33
migratsiya o’qishga, ishga muayyan muddatga ketishni o’z ichiga oladi va hokazo.
Ishchi kuchining hozirgi vaqtdagi harakatchinligini hisobga olganda, migratsiya
tushunchasiga kupincha mavsumiy va tebranuvchan kuchib yurish kiritiladi. Ishchi
kuchining mavsumiy kuchib yurishi xalq xujaligi tarmoqlarining ishchi kuchi bilan
ta`minlanishi zaruratidan kelib chiqadi. Bu vaqtda milliy iqtisodiyot tarmoqlari ish
kuchini mavsumiy ishlar kupaygan vaqtda qo’shimcha ravishda jalb qilishga ehtiyoj
sezadi. Ilgari respublikamiz qishloq aholisining shaharlarga (asosan, qurilishlarga)
borib ishlashi va ayrim qishloq xujaligi tumanlariga borib ishlashi chetga borib
ishlash nomini olgan. Vaqt o’tishi bilan bu xodisaning miqyosi sanoatdagi
mavsumiylikning qisqarishi ta`siri ostida kamayib borgan.
Tebranuvchan migratsiya ishchi kuchining bir aholi punktidan boshqasiga
muntazam ravishda ishga borishi va yana qaytib kelishini o’z ichiga oladi Uning
muntazamligi mehnat faoliyatining rejimiga mos keladi. Tebranuvchan migratsiya
urbanizatsiya
(aholining
shaharlarga
ketishi) sharoitida rivojlangan. Asosiy
yo’nalishlari – qishloqdan shaharga, shahar yaqinidan aglomeratsiya uzagiga.
Tebranuvchan migratsiya yirik va o’rta shaharlarning ta`sir zonasida tarkalgan bo’lib,
u usha erda ishchi kuchini shakllantirishning muhim manbaidir. SHahar yaqiniga
katnaydigan transportning rivojlanishi bilan bu xildagi harakat ayniqsa tez ortib
bormoqda, ularning kulami, jadalligi va oqibatlari doimiy (qaytmas) kuchib borishlari
miqdoridan ortib ketishi mumkin.
Ishchi kuchining migratsiyasi migrantlarning o’z kuchi va mablag’i hisobiga
amalga oshiriladigan yakka tartibdagi (mustaqil) migratsiyaga, shuningdek, davlat
yoki jamoat idoralari, korxonalar yordamida amalga oshiriladigan migratsiyaga
bo’linadi. Xalqaro migratsiyaning tarixiy rivojlanishida emigratsiya agentliklari
hamda ishchi kuchining emigratsiyasi va immigratsiyasi bo’yicha byurolar muhim
rol` uynaydilar.
Ishchi kuchining migratsiyasini tadqiq qilishda uning jinsi, yoshi, ma`lumoti,
oilaviy axvoli, kasblari, oldingi migratsiya tajribasi bo’yicha tartibga va shu kabilarga
katta e`tibor beriladi. Bu tavsiflar migrantlar joylashgan va chiqib ketgan joylardagi
ishchi kuchining tarkibi bilan qiyoslab kuriladi, bu esa migratsiyaning faqat ishchi
kuchining soniga emas, balki sifat ko’rsatkichlariga yanada tularoq va har tomonlama
baho berish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: