Samarqand davlat universiteti


Ish bilan bandlikning ikkinchi asosiy tamoyili



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/46
tarix09.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#120682
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
mehnat resurslari iqtisodiyoti (1)

3.Ish bilan bandlikning ikkinchi asosiy tamoyili 
Ish bilan bandlikning ikkinchi tamoyili – fuqarolarning mehnat huquqini 
ro’yobga chiqarish uchun davlatning shart-sharoitlar yaratib berish kerakligi kelib 
chiqadi. Ish bilan bandlik siyosatiga uni qattiq tartibga solishdan voz kechish, 
ijtimoiy sohada mehnat qilishning majburiy emasligi, ijtimoiy foydali mehnat 
qilishning har qanday sohasini tanlash erkinligi va ihtiyoriyligi orqali inson 
manfaatlari va ehtiyojlarining namoyoni bo’lishiga yordam berish asos qilib olingan. 
Davlatning ish bilan bandlikka ko’maklashish tamoyili asosida mehnat qilish 
huquqini ro’yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish ijtimoiy ishlab 
chiqarishning iqtisodiy jihatdan erkin ishtirokchilari iqtisodiy hulq atvoriga bevosita 
usullar bilan tuzatish kiritishdan iboratdir. Bunda davlatning ish bilan bandlikka 
bevosita ta`sir ko’rsatish choralari rag’batlantiruvchi tadbirlarining ustivorligiga 
asoslanadi. Bu o’rinda mehnatkashlarning tadbirkorlar va hududlarning ijtimoiy va 
iqtisodiy huquqlarini hamda erkinliklarini buzadigan vositalar bo’lmasligi kerak. Ish 
bilan bandlikka ko’maklashish tamoyili bir qancha jihatlarga egadir. Ish bilan 
bandlikka ta`sir ko’rsatishning o’zini ochib berish asosida bandlikni istalgan 
yo’nalishdan shakllantirish jarayonini bevosita tarbiyaga solish yotadi. Ish bilan 
bandlikka ko’maklashish tamoyili ijtimoiy mehnat munosabatlari sub`ektlarining 
taraqqiyot yo’nalishlarini ishlab chiqarishda va uni tartibga solishda faol va 
manfaatdorlik bilan ishtirok etishlaridan ham iboratdir. Bu sub`ektlar yollanma 
hodimlar, ish beruvchilar bo’lib ular kasaba uyushmalariga, assotsiatsiyalar va 
ittifoqlarga birlashganlar. 
Bu kuchlarning ish bilan bandlikni rivojlantirishda yaqindan o’zaro yordam 
berishlari ish bilan bandlikning holatiga faol ta`sir ko’rsatib uning sifat jihatlarining 
har tomonlama yaxshilanishiga yordam beradi. Bunday jihatlarga ish bilan band 
aholining ma`lumot va kasb-malaka tarkibi, uning tarmoq va demografik tuzilishi, 
yuqori ijtimoiy iqtisodiy harakatchanlik va shu kabilar kiradi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin