70
II bob bo‘yicha xulosa
Boshlang‘ich sinflarda o‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida darslar tashkil
etish borasidagi izlanishlarimiz hamda ta’limga integrativ yondoshuvning ijobiy va
salbiy tomonlari to‘g‘risidagi o‘qituvchilar fikrini umumlashtirib quyidagi ijobiy
natijalarni aytish mumkin:
1. Integratsiyalashgan darslar hozirgi dunyo to‘g‘risidagi tasavvurlar
darajasiga mos keladi.
2. Har bir o‘qituvchiga o‘z fanini o‘qitishning kelajakdagi imkoniyatlarini
ko‘rish va faoliyatning yangi qirralarini ochish, «dunyoni yangidan» o‘zi uchun
kashf etish imkoniyatini beradi.
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’sir ko‘rsatishning yangi metodik
shakllarini, integrativ yondoshishning mos mezonlarini izlash ehtiyoji yuzaga
keladi. Ushbu ehtiyoj esa har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan o‘z utsida
ishlash va tinimsiz izlanishni talab etadi.
4. Integratsiyalashgan darslar yosh avlodda tabiat va jamiyat haqidagi yaxlit
tasavvurlarni shakllantirishga yordam beradi.
5. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quv rejasidagi qator fanlarni umumlashtirish va
shu asosda o‘quv predmetlari sonini kamaytirish imkoniyati yuzaga keladi. Bu esa
o‘z navbatida ta’lim uchun sarflanadigan ortiqcha harakatlarni va mablag‘larni
tejash imkoniyatini tug‘diradi.
Sifat jihatdan yangi pedagogik natijaga erishish – ya’ni alohida fanni
rivojlantirish emas, balki ta’limda yangi falsafani joriy etish, dunyoning bir
butunligi va o‘zaro bog‘liqligi pedagogik jarayon samarasini oshirishga yordam
beradi.
Dostları ilə paylaş: