; bedarmon. Sharti ketib, parti qolgan boy,
tepaga ko'tarilgan sari, oyog'i qaltirab, butun vujudidan ter oqa boshla-gan. Gazetadan; 2)
eski, shaloq; xarob. Shar-ti ketib, parti qolgan arava. mm Ro'zg'or-ning sharti ketib, parti
qoldi. Shu ro'z-g'orimni tebratsam deyman. I. Sulton, Bur-gutning parvozi. ..sharti ketib,

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin