32
to’g’ilishi, ulimi, nikoxga kirishi va hokazolar)ga ta`sir qilishi muhimdir. Iqtisodiy
fanlar, birinchi navbatda, mehnat iqtisodiyoti asosiy e`tiborini aholi migratsiyasining
mehnat bozorini shakllantirish bilan, ishlab chiqarishni makonda joylashtirish,
kadrlar kunimsizligi bilan o’zaro bog’liq ekanligiga karatadi.
Ishchi kuchining migratsiyasini odatda, mehnatga qobiliyatli aholining ishlab
chiqarishni rivojlantirish va joylashtirishdagi o’zgarishlar bilan bog’liq,
makoni
kuchib yurishi sifatida ta`riflaydilar. Aholi mazkur qismining kuchib yurishini talqin
qilishda ikkita yondashuvdan foydalaniladi. Birinchi yondashuv ancha keng va
umumiy bo’lib, unda migratsiya aslida ishchi kuchining makonda harakat qilishiga
mos keladi, ikkinchi yondashuv ancha tor va maxsus yondashuv bo’lib, bunda
migratsiya makonda harakat qilishning muayyan turlari bilan cheklanadi. Ikkinchi
yondashuv migratio (lotincha «kuchib yurish», «joyini o’zgartirish») so’zining
dastlabki ma`nosiga mos keladi. Xuddi shuning uchun ham ishchi kuchining
migratsiyasini makonda kuchib yurishning shakllaridan biri sifatida qarash maqsadga
muvofiqdir.
Ishchi kuchi migratsiyasini, butun aholi migratsiyasi kabi,
makonda xilma-xil
kuchib yurish turlaridan ajratishning umumiy qabul qilingan mezonlari mavjud.
Ularga doimiy yashash joyini o’zgartirish, xududning majburiy chegaralarini kesib
o’tish, migrantning yangi yashash joyida uzoq muddat yoki doimiy turishi (yoki
uning ilgari yashagan joyida bo’lmagan vaqti) kiradi. Ana shu mezonlarni hisobga
olganda migratsiya etarli darajada aniq o’rganish ob`ekti hisoblanadi.
Migratsiyaning turli darajasidagi xududlar (davlat, viloyat, shahar, qishloq
tumani va hokazo) bilan yaqin aloqasi makon ko’rsatkichlarining xilma-xilligini
bildiradi, (ular migratsiya oqimlarini o’rganish uchun) asos bo’lib xizmat qiladi.
Migratsiya oqimi deganda muayyan vaqt mobaynida migrantlarning kelgan va ketgan
tumanlari umumiy bo’lgan jami soni tushuniladi. Odatda, xududlar bir-birlari bilan
kupincha parallel oqimlardan biri boshqalariga qaraganda ustun bo’ladi. Mazkur
mintaqani boshqa mintaqa bilan bog’lovchi migratsion oqimlarni tahlil qilish turli
mintaqalarning tadqiq etilayotgan xududdagi mehnat bozorining miqdor va sifat
xolatiga ta`sirini tahlil qilish imkonini beradi.
Davlat chegarasini kesib o’tishtashqi migratsiyani ajratib ko’rsatishga asos
bo’lib xizmat qiladi. Tashqi migratsiyada ikki omil mavjud: emigratsiya (aholining
mazkur davlat doirasidan ketib qolishi) va migratsiya (mazkur
davlat xududiga
kelishi). Tashqi migratsiya xalqaro migratsiya deb ham ataladi. Fan-texnika inqilobi
va mamlakatning rivojlanish darajasidagi ortib ketgan notekislik ta`sirida turli
mamlakatlarga mutaxassislarning migratsiyasi, ya`ni ketib qolish mikyoslari
kengaydi.
Ichki migratsiya shahar va qishloq aholisining migratsiyasi, shaharlararo
migratsiya va qishloq joylaridagi migratsiyaga bo’linadi. Ana shu asosda qishloqdan
shaharga, shahardan qishloqka, qishloqdan qishloqka boradigan migrantlar oqimi
shakllanadi.
Ishchi kuchi qancha vaqtga kuchib ketishiga
qarab doimiy yoki qaytib
kelmaydigan migratsiyani, ya`ni uzoq vaqtga muljallangan yoki abadiy migratsiyani
(odatda, unga tashqi migratsiya, qishloq aholisining shaharga kuchishi kiradi) va
qaytib keladigan migratsiyani ajratib ko’rsatish mumkin. Qaytib keladigan vaqtincha
33
migratsiya o’qishga, ishga muayyan muddatga ketishni o’z ichiga oladi va hokazo.
Ishchi kuchining hozirgi vaqtdagi harakatchinligini hisobga olganda, migratsiya
tushunchasiga kupincha mavsumiy va tebranuvchan kuchib yurish kiritiladi. Ishchi
kuchining mavsumiy kuchib yurishi xalq xujaligi tarmoqlarining ishchi kuchi bilan
ta`minlanishi zaruratidan kelib chiqadi. Bu vaqtda milliy iqtisodiyot tarmoqlari ish
kuchini mavsumiy ishlar kupaygan vaqtda qo’shimcha ravishda
jalb qilishga ehtiyoj
sezadi. Ilgari respublikamiz qishloq aholisining shaharlarga (asosan, qurilishlarga)
borib ishlashi va ayrim qishloq xujaligi tumanlariga borib ishlashi chetga borib
ishlash nomini olgan. Vaqt o’tishi bilan bu xodisaning miqyosi sanoatdagi
mavsumiylikning qisqarishi ta`siri ostida kamayib borgan.
Tebranuvchan migratsiya ishchi kuchining bir aholi punktidan boshqasiga
muntazam ravishda ishga borishi va yana qaytib kelishini o’z ichiga oladi Uning
muntazamligi mehnat faoliyatining rejimiga mos keladi. Tebranuvchan migratsiya
urbanizatsiya
(aholining
shaharlarga
ketishi) sharoitida rivojlangan. Asosiy
yo’nalishlari – qishloqdan shaharga, shahar yaqinidan aglomeratsiya uzagiga.
Tebranuvchan migratsiya yirik va o’rta shaharlarning ta`sir zonasida tarkalgan bo’lib,
u usha erda ishchi kuchini shakllantirishning muhim manbaidir. SHahar yaqiniga
katnaydigan transportning rivojlanishi bilan bu xildagi harakat ayniqsa tez ortib
bormoqda,
ularning kulami, jadalligi va oqibatlari doimiy (qaytmas) kuchib borishlari
miqdoridan ortib ketishi mumkin.
Ishchi kuchining migratsiyasi migrantlarning o’z kuchi va mablag’i hisobiga
amalga oshiriladigan yakka tartibdagi (mustaqil) migratsiyaga, shuningdek, davlat
yoki jamoat idoralari, korxonalar yordamida amalga oshiriladigan migratsiyaga
bo’linadi. Xalqaro migratsiyaning tarixiy rivojlanishida emigratsiya agentliklari
hamda ishchi kuchining emigratsiyasi va immigratsiyasi bo’yicha byurolar muhim
rol` uynaydilar.
Ishchi kuchining migratsiyasini
tadqiq qilishda uning jinsi, yoshi, ma`lumoti,
oilaviy axvoli, kasblari, oldingi migratsiya tajribasi bo’yicha tartibga va shu kabilarga
katta e`tibor beriladi. Bu tavsiflar migrantlar joylashgan va chiqib ketgan joylardagi
ishchi kuchining tarkibi bilan qiyoslab kuriladi, bu esa migratsiyaning faqat ishchi
kuchining soniga emas, balki sifat ko’rsatkichlariga yanada tularoq va har tomonlama
baho berish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: