O‘zbekiston Respublikasi Xalq tа’limi vаzirligi


Qalamtasvir fani buyicha minimum talablar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə3/6
tarix22.10.2017
ölçüsü0,53 Mb.
#9708
1   2   3   4   5   6

Qalamtasvir fani buyicha minimum talablar:

O‘quvchilar quyidagilarni bajara olishlari lozim

O‘quvchilar berilgan qog‘oz tekisligida bemalol turli tasvirlarni talab darajasida bajara olishlari lozim. Bunda o‘quvchi qalamtasvirda real tasvirlash maktabi an'analariga sodiq holda ishlay olish ko‘nikmalarini, qalamtasvir qonuniyatlari asoslarini chuqur o‘zlashtirishi lozim.


5 - 9 sinf

- qalamtasvir fanini o‘zlashtirishda turli grafik vositalardan foydalana olish;

- chizgi, liniya, shtrixlar, nur-soya va tus kabi vositalardan foydalana olish;

- ikki o‘lchovli qog‘oz tekisligida uch o‘lchovli tasvirni yarata olish;

- harakatsiz naturadan real tasvirni chiza olish;

- naturani diqqat bilan kuzatishga asoslanib shakl va predmetlarni o‘ziga xos xususiyatlari va unsurlarini to‘g‘ri tasvirlay olish;

- amaliy ko‘nikmalar bilan bir qatorda nazariy bilimni ham o‘zlashtirish;

- perspektiva, fazoviylik asoslarini mukammal o‘zlashtirish;

- nur-soya munosabatlarini chuqur o‘zlashtirish;

- “umumiylikdan bo‘laklarga, bo‘laklardan umumiylikka” qoidasini o‘zlashtirish;

- “oddiylikdan murakkablikka murakkablikdan oddiylikka” uslubini o‘zlashtirish;

- yaxlit ko‘rish, kuzata bilish, ko‘rganlarini eslab kolish, ko‘z qiri bilan hajm munosabatlarini aniqlay olish.




O‘QUV DASTURI

2-sinf

(haftasiga – 2 soat, jami-68 soat)
Borliqni va san’atni idrok etish (6 soat)

Ikkinchi sinfda borliqni va san’atni idrok etish mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi o‘quvchilarning nazariy va amaliy bilimlari, tushuncha, malaka hamda ko‘nikmalarini boyitishga qaratilgan bo‘lib, ayrim mavzularga tegishli bo‘lgan suhbatlar amaliy mashg‘ulotlar bilan qo‘shib olib boriladi. Bu mashg‘ulotlar uchun ajratilgan vaqtlar shartli bo‘lib, ularga asosiy darsni o‘tish jarayonida 10 - 15 daqiqa vaqt ajartiladi. Ayrim e'tiborga molik mavzularni o‘quvchilarga yaxshiroq tushuntirish maqsadida idrok etish uchun alohida vaqt ajratish mumkin. Shunda ham suhbat jarayonida o‘quvchilar ayrim amaliy ish bilan shug‘ullanishlari kerak. Chunki, faqat suhbat tarzida o‘tiladigan dars o‘quvchilarni toliqtirib, tasviriy faoliyatga bo‘lgan qiziqishlarini so‘ndirib qo‘yadi. Shuningdek, borliqni idrok etish mashg‘ulotlarida bolalarning borliq haqidagi tasovvurlarini jamlash, yil fasllaridagi manzara va kayfiyatga (quvonchli, g‘amgin, hayolchan, tashvishli va h.k.) nisbatan sezgirligini oshirish; bolalarda jonajon tabiatga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini rivojlantirishga erishish; uning go‘zalliklarini qadrlash tuyg‘usini tarkib topdirish; hayvonot olami va ular hayotining turli-tumanligi bilan tanishtirish.

O‘quvchilarning borliq haqidagi tasavvurlari va tushunchalarini boyitish maqsadida turli fasllarda tabiat qo‘yniga sayrlar tashkil etiladi. Shundan keyin sinfda yil fasllariga doir slaydalar, reproduksiyalar ko‘rsatish, kuzatilgan tabiat manzaralarini xotiradan rasmlarini chizish tavsiya etiladi. Tabiatni kuzatish jarayonida bolalarning e'tibori daraxtlar, osmon, yer kabilar va ularning o‘ziga xos shaklga ega ekanligiga, ranglariga, odamlar, qushlar, hayvonlarning o‘ziga xos jihatlariga qaratiladi. Hayvonlar, qushlar, baliqlarning slayda va suratlarini kuzatish orqali ularning rasmlari chizdiriladi.

Namunaviy topshiriqlar

Tabiatning kuz, qish, bahor, yoz faslidagi ko‘rinishlarini, gullar, dekorativ qushlar, parrandalar, baliqlar, shahar ko‘rinishlarini idrok etish. Borliqni idrok etish jarayonida tanlangan mavzuga oid ob'ektlarning xomaki ramlarini ishlash.


San’atni idrok etish

San’atni idrok etish mashg‘ulotlari mustaqil dars sifatida emas, balki mavzu asosida, xotira va tasavvurdan rasm chizish mashg‘ulotlari bilan bog‘liq holda o‘tkaziladi. Uning vazifalari xotira va tasavvurdan rasm ishlash mashg‘ulotlarida o‘quvchi oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishga ko‘maklashish; tasviriy san’at turlarini (rang tasvir, haykaltaroshlik, grafika) bir-biridan farqlay bilishga, tasviriy san’at asarlarining mazmunini o‘qiy olishga o‘rgatish; rang tasvir ishlashda qo‘llaniladigan asboblar va materiallar haqidagi tushunchalarini kengaytirish; bolalarning badiiy fikrlash doiralari va badiiy didlarini o‘stirishdan iborat.

San’atni idrok etish jarayonida o‘quvchilar taniqli rassomlar, haykaltaroshlarning tasviriy san’at asarlari, xalq hunarmand ustalari tomonidan tayyorlangan turli buyumlar va shu kabilar bilan yaqindan tanishadilar, ularning ish yuritish mahoratlarini o‘rganadilar. Suhbat asnosida o‘quvchilar asosiy va qo‘shimcha ranglar haqidagi tushunchalarini yanada kengaytirish bilan bir qatorda iliq va sovuq ranglar, ularning tuslari va nomlari haqida ham kengroq ma'lumotga ega bo‘lib boradilar.
Namunaviy topshiriqlar

2-sinf o‘quvchilarining qiziqishlari va yosh xususiyatlariga mos keladigan, mavzularga doir bo‘lgan qalam tasvir, rang tasvir, haykaltaroshlik asarlarining reproduksiyalari, slaydalarini namoyish etish orqali o‘quvchilarning bu boradagi tushunchalarini o‘stirish va o‘z taassurotlarini so‘zlab berishga o‘rgatish.

Xalq hunarmandchiligiga oid namunalar bilan tanishtirish va ular asosida bolalarni mustaqil ish bajarishga o‘rgatish.

Naturaga qarab tasvirlash (26 soat)

Naturaga qarab rasm ishlash (12 soat)

Naturadan rasm ishlash mashg‘ulotlarining vazifasi: tasvirlanadigan narsalarning shakli, ularning proporsiyalari, konstruktiv tuzilishi, makondagi holati, rangini rasmda to‘g‘ri tasvirlash malakalarini hosil qilish va o‘rgatish; to‘rtburchak, dumaloq shakllar haqida tushuncha hosil qilish; tik, ko‘ndalang, qiya chiziqlar chizish malakalarini yanada o‘stirish; tasvirlashda yordamchi chiziqlardan foydalanishga o‘rgatish; rangning och va to‘q tuslarini ko‘rish va aks ettira olish malakalarini rivojlantirish (masalan: to‘q qizil, och qizil); bo‘yoqlar bilan ishlaganda tasvirning zirh chizig‘idan chiqib ketmagan holda bo‘yashga o‘rgatishdan iborat.

Namunaviy topshiriqlar

O‘rik guli va bargi, kuzgi va bahorgi gullar, mevalar, hasharotlar, o‘yinchoq mashinalar, xalq amaliy san’ati buyumlari, loydan ishlangan qush va hayvon o‘yinchoqlarning o‘ziga qarab rasmini ishlash.


Naturaga qarab haykal ishlash (14 soat)

Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarining vazifasi: bolalarning loy va plastilin bilan ishlay olish malakalarini yanada o‘stirish; naturadan va xotira tasavvurdan, mavzu asosida haykalchalar ishlashga o‘rgatishni davom ettirish; narsalarning hajmi, shaklini his qila olishga o‘rgatish; odam va jonivorlarning tana qismlaridagi o‘zaro mutanosibliklarni saqlagan holda haykalchalar yasash yuzasidan nazariy va amaliy tushunchalar berish; sodda mazmundagi kompozitsiyalar tuzishni o‘rgatish; dekorativ haykaltaroshlikning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirishni davom ettirish; bolalarning mustaqil ravishda ijod qila olish qobiliyatlarini o‘stirishdan iborat.



Namunaviy topshiriqlar

O‘yinchoqlardan - tulki, tuya, echki, qo‘chqor qo‘y haykalchalarini hamda o‘yinchoq xo‘roz rel'efini loy yoki plastilindan yasash. “Uch jo‘ja va o‘rdakcha”, “Bo‘ri bilan quyon” ertagi asosida, puflab chalinadigan hushtak toychoq va qushlarning dekorativ haykalchalarini yasash.


Kompozitsion faoliyat (36 soat)

Rangtasvir kompozitsiyasi (12 soat)

Birinchi sinfda bo‘lganidek, rang tasvir kompozitsiyasi darslarining asosiy qisini mavzu asosida rasm ishlash mashg‘ulotlari tashkil etadi. Uning vazifalari bolalarda ijodiy qobiliyat va badiiy didni o‘stirish; bolalarda tasviriy san’atdan maxsus bilimlarni tarkib topdirish; chizish va mo‘yqalam bilan ishlash malakalarini o‘stirish; borliqdagi narsalarning tuzilishi, rangi, shakli va o‘lchovi, o‘lchov nisbatlari va fazoviy holatlarini ko‘ra bilish va kuzata olishga o‘rgatish; qog‘oz yuzasidan to‘g‘ri foydalanish, bo‘yog‘lar yordamida rasmdagi kayfiyatni (quvonchli, ma'yuslik, tashvishli va h.k.) ifodalay olish; bolalarda xotira va kuzatuvchanlikni o‘stirish; qog‘oz yuzasini tasvir bilan mavzu mazmuniga muvofiq ravishda to‘ldirish va rejalilikka, ya'ni rasmda bir narsani ikkinchisi panalab turgan holatda tasvirlashga o‘rgatishdan iborat.

Namunaviy toprshiriqlar

"Momaqaldiroq oldidan", "Shahrimiz ko‘chalari", "Oqshom", "Qish keldi", "Qushlar uya qurmoqda", "Daraxtlar qishda", "Bayram libosidagi shahar", "yelkanli qayiqlar musobaqasi" mavzularida mustaqil ravishda va jamoa bo‘lib rasmlar ishlash.


Dekorativ kompozitsiya (10 soat)

Dekorativ bezak ishlari mashg‘ulotlari vazifasi dekorativ kompozitsiyalarda ritmning mohiyati, buyum bilan uning bezagi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida dastlabki tushunchalar hosil qilish; o‘quvchilarni birinchi sinfdagiga nisbatan yo‘lsimon va to‘rtburchak shaklidagi naqshlarning xususiyatlari bilan chuqurroq tanishtirish; badiiy ijodiy qobiliyatlarni o‘stirish; o‘zbek xalq amaliy san’atining eng muhim xususiyatlari bilan tanishtirish; dekorativ kompozitsiyaning umumiy shaklini hisobga olib, rasmni qog‘oz betida to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatish; o‘zbek xalq amaliy san’ati an'analariga rioya qilgan holda dekorativ ishlarga mos rang tanlashga o‘rgatish; mo‘yqalam va bo‘yoqlar bilan ishlash malakalarini o‘stirish; bu sinflarda o‘quvchilarga iliq va sovuq ranglar, rang tuslari, xromatik va axromatik ranglar, imkoni boricha, ularning nomlari haqida tushunchalar va ma'lumotlar berishdan iborat.



Namunaviy topshiriqlar

Yo‘lsimon va to‘rtburchak shaklidagi naqsh namunalaridan ko‘chirish. Turli narsalar sirtini bezash uchun mustaqil ravishda yo‘lsimon va to‘rtburchak shaklida naqshlar ishlash. S.Abduqahhorning “Uch jo‘ja va o‘rdakcha” she'ri, xalq ertaklaridan, “Maqtanchoq quyon”, “Bo‘ri bilan tulki”, “Qizg‘anchiq it”, “Bo‘ri va echki” kabi she'r, hikoya va ertaklar asosida rasm ishlash.


Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (14 soat)

(Haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg‘ulotlari harakatdagi odam, hayvonlarning asosiy va a'zo qismlari holatlarini tasvirlashga o‘rgatish; tasvirlanayotgan obrazning kayfiyatini haykalda ifodalay olish; hayvonlarning xarakterli holatlarda tasvirlashga o‘rgatish; butun qismni cho‘zish va buklash yo‘li bilan haykal ishlash malakalarini o‘stirish; haykaltaroshlikdagi kompozitsiyalarda, obraz yoki detallarning o‘zaro bog‘liqligini hisobga olib tasvirlashga o‘rgatishdan iborat.

Mashg‘ulotlar jarayonida quyidagilarni namoyish etish tavsiya etiladi:

Rasm kompozitsiyasini tuzish usullari (applikatsiya usulida yoki magnitli doska yordamida); mo‘yqalamning uchi va butun yuzasi bilan ishlash yo‘llari; simmetriya o‘qidan foydalanish; loydan yasalgan hushtaklar, o‘yinchoqlar, odam, hayvonlarning tasvirlari; shakl va rang muvozanatiga rioya qilingan va qilinmagan rasmlar; perspektiva va rejani yaqqol tasvirlovchi rasmlar, transport vositalari; yirik loy yoki plastilin bo‘lagini u yoki bu tomonidan tortish, mayda loy yoki plastilin bo‘lagini o‘zaro yopishtirish yo‘li bilan haykal yasash yo‘llari; harakatdagi odam yoki hayvonlarning tana tuzilishi, yilning turli fasllariga doir turli rang va shakldagi yovvoyi va uy hayvonlari, qushlar, suv hayvonlarini (baliq, qurbaqa, ilon va h.k.) ifodalovchi rasmlar, slaydalar, reproduksiyalar, dekorativ haykallar sirtini lak va bo‘yoqlar bilan qoplash, bezaklar ishlash yo‘llari; o‘quvchilar va o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan o‘yinchoqlar nus’halari va boshqalar.


Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san’at asarlarining ro‘yxati:

N.Qoraxon “Yoz oqshomi”, “Bug‘doyzor”;

O‘.Tansiqboev “Tog‘dagi qishloq”, “Oqshom”, “Issiq ko‘l oqshomi”;

M.Novikov “Turkistonda qish”, “Qish manzarasi”; Z.Inog‘omov “Arpa”, “Bohor”; Q.Abdurahmonov “Paxtakor stadioni”; R.Temurov “Paxta dalasida”, “Oqshom”; Sh.Abdurashidov “Baxmalda yoz”; I.Haydarov “Saraton”; P.Benkov “Registonda ilk bahor”;

M.Kagarov “Varrak uchirayotgan bola”, “Bolalar o‘yinlari” turkumidan;

I.Limakov “Bizning ko‘cha”;

K.Yusupov “Hunarmandlar shahri”;

K.Cheprakov “Mehmonga”;

O.Tatevosyan “Bog‘ yo‘li”.
Ikkinchi sinf o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan asosiy talablar:

- birinchi sinfda o‘zlashtirilganlardan tashqari, yana 6 - 7 rassomning ismi-sharifi hamda ular yaratgan asarlarning nomlarini;

- tanlangan mavzuning mazmuniga ko‘ra, qog‘oz o‘lchami va holatini to‘g‘ri tanlashni (uzunchoq, to‘g‘ri to‘rtburchak, yotiq yoki tik qo‘yish);

- narsa va uning bezagi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushungan holda tasvirlashni;

- rasmlardagi obrazlarni va turli kayfiyatlarni (quvonchli, qayg‘uli) ifodalashda ranglardan to‘g‘ri foydalanishni;

- birinchi sinfda o‘rganganlaridan tashqari yana 4 - 5 ta rang nomlarini bilishlari va ularning tuslarini farqlay olishlari;

- odam va hayvonlarning gavda tuzilishi hamdu uni qanday a'zolardan (qo‘l, oyoq, tana, bosh qismlari va h.k.) tashkil topganligini; daraxtlarning tuzilishini (tanasi, shox-shabbalari, bargi, guli, mevalari);

- geometrik shakllarning (doira, to‘rtburchak, uchburchak va h.k.) nomlari va xususiyatlarini;

- yo‘lsimon va to‘rtburchak shaklidagi naqshlarning xususiyatlarini;

- loy va plastilin bilan ishlash tartibini;

- o‘zbek xalq amaliy san’atida qo‘llaniladigan iboralar nomini (uchburchak, lolagul, shobarg, marg‘ula va h.k.lar).

O‘quvchilar quyidagilarni bajara olishlari lozim:

- san’atdagi va atrof muhitdagi narsa va hodisalarning shakli va ranglarini chizgan rasmlarida ifodalay olishni;

- mo‘yqalamni qog‘ozga tegizish orqali turli shakllar (barglar, gullar, nuqtalar, to‘g‘ri va egri chiziqlar chizish va h.k.lar) ni hosil qilishni;

- qog‘oz yuzasini bo‘sh qoldirmasdan bir tekis qilib bo‘yay olishni;

- bo‘yoqlarni palitrada (suv yoki to‘q bo‘yoqlar qo‘shish bilan) aralashtirish orqali u yoki bu ranglarning och, to‘q tuslarini hosil qilishni.
3-sinf
(haftasiga – 2 soat, jami-68 soat)
Borliqni idrok etish (6 soat)

Borliqni idrok etish mashg‘ulotlari vazifalari qish faslidagi tabiat manzaralarining go‘zalliklarini, uning o‘ziga xos xususiyatlarini idrok etish; tevarak-atrofdagi va tabiatdagi afsonaviy go‘zalliklarni ko‘ra bilish va idrok etish; daraxt shoxi va ildizlaridagi qor uyumlari va bulutlardagi turli shakllarni ko‘ra bilishga o‘rgatish, kuzatuvchanlikni, fantaziyani, obrazli tafakkurni rivojlantirish; dekorativ qush va hayvonlarni, baliqlarni o‘ziga xos ranglarini, tuzilishidagi go‘zalliklarni idrok etishga o‘rgatishdan iborat.



Namunaviy topshiriqlar

Mo‘jizakor tabiat ko‘rinishlarini idrok etish. Qish faslidagi tabiat manzaralarini idrok etish. Hayvon va qushlarni idrok etish. "Yozgi ishlar" mavzusida suhbat o‘tkazish.

San’atni idrok etish (4 soat)
Naturaga qarab tasvirlash (22 soat)

Naturaga qarab rasm ishlash (10 soat)

Naturaga qarab rasm ishlash mashg‘ulotlari vazifalari alohida narsalarning rasmini ishlashda uni qog‘oz yuzasida to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatish; narsalarning asliga qarab rasm ishlashda imkoni boricha ko‘proq rang va ularning tuslaridan foydalanishga odatlantirish; simmetrik shakldagi narsalarni chizishda o‘q chizig‘idan foydalanishga o‘rgatish; turli shakldagi narsalarning tuzilishini ko‘ra bilishga o‘rgatish; rasm ishlash malakalarini yanada rivojlantirish; naturaning shakli, rangi, o‘lchovlari, o‘lchov nisbatlari, ular bo‘laklarining o‘zaro bog‘liqligini ko‘ra bilishga va ularning xarakterli tomonlarini rasmda tasvirlay bilishga o‘rgatishdan iborat.

Namunaviy topshiriqlar

Olma, uzum, anor, behi gullarini (momaqaymoq, binafsha, lolaqizg‘aldoq, kapalak, vaza va boshqalar), qaldirg‘och, sa'vani o‘ziga qarab alohida rasmini ishlash.


Naturaga qarab xaykal ishlash(12 soat)

Naturaga qarab haykal ishlash mashg‘ulotlari naturaning (narsa, qush, hayvonlar) shakli, hajmi, tuzilishidagi o‘ziga xos muhim tomonlarini ko‘ra olish va ularni loy yoki plastilindan tasvirlay olishga o‘rgatish; loy va plastilin, stek bilan ishlashni o‘ziga xos tomonlarini yanada rivojlantirish; naturaning xarakterini nazarda tutib haykal ishlashning u yoki bu usulidan foydalanish, (butun bo‘lakdagi loydan ortiqcha joylarini olib tashlash yoki mayda bo‘laklarni ulash orqali haykallar shaklini yasash); qo‘l bilan paypaslash orqali naturaning hajmi va shaklini his qilish malakalarini o‘stirishdan iborat.



Namunaviy topshiriqlar

O‘yinchoq kosmonavt, qo‘chqor qo‘y, turna, ot, ho‘kiz haykali va rel'eflarini ishlash.



Kompozitsion faoliyat (36 soat)

Rangtasvir kompozitsiyasi (13 soat)

Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlari turli ko‘rinish va voqyealarni tasvirlaganda obraz va ob'ektlarni bo‘rttirib ko‘rsatish uchun ranglardan o‘rinli foydalanish; hayvon va odamlarning holatlarini ifodali tasvirlay olish; bir narsani ikkinchisi panalab turgan holda tasvirlash; mazmunli rasmlarda planlikka qat'iy rioya qilish; mazmunli rasmlardagi ob'ektlarni o‘lchov nisbatlarini to‘g‘ri olish; undagi asosiy va ikkinchi darajali ob'ektlarni ajratib ko‘rsatish; o‘quvchilarni ahloqiy jihatdan tarbiyalashdan iborat.

Namunaviy topshiriqlar

"Kuzgi ishlar", "Qishgi o‘yinlar", "Shimoldagi bug‘ular", "Akvariumdagi baliqlar", "Fantastik daraxt", "Dorboz bola", "Biz jaladan qochyapmiz", "Yomg‘irli kun", "Sahrodagi tuyalar karvoni", "Jonajon yaylovlarda", "Tog‘da kuz", "Tog‘larning bahorgi ko‘rinishi", "Chana uchish", "Hayvonot bog‘ida" mavzularida jamoa bo‘lib va individual ravishda rasmlar ishlash.



Dekorativ kompozitsiya (10soat)

Dekorativ kompozitsiya mashg‘ulotlari ijodiy qobiliyat va badiiy didni o‘stirish; to‘rtburchak va doira shaklidagi naqshlarning xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish, ana shunday naqshlardan namuna ko‘chirish va mustaqil ravishda ijodiy ishlar yaratish; dekorativ amaliy san’atga doir iboralar va ularning ma'nosi bilan yaqindan tanishtirish; naqshlarda (yo‘lsimon, to‘rtburchak, doira) shakllar bilan birga ranglarning almashinib kelishi, dekorativ ishlardagi ranglarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida tushunchalar berish; o‘quvchilarning dekorativ ishlarda qo‘llaniladigan materiallarning turli xususiyatlari haqidagi bilimlarini yanada kengaytirish; o‘zbek xalq amaliy san’ati namunalari asosida loydan o‘yinchoqlar yasashga o‘rgatish; dekorativ ishlardagi ranglarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlay bilishga o‘rgatish; birinchi va ikkinchi sinflardagiga qaraganda bolalarning rang haqidagi tushunchalarini yaanada kengaytirish; tabiatdagi mavjud narsalarning ranglarini ko‘ra bilish va uni aniqlay bilishga o‘rgatishdan iborat.

Illyustrativ rasm ishlashda rangtasvir mashg‘ulotlaridagi kabi hayvon va odamlarning holatlarini ifodali tasvirlay olish, birini ikkinchisidan panalab turgan holda tasvirlash; ertak va hikoyadagi biron bir onni rasm uchun tanlay bilish va unda planlikka rioya qilish; rasmda asosiy va ikkinchi darajali ob'ektlarni ajratib ko‘rsata bilishga o‘rgatish.

Namunaviy topshiriqlar

Meva va gullar tasviridan yo‘lsimon va to‘rtburchak shaklda naqsh namunalaridan ko‘chirish. Ijodiy tarzda naqshlar ishlash. Hayvonlar tasvirini tabiiy materiallardan (barglar, o‘t-o‘lanlar va hokazo) applikatsiya yo‘li bilan ishlash. Varrakni badiiy bezash. "Toshbaqa bilan chayon" masali, o‘zbek xalq ertaklaridan "Sham ko‘targan mushuk", "Bo‘ri bilan mergan", "Echki, qo‘y va bolalari", "Tulki bilan tovus" kabilar asosida rasm ishlash. "Navro‘z" bayramiga atab tabriknoma eskizini tayyorlash.


Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (11 soat)

Haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg‘ulotlari harakatdagi odam, hayvonlarning asosiy va a'zo qismlari holatlarini tasvirlashga o‘rgatish; tasvirlanayotgan obrazning kayfiyatini haykalda ifodalay olish; hayvonlarning xarakterli holatlarda tasvirlashga o‘rgatish; butun qismni cho‘zish va buklash yo‘li bilan haykal ishlash malakalarini o‘stirish; haykaltaroshlikdagi kompozitsiyalarda, obraz yoki detallarning o‘zaro bog‘liqligini hisobga olib tasvirlashga o‘rgatishdan iborat.



Namunaviy topshiriqlar

"Tuyalar karvoni" (jamoa ishi), "Sirk sahnasidagi tomosha", "Xo‘tik etaklagan bola" mavzusida, shuningdek, "Bo‘ri bilan mergan" ertagi asosida haykalchalar ishlash.


Rangshunoslik

Rangshunoslik mashg‘ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat: dekorativ ishlarda ranglarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlay bilishga o‘rgatish; o‘quvchilarning rang tuslari va ularning nomlari haqidagi tushunchalarini yanada boyitish; tabiatdagi mavjud narsalarni ishlay olish malakalarini takomillashtirish; milliy hunarmandchilikda rang tuslaridan foydalanish haqida tushuncha berish.



Namunaviy topshiriqlar

"Tabiatda rang" mavzusida suhbat. Axromatik va xromatik ranglar. Milliy hunarmandchilikda rang. Bo‘yoqlar bilan kartondan qirqilgan siluet (ko‘za, xum, choynak, kiyim-kechaklar) tasvirlarini bo‘yashni mashq qilish.



Mashg‘ulotlar davomida quyidagilarni namoyish etish tavsiya etiladi:

Simmetrik shakldagi buyumlarning rasmini chizishda o‘q chizig‘idan foydalanish; perspektiv qisqarish hodisalariga doir ko‘rgazma va rang doirasiga doir jadvallar; odam va hayvonlarning tuzilishini ko‘rsatuvchi natura yoki ko‘rgazma; mo‘yqalamning uchi va butun yuzasi bilan siluet tasvir hosil qilish yo'llari; daraxt shoxlari, ildizlari, butalar, toshlarni; tasviriy va amaliy san’at, me'morchilik asarlarining slaydalari va fotosuratlari, reproduktsiyalari, diapozitivlari, rasmlari; o‘quvchilar va o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan gullar, uy maketlari, bolalar kitoblariga ishlangan suratlar; kartondan siluet tasvirlar qirqish va ularni bo‘yash; hajmdor va yassi ko‘rinishlarda yasalgan o‘yinchoqlar; turli maketlar.



Uchinchi sinf o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan asosiy talablar.

- 1-2 sinflarda o‘rganganlaridan tashqari yana 4-5 rang nomlarini;

- 1-2 sinflardagiga qaraganda yana 10 taga yaqin rassomlarning ism-sharifini, asarlarining nomlarini;

- to‘g‘ri to‘rtburchak, doira shaklidagi naqshlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularni chizish tartibi, kompozitsiya tuzishda qo‘llaniladigan elementlarni;

- o‘zbek xalq bezakli amaliy san’atida qo‘llaniladigan elementlarni va iboralarni;

- tabiiy materiallarni (tuxum po‘choqlari, quritilgan o‘t-o‘lanlar, barglar, gullar, yeryong‘oq po‘choqlari, rangli toshchalar) ulardan mozaika, dekorativ naqshlar, applikatsiyalar tayyorlash yo‘llarini; yaqindagi narsalar shaklini uzoqdagiga nisbatan yirik ko‘rinishini;

- to‘g‘rito‘rtburchak va doira shaklidagi naqshlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularni chizish tartibi, kompozitsiya elementlarini;

- o‘zbek xalq amaliy san’atida qo‘llaniladigan elementlarni (ko‘pbarg, oygul, anor, oftob, paxta) nomlarini, tabiiy materiallar (tuxum po‘choqlari, quritilgan o‘t-o‘lanlar, barglar, gullar, yong‘oq po‘choqlari, rangli toshchalar) va ulardan mozaika, dekorativ naqshlar, applikatsiyalar tuzish yo‘llarini;

- tasviriy san’at asarlarini kuzatish orqali uning mazmunini erkin so‘zlab berishni, tasviriy san’atga oid iboralar sharhini;

- mavzuning mazmuniga ko‘ra ishlatiladigan badiiy materiallarning turlari va ularning nomlarini.



O‘quvchilar quyidagilarni bajara olishlari lozim:

- akvarel bo‘yoqlari bilan ishlashda "nam" va "quruq" qog‘ozlarga rasm ishlashni;

- tabiiy materiallardan sodda va murakkab ko‘rinishdagi dekorativ gullarni tuzish va tayyyorlashni;

- qaychi bilan qog‘ozdan zirh chizig‘i bo‘ylab turli shallar qirqishni;

- to‘rtburchak shaklidagi qutichalarning chetlari va qopqog‘ini naqsh bilan bezashni.

Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san’at asarlarining ro‘yxati.

G.Kazakov “Qovun bozori”, “Usto Mo‘min”, “Xirmon”, “Anorlar”; M.Jo‘raboev “Hosil”; P.Benkov “Dugonalar”; R. Levinskiy “O‘zbek xalq ertaklari”, “Susambil”ga ishlangan illyusratsiyalar; R.Ahmedov “Dam olish”; E.Melnikov “Anorlar”; Yu.yelizarov “Tarvuzli natyurmort”; O‘.Tansiqboev “Sirdaryo”, “Tog‘da kuz”, “Chorvoq qurilishida”; A.Mahkamov “Dorbozlar”; “O‘zbekiston ko‘chma sirki” seriyasidan; Q.Basharov “O‘zbekiston kuzi”, “Shaftolilar”, “Shohimardon yo‘li”; N.Qoraxon “Sari-Chelak ko‘li”; Yu.Bogoduxov “Bahorgi ishlar”; D.Mursalimov “Eski shaharda”; V.Burmakin “Ota”; N. Kashina “Childirma ushlagan qiz”; T.Muhamedov “Sham ko‘targan mushuk” nomli xalq ertagiga ishlangan illyusratsiya; S. Abdullaev “Olmali natyurmort”.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin