Hozirgi kunda mamlakatimizda ham yosh davrlari psixologi
yasi va pedagogik psixologiya fanining muhim muammolariga
doir qator ilmiy-amaliy tadqiqotlar psixolog olimlar tomonidan
olib borilmoqda.
Respublikamizdagi yetakchi oliygohlarning kafedra va labo-
ratoriyalarida yosh davrlari va ta’lim-tarbiyaning psixologik xu
susiyatlari bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq etish yuqori malaka-
li mutaxassislar tomonidan maxsus texnikalar bilan jihozlangan
sharoitlarda ilmiy tadqiqot ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur muammolarning yechimi hozirgi zamon fanining
metodologik tamoyillari asosida, yaqin va uzoq xorijiy mam-
lakatlarda bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yu-
tuqlari va g‘oyalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda
o‘zining munosib o‘rnini egallab bormoqda. Bu borada RIvanov,
M.Vohidov, M.Davletshin, E.G‘oziyev, R.Gaynutdinov, B.Qodi-
rov, R.Sunnatova, A.Jabborov va boshqalarning ilmiy tadqiqot-
larini e’tirof etish mumkin. Jumladan, o‘quvchilarning texnik
qobiliyatlari, o‘quv motivlari, zamonaviy maktab o‘quvchisining
psixologik qiyofasi M.G.Davletshin va uning izdoshlari A.Jab
borov, F.I.Haydarov, M.M.Mavlonovlar tomonidan, tafakkur va
ta’limni boshqarish muammosi E.G.G‘oziyevning tashabbusi-
da, iste’dodli o‘quvchilar va kasb tanlash muammosi B.R.Qo-
dirov rahbarligida, bolalarning aqliy faoliyat muammosi R.I.Sun-
natovalar tomonidan samarali olib borilmoqda.
Shu tariqa yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlari-
dan o‘tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga 0 ‘rta
Osiyo allomalari, rus va chet el psixologlari munosib hissala-
rini qo‘shdilar. Yuqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy
ma’lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalar o‘z ahamiyati
ni saqlab kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: