5
haqiqiy narsa deb ko’rsatishdan, shuningdek vatan fani erishgan yutuqlarni yoppasiga
inkor qilishdan xoli bo’lib, respublikamizda foydalanib kelingan. Ilgaridan mavjud
bo’lgan samarali tadqiqot metodologik va uslubiy yo’nalishlardan, mehnat sohasidagi
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari tartibga solish borasidagi usullardan foydalanish va
ularni saqlab qolish muhimdir.
SHu narsa shak-shubhasizki, mehnat resurslari iqtisodiyoti predmetini
belgilashdagi eng murakkab narsa – mehnat sohasidagi yangi muamoli maydonlarni
ilmiy o’zlashtirish va ularni kasb ta`limining turli bosqichlari uchun zamonaviy
ta`lim dasturlariga aylantirishdir.
Agar mehnat sohasidagi yangi sotsial-iqtisodiy vokeliklarning mohiyatini
nihoyatda qisqa qilib ta`riflaydigan bo’lsak, u holda iqtisodiyotga va mehnatni tashkil
etish sohasiga bozor iqtisodiyoti printsiplarini olib kirish va ularni aks ettiruvchi
ijtimoiy-mehnat munosabatlarini singdirish boshlanganini aytib o’tish mumkin. SHu
bilan birga ijtimoiy-mehnat munosabatlari tizimi o’ziga kiritilgan elementlar
tarkibiga ko’ra o’zimizda qabul qilingan an`anaviy usullardan chetga chiqish lozim
edi. Mehnat sohasidagi ana shu yangi ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni, ijtimoiy-mehnat
munosabatlarining yangi turlarini birgalikda chuqur va har tomonlama o’rganish fan
sifatidagi mehnat resurslari iqtisodiyoti fanining yangi mazmunini shakllantirishga
olib keladi. Biz bu muhim vazifani hal qilar ekanmiz, mehnat resurslari iqtisodiyoti
kursining mazmunini ham boyitamiz, bu esa mutaxassislarning sotsial-iqtisodiy
madaniyatini keskin oshirish, kasbiy bilimlarni kengaytirish, mehnat muammolari
makoni, mehnat nizolari, mehnat bozori va hokazolar maydoni kiradi.
Mehnat resurslari iqtisodiyoti kursini o’rganish uchun muhim narsa shuki,
hozirgi vaqtda iqtisodiyot fanining umumnazariy bazasining o’zgarishida faol jarayon
boshlangan. SHuning uchun ham mehnat resurslari iqtisodiyoti kursini o’rganish
vaqtida aniq belgilangan muammoli sohalarga tatbiqan (ya`ni nazariya va amaliyotda
barqaror paydo bo’layotgan masalalar yig’indisini) ta`lim oluvchilarning muqobil
nazariy talqinlar, amaliy operatsion tadbirlar, vazifalarni hal qilish texnologiyasi bilan
tanishish imkonini berish va ulardan asosiylarni o’zlashtirib olish imkonini berish
zarur.
Dostları ilə paylaş: