Sh. Sodiqova



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

Demokratik rahbar
Bunday turdagi rahbar:
^ boshqarish funksiyalarini jam oa fikri bilan hisoblashib amalga 
oshiradi;
^ ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi;
^ ularning bildirgan fikriga quloq soladi;
> ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tamonlarini inobatga oladi;
> barcha bilan barobar va samimiy munosobatda bo‘ladi, ustunligini 
bildirmaydi;
^ buyruq berish yo‘li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;
^ buyruq rahbarlik uslubi bo'ysinuvchilarning shaxsiy tashabbusini, 
ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o ‘rtoqlik va ishchan muhitini 
yaratadi.
Boshqaruvchi qaysi boshqaruv shaklini qoMlashidan qat’iy nazar 
o ‘zining mustaqil dunyoqarashi, mustaqil fikri va quyidagilarni o‘z ichi- 
ga olgan m a’naviy qiyofasi bo‘lishi kerak.
H ar qanday holatda ham rahbar qaysi bo‘g‘inda rahbar bo'lishidan 
qat’iy nazar o ‘zining asosiy majburiyati, y a ’ni qo‘l ostidagilami o ‘zining 
misolida tarbiyalashni unutmasligi kerak.
O ‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to'g'risida"gi qonunida, 
0 ‘zbekistonda ta ’lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqo-
232


ri hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va 
uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasalari Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga 
kiradi. Xalq ta’limi Vazirligining mahalliy organlariga quyidagilar kira- 
di: Xalq ta’limi viloyat boshqarmasi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh 
boshqarmasi, tuman xalq ta’limi bo ‘limi.
Respublikamizda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan birga 
nodavlat maktabgacha ta ’ lim muassasalari ham faoliyat yuritadi. Nodavlat 
maktabgacha ta’lim muassasasi o ‘z faoliyatida 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va qonunlariga, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisin- 
ing qarorlari va boshqa hujjatlariga, 0 ‘zbekiston Respublikasi Preziden- 
tining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ- 
huquqiy hujjatlarga, shuningdek « 0 ‘zbekiston Respublikasida nodavlat 
maktabgacha ta’lim muassasasi to ‘g‘risida»gi Nizomga amal qiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi Vazirlar Mahka­
masining 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim 
muassasasi ustavini ishlab chiqish tartibiga muvofiq ishlab chiqiladi, 
uning muassisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli davlat organlarida 
ro\yxatdan o ‘tkaziladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya va sog‘lom- 
lashtirish muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hi- 
soblanadi:
- bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
- bolaning shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini 
rivojlantirish;
- bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
- bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;
- bolaning milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan 
tanishtirish;
- bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash.
Nodavlat maktabgacha ta ’lim muassasasi muassasa sifatidagi 
tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etiladi va qonun hujjatlariga muvofiq 
faoliyat ko'rsatadi. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan nodavlat 
mulkchilik shaklidagi yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha 
ta’lim muassasasining muassislari bo‘lishlari mumkin.
233


Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs maqomiga 
ega bo‘ladi, mustaqil moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradi, 
dumaloq muhrga, burchakli shtampga va o‘z logotipi yozilgan blankaga 
ega bo‘ladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq 
belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini 
amalga oshirish huquqiga ega boiadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish 
vakolati davlat organi tomonidan, attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’ lim muassasasida ta’ lim va tarbiya dunyoviy 
xususiyatga ega bo‘ladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni 0 ‘zbe- 
kiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya qilingan 
dasturlar bilan belgilanadi. Muassasa o ‘z (mualliflik) dasturidan foy- 
dalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’ lim muassasasining ish rejimi va bolalarning 
u yerda qancha vaqt bo'lishi muassasa ustavida hamda muassasa rahbari 
(yohud muassiC) bila nota-onalar yoki ulaming о ‘mini bosuvchi shaxslar 
o ‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni o ‘qitish va 
tarbiyalash davlat tilida va «Davlat tili haqida»gi 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.
Nodavlat maktabgacha ta ’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga 
tibbiy yordam ko'rsatish shtatdagi yoki sog‘liqni saqlash organlarining 
shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan 
amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodim­
lari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, 
davolash-proflaktika tadbirlari o ‘tkazilishi, sanitariya-gigiena normalari- 
ga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. 
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini tibbiy ko‘rikdan 
o‘tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi 
0 ‘zbekiston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlan- 
gan tibbiyot, sanitariya-gigiena normalari va talablari asosida amalga 
.oshiriladi.
234


Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ta’limning uzluksizligini 
ta ’minlash maqsadida shartnoma asosida o ‘z faoliyatini umumiy o‘rta 
ta’lim muassasalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalar 2 yoshdan boshlab 
6-7 yoshgacha tegishli tibbiy xulosa hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalami qabul qilish va 
ularning chiqib ketishi tartibi nodavlat m aktabgachata’ lim muassasasining 
ustavi bilan belgilanadi.
Nodavlat muassasa guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha 
ta ’lim muassasalari uchun belgilangan sondan ortiq bo'lmasligi kerak.
Maxsus pedagogik m a’lumotli shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim 
muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadir. 
Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan 
shug‘ullanishi ta’qiqlangan shaxslar pedagogik faoliyatga qo‘yilmaydilar.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari belgilangan tartibda 
pedagog kadrlar malakasini oshirishni va ularni qay ta tayy orlashni ta’min- 
laydi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg‘or pedagogik 
va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, uslubik qo‘llanmalar va 
didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Nodavlat maktabgacha ta ’lim muassasasining pedagoglari va boshqa 
xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta ’lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki 
ularning o'rnini bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlar ta’lim ja- 
rayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida vasiylik kengashlari tash­
kil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari maktabgacha ta ’­
lim muassasalarining ustavlarida belgilanadi.
Bolalami qabul qilishda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ota- 
onalami yoki ularning o‘mini bosuvchi shaxslami muassasaning ustavi va 
uning faoliyatini tartibga soladigan boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Nodavlat maktabgacha ta’ lim muassasasi bilan ota-onalar yoki ularning 
o ‘rnini bosuvich shaxslar o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlar nodavlat mak­
tabgacha ta’lim muassasasining ustavi va shartnoma bilan tartibga soli- 
nadi. Shartnoma o ‘qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarlik qilish 
jarayonida paydo bo‘ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va 
javobgarligini o‘z ichiga oladi.
235


Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimi o‘rtasi- 
dagi munosabatlar o ‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va 
unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish 
asosida olib boriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida o ‘quv yili har yili 2-sentabrdan 
boshlanadi, keyingi yilning 1-ivunida tugallanadi va yangi o ‘quv yili 
boshlangunga qadar sog‘lomlashtirish davri boshlanadi43.
Bugungi kunda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari o ‘z faoli­
yatini “0 ‘zbekiston Respublikasida nodavlat maktabgacha ta’lim to ‘g ‘- 
risida”gi Nizom asosida amalga oshiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim to ‘g ‘risida”gi 
Nizomi 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 
25-oktabrdagi 225-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan bo‘lib, quyidagi 
to‘qqiz bo‘limni o ‘z ichiga oladi:
I. Umumiy qoidalar
II. Maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish tartibi
III. Maktabgacha ta ’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
IV. Maktabgacha ta’lim muassasasini butlash
V. Ta’lim jarayoni qatnashchilari
VI. Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish
VII. Maktabgacha ta’ lim muassasasining mol-mulki va pul mablag‘lari
VIII. Maktabgacha ta’lim muassasasining javobgarligi
IX. Yakuniy qoidalar
Nizomning 

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin