kashf etildi. Unga ko‘ra organizmning individual taraqqiyoti
o‘sha turning tarixiy taraqqiyotida aks etadi. Organizmning indi
vidual taraqqiyoti (ontogenez) o‘sha tur avlodlari tarixiy taraqqi-
yotini (filogenez) takrorlaydi. Rekapitulyatsiya tamoyili o‘z vaqti-
da psixologiyaning rivojlanishiga muhim ta ’sir ko‘rsatdi.
Uning
ta ’sirida amerikalik olim E.Xoll (1844—1924) bolalar psixik taraq-
qiyotining bir butun nazariyasini yaratdi.
E.Xoll AQSHda ta’lim-tarbiya tizim ini va maktablarni qay
ta tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik talabiga ko‘ra bolalar psixi-
kasini o‘rganishga kirishdi. Bunda u anketa, so‘rovnoma metod-
laridan foydalandi. Olimni bolalar atrof-muhitni qanday tasavvur
qilishi, turli vaziyatlarda o‘zlarini
qanday his qilishlari, ularning
dastlabki xotiralari qanday, ular boshqalarga qanday munosa
batda bolishi qiziqtirdi. U bolalar o‘yinlari, qo‘rquvlari, nutqi,
rasmlarini dastlabki odamlarniki bilan solishtirishga
harakat qil-
di. Olingan materiallar asosida turli yoshdagi bolalarning psixik
hayotini yuqorida ta’kidlangan rekapitulyatsiya tamoyiliga aso-
san «qayta tuzishga» urinib ko‘rdi. E.Xoll
aniq bir bola va ilgari
yashagan insoniyat rivojlanishida o‘xshashlik borligini aniqladi.
Masalan, bolalarning qum bilan o‘ynashini dastlabki odamning
g‘orlarda yashab, ildizlarni to‘plashlariga o'xshatdi. 5-12 yoshli
bolalarning o‘yinlarini dastlabki odamlarning
ovchilik instinkt-
lariga o‘xshatdi; o‘smirlarning o‘yinlarini hind qabilalaridagi
hayot tarziga o‘xshatdi. Xollning ta’kidlashicha, psixik rivojla
nish bosqichlarining ketma-ketligi genetik jihatdan ta’minlangan.
Biologik omil, instinktlarning yetilishi xulq-atvor almashili-
nishida asosiy determinatdir.
5-jadval
Dostları ilə paylaş: