N.S.Pryajnikov keksalikni turli davrlarga bo‘lgan va bu davr-
larning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib
0
‘tgan1.
I.
Nafaqadan oldingi keksalik (55 yoshdan nafaqaga chiqqun-
cha) - nafaqaga tayyorlanish.
1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati:
— nafaqani kutish: kim uchundir nafaqaga chiqish bu «tezroq
dam olishni boshlash», kim uchundir faol mehnat faoliyatining
to‘xtatilishi hamda qolgan energiyasini va tajribasini nima qilish-
ni bilmaslik, noaniqlik;
— asosiy aloqalar ish joyidagilar bilan bo‘lib, hamkasblari
uning tezroq nafaqaga ketishini xohlashadi, inson esa buni seza-
di, boshqa tomondan inson uni nafaqaga boshqalarga nisbatan
kechroq chiqazishlariga umid qiladi;
— yaqinlari bilan munosabatlarda keksa inson oilasini, nabi-
ralarini ham ta’minlashi mumkin bo‘lgani uchun «foydali», ik
kinchi tomondan yaqinda o‘zining ishlamaganida, nafaqasiga qa-
rab qolganida «kerak emasligini» his qilish;
— ishda o‘ziga «munosib shogird» tayyorlash, trabiyalashga intilish.
2. Yetakchi faoliyat:
— ulgurmaganlarini bajarishga intilish, ishda o‘zidan keyin
«Yaxshi nom» qoldirishga intilish;
— o‘z tajribasini shogirdlariga, o‘quvchilariga uzatishga intilish;
— nabiralar tug‘ilganda nafaqa yoshidagi insonlar o‘zini mak-
simal darajada namoyon qilishda nabiralar tarbiyasi bilan ham
shug‘ullanib, «bo‘linishlari» mumkin;
— nafaqaga chiqish aniq bo‘lganda o‘zining keyingi hayotini
rejalashtirish, nafaqada nima bilan shug‘ullanish haqida o‘ylaydi.
II.
Nafaqaga chiqqan davr (nafaqaga chiqqan birinchi yil) —
bu yangi ijtimoiy status, yangi rolni egallash. Bu davr quyidagilar-
da namoyon boladi:
1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati:
Dostları ilə paylaş: