rivojlanishini muhim sharti organizmning barcha funksional
tizimlarini to‘liqligi bir butunligi, me’yorda ishlovchi miyadir.
Tabiiy o'ziga xos xususiyatlarning ulkan variativligini inkor qi
lish, organik rivojlanishning ijobiy yoki salbiy omillari ahamiyati-
ni to‘g‘ri baholamaslik mumkin emas. Biroq o'zining mohiya-
tiga ko‘ra, ta’lim va tarbiya tabiiy o'ziga xos xususiyatlar rolidan
yuqori turadi. Keng ma’noda insoniyat jamiyatida hayotning o'zi,
tabiiy ta’lim bolaning insoniy rivojlanishini o'ziga xos sharti hi-
soblanadi.
Bundan tashqari, maxsus tashkillashtirilgan maqsadga yo'nal-
tirilgan ta’limiy jarayon sifatida ta’lim psixik rivojlanishning turli
tomonlari uchun muhim. Ko'r, kar bolaning to'laqonli rivojlani-
shiga u bilan maxsus tashkil etilgan ta’lim va muloqot orqali eri-
shish mumkin va aksincha ko'pgina hollarda jismonan sog'lom
bolalarning eng maqbul shart-sharoitlari ham kattalar bilan mu-
loqotning kamligi, bolalar faoliyatini tashkil etishning adekvat
shakllarining yo'qligi bois amalga oshmay qolishi mumkin. Shun-
day qilib, og'zaki va yozma nutqning rivojlanishi uchun fonema-
tik eshitish muhim. U bir tomondan insonning nerv tizimi va
eshitish apparatiga asoslanadi, biroq nutqni egallash jarayonida
shakllanadi. Shunday, qilib madaniy-tarixiy yondashuvga me’yor
darajasida taraqqiyot variativligiga ta’sir ko'rsatuvchi rivojlanish
sharoitlari ostida miya va muloqotning morfofiziologik o'ziga xos
xususiyatlari tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: