Shukurullo mardonov umida zokirova


 Akademik Sidiq Rajabov hamda Habib Abdullayevlarning



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

8.5. Akademik Sidiq Rajabov hamda Habib Abdullayevlarning 
Respublika xalq ta’limi, ilm va fan taraqqiyotini 
rivojlantirishdagi roli
Pedagogika fanlari doktori akademik Siddiq Rajabovning O‘zbe-
kiston respublikasi va jahon pedagogikasi fani rivojlantirishda unig 
xizmati katta. U pedagogika fanining eng muhim muammolari ustida 
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, respublikamiz xalq maorifining 
tarqqiyoti va bu taraqqiyotning ob’ektiv qonuniyatlari, xalq maorifining 
rivojlanish istiqbollari, pedagogika fani metodologiyasi, yoshlar 
tarbiyasi va xalk pedagogikasiga doir ko‘plab asarlar yaratdi. Siddiq 
Rajabov o‘zining butun hayoti va faoliyatini pedagogika fani va ravnaki 
uchun bag‘ishladi. U 1937-yili aspiranturani tamomlagach, O‘zbekiston 
pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish institutiga ilmiy xodim va Nizomiy 
nomli Toshkent davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasiga 
o‘qituvchi qilib tayinlandi. Yosh olim ilmiy tadqiqot ishini pedagogik 
faoliyati bilan qo‘shib olib bordi. Shu-yillarda S.Rajabov kechki 
pedagogika instituti direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 
lavozimida ham yosh o‘qituvchi sifatida mutaxassilar tayyorlashda 
katta faoliyat ko‘rsatdi, o‘z ishini puxta bilgan rahbar, etuk ilmiy xodim 
va mahoratli o‘qituvchi sifatida elga tanildi. Yosh olim matbuotda 
tez-tez ilmiy, pedagogik, publitsistik maqolalari bilan chiqa boshladi. 
Jumladan, urushgacha bo‘lgan davrda S.Rajabovning “Oliy pedagogika 
o‘kuv yurtlarining ish sifatini yuqori ko‘taraylik”, “Oliy o‘quv yurtlari 
xayotida muhim davr”, “Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar”, “Yan 
Amos Komenskiyning pedagogik qarashlari”, “Imtihonlarning yuqori 
sifati uchun kurashaylik” kabi ishlari matbuotda e’lon qilindi. Shu-
yillarda u “XIX asr va XX asr boshlarrida Buxoroda maktab va 
maorif taraqqiyoti ocherki” asarini yozib tamomladi. 1941-yilda ana 
shu mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini respublikada birinchi bo‘lib 


132
muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu orada u Respublika matbuoti va 
rahbariy idoralarida samarali mehnat qildi.
S.Rajabov 1947-yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika 
instituti Pedagogika kafedrasiga mudir qilib tayinlangandan keyin uning 
o‘z ilmiy pedagogik faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyat 
yaratildi. 1958-yilda Siddiq Rajabovning ilmiy faoliyatida unitilmas 
voqea sodir bo‘ldi. 1961-yilda Siddiq Rajabov O‘zbekiston pedagogika 
fanlari ilmiy-tadqiqot institutiga direktor qilib tayinlandi. Olim mazkur 
institutga olti-yil rahbarlik qildi. Institutni yuqori malakali mutaxassis 
xodimlar bilan ta’minlash, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini 
xayotga - maktab amaliyotiga yaqinlashtirish, pedagogik tadqiqotlarni 
respublika bo‘iicha muvofiqashtirish ishlariga boshchilik qildi hamda 
tadqiqot natijalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish bo‘iicha bir 
qator tadbirlarni amalga oshirdi. 
Institutda yangi sektorlar tuzildi. Sektorlar huzurida laboratoriyalar 
tashkil etildi. Sektor va laboratoriyalarga ilmiy tadqiqot ishlari 
yuzasidan tajriba va etarli malakaga ega bo‘lgan xodimlar rahbarlik 
qila boshladilar.
Bu davrda olim pedagogika fanini chin qalbdan sevgan mutaxas-
sislarni, ko‘pgana iqtidorli yoshlarni o‘z atrofiga chorladi. Yosh 
olimlarga hamisha yordam berib keldi. Yoshlarni har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlash uning hayotiy e’tiqodi va turmushining mazmuniga 
aylanib ketdi. Shu bois 10 dan ortiq fan doktorlari, 200 ga yaqin fan 
nomzodlari bevosita Siddiq Rajabovning ilmiy maslahatchiligi va 
rahbarligi asosida dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
1964-yilda S.Rajabovning ilmiy pedagogik faoliyatiga yuksak 
baxolandi, unga “Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni 
berildi. S.Rajabov 1966-1990-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent 
davlat pedagogika instituti, “Umumiy pedagogika” kafedrasining katta 
jamoasiga boshchilik qildi. U kafedra a’zolarining har biriga murabbiy, 
ustoz edi. Bugina emas, olim o‘qituvchi mutaxassislar tayyorlash 
sohasida fidokorona mehnat qilayotgan hamkasblari - institutning etuk 
olimlari bilan bir qatorda o‘rta va oliy ta’limga aloqador juda ko‘p 
muammolarni hal qilishda xormay-tolmay faoliyat ko‘rsatdi.
Professor SRajabovning Nizomiy nomidagi Toshkent davlat peda-
gogika institutidagi chorak asrlik uzluksiz ilmiy-pedagogik faoliyati 
alohida muhim davr bo‘ldi. U safdoshlari, kasbdoshlari va o‘zi mudirlik 


133
qilib turgan kafedra a’zolari, shogirdlari bilan hamkorlikda katta ilmiy 
va tashkiliy-pedagogik muammolarni hal qilishga alohida e’tibor 
berdi. Birinchi navbatda kafedrani yuqori malakali ilmiy-pedagogik 
xodimlar bilan ta’minlash, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar sifati 
va samaradorligini oshirish, qolaversa, kafedra jamoasining ilmiy va 
metodik saviyasini yuqori ko‘tarish kabi masalalar hal qilina bordi. 
S.Rajabov kafedra yig‘ilishlari, nazariy seminarlar, metodbirlashma 
yig‘ilishlari suhbatlarda ana shu masalalarga alohida to‘xtalardi.
S.Rajabov bu davrda juda ko‘plab pedagogik muammolarni kafedra 
a’zolari va ilmiy jamoatchilik tomonidan muvaffaqqiyatli xal qilinishiga 
boshchilik qildi. Xususan, didaktika-ta’lim nazariyasi, xususiy metodika, 
tarbiya nazariyasi va metodikasi, shuningdek maktabshunoslikning 
dolzarb muammolariga aloqador asarlar yaratdi.
Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, olim bu davrda o‘z ilmiy faoliyatini 
bir necha yo‘nalishlarda olib bordi. Jumladan, pedagogika fanining 
metodologik muammolari, odob-ahloq va tarbiya masalalari, oliy 
ta’lim didaktikasi, pedagogika tarixini o‘rganish va uning rivojlanish 
istiqbollarini tahlil etish masalalari ilmiy faoliyatida markaziy 
o‘rin tutdi. 1977-yili may oyida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat 
pedagogika instituti huzuridagi fan nomzodi ilmiy darajalari beradigan 
ixtisoslashtirilgan kengash tashkil etildi. Bir oz vakt o‘tgach pedagogika 
tarixi bo‘yicha fan doktori ilmiy darajalari beradigan yana shunday 
kengash tashkil etildi. Mazkur kengashlarga pedagogika soxasida 
ishlayotgan mutaxassis olimlar jalb etildi. Akademik S.Rajabov bu 
kengashlarga raislik qildi, shuningdek ular faoliyatining samarali 
bo‘lishini ta’minlashga katta hissa qo‘shdi.
S.Rajabov respublikamizda pedagogika fanlari bo‘yicha olib bori-
layotgan ilmiy tadkiqotlarni muvofiklashtirishni jamoatchilik asosida 
olib bordi. U O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
huzuridagi pedagogika fanlari ilmiy kengashining a’zosi va pedagogika 
Fanlari ilmiy-metodik seksiyasi ishini uzoq-yillar davomida boshqargan 
edi. Olim rahbarlik qilgan ilmiy metodik seksiya respublikamiz oliy 
o‘quv yurtlarida pedagogika bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot 
ishlarini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot mavzui va mazmunini 
hayotga - maktablarimiz amaliyotiga yaqinlashtirish masalasiga alohida 
e’tibor bergan edi. Olim 1945-yildan “Xalq ta’limi” jurnali tahrir 
hay’ati a’zosi edi. U O‘zbek Qomusi bosh tahrir xay’atining a’zosi va 


134
pedagogika fanlari seksiyasining raisi sifatida pedagogika, psixologiya 
va umuman pedagogika turkumidagi fanlarning muhim masalalarini 
yoritishda ham muallif, ham tashkilotchi sifatida katta hissa qo‘shib 
keldi.
Respublikamiz fanini rivojlantirishga beqiyos kattahxissa qo‘sh-
gan olimlarimizdan yana biri akademik Habib Abdullayevdir. Uning 
geologiya, jumladan, bu fanning petrologiya-metallogenik tarmog‘i 
sohasidagi tadqiqotlari O‘zbekistondagina emas, chet mamlakatlarda 
ham e’tarof etildi. H.Abdullayev 1956-1962-yillarda O‘zbekiston 
Fanlar Akademiyasining prezidenti lavozimida xizmat qilish bilan 
birga, yirik ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Yuqori malakali ilmiy xodimlar 
tayyorlashga aloxida e’tibor berdi. Uning tashabbusi va jonkuyarligi 
bilan tayyorlangan yuzlab fan nomzodlari va doktorlari fanning yangi 
yo‘nalishlariga asos soldilar. Shuni ta’kidlash lozimki, XX asr 2 
yarmida O‘zbekiston Fanlari Akademiyasi olimlari fizika-matematika, 
mexanika, boshqaruv jarayonlari va informatika, kimyo-texnologiya, 
tuproqshunoslik, biologiya, ijtimoiy-gumanitar fan sohalarida katta 
yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Bu yutuqlar akademiya laboratoriyalari 
va institutlari olimlarining ko‘plab avlodlari fidokorona va yuqori 
kasbiy darajada olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijasi bo‘ldi. Aynan 
ularning mehnati tufayli keng e’tirof etilgan ilmiy maktablar vujudga 
keldi, yangi ilmiy yo‘nalishlar rivoj topdi, ko‘plab ilmiy xodimlar 
tayyorlandi, ilmiy ishlovlar amaliyotga tadbiq etildi. O‘zbek olimlari: 
geologlar Habib Abdullayev, Ibrohim Hamroboyev, biokimyogar Yolqin 
To‘raqulov, kimyogarlar Obid Sodiqov, N.Nabiyev, Sobir Yunusov, fizik 
va matematiklar T.N.Kori-Niyoziy, Toshmuxammad Sarimsaqov, Ubay 
Oripov, texnika fanlari sohasidagi olimlar Muhammad O‘rozboyev, 
Vosit Qobulov, faylasuf Ibroxim Mo‘minov, tarixchi Yaxyo G’ulomov, 
pedagog Siddiq Rajabov, Iminjon Qodirov va boshqa ko‘plab 
olimlarning nomlari O‘zbekistondan tashqarida ham shuhrat qozondi.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin