Tarbiyachining ishchi jurnali o‘z ichiga quyidagi bo‘limlarni oladi:
• titul varag‘i;
• havo iliq va sovuq vaqtlarda guruhning kun tartibi;
• ertalabki gimnastika majmuasi;
• sentyabrdan avgust oyigacha guruhdagi ta’lim jarayonini rejalashtiirish (o‘z
ichiga ertalabki lineyka, sayrlar, ota-onalar bilan suhbatlarni oladi);
• haftalik ishlar tahlili;
• ilovalar.
Mashg‘ulotlarning konspektlari faoliyat maqsadlari, uning qisqacha bayoni,
zaruriy jihozlar ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Mazkur konspektlar tavsiyanoma
xususiyatiga ega bo‘lib, tarbiyachining ko‘rsatmasiga binoan ijodiy tarzda
o‘zgartirilishi ham mumkin.
Mashg‘ulotlardagi o‘qitish Ta’lim-tarbiya faoliyatining maqsadi bo‘lib bolada umumiy asosiy
kompetensiyalarning va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllantirilishi
uchun shart-sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Bolalarni maktabga tayyorlash guruhlarida bolalarning barcha faoliyati,
mashg‘ulotlarni ham o‘z ichiga olgan holda o‘yinli tarzda o‘tkaziladi.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat
talablariga mos holda ko‘zda tutiladiki, bola maktabgacha tayyorlov guruhidan
chiqishda ma’lum bir natijalarga erisha oladi.
Kuzatish va baholash
Kuzatish – bolalar rivojlanishidagi ijobiy o‘zgarishlarni ularni tabiiy sharoitda
(uyda, guruhda, ochiq maydonchada), kun davomida turli vaqtda, butun yil
davomida hamda to‘plangan ma’lumotlarni hujjatlashtirib borgan holda
baholashning eng ishonchli usuli hisoblanadi. Pedagogning ishi aynan pedagogik
kuzatuvdan boshlanishi zarur, chunki u bolani tushunishga, bolani tushunishdan esa
– u va oila a’zolari bilan o‘zaro aloqalarning eng maqbul strategiyasini tanlab olish
imkoniyatini yaratadi. Kuzatish – bu bolaning ishlayotgan yoki o‘ynayotgan paytida, uning
faoliyatiga aralashmagan holda uni kuzatish jarayonidir. Pedagog bolani kuzatish
orqali xatti-harakatining turi, bilim olish bo‘yicha qiziqishlari, ko‘nikmalar darajasi
va rivojlanishidagi ijobiy o‘zgarishlarni aniqlaydi.