O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/69
tarix02.04.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#124708
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Shaxs va jamoa 
Shaxs jamoaga bo’ysunadi
Munosabatlarning muvofiqligi 
Shaxs jamoani o’ziga
bo’ysundiradi 
Shaxs va jamoa o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanish 
andozasi


22 
norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida to’laqonli ma’lumotlarga ega bo’lishi 
pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi. 
Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin. 
1. Jamoa bir necha a’zo (kishi)lardan tashkil topgan muayyan guruh bo’lib, 
u ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan umumiy maqsad asosida birlashadi hamda 
mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yo’naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. 
2. Jamoa o’zida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon etadi. 
3. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo’ysunadigan uzoq 
muddatli, murakkab jarayon bo’lib, u ko’pchilik tadqiqotchilarning e’tirof 
etishlariga ko’ra to’rt bosqichdan iborat bo’ladi. 
4. Jamoani shakllantirish o’ziga xos metodika asosida amalga oshiriladi. 
Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qo’yilishi, jamoa faoli 
(aktivi)ni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir. 
5. Jamoaning mustahkam bo’lishi, uning a’zolari o’rtasida o’zaro yordam 
hamda hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Nazorat uchun savollar: 
1. Jamoa nima? 
2. O’quvchilar jamoasining o’ziga xosligi nimada? 
3. Jamoaning o’ziga xos xususiyatlarini tavsiflang.
4. Jamoani shakllantirish bosqichlarini sanang.
5. Jamoani tashkil etish metodikasi mazmunini so’zlang. 
6. Jamoa an’analarining jamoa rivojidagi o’rnini ko’rsating.
 
3. TARBIYANING UMUMIY METODLARI 
3.1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. 
Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya 
jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o’ziga 
xos ahamiyatga ega bo’lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari 
tushunchasidir. Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo’l) tarbiya maqsadiga 
erishishning yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir 
etish 
usullari. 
Maktab amaliyotiga 
tatbiq etilganda, 
metodlar – bu 
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. 
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi 


23 
yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir 
tarbiyachi o’zining imkoniyatiga ko’ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq 
shart-sharoitlariga mos ravishda o’zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida 
umumiy metodikani boyitadi. 
Metodning ijobiy va salbiysi bo’lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo’lni 
yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning 
samaradorligini u qo’llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. 
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog’liq. 
Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to’g’ri 
tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday bo’lsa, unga erishish metodlari unga 
muvofiq bo’lishi zarur. Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga 
qo’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta 
vazifa turli xil fikrlar bilan to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni 
umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog’lash g’oyat muhimdir. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin