7
4. Fan sifatida mehnat resurslari iqtisodiyoti muammolari o’tmishi, bugungi
kun va kelajakning nisbati sizning nazaringizda nimalarda bo’linishi mumkin?
5. Mehnat resurslari iqtisodiyotini rivojlantirishda qanday muammolar bor,
ularni qanday hal qilish mumkin?
2-MAVZU
MEHNAT RESURSLARI IJTIMOIY-IQTISODIY
KATEGORIYA SIFATIDA
REJA:
1. Moddiy ne`matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tarkibi.
2. Jismoniy va ma`naviy rivojlanish.
3. Mehnat resurslari strukturasi.
4. Mehnat qilishga qobiliyatli aholi.
5. Iqtisodiy jihatdan faol aholi.
Tayanch iboralar: Moddiy ne`matlar, xizmatlar, inson resurslari, jixo-fiziologik
sifatlar,
inson parvarlashtirish, aqliy potentsial, jismoniy va ma`naviy rivojlanish,
to’laqonli xodim, layoqatli, qobiliyatli, imtiyozli shartlar, nogironlar, ish kuchi.
1. Moddiy ne`matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tarkibi
Moddiy ne`matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish
ikkita zarur tarkibiy
qismdan: bir tomondan, moddiy resurslar (xom-ashyo, asbob-uskunalar va x.k.)dan
va ikkinchi tomondan,inson resurslaridan, ya`ni kasb malakalari va bilimlariga ega
bo’lgan xodimlardan iborat bo’ladi. Boshqacharoq qilib aytganda mamlakat
aholisining bir qismi bo’lgan inson resurslari moddiy
resurslar bilan bir qatorda
iqtisodiy rivojlanish omili sifatida ham namoyon bo’ladi. Biroq bu omillar o’z
xususiyatlariga qarab bir birlaridan muhim belgilari bilan farqlanadi.
Inson resurslari bo’lar odamlardir, ular faqat moddiy ne`matlar yaratib qolmay,
shu bilan birga ularni iste`mol ham qiladilar. Odamlar o’zlarning moddiy va
ma`naviy ehtiyojlari jihatidan unchalik bir xil emaslar. Bunga ularning jinsi, yoshi,
sog’ligi, oilaviy axvoli, ma`lumot darajasi va boshqa ijtimoiy,
psixo-fiziologik
sifatlari sabab bo’ladi, shuning uchun bir kishi ikkinchisiga o’xshamaydi.
Mehnat sohasida odamlarning muhim extiejlari amalga oshadi, lekin hamma
ehtiyojlari ham ro’yobga chiqavermaydi. SHuning uchun ham mehnatdan samarali
foydalanish uchun insonning shaxs sifatidagi talabalarini esda to’tish muhimdir.
Boshqacha aytganda, iqtisodiyotining muvaqiyatli rivojlanishi shuni taqozo qiladiki,
murakkab xo’jalik mexanizmining samarali faoliyat ko’rsatishi
uchun amalga
oshiriladigan hamma sohada inson va iqtisodiyot manfaatllariga rioya qilinishi lozim.
SHuning uchun butun dunyoda taxminan shu asrning 70 yillaridan boshlab
iqtisodiyotni insonparvarlashtirish degan g’oya tobora ko’proq qaror topayotgani
bejiz emas. Bu g’oyaning mohiyati shundan iboratki, mazkur tilga olib o’tilgan
omilning o’zaro ta`sir ko’rsatishda asosiy e`tibor insonga qaratiladi. Bu tabiydir,
chunki odamlarning ehtiyojlari tobora tezroq orta boradi, moddiy ne`matlar
ishlab
8
chiqarishda va xizmatlar ko’rsatishda bilimlarning, jamiyat aqliy potentsialining roli
orta boshladi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati turlaridan shaxsga doir
sifatlar, xodimning qobiliyatlari ko’proq tanlana boshlaydi, va ulart yankada
chuqurlashib bordi. Masalan, yaxshi jarrox bo’lish uchun birgina tibiyot bo’yicha
mutaxassislik diplomining o’zi kifoya qilmaydi.
Bunda mazkur mutaxaassis
bajaradigan vazifalarga mos keladigan insoniy sifatlar eng ko’proq zarur bo’ladi.
Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan Isloxiy o’zgarishlar davrida hamma
narsalarni inson ehtiyojlari va taqdiri bilan muvofiqlashtirish muhimdir.
Mehnat resurslari mamlakat aholisining o’z psixofiziologik va aqliy sifatlari
bilan moddiy ne`matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar ko’rsatishga qodir bo’lgan
qismidan iboratdir.
Bu ta`rifdan shu narsa kelib chiqadiki, mehnat resurslari iqtisodiyotda mehnat
bilan band bo’lgan
kishilarni ham, mehnat bilan band bo’lmasa ham mehnat qilishlari
mumkin bo’lgan kishilarni ham, mehnat bilan band bo’lmasa ham mehnat qilishlari
mumkin bo’lgan kishilarni ham qamrab oladi. Boshqacha aytganda, mehnat resurslari
xaqiqiy (real) va potentsial xodimlardir.
Dostları ilə paylaş: