"№_____ va №_____ poezdlarining mashinistlari. Poezdlarni birlashtirib, ikkilangan tarkib bilan ____________ stansiyasigacha harakatlaninglar. DNS _______"
"№_____ va №_____ poezdlarining mashinistlari. Poezdlarni birlashtirib, ikkilangan tarkib bilan ____________ stansiyasigacha harakatlaninglar. DNS _______". Birlashtirilgan poezdni birinchi poezdning boshqaruv kabinasidan boshqarishning iloji bo’lmasa, poezd va tormozlar ikkinchi poezdning boshqaruv kabinasidan boshqariladi, bunda harakatlanish tezligi 25 km/soat dan oshmasligi lozim. Birinchi poezdning boshqaruv kabinasida mashinist bo’lib, harakatni kuzatib borishi va zarurat tug’ilganda shoshilinch tormozlash bilan to’xtash choralarini ko’rishi shart.
Birlashtirish va ikkilangan tarkib bilan harakatlanishda ikkala poezd lokomotiv brigadalarining ish tartibi mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
213. Peregonda yo’lovchi poezdining majburiy to’xtab qolishida, uning keyinchalik mustaqil harakatlanish imkoni bo’lmasa, bu poezdga yordam, yordamchi lokomotiv bilan poezdning bosh tomonidan ham va poezdning ort tomonidan ham, yo’lovchi poezdini muvofiq ravishda oldinda yoki orqada joylashgan stansiyaga olib chiqish yo’li bilan ko’rsatilishi mumkin. Yordamchi lokomotiv mashinisti kutilayotgan harakat yo’nalishi xaqida yo’lovchi poezd mashinistini, u o’z navbatida bu xaqda yo’lovchi poezdi boshlig’i (mexanik-brigadir)ni ogohlantirishi kerak.
№____ poezdga № _____ lokomotiv bilan ______ peregonga _____ yo’l bo’ylab ___ km gacha ____ maqsadda harakatlanishga ruxsat beraman.
Ushbu ruxsatnoma stansiya chiqish svetoforini ta’qiq ko’rsatmasida bosib o’tishga va peregon bo’ylab avtoblokirovka o’tish svetoforlarining ko’rsatmasidan qat’iy nazar harakatlanishga ruxsat beradi.
______ peregonga _____ yo’l bo’ylab ___ km gacha ____ maqsadda harakatlanishga ruxsat beraman.
Ushbu ruxsatnoma stansiya chiqish svetoforini ta’qiq ko’rsatmasida bosib o’tishga va peregon bo’ylab avtoblokirovka o’tish svetoforlarining ko’rsatmasidan qat’iy nazar harakatlanishga ruxsat beradi.
Stansiya navbatchisi ________________
(imzo)
(oq rangda, dioganali bo’ylab qizil tasmali) Izoh. Ruxsatnomada poezd yopiq peregonga nima maqsadda jo’natilayotgani ko’rsatilishi kerak, masalan: "№___ poezd tarkibini peregondan _________ stansiyasiga chiqarish uchun", "peregonda to’xtab qolgan №____ poezdni surish, surishdan so’ng _________ stansiyasiga qaytish uchun", "yo’lni ta'mirlash ishlarini bajarish va keyinchalik ishlar rahbarining ko’rsatmasiga binoan peregondan qaytish uchun" va h.z.