di. 0 ‘quvchi esa muammoni tushunadi, uni yechish yo‘llarini
qidiradi va uni yechadi. Bunday hollarda o‘quvchi tafakkuriniijg
mahsuldorligi oshadi va uning mustaqilligi rivojlanadi.
/
0
‘quvchining o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish uchun
o‘qituvchi quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
1
0 ‘quv jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bunda
o‘quvchi faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni
o‘zi kashf etishi va muammoli xarakterdagi masalalarni yechish
uchun sharoit izlashi kerak.
2
. 0 ‘quvchilarga bir xil o‘qitish usullari va bir turdagi ma’lu-
motlarni berishdan qochish kerak.
3. 0 ‘rgatilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon bo‘li-
shi uchun ayni shu fan yoki bilim, o‘quvchining o‘zi uchun qan-
chalik ahamiyatli va muhim ekanligini bilishi kerak.
4. Yangi material qanchalar o‘quvchi tomonidan avval
o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘liq bo‘lsa, u o'quvchi uchun
shunchalik qiziqarli bo‘ladi.
5. Haddan ziyod qiyin material o‘quvchida qiziqish uyg‘otmaydi.
Berilayotgan bilimlar o‘quvchining kuchi yetadigan darajada
bo‘lishi lozim.
0
‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzu yoki bilimining ahamiyatini
ko‘rsatish, o‘quvchining o‘quv faolligini oshirish uchun qiziqar
li misollar, aqliy o‘yinlardan keng foydalanishi lozim. Lekin,
ta’limdagi har bir beriladigan bilim yorqin, qiziqarli bo‘lavermay-
di, shuning uchun o‘quvchilarda iroda, qat’iylik, mehnatsevarlik
kabi xislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Ana shu
xislatlar o‘quvchining kelgusida o‘z-o‘zini nazorat qilishga, o‘z-
o‘zini baholashga va mustaqil ta’lim olishga asos bo‘lishi kerak.
E.G‘.G‘oziyev o‘quv faoliyatini boshqarishning psixologik
asoslari1, tafakkur psixologiyasi asoslari2 bilish nazariyasining
Dostları ilə paylaş: