20
Ishlamaydigan nogironlar sonining bo’lajak dinamikasi kishilar turmush
darajasining yaxshilanib borishiga va ishlab chiqarish texnologiyasining hodimga
ayniqsa xizmat ko’rsatish sohasida moslashib borishda hal qiluvchi darajada
bog’liqdir. Mehnatga qobiliyatli aholi orasida ishlamaydigan nogironlar miqdorining
kamayib borishi mehnat sohasini rivojlantirishning barqaror tamoyilini tashkil etadi,
deb xiisoblash ancha to’g’riroq bo’ladi.
Ishlaydigan o’smirlar. Ishlaydigan o’smirlar sonini belgilab beradigan barcha
omillar orasida avvalo demografik omilni qayd qilib o’tamiz. Bunda o’smirlarning
hammasi nazarda tutiladi. SHu bilan birga 14-15 yoshli o’smirlarga e`tibor qaratiladi,
chunki ular kichik yoshdagi hodimlarning anchagina qismini tashkil etadi.
Mamlakatda bunday o’smirlar qanchalik ko’p bo’lsa, mehnat resurslarining shu qismi
boshqa sharoitlarda ham ko’proq bo’ladi. Ishlaydigan o’smirlar soniga ijtimoiy-
iqtisodiy omillar ko’proq ta`sir qiladi, ular orasida oilalarning farovonligi va
iqtisodiyotning ehtiyoji muhim o’rin tutadi.
Mamlakatimiz va boshqa mamlakatlarning tarixiy tajribasi shundan dalolat
beradiki, farovonlik darajasi va ishlovchi o’smirlar soni bir-biriga teskari bog’liqlikda
bo’ladi: farovonlik qanchalik yuqori bo’lsa, o’smirlar shunchalik kamroq ishlaydilar
va aksincha bo’ladi. SHu bilan birga bu bog’liqlik vaqt o’tishi bilan yuksalib boradi.
Iqtisodiyotning o’smirlar mehnatiga bo’lgan ehtiyoji ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatish sohalarining murakkablashib borishi bilan qonuniy ravishda pasayib
boradi-mehnat faoliyati sohasi kengayadi, bunda yaxshi ma`lumot darajasi, kasb
tayyorgarligi zarur bo’ladi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlari asosida isloxiy o’zgarishlar
boshlanishi bilanoq vaziyat keskin o’zgardi, bu hol kishilarning erkinligi ortish bilan
bog’liq bo’lib, ularga tobora ko’proq imkoniyatlar berila boshlandi, ular o’z taqdirlari
bilan o’zlari xoxlaganlaricha shug’ullana boshladilar. Ko’proq oilalarning moddiy
axvoli og’ir ekanligi ham o’z t`sirini ko’rsatdi. Qo’shimcha daromad ishlash uchun
yoshlar ham, kattalar ham harakatga tushib qoldilar, bunga iqtisodiyotdagi vaziyat
majbur qilgan edi. Har hil mayda-chuyda hizmatlarni bajarib, xususan mayda
chakana savdo bilan shug’ullanib pul ishlashning ko’p imkoniyalari paydo bo’ldi. Bu
erda shiddat bilan vujudga kelgan ish o’rinlari asosan o’smirlar bilan to’ldi.
Kelgusida o’smirlarning mehnat resurslaridagi ulushi o’smir fuqarolarning
aqliy va jismoniy rivojlantirishga zarar etkazmagan holda ularga mehnatidan
madaniyatli tarzda foydalanish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: