"Sana, oy, soat, minut.
Navbatchilikni qabul qildim DSP ……. (imzo)
Operator …….. (imzo)
Navbatchilikni toshpirdim DSP ……. (imzo)
Operator ….... (imzo)".
Signalizatsiya va aloqaning asosiy vositalari ishdan chiqishi oqibatida, telefon aloqasiga o’tilganda va ularning faoliyati qayta tiklanganda, navbatchilikni qabul qilish va topshirish jurnalidagi yozuvlar poezd dispetcherining bu xaqdagi buyrug’i olingandan so’ng, quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi:
"Sana, oy, soat, minut.
№ ___ dispetcherlik buyrug’i bilan _____ peregonda poezdlar harakati telefon aloqasi bo’yicha o’rnatildi. Telefon aloqasi bo’yicha navbatchilikni qabul qildim:
DSP... (imzo)
Operator …….. (imzo)".
"Sana, oy, soat, minut.
№___dispetcherlik buyrug’i bilan _____peregonda poezdlar harakati (aloqa turi ko’rsatiladi) bo’yicha tiklandi. Telefon aloqasi bo’yicha navbatchilikni toshpirdim:
DSP ………… (imzo)
Operator ……… (imzo)".
Navbatchilikka kirishgan stansiya navbatchisi va operatorning familiyalari qo’shni stansiyaga xabar qilinadi, u yerda bu familiyalar poezd telefonogrammalari jurnaliga navbatchilikni qabul qilish va topshirish xaqidagi yozuvdan so’ng yozib qo’yiladi.
149. Bir tomondan stansiya navbatchisi bo’lmagan alohida punkt bilan chegaralangan peregonda telefon aloqa vositalariga o’tilgan bo’lsa, stansiya navbatchisi bor bo’lgan qo’shni stansiyaning poezd telefonogrammalari jurnalida poezdlar harakati to’g’risidagi poezd dispetcheri bilan so’zlashuvlar poezd telefonogrammalari uchun belgilangan shakllarda qayd etiladi, ushbu Yo’riqnomaning 152-bandida ko’zda tutilgan dispetcherning buyrug’i bilan almashtiriladigan 2- shakl bundan mustasno, u ushbu Yo’riqnomaning 42-bandida ko’zda tutilgan poezd dispetcheri buyrug’i matni bilan almashtiriladi, buyruq matnidagi "Avtoblokirovka" so’zi "Blokirovka" so’ziga almashishi bilan.
150. Poezd telefonogrammasini uzatishdan avval stansiya navbatchilari yoki operatorlar o’zlarining lavozim va familiyalarini o’zaro xabar qilishlari lozim.
Familiyalar poezd telefonogrammalari jurnaliga avvaldan yozilganlariga mos kelgan taqdirdagina telefonogrammalar uzatish va qabul qilishga ruxsat etiladi.
151. Poezd telefonogrammasi jo’natilgandan so’ng uning matni telefonogrammani qabul qilgan xodim tomonidan so’zma-so’z qaytarish yo’li bilan to’g’riligi tekshiriladi. Takroriy uzatilgan matn jo’natilgan telefonogrammaga mos bo’lsa, telefonogrammani uzatgan stansiya navbatchisi yoki operator buni "To’g’ri" so’zi bilan tasdiqlaydi, shundan keyin ikkala stansiyaning poezd telefonogrammalar jurnalida telefonogrammani uzatish va qabul qilish vaqti qayd etilib, stansiya navbatchisi yoki operatorning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |