O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/99
tarix20.09.2022
ölçüsü1,58 Mb.
#117883
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99
UMK ILK QADAM 19.01.2020

Rejalashtirish –zarur shart-sharoitlarni, foydalaniladigan vositalar, shakllar va 
metodlarni ko‘rstaish bilan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish ketma-
ketligini, tartibini oldindan belgilashdir. Rejalashtirish qanchalik savodli, o‘ylab 
amalga oshirilgan bo‘lishi butun o‘quv-tarbiyaviy ishlarning samaradorligiga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Rejalashtirish pedagogik vaziyat rivojlanishidagi noaniqlik ulushining sezilarli 
darajada kamayishiga, balki pedagogning bugungi va ertangi kunlardagi 
harakatlarining izchilligini ta’minlashga ham imkon beradi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish pedagog, bolalar jamoasi va ota-onalarning 
hamkorligiga, ular tomonidan hamkorlikdagi o‘z vazifalari va maqsadlarining 
anglab etilishiga, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi hayotni qiziqarli, foydali, ijodiy 
jarayonga aylantirish istagiga asoslanadi. 
Rejalashtirish modelini tanlashda har bir pedagogning kasbiy tayyorgarligini, 
uning tajribasini, o‘z faoliyati natijalarni ko‘ra olish mahoratini, ularning tahlil 
qilinishini, shu jumladan, MTTdagi ish shart-sharoitlarini hisobga olish lozim 
bo‘ladi. 
Ta’lim-tarbiya faoliyati guruhning kun tartibiga
tayanib, unda kundalik 
harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va pedagog rejalashtirgan ta’lim-tarbiya 
ishlarining turlari navbati bilan ko‘rsatiladi.
Ta’lim-tarbiya faoliyatini rejalashtirish o‘qitish shart-sharoitlariga bog‘liq 
holda integratsiyalash, turli-tumanlik va moslashuvchanlik asosida amalga 
oshiriladi, mana shunday qilib pedagog ishlarning rejasini mustaqil ishlab chiqish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ta’lim-tarbiya faoliyatida rejalashtirishning quyidagi turlari ajratib 
ko‘rsatiladi: 
• yillik mavzuiy rejalashtirish; 
• haftalik rejalashtirish. 
Rejalashtirish davomida faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari 
keltirib o‘tiladi. Faoliyatni tanlab olishda ta’lim-tarbiya faoliyatining umumiy 
maqsadlari ham, rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar ham, faoliyat mazmuni va 
turlarining integratsiyalashuvi ham hisobga olinadi.
Rejalashtirish davomida kun tartibini e’tiborga olish zarurdir. Kun tartibi ish 
sur’atini belgilab beradi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga bir tekisda o‘tishga 
yordam berishi kerak. Shuni yodda tutish kerakki, o‘yin maktabgacha yoshda 
bolaning asosiy faoliyat turi bo‘lib hisoblanadi. kun tartibini tuzib chiqishda 
kunduzgi uyqu (bu hisobga olinmasligi ham mumkin), dam olish vaqti, sayr qilish 
vaqti hisobga olinadi. 

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin